SINONIMLARNING LEKSIK SEMANTIK SATHDA FARQLANISHI

Authors

  • O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
SINONIMLARNING LEKSIK SEMANTIK SATHDA FARQLANISHI

Abstract

Mazkur tadqiqotimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad - sinonimlarni leksik semantik sathda farqlanishga qaratilgan xorijiy ishlarni tahlil qilish va sinonimlarni farqlovchi kategoriyalarni umumlashtirilgan taksonomiyasini tanlab olish va uning o‘zbek hamda ingliz tillaridagi sinonimlar tahlili uchun maqbul ekanligini izohlash.  Tadqiqotimizning vazifalari jahon tilshunosligida sinonimlarni farqlovchi faktorlar klassifikatsiyasi bilan shug‘ullangan ishlar bilan tanishish, turli olimlar tomonidan taqdim etilgan sinonimlarni farqlovchi xususiyatlar klassifikatsiyalarini o‘quvchilar uchun tushunarli va keng tarzda yritish,ularni  solishtirish va  har bir yo‘nalish variantni amaliy tekshirib ko‘rishdan iborat. Ushbu vzifalarni bajarishda biz  deskriptiv, qiyosiy, komponent tahlili va tanqidiy-evaluativ metodlardan foydalandik. Xususan, deskriptiv metod elementlaridan foydalangan holda klassifikatsiyani tashkil etuvchi, ko‘p o‘quvchilar uchun yangi bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan farqlovchi belgilarni mazmuniy jihatdan bayon etishda foydalanildi. O‘rganilib chiqilgan klassifikatsiyalarni solishtirishda, o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashda qiyosiy metoddan, klassifikatsiyalarning amaliy tarzda talqin qilishda qisman komponent tahlil metodidan hamda tadqiqotimiz asosiy maqsadini amalga oshirishda ya’ni o‘z tadqiqotimiz uchun zarur bo‘lgan variantni tanlashda tanqidiy -evaluativ yondashuvga tayandik. Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra esa P.Edmond klassifikatsiyasining G.Hirst va D.Inkpen tomonidan soddalashtirilgan ammo bir necha qo‘shimcha kategoriyalar bilan boyitilgan varianti o‘zbek va ingliz tilidagi sinonimlarni tahlil qilish uchun eng maqbul deb topildi va maqola matnida ushbu xulosa kerakli asoslar bilan toritildi. Izlanishlarimiz davomida shu a’yon bo‘ldiki, sinonimlar farqlarini turli yo‘nalishlar kesimida aniqlashga kirishgan tilshunoslardan Y.Apresiyan hamda F.Palmerlarning qarashlari ulardanm keyingi qilingan barcha ishlarda o‘z aksini topgan. Ammo turli davrdagi turli lingvistik muammolarni yechish uchun kirishgan olimlar Y.Apresiyan hamda F.Palmer klassifikatsiyalarini kerakli nuqtalarda chuqurlashtirganlar va lozim topilgan yangi bo‘limlarni qo‘shishgan.

Keywords:

Sinonimlar sinonimik farqlar taksonomiyasi stilistik (uslubiy) farqlar emotsional-ekspressiv farqlar denonativ ma’no farqlari sintaktik va boshqa so‘zlar bilan birikma hosil qilishdagi farqlar kontekstual – pragmatik farqlar.

KIRISH

Bir ma’noning bir necha so‘zlar bilan ifodalanishi mumkinligi tilshunoslar e’tibor markazidan har qaysi zamonda ham chetda qolmagan. Avval boshda sinonimiya hodisasi va uning xossalarini o‘rganish, sinonim o‘zi nima degan savolga javob izlash, keyinchalik esa aynan mana shu sinonimlarning bir-biridan farqlarini tavsiflash va izohlash masalalari shu sohaga qiziqish bildirgan olimlar tomonidan izchil ko‘rib chiqildi. Bundan keyingi ishlar esa sinonimlarni farqlovchi umumiy mezonlarni aniqlash hamda ularni klassifikatsiya qilishga qaratilgan edi. Ushbu jarayonlar ketma-ketligi g‘arb tilshunosligida yaqqol ko‘zga tashlansada, o‘zbek tilshunosligida sinonimlar doirasida qilingan ishlarning aksariyati sinonimlar farqlarini izohlash hamda tavsiflash bosqichida amalga oshirilganligini, keyingi bosqichdagi ishlar salmog‘i esa nisbattan kamligiga guvohi bo‘lamiz. Xosatan, A.Hojiyev [Hojiyev, 1974], A.Eshmo‘minov [Eshmo‘minov,2019], A.Sharipova [Sharipova, 2017], B.Daniyarov [Daniyarov, 2020], H.Shamsiddinov [Shamsiddinov, 1999], G‘.Rahmonov [Rahmonov,2019], M.Vafoeva [Vafoeva, 2009], M.Yo‘ldashev [Yo‘ldashev, 1987], R.Yunusovlar  [Yunusov,1974] ishlarining asosiy qismini muayyan sinonimlar va ularning turli lingvistik aspektlari tatqiqiga bag‘ishlangan. Albatta, ishlar orasida sinonimlarda aynanlik va farqlilik tamoyillarining namoyon bo‘lishi haqida umumiy fikrlar ushbu mualliflarning ko‘pchiligi tomonidan takidlangan bo‘lsada, sinonimlarning leksik semantik sathda farqlanishi va ushbu farqlar qay tartibda klassifikatsiya qilinishi haqida so‘z borgan ishga duch kelmaymiz. Shu sababli jahon tilshunosligida ushbu mavzuga doir olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar bilan tanishib chiqish, hamda sinonimlarning leksik - semantik sathda farqlovchi me’zonlar klassifikatsiyalarini o‘zbek tili sinonimlariga nisbattan qo‘llab ko‘rish va ularning eng maqbulini tanlash kerak deb hisoblaymiz.

TADQIQOT METODLARI

Ushbu tadqiqotimiz ya’ni sinonimlarning semantik sathda farqlovchi belgilarni tizimlashtirish modellari bilan tanishish va ularni ingliz – o‘zbek sinomilarini farqlashda qo‘llanilish samaradorligini tekshirish va eng maqbulini tanlash jarayonida deskriptiv, qiyosiy tahlil hamda komponent analizi metodi elementlaridan kompleks tarzda foydalanildi. Yakunda, har bir nazariy tizimning afzallik va kamchiliklari muhokama qilinib, tanqidiy-evaluativ yondashuv asosida ularning o‘zbek tilshunosligi uchun qanchalik mos kelishi baholandi.

NATIJA VA MUNOZARALAR

Sinonimlarning o‘rganilish tarixi qadimgi etnik davrga borib taqalsada, ularni sistematik tarzda farqlash jadal tus olishining asosiy sabablaridan biri mashina tarjimasining jadal taraqqiy etishi edi. Ushbu mavzudagi, xususan, ideografik sinonimlar (bir biriga ma’nosi yaqin bo’lgan sinonimlar) orasidagi farqlarni tadqiq etish XIX asr g’arb tilshunosligida jadal tus oldi.

Bizga ma’lum bo‘lgan ilmiy adabiyotlarda ilk marotaba sinonimlarning farqlari haqida Y.Apresyan [Апресян, 1995 , 216] o‘z qarashlarini bayon qilgan. Unga ko‘ra sinonimlarning farqlari quyidagi yo‘nalishlarning birida yoki bir nechtasida namoyon bo‘ladi:

  1. Semantik farqlanish. Har bir so‘z ma’nosi kichik semalardan tashkil topgan bo‘lib, sinonim so‘zlarning semalarining biri albatta ikkinchisinikidan farq qiladi va bu sinonimlarning bir-biridan farqlanishini ta’minlab beradi. Misol uchun, Shuni ta’kidlash joizki, sinonimlarning semalar darajasida farqlanishi keyinchalik shu sinonimlarning uslubiy hamda birikma hosil qilishdagi farqlarining sababiyati bo‘lib xizmat qiladi.
  2. So‘z valentligi. Bir necha so‘zlar bir ma’noni anglatsada ular har doim ham boshqa gap bo‘laklari bilan sintaktik va semantik jihatdan bir xil bo‘g‘lana olmasligi mumkin.
  3. Birikma hosil qilish qobilyati. Sinonimlar bir umumlashtiruvchi ma’noga ega bo‘lsada, ularning barchasi bir xil so‘zlar bilan birikma hosil qila olmaydi va ushbu tafovutlar so‘zlarning semalaridagi farqlariga borib taqaladi.
  4. Nutq uslublariga xoslanish. Sinonimlar ko‘p hollarda turli nutq uslublariga xoslangan bo‘lishi mumkin va aynan o‘zi xoslangan uslubga xos xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi bilan boshqa sinonim juftlaridan farqlanadi.
  5. Ekspressiv-emotsional bo‘yoqdorlik. Sinonimlar qatoridagi so‘zlarning deyarli barchasi o‘z ekspressiv - emotsional bo‘yog‘iga ega bo‘ladi.
  6. Kontekstual -pragmatik farqlar. So‘zlar bir xil atash ma’nosiga, lug‘atlarda berilgan izohlarga ega bo‘lsada, ularning tezda ilg‘ab olib bo‘lmaydigan farqlari mavjud va ular so‘zlar ma’lum kontekstlarda qo‘llanilganidagina namoyon bo‘ladi. Zotan, ushbu farqlar yana so‘z semalariga borib tqalsada, ular faqatgina o‘zlari qo‘llanilgan kontekstlarda namoyon bo‘lganligi sababli olim bu farqlarni alohida guruh sifatida ajratishni lozim topgan.

