About the composition of the nomadic and semi-nomadic population of the Fergana valley during the Kokand Khanate
Abstract
The article examines the pastoral population, nomads, and semi-nomads who lived in the Fergana Valley during the Kokand Khanate period. It provides information about their distribution across the valley, the periods and reasons for their migration, as well as their composition and role in the economic and political life of the Kokand Khanate.
Keywords:
Kokand Fergana population nomad semi-nomadQo‘qon xonligi davrida Farg‘ona vodiysi aholisini an`anaviy xo‘jalik mashg‘ulotlariga qarab o‘troq hamda ko‘chmanchi, yarimko‘chmanchilarga ajratish mumkin. O‘troq aholini o‘zbek, tojik, uyg‘ur kabi xalqlar tashkil etgan bo‘lsa, ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchilarga qirg‘iz, qoraqalpoqlardan tashqari qipchoq, qurama, turk, yuz kabi etnografik guruhlarni kiritish mumkin [1].
Qo‘qon xonligi davrida Farg‘ona vodiysi aholisini an`anaviy xo‘jalik mashg‘ulotlariga qarab o‘troq hamda ko‘chmanchi, yarimko‘chmanchilarga ajratish mumkin. O‘troq aholini o‘zbek, tojik, uyg‘ur kabi xalqlar tashkil etgan bo‘lsa, ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchilarga qirg‘iz, qoraqalpoqlardan tashqari qipchoq, qurama, turk, yuz kabi etnografik guruhlarni kiritish mumkin (Kuzikulov & Tursunov, 2024, pp. 60–62).
O‘rganilayotgan davrda Farg‘ona vodiysida istiqomat qilgan ko‘p sonli etnografik guruhlardan biri qipchoqlar dastlab Shayboniyxon davri yoki undan ham ilgari kirib kela boshlaganligi haqida malumotlar uchraydi (Винников, 1959, p. 400). Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, qipchoqlar hozirgi Andijon, Namangan va O‘sh viloyatlarida tog‘oldi hamda suv manbalari atrofida nisbatan zich joylashgan. Qipchoqlarning bunday joylashuvi ularning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq edi. Negaki, chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabning yuqoriligi qipchoqlarga Farg‘ona vodiysidagi dehqonchilik uchun o‘zlashtirilmagan xududlarda ananaviy chorvachilik bilan shug‘ullanish imkonini bergan. Ayni vaqtda yarimo‘troq hayot tarzi kechirayotgan qipchoqlar chorvachilik bilan birga dehqonchilik bilan ham shug‘ullangan.
Adabiyotlarda qipchoqlarning qulon, elatan, yashiq, iti qashqa, lo‘liyon, o‘lmas, katta o‘lmas, qo‘g‘ay o‘lmas, ityatan, etti qashqa, yaydoq, puchukay, qo‘y qulaq, bug‘ach, og‘in, tikan, turtayloq, sirmak, tuyachi, saroy, yorboshi, qozi, kumishay, tovuldi kabi urug‘lari nomlari keltirilgan (Винников, 1959, p. 402).
Farg‘ona vodiysi xududida yashagan ko‘psonli etnografik guruhlardan biri bu quramalardir. V. V. Bartol’d Angren daryosi havzasida istiqomat qilgan quramalar haqidagi malumotlar rus manbalarida XVIII – XIX asrlarga tegishli bo‘lsada, dastlabki malumotlar hijriy 1045-yil (milodiy 1635–1636-yillar)ga oid ekanligini malum qilgan (Бартольд, 1968, p. 552). “Qurama” atamasining geografik joy (Qurama tog‘i), mamuriy hudud (Qurama uezdi) va yo‘llarga nisbatan ishlatilishi Angren vodiysida quramalar aholining asosiy qismini tashkil etganligini ko‘rsatadi. Quramalarni o‘zbek xalqining etnografik guruhi sifatida tavsif qilgan S. S. Gubaeva ushbu etnos haqida shunday yozgan edi: “Quramalarning kelib chiqishi juda murakkab. Manbalar shuni ko‘rsatadiki, ularning shakllanishida turli qabilalar, ayniqsa, Angren vodiysiga ko‘chib kelgan qozoqlarning roli katta” (Губаева, 1991, p. 39). Chorvachilik quramalarning asosiy mashg‘uloti bo‘lganligini inobatga oladigan bo‘lsak o‘zbeklarga nisbatan qozoqlarning ta`siri kuchli bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Adabiyotlarda quramalarning turli urug‘lardan iborat ekanligi haqidagi malumotlar mavjud. Masalan, qurama etnosini maxsus o‘rgangan T. Fayziev ushbu etnos tarkibida jaloyir, uyshun, qand-jig‘ali, telov, achamayli, mo‘g‘ul, tama va boshqa urug‘lar mavjud bo‘lganligi haqida malumot bergan (Файзиев, 1963, p. 43).
