История развития психолингвистики как науки

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
История развития психолингвистики как науки

Аннотация

В данной статье анализируются этапы становления и развития и принципы психолингвистики как науки. Подчеркивается, что психолингвистика, возникшая на основе изучения взаимосвязи языка и мышления, изначально появилась на стыке языкознания и психологии, а с середины XX века стала самостоятельным научным направлением.

Ключевые слова:

лингвопсихология психолингвистика психологический принцип психика язык мышление.

Kirish. Rivojlanib borayotgan bugungi kunda sog‘lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shunday ekan, komil insonning muhim sifatlaridan biri uning muomala madaniyatidir. Yetarlicha rivojlanmagan muomala madaniyatisiz sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish juda mushkul. Kommunikatsiya bilan bog‘liq muammolar psixologiya fanida chuqurroq o‘rganilib kelinmoqda. Darhaqiqat, ushbu fanga tayangan holda insonning ruhiy taraqqqiyotini, uning atrofdagilar bilan bo‘ladigan ruhiy holatini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini  kommunikativ aloqalarsiz tasavvur qilish qiyin.

Ma’lumki, til jonli nutq jarayonida yuzaga kelgani sababli tilshunoslik va psixologiya fanlarining ham tekshirish obyekti hisoblanadi. Shu sababdan, bu ikkala fanning sintezi sifatida psixolingvistika yoki (lingvopsixologiya) yo‘nalishlari vujudga keldi. Ushbu fan ichki his tuyg‘ularni analiz qilish jarayoni bo‘lib, nutqni qabul qilish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi. Psixolingvistika atamasi ilk bor 1936-yilda Jako Robert Kantor tomonidan o‘zining “Grammatikaning obyektiv psixologiyasi” kitobida ilk marotaba keltirib o‘tgan, keyinchalik bu atama Indiana universitetidagi hamkasblari orasida qo‘llanila boshlangan. Darvoqe, uning shogirdi amerikalik psixolog Nikolay Genri Prankoning 1946-yilda yozilgan “Til va psixolingvistikaga: sharh” nomli maqolasi tufayli ilmiy muomalaga kiriltilgan va keng foydalanila boshlangan (Levelt, 2013). 1953-yilda AQSHning Blumington shaxridagi Indian Universiteti huzuridagi Lingvistika va psixologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan universitetlararo ilmiy seminarda psixolingvistika alohida fan sifatida e’lon qilindi. Mazkur ilmiy seminarda amerikalik mashxur psixologlar Charls Osgud, Djon Kerroll va tilshunos va adabiyotshunos olim Tomas Sibeoklarning tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. 1954-yilda chop etilgan “Psixolingvistika. Nazariya va tadqiqot muammolari ocherki” kitobida ilmiy seminar jarayonida qabul qilingan psixolingvistikaning asosiy nazariy muammo va masalalari, eksperimental tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilandi va fanlararo psixolingvistik tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim ro‘l o‘ynadi (Osgood, 1954). Biroq, psixolingvistika fan sifatida ajralib chiqmasidan oldin ham uning rivojlanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishi haqida birqancha ma’lumotlar mavjud. Masalan: Eng qadimgi emperik tadqiqotlar, Plotonning “G‘or allegoriyasi” va neyropsixologiyaning paydo bo‘lishi kabi ma’lumotlar psixolingvistikaning dastlabki qadamlari desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Psixolingvistika sohasining rivojlanishi dunyo olimlarining tadqiqot jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi. Jumladan nemis filologi, faylasuf va tilshunos V. fon Gumbolt, nemis tilshunoslari A. Shleyxer va X. Shtayntal, rus va ukrain filolog va psixologi A.A. Potebnya, rus-polyak tilshunosi I.A. Boduen de Kurtene, Shvetsariyalik tilshunos F.de Sossyur, amerikalik tilshunos L.Blumfild va boshqa olimlarning tadqiqotlari psixolingvistikaning fan sifatida rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan (Ulanovich, 2015).

Psixologik muammolar tilshunoslikka naturalistik va logik ta’lim g‘oyalari bilan kirib kelgan. Bu borada, V. fon Gumboltning semantik qurilishda nutqiy ijodiy yondoshuv xususidagi konsepsiyasi diqqatga sazovor. Tilshunoslikdagi psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostiga oladi, ular tilning taraqqiyot bosqichini inson tafakkuri, uning ruhiy taraqqiyoti bilan bog‘liq deb xisoblaydi. Uning ildizlari XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga borib taqaladi.