Ta’kidlash joizki, ushbu farqlovchi xususiyatlar kelgusida ushbu mavzuda ish yuritgan olimlar ishlari uchun tamal toshi bo‘lgan. Xususan, g‘arb tilshunoslari ham bilvosita ravishda ushbu ishga ko‘p murojaat qilishgan. Shunday olimlardan biri F.Palmer [ Palmer, 1976, 59] edi va u ham sinonimlarning semantik sathda farqlanishini tadqiq etgan ko‘zga ko‘ringan olimlardan hisoblanadi. U sinonimlar va ularning farqlanishi haqida  so‘z yuritadi va unga ko‘ra sinonimlarning farqlari quyidagi 5 ko‘rsatkichning birida namoyon bo‘ladi:

  1. Birlashtiruvchi ma’no kuchi ko‘rsatkichi. Sinonimlarning ba’zilari boshqalariga nisbattan ma’lum ma’noni kuchliroq yoki aksincha kuchsizroq ifodalashi mumkin. Misol uchun, yugurmoq va chopmoq juftligida chopmoq fe’li yugurmoq fe’liga nisbattan tezroq harakatni ifodalaydi.
  2. Rasmiylik darajasiiga ko‘ra yohud nutq uslublaridan biriga xoslanganligiga ko‘rsatkichi. Tashrif buyurmoq fe’li kelmoq fe’lidan rasmiy uslubga xoslanganligi bilan farq qiladi.
  3. Shevaga xoslanganlik ko‘rsatkichi. Palmer ushbu farqlovchi ko‘rsatkich haqida gapirar ekan, ingliz tilidagi bir tushunchaning Britanya hamda Amerika shevalariga xos bo‘lgan variantlari bilan ifodalanishini misol tariqasida keltiradi. Shu kabi misollar o‘zbek tilida ham bisyor bo‘lib, chelak so‘zining voha shevasiga xos paqir varianti bilan sinonimik munosabatini keltirishimiz mumkin.
  4. So‘z ma’nosi ottenkasi ko‘rsatkichi. Ya’ni so‘zlarning ijobiy, salbiy yoki neyral bo‘yoqqa ega ekanligi bilan farqlanishi. Yuz ( neytral), chehra ( ijobiy) va bashara (salbiy) sinonimik qatori ushbu ko‘rsatkichga yaqqol misol bo‘la oladi.
  5. Boshqa so‘zlar bilan birikma hosil qila olish ko‘rsatkichi. So‘zlar gaplar tarkibida boshqa so‘zlar bilan leksik sintaktik jihatdan uzviy aloqada bo‘lishini hisobga olsak, har qanday sinonimlar bir biri bilan erkin almashtirilib qo‘llanila olmaydi.

Aynan manashu besh ko‘rsatkich g‘arb tilshunosligi sinonimlarni farqlash doirasida bir necha o‘n yilliklar davomida bajarilgan ishlar asosiy ustunlari sifatida xizmat qildi. Ammo sinonimlarni farqlash va eng maqbulini tanlash kompyuter lingvistikasi soha vakillari oldidagi masalaga aylangandan so‘ng ushbu yo‘nalishlar yanada chuqur va izchil tadqiq etilishi lozimligi ma’lum bo‘ldi. Chunki endi ushbu farqlarni anlashning o‘zi yetarli emas edi uni kompyuter dasturlariga o‘rgatish kerak edi.

Xosatan, Ch. DiMarco, G.Hirst va M.Stedelar [DiMarko, Hirst, Stede, 1993, 33-43] sinonimlar semantik va stilistik farqlarni lug‘atlarda berilgan izohlarga asoslangan holda mashina tarjimasi hamda matn yaratuvchi dasturlar ta’minoti ba’zasida aks ettirishga qodir ifoda usulini yaratishni o‘z tadqiqotlari asosiy maqsadi sifatida tanlab olishgan. Buni amalga oshirishni esa KL-ONE borliq haqidagi bilimlarni ifodalash sistemasidan sinonimlar orasidagi semantik farqlarni ko‘rsatib berishdan boshlashgan. KL-ONE bu 1980 yillarda  T. Brachman, D. McGuinness, P. Patel-Schneider, T. G. Resnick va M.Borgiada [Brachman, Schmolze,1985, 171–216] tomonidan suniiy intelekt dasturlari uchun borliq haqidagi ma’lumotlarni ifodalash va bu orqali suniiy intelektning ushbu ma’lumotlarga asoslangan holda mushohada qilishi hamda turli aqliy faoliyatni olib bora olishi uchun ishlab chiqilgan sistema hisoblanadi. Ushbu sistema tarmoqli ta’riflashga asoslangan bo’lib, bunda har bir tushuncha o‘ziga xos xususiyatlar va boshqa bir tushunchalar bilan aloqadorligi ko‘rsatilgan holda tasvirlanadi. Oddiygina misol qilib, hayvonlar katta guruhida kiruvchi baliq va it tushunchalarini KL-ONE sistemasi orqali tasvirlab ko‘ramiz.

Baliq

  • Baliq Hayvon guruhidga mansub.
  • Baliq “suvda yashaydigan” xususyatiga ega.
  • Baliq “qiltanoqlari bor” xususyatiga ega
  • Baliq “tropik baliq” va “ akula” kichik guruhlarini o‘z ichiga oladi

It

  • It Hayvon guruhiga mansub
  • It  Hayvon guruhining Sutemizuvchi kichik guruhiga kiradi.
  • It “ juni bor” xususiyatiga ega.
  • It “ akkillaydi” xususyatiga ega.
  • It “ GoldenRetriever” va “GermanShepherd” kichik guruhlarini o’z ichiga oladi. 

Endi esa ushbu taksonomik bilimlardan foydalangan holda xulosalar chiqarishga hamda it va  baliq tushunchalarini bir biridan farqlashga urinib ko‘ramiz. Demak, umumiy xulosalar: bu ikki jonzot ham umumiy Hayvon guruhiga kiritilganini hisobga olib ularning har ikkisida ham Hayvon guruhiga mansub xususyatlar mavjud. Misol uchun ko‘p hujayralilik va harakatlana olish va h.k (ushbu xulosalar Hayvonlar guruhining ushbu sistemada berilgan barcha xususyatlarini o‘z ichiga oladi). Farqlar esa it va baliq tushunchalari xususyatlaridan kelib chiqadi va ular quyidagicha bo‘lishi mumkin: baliq suvda yashaydi it esa yo‘q, it akkilaydi baliq esa yo‘q va h.k.

Olimlarning har qanday tushunchalar aynan mana shu uslubdan foydalanilgan holda bir biridan farqlanishi mumkin degan fikrga tayangan holda ular sinonimlarni ham aynan mana usulda bir biridan farqlashga urinib ko‘radilar.  Bunda shuni ta’kidlash kerakki,  sinonimlar ushbu uslubda farqlanganda so‘zlar deb emas balki tushunchalar deb qaraladi. Ya’ni ularning leksik grammatik xususyatlari umuman hisobga olinmaydi. 

TUSHUNCHA: Tutmoq

  • katta guruh: HARAKAT
  • maqsad: qo‘lga olish, to‘xtatish
  • subyekt: inson, jonzot
  • obyekt: jonli yoki nomoddiy
  • kontekst: qo‘lga olish, qamash, ushlab qolish
  • zamon va makon chegaralari: keng ko‘lamli

TUSHUNCHA: Ushlamoq

  • katta guruh: HARAKAT
  • maqsad: nazoratda saqlash, jismoniy kontaktni saqlab turish
  • subyekt: inson, jonzot
  • obyekt: jonli yoki nomoddiy
  • kontekst: biror narsani qo‘ldan qo‘ymaslik, saqlab turish
  • zamon va makon chegaralari: qisqa muddat

Agar yuqoridagi taksonomiyadan xulosa qiladigan bo‘lsak, tutmoq va ushlamoq sinonimlari bir biridan harakatning davomiyligi ya’ni ushlash tushunchasi tutmoq tushunchasiga nisbattan qisqa muddat davom etishi bilan farqlanadi. Bundan tashqari tutish tushunchasi qo‘lga olish, qamash ma’nolari bilan bog‘liq bo‘lgan kontekstlarda qo‘llanilsa ushlash tushunchasi esa obyekt bilan jismoniy aloqani yo‘qotmaslik ma’nolarida qo‘llanilishi bilan farqlanadi. 

