Трудности выполнения письменных упражнений для учащихся по английскому языку и факторы их преодоления

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Трудности выполнения письменных упражнений для учащихся по английскому языку и факторы их преодоления

Аннотация

Данная статья посвящена развитию языковых навыков учащихся посредством письменных упражнений в обучении английскому языку и формированию навыков точного выражения и интерпретации идей.  Основные особенности письма при обучении английскому языку, трудности, с которыми приходится сталкиваться при развитии навыков письма и способы их преодоления, объясняются в рамках примеров и письменных упражнений.  Она заключается в раскрытии и разъяснении основных принципов и особенностей письменных упражнений при обучении английскому языку. Преодоление специфических трудностей в выполнении письменных упражнений Проанализированы методы изучения видов письменных упражнений и их применение в обучении английскому языку.  Обоснованы методы и формы использования письменных упражнений для развития навыков письма при обучении английскому языку. Благодаря ему вы разовьете навык письма, используя различные письменные упражнения на английском языке.

Ключевые слова:

письменные упражнения лингвистика экстралингвистика методика обучения коммуникативные методы педагогические подходы мотивация интерактивные технологии онлайн-обучение культурный обмен и ресурсы

Talabalarning ingliz tilini yuzish ko‘nikmasini qo‘llashda duch keladigan qiyinchiliklari ko‘pincha lingvistik bilimlar va fikrni yozma bayon qilish  kelib chiqadi. Ingliz tilini o‘qitishda yozma mashqlardan foydalanish talabalar uchun juda muhim amaliyot hisoblanadi. Yozma mashqlar talabalarga tilni chuqurroq tushunish, grammatika va leksika bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Quyida yozma mashqlarni samarali o‘qitish usullari va ularning foydalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Yozma mashqlarning ahamiyati

·      Grammatika va imlo: Yozish talabalarga grammatikani amalda qo‘llash imkonini beradi. Bu o‘z navbatida imlo va sintaksisni yaxshilashga yordam beradi.

·      Leksikani rivojlantirish: Yozish jarayonida talabalar yangi so‘zlar va iboralarni o‘zlashtiradilar, so‘z boyliklari kengayadi, ifodalashga majbur qiladi, bu esa tahliliy va kritikal fikrlashni rivojlantiradi.

·      Kommunikativ konikmalar: Yozish orqali talabalar turli holatlar va kontekstlarda ingliz tilida o‘z fikrlarini tushunarli tarzda ifodalashga o‘rganadilar. (Jalolov, 2012)

Yozuv jarayonida bir qancha qiyinchilklar ham yuzga keladi. Yozuvni o‘rgatishdagi qiyinchiliklar yozuv texnikasi  va fikrni yozma bayon qilish bo‘yicha bo‘lishi mumkin.

 

Extralingvistik qiyinchiliklar

Lingvistik qiyinchiliklar

a.         O‘quvchi, talabalarni yozishga tayyorgarligi

b.         Yozuv utkazilayottan vaziyatni tayyorligi.

c.         Yozish uchun vositalarning mavjudligi (daftar, ruchka, kitob)

d.         O‘qituvchining tayyorligi

e.         O‘qituvchining yozishni, ayniqsa, yozma ishlarni o‘tkazish metodikasi

f.           Mashq, yozma ishlarni o‘quvchi, talabaning bilimiga mos xolda tuzilganligi

g.    Xarflarni bosma yozmachasini to‘g‘ri yo‘za bilishlik

h.   Xarf  birikmalarini to‘gri yo‘za bilishlik.

i.      So‘zlarni xatosiz yozish, ularni ma’nosini bilish.

j.      So‘zlar orqali grammatika nuqtai nazaridan gaplar tuza bilishlik  (Jo‘rayev, G‘.,2020)

 

Ingliz tilida talabalarga yozma mashqlarni bajarishda duch keladigan qiyinchiliklar turlicha bo‘lishi mumkin. Bu qiyinchiliklar tilni o‘rganish jarayonidagi turli bosqichlarda paydo bo‘ladi va o‘quvchilarning yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga xalaqit berishi mumkin (Donald, 1985).  Quyida ingliz tilida yozma mashqlarni bajarishda uchraydigan asosiy qiyinchiliklarni ko‘rib chiqamiz:

  1. Grammatika va Imlo Xatolari:

Talabalar ingliz tilida grammatik qoidalar va imlo xatolariga ko‘pincha duch keladilar. Ingliz tilining grammatik tuzilishi, jumladagi so‘zlar tartibi, fe'llarning vaqt shakllari va zamonlar talabi boshqacha bo‘lishi mumkin, bu esa talabalarga qiyinchilik tug‘diradi. Masalan: "Present perfect" va "past simple" zamonlarini ajratish.

