Использование художественных фильмов для обучения английскому языку

Аннотация
В статье представлены теоретические взгляды на использование художественных фильмов для обучения английскому языку. Раскрыта методика использования художественных фильмов для обучения английскому языку. Также показаны значение и принципы художественных фильмов в обучении языку. В процессе изучения английского языка художественные фильмы могут использоваться как эффективное образовательное средство. Этот метод развивает не только словарный запас, но также культурные и социальные аспекты изучения языка. Художественные фильмы позволяют изучать язык в контексте реальной жизни, то есть посредством естественного общения, что более интересно и мотивирует учащихся. Помимо улучшения аудирования, понимания речи и произношения с помощью фильмов, учащиеся узнают о различных акцентах, уровнях неформальности и формальности, а также о различных обществах и культурах. Все больше студентов заинтересованы в освоении языка, а не просто в изучении новых фраз, диалектов, диалектов или диалектов. Сейчас студенты все больше стремятся узнавать новое и лучше понимать процесс изучения нового языка. Поэтому цель дипломной проектной работы – предоставить студентам ценные и практические способы повышения их уверенности в процессе изучения английского языка.
Ключевые слова:
художественный фильм культурная чувствительность реальный язык контекст диалог идиомаQadim zamonlardan beri til ta’limi har qanday ilgʻor mamlakat ta’lim tizimining ajralmas qismi boʻlib kelgan. Chet tilini bilish koʻplab imkoniyatlarni ochib beradi, dunyoqarashini kengaytiradi va insonning intellektual qobiliyatini oshiradi. Zamonaviy umumta’lim maktablarida chet tili fani ikkinchi sinfdan boshlab kiritiladi. Boshqa har qanday fan kabi, chet tili ham maqsad va mazmun toifalariga ega.
Ta’lim mazmunini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, chet til oʻqitish mazmunining nazariy tomonlari metodist olimlar tarafidan faol tekshirilib kelinsada, mazkur metodik tushuncha turlicha talqin etilmoqda. Oʻquv jarayonida nimani oʻrgatish masalasining mohiyatiga oid mutaxassislarning turli, koʻpincha bir-biriga qarama-qarshi fikrlari izohlab kelinmoqda. Bu borada ikki muammo mavjud: birinchisi - nima oʻrgatiladi, savoliga javob berishda, aksariyat olimlar ta’lim mazmuni oʻrgatiladi, degan aslida toʻgʻri, ammo umumiy javobni qaytaradilar. “Nimani - ta’lim mazmunini" muammosining hal etilishi dolzarbligicha qolmoqda. Chet til oʻqitish mazmuni tushunchasini mana bunday a’riflash mumkin: muayyan mavzular doirasida chet til birliklarini qoʻllab, nutq malakalarining shakllanishini ta’minlashga moʻljallangan metodik hodisa. (J.Jalolov, 2012).
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida chet tilini oʻrganish alohida ahamiyatga ega. Ta’limga zamonaviy yondashuvlar shuni ta’kidlaydiki, inson atrof-muhit bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan holda, oʻzi ma’lumot olishga faol va tayyor. Chet tilini oʻrgatish va oʻrganishning koʻplab usullari va shartlari mavjud. Bularga oʻqituvchi bilan yoki oʻqituvchisiz individual yoki guruhli ta’lim kiradi. Tilni oʻrganishning asosiy maqsadi tilni tushunish, gapirish, oʻqish yoki yozishni bilishdir. Bu urinishlarning barchasida filmlar muhim rol oʻynashi mumkin. Filmlar talabalarga tilni va uning madaniy kontekstini yaxshiroq tushunishlari uchun kontekstni ta’minlaydi va shuning uchun