Роль подражательных слов в узбекском и английском языках

Авторы

  • Кокандский педагогический институт
Роль подражательных слов в узбекском и английском языках

Аннотация

В данной статье отмечаются подражательные выражения звуку и состоянию в национальной языковой картине мира, агглютинативных языках, в частности, широкое использование подражаний в узбекском языке, кроме того, почти полное отсутствие подражаний как самостоятельной части речи, выражающей подражание звуку и состоянию с помощью существительные, прилагательные или глаголы, производные от подражания указанным выше словам. Хотя имитации на узбекском языке широко распространены, имитаций на английском языке как самостоятельной категории почти нет.  Многогранность фонетической структуры языка, несомненно, проявляется в его способности выражать все существующие звуки с точки зрения способности говорящего слышать и слушать. В данной статье рассматривается, как придать описательные и имитационные значения на узбекском языке на английском языке.

Ключевые слова:

подражание описательное слово описательное выражение звукоподражание описательные средства

Tarjima nazariyasi, amaliy tarjima bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis olim va adabiyotshunoslar orasida doim tarjima maqsadi haqida bahslar yuzaga keladi. Biri tarjimada asliyat mohiyatini anglata bilish asosiy maqsad deb bilsa, boshqasi tarjima asarni yangi auditoriyaning mentaliteti, millliy qadriyatlari va turmush tarzidan kelib chiqan holda moslashtirib o‘girish tarafdori bo‘lishadi (EF English Live. n.d.). Bu kabi bahslar, ayniqsa, bir millat ongida shakllangan, ajoddan avlodga o‘tib kelayotgan kontseptlar va, shuningdek, tasviriy ifodalar-u taqlid so‘zlar tarjimasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Maʼlumki, faqat bir millat tafakkurida shakllangan, uning hayot tarzi, qadriyatlari, o‘tmishi va kelajagini qamrab olgan kontseptlarni boshqa tilga butun maʼno (freymlari-yu skriptlari) bilan birga tarjima qilish, to‘g‘rirog‘i, faqat ona tilida mavjud bo‘lgan tushunchaning muqobilini topish, ayni paytda, muqobil ham bir hajmda bo‘lishi anchayin haqiqatdan yiroq (Wikipedia contributors, 2025). Sababi, ko‘p hollarda tarjimon asarni o‘quvchiga moslayman deya asar koloritini saqlab qola olmaydi. Shuningdek, aksincha, asarni asliyatga iloji boricha yaqin tarjima qilish holatlarida o‘quvchilar jumlalar, tushunchalar orasidagi g‘alizlikni payqashadi va, o‘z navbatida, asardan to‘liq bahra olish deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi. Shu o‘rinda tilshunos olimning ushbu masala borasidagi quyidagi fikri eʼtiborli: “har bir badiiy tarjimon shak-shubhasiz onomotoplar tarjimasi muammosi bilan yuzlashadi. Zamonaviy tarjima nazariyasiga ko‘ra, tarjimonning asosiy vazifasi – asliyatning uslubiy va ekspressiv o‘ziga xosliklarini saqlab qolgan holda asarni to‘liq va aniq tarjima qilish. Tarjima nazariyasi va amaliyotida asliyat matnda milliy koloritni aks ettiruvchi leksik birliklarni tarjima qilish alohida ahamiyat kasb etadi”. Аlbatta, zamonaviy tarjima nazariyasida milliy mentalitetni, milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi so‘zlarni o‘girish masalasida eʼtiborga molik fikrlar aytib o‘tilgan va bu borada tarjimon uchun qadam-baqadam ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlar bor.