Albatta, ushbu yo‘nalish sinonimlarni farqlashda anchayin foydali bo‘lishi mumkin, ammo uning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham yo‘q emas. Birinchidan, bunda ushbu taksonomiyalarni tuzuvchidan anchayin salmoqli vaqtni talab etadi. Chunki u mavzuga oid deyarli barcha ma’lumotlarni taxlil qilishi hamda har bir yangi sinonim tushunchalar uchun yangi subkategoriyalarni (maqsad, zamon makon, obeks va hkz) belgilab chiqishi kerak. Tildagi istisno holatlar esa taksonomiyaning yanada murakkablashishiga olib keladi. Misol uchun, nemis tilidagi ausbessern so‘zi faqatgina jonsiz predmetlar bilan ishlatiladi, ammo shu o‘rinda motorlar va mashinalar uchun ishlatilmaydi. Ushbu sabablar olimlarning mashina xotirasida sinonimlarning farqlanishini boshqa yo‘l bilan ifodalash usulini ishlab chiqishga undadi.

Sinonimlar va ular orasidagi farqlarni izchil o‘rganish P.Edmonds [Edmonds, 1999] tomonidan amalga oshirilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U “Semantic represantations of near synonyms for automatic choice” nomli dessertatsiyasida sinonimlar orasidagi farqlarni aniqlashda ularning denotativ ma’nosini ularning konntativ ma’nosiga zidlantirishning o‘zi yetarli emas degan fikrni olg‘a suradi. Uning fikricha konnotativ ma’no tushunchasi anchayin keng  bo‘lib, u o‘z ichiga so‘zning bo‘yoqdorligini oshiruvchi barcha elementlarni (emotsiya, so’zlovchining munosabati, toni hamda uslub) o‘z ichiga oladi. Demak, konnotativ ma’no bo‘yicha ham farqlanuvchi bir necha sinonimlar guruhlari mavjud va ushbu guruhlar orasidagi farqlarni chuqurroq o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. P.Edmonds hamda A.Cruize [Cruize, 2011] classifikatsiyalarini yaxlitlashtirgan holda sinonimlar orasidagi farqlarni quyidagi kategoriyalarga bo‘lib tahlil qiladi.

  • uslubiy farqlar (dialektlar orasidagi farqlar ham shu guruhga kiritilgan),
  • emotsional-ekspressivelikdagi farqlar,
  • denotative ma’nodagi farqlar.
  • sintaktik va boshqa so‘zlar bilan birikma hosil qilishdagi farqlar,


1-jadval.

Philip Edmonds tomonidan sinonimlarning leksik farqlanishi klassifikatsiyasi

Jadvalda ko‘rsatilganidek ushbu umumiy 4 ta farqlovchi guruhlar ham o‘z navbatida bir necha aspektlar bo‘yicha farqlanadi. Quyida ularning kengroq talqini bilan tanishamiz.

 

Farqlovchi  kategoriyalar

Farqlovchi kategoriya  aspeklari

Misol

 

Geografik xoslangan dialekt

Chakki, suzma

 

Foydalanish zamoni bo‘yicha xoslangan dialekt

Maktub, noma

 

Qo‘llanilish doirasi ijtimoiy jihatdan chegaralangan dialektlardir 

Militsiya xodimi, xit

 

Mustaqil tillardan o‘zlashgan so‘zlar

Protokol, bayonnoma

 

Soha yoki fan doirasida qo‘llaniladigan dialekt

Tavsir, izoh

 

Rasmiy, norasmiy yoki so‘zlashuv uslubiga xosligi

O‘lmoq, vafot etmoq

Stilistik (uslubiy) farqlar

Ma’noning ifodalanish darajasi bo‘yicha ma’noni kuchli yoki kuchsiz ifodalashiga ko‘ra

Buzmoq, yo‘q qilmoq

 

Ma’no bo‘yoqdorligi jihatidan kitobiy uslubga xosligi yoki hech qanday bo‘yoqlarsiz ma’noning ifodalanishiga  ko‘ra

Ona , volida

 

Umumiy ma’noni o‘z aslidek yoki yumshatib ifodalashiga ko‘ra

Hojatxona, yuvinish xonasi

 

Ma’noning eshituvchi ongida qanchalik aniq yoki mavhum kartinani hosil qila olish xususiyatiga ko‘ra

Ta’lim bermoq, dars bermoq

 

So‘z ma’nosining qanchalik osonlik bilan katta audensiya tomonidan tushunilishi yoki aksincha murakkabligi

Yetim, sag‘ir

 

So’zlarning qanchalik so‘zlovchi yoki tinglovchiga tanish ekanligi

Aytmoq, ma’lum qilmoq

Emotsional ekspressivlikdagi farqlar

So‘zlovchining vaziyatga nisbattan hissiyotlaridagi (emotsiyalar) farqlar

 

 

So‘zlovchining vaziyatga nisbattan fikri va munosabatidagi farqlar (baholovchi ma’no)

Ozg‘in, qiltiriq, qoqsuyak

Denonativ ma’nodagi farqlar

Implikatsiya

suhbatlashmoq, otamlashmoq

Noaniq / yashirin ishora 

o’lmoq, vafot etmoq

Urg‘u ( so‘z ma’lum ma’nosiga nisbattan)

uy, xonadon

Urg‘u (so‘z o‘ziga nisbattan)

raqib, dushman

So‘zlarning qo‘llanilish chastotasi

mazaxlamoq, mayna qilmoq

Aniq texnik farqlar

flora, o‘simliklar dunyosi

Mavhumlik darajasi 

yordamlashmoq , ko‘maklashmoq

Ma’noning darajalanishi (graduonimiya) 

iliq, issiq, jazirama 

Binary dimension/ ma’lum ma’no bo‘lagining  mavjud yoki yo‘qligi

qatnashmoq,ishtirok etmoq 

Ko‘p qiymatli ma’no o‘lchovi

yubormoq jonatmoq yo’llamoq

Complex dimension

boshlamoq kirishmoq yo’lga qo’ymoq

Specificity

ichmoq, ko‘tarmoq, otmoq, no‘sh

Sintaktik va  boshqa so‘zlar bilan birikma hosil qilishdagi farqlar

Tabiy tanlanish

Aylanmoq, sayr etmoq

Leksik kollokatsiya

Tarqatmoq, ulashmoq

Grammatik kollokatsiyal

-ga qarshi chiqmoq, -ni inkor etmoq

Iboralar

Ko‘z yummoq

So‘z valentligi

Aytmoq, demoq, xabar qilmoq

Sinonimlarning uslubiy farqlari (stylistic variation)  dialect hamda ton jihatidan farqlanuvchi ikkita katta guruhga bo’lingan. Dialek ham bir necha o‘zaro farqlanuvchi guruhlarga bo‘lingan bo‘lib, bular geografik xoslangan  dialektlar (geographical dialects), foydalanish zamoni bo‘yicha xoslangan dialektlar (temporal dialects), qo‘llanilish doirasi ijtimoiy jihatdan chegaralangan dialektlardir (social dialects). Dialektlarning ushbu ko‘rinishda klassifikatsiya qilinishi A.Cruze tomonidan keltirilib o‘tilgab bo‘lsa, P. Edmonds talqinida dialektlarning yana ikki turi aynan sinonimlarni farqlashda ajratib olingan. Ularning birinchisi ba’zi bir soha yoki fan doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lsa (sublanguage), ikkinchisi mustaqil tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar (language) ham olimning talqinida dialekt jihatdan farq sifatida qaralgan.

Uslubiy ton jihatdan sinonimlarning farqlanishida ularni rasmiy, norasmiy yoki so‘zlashuv uslubiga xosligi (formality), ma’noning ifodalanish darajasi bo‘yicha ma’noni kuchli yoki kuchsiz ifodalashiga ko‘ra (force), ma’no bo‘yoqdorligi jihatidan kitobiy uslubga xosligi yoki hech qanday bo‘yoqlarsiz ma’noning ifodalanishiga ko‘ra (floridity), umumiy ma’noni o‘z aslidek yoki yumshatib ifodalashiga ko‘ra (euphemism), so‘z ma’nosining eshituvchi ongida qanchalik aniq yoki mavhum kartinani hosil qila olish xususiyatiga ko‘ra (concretness), so‘z ma’nosining qanchalik osonlik bilan katta audensiya tomonidan tushunilishi yoki aksincha murakkabligi ya’ni o‘zi zidlanayotgan sinonimga nisbattan kengroq konnatatsion ma’noga egaligiga ko’ra hamda kundalik maishiy hayotda nisbattan kam hollarda qo’llanilishiga ko‘ra (simplicity), va so‘nggi kategoriyaga bu nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat darajasi (familiarity). Ya’ni, bir ma’noni anglatuvchi ikki yoki undan ortiq sinonim so‘zlardan biri ko‘proq do‘stona, samimiy va norasmiy holatlarga, ikkinchisi esa rasmiy, masofali yoki biri ikkinchisiga tanish bo‘lmagan suhbatdoshlar leksikoniga xos bo‘lishi mumkin. Ushbu mezon ko‘pincha rasmiy uslubga xoslanganlik mezoni o‘xshab ketadi. Ammo ular orasida biroz farq mavjud bo‘lib, so‘zning rasmiyligi (formality) rasmiy yoki norasmiy vaziyatga mos kelishini bildirsa, familiarity esa so‘zning nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi yaqinlik asosida tanlanishini bildiradi. Misol uchun, ushbu ikki gapni tahlil qilaylik:

  1. o‘qituvchi o‘quvchilarga: Sizlarning bugun darsga kechikganingiz haqida ota onangizga xabar berdim.
  2. o‘qituvchi o‘quvchilarga: Sizlarni bugun darsga kechikganingizni ota onangizga aytdim.