chet tilini oʻrganishni oson va qiziqarli boʻlishiga xizmat qiladi. Filmlar talabalarga asl tilni madaniy va ijtimoiy kontekstdagi shaklda koʻrsatadi. Bunda talabalar tilni real hayotda qanday qoʻllanilishini kuzatadilar: jonli muloqot uslublari, dialektlar va aksentlarning xilma-xilligi, madaniyat va urf-odatlar (D.Graddol, 2006). Mayerning takidlashicha (2001) audiovizual materiallar talabalarxotirasini kuchaytirib, vizual va eshitish elementlari birgalikda ma’lumotni samarali oʻzlashtirishga yordam berishadi Bundan tashqari soʻz va iboralarni, grammatik qoidalarni kontekstual ravishda oʻrgatadi. Filmlar qiziqarli boʻlgani uchun talaba larni oʻqish jarayoniga faol jalb qiladi. Krashen (1985) til oʻqitishda motivatsiyaning yuqori boʻlishi muhimligini ta’kidlaydi. Bunda filmlar orqali til oʻqish jarayoni talabalaruchun zavqli va ijodiy kechadi. Oʻrganayotgan til reallikka koʻchirilsa til osonroq oʻzlashtiriladi. Filmlar orqali talabalartilni kontekstual va jonli shaklda eshitishadi, bu esa tilni tabiiy tarzda oʻzlashtirishga yordam beradi. Filmlardagi dialoglar va ssenariylar talaba larning tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. Mayerning multimodal ta’lim modeli audiovizual vositalar orqali ma’lumotni samarali oʻzlashtirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Vizual va eshitish materiallari til oʻrgatish jarayonini boyitadi, qiziqarli sahnalar va voqealar orqali talaba larni jalb qiladi. (2001)
Filmlar orqali tinglash bilan bogʻlaydigan oʻrganish vositasidir. Darslarni boshlashdan oldin talabalar umumiy oʻquv dasturiga ega boʻlishi kerak. Ushbu reja asosan uchta jihatni oʻz ichiga oladi (1) nimani oʻrganish kerak (2) qanday jarayon va materiallardan foydalanish (3) talabalarning reaktsiyalarini qanday bilish kerak? Oʻquv dasturi xuddi temetik reja Hinkel E. (1999) tomonidan taklif qilingan jarayondir. Kino ta’limi darslarining maqsadi talabalarga sinfdagi faoliyatida mavzuli nozik narsalarni oʻrganishga yordam berish va maqsadli til haqida boy ma’lumotlarga ega boʻlishdir. Shuning uchun kino til oʻqitishga muljallangan darslarida talabalar quyidagi turli yoʻllar bilan tashkil etishlari kerak: filmga oid ba’zi tayanch soʻzlar, idiomalar va qoliplarni tushuntirish; berilgan nom asosida film syujetini bashorat qilish; madaniy kelib chiqishi haqida umumiy tasavvurni kiritish; film mavzusini muhokama qilish; turli fikrlarni ifodalash va juftlik yoki oʻz guruhlarida xarakterga taqlid qilish. Sinfda talabalar talabalarning hayoliy va ijodiy dunyoda boʻlishlariga imkon berish uchun hamma narsani qilishlari kerak. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin: Tushuntirish talabalarning oʻrganayotgan tilini sinfda toʻgʻri yoʻnaltirish uchun birinchi qadamdir. (Kaiser, 2011)
Ingliz tilida yaratilgan filmlar orqali talabalar xalqaro madaniyatni va turli xil muloqot uslublarini oʻrganadilar. Kachru (1992) ingliz tilini xalqaro tilda oʻrganish jarayonida madaniy muloqotning ahamiyatini ta’kidlaydi. E.Hinkel (1999) shuningdek, madaniyatni oʻqitishda kamida toʻrt xil tushunchani tan olish kerakligini ta’kidlaydi: etnik madaniyat, mahalliy madaniyat, akademik madaniyat va intizom madaniyati. Bularning barchasi ta’limga, masalan, madaniyat haqidagi munozaralarga ta’sir qiladi. Kino haqida gap ketganda, televizor va kino kodlari qanchalik madaniy ekanligini oʻylash kerak. Bundan tashqari, ular madaniyatlararo talqin qilinishi kerak.
