Comparative analysis of traditional and modern methods in teaching English

Authors

  • Samarkand State Institute of Foreign Languages
Сравнительный анализ традиционных и современных методов обучения английскому языку

Abstract

This article presents a comparative analysis of traditional and modern methods in teaching English. Traditional methods focus on grammar and writing skills, emphasizing the teacher's role. Modern methods, on the other hand, aim to develop communicative skills, increase student engagement, and incorporate technology. The article analyzes the objectives, approaches, and significance of these methods in the learning process, examining their impact on the effectiveness of education.

Keywords:

Traditional methods Modern methods Grammar-translation Communicative approach Technology Engagement Language teaching Independent learning Interactive education Comparative analysis

Ingliz tilini o‘qitish metodlarini an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar asosida tahlil qilish, har bir metodning pedagogik xususiyatlarini va til o‘rganish jarayonidagi o‘zgarishlarni tushunishga yordam beradi. An’anaviy va zamonaviy metodlar o‘rtasidagi farqlar, til o‘qitishning maqsadi, usullari, o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar va o‘rganish jarayonidagi yondashuvlar bilan bog‘liq. Quyida an’anaviy va zamonaviy metodlarning qiyosiy tahlili keltirilgan:

O‘quvchilarga Yondashuv tamoyiliga ko‘ra:

An’anaviy metodlarda til o‘rgatish asosan o‘qituvchining faoliyati va uning ko‘rsatmalari asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmalariga amal qilib, tilni o‘rganadilar. Masalan, grammatik-translation metodida o‘quvchilar grammatik qoidalar va tarjimaga asoslangan mashqlarni bajaradilar, nutq ko‘nikmalariga esa kam e’tibor beriladi. Zamonaviy metodlarda til o‘rganish jarayoni ko‘proq o‘quvchining faolligi, ijodiy fikrlash va muloqot qilishiga asoslanadi. O‘quvchilar o‘zaro suhbatlar, ro‘l o‘ynashlar, vazifalar bajarish orqali tilni o‘rganadilar. Masalan, kommunikativ yondashuvda o‘quvchilar real hayotdagi vaziyatlar asosida tilni o‘rganadilar va o‘z fikrlarini ifodalashda qatnashadilar. Jalolov J. o‘zining “Chet tillarni o‘qitish metodikasi” kitobida grammatik qoidalarni o‘rgatishda kommunikativ yondashuvning muhimligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, til nafaqat o‘quvchilarga nazariy bilim berish vositasi, balki amaliy muloqotni tashkil etuvchi vosita sifatida qaralishi kerak. Jalolovning so‘zlariga ko‘ra, tilni o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni faol suhbatga jalb qilish dars samaradorligini oshiradi (Jalolov J., 2006).

Tilni O‘rganishning Maqsadiga ko‘ra:

An’anaviy metodlarda til o‘rganishning asosiy maqsadi grammatik qoidalarni o‘rganish va yozma tilni rivojlantirishdir. Bu metodda tilni o‘rganish asosan kitoblar, tarjimalar va matnlarni o‘qish orqali amalga oshiriladi. Bu metodda o‘quvchilar grammatik qoidalarni o‘rganib, so‘zlarni tarjima qilish orqali tilni o‘rganadilar. Zamonaviy metodlar esa tilni real hayotdagi muloqotda ishlatishga yo‘naltirilgan. Maqsad – o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish, tilni suhbatlarda va amaliy vaziyatlarda qo‘llashga o‘rgatishdir. O‘quvchilar real vaziyatlarda tilni ishlatishni o‘rganadilar, masalan, suhbatlar, intervyular, guruhli muhokamalar orqali.

