Поэтическая интерпретация образа Бабура в представлениях европейских и узбекских литературоведов

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Поэтическая интерпретация образа Бабура в представлениях европейских и узбекских литературоведов

Аннотация

В данной статье представлен сравнительный анализ поэтического и художественного осмысления личности Захириддина Мухаммада Бабура в трудах европейских и узбекских литературоведов. В исследовании рассматривается многогранная природа Бабура как поэта, государственного деятеля и человека, уделяя особое внимание выражению патриотизма, любви, человечности, изгнания и восхищения красотой природы в его лирических произведениях. Узбекские литературоведы (А. Каюмов, Н. Маллаев, И. Хаккулов и др.) интерпретируют творчество Бабура как поэтическое явление, проникнутое национальным духом, искренностью и народным мировоззрением, тогда как европейские учёные (У. Эрскин, А. Беверидж, Э. Д. Росс, С. Лейн-Пул, Ф. Верфель, Р. Годден) рассматривают его творчество как духовный мост между восточной и западной культурами, отражающий универсальность и общечеловеческие ценности. В статье раскрываются художественные особенности бабуровской лирики, основанные на принципах реализма, гуманизма и естественности, а также анализируется его поэтический мир в контексте узбекской и мировой литературы. В результате образ Бабура трактуется как литературный феномен, прославляющий универсальные ценности и укрепляющий межкультурный диалог. Узбекские учёные видят в Бабуре символ национальной самобытности и духовной чистоты, подчёркивая гармонию искренности, чистых чувств и философской рефлексии в его поэзии. Европейские исследователи, в свою очередь, считают Бабура одним из самых ярких представителей восточной мысли и универсальным выражением человеческого интеллекта. Они рассматривают его «Бабурнаме» не только как исторический источник, но и как высокое проявление поэтического сознания.

Ключевые слова:

Захириддин Мухаммад Бабур поэтический образ литературоведение европейские исследователи узбекская литература гуманизм реализм поэтическая интерпретация

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) – o‘zbek xalqining buyuk sarkardasi, davlat arbobi, shoir va tarixchidir. U yaratgan “Boburnoma”, “Devon” hamda tarixiy, ilmiy, adabiy asarlar nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblanadi. Bobur shaxsi va ijodining poetik talqini o‘zbek adabiyotshunosligida alohida o‘rin egallaydi. Uning shaxsiyati, poetik olami, lirikasidagi insoniylik va vatanparvarlik tuyg‘ulari ko‘plab adabiyotshunoslar tomonidan chuqur tahlil qilingan. Bobur obrazining poetik talqinida, avvalo, uning shoir va inson sifatidagi ikki qirrasi uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. U bir tomondan – hayot sinovlariga duch kelgan, yurtini yo‘qotgan, ammo ruhiy jihatdan kuchli, ma’naviy komil inson; ikkinchi tomondan esa – nozik tuyg‘ular, ishqiy kechinmalar, tabiat go‘zalligiga oshufta shoir sifatida gavdalanadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur – nafaqat buyuk davlat arbobi va sarkarda, balki she’riy iste’dodga ega shoir sifatida tarix sahifalarida o‘ziga xos o‘rin egallagan shaxsdir. Uning ijodi, xususan, “Boburnoma” asari, tarixiy manba sifatida qadrlanishi bilan birga, poetik va badiiy tafakkur namunasini ham tashkil etadi. Bobur lirikasida insoniylik, vatanparvarlik, muhabbat, g‘urbat va tabiat go‘zalligiga bo‘lgan nozik tuyg‘ular o‘z ifodasini topgan bo‘lib, u o‘z davrining ruhiy va estetik muhitini aks ettiradi. Adabiyotshunoslar ta’kidlaganidek (A. Qayumov, I. Haqqulov, N. Mallayev va boshqalar), Bobur lirikasida vatan va muhabbat motivlari bir-birini to‘ldiradi. Uning she’rlari poetik jihatdan ixcham, ammo mazmunan keng, hayotiy kuzatuvlarga boy. “Ey sabo, agar Hind sori borsang...” deb boshlanuvchi g‘azali Boburning vatan sog‘inchi va ruhiy iztiroblarini yorqin ifodalovchi namunadir.

Adabiyotshunoslar nigohida Bobur poetikasi turlicha keltirib o‘tilgan. Adabiyotshunos A. Qayumov Bobur ijodini “inson qalbining tarixiy hronikasi” deb atagan. Uning fikricha, Bobur she’riyati – bu “shaxsning tarix bilan suhbati”. Bobur o‘z asarlarida shaxsiy kechinmalarni umumiy insoniy qadriyatlar darajasiga ko‘taradi. Shu jihatdan u o‘z davrining eng zamonaviy ruhiy tafakkur sohibi bo‘lgan (Qayumov, 1989).

