The Potential of Artificial Intelligence in Developing Second Language (English) Speaking Skills

Authors

  • Bukhara University of innovative education and medicine
отенциал искусственного интеллекта в развитии навыков устной речи

Abstract

This article explores the significance, opportunities, and conveniences of learning foreign languages (with English as an example) through intelligent devices based on artificial intelligence, which have revolutionized all fields and simplified human life with their limitless potential. Various studies conducted on this topic have been reviewed. Comprehensive research was carried out to demonstrate the effectiveness of artificial intelligence in improving learners’ speaking practice and oral communication skills, supported by practical experiments. Furthermore, previous experiments and their practical results were analyzed, providing several well-founded and proven insights in this article. The study also examines the potential of technology, data protection, and the impact of integrating artificial intelligence into language learning. Additionally, it addresses the ethical guidelines and usage instructions for learning languages through artificial intelligence, focusing on maximizing the advantages of technology in language acquisition while minimizing potential challenges. The article discusses the practical measures implemented in this regard.

Keywords:

Artificial Intelligence AI devices foreign language learning English language opportunities

KIRISH

Chet tillarini o‘rganish bilamizki insondan anchagina vaqt, sabr va bir muncha mablag‘ ham talab qiladi. Jumladan dunyo tillari ro‘yxatiga kiritilgan ingliz tili bugungi kunda o‘rganilish darajasiga ko‘ra eng ko‘p o‘rganilgan til bo‘lib reytingning birinchi pog‘onasini egallagan edi.(2023) Hozirda bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 1.5 milliardga yaqinni tashkil etadi, qolaversa, dunyodagi 40 ta davlat bu tilni o‘zining rasmiy tili deb e’lon qilgan(Kasimova, M.A,2024). Yildan yilga bu tilni o‘rganuvchilarning soni ortib bormoqda.  Buni O‘zbekiston misolida ko‘radigan bo‘lsak 2023 yildagi statistika ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston dunyoda ingliz tilini o‘rganish darajasi bo‘yicha 93- o‘rinni egallagan. Albatta, bu dunyo miqyosida hisoblanganda yomon ko‘rsatkich emas. O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganuvchilarning 59 % ni 40 yoshdan past bo‘lgan ayollar tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki til o‘rganuvchilarning asosiy bo‘g‘inini ayollar tashkil qiladi. Qadriyatlarimizdan kelib chiqib tahlil qiladigan bo‘lsak o‘zbek ayollarining oilasi oldidagi majburiyatlari va ma’suliyatlari bisyorgina. Kelinlik, onalik, rafiqalik vazifalaridan ortib til o‘rganishi esa bu juda katta yutuq va jasorat ham hisoblanadi. Sababi ayol shuncha vazifalaridan ortib qo‘shimcha mutaxasislarning darslariga ham qatnashishi kerak bu esa o‘z navbatida vaqt, pul, jismoniy energiya talab etadi. Ammo bugungi kunning inqilobiy kashfiyoti bo‘lgan sun’iy intellektning aynan xorijiy til o‘rganuvchilari uchun dasturlangan qurilmalari mana shunday imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun ayni muddao bo‘ladi. Ular uydan chiqmagan holatda hech qanday mablag‘ sarflamagan holda xorijiy tillarning barcha ko‘kmalarini samarali o‘rganisha olishadi. Buni ingliz tilida ko‘radigan bo‘lsak ingliz tilini bilish darajasini tekshiruvchi xalqaro IELTS xalqaro imtihoni haqida barchamizga ma’lum. Bu imtihonning 4 ta qoidalar asosida tuzilgan shartlari mavjud bo‘lib ular til o‘rganuvchisining gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini maxsus shartlar asosida tekshiradi va 9 ballik Sistema asosida baholaydi. Albatta, xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritish oson emas.