Har ikkala gap mazmunan bir xil bo‘lsa-da, unda ishlatilgan xabar bermoq va aytmoq fe’llari orasidagi farqni faqat “rasmiy” va “norasmiy” deb tushuntirish yetarli emas. Chunki bu iboralar nutqda keng qo‘llaniladi va har ikkisi ham o‘qituvchi-o‘quvchi kontekstida tabiiy eshitiladi. Shunday ekan, bu yerda farq nutq konteksti emas, balki nutq ishtirokchilari – o‘qituvchi va o‘quvchi – o‘rtasidagi yaqinlik darajasi bilan bog‘liq. Birinchi gapdagi xabar berdim iborasi masofani saqlagan, rasmiy va betaraf ohangga ega bo‘lsa, ikkinchisidagi aytdim esa yaqinroq, og‘zaki, samimiyroq ohangni beradi. Shunday qilib, bunday holatlarda familiarity mezoni so‘z tanlovini tushuntirishda formallikka qaraganda aniqroq va nozikroq farqlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.

Muallifning o‘zi ham sinonimlarning stilistik tonini ushbu farqlovchi belgilar yordamida aniqlash birmuncha chalkash ekanligini ta’kidlagan. Bizningcha ham ushbu taqdim etilgan farqlovchi belgilar bir birlari bilan ba’zi hollarda uzviy bog‘liq. Misol uchun rasmiy so‘zlarning deyarli barchasi so‘z ma’nolarini hech qanday yumshatish (evfemism) yoki bo‘yoqdorliksiz ifodalaydi. Badiiy uslubga xoslangan so‘zlarda esa aksincha ushbu jihatlarni kuzatilish mumkin. Xuddi shu kabi rasmiy uslub o‘z ichiga ijtimoiy yaqinlik konseptini ham qamrab oladi. Bundan kelib chiqib, sinonimlarni silistik jihatdan farqlashda ularni barchamizga ma’lum bo’lgan nutq uslublariga xoslanganligiga ko‘ra ajratish anchayin tushunarli va osonroqdek tuyulishi mumkin. Ammo gap sinonimlarni bir biridan aniq farqlash hamda ularni to‘g‘ri qo‘llasha haqida ketganda farqlovchi belgilarning umumiy emas, balki ko‘p bo‘lsa ham xususiy va aniq bo‘lishi maqsadga muofiq deb hisoblaymiz.

P.Edmonds fikriga ko‘ra sinonimlarni farqlovchi keyingi belgi bu emotsional ekspresivlikdagi (expressive variation) ya’ni so‘zlovchining vaziyatga nisbattan hissiyotlari (emotsiyalarini), fikri va munosabatidagi farqlarining ifodalanishi (baholovchi ma’no). Ushbu kategoriya bir qarashda uslubiyatga xosdek ko‘rinishi, hamda ushbu farqlar uslubiyat doirasida ham talqin qilinishi mumkin, ammo har qanday hissiyot va emotsiyalarning turlari aniq yoritilib chiqilishi lozim deb hisoblaymiz. Shu sababli ularni alohida-alohida kategoriya sifatida ko‘rish maqsadga muofiq. Ushbu turdagi farqlar ham o‘z navbatida katta ikki guruhga bo‘lingan bo‘lib, ular so‘zlovchining so‘z borayotgan mavzuga bo‘lgan  hissiyotini (emotive) hamda munosabatini (expressed attitude) bildirishdagi farqlardir. So‘zlarning o‘zlari ifodalagan hissiyotlarini tadqiq etish P.Toglia Michael and F. Battig William [Toglia, Michael, William, 1978, 152}  tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ular tajriba sinovlar orqali o‘z respondentlaridan olingan ma’lumotlar asosida so‘zlarning yoqimlilik darajalarini aniqlashga harakat qilishgan. Ammo boshqa hissiyotlar ham so‘zlarda o‘z ifodasini topishi mumkin. Bu har bir xususiy sinonimlar juftliklari yoki guruhlari orasida aniqlanishi mumkin. So‘zlovchining nutq jarayoniga bo‘lgan munosabatidagi farqlari umumiy jihatdan ijobiy, salbiy va neytral guruhlarga bo‘linishi mumkin. Ammo P.Edmondsning fikriga ko‘ra ushbu farqlanishlar orasida ham darajanishlar mavjud.

Sinonimlar orasidagi denotativ ma’nodagi farqlar ushbu farqlovchi kategoriyalar orasida tavsiflash birmuncha qiyin bo‘lgan kategoriya hisoblanadi. Buning asosiy sababi esa sinonimlar nafaqat turli tushunchalarni ifodalishi bilangina emas, balki ushbu tushunchalarning aynan qaysi xususyatiga urg‘u berib ifodalashi bilan ham farqlanadi. Tushunchalarning ushbu xususyati esa har bir kontekstda aniq bilib turmasligi mumkin. Bundan tashqari sinonimlarning denotatsion farqlari ko‘p hollarda izohli lug‘atlarda umumiy qilib ko‘rsatilib, denotativ ma’noning aynan qaysi xususiyati bilan farqlanishi aniq keltirilmasligi mumkin.

Implikatsiya (imply - nazarda tutmoq) denotatsion farqlarning birinchi turi sifatida ko‘rsatiladi. Muallif ushbu atama ostida sinonimlarning asosiy birlashtiruvchi ma’nosidan tashqari ikkilamchi ma’noga ega bo‘lgan juftliklar orasidagi munosabatni nazarda tutadi. Ya’ni ikki sinonim sifatida olingan so‘zning birlashtiruvchi ma’nolari bir bo‘lsada, ularning birida yoki ikkisida ham ikkilamchi qo‘shimcha ma’no bo‘lagi mavjud bo‘ladi. Ammo bu ma’no lug‘atlarda aks ettirilmaydi. Faqatgina mazkur til egalari tomonidan idrok etiladi, tushuniladi. Misol uchun gaplashmoq fe’lining sinonimi sifatida keltiriladigan otamlashmoq so‘ziga o‘zbek tili izohli lu‘atida quyidagicha ta’rif beriladi: “Yozilib, miriqib, koʻngilli suhbat qilmoq, ulfatlashmoq”. Bir qaraganda suhbatlashmoq va otamlashmoqning asosiy farqi suhbatning ko‘ngilli va yaxshi bo‘lishi bilangina farqlanadi. Ammo o‘zbek tilida ravon so‘zlashuvchilar har qanday ko‘ngilli, maroqli suhbat ham otamlashish bo‘lmasligini, otamlashish uchun suhbatdoshlar uzoq yillik qadrdonlar bo‘lishi kerakligini bilishadi.

Ushbu klassifikatsiyaning denotataiv farqlarning keyingi aspekti bu Suggestion. Buni o‘zbek tiliga noaniq ishora deya tarjima qilish mumkin. Bu aspekt yuqoridagi implikatsiya aspektini kuchsizroq formasi deya olamiz. Implikatsiyada sinonimlar orasidagi ma’noviy farq til egalariga har qanday vaziyatda ma’lum bo’lsa, noaniq ishoraga ega sinonim juftliklar orasidagi ma’noviy farqlar faqatgina konteksda qo‘llanilganida va taqqoslanganidagina ma’lum bo’ladi. P.Edmondsfikriga ko‘ra bu noaniq ishora o‘z ichiga so‘zning toni, rasmiylik darajasini va jamiyat a’zolarining biror so‘zni ma’lum vaziyatda ishlatishga bo‘lgan moyilligi faktorlarini qamrab oladi. Misol tariqasida o‘lmoq va vafot etmoq so‘zlarini olishimiz mumkin. O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘atida [O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati, 2022, 335] ushbu sinonimik juftlik orasidagi farq mualliflar tomonidan aniq yoritilmagan. Ko‘p hollarda o‘lmoq keng tarqalgan neyrtal qo‘llaniluvchi dominanta, vafot etmoq esa badiiy bo‘yoqqa ega bo‘lgan variant sifatida ko‘riladi. Ammo quyidagi berilgan misollar orqali ular orasidagi yana boshqa nozikroq farqni ilg‘ashimiz mumkin.

