Пословицы как объект сопоставительной лингвистики и лингводидактики

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Пословицы как объект сопоставительной лингвистики и лингводидактики

Аннотация

В статье проводится всесторонний анализ английских и узбекских пословиц с лингвистической, культурологической, когнитивной и прагматической точек зрения, а также раскрывается их значимость в современном языковом образовании. Основываясь на исследованиях Абдуллаевой, Нормурадовой, Гадоевой, Камбаровой, Эшонкуловой, Бойханова и Алибековой, пословицы рассматриваются как важные лингвокультурные единицы, отражающие национальный менталитет, исторический опыт и систему ценностей. Особое внимание уделяется метафорической основе пословиц, их концептуальной структуре, а также способам выражения человеческих качеств через образы животных и соматизмы, что подробно объясняется в рамках когнитивной лингвистики. Отмечается прагматическая функция пословиц в речевой коммуникации: совет, предостережение, смягчённое несогласие, утешение и логическое завершение дискурса. Показано, что упражнения, основанные на пословицах, способствуют развитию межкультурной компетенции, стилевой чувствительности, творческого мышления и глубокого понимания языковых реалий. Сделан вывод, что пословицы являются эффективным дидактическим инструментом, укрепляющим интегративные методы обучения и формирующим у обучающихся естественную и культурно обоснованную речевую практику.

Ключевые слова:

Пословицы лингвокультурология когнитивный подход прагматика стилистика межкультурная коммуникация национальный менталитет паремиология дидактика коммуникативная компетенция контекстуальное употребление обучение языку

Maqollar xalqning tarixiy tajribasi, ijtimoiy qadriyatlari va mentalitetini mujassam ifodalovchi lingvomadaniy birliklar sifatida nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik va didaktika uchun ham muhim tadqiqot ob’ektidir. So‘nggi yillarda ingliz, o‘zbek, rus va boshqa tillardagi maqollarni qiyosiy-lingvistik, kognitiv va pragmatik yondashuvlar asosida o‘rganishga qaratilgan ilmiy ishlar kengayib bormoqda. Ushbu ilmiy qarashlar maqollarni nafaqat lingvistik birlik, balki madaniyatlararo muloqot vositasi, pragmatik kompetensiyani rivojlantiruvchi didaktik material sifatida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, maqollar asosida tuzilgan mashqlar tizimining til o‘rganuvchilar kompetensiyalarini madaniy, pragmatik, stilistik va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.

Abdullayeva N.E. (2017) ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarni lingvistik va madaniy nuqtai nazardan qiyosiy o‘rgangan. O‘z ishida “Do‘stlik” konsepti asosida shakllangan maqollarning semantik, stilistik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib bergan. Tadqiqotda maqollar milliy mentalitet va madaniyatni ifodalovchi madaniy birlik (cultureme) sifatida tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tilidagi maqollar orasida ekvivalent, sinonim va antonim munosabatlar aniqlanadi, shuningdek ularning kontekstga bog‘liq qo‘llanishi va stilistik yuklamasi ochib beradi.

 Normurodova G.M. (2024) o‘zbek va ingliz maqollarining kognitiv, pragmatik va sotsiolingvistik tahlili amalga oshirilgan. “it” obrazidagi maqollar kognitiv, sotsiomadaniy, va pragmatik jihatdan tadqiq qilinadi. Lakoff va Turner nazariyalariga tayanib, maqollar Great Chain of Being (Borliq zanjiri) metaforasi orqali izohlanadi. Har bir maqolaga sotsiolingvistika va pragmatikada qanday qilib hayvon obrazlari orqali insoniy fazilatlar ifodalanishini ko‘rsatilgan. Kognitiv yondashuv yordamida maqollarni chuqurroq anglash va ularni til o‘rganishda samarali qo‘llash mumkin.

Gadoyeva M. (2024) ingliz va o‘zbek tilidagi maqollarda tana a’zolarini bildiruvchi so‘zlarning ishlatilishini qiyosiy tahlil qilgan. Tilshunoslik nuqtayi nazaridan somatismlarning semantik guruhlarga ajratilishi, ularning madaniy jihatlari va kognitiv asoslarini yoritib beradi. Shu bilan birga “bosh”, yurak”, “ko‘z”, “qo‘l”, “jigar” kabi tana qismlari asosida qurilgan maqollar misolida ikki xalqning til va madaniyatidagi o‘xshashlik hamda tafovutlar ko‘rsatib berilgan.