Tasviriy va taqlidiy va boshqa kontseptual harakterga ega so‘zlar tarjimasi uchun tavsiyalar tilshunos olimlar S.Vlaxov va S.Florin tomonidan atroflicha qayd qilingan (Wikipedia. In Wikipedia. Retrieved January 20, 2025) Xususan, tasviriy va taqlidiy so‘zlar tarjimasi uchun olimlar uch asosiy usulni ilgari surishadi:

1) transliteratsiya – bu usulda tasviriy va taqlidiy so‘z birlik bevosita tarjima qilinmasdan, shunchaki so‘zning yoziladi, yaʼni yozuv grafikasi tarjima tiliga moslashtiriladi. Аlbatta, bunda tarjima qilinayotgan tilning fonetik o‘ziga xosliklari, tovush va alifbo tizimi inobatga olinib, mavjud qoidalarga moslashtirilgan holda transliteratsiya qilinadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, transliteratsiya usuli – g‘alizlikka olib keluvchi har qanday notanish tushuncha tarjimasida eng yaxshi yo‘llardan. Shuningdek, transliteratsiyalangan so‘z maʼnosi, albatta, matn oxirida iqtibos sifatida keltiriladi. Biroq, ushbu usulning eng maqbul yo‘l emasligi tez orada sezilib qoladi, yaʼni, faraz qilaylik, ikki betlik matn ichida besh marta transliteratsiyaga ko‘zi tushgan o‘quvchi, albatta, o‘qish jarayonida birmuncha noqulaylik his etishi mumkin. Lekin, shuningdek, chet tilidagi terminlarga duch kelavergan o‘quvchida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqish susayadi, chunki u kitob qahramonlari-yu uning voqealari o‘zidan ancha yiroqda bo‘layotganini doimiy ravishda sezib turadi va, oqibatda, asar syujeti begonadek tuyula boshlaydi. Bu usulning ustunligi shundaki, ish jarayonida tarjimon so‘zni shunchaki o‘z tili talaffuzi va grafikasiga moslab beradi va, shu sababdan, matnning sintaktik qurilishi, qolaversa, leksik tarkibi o‘zgarishsiz qoladi. Demak, matnning butun tarkibi birgina tasviriy va taqlidiy so‘z maʼnosini ifodalashga bo‘ysundirilmaydi.

2) o‘zlashtirib tarjima qilish – bunda bir necha usuldan foydalanish mumkin. Jumladan:

– so‘zni neolgizm sifatida tarjima qilish;

– tasviriy va taqlidiy so‘zni tarkibiy qismlarga bo‘lib, har birini alohida tarjima qilish (kalka);

– so‘zni qismlarga bo‘lgan holda baʼzi maʼnolarini tarjima qilib, baʼzilarini asliyatdan olib kombinatsiya yaratish (yarim kalka);

–yangi tasviriy va taqlidiy so‘zni tarjima qilinayotgan tilga o‘zlashma so‘z sifatida olib kirish (muallif o‘ylab topgan so‘z asliyatning etimologiyasini inkor qilsa-da, uning mohiyatini beradigan semantik neologizm sifatida namoyon bo‘ladi (Merriam-Webster online dictionary). Bu usulda tasviriy va taqlidiy so‘zlarni tarjima qilishning ustunligi shundaki, o‘quvchi matndan ajralmagan holda voqelikni ilg‘ab anglab ketaveradi. Yangi tushuncha o‘quvchiga tanish bo‘lgan eski tushunchalar bilan simbioz holatda osonroq anglashilib ketaveradi. Usulning yaqqol kamchiligi esa tushunchani o‘zlashtirish kerakmi/yo‘qmi degan savollarsiz, har bir yangi terminni neologizm sifatida o‘quvchiga taqdim qiluvchi tarjima asarlar bora-bora sof o‘zbek tilida ravon gapirish ilojsiz degan taassurotni uyg‘ota boshlaydi);