Chet tilida kommunikatsiya ko‘nikmalariniegallash nafaqat oilali ayollar uchun balki, ko‘plab yosh talabalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug‘diradi. Shu nuqtai nazardan,bugungi kunda sun’iy intellekt nutqdagi ravonlik va aniqlikni optimallashtirishda katta salohiyatga ega turli vositalarni taqdim etadi. Ushbu maqola sun’iy intellektning xorijiy til (ingliz til)ni o‘rganishga ta’sirini o‘rganadi. So‘nggi olib borilgan va olib borilayotgan tadqiqot natijalariga ko‘ra sun’iy intellekt vositalarining ikkinchi tilda gapirish ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi samaradorligini ko‘rsatadi. Xorijiy tilda gapirish ko‘kmasini mukammal egallash uchun avvalo o‘rganuvchidan ush bu tilda juda ko‘p muloqot qilish, amaliyotda qo‘llash so‘raladi. Har bir insonning og‘iz artikulatsion tuzilmasi o‘zining ona tiliga moslashgan bo‘ladi sababi u yoshligidan shu tilda gapirib kelgan va yuz-jag‘ muskullari o‘sha tilning artikulatsion holatiga moslashib qolgan bo‘ladi. Albatta, bu ham insonga ikkinchi chet tilida ravon gapirishiga bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ingliz tilini o‘rganuvchi inson avvalo o‘ziga bu tilni o‘rganishida ko‘mak beradigan partniyor sherik topishi maqsadga muvofiq ammo bu ham qator qiyinchiliklarga ega, Jumladan , topgan partniyor sherigingizning vaqti bilan sizning bo‘sh vaqtingiz to‘g‘ri kelmasligi mumkin, uning qiziqishlari bilan sizning qiziqishlaringiz balki yoshlaringizda ham farqlar bo‘lishi mumkin. Bular esa o‘z o‘zidan ikki tomonning ham ishtiyoqini so‘ndiradi. Ba’zi hollarda siz xorijlik partniyor sherik ham topishingiz mumkin ammo , xorijiy mamlakatning vaqti bilan sizning mamlakatingiz vaqtlari mutanosib kelmasligi mumkin albatta bu ham o‘rganish tezligini kamaytiradi. Mana shunday muammolarni bartaraf etib sizga xorijiy tilni yorqin tarzda o‘rganishingizda beminnat ko‘makchi bo‘lib sun’iy intellektning xorijiy til o‘rganish uchun dasturlashtirilgan qurilmalari yordam beradi.Sun’iy intellekt nafaqat o‘rganish tezligini oshiradibalki samaradorlilik darajasi ham sezilarli darajada o‘sadi. Buni o‘tkazilgan gan tadqiqotlar misolida ko‘rishingiz mumkin.

TADQIQOT USULLARI

Tadulako universiteti va Al-Azhar Al-Sharif universitetlarida Novita Pratiwi,  A. Gusti Efendy, Happy Cruzia Rini ,Nagy Abdelraouf Ahmedlar tomonidan tadqiqotlar olib borildi va tadqiqot natijalari quyidagicha xulosalandi: Mazkur tahlilda ChatGPT’ning ovozli suhbat funksiyasi chet tilini, ayniqsa gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi potensiali o‘rganildi. Ushbu texnologiya o‘zida qulaylik, moslashuvchanlik va shaxsiylashtirilgan fikr-mulohazalarni taqdim etish kabi qator afzalliklarni mujassam etib, til o‘rganish jarayonining samaradorligini oshirish imkonini beradi. (Makhlouf, M. K. I. 2021) O‘rganish jarayonida talabalar bosimsiz muhitda muloqot qilish, talaffuz va ravonlik bo‘yicha tezkor fikr-mulohaza olish hamda til bilan faol va interaktiv tarzda shug‘ullanish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.Shu bilan birga, mazkur texnologiyaning ayrim cheklovlari ham mavjud. ChatGPT inson muloqotini simulyatsiya qilgan taqdirda ham, haqiqiy hayotdagi muloqotlarning murakkab jihatlari va nozikliklarini to‘liq aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, fikr-mulohazalarning sifati, til modelidagi ehtimoliy tarafkashlik va sun’iy intellektga haddan tashqari tayanishning axloqiy jihatlari kabi masalalar muammoli bo‘lib qolmoqda.ChatGPTni til o‘rgatish jarayonida to‘laqonli vositaga aylantirish uchun kelgusidagi tadqiqotlar ushbu cheklovlarni bartaraf etishga qaratilishi va uni o‘qitish amaliyotiga innovatsion yondashuvlar orqali joriy qilish yo‘llarini izlashlari zarur. Mazkur texnologiyaning imkoniyatlari va mavjud muammolarini har tomonlama baholash orqali o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar undan foydalanish borasida oqilona qarorlar qabul qilishlari mumkin.