  1. Prizidentimiz vafot etdi. 
  2. Prizidentimiz o‘ldi.  

Ikkinchi misolimiz shak shubhasiz qulog‘imizga begona eshitiladi. Birinchi gapda keltirilgan vafot etmoq so‘zi hurmat ma’nosi ottenkasini ikkinchi gapdagi o‘lmoq so‘ziga nisbattan anchayin aniqroq ifodalamoqda. Ko‘rib turganimizdek, sinonimlar o‘zida har doim ham oshkor bo‘lavermaydigan ma’no bo‘laklariga ega bo‘lishlari va bu bo‘laklar faqatgina ayrim kontekstlarda namoyon bo‘lishi mumkin. 

Denotatsion farqlar so‘zlardagi urg‘u hisobiga ham vujudga kelishi mumkin. Biz tanishayotgan klassifikatsiyada urg‘uning ikki turi ajratib ko‘rsatilgan. Birinchisi bu so‘zning tushunchaga nisbattan urg‘usi. Bunda ikki so‘z bir tushunchani ifodalashga qaratilgan bo‘lsada, har bir so‘zning o‘zi urg‘u berayotgan ma’no bo‘lagi mavjud bo‘ladi. Uy va xonadon so‘zlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu ikki so‘z ham oila bilan yashash uchun mo‘ljallangan turar joy ma’nosini anglatadi. Ammo xonadon so‘zida turar joy, jismoniy moddiy makon ma’nosi ustunlik qilsa, uy so‘zi o‘zida iliq oilaviy muhit, ko‘ngil hotitjamlikni his qiluvchi maskan ma’nosiga ko‘proq urg‘u beradi.

  1. Edmonds ikkinchi turdagi urg‘uni ikki sinonimlarni taqqoslaganda yuzaga chiqdi deydi. Uning fikricha ikki sinonim biri ikkinchisiga nisbattan o‘zida ma’noviy, uslubiy yoki emotsional ma’lum ma’no jihatiga ko‘proq urg‘u beradi. Misol uchun dushman va raqib sinonimlarini olsak. Raqib so‘zi musobaqalashish, kuch sinashish, kim o‘zarga harakatlanish ma’nolariga ko‘proq urg‘u bersa, dushman so‘zi o‘zida raqib so‘ziga nisbattan adovat hislatiga egaligi bilan ajralib turadi. Shu o‘rinda urg‘uning ikki turi ham bir biriga nafaqat juda o‘xshash balki bir xildek ko‘rinadi. Ammo shuni eslatib o‘tish kerakki, birinchi turdagi urg‘u kategoriyasiga misol bo‘luvchi so‘zlar o‘zida har ikkalasi urg‘u berayotgan ma’noga ega bo‘ladi. Yuqorida bergan uy va xonadon so‘zlarining har ikkalasida ham yashash uchun mo‘ljallangan moddiy maskan, iliq oilaviy muhit, ko‘ngil hotitjamlikni his qiluvchi maskan semalari mavjud. Ammo bu sinonimlarning har qaysisida ma’noning qaysidir bo‘lagi ko‘proq urg‘u oladi va ko‘proq ushbu ma’noni ifodalash uchun aynan o‘sha sinonimning ko‘proq ishlatilishiga sabab bo‘ladi. Ammo ikkinchi turdagi urg‘uda farq qiluvchi ma’no bo‘lagi faqatgina sinonimlarning birida mavjud bo‘ladi. Dushman va raqib sinonimlari orasida faqat dushman so‘zida adovat ma’nosi mavjud.  
  2. Edmonds o‘z ishida  denotativ ma’no tushunchasini biroz boshqacharoq ta’riflab, so‘zning denotativ ma’nosi so‘zlovchining ma’lum vaziyatda sinonimik qatordan aynan birini tanlab olishiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha faktorlarni o‘z ichiga oladi deydi. Shu sababli so‘zlarning qo‘llanilish chastotasi (frequency of expression) so‘zning denotativ ma’no farqlovchi subkategoriyasi sifatida o‘rganilgan.   

P.Edmonds talqiniga ko‘ra denotatsion farqlanishdagi keyingi ko‘rinishi bu aniq texnik farqlardir. Ushbu turdagi farqlar ba’zi hollarda (ular orasidagi texnik farqlar hisobga olinmaganda) sinonim sifatida qaralib, erkin almashtirilgan holda qo‘llanilishi mumkin, ammo ularning farqlari aniq ko‘rsatilganda ular bir birlaridan yaqqol ajralib turishi  seziladi. Misol uchun hog va pig so‘zlari bir qarashda “cho‘chqa” ma’nosini beradigandek tuyulsada, bu so‘zlar go‘sht sanoati hodimlariga yaxshi ayon bo‘lganidek, hog bu 54 kg dan katta bo‘lgan yetilgan tur egalariga aytilsa, pig esa ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan vaznga ega cho‘chqa bolalariga nisbatan ishlatiladi. Xuddi shu kabi farqlarni crocodile- alligator, sleet- hail, slander – libel kabi sinonimlar juftliklarida kuzatilishi mumkin. Muallif fikriga ko‘ra ushbu turdagi “sinonimlar” sinonimlar guruhiga ham kiritilishi noto‘g‘ri hisoblanib, ushu so‘zlarning aynan bir biridan farqlanib turishi uchun yaratilgan, ammo shuning bilan ularni antonimlar deb ham atab bo‘lmaydi. Muallif ularning orasidagi munosabatni antonimiya hodisasiga analog sifatida olish mumkin degan fikrni yuritadi. Bizning fikrimizcha esa, bu so‘zlar orasida na sinonimlik va na antonimlik munosabati mavjud. Chunki ular bir biridan aniq farqli bo‘lgan tushunchalarni ifodalash uchun dunyoga kelgan va ularda antonimlik munosabatining kuzatilishi uchun esa zidlanish miqdori yetarli emas.

 Denotative ma’nodagi farqlarning keyingi xususyati bu so‘z mohiyatining mavhumlik darajasidir. Ya’ni  ba’zi sinonim juftliklarda ularni birlashtirib turuvchi ma’noning aniqroq yoki mavhumroq tusga ega bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida, yordamlashmoq va ko‘maklashmoq so‘zlarini olsak. Bu ikki so‘zlar qatnashgan misollar taxlili natijasi yordamlashmoq fe’li ko‘p hollarda aniq namoyon bo‘luvchi, jismoniy yoki moddiy (ko‘z bilan ayni jarayon davomida ko‘riladigan) yordam ma’nosida, ko‘maklashmoq so‘zi esa yordamlashmoqga nisbattan mavhumroq yordamni ifodalashda ko‘proq qo‘llanilganiga guvohi bo‘lamiz.

 P.Edmonds keltirib o‘tgan kategoriyalarini o‘z navbatida ikki guruhga ajratishimiz mumkin. Birinchi guruh kategoriyalar sinonimlar nimasi bilan farq qiladi degan savolga javob bersa, ikkinchi guruh farqlovchi kategoriyalar esa farqlovchi belgilar qanday strukturaviy shaklga ega ekanligini ko‘rsatib beradi. Continuous dimension ana shu struktur ko‘rinishdagi kategoriyalarning birinchisi hisoblanadi. Ushbu kategoriya o‘zbek tilshunoslariga graduonimiya hodisasi sifatida tanish. Muallif ushbu kategoriyaga birlashturivchi ma’noni turli darajada ifodalovchi sinonimlarni misol keltiradi. Klassik misol sifatida warm, hot, scorching / iliq, issiq, jazirama kabi misollarni keltirishimiz mumkin.

1 – chizma.

Continuous dimension  strukturaviy ko‘rinishi

 

 

 

 

 

illiq

issiq

jazirama

-3

-2

-1

1

2

3

 

.

Ma’lumki, barcha sinonimik qatorlarda graduonimiya hodisasi kuzatilmaydi, aksincha ular bir birlaridan ba’zi bir boshqalarda yo‘q ma’no ottenkalari bilan farqlanib turadi. Farqlarning aynan mana shu ko‘rinishida strukturalanishini P.Edmonds Binary dimension deb ataydi. Misol uchun, qatnashmoq va ishtirok etmoq sinonimlari bir-biridan tarkibida aktiv ishtirok ma’nosi bor yoki yo‘qligi bilan farqlanadi. Qatnashmoq so‘zi ko‘p hollarda umumiy planda qatnashish ammo hech qanday aktiv ro‘llar bajarilmagan hollarda qo‘llanilsa, ishtirok etmoq so‘zi o‘z subekti aniq harakatlar seriyasi bilan ishtirok etgan kontekstlarda ko‘plab uchraydi. 