Stoller (1988) darslarni oldindan rejalashtirish va filmlardan foydalanishga tizimli yondashish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Filmlarni oldindan koʻrish va ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak. Talabalar kino darsining oʻquv maqsadlarini tushunishlari ham muhimdir, chunki ular filmni oʻqitish vositasi sifatida koʻrib chiqishlari shart emas, hech boʻlmaganda ular darslikni koʻrib chiqadigan tarzda emas. Til oʻrgatishda ingliz tilidagi filmlardan foydalanish tobora kuchayib bormoqda, tadqiqot uning ikkinchi tilni oʻzlashtirishga taʼsiriga qaratilgan (Kucher, 2020; Aleksandr & Albay, 2016; Kilagard, 2019). Aytilishicha, filmlar madaniyatga singib ketish, tilning haqiqiy ta’sirini oʻtkazish va nutq koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, talabalarning tushunishiga ta’sir qiladigan uzoq film tomosha seanslarida kognitiv yuklanish kabi muammolar mavjud (Kucher, 2020).
Ingliz tilini oʻqitishda badiiy filmlarni tanlash tamoyili.
Ingliz tilini oʻqitishning an’anaviy usuli har doim ham ishlamaydi, lekin talabalar ning gʻoyalari va ijodkorligi va turli xil oʻqitish vositalarini qoʻshish, albatta, talaba larning diqqatini jamlashga va kerakli til malakasiga samarali erishishga yordam beradi. Kino - bu ingliz tilini EFL yoki ESPlarga samarali tarzda oʻrgatish mumkin boʻlgan shunday vosita yoki faoliyatdir. Koʻpgina talabalar filmlar orqali darslar tashkil etadilar, chunki ular bu faoliyat talabalarning talaffuz, lugʻat, modulyatsiya va soʻzlarni yetkazib berishni samarali, joʻshqin va qiziqarli tarzda oʻrganishini ta’minlashini tushunishadi. Shu bilan birga, Allan (1985) talabalarga mos keladigan mavzularni tanlash muhimligini ta’kidlaydi. Talabalar gʻayratli boʻlishi uchun hikoyalar qiziqarli va jozibali boʻlishi kerak. Umuman olganda, bu qiyin kombinatsiya boʻlsa ham mavzular qiziqarli va pedagogik jihatdan boy boʻlishi kerak. Quyida ingliz tilini oʻqitishda filmlarni tanlash uchun asosiy tamoyillar keltirilgan:
- Oʻqitish maqsadlariga moslik. Filim tanlashda tematik reja asosiga mos mavzular doirasidan kelib chiqqan holda tanlanadi:
- Syllabus bilan moslik - filmni tanlashda talabalarning oʻrganayotgan til koʻnikmalariga mos boʻlishi kerak, masalan, suhbat, tinglash, leksikani boyitish yoki grammatika. Masalan, koʻp gaplashuvli film, suhbat inglizchasini oʻrganishga yordam beradi;
- Mavzu bilan Moslik - filmning mavzusi talaba larning yoshi, qiziqishlari va madaniy kontekstlariga mos kelishi kerak. Bu darsni qiziqarli qiladi va talabalarfilmning mazmuni bilan oʻz hayotlari oʻrtasida bogʻlanish imkoniyatini yaratadi;
- Til Darajasi - Filmdagi til talaba larning malaka darajasiga mos boʻlishi kerak. Boshlangʻich darajadagi talabalar uchun oddiyroq til va aniq talaffuz kerak, ilgʻor talabalaresa murakkab soʻz boyligi, idiomalar va tezkor suhbatlarni oʻzlashtirishi mumkin.
- Madaniy va kontekstual moslik ingliz tilini oʻqitishda filmlarni tanlashda madaniy moslikni ta’minlash muhim hamiyatga ega. Bu tanlangan materiallarning talaba larning madaniy qadriyatlariga mos kelishini va ularni ingliz tilining turli madaniy kontekstlari bilan tanishtirishni ta’minlaydi. Quyida filmlarni ingliz tilini oʻqitishda madaniy moslikni ta’minlash uchun asosiy tamoyillar keltirilgan:
- Madaniy Sensitivlik - filmlar koʻpincha oʻz mamlakatining madaniyati, qadriyatlari va ijtimoiy masalalarini aks ettiradi. Filmlar tanlashda talabalaruchun madaniy jihatdan mos va ularning turli fondlaridan hurmat bilan foydalanish muhimdir. Bundan tashqari talabalar darsda oʻrganayotgan mavzular bilan bogʻliq boʻlishi va ularning yoshiga hamda madaniy kontekstiga mos kelishi kerak. Masalan, yosh bolalar uchun moʻljallangan film kattalar mavzusini oʻz ichiga olmasligi lozim.