 Joriy o‘quv yilning boshida Buxoro innavatsion ta’lim va tibbiyot universitetining xorijiy tillar yo‘nalishi talabalari bilan shu universitetning umumta’lim fanlar kafedrasi assistenti og‘zaki nutq amaliyoti fani doirasida tadqiqot olib bordi. Mazkur tadqiqot 4 oy davom etdi. Tadqiqotga ko‘ra universitetda ingliz filologiyasida 4 ta guruh mavjud bo‘lib ularning 2 tasiga ChatGPT orqali ishlash metodlari o‘rgatildi va har kuni ChatGPT bilan suhbat qilish va suhbat yakunidagi sun’iy intellektning xulosa(feedback) si o‘qituvchiga online tarzda yuborilishi vazifa qilib berildi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra ChatGPT bilan kundalik suhbat olib brogan guruh talabalari qolgan 2 guruh talabalariga qaraganda sezilarli til ko‘nikmalarini egallashgan. Nutqiy ravonlikka va ChatGPT tomonidan berilgan kutilmagan savollarga xayolda tezda g‘oya topib uni nutqda ifodalash tezligi oshgan, Qolaversa, grammatik va nutqda so‘z qo‘llash bilan sodir bo‘ladigan xatolar ham sezilarli darajada kamaygan.

Ammo, bu qurilmaning hali nuqsonli tomonlari ham mavjud. Masalan talaffuz ya’ni til o‘rganuvchisi so‘zni xató talaffuz qilsa buni ChatGPT tahlil qilomaydi va so‘zlovchiga xató tallafuz qilding deb fikr-mulohaza bildirolmaydi, aksincha so‘zni xató tushunib ya’ni boshqa ma’noda tushunib o‘rinsiz fikr-mulohazalar bildirishi ham mumkin. ChatGPT talaffuzni tahlil qilish yoki talaffuzga oid fikr-mulohazalar berish imkoniyatiga ega emas. Bu esa o‘rganuvchilarning so‘zlar va tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishda zarur tuzatishlarni olishdan mahrum bo‘lishlariga olib keladi. Talaffuz bo‘yicha yetarli fikr-mulohaza olmaslik o‘rganuvchilar uchun so‘zlarni mustaqil ravishda to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, talaffuzdagi xatolar noto‘g‘ri tushunishga olib kelishi va ChatGPT tomonidan mos kelmaydigan javoblar berilishiga sabab bo‘lishi mumkin.Talaffuz gapirish ko‘nikmasining muhim jihati bo‘lib, u aniq muloqot qilish va tushunarli bo‘lish uchun zarurdir. O‘rganuvchilar so‘zlarni qanchalik to‘g‘ri talaffuz qilayotganliklari bo‘yicha fikr-mulohaza olmasa, ular talaffuzdagi aniqlikni oshirishda qiyinchilikka duch kelishlari va bu ularning umumiy gapirish samaradorligini pasaytirishi mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak ushbu aqlli qurilmaning bir qator foydali tomonlari mavjud. Masalan, ChatGPT’ni gapirish amaliyotiga joriy etish jarayonida uning imkoniyatlari va kamchiliklarini atroflicha tahlil qilish zarur. Bir tomondan, ChatGPT bir qancha ijobiy jihatlarni taklif etadi, jumladan, xatolar uchun tanqid qilinmaydigan muhitda mashq qilish, oilali va farzandli o‘rganuvchi ayollar uchun joy va vaqt tanlamaydigan hamisha olib yurib foydalansa bo‘ladigan suhbatdosh,turli mavzularda muloqot qilish imkoniyati, shuningdek, qulay va foydalanishga oson funksiyalari mavjud aqlli qurilmadir. Ushbu funksiyalar o‘rganuvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni faol ishtirok etishga rag‘batlantirish, shuningdek, moslashuvchanlik va shaxsiylashtirilgan fikr-mulohaza olish imkoniyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.Biroq, ChatGPT’dan foydalanishda ba’zi cheklovlar ham mavjud. Masalan, real vaqt rejimida ovozli muloqotning cheklanganligi, kontekstual tushunishdagi muammolar va texnologiyaga haddan tashqari qaram bo‘lish ehtimoli diqqat bilan tahlil qilinishi kerak. Ushbu kamchiliklar gapirish amaliyotining samaradorligini kamaytirishi va til ko‘nikmalarining har tomonlama rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

References

Akhmedov,B.A., Eshnazarova, M. Yu., Rustamov, U. R., Xudoyberdiyev, R. F. (2020). Cluster method of using mobile applications in the education process. Экономика и социум, 12(79).