 

 

3 – jadaval.

Binary dimension strukturaviy ko‘rinishi

Aktiv ishtirok semasi

0

1

qatnashmoq

ishtirok etmoq

 

Sinonimlarni farqlovchi belgilaridan biri bu ular orasidagi umumiylik va xususiylik darajasidir (P. Edmonds terminologiyasida – specificity). Ba’zi sinonimik qatorlarda bitta asosiy so‘z mavjud bo‘lib, u qolgan barcha sinonimlar uchun umumiy, keng qamrovli ma’noni ifodalaydi. Masalan, ichmoq fe’li spirtli ichimlikni iste’mol qilish harakatini bildiruvchi ko‘tarmoq, tortmoq, otmoq, no’sh etmoq kabi so‘zlardan farqli o‘laroq, eng neytral va umumiy atama hisoblanadi. Ya’ni, bu so‘zlar bilan ifodalanadigan barcha harakatlarni ichmoq fe’li bilan ham ifodalash mumkin, biroq aksincha emas – ichmoq bilan ifodalangan umumiy harakatni har doim no’sh etmoq yoki otmoq deb atab bo‘lmaydi. Bu holatda sinonimlar orasida irarxik munosabat shakllanadi: ichmoqdominanta, qolganlari esa xususiylashgan, keng ishlatilmaydigan sinonimlardir.

2- chizma.

Specificity munosabatining strukturaviy ko‘rinishi.

Sinonimlarni orasidagi farqlarni qanchalik aniq va izchil taxlilga tortilishi, qo‘lga kiritilganm ma’lumotlarning aniqligini hamda NLP dasturlarining sinonimlar tanlovini maksimal darajada maqbul bo‘lishini ta’minlaydi. Shu jihatni hisobga olgan holda P. Edmonds sinonimlarning farqlanishiga doir bo‘lgan barcha holatlarni tatqiq etgan. Biz ko‘rib chiqadigan keyingi holat bu turli so‘zlarning aynan bir holat yoki narsani ifodalash uchun qo’llanilishidir. Bu holatni D.Cruze [Cruze, 1986, 327] microcompatibility, J. Taylor [Taylor, 2002, 279] esa coextension atamalari ostida o‘rgangan. Misol uchun, tall va high so‘zlari sinonim sifatida ko‘riladi va ularning farqlari izohli lug‘atlarda aniq keltirilgan. Ushbu sifatlar qanday ma’noviy egalar bilan qo‘llanilishi bir qarashda barcha ingliz tili bilan tanish insonlar uchun aniqdek,ammo J. Taylor [Taylor, 2002, 263-284] ushbu ikki sifat bir xil ma’noviy egalar bilan qo‘llanilishi mumkin ekanligini bir qator tarjiba sinov va tahlil natijalari bilan dadalilab berdi. Sinonimlarning aynan mana shu jihatini izchil tatqiq etish tarjima sifatini hamda avtomatlashtirilgan mashina tarjima dasturlari ish sifatini yananda oshiradi.

Sinonimlar bir biridan farqlanuvchi keyingi eng katta jihat bu ularning boshqa so‘zlar bilan birikma hosil qilish qobilyatidir. Ushbu holat o‘z navbatida yana bir necha bir biridan farqli ko‘rinishlarga ega. Bularning birinchisi selectiional restirictions ya’ni so‘zlarning denotative ma’nosidan kelib chiqgan holda inson ongida birikma hosil qilishidir. Misol uchun, aylanmoq, kezmoq so‘zlari  sayr etmoq so‘zi bilan sinonim bo‘lsada, sayr etmoq o‘z ta’rifidan kelib chiqgan holda jonli va ko‘p hollarda inson egani talab etadi. Shu sababli shamol, kasallik kabi so‘zlar sayr etmoq so‘zi bilan birikma hosil qilmaydi.

Leksik birikmalar ushbu kategoriyaning keyingi bo‘limi hisoblanadi. Tilshunos olimlarning bir qismi so‘zlarning ba’zi so‘zlar bilan birikmalar hosil qilishi hech qanday mantiqqa asoslanmagan, ixtiyor tarzda sodir bo‘ladi [Cruse, 1986] degan fikrni olg‘a surishsa, A. Cruze [Cruse, 1986, 312] bazi so‘z birikmalarining hosil bo‘lishi bundan mustasno deydi. U ushbu holatga client va customer so‘zlarini misol keltiradi. Bu ikki so‘z mijoz ma’nosi anglatsada, customer biror bir predmetni oluvchi, client esa moddiy bo‘lmagan servislarni qabul qiluvchi ekanligi bilan farqlanadi va shu sababli customer so‘zi do‘kon nomlari bilan birga ishlatilsa, client so‘zi advokat va shu kabi mavhumroq servis ma’nosini beruvchi so‘zlar bilan birikma hosil qiladi. Har ikkala vaziyatda ham ushbu kategoriya sinonimlarning farqlanishida eng muhim ro‘llardan birini o‘ynaydi.

So‘zlarning birikma hosil qilishi nafaqat leksik-semantik sathda balki grammatik sathda ham yuz berib, sinonimik juftliklarda grammatik moslashuvlarni taxlilga tortish tarjimada tabiiylikni saqlash va kompyuter lingvistikasida avtomatik tahlilning to‘g‘ri bo‘lishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ingliz va o‘zbek tillarida grammatik kollokatsiyalarning asosiy qismini aynan fe’l va unga ergashuvchi grammatik birliklar tashkil etadi. Masalan, o‘zbek tilida …ga + ishonmoq,  …dan+ foydalanmoq, …ga + ta’sir ko‘rsatmoq kabi birikmalar keng qo‘llanadi, bu holatda fe’l ma’nosiga qarab, unga bog‘lanadigan kelishik qo‘shimchasi (ga, dan, bilan) qat’iy belgilangan bo‘ladi. Ingliz tilida shunga o‘xshash jarayon fe’llarning predloglar bilan grammatik kollokatsiya hosil qilishi bilan kechadi.

Idiomalar barqaror birliklardir va ular tarkibidagi so‘zlar odatda o‘zaro almashtirilib bo‘lmaydi. Shuning uchun, iboralar sinonimlarni bevosita solishtirish uchun emas, balki ular orasidagi birikma hosil qilishdagi sinonimlar orasida birining ikkinchisidan ko‘proq afzal ko‘rilishini aniqlash uchun muhim vosita bo‘la oladi. Ya’ni, agar ikki so‘z sinonim bo‘lsa-da, ularning faqat bittasi ma’lum iborada ishlatilishi mumkin bo‘lsa, bu holat qaysi sinonim so‘zlashuvchilar tomonidan shu kontekstda qabul qilinganini ko‘rsatadi. Masalan, ko‘z yummoq ifodasi “e’tibor bermaslik  ma’nosida ishlatiladi va bu iboradagi ko‘z va yummoq so‘zlarini boshqa sinonimlar bilan almashtirib bo‘lmaydi. Demak, bu yerda “yummoq” fe’li ko‘z so‘zi bilan birikma hosil qilish jihatdan boshqa shu ma’noli so‘zlardan ustun.

Valentlik so‘z qanday grammatik tuzilmalarda ishlatilishi mumkinligini bildiruvchi mezondir. Misol uchun, har bir fe’l o‘z valentligiga ega bo‘lib, uning nechta va qanday to‘ldiruvchilar bilan birga qo‘llanilishi mumkinligini belgilab beradi. Bu jihat ma’nodosh so‘zlarni farqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, aytmoq, demoq, xabar bermoq fe’llari deyarli bir ma’noni anglatsa-da, aytmoq odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri obyekt oladi (U menga bu gapni aytdi), demoq esa ko‘proq sitata bilan ishlatiladi (U: “Men ketdim”, dedi), xabar bermoq esa rasmiy va ikki obyektli kontekstda qo‘llanadi (U boshliqka kechikishini xabar berdi). Shu sababli, fe’llarning valentlik xususiyatlari, ularni har xil gap tuzilmalarida qanday ishlatilishini aniqlab beradi va sinonimlr har doim ham teng holatda almashinib qo‘llanila olmasligini tushuntirib beradi.

Ideografik sinonimlarni farqlashni avtomatlashtitish yo‘nalishida D.Inkpen hamda G.Hirstlar [Inkpen, Hirst, 2006, 223-262] ham salmoqli loyihalarni amalga oshirganlar. Yuqorida biz tanishib chiqgan sinonim farqlochi kategoriyalar klassifikatsiyasi muallifi P.Edmonds ushbu sohada ilk olimlardan bo‘lganligi sababli uning ishida sinonimlarning farqlovchi belgilari berilgan me’zonlar bo‘yicha birma bir qo‘lda yig‘ilgan. D.Inkpen va G.Hirst hammuallifligidagi ishda esa mana shu farqlarini aniqlash algoritmlar yordamida  elektron lug‘at bazalaridan avtomatik ravishda ajratib olingan. Ushbu loyiha hozirgi kunda to‘g‘ridan to‘g‘ri NLP sistemalarida qo‘llanilmasada, unda qo‘llanilgan yondashuv va metodlar korpuslardan sinonimlarni ajratib olishni avtomatlashtirishda, parafrazalovchi dasturlar modellarini yaratishga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ishda sinonimlarning farqlanishi yuqorida tanishib chiqqan klassifikatsiyamizdan farqli bo‘lib, quyida u bilan tanishib chiqamiz.