O‘zaro bog‘langan jumlalarni to‘g‘ri tuzish (masalan, qo‘llanilishi kerak bo‘lgan bog‘lovchilarni tanlash).

  1. So‘z boyligi:

Yozma mashqlarni bajarishda talabalar so‘z boyligini to‘g‘ri ishlatishdan qiynalishlari mumkin. Ingliz tilida sinonimlar va antonimlar, rasmiy va norasmiy til o‘rtasidagi farqlarni bilish muhim. Bu, ayniqsa, o‘z fikrlarini to‘liq va aniq ifodalashda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.

  1. Yozuvning tuzilishi:

Yozma mashqlarni tuzishda talabalarga matnni mantiqan va izchil ravishda tashkil etish qiyin bo‘lishi mumkin. Yaxshi yozma matnning strukturasi (kirish, asosiy qism, xulosa) talabalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Ko‘plab talabalar yozuvda mantiqiy bog‘lanishlarni o‘rnatishda, fikrlarni tartibga solishda va xulosani to‘g‘ri chiqarishda qiynalishadi.

  1. Fikrlarni aniq ifodalash:

Fikrlarni aniq va ravon ifodalash talabaga ko‘proq vaqt va kuch sarflashni talab qiladi. Ba'zida talabalar fikrlarini izchil va aniq tarzda bayon qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi, chunki ular to‘g‘ri so‘zlar yoki iboralarni topishda qiynalishlari mumkin.

  1. Ijodiy yozuvdagi qiyinchiliklar:

Talabalar ijodiy yozuv mashqlarida (masalan, hikoya yoki esse yozish) o‘z fikrlarini yaratish va ularni qiziqarli va muvofiq tarzda ifodalashda qiynalishadi. Yozuvchi ijodkorlik va fantaziyani o‘zgacha tarzda ishlatish, matnni boshlash yoki biron bir mavzuga yozuvni davom ettirishda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin.

  1. Fikrlarni rivojlantirish va dalillarni keltirish:

Yozuv mashqlarida talabalar o‘z fikrlarini dalillar va misollar bilan qo‘llab-quvvatlashda qiynalishadi. Yaxshi yozilgan matn o‘z fikrlarini aniq isbotlash uchun mustahkamlovchi dalillarni talab qiladi, lekin talabalar ko‘pincha bu bosqichni o‘ta olmaydilar.

  1. Imloviy xatolar:

Imlo xatolari (masalan, so‘zlarning noto‘g‘ri yozilishi) ham yozuvda keng tarqalgan qiyinchilikdir. Ingliz tilida imlo qoidalari ba'zan murakkab bo‘lishi mumkin, ayniqsa, bir xil talaffuzga ega bo‘lgan, lekin yozuvda turlicha bo‘lgan so‘zlar mavjud.

  1. Yozishning rasmiy va norasmiy shakllari:

Talabalar rasmiy va norasmiy yozuv shakllari o‘rtasidagi farqni tushunish va ularga mos yozuvni tanlashda qiynalishadi. Maktublar, hisobotlar yoki tadqiqot ishlarini yozishda talabalar rasmiy tilni qo‘llashda muammolarga duch kelishlari mumkin, ayniqsa, norasmiy tilda erkin yozishning o‘rgangan bo‘lsa.

  1. Motivatsiya va yozuvga qiziqish:

Ba'zi talabalar yozuv mashqlariga kamroq qiziqish bildirishlari yoki bu jarayonni zerikarli deb bilishlari mumkin. Yozma mashqlarni bajarishda talabalarni rag‘batlantirish va ularni motivatsiya qilish juda muhim, chunki bu talabalarning yozishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

  1. Vaqtni boshqarish:

Yozma mashqlarni bajarishda vaqtni samarali boshqarish ham muhim ahamiyatga ega. Talabalar ko‘pincha yozuv uchun etarli vaqt ajratmasliklari mumkin, bu esa ularning fikrlarini to‘liq ifodalash va xatolarni tahlil qilish imkoniyatiga ta'sir qiladi (Dewey, 1938).