Quramalarning Farg‘ona vodiysiga ko‘chib kelishi XVII va XVIII asr oxiri – XIX asrlarida sezilarli bo‘lib, aksariyati Angrenning Telak, Xonobod, Jaloir, Objaz, Qoraxitoy qishloqlaridan bo‘lgan (Губаева, 1991, p. 40). Ular Qoraqiya, Kendiravon, Sarimsoqlik dovonlari orqali o‘tib kelib, bir qismi Qurama tog‘ tizmasi yonbag‘irlarida chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qolgan qismi esa chorva uchun bo‘sh yaylovlar qidirib, ichkariga kirib borgan. Aftidan, vodiyning markaziy hududlariga kirib borgan quramalar ham ko‘pchilikni tashkil etgan. Bunday xulosaga kelishning sababi shundaki, S. S. Gubaeva, quramalar hozirgi So‘g‘d viloyatining Matcho, Qayroqqum, Asht, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Uychi, Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy, Farg‘ona viloyatining Beshariq, Qo‘qon, Quva va Rishton, Andijon viloyatining Asaka, SHahrixon, Oltinko‘l hamda Paxtaobod tumanlarida nisbatan zich joylashganligi haqida ma`lumot bergan (Губаева, 1991, p. 40). Vodiyda o‘nlab “Qurama” nomi bilan bog‘liq qishloqlar mavjud (Кузикулов, 2022, p. 16). Lekin, ularning barchasini quramalar bilan bog‘lash mumkin emas. Chunki, turli etnografik guruhlar aralash yashagan qishloqlar ham xalq orasida “Qurama” nomi bilan atalgan.
Vodiyda turklarning joylashuvi shayboniylar davridan ham ilgariroq boshlanganligini qayd etgan S. S. Gubaeva Farg‘ona vodiysini O‘ratepa, Zomin, Surxondaryo va Toshkent bilan bir tizimdagi turklar ko‘chish hududining bir bo‘lagi, deb malum qilgan (Губаева, 1991, p. 36). V. R. Vinnikov, O‘ratepa atrofidagi turklar Qo‘qon xonligi qo‘shinlari tazyiqi bilan vodiyga majburan ko‘chirilganligi haqida malumot bergan (Винников, 1959, p. 395). Vodiyning boshqa hududlariga nisbatan janubiy-sharqida zichroq joylashgan.
Turklar XX asr boshlarigacha, ayrimlari esa asr oxirlarida ham o‘zlarini alohida etnos sifatida bilganlar. Ilmiy adabiyotlarда турklar alohida etnografik guruh sifatida berilib, Kaltatoy, Kalgafiz, Lyulaki, Qorako‘z, Ballos (Barlos), Musobozori urug‘lariga bo‘lingan. Xonlik davrida turklarda o‘troqlashuv jarayoni sezila boshlagan bo‘lsada chorvachilik xo‘jalikning asosiy mashg‘uloti bo‘lib qolgan. Uzoq vaqt vodiy aholisi bilan yonma-yon yashasa-da, xo‘jaligi, maishiy turmush-tarzi va urf-odatlardagi farqlar XIX asr oxiri – XX boshlarigacha saqlanib kelgan.