 

 

 

 

 

3 – chizma.

D.Inkpen va G.Hirstlar tomonidan taqdim etilgan sinonimlar farqlovchi xususiyatlar irarxiyasi.

+frequency

+frequency

+strenght

4 – chizma

D.Inkpen va G.Hirstlar tomonidan taqdim etilgan sinonimlar farqlovchi xususiyatlar irarxiyasi o‘zbek tili talqinida

+qo‘llanish chastotasi

+qo‘llanish chastotasi

+farqlovchi belgi kuchi

D.Inkpen va G.Hirst talqinidagi sinonimlar farqlanish klassifikatsiyasi P.Edmonds klassifikatsiyasiga asoslangan bo‘lsada, ishda farqlarning avtomatik tarzda lug‘atlardan yig‘ilishi ishning asosiy vazifasini tashkil etganligi sababli farqlovchi belgilar anchayin soddalashtirilgan hamda son jihatdan ham kamchilikni tashkil etadi. Chizmada ko‘rsatilganidek, farqlar katta ikki guruhga ajratilgan bo‘lib birinchi guruh denotataiv ma’nodagi farqlarga bag‘ishlangan. Yuqorida P.Edmonds klassifikatsiyasi talqinida tanishib chiqgan denotataiv farqlarning subkategoriyalari D.Inkpen va G.Hirst keltirgan kategoriyalar bilan bir xil bo‘lganligi sababli ularga to‘xtalib o‘tirmaymiz. Ikkinchi katta guruhimiz stilistik hamda baholovchi ma’no farqlariga bag‘ishlangan. Shuni aytib o‘tishimiz kerakki ushbu guruhlar P.Edmonds klassifikatsiyasida ikkita yirik alohida guruhlar sifatida ko‘rib chiqilgan.

Baholovchi ma’no attenkalari o‘z navbatida salbiy, ijobiy hamda neytral ottenkali so‘zlar guruhlariga bo‘lingan. Sinonimlarning ushbu yo‘nalishda farqlanishi izohli lug‘atlarda hamda tarjima lug‘atlarda aniq keltiriladi. Kulmoq (neytral), tabassum qilmoq (ijobiy), iljaymoq (salbiy) fe’llari aynan baho attenkalari bilan farqlanuvchi sinonimlar qatoriga misol bo‘la oladi.

Stilistik farqlar sifatida keltirilgan formality (rasmiylik darajasi), concreteness (ma’noning aniq yoki mavhum tushunchaaga ishora qilishi) va force (birlashtiruvchi ma’noning kuchli yoki kuchsiz ifodalanishi) kategoriyalari to‘liq ravishda P.Edmonds taksonomiyasining aynan shu kategoriyalari mazmuni bilan bir xil bo‘lganligi sababli ular haqida batavsil to‘xtalishning hojati yo‘q deb hisoblaymiz. Chizmada sinonimlarni yakuniy tanlash jarayonida qo‘llanuvchi ikki “filtr” ham ko‘rsatilgan. Bular so‘zlarning qo‘llanilish chastotasi hamda sinonimlar farqlovchi belgi kuchi. Ularning tizim ichida qanday ishlashini quyidagi misol orqali ko‘rsatishga harakat qilamiz. Deylik tizim “ Bolalar chanqaganligi uchun hech nimaga qaramasdan suv tomonga _______” gapini to‘ldirishi kerak. Mos keluvchi sinonimik qator esa yugurmoq, chopmoq, yelmoq. Ushbu sinonimlarning yuqorida keltirilgan me’zonlar bo‘yicha farqlarini ko‘rib chiqsak.

4 -jadval.

D.Inkpen va G.Hirst sinonimlarni farqlash taksonomiyasiga ko‘ra yugurmoq, yelmoq, chopmoq harakat fe’llarining farqlanishi

 

Denoatativ

Baholovchi ma’no

Stilistik

 

Denotatsiya

Implikatsiya

Noaniq ishora

Ijobiy

Salbiy

Neytral

Rasmiy norasmiy

Aniq mavhum

Ma’no kuchliligi

Yugurmoq

Tez oyoq bilan harakat qilish (neytral)

Oddiy tezlik, neytral holat

 

-

-

Neytral

Norasmiy

So‘zlashuv

Aniq

Neytral

Chopmoq

Juda tez va shiddat bilan oyoq bilan harakat qilish

Kuch, shoshilinchlik, ba’zan zo‘riqishni bildiradi

Kuchliroq shoshilish

Ijobiy (jasorat)

Salbiy (shoshqaloqlik)

Neytral (tez harakatlanish)

Norasmiy

So‘zlashuv

Aniq

Kuchliroq

Zo‘r berib yugurish,

Yelmoq

Tez harakat qilish (odatda shamol, ot yoki obrazli nutqda ishlatiladi)

Yengillik, oqish, silliq harakat ohangini beradi

Poetik, obrazli, (otlar bilan)

Ijobiy

-

-

Badiiy

poetik

Qolgan ikki so‘zga nisbattan mavhumroq ifoda

Yugurish tezligi balandligiga ko‘proq ishora

Ushbu ma’lumotlardan tashqari dastur mavjud sinonim so‘zlarning qanday turdagi matnlarda qo‘llanilishini hamda qanchalik ko‘p marotaba qo‘llanilganligini (chastota/frequency) hisobga olgan holda farqlarni solishtirish etapidan (strenght)  so‘ng kerakli sinonimni tanlaydi: “ Bolalar chanqaganligi uchun hech nimaga qaramasdan suv tomonga _______”

  1. Qo‘llanilish chastotasi:

yugurmoq – eng ko‘p ishlatiladigan variant

chopmoq –  o‘rtacha, ko‘p hollarda badiiy matnlarda

yelmoq – kam, badiiy va poetik nutqda

  1. Farqlar orasidagi tafovutlar/ farqlovchi belgi kuchi

Denotataive ma’no deyarli bir xil, demak ularning barchasi qo‘llanilishi mumkin

Implikatsiya: yelmoq – qolgan ikki sinonimdan farqli ravishda tez va silliq harakatni ifodalaydi. Agar gapdan badiiylik bo‘yog‘i ortlish ko‘zlangan bo‘lsa ushbu so‘zdan foydalanish mumkin.ammo gapda keltirilgan “…chanqaganligi uchun hech narsaga qaramasdan …” jumlasi gapda shoshilish va shiddat bilan tez harakatlanish ma’nolariga ko‘proq urg‘u tushayotganini ko‘rsatadi va chopmoq variantini taqozo etadi.

Shu o‘rinda nega D.Inkpen va G.Hirst P.Edmonds taksononityasini o‘z ishlarida qisqartirib soddalashtirilgan variantidan foydalangan hamda bu ko‘zlangan natijani berganmi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Taksonomiyaning qisqartirilishiga asosiy sabab o‘sha davr mavjud algoritmlari uchun P.Edmonds klassifikatsiyasining barcha nozik farq kategoriyalarini aniqlash anchayin mushkul va deyarli ilojsiz edi. Soddalashtirilgan taksonomiyaning samaradorligiga kelsak uning asosida ishlagan Xenon sistemasi ma’lum darajada muaffaqiyatga erishgan edi. Jumladan, dastur denotativ hamda birikma hosil qilishda farqlanuvchi sinonimlarni gaplar tuzishda a’lo darajada amalga oshirdi. Ammo sinonimlarning stilistik hamda ma’no ekspressivligidagi farqlarni ajratishda hali bir qator tuzatishlarga muhtoj edi. [Hirst, 1998, 51-60] shu va shu kabi qator muammolar 2000 – yillarga kelib soha vakillarini lingvistika sohasida statistik inqilobni amalga oshirishga turtki bo‘ldi. Bu davrga kelib sinonimlarning farqlari alohida o‘rganilib qoidalar sifatida mashina xotirasiga kiritilmas, aksincha katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi asosida kompyuterning o‘zi sinonimlarni farqlay boshlagan edi. Oradan bir qancha vaqt o‘tishi bilan Word2Vec, GloVe kabi so‘zlarni semantik koordinatsiyalovchi dasturlarning paydo bo‘lishi sinonimlar tanlanishini kompyuter tomonidan yanada aniqroq amalga oshirishini ta’minladi. Albatta, bugungi kun holatidagi sinonimlar tanlanishining deyarli mukammal darajaga kelishi uchun yana ko‘plab yangiliklar sohada tub burilishlar yasadi. Ammo ularning negizida sinonimlarning farqlarini izchil yoritishga qaratilgan ishlar ajralmas va muhim o‘rinlardan birini egallab turibdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