  1. Mallayev qarashlari: Professor N. Mallayev Boburni “o‘zbek klassik adabiyotining eng yuksak cho‘qqilaridan biri” sifatida baholaydi. Unga ko‘ra, Bobur she’riyati shakl jihatidan an’anaviy bo‘lsa-da, mazmunan yangi davrni boshlab bergan. Shoirning “ishq” tushunchasi nafaqat romantik, balki falsafiy ma’noda – inson kamoloti sari olib boruvchi kuch sifatida talqin etiladi (Mallayev, 1976).
  2. Haqqulovning fikr-mulohazalar: I. Haqqulov Bobur obrazining poetik talqinini zamonaviy nazariy mezonlar asosida o‘rganib, uning shaxsida “fikr va tuyg‘u uyg‘unligi”ni asosiy badiiy tamoyil sifatida ko‘rsatadi. Uning nazarida Boburning poetik olamida real voqelik, shaxsiy kechinma va badiiy ramziylik bir-biriga uyg‘unlashgan. Bu jihat Bobur lirikasini dunyoviy va falsafiy chuqurlikka ega etadi (Haqqulov, 2004).

Bobur obrazining zamonaviy talqinlari: Zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida (masalan, S. Rahimov, U. Normatov, M. Sodiqovlarning ishlanmalarida) Bobur obraziga yangicha yondashuvlar paydo bo‘lmoqda. Ular Boburni nafaqat tarixiy shaxs yoki shoir, balki global tafakkur sohibi, madaniyatlararo ko‘prik yaratuvchi siymo sifatida talqin etadilar. Bobur lirikasida inson va tabiat, inson va taqdir o‘rtasidagi mujassam uyg‘unlik zamonaviy ekologik va falsafiy tafakkur bilan hamohang deb baholanadi.

Bobur she’riyati va “Boburnoma”si Yevropa ilmiy maktablarida Sharq realizmining cho‘qqisi, avtobiografik poetikaning noyob namunasi sifatida baholanadi. Shu bois, Bobur obrazi Yevropa adabiyotshunosligi nazarida bugun ham Sharqning madaniy elchisi, inson qalbining poetik talqinchisi sifatida dolzarbligini yo‘qotmagan.

Yevropalik tadqiqotchilar nazarida Bobur – Sharq va G‘arb madaniyatlarini bog‘lovchi ramziy ko‘prik, o‘z asarlarida inson qalbining chuqur kechinmalarini badiiy yuksaklikda aks ettirgan shoirdir.

Bobur ijodiga ilk e’tibor Yevropada XIX asr boshlarida paydo bo‘ldi. William Erskine, John Leyden, Edward B. Eastwick, Annette Beveridge, Stanley Lane-Poole kabi ingliz sharqshunoslari “Boburnoma”ni ingliz tiliga tarjima qilish orqali Yevropa ilm jamoatchiligiga tanitdilar.

Frits Vyurtle (avstriyalik yozuvchi, XX asr boshlarida ijod qilgan) o‘zining Sharq hukmdorlari, ayniqsa, Timuriylar avlodi haqida yozgan falsafiy-psixologik mulohazalarida Bobur siymosiga ham alohida to‘xtaladi. U Boburni “shoir va hukmdor qalbining uyg‘unligi” timsoli sifatida tasvirlaydi. Uning fikricha “Bobur – qudratni qo‘lda ushlagan, ammo ruhini so‘zga singdirgan podshohdir. Uning qalami yurak qonidan yo‘g‘rilgan.”

Bu yerda yozuvchi Bobur shaxsining poetik va insoniy ikki qirrasini ko‘rsatadi – u bir tomondan siyosiy arbob, ikkinchi tomondan o‘z zamonining lirik shoiri, o‘z taqdirini she’rda aks ettirgan ijodkor sifatida talqin etiladi.

Frits Vyurtlening fikriga ko‘ra, Boburning “Boburnoma”si tarix emas, balki “ruhiy avtobiografiya”dir – u yodnoma emas, balki she’riy tahlildir. Shu bois Yevropa adabiyotshunoslari Boburni renessans ruhidagi shaxs sifatida, ya’ni insonning o‘zligini anglash davrining Sharqdagi timsoli deb baholaydilar.