Ahmet Erdem (2023) o‘z monografiyasida turk va o‘zbek maqollarini semantik hamda sotsiolingvistik tahlil qiladi va bu tahlilda ijtimoiy munosabatlarning (oila, qarindoshlik, qo‘shnichilik, mehmondo‘stlik va boshqalar) ifodalanishiga alohida e’tibor qaratadi. Maqollar korpusi asosida olim oilaviy va qarindoshlik munosabatlari, ijtimoiy maqom va gender rollari orqali ikki madaniy kontekstda o‘xshash va farqli jihatlar yoritib beradi. Madaniy nuqtaiy nazaridan, maqollar turk va o‘zbek jamiyatlarida tarixan shakllangan patriarxal va kollektivistik qadriyatlarni aks ettirishi aniqlanadi

Eshonkulova Gulrux (2025) o‘z tadqiqotida “antropotsentrik maqollar” konseptini tariflaydi. Ular til va madaniyatni o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Filologik yoʻnalishdagi talabalar uchun maqollarni samarali oʻrgatish, ularning semantik, madaniy va kommunikativ jihatdan tushunilishini kuchaytirish haqida ta’kidlaydi. Eshonkulova o‘z izlanishlarida loyiha (project-based) yondashuvining ahamiyatini oʻrganadi. Bundan tashqari, “Content-Based Instruction” (mazmun asosida o‘qitish) yondashuvi ham til va madaniyatni birlashtirish uchun samarali ekanligi ko‘rsatilgan. Maqollar oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishda, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda va tilni chuqurroq anglashda vosita sifatida ishlatilishi mumkinligi taʼkidlanadi.

Boyxanov Sh.M. (2020) maqolalarning ma’nosini tushuntirishda va ularni o‘rgatishda Frayer modelini qo‘llagan. Ushbu model orqali o‘quvchilar maqolani tushunib, uni o‘z so‘zlari bilan izohlab, hayotiy misollar bilan bog‘laydilar. Shuningdek, “proverbial energizer” deb nomlangan faoliyat orqali talabalar bilan interaktiv tarzda mashg‘ulot o‘tkazish taklif etiladi (masalan, Telegram orqali maqollarni joyiga qo‘yish). “Health” mavzusi doirasida ham mos maqollar yordamida differensial ta’lim asosida ishlash mumkin. Bu jarayonda o‘quvchilar o‘z qiziqishlariga qarab maqollarni tahlil qiladilar.

Alibekova, K.E. (1993) tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan turk tilli talabalarni rus tilidagi tibbiyot leksikasi hamda maqollarni o‘rgatishda “sog‘lik” va “gigiyena” kabi asosiy tushunchalardan foydalanish usullarini tahlil qiladi.

Maqollardan foydalanish uning tarkibiy tuzilishi va kontekstual parametrlari orqali izohlanadi. Ushbu jarayonni bosqichma-bosqich ko‘rsatib beruvchi diagramma maqoldan to‘g‘ri foydalanish xususiyatlarini yoritadi. Diagrammada keltirilgan tarkibiy birliklar muayyan ketma-ketlikka ega.

 

 

1-jadval. Maqollardan foydalanishning bosqichlari

 

 

Maqollar matn tarkibida uslubiy jihatdan muhim birlik sifatida namoyon bo‘ladi va ularning ortida an’anaviy qo‘llanish me’yorlari mavjud. Kommunikativ vaziyatda ushbu me’yorlardan chetga chiqish ya’ni kutilgan, odatiy qo‘llanishdan og‘ish maqolning uslubiy salohiyatini kuchaytiradi va tinglovchi yoki o‘quvchida turli pragmatik effektlarni yuzaga keltiradi. Shu bois, maqollarning stilistik imkoniyatlari faqat matnshunoslik nuqtayi nazaridan emas, balki pragmatik yondashuv asosida ham o‘rganilishi zarur.

Maqollar asosida berilgan mashqlar talabalar til kompetensiyasini har tomonlama rivojlantiradigan eng samarali didaktik vositalardan biridir. Maqollar xalqning urf-odati, dunyoqarashi va qadriyatlarini mujassam etgani uchun, ular bilan ishlash talabaga boshqa madaniyatni chuqurroq anglash imkonini beradi. O‘zbek va ingliz maqollarini taqqoslash orqali talaba umumiy qadriyatlarni (mehnat, halollik, do‘stlik), milliy xususiyat va mentalitet farqlarini tushunib boradi. Talaba turli madaniy kontekstlarda qanday so‘zlash, qaysi maqolni qachon qo‘llash mumkinligini bilib oladi.