- Madaniy jihatdan neytral materiallar turli madaniy orqa fonlarga ega sinflar uchun butun dunyo tomonidan qabul qilingan mavzularni oʻz ichiga olgan filmlarni tanlash tavsiya etiladi, masalan, jamoaviy ish, chidamlilik yoki ekologik muammolar.
- Global Nuqtai Nazar - agar sinfda turli mamlakatlardan talabalarboʻlsa, filmni turli mamlakatlar yoki hududlardan tanlash, talabalarga turli ingliz tilida gapiradigan madaniyatlar, lahjalar va aksentlarni tanishtirishga yordam beradi. Bu tilni turli kontekstlarda qanday ishlatilishini tushunishga yordam beradi;
- Kontekstual Tushuncha - talabalarning tilni tabiiy muhitda qanday ishlatilishini tushunishi uchun filmning toʻliq konteksti mavjud boʻlishi kerak. Bu, ayniqsa, tilning turli ijtimoiy holatlarda qanday ishlatilishini oʻrganishda foydalidir, masalan, rasmiy va norasmiy til, yoki ton va tana tili qanday ma’no etkazishi mumkin.
3. Tilda Haqiqiylik. Ingliz tilini oʻrgatishda filmlardan foydalanishning muhim afzalliklaridan biri ularning til haqiqiyligini ta’minlash qobiliyatidir. Quyida filmlarni tanlashda til haqiqiyligini hisobga olish boʻyicha asosiy tamoyillar keltirilgan:
- Tabiiy Dialog - kundalik ingliz tilidagi gaplashuvlar, slang, idiomatik iboralar va turli aksentlarni tinglash uchun ajoyib manba boʻlib xizmat qiladi. Bu talabalarga tilning haqiqiy suhbatlardagi qanday ishlatilishini tushunishga yordam beradi, bunda kitobda berilgan aniq va qat’iy til oʻrniga, tilning real hayotdagi holatlarida ishlatilishi namoyon boʻladi;
- Kontekstual Grammatikani Qoʻllash - filmlar koʻpincha grammatikani kontekstda taqdim etadi, bu talabalarga grammatika tuzilmalarining kundalik suhbatlarda qanday ishlatilishini koʻrsatadi. Bu, talabalarga grammatik tuzilmalarning faqat "qanday" emas, balki "nechun" ishlatilishini tushunishga yordam beradi;
- Haqiqiy Dastlabki Nutq - filmlar odatda kundalik hayotda ishlatiladigan tabiiy va jonli nutqni taqdim etadi. Bunda jumlalar tuzilishi, talaffuz, urgʻular, va odatiy jumla tuzilmalarining ishlatilishi koʻrsatib beriladi. Biz bilamizki ingliz tili keng tarqalgan til va bu tilda gaplashuvchi davlatlat mavjud. Shundan kelib filmlarda Britaniya, Amerika, Avstraliya yoki boshqa ingliz aksentlarining koʻrsatilishi tilni turli kontekstlarda anglashga yordam beradi. Ammo oʻziga yarasha qiyinchilik ham toʻgʻdiradi. Shu sababli badiiy film tanlashdan oldin talababalrga ingliz tilida gaplashuvchi xalqlarni lugʻaviy, talaffuz, aksent farqlarini.
- Sleng va Idiomalar - filmlar talabalarga zamonaviy sleng, idiomalar va soʻz birikmalari bilan tanishish imkoniyatini beradi, bu esa ularning muloqot qobiliyatlarini yaxshilaydi.
- Mos Keluvchi Uzunlik - filmning uzunligi darsning vaqt cheklovlariga mos boʻlishi kerak. Toʻliq uzunlikdagi filmlar bir darslik vaqtida koʻrish uchun juda uzun boʻlishi mumkin, shuning uchun filmni sahnalar yoki boʻlimlarga boʻlish va bir nechta darslar davomida koʻrish tavsiya etiladi. Flipped classroomdan foydalangan holda koʻp vaqt va e’tibor talab qiladigan badiiy filmlarni tanlash mumkin.