– taxminiy tarjima – ayni bir oilaga mansub so‘zlarni topib, oila boshida turgan so‘zni asliyatdagi oila tarkibiga kiruvchi tushuncha o‘rnida qo‘llash (А.D. Shveytser tomonidan taklif qilingan bu funktsional analog tarjimasida (Kungurov, 1966) matndagi so‘z muqobili tarjima qilinayotgan tilda ham topilib, o‘rniga shu muqobil qo‘yiladi; shuningdek, agar berilgan so‘zning hech qanday muqobili bo‘lmasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima o‘rniga tasvir va izohlardan foydalanish mumkin. Аlbatta, taxminiy tarjima voqelik mohiyatini aksar hollarda to‘liq ochib bera olmaydi. Bunday taxminiy tarjimalar matnda ko‘paygani sari o‘quvchi uning asl mohiyatidan tobora uzoqlashib boraveradi. Natijada tarjima materiali va o‘quvchi o‘rtasida kommunikatsiya uziladi va badiiy asar yana o‘quvchisini yo‘qotadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, o‘rnida va meʼyorida qo‘llangan taxminiy tarjimalar o‘quvchiga asar chet el adabiyotiga tegishli ekanini unuttira oladi. O‘quvchida asarga nisbatan qiziqish ortib, undagi voqealarni o‘zining realligi deya qabul qila boshlaydi);

– kontekstual tarjima – matnda uchragan tasviriy va taqlidiy so‘z (onomatop) realiyaning tarjimasi topilmagan taqdirda ushbu birlik maʼnosini ifodalash uchun gap kontekstiga tushiriladi. Yaʼni asliyatdagi gap mohiyati saqlab qolinib, uning sintaktik ko‘rinishini yoki leksik tarkibini o‘zgartirib bo‘lsa-da, tasviriy va taqlidiy so‘z maʼnosini shu matnga yuklash lozim bo‘ladi (IJBSAR, 2014).

Garchi kontekstual tarjima usuli bo‘lim boshida keltirib o‘tilgan zamonaviy tarjimaning asosiy talablariga birmuncha erkin munosabat bo‘lsa-da, bu usulda tarjimon notanish, yot tushunchani o‘quvchi ko‘zidan nariroq qilibgina qolmay, kezi kelganda, o‘zbek o‘quvchisi yoki, aksincha, deylik ngliz o‘quvchisi uchun g‘aliz va tushunarsiz tuyulishi mumkin bo‘lgan begona grammatik strukturalarni ham anchayin silliqlab keta oladi. Shu sababdan tarjima asar o‘quvchi uchun batamom milliy ruh kasb etadi, uning ko‘nglini zabt eta oladi. Biroq, usul harchand qulay ko‘rinmasin, bu usulda yozuvchi isteʼdodini tarjimonning tajribasi-yu mahorati tamomila to‘sib qo‘yadi. Garchi asar o‘quvchi qalbidan joy olsa-da, u asar muallifi bilan hech qachon yuzma-yuz turmaydi. Аlbatta, asliyatdagi matn haminqadar bo‘lsa, tarjimonning mahorati qo‘l kelar, biroq tarjimonning badiiy salohiyati muallifnikidan past bo‘lgan taqdirda, tarjima konteksti teskari ag‘darilgan mujmal asarga aylanib qolishi ehtimoldan xoli emas.

Tarjimon yuqorida keltirilgan metodlardan bittasini qo‘llaganidan ko‘ra, ularning barchasini maromida, meʼyorida va o‘z o‘rnida qo‘llagani maqsadga muvofiq, albatta.

Библиографические ссылки

EF English Live. (n.d.). Learn English online with EF English Live. Retrieved from https://www.englishlive.ef.com

International Journal of Basic Sciences and Applied Research. (2014). Volume 3 (Special Issue), 219–225. Retrieved from http://www.isicenter.org

International Journal of Basic Sciences and Applied Research. (2014). Volume 3 (Special Issue).

Kungurov, R. (1966). Subject. Tashkent: Subject Publishers.

Merriam-Webster. (n.d.). Merriam-Webster online dictionary. Retrieved from https://www.merriam-webster.com

Wikipedia contributors. (n.d.). Wikipedia. In Wikipedia. Retrieved January 20, 2025, from https://www.wikipedia.org

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Нилуфар Алибоева ,
Кокандский педагогический институт

PhD, Доцент

Как цитировать

Алибоева , Н. (2025). Роль подражательных слов в узбекском и английском языках. Лингвоспектр, 1(1), 328–331. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/358

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.