Berlin universiteti professori Geyman Shteyental psixologizm ta’limotining asosiy namoyondasi. Uni ta’limotidagi eng muhim g‘oya nutq, nutq – tilni tafakkur quroli, fikrni ifodalash vositasi, deb qaraganligida, lekin psixologizm tilning ijtimoiy hodisa ekanligini inkor etadi. Shteyental ilmiy qarashlariga Potebnya va Paul, Boduen de Kurtene ham Sossyur, Sepira va Shcherbalar e’tibor qaratadi. Psixologik tushunchalar til aloqasining shaxs va xalqqa bog‘liqligini, shuningdek, tilning tarixiy-madaniy faktor ekanligini ifoda etadi. Shuni alohida takidlash joizki, lingvistik biologizmning o‘ziga hos xususiyatlari Shleyxer ta’limotida o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, logik grammatizm Bekker ta’limotida yanada yuksaltirildi. Shteytal o‘zining ijodiy ishlarida bu jarayonni o‘z xatti-harakati va xalq psixologiyasi taraqqqiyotiga tayanib o‘rgandi. Biroq psixolingvistika bitta xalq misolida rivojlanmagan (Primov & Qodirova).

Psixolingvistik tadqiqotlar rus psixologiya maktabi doirasida L.S. Vigotskiy (1956), A.A. Leontyev (1977-1981) va A.R. Luriya (1959,1962,1975, 1979) tomonidan ishlab chiqilgan nazariy tamoyillarga asoslanadi. Psixologik maktablar XIX asrning birinchi yarmida va XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, til va nutq muammosiga doir tilning funksional belgilarini, shuningdek, til qurilishi va nutqiy faoliyatni o‘rgangan. Ma’lumki, vazifaviy-struktur yo‘nalish psixolingvistika uchun muhim sanaladi.

Psixolingvistika tarafdorlari o‘z etiborini tilninf ichki tomoniga, jonli nutqqa, bevosita nutqiy jarayonga, so‘z va jumlaning ma’nosiga qaratib, assotsativ psixologiya tushunchalarini aniqlashga harakat qilganlar. Buning natijada esa psixolingvistikaning o‘rganish obyektiga quyidagilar kiritilgan (Madjidova, 2016).

  1. Nutqiy faoliyatning vujudga kelish mexanizmi.
  2. Bolalar nutqining shakllanish jarayoni.
  3. Muayyan nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchi bilan tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlar.
  4. Nutqning axborot tashish funksiyasini o‘rganish va boshqarish.

Shunday ekan bugungi kunda tilshunoslikning aynan ushbu yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda.

Psixolingvistik tadqiqotlar, dastavval, matn semantikasini eksperimental o‘rganishga, matn mazmunini qabul qiluvchi tomonidan semantik idrok etish va matning mazmunini shakllantirish va tuzilishini o‘rganishga qaratilgan. A.A. Leontyevning tadqiqotiga suyangan holda biz matnning aloqa aktini (muloqot holati) obektivlashtirgan shakli sifatida tushunamiz, uning tarkibiy qismlari aloqa predmeti, adresant va adresat (Leontyev, 1969). Matn esa o‘z navbatida 1) shakl sifatida; 2) shu shaklda ifodalangan qandaytir mantiq (tushuncha) sifatida qaraladi. Ushbu fan tilning real psixik muammosi, nutq yaratish modeli: nutq madaniyati, nutq potologiyasi, fikr va nutq o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, nutq genezesi va barcha nutq bilan aloqador masalalarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Tilshunos olim Sharl Ballining ta’limotida his-hayajonga to‘la nutq holatini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Olimning ta’kidlashicha tilda his-hayajonli vaziyatni vujudga kelishining ikkita maqsadi mavjud:

  • So‘zlovchining his-tuyg‘usi va yetkazilayotgan ma’lumotga baho berish;
  • Muloqot ishtirokchilariga nutqiy ta’sir o‘tkazish maqsadida lisoniy vositalardan unumli foydalanish (Karimov, 2012).

Har ikkala holda ham olimning fikrlari diqqatga sazovor. Bugungi kunda ushbu fikr-muloxazalar psixolingvistika, kommunikativ tilshunoslik, pragmalingvistika va boshqa yo‘nalishlardagi bir qator muammolarni muhokama qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.  Tilshunoslikda matn va uning mohiyati, unga hos bo‘lgan asosiy belgilar haqida fikrlar matnni psixolingvistik aspektda o‘rgangan tadqiqotchilar tomonidan ham e’tirof etiladi (Yoldashev, 2009). Shu bilan birga, yaxlitlik, informativlik, bog‘lanishlik kabi xususiyatlar matnning asosiy belgilari ekanligi ko‘plab psixolingvistlarning ishlarida ham keltirilgan (Belyanin, 2000). Masalan: matnni psixolingvistik aspektda o‘rgangan Yu.A. Sarokin uning bog‘lanishlik va yaxlitlikdan iborat belgilariga quyidagicha yondoshganini ko‘rishimiz mumkin. “Matn yaxlitligi psixik nuqtai nazardan retsipient va matnning o‘zaro munosabati jarayonida yuzaga keluvchi yashirin konseptual holatdir, shuningdek bog‘liqlik til/nutq qurilishi unsurlari barobarida uning qurilish unsurlari bo‘lmagan qismlarning o‘zaro hamkorligi natijasi hamdir (Sorokin, 1982). Boshqa bir tilshunos, A.I. Novikovning fikriga ko‘ra matn yaxlitligi faqat uning mazmuniy tuzilishiga xosdir (Novikov, 2003). Olimning ushbu xulosasi psixologik va kognitiv nuqtai nazardan to‘g‘ri bo‘lsada matnning tashqi tuzilishi – sintaktik-struktur jihatini inobatga olmaganligi bilan munozaralidir.