XULOSA. Sinonimlarning ko‘plab xalqaro, xususan, ingliz tilida farqlanishinig deyarli mukammal ko‘rinishiga kelishi hamda ularning bugungi kunda suniiy intelekt dasturlari hamda avtomatlashtirilgan tarjima dasturlari tomonidan mohirona qo‘llanilishi ortida bir necha o‘n yilliklar davomida semantika hamda kompyuter lingvistikasi sohasida qilingan ishlar yotibdi. Yuqorida biz keltirgan ishlar aynan ushbu jarayonning semantik farqlarni aniqlashtirish etapiga tegishli bo‘lib, keyingi qadamlar qo‘yilishida katta ro‘l o‘ynagan. Biz tanishib chiqgan sinonimlar farqlovchi belgilari klassifikatsiyalari aynan kompyuter lingvistikasi sohasida sinonimlarning to‘g‘ri tanlov masalasi muammolarini hal etish uchun yaratilganlari edi. O‘zbek tili jahon tillariga nisbattan kam tadqiq etilgan til sifatida ko‘rilishini hisobga olsak, har bir ushbu til ustida tadqiqot olib boruvchi olimning asosiy vazifalaridan biri o‘zbek tilini mukammal kompyuterlashtirishdan iborat ekanligi hayratlanarli emas. Shu jumladan sinonimlarning leksik semantik sathda farqlanishini izchil ilmiy va amaliy jihatdan o‘zbek va ingliz tillari misolida ko‘rishdan maqsad ham aynan mana shu. Yuqorida tanishib chiqgan klassifikatsiyalarimiz va ular asosida o‘zbek tilidagi ba’zi sinonimlarning tahlilariga asoslangan holda, sinonimlarni aniq farqlashda bizdagi mavjud bo‘lgan resurslarni miqdori sababli G.Hirst hamda D.Inkpen modeli eng maqbul tanlov deb hisoblaymiz. Sohada eng birinchi bo‘lib o‘z qarashlarini bildirgan Y.Apresian hamda F.Palmerlar qarashlari esa keyingi olimlar tomonidan boyitilgan hamda sistemalashtirilgan tarzda berilgnligi sababli ularning qarashlari nazariy qismning asosini tashkil etadi va texnik jihattdan hozirgi tanlab olingan model ularning qarashlari asosida dunyoga kelgan deyishimiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu model biz tanishgan klassifikatsiyalarning asosini tashkil etuvchi P.Edmonds klassifikatsiyasining anchayin soddalashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi. Ammo bizning fikrimizcha ushbu model P.Edmonds keltirib o‘tgan ba’zi farqlovchi kategoriyalar bilan boyitilishi lozim va biz nazarda tutgan eng maqbul klassifikatsiya quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin (5- chizma).

5 – chizma.

P.Edmonds va G.Hirst, D.Inkpen klassifikatsiyalarining birlashtirilgan ko‘rinishi

Albatta bu taksonomiya sinonimlar tahlili davomida yana to‘ldirilish ehtimoli bor. Ammo denotativ kategoriyadagi urg‘u hamda stilistik farqlarga tegishli eufimizim hodisasi aniq qo‘shilishi lozim deb hisoblaymiz. Buning asosiy sababi ushbu faktorlar bilan farqlanuvchi sinonimlar juftligi o‘zbek tilida ko‘p uchraydi. Sinonimlarning faqatgina leksik-semantik jihatlari tadqiq qilinishini nazarda tutsak P.Edmonds klassifikatsiyasidagi sintaktik va  boshqa so‘zlar bilan birikma hosil qilishdagi farqlar qismi tushurilib qolinishi tabiiy hol deb qaraymiz. Ammo bu jihat ma’lum kontekst uchun eng maqbul sinonimni tanlashda katta ahamiyatga ega ekanligini inkor etmaymiz. Shu jumladan Edmonds keltirib o‘tgan sinonimlarning farqlari struktur ko‘rinishiga doir bir nechta farqlovchi kategoriya sifatida keltirilgan continious dimensin, binary dimension, multi value dimension hamda comlex dimension qismlari ham tahlil asosi uchun o‘ta zarur deb hisoblamaymiz. Chunki ushbu sanab o‘tilgan kategoriyalar sinonimlarning farqlari aynan nimada ekanligini emas aksincha shu farqlarning o‘zaro qanday munosabatda ekanligini ko‘rsatadi. Bu kabi ma’lumotlar sinonimlar farqlanishini yanada aniqroq tasavvur etishga yordam bersada asosiy klassifikatsiyada ularni keltirish birmuncha chalkashliklarga sabab bo‘ladi deb hisoblaymiz.

Ushbu tadqiqotimizning asosiy qismi nazariy bilimlarni shakllantirishga qaratilganligini hisobga olsak, ushbu taksonomiyani keng ko‘lamda sinonimlarni farqlarini ajratishda amaliyotda qo‘llash ushbu tadqiqotning mantiqiy davomini tashkil etadi. Aynan ana o‘sha jarayonda o‘zbek tili sinonimlarining hali to‘liq o‘rganilmagan qirralari ochilishi hamda yangi tadqiqot yo‘nalishlarini belgilab berishi mumkin.

References

Alan, C. (2011). Meaning in language: An introduction to semantics and pragmatics. Oxford: Oxford University Press.

Апресян, Ю. Д. (1995). Избранные труды. Том 1. Лексическая семантика (2-е изд.). Москва: Языки русской культуры.

Brachman, R. J., & Schmolze, J. G. (1985). An overview of the KL-ONE knowledge representation system. Cognitive Science, 9(2), 171-216.

Cruse, D. A. (1986). Lexical semantics. Cambridge: Cambridge University Press.

DiMarco, C., & Hirst, G. (1993). Usage notes as the basis for a representation of near-synonymy for lexical choice. In Proceedings of the 9th Annual Conference of the University of Waterloo Centre for the New Oxford English Dictionary and Text Research (pp. 33–43). Oxford.

Daniyarov, B. (2020). O‘zbek tili leksik sinonimlarning lisoniy va nutqiy munosabati, leksikografik talqini (Doctoral dissertation). Samarqand.

Edmonds, P. (1999). Semantic representations of near synonyms for automatic choice (Doctoral dissertation). University of Toronto.

Eshmo‘minov, A. (2019). O‘zbek tili milliy korpusining sinonim so‘zlar bazasi (Doctoral dissertation). Toshkent.

Hirst, G. (1998). Near-synonymy and the structure of lexical knowledge. In Proceedings of COLING-ACL 1998 Workshop on Usage of WordNet in Natural Language Processing Systems (pp. 51–60). Montréal.

Hojiyev, A. (1974). O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. Toshkent: O‘qituvchi.

Inkpen, D., & Hirst, G. (2006). Building and using a lexical knowledge base of near-synonym differences. Computational Linguistics, 32(2), 223–262.

Palmer, F. R. (1976). Semantics: A new outline. London: Cambridge University Press.

Rahmonov, G‘. (2019). O‘zbek tilida lug‘aviy sinonimiya va graduonomiyaning o‘zaro munosabati: Filol. fan. b.fals. dokt. … diss. Farg‘ona.

Shamsiddinov, H. (1999). O‘zbek tilida so‘zlarning funksional-semantik sinonimlari (Doctoral dissertation). Toshkent.

Sharipova, A. (2017). Stilistik sinonimlar tarjimasining lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida) (Doctoral dissertation). Toshkent.

Taylor, J. R. (2002). Near synonyms as co-extensive categories: “High” and “Tall” revisited. Language Sciences, 25(3), 263–284.

Vafoyeva, M. Y. (2009). O‘zbek tilida frazeologik sinonimlar va ularning struktural-semantik tahlili: Filol. fan. nomz. … diss. Toshkent.

Yo‘ldashev, M. M. (1987). Синонимия изъяснительных конструкций в узбекском языке: Filol. fan. nomz. … diss. avtoref. Moskva.

Yunusov, R. (1974). Полисемия и синонимия имён существительных места в современном узбекском литературном языке: Filol. fan. nomz. … diss. avtoref. Toshkent.

Toglia, M. P., & Battig, W. F. (1978). Handbook of semantic word norms. Hillsdale, NJ: Lawrence Erlbaum Associates.

O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati. (2022). Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

https://izoh.uz/word/baxt , https://izoh.uz/word/saodat

Published

Downloads

Author Biography

Gulhida HASANOVA,
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Tayanch doktoranti

How to Cite

HASANOVA, G. (2025). SINONIMLARNING LEKSIK SEMANTIK SATHDA FARQLANISHI. The Lingua Spectrum, 12(2), 728–746. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1360