Maqollarni kontekstda tanlash mashqlari talabaga maslahat berish, ogohlantirish, tasalli berish, o‘z fikrini yumshoq ifodalash kabi nutq aktlarini to‘g‘ri qo‘llashga yordam beradi. Diskursni maqol bilan yakunlash talabaning nutqini mazmundor, ta’sirchan va tabiiy qiladi.

Stilistik kompetensiyani rivojlantiradi, uslubiy sezgirlikni oshiradi, obrazli fikrlashni shakllantiradi, maqolni turli uslublarga mos qayta yozish talabani ijodiy fikrlashga o‘rgatadi.

Maqollar bilan ishlash lug‘at boyligini oshiradi, grammatik strukturalarni mustahkamlaydi, o‘qish va tushunish ko‘nikmasini chuqurlashtiradi, nutqning obrazli, tabiiy va ravon bo‘lishini ta’minlaydi. Quyida talabalarni ko‘nikmalarini oshiruvchi bir nechta topshiriqlar tavsiya etilgan.

 

 

 

 

 

 

Mashqlar turi

Talabalarga vazifa

Misollar (O‘zbek va ingliz maqollari)

Madaniyatlararo muloqot ko’nikmasi

Madaniy talqin topshirig‘i

 

 

Maqolni o‘qing va uning madaniy asosini izohlang. Qaysi qadriyat namoyon bo‘lgan?

“Mehnat qilgan to‘yadi.” / “No pain, no gain.” – Ikkala madaniyatda mehnatsevarlik qadriyati

Madaniyatni taqqoslash

 

 

Ingliz va o‘zbek maqollarini taqqoslab, farqi va o‘xshash jihatlarini yozing.

“A stitch in time saves nine.” / “Yig‘lay-yig‘lay o‘rganar, kulib-kulib bilnar.” – Oldini olish qadriyati.

Kontekstdagi madaniyat

 

Maqol ishtirok etgan madaniy vaziyatni tasvirlab bering

“When in Rome, do as the Romans do.” – Mehmonchilik, moslashish.

Pragmatik ko‘nikma

Nutq aktlarini moslashtirish

 

Quyidagi vaziyatlarga mos maqolni tanlang.

Masalan: “Do‘stingiz ishni bugunga qoldirmoqchi.” → “A stitch in time saves nine.”

Muloyimlik strategiyalarini aniqlash

Qaysi maqol yumshoq maslahat berishda mos keladi, qaysi biri ogohlantirishda?

Measure twice, cut once.” – maslahat; “As you sow, so shall you reap.” – ogohlantirish.

Diskursni to‘ldirish topshirig‘i

 

Vaziyatni o‘qing, mazmuniga mos maqol bilan dialogni yakunlang.

A: “Kecha aytgan ishimni qilmay qo‘ydim.” B: “Better late than never.”

Stilistik ko‘nikma

Stilistik uslubni aniqlang

 

 

Maqolning qaysi funksional uslubda ishlatilishini ayting (ilmiy, badiiy, publitsistik, og‘zaki).

“Power tends to corrupt...” – publitsistik; “Birds of a feather flock together.” – og‘zaki/badiiy.

 

Uslubiy o‘zgartirish

 

Maqolni ilmiy, publitsistik va badiiy uslubga mos qayta yozing.

“Knowledge is power.” → ilmiy: “Bilim shaxsning intellektual ustunligini belgilaydi.”

Efimizm va kinoya tahlili

 

Qaysi maqollarda kinoya, istehzo, obrazlilik ishlatilganini belgilang.

“Too many cooks spoil the broth.” – kinoya.

 

2-jadval. O‘quvchilaring maqollarni bilish darajasini oshiruvchi mashqlar

 

 

Maqollarni lingvistik, madaniy, pragmatik va stilistik yondashuvlar asosida o‘rganish ularning chuqur semantik qatlamini ochish, milliy tafakkur va qadriyatlar tizimini anglash hamda turli madaniyat vakillari o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlash uchun keng imkoniyat yaratadi. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ingliz, o‘zbek va boshqa tillardagi maqollar o‘xshash hayotiy tajribalar, universal qadriyatlar (mehnat, halollik, do‘stlik, ehtiyotkorlik) bilan bir qatorda milliy mentalitetga xos farqlarning ham muhim ko‘rsatkichidir. Paremiologik birliklarning pragmatik funksiyasi nutq aktlarini yumshatish, maslahat berish, ogohlantirish, dialogni yakunlash kabi kommunikativ jarayonlarda ayniqsa sezilarli bo‘ladi.