Ingliz yozuvchisi Rumer Goden (1907-1998) Hindiston tarixiga bag‘ishlangan romanlarida Bobur shaxsiga alohida ehtirom bilan yondashadi. Ayniqsa, uning “Kingfishers Catch Fire” (1953) va “The Peacock Spring” (1975) kabi asarlarida Boburga bevosita murojaatlar bo‘lmasa-da, Boburiylar sulolasining ruhiy merosi markaziy mavzulardan biridir.

Uning “Time to Dance, No Time to Weep” nomli avtobiografik kitobida Bobur haqida shunday yozadi: “Bobur – bu yerning ilk uyg‘onish ovozi edi. U tabiatni, odamni va Allohni bir so‘zda birlashtira olgan yagona shoir edi.” (Godden, 1987).

Rumer Goden uchun Bobur – bu tabiat va ruh uyg‘unligini ifodalovchi poetik obrazdir. U Bobur she’rlaridagi nozik hissiyotlar (g‘urbat, sog‘inch, muhabbat, o‘zga yurtda yov bo‘lish kechinmalari) orqali “Sharq ruhining samimiyligi”ni ko‘rsatadi. Goden tahlilida Bobur nafaqat tarixiy shaxs, balki Sharqning lirik ongidir.

John Leyden va William Erskine 1826-yilda “Memoirs of Zehir-ed-Din Muhammed Baber” nomli inglizcha tarjimani chop etib, uni “Osiyo adabiyotidagi eng yuksak avtobiografik asarlardan biri” deb baholagan.

Annette Beveridge 1921-yilda “The Baburnama”ning to‘liq tanqidiy tarjimasini tayyorlab, Bobur shaxsini “realistik tafakkur sohibi, o‘z davrining Yevropa ruhiga yaqin inson” deb ta’riflagan.

Yevropa tadqiqotchilari uchun Boburning eng diqqatga sazovor jihati – uning o‘z hayotini samimiy, badiiy va faktlarga sodiq tarzda tasvirlaganligi bo‘lgan. Bu jihatdan “Boburnoma” Yevropa adabiyotidagi Montaigne yoki Rousseauning avtobiografik asarlari bilan qiyoslangan.

Annette Beveridge talqinida: Annette Beveridge Bobur she’riyatini “Sharq poeziyasining eng samimiy va tabiat bilan uyg‘un yo‘nalishi” deb ataydi. U Boburning g‘azallarida insoniy tuyg‘ularning tabiiyligi, vatan sog‘inchi va muhabbat falsafasini alohida ta’kidlaydi. Beveridge fikricha, Bobur lirikasida “ko‘hna fors-tojik poetikasining nafis shakli bilan turkiy xalq ruhiyatining halolligi uyg‘unlashgan” (Beveridge,1876).

Edward Denison Ross tahlilida: Mashhur britaniyalik sharqshunos E.D. Ross Boburni “turkiy adabiyotning Yevropaga eng yaqin shoiri” deb baholagan. Uning fikricha, Boburning poetik uslubi sodda, ammo falsafiy chuqurlikka ega: “Bobur she’rlarida G‘arb realizmiga xos kuzatuvchanlik va Sharq lirizmining musiqiy nafisligi birlashgan.” Ross, shuningdek, Boburning tabiat manzaralarini chizishdagi realizmini ingliz romantizmi (Wordsworth, Byron, 1978) ruhiga qiyos qiladi (Ross, 1914).

Stanley Lane-Poole va tarixiy poetika: S. Lane-Poole Bobur obrazini tarixiy shaxsdan tashqari, “poetik ong va estetik qarashlar namoyandasi” sifatida tahlil qilgan. Uningcha, Bobur o‘z asarlarida siyosiy fojealarni lirizm orqali yengadi – bu jihatdan u Dante yoki Goethe bilan ma’naviy jihatdan qiyoslanadi.

Poole yozadi:m “Bobur o‘z asarlarida nafaqat saltanatlar qulashini, balki inson ruhining bardavomligini kuylaydi. Uning poetik nigohi tarixni emas, qalbni tasvirlaydi.”

Yevropalik olimlar tahlillarida Bobur obrazining quyidagi asosiy poetik xususiyatlari e’tirof etilgan: Realizm va samimiyat – Bobur o‘z hayotini bezaksiz, chin dildan tasvirlaydi; bu jihat uni Yevropa adabiy an’analari bilan yaqinlashtiradi. Tabiat poetikasi – Yevropa olimlari Bobur she’rlaridagi tabiat tasvirini “tirilgan manzara” sifatida baholaydilar. Insoniylik va gumanizm – Bobur shaxsida siyosiy qudrat emas, balki ma’naviy komillik ustuvor. Sharq va G‘arb uyg‘unligi – Bobur poetikasida forsiy badiiy an’analar va turkiy ruhiy samimiyat uyg‘unlashib, uni “universal shoir” darajasiga ko‘targan.