  O‘quv Jarayonida Qo‘llaniladigan Yondashuvga ko‘ra:

An’anaviy metodlar asosan an’anaviy darsliklar, grammatik mashqlar va tarjima asosida tilni o‘rganishga qaratilgan. Bu metodda ko‘proq o‘qish va yozish faoliyatlariga urg‘u beriladi. O‘quvchilar ko‘proq individual ravishda ishlaydilar va darslar odatda o‘qituvchi tomonidan boshqariladi. Zamonaviy metodlar interaktiv, o‘quvchilarga yo‘naltirilgan va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi yondashuvlarga asoslanadi. O‘quvchilar guruhli ishlar, muloqot, multimedia vositalaridan foydalangan holda tilni o‘rganadilar. Misol uchun, task-based learning (vazifalar asosida o‘qitish) metodida o‘quvchilar real hayotdagi vazifalarni bajarish orqali tilni o‘rganadilar. Xoshimov O. esa “Chet tilini o‘qitishda interfaol metodlar” maqolasida interfaol usullarning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Uning fikricha, o‘quvchilarni kichik guruhlarda ishlashga va jamoaviy loyiha tayyorlashga yo‘naltirish tilni o‘rgatishning eng samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Xoshimov, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotni ta’limning asosiy elementi sifatida ko‘radi (Xoshimov O., 2010).

An’anaviy metodlarda grammatikaga ko‘proq e’tibor beriladi, nutq ko‘nikmalariga esa kamroq ahamiyat beriladi. O‘quvchilar asosan yozma tarzda ishlaydilar va grammatik qoidalar asosida tilni o‘rganadilar. Nutq ko‘nikmalari (suhbatlashish, tinglash) deyarli e’tiborsiz qoladi. Zamonaviy metodlar grammatikani o‘rganishning yonida, nutq ko‘nikmalariga ham katta e’tibor beradi. O‘quvchilar tilni nafaqat yozma, balki og‘zaki tarzda ham o‘rganadilar. Komunikativ yondashuvda o‘quvchilar suhbatlashish, tinglash va o‘z fikrlarini ifodalashni rivojlantirishga intilishadi. An’anaviy metodlar asosan an’anaviy darsliklar va o‘qituvchining o‘rganish jarayonidagi ishtiroki bilan cheklanadi. Texnologiyalarning qo‘llanilishi cheklangan va faqat qo‘shimcha vosita sifatida ishlatiladi. O‘quvchilar asosan darsliklar, yozma mashqlar, va o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan mashqlar yordamida tilni o‘rganadilar. Zamonaviy metodlarda texnologiyalar va interaktiv vositalar muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar multimedia, internet manbalari, interaktiv platformalar orqali tilni o‘rganadilar. Masalan, flipped classroom (orqaga aylantirilgan o‘qitish) metodida o‘quvchilar darsdan tashqari o‘rganishni boshlaydilar va darslarda o‘rganilgan ma’lumotni amaliyotda qo‘llashadi.

An’anaviy metodlarda o‘qituvchi bu metodda dominanta bo‘lib, o‘quvchilarni ma’lum bir reja bo‘yicha boshqaradi. O‘qituvchining roli ma’lumotni yetkazish, mashqlarni nazorat qilish va xatoliklarni tuzatishdan iborat bo‘ladi. O‘qituvchi barcha faoliyatni boshqaradi va o‘quvchilarni ko‘rsatmalariga asoslanib o‘rganishadi. Zamonaviy metodlarda o‘qituvchining roli yo‘naltiruvchi, yordam beruvchi va motivatsion bo‘lib, o‘quvchilarning o‘z fikrlarini ifodalashiga imkon yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganish jarayonida faqat yo‘naltiruvchi sifatida yordam beradi, o‘quvchilar esa mustaqil ravishda tilni o‘rganishga intilishadi. Jumladan, Ahmedova L.T. ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari haqida shunday deydi: "Pedagogik texnologiyalar talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Ayniqsa, kommunikativ yondashuvdan foydalanish chet tilini real hayotdagi muloqot vositasi sifatida o‘rganishga yo‘naltiradi" (Ahmedova L.T. 2009). Uning fikricha, zamonaviy metodlar o‘quvchilarning faolligini oshirishda samarali bo‘lib, texnologiyalar yordamida o‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi va yordamchi rolini bajaradi. Ahmedova zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda multimedia, elektron resurslar va interfaol platformalarning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, u pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarda ijodiy fikrlash va jamoaviy ish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi: "Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish talabalar muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlaydi va ular bilim olish jarayonini yanada qiziqarli qiladi" (Ahmedova L.T., 2009).

