Semantic classification of football vocabulary
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18465979
Abstract
This article provides a comprehensive analysis of the semantic structure and classification of football-related lexical units in English and Uzbek. The study was conducted by dividing football terminology into semantic groups that cover various aspects of the game. In particular, the following groups were examined separately: participants (players), referees, game actions, field elements, results, rules, tactics, temporal concepts, spatial notions, exercises, competitions, as well as team and individual performance indicators. Each semantic group is illustrated with alternative examples in English and Uzbek, and their semantic characteristics are analyzed from a comparative perspective. Furthermore, the study identifies the assimilation of terms, their linguistic adaptation, as well as differences related to the national language features. The results of the analysis indicate that football lexicon in both languages is semantically rich, systematic, and complex, and that the functional and contextual properties of terms can be effectively determined through a comparative approach. The article has theoretical and practical significance for research in sports linguistics, comparative linguistics, terminology, and translation studies, and can also be applied in international football communication, the development of educational and methodological materials, and translation practice.
Keywords:
Futbol leksikasi semantik klassifikatsiya ingliz va o‘zbek tillari sport terminologiyasi qiyosiy semantik tahlil futbol terminlariFutbol leksikasi semantik tuzilishi jihatidan o‘yinning turli tomonlarini, qoidalarini, taktikasini hamda ishtirokchilarini qamrab oladi. Ingliz va o‘zbek tillarida futbol leksikasini ma’lum semantik guruhlarga ajratish mumkin. Semantik klassifikatsiya terminlarning ma’noviy xususiyatlari, ularning o‘zaro munosabatlari hamda til tizimidagi o‘rniga asoslanadi.
Ingliz va o‘zbek tillarida futbolga oid so‘zlarning semantik yahlili asosida, futbol leksikasini quyidagi semantik guruhlarga ajratishni maqsadga muvofiq deb topdik (Jadvalga qarang).
|
Semantik guruh |
Ingliz tilida misollar |
O‘zbek tilida misollar |
|
Ishtirokchilar |
player, goalkeeper, striker |
o‘yinchi, darvozabon, hujumchi |
|
Hakamlar |
referee, assistant referee, VAR |
hakam, yordamchi hakam, VAR |
|
Harakatlar |
pass, dribble, shoot |
pas, dribling, zarba |
|
Maydon elementlari |
goal, pitch, penalty area |
darvoza, maydon, jarima maydoni |
|
Natijalar |
win, draw, score, goal |
g‘alaba, durang, hisob, gol |
|
Qoidalar |
foul, offside, yellow card |
foul, ofsayd, sariq kartochka |
|
Taktika |
formation, attack, defense |
formatsiya, hujum, mudofaa |
|
Vaqt tushunchalari
|
half, extra time, stoppage time
|
taym, qo‘shimcha vaqt, kompensatsiya vaqti |
|
Makon |
wing, center, penalty box |
qanot, markaz, shtraf maydoni |
|
Mashqlar |
training, warm-up, drill |
mashq, qizish, trening |
|
Musobaqalar |
league, cup, championship |
liga, kubok, chempionat |
|
Ko‘rsatkichlar |
skill, speed, stamina |
mahorat, tezlik, chidamlilik |
1-jadval. Futbol leksikasining semantik guruhlari
Birinchi guruhni o‘yin ishtirokchilari tasvirlovchi leksik birliklar tashkil etadi. Crystal, D. (2003) Ingliz tilida player so‘zi umumiy tushuncha bo‘lib, futbolchini bildiradi, o‘zbek tilida o‘yinchi yoki futbolchi shakllari qo‘llaniladi. Pozitsiyalar bo‘yicha ingliz tilida goalkeeper, defender, midfielder, forward, striker terminlari mavjud. O‘zbek tilida ular darvozabon, himoyachi yoki mudofaachi, yarim himoyachi, hujumchi shakllarida ifodalanadi. Sweeper termini ingliz tilida erkin himoyachini bildiradi, o‘zbekchada libero yoki erkin himoyachi ishlatiladi. Winger so‘zi qanot o‘yinchisini anglatadi, o‘zbek tilida qanot o‘yinchisi yoki flang shakllari yordamida voqelanadi.
