TIL O’QITISHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING MADANIY KODLARTARJIMASIDAGIIMKONIYATLARI VA MUAMMOLARI (INGLIZ VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Authors

  • O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
 TIL O’QITISHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING MADANIY KODLARTARJIMASIDAGIIMKONIYATLARI VA MUAMMOLARI (INGLIZ VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellect(AI)asosida ishlovchi tarjima vositalarining ingliz va o’zbektillari o’rtasida madaniy kodlarni uzatishdagi samaradorligi, chegaralari va xatoliklari, shuningdek,ingliz tilini o’qitish jarayonida sun’iy intellekt(AI)texnologiyalaridan foydalanishda madaniy kodlarni tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilinadi.Ingliz va o’zbek tillarining madaniy –fonetik, konseptual hamda semantik farqlari sababli AI vositalari ko’plab chalkashliklar va noto’g’ri tarjimalar yaratadi. Maqolada ushbu muammolarning sabablari, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri hamdamadaniy kodlarning lingvomadaniy tabiatini ochib berish bilan birga, AI tarjimalari bilan inson tarjimasi o’rtasidagi farqlar, AI algoritmlarining kontekstsizlik muammosi, milliy realiyalar va idiomatik birliklarning noto’g’ri talqin qilinishi misollar orqali ko’rsatiladi. Tadqiqot natijalari AI tarjimalarida madaniy konnotatsiyalarni to’g’ri qayta ishlash uchun mukammal korpuslar va antroposentrik yondashuv zarurligini isbotlaydi.

Keywords:

madaniy soddalashtirish pedagogik vositachilik madaniyatlararo ompetensiya AI cheklovlari tarjima muammolari

Kirish

Zamonaviy raqamli ta’lim sharoitida o’qituvchilar va o’quvchilarning sun’iy intellekt bo’yicha savodxonligini oshirish ta’lim samaradorligini ta’minlashda muhim omilga aylanmoqda. So’nggi yillarda raqamlashtirish jarayonlari nafaqat pedagogik jarayonning texnik tomonini o’zgartirmoqda, balki ta’lim beruvchilarning kasbiy mas’uliyati, texnologiya bilan ishlash madaniyati va didaktik yondashuvlarini ham tubdan yangilamoqda. Bu borada xalqaro hujjatlar hamda AI asosidagi ta’lim konsepsiyalarida o’qituvchilarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish, inson –mashina hamkorligini to’g’ri yo’lga qo’yish,shuningdek, AI etikasi bo’yicha savodxonlikni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlanadi.[1]

Sun’iy intellekt (AI) ta’lim sohasida muhim o’ringa ega bo’lib, ingliz tilini o’qitish jarayonida turli mashina tarjimatizimlari, til modellaridan foydalanish odatiy holga aylandi. Google Translate, DeepL, ChatGPT kabi tizimlar katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlab, tezkor tarjima yaratishi bilan ajralib turadi. Biroq, ingliz va o’zbek tillari o’rtasida mavjud bo’lgan madaniy kodlar, idiomalar, maqol-matal, diniy, tarixiy, milliy tushunchalar kabi birliklarni sun’iy intellekt (AI) to’g’ri talqin qila olmasligi natijasida ko’plab tarjima xatoliklari yuzaga kelmoqda. bu o’z navbatida o’quvchilar tafakkurida noto’g’ri madaniy tasavvurlar shakllanishiga olib keladi.

 

Til o’qitish jarayonida ingliz va o’zbek tillaridagi madaniy kodlarni tarjima qilishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar ta’lim sifati va mazmuniga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.Madaniy kodlar – bu xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va tarixiy tajribasi bilan bog’liq bo’lgan ma’naviy –ma’rifiy belgilar bo’lib, ularni to’g’ri anglash va tarjima qilish ko’p hollarda o’quvchilarning lingvomadaniy kompetensiyasiga bog’liq.Ingliztilidagi metafora, tarixiy konnotatsiya, ijtimoiy –huquqiy atamalar yoki milliy mentalitetga oid iboralar o’zbek tiliga to’g’ridan- to’g’ri ko’chirilganda mazmun buzilishi yoki noto’g’ri talqinlar paydo bo’lishi mumkin. Bu esa nafaqat leksik-semantik qiyinchiliklar, balki o’quvchilar va o’qituvchilarning madaniy tafakkuri o’rtasidagi nomuvofiqlikni ham yuzaga keltiradi. [2] Ingliztilidagi «break a leg”, «piece of cake «kabi idiomalar o’zbek tilida literal ( so’zma – so’z) tarjimaqilinmaydi, xuddi shuningdek o’zbek tiidagi «ko’ngli oppoq «, «yuragi keng”, «shirinso’z» kabi birliklar ingliz tiliga teng ma’no bilan o’tmaydi. AI bunday birliklarni ko’pincha so’zma- so’z tarlima qiladi, chunki ularning konseptual asosidagi madaniy ma’no AI korpuslarida yetarlicha ifodalanmagan bo’ladi.