An’anaviy va zamonaviy metodlar o‘rtasidagi asosiy farq o‘quvchilarning faolligi, tilni o‘rganishning maqsadi va yondashuvlarida namoyon bo‘ladi. An’anaviy metodlar tilni grammatik va yozma shaklda o‘rganishga, zamonaviy metodlar esa tilni kommunikatsiya, interaktivlik va texnologiyalar orqali o‘rganishga yo‘naltirilgan. Zamonaviy metodlar o‘quvchilarga tilni real hayotdagi vaziyatlarda qo‘llash imkonini beradi va ularning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, an’anaviy metodlar esa tilning strukturalariga ko‘proq e’tibor qaratadi. An’anaviy va zamonaviy metodlar orasidagi farqlarni yanada chuqurroq tahlil qilish uchun, til o‘qitishda metodlarning amaliy qo‘llanilishi, o‘quvchilarni qanday rag‘batlantirishi, darsni tashkil etish va o‘qituvchining roli kabi masalalarni ko‘rib chiqish zarur.

An’anaviy metodlarda o‘quvchilar ko‘pincha o‘qituvchining nazorati ostida ishlaydilar. Bu metodlar odatda kamroq rag‘batlantirishga ega, chunki o‘quvchilar ko‘proq passiv rolda bo‘lishadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi o‘rganish materialini taqdim etish va o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishdir. Bu metodlarda, o‘quvchilar xatolik qilishdan qo‘rqib, o‘z fikrlarini ifodalashda pasayish ko‘rsatishi mumkin. Zamonaviy metodlar o‘quvchilarni faol ravishda o‘qitish jarayoniga jalb qiladi, shu bilan birga, ularni o‘zgartirishga, ijodiy fikrlashga va o‘z fikrlarini erkin ifodalashga undaydi. O‘quvchilarni amaliy vazifalar orqali rag‘batlantirish (masalan, muammolarni hal qilish, rolli o‘yinlar, guruhli loyihalar) yordamida ularning o‘zaro hamkorligi va tilga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi. Bu metodlar, o‘quvchilarni sinovlardan yoki klassik xatoliklardan qo‘rqmasdan o‘rganishga rag‘batlantiradi.

An’anaviy metodlarda o‘qitish jarayoni odatda an’anaviy shaklda olib boriladi, bunda o‘qituvchi talabalar bilan bir tomonlama muloqotda bo‘ladi. O‘quvchilar tomonidan faol ishtirok etish kam bo‘ladi, chunki o‘qituvchi darsni boshqaradi, darslar esa ko‘pincha bir xil shaklda va o‘qituvchining ko‘rsatmalariga asoslangan bo‘ladi. Interaktivlik kam yoki deyarli yo‘q. Zamonaviy metodlar interaktiv, muloqotga yo‘naltirilgan va o‘quvchilarning bir-birlaridan o‘rganishi uchun imkoniyat yaratadigan usullardan foydalanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga faoliyatda ishtirok etish, o‘zaro fikr almashish va guruh ishlari orqali tilni o‘rganish imkonini beradi. Ahmedova N. chet tillarni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni tavsiya etadi. Unga ko‘ra, dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi, balki ularning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ahmedova multimediya vositalaridan foydalanishni tilni o‘rgatishning samarador usuli sifatida ko‘rsatadi (Ahmedova N., 2013).