- Sahnalar tezligi - ba’zi filmlarda sahnalar juda tez sur’atda boʻlishi mumkin, bu esa tezkor suhbatlar yoki murakkab mavzularni oʻz ichiga oladi va boshlangʻich talabalaruchun qiyin boʻlishi mumkin. Shuning uchun talaba larning tilni tushunish darajasiga mos sahnalarni tanlash muhimdir.
4. Talaba larning qiziqishi va motivatsiyasi talabalarning bilim darajasiga qarab, talabalarning ehtiyojlari va qiziqishlari, shuningdek, oʻrganish va oʻqitish maqsadlari, turli xil filmlar hisobga olinishi mumkin.
- Qiziqish Faktori: Filmlar talaba larning qiziqishlariga asoslanib tanlanishi kerak. Talaba larning hobbilari, maqsadlari yoki madaniy qiziqishlariga mos film tanlash, darsni qiziqarli qiladi va motivatsiyani oshiradi.
- Vizual va Emotsional Jozibadorlik: Kuchli vizual elementlar va emotsional mazmunga ega filmlar talaba larning diqqatini tortadi va material bilan bogʻlanishlarini kuchaytiradi. Qiziqarli qahramonlar, syujetlar va kino san’ati darsni esda qolarli va yoqimli qiladi.
- Faol Oʻrganish Imkoniyatlari: Filmni tanlashda, munozara, rol oʻynash yoki debatlar kabi interaktiv faoliyatlarga imkon beradigan filmlar tanlang. Bu faoliyatlar talabalarga tilni faol ravishda ishlatishga va filmning mavzulari haqida fikrlarini ifodalashga yordam beradi.
5. Maxsus til koʻnikmalariga diqqat ingliz tilini oʻrganishda turli til koʻnikmalarini rivojlantirish uchun filmlar ham samarali vosita hisoblanadi. Toʻgʻri tanlangan filmlar talaba larning tinglash, gapirish, yozish va oʻqish koʻnikmalarini mustahkamlashda katta yordam beradi. Quyida filmlar orqali til koʻnikmalarini rivojlantirishning asosiy tamoyillari keltirilgan:
- Tinglash koʻnikmalari: Filmlar tinglash koʻnikmalarini rivojlantirishda juda foydali boʻlishi mumkin. Aksentlarga, intonatsiyalarga va turli gapirish tezliklariga e’tibor qarating. Filmlar turli tinglash sinovlari, masalan, kundalik suhbatlar, rasmiy til va mintaqaviy aksentlarni taklif qiladi.
- Suhbatni amalda qoʻllash: Filmlar suhbatni amalda qoʻllash uchun yaxshi model boʻlishi mumkin. Ba’zi sahnalarni tomosha qilishdan keyin, talabalardialogni roʻyxatlashlari yoki qahramonlarning motivlari va emotsiyalarini muhokama qilishlari mumkin, bu esa suhbat oʻquvini rivojlantiradi.
- Yozish va Oʻqish: Filmlar, shuningdek, yozma vazifalar uchun asos boʻlishi mumkin, masalan, sharhlar, qisqacha xulosalar yoki film mavzulariga asoslangan ijodiy javoblar. Bundan tashqari, subtitrlarni kuzatish yoki film ssenariylarini oʻqish orqali oʻqish tushunishini kuchaytirish mumkin.
- Tanqidiy fikr yuritish potensiali Filmlar tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish uchun ajoyib manba hisoblanadi. Talabalarfilmlardagi murakkab mavzular, qahramonlarning motivlari va ijtimoiy masalalarni tahlil qilish orqali oʻz fikrlash va ifoda qilish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Quyida filmlar orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy tamoyillari keltirilgan:
- Mavzular va xabarlar: Tanqidiy fikrlashni va muhokamalarni ragʻbatlantiradigan filmlar tanlang. Murakkab mavzular yoki ijtimoiy masalalar boʻlgan filmlar, talaba larni debatlarda ishtirok etishga, fikrlarini ifodalashga va ijtimoiy mavzularda oʻylashga undaydi. Bu nafaqat ingliz tilini oʻrganishga, balki tanqidiy fikrlash va tahliliy koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
- Qahramonlarni tahlil qilish: Qahramonlarning motivlari, emotsiyalari va qarorlarini tahlil qilish, talabalarga odamlarni tasvirlash, fikrlarni ifodalash va shartli va modallilik.