Ingliz tilida yozma mashqlarni bajarishdagi qiyinchiliklar talabalarning tilni o‘rganish jarayonida tabiiy ravishda yuzaga keladi. Bu qiyinchiliklarni yengish uchun turli pedagogik usullar, mashqlar va strategiyalarni qo‘llash zarur. Grammatika, imlo, yozuvning tuzilishi, fikrlarni aniq ifodalash va ijodiy yondashuvlarni o‘rganish orqali talabalar yozma ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin. Shuningdek, motivatsiya va qiziqishni oshirish ham yozuv mashqlarining samaradorligini oshiradi. (Jalolov.J.,2012)

 Talabalar ko‘pincha o‘rganilayotgan tilni ona tili qoidalari va uslublariga asoslanib ishlatishga harakat qilishadi. Biroq, bu ba’zan pragmatik noaniqlik va xatolarga olib keladi. Rustamov pragmatik xatolar ko‘pincha o‘rganuvchilar ona tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirilgan nutq andozalarini qo‘llashlari bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. Kasper til o‘rganishda pragmatik transferning, ya’ni ona tilidan o‘zlashayotgan tilda me’yorlarni to‘g‘ri qabul qilmaslik holatlarini tadqiq qilgan. Bu talabalar pragmatikme’yorlarni bir til sistemasidan ikkinchisiga o‘tkazish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelishlarini ko‘rsatadi (Hyland, 2003).

Yozma mashqlarni bajarishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish omillari talabalarning yozma ko‘nikmalarini rivojlantirish va yaxshilashga yordam beradi. Quyida yozma mashqlarni bajarishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiya etilgan asosiy omillarni ko‘rib chiqamiz:

  1. Grammatika va imlo xatolari bartaraf etish omillari:

Grammatikani mustahkamlash: Talabalarga ingliz tilidagi grammatik qoidalarni doimiy ravishda o‘rgatish va ularni mashqlar orqali mustahkamlash. Har bir grammatik qoidani tushuntirib, misollar bilan ko‘rsatish.

Grammatika va imlo mashqlari: Muntazam ravishda grammatika va imlo mashqlarini bajarish. Masalan, fe'l shakllarini, zamonlarni va so‘zlar tartibini takrorlash.

Xatolarni tahlil qilish: Talabalar o‘z yozuvlaridagi xatolarni tahlil qilib, ularni to‘g‘ri shaklga keltirishga o‘rganishlari kerak. O‘qituvchi xatolarni ko‘rsatib, to‘g‘ri variantni tushuntirishi kerak.

  1. So‘z boyligi bartaraf etish omillari:

So‘z boyligini kengaytirish: Talabalarga yangi so‘zlar va iboralarni o‘rgatish. Har bir yangi so‘zni kontekstda ishlatishga yordam berish. Sinonimlar bilan ishlash: Talabalarga bir xil ma'no uchun turli sinonimlar va iboralarni o‘rgatish, bu ularning yozish malakalarini boyitadi. So‘zlarni o‘rganishning turli usullari: So‘zlarni turli xil o‘quv usullari (jumladan, flashkartalar, so‘zlar jadvali) yordamida o‘rgatish. Talabalar o‘zlarining so‘z boyligini kundalik mashqlar orqali rivojlantiradilar.

  1. Yozuvning tuzilishi va mantiqiy xatolar bartaraf etish omillari:

Yozuvni rejalashtirish: Talabalarni yozuvni boshlashdan oldin qisqacha reja tuzishga undash. Reja yozuvning tuzilishini aniqlashga va mantiqiy ravishda fikrlarni bog‘lashga yordam beradi. Matnni bo‘limlarga ajratish: O‘quvchilarga yozuvning asosiy qismlarini (kirish, asosiy qism, xulosa) to‘g‘ri ajratish va har bir qismda nima yozilishi kerakligini tushuntirish. Mashq qilish va tahlil.Talabalarni boshqa talabalarning yoki o‘qituvchining yozgan matnlarini tahlil qilishga undash. Bu ularga yozuv tuzilishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

  1. Fikrlarni aniq ifodalash bartaraf etish omillari:

Soddalashtirish: Talabalarni yozuvda soddalashtirishga, murakkab tuzilmalarni va so‘zlarni ishlatmaslikka o‘rgatish. Fikrlar aniq va lo‘nda ifodalanishi kerak. Fikrni tashkil etish: Talabalarga o‘z fikrlarini qanday mantiqiy tartibda bayon qilishni o‘rgatish, har bir fikrni izchil tarzda rivojlantirish. Tahrir qilish va qayta yozish: Talabalarni yozgan matnlarini qayta ko‘rib chiqishga, xatolarni tuzatishga va ifodani yaxshilashga o‘rgatish. Bu jarayon talabaga yozuvni yanada aniq va ravon qilishga yordam beradi.