“Artificial Intelligence in Language Education”. Educational Technology Review, 18(4), 156-170.

Dandu, G., & Gomatam, M. (2023). An Impact of Artificial intelligence tools on technical Students’ ESL Oral Communication Skills: A study. International Conference on Emerging Materials for Technological Applications. https://doi.org/10.1117/12.2686324

Da Silva Santos , F., & López Vargas , R. (2020). Efecto del Estrés en la Función Inmune en Pacientes con Enfermedades Autoinmunes: una Revisión de Estudios Latinoamericanos. Revista Científica De Salud Y Desarrollo Humano, 1(1), 46–59. https://doi.org/10.61368/r.s.d.h.v1i1.9

Freire Ramos, E. del R., Jaya Velaño, W. L., Flores Andrade, M. F., Soto Cuzco, J. P., Matute Macías, P. A., & Jijón Andrade, M. C. (2024). Quiste de colédoco en paciente pediátrico: Reporte de caso. Revista Científica De Salud Y Desarrollo Humano, 5(1), 28–45. https://doi.org/10.61368/r.s.d.h.v5i1.73

García, A., López, M., & Martínez, J. (2023). Improving Speaking Skills through Conversational Practice with Chatbots. Journal of Language Education and Technology, 10(2), 45-58.

Hoang, N. T., Han, D. N., & Le, D. H. (2023). Exploring Chatbot AI in improving vocational students’ English pronunciation. AsiaCALL Online Journal, 14(2), 140–155. https://doi.org/10.54855/acoj.231429

Jiang, Y. (2022). Artificial intelligence Technology for Python Test Simulation of Oral English Teaching Evaluation. 2022 Sixth International Conference on I-SMAC (IoT in Social, Mobile, Analytics and Cloud) (I-SMAC). https://doi.org/10.1109/i-smac55078.2022.9987280

Li, M., & Chen, J. (2017). The Impact of AI-Based Pronunciation Tutoring Systems on Oral Proficiency Development. Language Learning & Technology, 21(3), 124-142.

Makhlouf, M. K. I. (2021). Effect of Artificial Intelligence-Based Application on Saudi Preparatory-Year Students’ EFL Speaking Skills at Albaha University. International Journal of English Language Education, 9(2), 36. https://doi.org/10.5296/ijele.v9i2.18782

Nurmuhammad Duisenov , Bekjan Axmedov , (2021). Sun’iy intellekt va ekspert tizimlari.

Romero Noboa, W. P., Alvaracin Gavilanez, M. A., & Iguasnia Vallejo, J. P. (2024). Los

The methodological principles for developing environmental education in the republic of Uzbekistan Nargiza Dilova,*, Manzura Kosimova, Vazira Raxmanova1, Maftuna Hotamova, and Nigora Kuldosheva, E3S Web of Conferences538,05001,(2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453805001

Kasimova, M.A.(2024). Suniy intellekt orqali xorijiy til o‘rganuvchilarining faolligini oshirish va ta’lim jarayoniga jalb qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni. 2023-yil.

Communication culture skills of primary students in English language classes, Qo‘ldosheva Nigoraxon Avezmurodovna, Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development Volume 28, June - 2024 ISSN (E): 2751-1731. Website: www.sjird.journalspark.org

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453805001

https://kun.uz/uz/news/2022/09/08/suniy-intellekt-va-xavfsizlik-robotlarodamlar-ustidan-hukmronlik-qilishi-mumkinmi

Published

Downloads

Author Biography

Durdona Baxtiyorova ,
Bukhara University of innovative education and medicine

Assistant

How to Cite

Baxtiyorova , D. (2025). The Potential of Artificial Intelligence in Developing Second Language (English) Speaking Skills. The Lingua Spectrum, 1(1), 234–238. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/340

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.