Ikkinchi semantik guruhni hakamlar va xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar terminlari tashkil etadi. Ingliz tilida referee asosiy hakamni bildiradi, o‘zbek tilida hakam yoki referi shakllari qo‘llaniladi. Assistant referee termini yordamchi hakamni anglatadi, o‘zbekchada yordamchi hakam yoki eski varianti chiziq hakami ishlatiladi. Fourth official iborasi to‘rtinchi hakamni bildiradi, o‘zbek tilida to‘rtinchi (ehtiyot) hakam shakllari mavjud. VAR (Video Assistant Referee) zamonaviy texnologiya orqali yordam beruvchi hakamni anglatadi va har ikki tilda bir xil shaklda qo‘llaniladi. Linesmen termini eski inglizcha shakli bo‘lib, hozirda assistant referee bilan almashtirilgan.
Uchinchi guruhni o‘yin harakatlari va texnik elementlar tasvirlovchi terminlar tashkil etadi. Ingliz tilida pass to‘p uzatmani bildiradi, o‘zbek tilida pas deb ishlatiladi. Dribble termini to‘pni boshqarib olib ketishni anglatadi, o‘zbekchada dribling yoki to‘p bilan yugurish ifodalari bilan ifodalanadi. Shoot fe’li zarba berishni bildiradi, o‘zbek tilida zarba bermoq yoki tepmoq shakllari qo‘llaniladi. Tackle termini to‘sishni anglatadi, o‘zbekchada to‘smoq ifodasi ishlatiladi. Header so‘zi bosh bilan tepishni bildiradi, o‘zbek tilida bosh bilan tepish shakli mavjud.
To‘rtinchi semantik guruh tarkibiga o‘yin maydonining asosiy qismlari hamda unga tegishli jihozlar kiradi. Ingliz tilidagi pitch yoki field so‘zlari o‘yin o‘tkaziladigan hududni anglatib, o‘zbek tilida ular maydon yoki o‘yin maydoni shaklida ifodalanadi. Goal so‘zi darvozani bildiradi, o‘zbekcha muqobili esa darvoza yoki rus tilidan o‘zlashgan vorota shaklidir. Fromkin, V., Rodman, R., & Hyams, N. (2018). Goalpost termini darvozaning vertikal ustunlariga nisbatan ishlatiladi, o‘zbek tilida bu ma’no darvoza ustuni birikmasi orqali ifodalanadi. Crossbar so‘zi esa darvozaning yuqori qismini tashkil etuvchi gorizontal elementni anglatadi; unga mos o‘zbekcha variantlar ko‘ndalang to‘sin yoki darvoza to‘sing‘idir. Shuningdek, net so‘zi darvoza orqasiga tortiladigan to‘rni bildiradi, o‘zbek tilida bu tushuncha to‘r, setka yoki darvoza to‘ri shaklida qo‘llaniladi.
Beshinchi semantik guruh o‘yin natijasini va uning turli holatlarini ifodalovchi terminlardan iboratdir. Ingliz tilidagi score so‘zi o‘yinda qayd etilgan natijani bildiradi, o‘zbek tilida bu ma’no natija yoki hisob shakllarida ifodalanadi. Cabré, M.T. (1999). Win leksemasi g‘alabaga erishish holatini anglatadi, unga mos o‘zbekcha birliklar g‘alaba yoki yutishdir. Draw termini raqib jamoalar o‘rtasida hisob teng bo‘lgan holatni bildiradi; o‘zbek tilida bu durang yoki tenglik so‘zlari orqali ifodalanadi. Loss esa aksincha, mag‘lubiyat holatini anglatib, o‘zbek tilida mag‘lubiyat yoki yutqizish shakllari bilan qo‘llaniladi. Shuningdek, goal so‘zi nafaqat darvozani, balki urilgan to‘p – ya’ni gol tushunchasini ham anglatadi, bu leksema o‘zbek tilida to‘liq o‘zlashtirilgan holda faol ishlatiladi.
