Персонально-ориентированный подход в обучении иностранным языкам студентов нефилологий

Авторы

  • Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности
Персонально-ориентированный подход в обучении иностранным языкам студентов нефилологий

Аннотация

 

В данной статье рассматриваются теоретические основы и практическое применение индивидуально ориентированного подхода в обучении иностранным языкам студентов нефилологических направлений высших учебных заведений. Индивидуально ориентированный подход обеспечивает организацию учебного процесса с учетом индивидуальных потребностей, уровня знаний и интересов студентов. Основные принципы данного подхода индивидуализация, дифференциация, активность и обучение, основанное на мотивации. Процесс обучения языку студентов нефилологических направлений, включая использование профессионально ориентированных материалов и важность практикоориентированного подхода, был проанализирован. Также рассмотрены методы повышения эффективности образования, такие как адаптация учебных материалов, использование интерактивных методов обучения и развитие самостоятельной учебной деятельности студентов. Индивидуально ориентированный подход помогает организовать процесс обучения иностранному языку с учетом уникального стиля и темпа обучения каждого студента, что делает процесс изучения языка более эффективным и увлекательным. В статье также рассматриваются влияние данного подхода на изменения в образовательной системе, повышение мотивации студентов к обучению и новые методы и практики преподавания иностранных языков на нефилологических факультетах.

Ключевые слова:

индивидуально ориентированный подход обучение основанное на индивидуальных потребностях уровнях знаний интересах индивидуализация дифференциация активность и мотивация

Bugungi kunda chet tillarini o‘qitish nafaqat lingvistik bilimlarni egallash, balki talabalarni global miqyosda faol muloqot qila oladigan, o‘z kasbiy faoliyatida zamonaviy talablarni qondiradigan malakali mutaxassis sifatida tayyorlashni talab qiladi. Ayniqsa, nofilologik oliy ta’lim muassasalari (OTM) talabalari uchun chet tillarni o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu yondashuv ta’lim jarayonini talabalar ehtiyojlari, qiziqishlari va imkoniyatlariga moslashtirishni, ularning o‘z-o‘zini rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashishni ta’minlaydi.

Nofilogik yo‘nalishdagi talabalarni chet tiliga o‘rgatishda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun innovatsion yondashuvlar, xususan, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning qo‘llanilishi dolzarbdir. Ushbu yondashuvning mohiyati ta’lim jarayonida talabalar individual ehtiyojlari, qiziqishlari va kasbiy maqsadlarini hisobga olish orqali bilimlarni yanada samarali o‘zlashtirishga erishishdir. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quv motivatsiyasini oshiradi va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Nofilologik OTM talabalari uchun chet tillarni o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning nazariy asoslari, mazmuni va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Shuningdek, o‘quv jarayonini optimallashtirish uchun interfaol usullar, kasbiy yo‘naltirilgan materiallardan foydalanish va talabalar faoliyatini rag‘batlantirishning samarali usullari tahlil qilingan. Ushbu masala nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb bo‘lib, ta’lim sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Shu sababli, bitiruv ishi nofilologik yo‘nalishdagi talabalarni chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning lingvistik va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Chet til ta’limida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv o‘quv jarayonida o‘quvchilarning individual ehtiyojlari, qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish orqali til o‘rganishni samarali tashkil etishdir. Mazkur yondashuvda asosiy diqqat o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlariga, o‘z-o‘zini rivojlantirishiga va mustaqil fikrlashiga qaratiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv til ta’limini o‘quvchilarning o‘z ehtiyojlariga moslashtirish orqali ularning o‘qish motivatsiyasini oshirish va tilni chuqurroq o‘zlashtirishga imkon yaratadi.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning asosiy jihatlari bu zamonaviy pedagogik paradigmalardan biri bo‘lib, unda o‘quv jarayoni talabaning shaxsiy ehtiyojlari, qobiliyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bu yondashuvning asosiy maqsadi – ta’lim oluvchilarning individual imkoniyatlarini ochish, ularning faolligini oshirish va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishdir (Vygotskiy, 1978).

  1. Individualizatsiya va differentsiatsiya har bir o‘quvchining til o‘rganish uslubi va qobiliyati boshqalarnikidan farq qiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda har bir o‘quvchiga alohida yondashuv qo‘llaniladi, ya’ni ularning o‘z o‘rganish uslubiga mos keladigan topshiriqlar va o‘qitish usullari tanlanadi.Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning markaziy jihati – individualizatsiya va differentsiatsiyadir. Bu jarayon ta’lim mazmuni va usullarini har bir talabaning o‘ziga xos xususiyatlari va bilim darajasiga moslashtirishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, differentsiatsiya ta’lim materialini murakkablik darajasi bo‘yicha to‘g‘ri tanlash va turli darajadagi talabalar uchun moslashgan vazifalarni taqdim etishni ta’minlaydi (Tomlinson, 2001).