Stoller (1988) EFL sinflari uchun mos filmlarni tanlash uchun batafsil mezonlarni taqdim etadi. Talabalarning bilim darajasiga qarab, talabalarning ehtiyojlari va qiziqishlari, shuningdek, oʻrganish va oʻqitish maqsadlari, turli xil filmlar hisobga olinishi mumkin. Oʻqituvchi filmni nima uchun, va qaysi talabalar bilan ishlatmoqchiligi sabablari haqida oʻylashi kerak. Shuningdek, oʻqituvchi filmda foydalanish mumkin boʻlgan boshqa materiallar bor-yoʻqligini, film talabalarga nima uchun qiziqarli va ular nima uchun uni yoqtirishini ham oʻylab koʻrishi kerak. Shuningdek, u talaba lar filmdan nimani tushunishlarini kutayotgani haqida oldindan oʻylash kerak.
Oʻqituvchisinfda oʻyin-kulgi uchun filmlardan foydalanmaslik kerak. Ular, jumladan, ta’lim maqsadlarida foydalanishlari kerak. Filmlar juda foydali, chunki ular til oʻrganuvchilarni yangi gʻoyalar bilan tanishtiradi; real tajriba beradi va talabalarning bilim va tushunchalarini oshiradi. Filmlardan foydalangan holda oʻqituvchi tartib-qoidalarga muvofiq dars berishi kerak:
1) Oʻqituvchi tomonidan filmni oldindan koʻrish va film haqida qisqacha kirish qismini tayyorlash;
2) Talabalarga film koʻrsatish;
3) Film mavzusi boʻyicha guruh muhokamalari va muammoni oldingi bilimlarga moslashtirish kabi keyingi harakatlarga tayyorgarlik koʻrish kerak.
Xulosa qilganda Badiiy film - bu ingliz tili oʻqituvchilari tomonidan ingliz tili koʻnikmalarini oshirish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan audio-vizual vositalardan biri. Ingliz tilini oʻqitishda ingliz filmlaridan foydalanishning ba’zi afzalliklari bor, masalan, filmlar oʻquvchilarning ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishini saqlab qolishi, filmlar talabalarning tinglash qobiliyatini oshirishi, filmlar oʻquvchilarning nutq mahoratini oshirishi, filmlar talaffuzini yaxshilashi va filmlar talaffuzini yaxshilashi. talabalarning soʻz boyligini oshirishda koʻmakchi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari talabalar oʻrganayotgan davlat tilini nafaqat tilini balki u yerdagi urf-odat, madaniyati bilan tanishish imkonini beradi. Badiiy fulmlar autintik material hisoblangani uchun real muloqatlarni koʻrib oʻni tahlil qilishga yaxhi manbaa hisoblanadi. Ingliz tilidagi tilidagi filmlar ingliz tilida soʻzlashuvchi madaniyatni tanishtirishning ajoyib usuli hisoblanadi.
Библиографические ссылки
Kaiser, M. (2011). New approaches to exploiting film in the foreign language classroom. L2 Journal, 3(2), 232-249.
J.Jalolov. Chet tili oʻqitish metodikasi/Oʻqituvchi nashiryot, 2012, Toshkent.
Graddol, D. (2006). English next: Why global English may mean the end of ‘English as a foreign language’. British Council.
Allan, D. E. (1985). Teaching English as a second language: A handbook for curriculum development and teacher training. New York: Harper & Row.
Kucher, M. (2020). Integrating authentic materials in EFL classrooms: A practical guide for teachers. London: Routledge.
Stoller, F. L. (1988). Integrating authentic materials into EFL classrooms: Theory and practice. TESOL Quarterly, 22(4), 100-114.
Bakirova H.B. Formation of lexical skills in learning terminology university/ foreign in a Emergent: language non-language journal of educational discoveries and lifelong learning (EJEDL) ISSN 2776-0995 Vol. 2, Issue 5, 2021, Indonesia.
Hinkel, E. 1999. Culture in Second language Teaching and Learning. Cambridge: Cambridge University Press.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Муножат Тошбаева

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.