Oltinchi semantik guruh futbol o‘yinida amal qiladigan qoidalar va ularni buzish holatlarini bildiruvchi terminlardan iborat bo‘lib, sport etikasi va intizomini ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ingliz tilidagi foul so‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoidabuzarlikni bildiradi, o‘zbek tilida esa shu ma’no qoidabuzarlik leksemasi orqali ifodalanadi. Crystal, D. (2010). Offside termini esa taqiqlangan holatni, ya’ni o‘yinchi o‘yin maydonida belgilangan chiziqdan oldinda turgan vaziyatni anglatadi. O‘zbek tilida bu tushuncha ofsayd yoki taqiqlangan holat shakllarida qo‘llanadi. Handball so‘zi to‘pga qo‘l bilan tegish holatini bildiradi, bu o‘zbek tilida qo‘l bilan o‘ynash tarzida ifodalanadi. Shuningdek, intizomiy choralarni ifodalovchi yellow card va red card iboralari ham keng tarqalgan bo‘lib, ular mos ravishda sariq kartochka va qizil kartochka shaklida qo‘llanadi.
Ettinchi semantik guruhda o‘yin taktikasi va strategiyasi bilan bog‘liq terminlar jamlangan. Ingliz tilidagi formation jamoaning maydondagi joylashuvi va o‘yin tizilishini bildiradi; o‘zbek tilida bu formatsiya, sarflanish yoki tizilish shakllarida ifodalanadi. Attack leksemasi hujum harakatlarini, defense esa himoya tizimini bildiradi; o‘zbek tilida ular mos ravishda hujum va himoya so‘zlari bilan ifodalanadi. Hurford, J.R., Heasley, B., & Smith, M.B. (2007). Counter-attack iborasi esa qarshi hujumni anglatuvchi termin bo‘lib, o‘zbek tilida qarshi hujum yoki kontrataka shakllarida ishlatiladi. Pressing esa raqibga faol bosim o‘tkazishni anglatib, o‘zbek tilida ham shu tarzda – pressing yoki bosim o‘tkazish so‘zlari orqali ifodalanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu terminlar o‘yinning taktik tafakkuri va jamoaning strategik yondashuvini aks ettiradi.
Sakkizinchi semantik guruh vaqt va davrga oid tushunchalarni qamrab oladi. Ingliz tilida half so‘zi o‘yin bo‘limini, ya’ni yarim taymni bildiradi, o‘zbek tilida esa bu taym yoki bo‘lim shaklida ishlatiladi. First half – birinchi taym, second half – ikkinchi taym shakllarida o‘zbek tiliga moslashgan. Extra time iborasi qo‘shimcha vaqtni anglatadi; o‘zbek tilida qo‘shimcha vaqt yoki qo‘shimcha taym tarzida qo‘llanadi. Shuningdek, penalty shootout so‘zi penaltilar seriyasini bildiradi, bu holatda o‘zbekcha muqobillar penaltilar seriyasi yoki soddaroq shaklda penaltilar tarzida ishlatiladi. Shunday qilib, mazkur terminlar o‘yin jarayonining vaqt mezonlarini aniqlab beradi.
To‘qqizinchi semantik guruh makon va yo‘nalish bilan bog‘liq terminlardan tashkil topgan. Ingliz tilidagi forward so‘zi oldinga harakatni bildiradi; o‘zbek tilida oldinga yoki hujum tomon ifodalari bilan mos tushadi. Lyons, J. (1995). Linguistic semantics: An introduction Backward termini orqaga qaytish yoki himoya pozitsiyasiga o‘tishni anglatadi, o‘zbekcha muqobillari esa orqaga yoki himoya tomondir. Wing leksemasi qanot hududini bildiradi; o‘zbek tilida qanot yoki yon tomon shakllari ishlatiladi. Center so‘zi markaziy hududni ifodalaydi, o‘zbek tilida bu markaz yoki o‘rta shakllarida qo‘llanadi. Penalty area esa jarima maydoni ma’nosini anglatadi va o‘zbek futbol terminologiyasida jarima maydoni yoki shtraf maydoni shaklida mustahkam o‘rnashgan.