2.Faollik va talabalar ishtirokini oshirish ta’lim jarayonida talabaning faol ishtirok etishi muhim hisoblanadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv faollikni rag‘batlantiradi, ya’ni talabalarga o‘z fikrlarini mustaqil ifoda etish, muammolarni hal qilish va ijodiy yondashuv orqali bilim olish imkonini beradi. Ushbu yondashuvda talabalar nafaqat bilim oluvchi, balki faol ishtirokchi sifatida qaraladi (Dornyei, 2005).

3.Motivatsiyaga asoslangan o‘qitish o‘quvchilarning qiziqishlarini va maqsadlarini hisobga olish orqali til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiya kuchayadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda o‘qituvchi til o‘rgatishda o‘quvchiga qiziqarli va dolzarb mavzularni tanlab, ta’lim jarayonini jonlantiradi. Motivatsiya shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta’lim jarayoni talabaning qiziqishlari va kelajakdagi kasbiy maqsadlarini hisobga olgan holda tashkil etilganda, bilim olishga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq sezilarli darajada oshadi. Motivatsion yondashuv chet tillarni o‘rganishda, ayniqsa, talabalar uchun qiziqarli va foydali mavzularni o‘z ichiga olgan materiallarni tanlash orqali amalga oshiriladi (Ellis, 2008).

4.Interfaol ta’lim usullaridan foydalanish bu yondashuv o‘quvchilarni ta’lim jarayonida faol ishtirok etishga rag‘batlantiradi. Ular o‘z fikrlarini bildirish, muloqot qilish va tilni amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida interfaol usullar, jumladan, guruhli ishlash, muammoli vaziyatlar tahlili va rolli o‘yinlar kabi metodlar keng qo‘llaniladi. Bu usullar talabalarni o‘quv jarayoniga faol jalb etib, ular orasida hamkorlik va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradi (Littlewood, 1981).

  5.Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish talabaning mustaqil o‘rganish qobiliyatini rivojlantirish shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu yondashuvda talabalarga mustaqil o‘qish, tahlil qilish va o‘z bilimlarini baholash imkoniyatlari beriladi. Bu esa o‘z navbatida talabaning kelajakdagi professional faoliyati uchun muhim kompetensiyalarni shakllantiradi (Stern, 1983).

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda qo‘llaniladigan usullari shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda ta’lim jarayonida talabalarning individual ehtiyojlari, qobiliyatlari va qiziqishlari hisobga olinadi, shuning uchun bu yondashuvda turli xil ta’lim usullari va metodlari qo‘llaniladi. Ushbu usullar talabalarning faolligini oshirish, motivatsiyalarini kuchaytirish va ularning o‘qish jarayonidagi ishtirokini ta’minlashga yordam beradi. Quyida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda qo‘llaniladigan asosiy usullar va ularning tavsifi keltirilgan.

Tabaqalashtirilgan ta’lim (Differentiated Instruction) usuli talabalarning turli darajadagi ehtiyojlarini va qobiliyatlarini hisobga olib, o‘quv materiallarini va dars usullarini moslashtirishga qaratilgan. Bu usulda har bir talaba o‘zining o‘rganish tezligi, usullari va qiziqishlari asosida maxsus o‘quv vazifalari bilan ta’minlanadi. Masalan, ba’zi talabalar uchun yanada murakkab topshiriqlar, boshqalari uchun esa oddiyroq vazifalar berilishi mumkin (Tomlinson, 2001).

Hamkorlikda o‘rganish (Cooperative Learning) usulida talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, birgalikda vazifalarni bajaradilar. Bu usul shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llashda talabalar o‘rtasida o‘zaro yordamni va fikr almashishni rag‘batlantiradi. Hamkorlikda o‘rganish talabalarga o‘zaro muloqot qilish, fikrlarini ifoda etish va yangi bilimlarni jamoaviy ravishda o‘zlashtirish imkonini beradi. Bu usul o‘quvchilarning ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi (Johnson & Johnson, 1999).

Muammoli ta’lim (Problem-based Learning) usuli talabalarni haqiqiy hayotdagi muammolarni hal qilishga jalb etadi. Talabalar muammo yechimini izlash jarayonida mustaqil fikrlash va tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Ushbu usul talabalarga o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi va o‘qish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi (Barrows, 1996).

Teskari o‘rganish (Flipped Learning) usulida an’anaviy darslar strukturasini o‘zgartirish orqali talabalar dars materiallarini mustaqil ravishda o‘qib chiqqan holda, sinfda faqatgina muhokama va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu yondashuv talabalarga o‘z bilimlarini mustahkamlash va darsdan ko‘proq amaliy foyda olish imkonini beradi. Shuningdek, teskari o‘rganish o‘qituvchilarga talabalarning bilim darajasini har doim nazorat qilish imkoniyatini yaratadi (Bergmann & Sams, 2012).