  Dujusupov M. (2022) chet tili bo‘yicha o‘quv jarayoniga antropotsentrik maqollarni kiritish o‘quv-til materiallari bilan bir qatorda o‘qituvchining o‘zidan ham ko‘p qirrali tayyorgarlikni talab qilishini ta’kidlaydi. Buni quyidagi ketma ketlikda tushuntiradi.

O‘rganilayotgan va ona tilidagi antropotsentrik maqollarni tanlash va qayta ishlash.

Antropotsentrik maqollarni o‘quvchilarning ta’lim darajasi (maktab, oliy ta’lim, umumta’lim, maxsus ta’lim va hokazo)ni hisobga olgan holda taqsimlash.

O‘rganilayotgan va ona tillardagi maqollarni o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash maqsadida qiyosiy (lingvokontrastiv) tavsiflash va tahlil qilish.

Maqollar asosidagi mashqlar tizimi talabalarning madaniyatlararo muloqot, pragmatik moslashuv, stilistik sezgirlik va ijodiy fikrlash kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ular orqali talaba so‘zning bevosita ma’nosi emas, balki konnotativ, madaniy, metaforik va kontekstga bog‘liq ma’nolarini ham anglay boshlaydi. Shuningdek, maqollarni tarjima qilish, taqqoslash, kontekstga mos tanlash, diskursni maqol bilan yakunlash kabi topshiriqlar tilni chuqurroq anglash, madaniy realiyalarni solishtirish va nutqni tabiiylashtirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, maqollar til va madaniyatning o‘zaro uyg‘unlashgan ko‘rinishi bo‘lib, ularning didaktik ahamiyati zamonaviy til ta’limida, xususan, filologik yo‘nalish talabalarida madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishda beqiyosdir. Shuning uchun maqollarni qiyosiy-lingvistik tahlil asosida o‘rgatish, ularni integrativ metodlar orqali ta’lim jarayoniga tatbiq etish samarali kommunikativ shaxsni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Abdullaeva, N. (2017). Semantic and linguocultural features of English and Uzbek proverbs with concept of friendship. Problems of Modern Science and Education, 89. https://doi.org/10.20861/2304-2338-2017-89-001

Alibekova, K. E. (1993). Obucheniye tyurkoyazychnykh studentov medisinskoy leksike i poslovitsam russkogo yazyka s bazovymi konceptami ‘zdorovye’, ‘gigiyena’ (Dis. … kand. ped. nauk.). Tashkent, Uzbekistan.

Boyxanov, Sh. M. (2020.). Efficiency of differentiated instruction in developing. Сборник материалов международной онлайн, 196 s.

Dujusupov, M. (2022). Антропоцентрические пословицы как лингвоконтрастивная и лингвометодическая проблема // O‘zbekistonda xorijiy tillar. № 5 (46). — B. 37-52.

Erdem, A. (2023). Turk va O‘zbek Tılıdagı Maqollar Semantikasıda Ijtimoiy Munosabatlarning Ifodalanishi. Toshkent: Turon Ilm Fan. ISBN 978-9943-8567-5-2

Eshonkulova, G. (2025). Filologik yo‘nalishdagi talabalarga ingliz tili antropotsentrik maqollarni o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari (Dis. kand. ped. nauk.). Tashkent, Uzbekistan. 130 bet

Gadoeva, M. (2024). The usage of somatisms in English and Uzbek proverbs. E3S Web of Conferences, 538, 05020. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453805020

Normuradova, G. M. (2024). A cognitive analysis of English and Uzbek proverbs with animal concept. O‘zbekistonda Xorijiy Tillar, 10(2), 169–179.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Мадинабону Мухаммадиева,
Узбекский государственный университет мировых языков

Базовый докторант

Как цитировать

Мухаммадиева, М. (2025). Пословицы как объект сопоставительной лингвистики и лингводидактики. Лингвоспектр, 11(1), 193–198. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1161

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.