Bunday murakkab jarayonlarda AI texnologiyalarining jadal kirib kelishi ikki tomonlama ta’sir ko’rsatadi. Bir tomondan, sun’iy intellekt matnlarni tarjima qilish,madaniy konnotatsiyalarni aniqlash va taqqoslashda o’qituvchilarga ko’maklashishi mumkin. Ammoboshqa tomondan, AI tizimlari madaniy kontekstni yetarlicha chuqur tahlil qila olmaganda,noto’g’ri tarjimalar, stereotiplar yoki madaniy nomuvofiqliklarning paydo bo’lishi xavfi saqlanib qoladi. Shuning uchun o’qituvchilar AI vositalaridan foydalanishda tanqidiy yondashuvni shakllantirishi, AI ishlab chiqargan tarjimalarni qayta ko’rib chiqishi va madaniy aniqlikni ta’minlash uchun lingvokulturologik bilimlardan foydalanish lozim. Bu jarayon AI integratsiyasida etik yondashuv, mas’uliyat va professional kompetensiyani yanada muhim omilga aylantiradi.[3]

AI texnologiyalarining tezkor rivoji sababli o’qituvchilar AI ularning o’rnini egallashi mumkinligidan xavotirga tushishadi. Biroq tadqiqotlar AI o’qituvchini almashtira olmasligini,balki raqamli kompetensiyasi past mutaxassislarning faoliyatini cheklab qo’yishi mumkinligini ta’kidlaydi. O’qituvchi AI vositalaridan foydalangan holda takroriy vazifalarga sarflanadigan vaqtni qisqartirishi va uni o’quvchilarning emotsional rivoji, axloqiy tarbiyasi hamda shaxsiyati shakllanishiga yo’naltirishi mumkin.Shuningdek,mamlakatlar miqyosida ishlab chiqilayotgan pedagoglar uchun raqmli savodxonlik standartlari o’qituvchilarning AI texnologiyalaridan ongli foydalanish ko’nikmasini shakllantirishni ko’zda tutadi. [1]

Shunuqtai nazardan, ingliz tilidagi madaniy birliklarni o’rgatishda AI dan foydalanish o’qituvchilarning raqamli va lingvomadaniy kompetensiyasining uyg’unlashuvini talab qiadi. AI vositalari o’quvchilarning mustaqil tarjima qilish ko’nikmalarini rivojlantirishi, madaniy farqlarni ko’rsatib beruvchi misollar yaratishi mumkin. Ammo AI tomonidan yaratilgan tarjimalarda madaniy konnotatsiyalar noto’g’ri aks etmasligi uchun pedagogning insoniy tajribasi, tahliliy fikrlashi va madaniyatlararo muloqot bo’yicha bilimlari hal qiluvchi rol o’ynaydi. [2]

2024 – yilgi Jahon Raqamli Ta’lim Konferensiyasi (WDEC) yakunida e’lon qilingan «Raqamli ta’lim bo’yicha Shanxay hamkorlik deklaratsiyasi” o’qituvchilarning salohiyatini oshirishga qaratilgan raqamli pedagogika modelini keng tadbiq etishni maqsad qilib qo’ydi. Hujjatda samarali raqamlashtirilgan ta’lim amaliyotlarinitarg’ib qilish, aqlli o’qituvchi yordamchilari va raqamli hamkorlik texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, o\qituvchilarning o’quv jarayonidagi ko’p qirrali rolini kuchaytirish zarurligi ta’kidlanad.Raqamli kompetensiyatalablari ortib borayotgan bo’lsa-da, o’qituvchining o’quvchining shaxsiy va intellektual rivojlanishidagi o’rni muhimligicha qoladi. AI texnologiyalari o’qituvchini almashtira olmaydi, biroq raqamli ko’nikmalari yetarli bo’lmaganmutaxassislarni chetlab o’tishi mumkin. Shuning uchun pedagoglar texnologiyaga nisbatan asosli, tanqidiy va etik yondashuvni shakllantirishlari muhimdir. Aql –idrokka egatizimlar takroriy vazifalarni avtomatlashtirib, o’qituvchiga yuqori qiymatli o’quv faoliyatiga ko’proq vaqt ajratish imkonini yaratadi. Insonva mashina o’rtasidagi mazmunli hamkorlik o’qituvchining raqamli savodxonligi bilan chambarchas bog’liq.» O’qituvchilarning raqamli savodxonligi” konsepsiyasida texnologik ong, raqamli xavfsizlik, axborot madaniyati va professional rivojlanish kabi ko’nikmalar belgilangan bo’lib, ular uchun maxsus o’quv –tayyorlov jarayonlari talab etiladi.2022- yilgi «Sun’iy intellektbo’yicha” Ko’k kitob «(yillik hisobot)ida boshlang’ich va o’rta maktab o’quvchilari uchun mjntazam AI tayyorgarligining yetishmasligi ularning ta’lim jarayonida AI inkoniyatlaridan to’liq foydalana olmasligiga sabab bo’layotgani qayd etiladi. Shuningdek,AI ni ta’limga joiy etish jarayonida yuzaga keladigan etik xavflarni tushunish va o’qituvchilarning AI etikasi bo’yicha xabardorligini oshirish muhim ekani alohida urg’u bilan aytiladi.[4]

