The Russian linguistic personality as a cultural phenomenon: geographical, historical and social aspects

Authors

  • Karshi State University

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18466872
The Russian linguistic personality as a cultural phenomenon: geographical, historical and social aspects

Abstract

This article provides a comprehensive analysis of the key socio-cultural factors that shape the concept of the “Russian linguistic personality”. The research focuses on the geographical determinant (the mentality of vastness), historical processes (the East-West dichotomy, religious heritage, political transformations), the role of literature, and the impact of modern globalization. The aim is to demonstrate the intrinsic connection between linguistic personality and language, national consciousness, and culture, as well as to show how these factors are reflected at its verbal-semantic, cognitive, and motivational-pragmatic levels. Methods of linguistic, conceptual, and cultural-historical analysis are employed. The study substantiates the stable specific features of the Russian linguistic personality and its dynamic, transformative nature in the modern era. The findings are of practical importance for linguistics, cultural studies, and communication theory.

Keywords:

Linguistic personality Russian mentality socio-cultural factors concept of vastness linguoculture historical linguistics East-West dichotomy literary speech language game globalization linguistic identity national consciousness conceptual field linguistic analysis speech culture

Kirish

“Rus lisoniy shaxsi” tushunchasi til, ong va madaniyatning o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadigan murakkab hodisadir. U faqat til bilimlari va qobiliyatlarini emas, balki muayyan tarixiy va madaniy kontekstda shakllangan dunyoqarash, qadriyatlar tizimi va kommunikativ xulq-atvorni o‘z ichiga oladi (Караулов, 1989). Ushbu maqolaning magsadi rus lisoniy shaxsining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy ijtimoiy-madaniy omillarni: geografik, tarixiy, adabiy va zamonaviy omillarni lingvomadaniy yondashuv asosida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot ayniqsa, lisoniy shaxsning tarkibiy darajalari (verbal-semantik, kognitiv, pragmatik) (Караулов, 2010) qanday qilib rus madaniyati va tarixiy tajribasining o‘ziga xosligi bilan bog‘langanligini ko‘rsatishga qaratilgan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

“Lisoniy shaxs” tushunchasi rus tilshunosligida Yu.N. Karaulov asarlarida chuqur nazariy asosga ega bo‘lib, u uni “matn yaratish va idrok etish qobiliyatlarining individual majmui” deb ta’riflaydi (Караулов, 1989). Bu yondashuv lisoniy shaxsning uch darajali tuzilishini (verbal-semantik, lingvokognitiv, motivatsion-pragmatik) taklif qiladi.

V.V. Vorobyev lisoniy shaxsni madaniy kod va ma’no tashuvchisi sifatida ko‘rib, lingvomadaniyatshunoslik metodologiyasini takomillashtirdi (Воробьёв, 2008). Rus mentalitetining geografik omillari, xususan “kenglik” (prostor) konsepsi V.V. Kolesov (2006), B.A. Uspenskiy (2002) va boshqa tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan.

Tarixiy omillar, jumladan Sharq-G‘arb muammosi va diniy ta’sirlar N.A. Berdyayev (1990), D.S. Lixachev (1987) va A.M. Panchenko (1996) ishlarida yoritilgan. Adabiyotning roli M.M. Baxtin dialogik nutq nazariyasi (Бахтин, 1979) va D.S. Lixachevning qadimgi rus adabiyoti haqidagi tadqiqotlari (Лихачёв, 1987) kontekstida o‘rganilgan. Zamonaviy o‘zgarishlar va globallashuv ta’siri M.A. Krongauz (2009) kabi tilshunoslarning ishlarida aks etgan.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotda kompleks metodologik yondashuv qo‘llanildi:

Lingvomadaniy tahlil: “Kenglik”, “volya”, “toska” kabi asosiy madaniy konseptlarning lingvistik ifodalanishi (leksika, frazeologiya, sintaksis) tahlil qilindi.

Tarixiy-tipologik tahlil: Rus tilining turli tarixiy bosqichlarda (qadimgi, imperiya, sovet, zamo naviy) o‘zgarishi va bu o‘zgarishlarning lisoniy shaxs tuzilishiga ta’siri ko‘rib chiqildi.

Konseptual tahlil: Milliy dunyoqarashning markaziy tushunchalari tahli qilindi.

Diskurs tahlili: Badiiy adabiyot (L.N. Tolstoy, F.M. Dostoyevskiy), publitsistika va zamonaviy internet-kommunikatsiyalar materiali sifatida o‘rganildi, ularda lisoniy shaxsning modellashtirilishi ko‘rsatib berildi.