  1. Ijodiy yozuvdagi qiyinchiliklar bartaraf etish omillari:

Ijodiy mashqlar: Talabalar uchun ijodiy yozuv mashqlarini muntazam ravishda bajarish. Misol uchun, hikoya, esse yoki boshqa turdagi matnlarni yozish. Ilhomlantirish: Talabalarga ijodiy yozuv uchun qiziqarli va motivatsion mavzularni taqdim etish. Ular o‘z fikrlarini yaratish va ularni qiziqarli tarzda ifodalashni o‘rganishlari kerak. Ko‘proq yozish: Talabalarni ko‘proq yozuvni bajarishga undash. Bu ularning yozuv texnikasini takomillashtiradi va ijodiy fikrlarni ifodalashda yordam beradi.

  1. Imloviy xatolar bartaraf etish omillari:

Imlo qoidalarini o‘rganish: Talabalarni imlo qoidalarini o‘rganishga va ularni yozuvda qo‘llashga undash. Har bir so‘zning to‘g‘ri yozilishiga e'tibor berish. Texnologiya yordamida tekshirish: Talabalar o‘z yozuvlarini kompyuter yoki mobil ilovalar orqali tahrir qilish va imlo xatolarini aniqlashni o‘rganishlari kerak. Imloviy mashqlar: Imlo qoidalarini mustahkamlash uchun maxsus mashqlarni bajarish. Misollar bilan ishlash, so‘zlarni to‘g‘ri yozishga yordam beradi.

  1. Vaqtni boshqarish bartaraf etish omillari:

Vaqtni rejalashtirish: Talabalarga yozma mashqlarni bajarish uchun vaqtni qanday rejalashtirishni o‘rgatish. Yozuvni boshlashdan oldin vaqt belgilash va yozuv jarayonini samarali tashkil etish. Mashqlarni vaqtga qarab bajarish: Talabalar uchun tez yozish mashqlarini tashkil etish. Bu ularga yozuvni ma'lum vaqt ichida yakunlashga yordam beradi. Yozuv jarayonida vaqtni tejash: Talabalar uchun yozuvni tez va samarali bajarish bo‘yicha maslahatlar berish, masalan, tezkor yozuv usullarini o‘rganish.

  1. Motivatsiya va qiziqishni oshirish bartaraf etish omillari:

Muvaffaqiyatlarni rag‘batlantirish: Talabalar o‘z yozuvlaridagi muvaffaqiyatlarni ko‘rishlari va yutuqlarini tan olishlari kerak. Bu ularni yanada yaxshi yozish uchun rag‘batlantiradi.

Qiziqarli mavzular: Yozuv mashqlarini bajarishda qiziqarli va talabalarga motivatsiya beradigan mavzularni tanlash. Bu, o‘quvchilarning yozuvga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Pozitiv fikr: Yozma mashqlarni bajarishda talabalarni ijobiy fikr bilan rag‘batlantirish va ularga yozuvni davom ettirish uchun qo‘llab-quvvatlash (Hyland, 2006).

Yozma mashqlarni bajarishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun talabalar uchun samarali o‘quv usullarini tanlash zarur. Grammatik, imloviy va stilistik xatolarni kamaytirish, so‘z boyligini oshirish, yozuvni to‘g‘ri tuzish va ijodiy fikrlarni ravon ifodalashga yordam berish uchun doimiy mashqlar va tahlil qilish muhimdir. Shuningdek, vaqtni boshqarish va motivatsiya bilan bog‘liq omillarni hisobga olish talabalar uchun yozuv jarayonini samarali va qiziqarli qilishga yordam beradi.

Библиографические ссылки

Donald M ., (1985) The Craft of Writing.

Dewey, J. (1938). Experience and Education.

Harmer, J. (2007). "The Practice of English Language Teaching. Oxford University Press.

Hyland, K. (2006). English for Academic Purposes: An Advanced Resource Book. Routledge.

Hyland, K. (2009). Academic Discourse: English in a Global Context. Continuum.

Hyland, K. (2003). "Second Language Writing."

Jalolov. J. (2012) Chet tili o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

Jo‘rayev, G‘. (2020). Til o‘qitish metodikasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Fan va Texnologiya nashriyoti.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Гулназхон Алимова,
Узбекский государственный университет мировых языков

Преподаватель английского языка

Как цитировать

Алимова, Г. (2025). Трудности выполнения письменных упражнений для учащихся по английскому языку и факторы их преодоления. Лингвоспектр, 4(1), 150–154. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/284

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.