AI yordamida tarjima jarayonidagi asosiy muammolar

Ma’nodosh emas, literal tarjimalar: AI ko’pincha madaniy birlikni bevosita lug’aviy ma’nosi bilan beradi, masalan:

«Ikki oyog’ini bir etikka tiqmoq”- «to force someone to put both feet into one shoe” yoki «to put someone under pressure» tarzida tarjima beradi. Bu esa matndagi asl ma’noni ifodalay olmaydi.

 Bu holatda aynan shu tushunchaniberadigan ekvivalent berish lozim bo’ladi. Bundainson omili muhim ahamiyatga ega.

Ekvivalent: «To bite off more than you can chew”

Mantiqiy kontekstning yo’qolishi:

AI ba’zan kontekstni tan olmaydi, ayniqsa maqollar, hadislar, folklor obrazlari, diniy terminlar, milliy taomlar, kiyim va urf-odat nomlari.

O’qitish jarayoniga ta’siri:

Noto’g’ri tarjimalar natijasida o’quvchi ingliz yoki o’zbek madaniyatini noto’g,ri tasavvur qiladi

Tilning tabiiyligi yo’qoladi.AI yordamida tarjima qilingan matnlar ba’zan sun’iy, madaniy jihatdan yot bo’lib qoladi.

Rima Subhi Husain Taher tomonidan yoritilgan AIyordamida tarjima va madaniymatnlarni tushunishga bag’ishlangan maqolasida [5] yuqorida yoritilgan muammolar borasida so’z boradi va bir qancha yechimlar berib o’tiladi.

  1. AI hamma madaniyatni bir xil qilib qo’yadi(cultural flattener). Sababi esa ko’p AI modellar g’arb (Amerika va Britaniya )ma’lumotlari bilan to’ldirilgan.Natijadao’zbek, arab, turk, yapon kabi madaniy ma’lumotlarni ko’pincha kontekstsiz tarjima qiladi.

Mahalliy bayramlar,an’analar yoki iboralarni noto’g’ri tushunadi.

  1. Tarjima vaqtida madaniy xatolar ko’p bo’ladi. Masalan ,

AI Thanksgiving bayramini oddiy «rahmat kuni” deb tarjima qiladi, lekin uning tarixiy ma’nosini tushuntira olmaydi. Dialektni tanimaydi (masalan:britancha, avstraliyalik, afrikalik ingliz).

  1. Yaxshi o’qituvchilar AI xatolaridan o’quv jarayonidaAI yaratgan matnlarni inson tarjimalari bilan taqqoslash, AI qilgan xatolarni aniqlash, madaniy nuanslar nega yo’qolganini muhokama qilish kabi mashqlardan foydalanib, ularni talabalar bilan birgalikda tahlil qilib:

madaniy tafovutlarni,

kontekstning ahamiyatini,

AI ga to’liq ishonib bo’lmasligini o’rgatadi.

  1. Bu usul talabalarda madaniyatlararo kompetensiyani oshiradi, ya’ni boshqa madaniyatni tushunish, hurmat qilish, matn ma’nosini chuqur anglashni shakllantiradi.

Yechimlar:

-AIvositalarini to’g’ri cheklangan va nazoratli qo’llash

-AI dan to’g’ridan- to’g’ri tarjima uchun emas, balki taqqoslash va xatoni aniqlash vazifalarida foydalanish.