O‘zbek adabiyotshunoslari nazarida Zahiriddin Muhammad Bobur obrazining poetik talqini – bu insoniylik, vatanparvarlik, muhabbat va tafakkur uyg‘unligini ifoda etuvchi badiiy fenomen. Bobur she’riyati o‘zining soddaligi, samimiyligi va falsafiy chuqurligi bilan o‘zbek poeziyasida betakror o‘rin egallaydi. Adabiyotshunoslar tahlilida Bobur – faqat o‘tgan asrlar siymosi emas, balki bugungi va kelajak avlodlar ruhiy hayotida yashovchi abadiy obraz sifatida namoyon bo‘ladi.

Yevropa adabiyotshunoslari nazarida Zahiriddin Muhammad Bobur – bu nafaqat buyuk davlat arbobi, balki dunyo poeziyasining umumiy xazinasiga beqiyos hissa qo‘shgan ijodkordir. Uning obrazida shaxsiy kechinma, tarixiy tafakkur va badiiy go‘zallik uyg‘unlashgan. Bobur she’riyati va “Boburnoma”si Yevropa ilmiy maktablarida Sharq realizmining cho‘qqisi, avtobiografik poetikaning noyob namunasi sifatida baholanadi. Shu bois, Bobur obrazi Yevropa adabiyotshunosligi nazarida bugun ham Sharqning madaniy elchisi, inson qalbining poetik talqinchisi sifatida dolzarbligini yo‘qotmagan.

Yevropa va o‘zbek adabiyotshunoslari qarashlarida Bobur shaxsiyati va ijodi o‘ziga xos ikki qirrali, ammo uyg‘un obraz sifatida talqin etiladi. Yevropalik olimlar, jumladan Frits Vyurtle va Rumer Goden, Bobur shaxsini ruhiy izlanishdagi inson, poetik tafakkur egasi va Sharq uyg‘onishining timsoli sifatida baholaydilar. Ularning nazarida Bobur – o‘z davrining faqat siyosiy arbobi emas, balki poetik fikr orqali tarixni his qilgan va tasvirlagan ijodkordir.

O‘zbek adabiyotshunoslari esa Bobur obraziga milliy va ma’naviy qadriyatlar nuqtai nazaridan yondashadilar. Ularning tahlillarida Bobur xalq ruhiyatini she’rga singdirgan, samimiyat va tafakkurni uyg‘unlashtirgan milliy daholar sirasiga kiradi. U o‘z “Boburnoma”si orqali tarixni badiiylashtirib, insoniy kechinmalarni davlatparvarlik, vatanparvarlik va muhabbat tuyg‘ulari bilan bog‘lay olgan. Shunday qilib, Yevropa va O‘zbekiston adabiyotshunoslari qarashlari turlicha bo‘lsa-da, ular bir nuqtada – Boburning universalligi va poetik tafakkurining yuksakligida – birlashadi. Bobur shaxsiyati insoniyat madaniyatining umumiy durdonasi sifatida qadrlanadi.

Библиографические ссылки

Qayumov, A. (1989). Bobur va uning davri. Toshkent: Fan.

Mallayev, N. (1976). O‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O‘qituvchi.

Haqqulov, I. (2004). Sharq she’riy tafakkuri va Bobur lirikasining estetikasi. Toshkent.

Normatov, U. (2012). Bobur va jahon adabiy jarayoni. Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti.

Rahimov, S. (2020). Bobur siymosi zamonaviy talqinlarda. Adabiyot va san’at, (3).

Beveridge, A. (1921). The Baburnama: Memoirs of Babur, Prince and Emperor. London.

Erskine, W., & Leyden, J. (1826). Memoirs of Zehir-Ed-Din Muhammed Baber, Emperor of Hindustan. London.

Ross, E. D. (1914). The Persian and Turkish Literature of Central Asia. Cambridge.

Lane-Poole, S. (1899). Babar and the Rise of the Mughal Empire. London: Clarendon Press.

Werfel, F. (1930). Der Geist des Ostens. Vienna: E. Amalfi Verlag.

Godden, R. (1987). Time to Dance, No Time to Weep. London: Macmillan.

Опубликован

Загрузки

Биографии авторов

Зубайда Анаркулова,
Узбекский государственный университет мировых языков

Преподаватель

Сабрина Ниядуллаева

Преподаватель

Как цитировать

Анаркулова, З., & Ниядуллаева, С. (2025). Поэтическая интерпретация образа Бабура в представлениях европейских и узбекских литературоведов. Лингвоспектр, 11(1), 27–32. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1136

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.