Yuzlarning vodiyga kirib kelishi shayboniylar sulolasi nomi bilan bog‘liq. Shayboniyxon qo‘shini bilan kirib kelishni boshlagan yuzlarning ko‘chishi XIX asrda ham davom etgan. Ko‘chib kelgan yuzlarning ajdodlari vodiyga qo‘shni bo‘lgan hududlar: Zomin, O‘ratepa va Hisorda yashagan (Кузикулов, 2022, p. 17). Vodiyda yuzlarning salmoqli qismini Xo‘jand, Farg‘ona viloyatining Buvayda, Andijon viloyatining Baliqchi, Asaka va Shahrixon tumanlarida ham uchratish mumkin bo‘lgan (Абдуллаев, n.d., p. 15). Vodiyda yuzlarning baloiazim, barchavekyuz, ganchyuz, devonbegi, kallar, qipchoq, nayman, mullato‘pi, napqarachyuz, sirg‘ali, xashtiak, chauken, erganakliyuz, chorkesar kabi mayda urug‘lari qayd etilgan (Дониёров, 1968, p. 84). Xo‘jandda ko‘pchilikni tashkil etan yuzlar siyosiy hayotda ham katta tasirga ega bo‘lgan. Masalan, T. K. Beysembiev XVIII asrda Xo‘jandda hokimiyat yuzlar qo‘lida bo‘lganligi qayd etgan. Manbalarda Buxoro va Qo‘qondan mustaqil bo‘lgan Xo‘jandni yuz qabilasidan bo‘lgan Muhammad Rahim Otaliq, keyinroq uning o‘g‘li Oqbo‘tabiy boshqarganligi yozilgan. Mirzoolim Mushrifning “Ansob us-salotin va tavorix ul-havoqin” asarida ham shunga o‘xshash malumot keltirilgan: 1842-yildan keyin Musulmonqul hokimiyatini mustahkamlash jarayonida obro‘li odamlarga xat jo‘natgan. Ushbu odamlar qatorida Xudoyorbek yuz va Qulmonbiy yuz nomlari bor. Bundan tashqari, 1848–1849-yillarda Qo‘qon xonligining hujumi paytida O‘ratepa hokimi Ollohshukurbek qo‘shinini qirqlar va yuzlar tashkil etganligi yozilgan (Кузикулов, 2023, pp. 22–25). Ushbu ma`lumotlar vodiyning Xo‘jand va unga tutash bo‘lgan O‘ratepa hududlarida yuzlarning Qo‘qon xonligi siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan, degan xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida yashagan qirg‘iz urug‘lari va ularning joylashuvi haqida N. Sityakovskiy (Ситняковский, 1900, pp. 99–100), A. S. Sidiqov (Сыдыков, 1927, pp. 281–284), YA. R. Vinnikov (Винников, 1956, pp. 144–169) va S. M. Abramzon (Абрамзон, 1990, pp. 38–66) asarlaridan keng ma`lumot olish mumkin. Ushbu olimlarning asarlarini o‘rganish shunday xulosa beradiki, Qo‘qon xonligi davrida vodiyda qirg‘izlarning barcha urug‘ vakillari yashagan.
O‘ng qanot guruhi bag‘ish, sayaq, cherik, jediger, mong‘ol, adigine, mung‘ush urug‘-qabilalaridan iborat bo‘lgan (Дала ёзувлари, 2019). Chap qanot guruhiga saru, qirqo‘g‘il, munduz, basiz, qutchu, xitoy, cho‘nbag‘ish urug‘-qabilalari kirgan.
Ichkilik guruhiga kiruvchilar nisbatan ko‘proq bo‘lib, qipchoq, qandi, bo‘ston, nayman, teyit, jookesek, org‘u, to‘lo‘s, avat, noyg‘ut, kesek kabi urug‘-qabilalarini o‘z ichiga olgan. Vodiydagi qoraqalpoqlar mang‘it, kenagas, qipchoq, qo‘ng‘irot kabi urug‘larga bo‘linishi hamda ushbu urug‘lar ham o‘z navbatida mayda qavmlardan iborat bo‘lgan. Qoraqalpoqlarning Farg‘ona vodiysi hududlariga joylashuvi XVIII asr birinchi yarmida boshlangan (Толстова, 1959, p. 20). XIX asr boshlaridagi ko‘chish jarayoni Olimxonning Toshkent va Chimkentga yurishlari bilan bog‘liq. Xon ushbu hududlarni bo‘ysundirgach, asirga tushgan qoraqalpoqlarni Farg‘onaga ko‘chishga majbur qilgan. Vodiyga ko‘chib kelgan qoraqalpoqlar Uchqo‘rg‘ondan to Qo‘qon atrofigacha daryo bo‘ylarida yangi manzilgohlarni tashkil etgan.
Sirdaryo qoraqalpoqlarning xo‘jaligida muhim o‘rin tutgan baliqchilik uchun ahamiyatli bo‘lsa, ikkinchidan, chorvachilik uchun ham muhim edi. Chorva emish mo‘l bo‘lgan daryo bo‘ylarida boqilgan. Yozda qoraqalpoqlarning aksariyati chorva bilan uzoq bo‘lmagan (1–3 km.) hududlarga ko‘chgan (Толстова, 1959, p. 36).
Mirzoolim Mushrif XIX asr 40-yillarida xuddi qirg‘iz va qipchoqlarda bo‘lganidek, qoraqalpoq urug‘lari tepasida katta obro‘ga ega bo‘lgan harbiy aristokratiya turganligi haqida yozgan edi (Мирзоолим Мушриф, 1995, pp. 34–35). Ushbu harbiy aristokratiya nafaqat qoraqalpoqlar hayotida, balki Qo‘qon xonligining ham iqtisodiy, ham siyosiy hayotida muhim o‘rin tutganligi sezish qiyin emas. Yana bir tarixchi Mulla Olim Mahdum Hoji Do‘stmuhammad qoraqalpoqni Baliqchiga hokim etib jo‘natilganligi (Мулла Олим Махдум Ҳожи, n.d., p. 84), R. Nabiev esa “ilgari dasturxonchi lavozimida xizmat qilgan” qoraqalpoq Fozilbekning mingboshi lavozimiga tayinganligi haqida ma`lumot bergan (Набиев, 1973, p. 54).