  Interfaol ta’lim (Interactive Learning) usulida talabalar o‘quv materiallarini faqat o‘qib chiqish bilan cheklanmay, balki ularni bahslashish, baholash va guruhlarda muhokama qilish orqali yanada chuqurroq o‘rganadilar. Bu usulda o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ikki tomonlama kommunikatsiya rivojlanadi. Talabalar o‘quv materiallari bilan ishlashda ijodiy yondashuvlarni qo‘llashadi va o‘zlarini erkin ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar (Brown, 2001).

Kompyuter va texnologiyalardan foydalanish (Use of Technology) shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda kompyuter va boshqa texnologik vositalar yordamida ta’lim jarayoni interfaol va qiziqarli tarzda tashkil etiladi. Texnologiyalar talabalarga o‘z bilimlarini kengaytirish va yangilashda yordam beradi. Online kurslar, ta’lim ilovalari va o‘quv materiallari internetda talabalarga doimiy ravishda mavjud bo‘ladi, bu esa ularga mustaqil o‘rganish imkonini yaratadi (Anderson & Krathwohl, 2001).

Reflexiv o‘rganish (Reflective Learning) talabalarga o‘z o‘rganish jarayonini baholash va tahlil qilish imkoniyatini beradi. Ushbu usul orqali talabalar o‘zlarining o‘rganish tajribalarini ko‘rib chiqish, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash va o‘zlarining bilim olish usullarini yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Reflexiv o‘rganish shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning samaradorligini oshiradi (Moon, 2004).

Xorijiy til ta’limida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv o‘quvchilarni o‘quv jarayoniga faol jalb qilish, ularning individual qobiliyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish orqali tilni samarali o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Bu yondashuv o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ularga qulay o‘quv muhiti yaratish va ta’lim jarayonini shaxsiy ehtiyojlarga moslashtirish orqali o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv xorijiy til ta’limida o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirishda o‘ziga xos qobiliyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish orqali ularni tilni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi va ta’lim jarayonini yanada samarali qiladi. Bu yondashuvning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning til bilimini oshirish bilan bir qatorda, ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashishdir.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv talabalar ehtiyojlarini hisobga oluvchi, ularning shaxsiy va professional rivojlanishiga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim modelidir. Bu yondashuv ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi va talabalarni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda qo‘llaniladigan usullar ta’lim jarayonini talabalar uchun yanada moslashtirish, ularning shaxsiy ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olishga asoslanadi. Bu yondashuv talabalarning o‘z bilimlarini mustaqil ravishda rivojlantirish, faolligini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Qo‘llaniladigan usullar, o‘z navbatida, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Библиографические ссылки

Anderson,C. A.,& Krathwohl, D. R.(2001). A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. Longman.

Barrows, H. S.(1996).Problem-Based Learning in Medicine and Beyond: A Brief Overview. New Directions for Teaching and Learning, 1996(68), 3-12.

Brown, H. D. (2001).Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy. Pearson Education.

Brown, H. D.(2007). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson Education.

Dornyei, Z. (2005). The Psychology of the Language Learner. Routledge.

Ellis, R.(2008). The Study of Second Language Acquisition. Oxford University Press.

Ellis, R.(2003). Task-based Language Learning and Teaching. Oxford University Press.

Johnson, D. W., & Johnson, R. T.(1999).Learning Together and Alone:Cooperative, Competitive, and Individualistic Learning. Allyn & Bacon.

Littlewood, W.(1981). Communicative Language Teaching. Cambridge University Press.

Richards, J. C., & Rodgers,T. S.(2014).Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.

Richards, J.C., & Rodgers,T. S."Approaches and Methods in Language Teaching". Cambridge University Press, 2001.

Sattarova, S.T. Из опыта индивидуализации обучения иностранным языкам/ // Молодой ученый. – 2014. – № 1. – С. 571-574.

Sattorova Saodat TojimatovnaAktualnoy filologii nauchniy jurnal Chet til ta’lim jarayonida individuallashtirish xususiyatlari 2021 yil № 1 S.50-59 elektronniy jurnal https://ruslit.jspi.uz/index.php/ruslit/article/view/737

Stern, H. H.(1983). Fundamental Concepts of Language Teaching.Oxford University Press.

Tomlinson,С. A.(2001).Howto Differentiate Instruction in Mixed-Ability Classrooms. ASCD.

Yunusova Sh. "Chet tillarni o‘qitish metodikasi". Toshkent: Navro‘z, 2021.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Саодат Сатторова ,
Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности

Старший преподаватель

Как цитировать

Сатторова , С. (2024). Персонально-ориентированный подход в обучении иностранным языкам студентов нефилологий. Лингвоспектр, 3(1). извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/164

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.