Qiyosiy tahlil: Turli ijtimoiy guruhlar (dehqonlar, ziyolilar, yoshlar) tomonidan lisoniy resurslarning o‘zlashtirilishi qiyoslandi.

Tahlil va natijalar

  1. Geografik omil: Kenglik mentaliteti va uning lingvistik aks etishi

Keng va ochiq makonlar rus mentalitetida “prostor” (kenglik) konseptini shakllantirgan, bu esa erkinlik (“volya”) instinkti, harakatchanlik va ba’zan maqsadsizlik tuyg‘usi bilan bog‘liq [Колесов, 2006]. Bu konsept tilga quyidagicha singgan:

Leksika: “prostor”, “razdolye”, “shir’”, “dal’”, “volya”, “privolye” so‘zlari ijobiy, ba’zan esa qayg‘u (“toska”) bilan aralash mazmunga ega (Колесов, 2006; Успенский, 2002).

Frazeologiya: “куда глаза глядят (ko‘z oqqan tomonga), открывать новые горизонты (yangi ufqlarni ochmoq),в поле ветром носит (Borar joyi yo‘q). Bu iboralar erkinlik, ammo bir vaqtning o‘zida maqsadsizlik va beqarorlikni anglatadi. “Как грибы после дождя” (“yomg‘irdan keyingi zamburug‘lardek”) kabi iboralar erkinlik va beqarorlikni ifodalaydi.

Sintaksis: L.N. Tolstoy asarlaridagi keng qamrovli va murakkab tasvirlar kenglik idrokini aks ettiradi.

  1. Tarixiy omil: Din, Sharq-G‘arb o‘zaro ta’siri va siyosiy tuzumlar

Vizantiya merosi (Xristianlikni qabul qilish): Cherkov-slavyan tili “yuqori” til kodi sifatida diglossiyani (Успенский, 2002), muqaddas/dunyoviy, ruhiy/jismoniy kabi ikki qarama-qarshi tushunchalar tizimini shakllantirdi.

– Sharq-G‘arb dixotomiyasi: Mo‘g‘ul-tatar bosqini “деньги” (pul), “таможня” (bojxona), “ямщик” (aravakash), “казна” (xazina). Bu so‘zlar boshqaruv, soliq va pul-mulk tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lib, markaziy hokimiyat tizimining shakllanishiga xizmat qilgan.

Petr I yevropacha islohotlari (“assambleya”, “reglament”) leksikasi rus madaniyatidagi ikki qutbliikka (dualizm) hissa qo‘shdi (Бердяев, 1990; Панченко, 1996).

Ijtimoiy-siyosiy tizimlar: Sovet davri (“kolxoz”, “pyatiletka”) va markazlashgan davlat tuzumi “Siz” va “sen” olmoshlarining murakkab iyerarxik va axloqiy mazmunini mustahkamladi.

  1. Adabiyot va madaniyatning roli: Lisoniy shaxs qonunchisi

Rus adabiyoti lisoniy shaxsning etalonini yaratdi (Лихачёв, 1987; Бахтин, 1979).

Tipik obrazlar: “Kichkina odam” (A.A. Bashmachkin) nutqidagi takrorlar va itoatkorlik; “Ortiqcha odam” (Onegin) nutqidagi kinoya; “Idealist” (Knyaz Mishkin) nutqidagi soddalik va ochiqdimoglik.

Adabiy frazeologizmlar: “Vse my vyshli iz gogolevskoy «Shineli»”, “Nado jit’ po sovesti” kabi iboralar milliy ongning bir qismiga aylandi.

  1. Zamonaviy davr: Globallashuv va identlikning qayta shakllanishi

XXI asr rus lisoniy shaxsiga yangi sinovlar olib keldi:

Anglitsizmlar to‘lqini: “biznes”, “noutbuk”, “kraudfanding” – yangi amaliyotlarni aks ettiruvchi leksika.

Internet-kommunikatsiya: “Olmon tili” (“preved”), memlar, sleng (“khayp”, “krash”) – norasmiy muloqotning tezlashuvi va globallashuvi natijasida yuzaga keldi (Кронгауз, 2009).

Ijtimoiy guruhlar farqi: Yoshlar bu o‘zgarishlarning eng faol qatnashchisi, keksa avlod esa ko‘proq an’anaviy lingvistik modellarga sodiq qolmoqda.