Farg‘ona vodiysi qadimdan qirg‘izlarning ko‘chish xududlaridan biri bo‘lgan. Qoraqalpoqlar, shuningdek, qipchoq, qurama, turk, yuz kabi etnografik guruhlarning kelib joylashashi turlicha kechgan. Qo‘qon xonligi davrida ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchi aholi o‘ziga xos o‘rin tutgan. Chorvadorlar etishtirgan maxsulotlar xonlikning iqtisodiy hayotida juda muhim bo‘lsa, ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchilar Qo‘qonning siyosiy hayotida ham muhim rol o‘ynagan. Xonlik davrida ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchilar o‘zlarining an`anaviy urf-odatlari hamda xo‘jalik shaklini saqlab qolgan bo‘lsada, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida transformatsion jarayonlar natijasida ayrim o‘zgarishlar sezila boshlandi.
References
Kuzikulov I.U., Tursunov A.M. Qo‘qon xonligi davrida Farg‘ona vodiysining o‘troq aholisi // Тараққиёт тадқитотлари. Илмий-амалий анжуманлар. 2024. № 23. – B. 60 – 62.
Винников В. Р. Современное расселение народов и этнографических групп в Ферганской долине / СЭС Т. II. – М., 1959. – С. 400.
Винников В. Р. Современное расселение народов и этнографических групп в Ферганской долине...– С. 402.
Бартольд В. В. V том. (Работы по истории и филологии тюрских и монгольских народов). – Москва: Наука, 1968. – С. 552.
Губаева С. С. Население Ферганской долины в конце XIX – начале XX вв (этнокультурные процессы). – Ташкент: Фан, 1991. – С. 39.
Файзиев Т. О родоплеменном составе узбеков-кураминцев в конце XIX – начале ХХ века // Общественные науки в Узбекистане. – 1963. – №11. – С. 43.
Губаева С. С. Население Ферганской долины в конце XIX – начале XX вв (этнокультурные процессы). – Ташкент: Фан, 1991. – С. 40.
Губаева С. С. Население Ферганской долины... – С. 40.
Кузикулов И. У. Россия империяси мустамлакачилик сиёсатининг Туркистондаги этномаданий жараёнларга таъсири (Фарғона водийси материаллари асосида). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Термиз, 2022. – Б. 16.
Губаева С. С. Население Ферганской долины... – С. 36.
Винников В. Р. Современное расселение народов и этнографических групп в Ферганской долине... – С. 395.
Кузикулов И. У. Россия империяси мустамлакачилик сиёсатининг Туркистондаги этномаданий жараёнларга таъсири (Фарғона водийси материаллари асосида). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Термиз, 2022. – Б. 17.
Абдуллаев У. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар... – Б. 15.
Дониёров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари. – Тошкент, 1968. – Б. 84.
Кузикулов И. У. Қўқон хонлиги мингбошилари // Сурхондарё: илм ва тафаккур. Термиз, 2023. – Б. 22–25.
Ситняковский Н. Перечисление некоторых родов киргиз обитающих в восточной части Ферганской области / Известия Туркестанского отдела императорского Русского Географического общества. Том II. Выпуск I. – Ташкент, 1900. – С. 99–100.
Сыдыков А. С. Родовое деление киргиз. В. В. Бартольду / Туркестанские друзья, ученики и почитатели. – Ташкент, 1927. – С. 281–284.
Винников Я. Р. Родо-племенной состав и расселение киргизов на территории Южной Киргизии / ТКАЭЭ. I. – Москва, 1956 – С. 144–169.
Абрамзон С. М. Киргизы и их этногенетические и историко-культурные связи. – Фрунзе: Кыргызстан, 1990. – С. 38–66.
Дала ёзувлари. Андижон вилояти Избоскан тумани Қумариқ қишлоғи. 2019 йил.
Толстова Л. С. Каракалпаки Ферганской долины (Историко-этнографический очерк). – Нукус, 1959. – С. 20.
Толстова Л. С. Каракалпаки Ферганской долины (Историко-этнографический очерк). – Нукус, 1959. – С. 36.
Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-ҳавоқин (Султонлар насаби ва хоқонлар тарихи). – Тошкент, 1995. – Б. 34–35.
Мулла Олим Махдум Ҳожи. Тарихи Туркистон... – Б. 84.
Набиев Р. Н. Из истории Кокандского ханства (феодальное хозяйство Худаяр-хана). – Ташкент: Фан, 1973. – С. 54.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Икрoмжон Кузикулов

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