An’anaviy metodlar ko‘proq o‘qish va yozish bo‘yicha mashqlarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar bunday metodlarda ko‘proq yozma tilni o‘rganishga yo‘naltirilgan va ular mustaqil ishlashdan ko‘ra, o‘qituvchining ko‘rsatmalariga asoslanadilar. Shu sababli, mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash imkoniyatlari cheklangan bo‘lishi mumkin. Zamonaviy metodlar o‘quvchilarni mustaqil ishlashga undaydi, shu bilan birga ular o‘z fikrlarini erkin ifodalashga, yangi tushunchalarni kashf qilishga va tilni amaliy qo‘llashga o‘rgatadi. Mustaqil faoliyatlar, masalan, o‘zaro suhbatlar, til asosida muloqot, internet resurslaridan foydalanish orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini kengaytiradilar va mustahkamlaydilar.

An’anaviy metodlar texnologiyalarni kam yoki deyarli umuman qo‘llamaydi. Darslar odatda faqat darsliklar va yozma materiallar yordamida olib boriladi. O‘quvchilar ko‘proq an’anaviy o‘qish va yozish faoliyatlari bilan shug‘ullanadilar. Zamonaviy metodlar texnologiyalarning samarali qo‘llanilishiga asoslanadi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar texnologiyalar yordamida interaktiv darslar o‘tkazadilar, video materiallar, onlayn platformalar, mobil ilovalar orqali til o‘rganish jarayoni yanada samarali bo‘ladi. Aralash o‘qitish (Blended learning) va flipped classroom (teskari dars usuli) kabi yondashuvlar texnologiyalarni o‘qitishda samarali foydalanish imkonini beradi, bu esa o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini mustahkamlashga yordam beradi. Jeremy Harmerning ta’kidlashicha, kommunikativ yondashuv o‘quvchilarni real hayotiy muloqotga tayyorlaydi, bu esa ingliz tilini o‘rganuvchilarning motivatsiyasini oshiradi (Harmer, J. 2007).

Grammatik-translation metodida grammatikani o‘rganishga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilar grammatik qoidalarni o‘rganadilar va tarjima qilish orqali tilni o‘zlashtiradilar. Grammatika va lug‘atga asoslangan yondashuvning maqsadi — tilning strukturaviy jihatlarini mukammal o‘rganish. Zamonaviy metodlar grammatikani amaliy kontekstda o‘rganishni rag‘batlantiradi. Grammatikaga bo‘lgan e’tibor asosan real muloqotda, tilni ishlatish jarayonida yuzaga keladigan ehtiyojlarga bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar grammatika qoidalarini amaliy vazifalar, suhbatlar va interaktiv mashqlar yordamida o‘rganadilar.

An’anaviy metodlar ko‘proq o‘qituvchining faoliyati va darsning bir tomonlama olib borilishiga asoslanadi. Darslarda ko‘pincha o‘qituvchi o‘quvchilarga nazariy bilimlarni taqdim etadi va o‘quvchilar ko‘proq yozma mashqlarni bajaradilar. Darslarning struktura va rejalashtirilishi an’anaviy shaklda bo‘ladi. Zamonaviy metodlar darslarni interaktiv tarzda tashkil etadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zaro faoliyat, guruh ishlarini tashkil qilish va tilni qo‘llashga imkon yaratadi. O‘quvchilar ko‘proq muammolarni hal qilish, rol o‘ynash, amaliy faoliyatlar orqali darsni tashkil etadilar.

An’anaviy va zamonaviy metodlar o‘rtasidagi farqlar o‘quvchilarga berilgan yondashuv, o‘qituvchining roli, texnologiyalarning qo‘llanilishi, o‘rganish jarayonida aktivlik va mustaqillikka berilgan e’tibor kabi masalalarda namoyon bo‘ladi. An’anaviy metodlar grammatikani va yozma tilni o‘rganishga asoslangan bo‘lsa, zamonaviy metodlar o‘quvchilarni real hayotdagi vaziyatlarda tilni qo‘llashga va muloqotga rag‘batlantiradi. Zamonaviy metodlarning texnologiyalarni qo‘llash va interaktiv yondashuvlar yordamida tilni o‘rganish jarayoni yanada samarali va qiziqarli bo‘ladi, bu esa o‘quvchilarni mustaqil ishlashga, ijodiy fikrlashga va tilni amaliy qo‘llashga undaydi. Nunanning fikricha, vazifa asosida o‘qitish (task-based learning) talabalarga amaliy vazifalar orqali o‘z bilimlarini qo‘llash imkonini beradi, bu esa ularning qiziqishi va o‘rganish samaradorligini oshiradi (Nunan, D., 2004).