-AI bergan har bir tarjimaga kontekst tekshiruvi o’tkazish

-o’quvchilarga «AI doimo to’g’ri emas” tamoyilini tushuntirish.

Madaniy kodlarni o’rgatishda integratsiyalashgan yondashuv:

-har bir matnni faqat til nuqtai nazaridan emas, balki madaniy, tarixiy va ijtimoiy nuqtai nazardan ham tahlil qilish.

O’zbek va ingliz madaniy kodlarini parallel o,rganish (bayram, ibora,an’ana, humor, kinoya).

O’quvchilarda tanqidiy va analitik fikrlashni rivojlantirish:

-AI xatolarini topish bo’yicha mini-analiz mashg’ulotlari.

-o’quvchilar bilan «Nima uchun AI bu yerda xato qildi?”mavzusoda muhokama.

O’qituvchi vositachiligini kuchaytirish:

-o’qituvchi AI bergan ma’lumotni madaniy filtrdan o’tkazadi.

- dars jarayoniga kontekst, misollar, real hayotdan situatsiyalar qo’shadi.

 Ingliz tilidagi madaniy kodlarni o’zbek tiligatarjima qilishda maxsus strategiyalardinamik ekvivalentlik(ma’noga yaqin tarjima), tavsifiy tarjima (agar madaniy realiya bo’lsa ),kontekstli izoh berishorqali amalga oshirish

Xulosa:

Zamonaviy til o’qitish jarayonida madaniy kodlarni o’rgatish eng murakkab, ammo eng zarur bosqichlardan biridir. Ingliz va o’zbek tillari o’rtasidagi madaniy farqlar nafaqat leksik darajada, balki tarix, an’ana, mentalitet,va muloqot uslubi kabi chuqur qatlamlarda namoyon bo’ladi. Sun’iy intellekt vositalarining keng qo’llanilishi esa bir tomondan o’qituvchilar uchun imkoniyatlar yaratgan bo’lsa, ikkinchi tomondan madaniy nuanslarni soddalashtirish, noto’g’ri kontekst berish va g’arb markazlashgan mazmunni takrorlash kabi xavflarni ham yuzaga chiqarmoqda. Bu holat o’quvchilarda chet tilini «faqat grammatika va tarjima «sifatida tushunishga, madaniy qatlamni e’tiborsiz qoldirishga olib kelishi mumkin.

 Shu bilan birga, mos pedagogik yondashuv bilan AI vositalari aksincha –madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishning qudratli instrumentiga aylanishi mumkin. O’qituvchi AI xatolarini yashirmasdan, aksincha ularni o’quvchilarga tahlil qilish uchun taqdim etganda, talabalar kontekst, tarixiy konnotatsiya, idiomatik birliklar,tarixiy ma’lumotlar va pragmatik ma’nolarni teranroq tushuna boshlaydi.Bu ularda tanqidiy fikrlash, madaniy sezgirlik va tilni real hayotiy vaziyatlarda qo’llash ko’nikmasini kuchaytiradi.

Til o’qitishda muvaffaqiyat kaliti –o’qituvchi,o’quvchi va AI uchligining muvozanatidir.O’qituvchimetodik vositachilikni to’g’ri yo’lga qo’ysa, AI yordamchi rolini bajaradi, madaniy xatolar esa o’quv jarayonining resursiga aylanadi. Natijada o’quvchi nafaqat tarjima qiladi, balki madaniyatni tushunadi, solishtiradi va muloqotda samarali qo’llay oladi.

References

UNESCO –‘AI in education:ensuring ethical amd human-centered integration ‘(2025).

Rybina,N.V.,Koshil, N.Ye., &Hyryla, O.S.(2025).Artificial Intelligence and Translation in English Language Teaching:Opportunities and Challenges.West UkrainianNational University

Bilpub Group. 2025.”Integrating AI into Critical Literacy Practices for Academic Publishing in Language Education: Insights from Kazakstan,”Futures in Language Studies 3,no.1:45-62.

Ministry of Education oF China. (2024). Shanhai Call for Cooperation on Digital Education

https://ljere.com.ly/index.php/ljere/index

Published

Downloads

Author Biography

Mohinur Yashinjon qizi SAIDBOBOYEVA,
O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

magistratura talabasi

How to Cite

SAIDBOBOYEVA, M. Y. qizi. (2025). TIL O’QITISHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING MADANIY KODLARTARJIMASIDAGIIMKONIYATLARI VA MUAMMOLARI (INGLIZ VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA). The Lingua Spectrum, 12(2), 176–180. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1239