Muhokama

Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, rus lisoniy shaxsi statik emas, balki doimiy rivojlanayotgan va qayta shakllanayotgan tizimdir. Geografik kenglik uning idrok etish va tafakkur modelining asosini qo‘ygan bo‘lsa, tarixiy o‘zgarishlar (Sharq-G‘arb o‘zaro ta’siri, diniy va siyosiy transformatsiyalar) uning tarkibini boyitgan. Adabiyot ushbu tajribani umumlashtirib, lisoniy va madaniy normalarni kodlashtirgan. Zamonaviy globallashuv sharoitida rus lisoniy shaxsiyati yangi leksik va kommunikativ amaliyotlarni o‘zlashtirish orqali o‘zini namoyon qilmoqda, biroq uning o‘ziga xos xususiyatlari (dualizm, kenglik tuyg‘usi, sobornost’) saqlanib qolmoqda. Turli avlodlar va ijtimoiy guruhlar ushbu transformatsiyaga har xil munosabatda bo‘lishi – lisoniy shaxsning dinamik va ijtimoiy jihatdan qatlamlangan tabiatini tasdiqlaydi.

Xulosa va Takliflar

Rus lisoniy shaxsi – geografik, tarixiy, madaniy va ijtimoiy omillarning murakkab o‘zaro ta’siri natijasida shakllangan hodisadir.“Kenglik” konsepti rus mentalitetining markaziy komponenti bo‘lib, tilning barcha darajalarida o‘z ifodasini topgan. Tarixiy jarayonlar (xristianlik, Sharq-G‘arb ta’siri, sovet davri) rus lisoniy shaxsining ikki qutbli (dual) tabiatini va boy leksik qatlamliligi shakllantirgan. Rus adabiyoti lisoniy shaxsning namunasi va milliy lingvistik xotiraning asosi bo‘lib xizmat qilgan.

Zamonaviy globallashuv davri rus lisoniy shaxsini transformatsiya qilmoqda, biroq uning o‘ziga xosligini butunlay yo‘q qilmagan, balki yangi shakllarda namoyon bo‘lishi uchun zamin yaratmoqda.

Takliflar:

  • Rus lisoniy shaxsinin zamonaviy o‘zgarishlarini, ayniqsa raqamli muhit va yangi media ta’sirini chuqurroq o‘rganish zarur.
  • Turli yosh va ijtimoiy guruhlar vakillarining lisoniy shaxslarini qiyosiy tadqiq qilish lisoniy o‘zgarishlar ijtimoiy dinamikasini tushunishga yordam beradi.
  • “Rus lisoniy shaxsi” konsepti boshqa madaniyatlarning lisoniy shax slari (masalan, o‘zbek) bilan qiyosiy o‘rganilsa, uning o‘ziga xos xususiyatlari yanada aniqroq ko‘rinadi.

Lingvistik ta’lim va madaniyatlararo muloqotda lisoniy shaxs tushunchasidan foydalanish samaradorlikni oshirishi mumkin.

References

Азизова, Н. Б. (2024). Лингвокультурная интерпретация понятия «языковая личность» в русском и узбекском языках. Экономика и общество, 2–2(117), 67–70. https://cyberleninka.ru/article/n/rus-va-o-zbek-tillarida-lisony-shaxs-konseptininglingumadaniy-talqini

Бахтин, М. М. (1979). Проблемы поэтики Достоевского. Советский писатель.

Бердяев, Н. А. (1990). Русская идея. Основные проблемы русской мысли XIX века и начала XX века. В О России и русской философской культуре. 43–271. Наука.

Воробьёв, В. В. (2008). Лингвокультурология: теория и методы. РУДН.

Караулов, Ю. Н. (1989). Русская языковая личность и задачи её изучения. В Язык и личность. 3–8. Наука.

Караулов, Ю. Н. (2010). Русский язык и языковая личность. Издательство ЛКИ.

Колесов, В. В. (2006). Духовные пути Древней Руси: Русская ментальность в языке и тексте. Петрополис.

Кронгауз, М. А. (2009). Русский язык на грани нервного срыва. Языки славянских культур.

Лихачёв, Д. С. (1987). Избранные работы. Vol. 2. Художественная литература.

Панченко, А. М. (1996). Русская культура в канун петровских реформ. В Из истории русской культуры. Vol. 3. 11–261. Школа «Языки русской культуры».

Успенский, Б. А. (2002). История русского литературного языка (XI–XVII вв.). Аспект Пресс.

Published

Downloads

Author Biography

Nasiba Baxritdinovna Azizova ,
Karshi State University

Professor

How to Cite

Azizova , N. B. (2026). The Russian linguistic personality as a cultural phenomenon: geographical, historical and social aspects. The Lingua Spectrum, 1(1), 107–111. https://doi.org/10.5281/zenodo.18466872

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.