O‘ninchi semantik guruh mashqlar va tayyorgarlik jarayoniga oid terminlardan iborat bo‘lib, ular sportchilarni jismoniy va ruhiy jihatdan o‘yinga tayyorlash jarayonini ifodalaydi. Ingliz tilidagi training so‘zi umumiy mashg‘ulotlarni bildiradi, o‘zbek tilida bu mashq yoki trenirovka shaklida qo‘llanadi. Hojiyev, A. (2002). Warm-up so‘zi o‘yindan oldingi qizish jarayonini ifodalaydi; unga mos o‘zbekcha shakllar qizish yoki razminkadir. Drill so‘zi maxsus mashq yoki takroriy harakatlarni bildiradi, o‘zbek tilida maxsus mashq yoki drill tarzida ishlatiladi. Practice termini esa amaliy tayyorgarlikni anglatib, o‘zbek tilida amaliyot yoki mashq qilish tarzida qo‘llanadi. Goddard, C. (2011). Ko‘rinib turganidek, mazkur terminlar futbolchi tayyorgarligining tizimli bosqichlarini belgilab beradi.
O‘n birinchi semantik guruhda musobaqa turlari va turnirlar bilan bog‘liq terminlar jamlangan. Ingliz tilidagi league so‘zi ligani bildiradi, o‘zbek tilida liga yoki chempionat shakllari ishlatiladi. Cup so‘zi kubok musobaqasi ma’nosida ishlatiladi, o‘zbekchada bu kubok yoki kubok musobaqasi shaklida ifodalanadi. Tournament so‘zi turnirni bildiradi, o‘zbek tilida esa turnir yoki musobaqa shakllari bilan moslashgan. Championship termini chempionat ma’nosida, World Cup esa jahon chempionatini anglatuvchi ibora sifatida qo‘llanadi. Ayni paytda Oltin kubok shakli ham o‘zbek futbol diskursida faol ishlatilmoqda.
O‘n ikkinchi semantik guruh jamoaviy va individual ko‘rsatkichlarni ifodalovchi terminlardan tashkil topadi. Cabré, M.T. (1999). Teamwork so‘zi jamoaviy ishni bildiradi, o‘zbek tilida jamoa ishi yoki jamoa ruhi shakllarida ishlatiladi. Leadership termini yetakchilikni anglatadi, unga mos o‘zbekcha birliklar rahbarlik yoki yetakchilikdir. Skill leksemasi o‘yinchining texnik mahoratini bildiradi, o‘zbek tilida bu mahorat yoki ko‘nikma shaklida ifodalanadi. Stamina so‘zi chidamlilikni bildiradi, o‘zbekcha muqobillari chidamlilik yoki bardoshlilikdir. Speed esa tezlikni anglatadi, o‘zbek tilida tezlik yoki sur’at shakllari bilan qo‘llanadi. Shunday qilib, bu terminlar sportchining jismoniy salohiyati va psixologik tayyorgarligini tavsiflovchi asosiy semantik birliklar sifatida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, ingliz va o‘zbek tillarida futbolga oid leksik birliklarning semantik klassifikatsiyasi shuni ko‘rsatadiki, semantik guruhlar har ikkala tilda ham o‘yinning turli jihatlarini qamrab oladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi futbol leksikasi semantik jihatdan ko‘p umumiylikka ega bo‘lsa-da, har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, bu milliy til tizimlarining o‘ziga xosligini aks ettiradi.
References
Cabré, M. T. (1999). Terminology: Theory, methods and applications. John Benjamins Publishing Company.
Crystal, D. (2003). A dictionary of linguistics and phonetics (5th ed.). Blackwell Publishing.
Crystal, D. (2010). The Cambridge encyclopedia of language (3rd ed.). Cambridge University Press.
Fromkin, V., Rodman, R., & Hyams, N. (2018). An introduction to language (11th ed.). Cengage Learning.
Goddard, C. (2011). Semantic analysis: A practical introduction (2nd ed.). Oxford University Press.
Hojiyev, A. (2002). Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. Toshkent: O‘qituvchi.
Hurford, J. R., Heasley, B., & Smith, M. B. (2007). Semantics: A coursebook (2nd ed.). Cambridge University Press.
Lyons, J. (1995). Linguistic semantics: An introduction. Cambridge University Press.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Zafar Baxtiyorovich Xasanov

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