An’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, har ikkala metodning o‘ziga xos afzalliklari va cheklovlari mavjud. An’anaviy yondashuvlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashda, grammatikani chuqur o‘zlashtirishda muhim bo‘lsa, zamonaviy yondashuvlar talabalarning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni real hayotga tayyorlash va o‘quv jarayoniga qiziqishini oshirishda samaralidir. Zamonaviy metodlarning kommunikativ va interfaol xususiyatlari o‘quvchilarning mustaqillik va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu yondashuvlar orqali talabalar faqat tilni o‘rganish bilan cheklanib qolmay, balki uni kundalik hayotda faol qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Biroq, bu metodlarning muvaffaqiyati o‘qituvchining malakasi, o‘quv materiallarining sifati va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liq. Shunday ekan, eng yaxshi natijalarga erishish uchun an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarni birlashtirish, ularni muvofiqlashtirgan holda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, o‘quv jarayonida innovatsion texnologiyalar va metodlardan foydalanish orqali ta’lim sifati oshadi, talabalar esa o‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. O‘zbek va chet el metodist olimlarining fikrlari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda o‘quvchilar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur. Shunday qilib, o‘quv jarayonini zamonaviy talablarga mos tarzda tashkil etish orqali ta’limning mazmuni va sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.

References

Ahmedova N. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. Toshkent: Innovatsiya, 2013

Ахмедова Л.Т. Роль и место педагогических технологий в профессиональной подготовке студентов. – Т.: 2009.

Жалолов Ж.Ж. Чет тил ўқитиш методикаси. – Т.: Ўқитувчи, 2012.

Хошимов О. Чет тил ўқитишнинг инновацион технологиялари. – Т.: Фан, 2010.

Richards, J.C., & Rodgers, T.S. Approaches and Methods in Language Teaching. 3rd Edition. – Cambridge: Cambridge University Press, 2014.

Brown, H.D. Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy. – New York: Pearson Education, 2007.

Harmer, J. The Practice of English Language Teaching. – Harlow: Pearson Longman, 2007.

Khandamova, F., & Khandamov, L. (2024). LINGUACULTURAL FEATURES OF RELIGIOUS ONOMASTIC WORDS IN ENGLISH. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 216-218. https://doi.org/10.2024/r22gym20

Khandamova, F., & Karimova, Sh.V. 2024. AN ANALYSIS OF RELIGIOUS ONOMASTIC WORDS IN “THE PICTURE OF DORIAN GRAY” BY OSCAR WILDE. International journal of artificial intelligence. 4, 03 (May 2024), 342–344

Larsen-Freeman, D., & Anderson, M. Techniques and Principles in Language Teaching. 3rd Edition. – Oxford: Oxford University Press, 2011.

Skehan, P. A Cognitive Approach to Language Learning. – Oxford: Oxford University Press, 1998.

Ellis, R. Task-Based Language Learning and Teaching. – Oxford: Oxford University Press, 2003.

Ur, P. A Course in Language Teaching: Practice and Theory. – Cambridge: Cambridge University Press, 1996.

Published

Author Biography

Feruza Xandamova,
Samarkand State Institute of Foreign Languages

Teacher

How to Cite

Xandamova, F. (2025). Comparative analysis of traditional and modern methods in teaching English. The Lingua Spectrum, 4(1), 202–206. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/293

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.