Psixolingvistik tadqiqotlar matnning “matn tuzuvchi – matn – retsipient” dan iborat uchlik (Kovshikov, 2007) nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi unda shaxs omilining ro‘lini chuqurroq o‘rganishni taqazo etadi. Psixolingvistik tahlillarda muallif-retsipient munosabatlarida amal qiluvchi lisoniy va nolisoniy omillar bilan uyg‘unlikda tadqiq etish biz kutgan natijalarga imkon yaratadi.

Psixolingvistikaga oid ko‘plab tadqiqotlar yaratgan rus tilshunosi va psixologi V.P. Belyanin “Основы психолингвистической диагностики (модели мира в литературе)” nomli asarida matnga lingvistik va psixologik yondoshuv haqidagi o‘z konsepsiyasini yaratdi. Olimning ushbu kitobidan joy olgan, matn haqidagi qarashlarini aks ettiruvchi 5-6-banddagi fikrlari alohida e’tiborga sazovor.

5) Matn voqelik – ong – olam manzarasi – til – matn tuzuvchi – retsipient – matn proeksiyasidan iborat tizim unsuri hisoblanadi. (Olim ushbu bandda matn yaratilishi va idrokining barcha lisoniy va nolisoniy omillarini qayd etgan).

6) Retsipientning badiiy asar haqidagi o‘z talqini bo‘lishi mumkin bu talqin matn bilan birga retsipientning psixologiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi (Belyanin, 2000). (bu bandda olim matn idrokining xususiy xodisa ekanligini ta’kidlagan) (Primov & Qodirova).

Shuni ta’kidlash joizki, insonning ijtimoiy kelib chiqishi va siyosiy qarashlarida til va uning elementlari muhim vosita sanaladi. Psixolingvistika tilning boshqa xususiyatlarini, aynan til birliklaridan nutqiy faoliyatda foydalanish va ularda shaxsning xususiyatlari, ruhiyati va tafakkuri, xarakteri va kayfiyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. Bundan ko‘rinadiki, til va uning elementlarisiz (unsurlarisiz) fikr yuzaga kelmaydi.

Psixolingvistikaning obyekti nutq faoliyatining sohibi – insondir. A.A. Leontevning  fikriga ko‘ra (Leontyev, 2010), psixolingvistikaning obyekti – nutqiy xodisalar yoki nutqiy voqealarning o‘zaro hamohangligidir. Psixolingvistikani tadqiq etishda boshqa nutqiy fanlarga oid bo‘lgan usullardan keng foydalaniladi. Ularni uchta katta guruhga bo‘lish mumkin: umumiy metodologiya; ilmiy metodologiya; maxsus tadqiqot metodlari. Umumiy metodologiya falsafa bo‘lib, psixolingvistika falsafada fikrning ilmiy haqiqat tomon yo‘li sifatida baholanadi. Har bir tadqiqotchi ilmiy bilish sohasida u yoki bu falsafiy konsepsiyani (materialistik, idealistik, mexanistik, pragmatik, pozetivistik va hokazo) tanlaydi. Psixolingvistikada falsafiy yondoshuv, asosan, dialektik falsafa yo‘nalishida olib boriladi. Ba’zi hollarda nutqiy faoliyat o‘zgarib turuvchi ichki aloqalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu mulohazalardan kelib chiqib psixolingvistikaning asosiy tamoyillarini ko‘rib chiqamiz.

Birinchi tamoyil – nutqiy faoliyat va nutqsiz faoliyat o‘zaro aloqadorligining mavjudligidir (Gluxov, 2007). Mazkur tamoyil inson faoliyatining shaxs sifatida rivojlanishi bilan belgilanadi.

Ikkinchi tamoyil – nutqning funksional tizim sifatida tan olinishi. Mazkur tizim aniq maqsadga erishish uchun lingvistikaning leksik, semantik, morfologik va sintaktik jihatlarini umumlashtiradi. Ushbu tamoyilda olib borilayotgan faoliyatning ichki va tashqi shart-sharoitlariga bog‘liq. Masalan: biz ba’zan og‘zaki nutqdan ba’zan esa yozma nutqdan foydalanishimiz. Shuningdek, turli vaqtlarda turlicha ba’zan qisqa, lo‘nda, ba’zan esa ko‘p gapiramiz. Aksariyat hollarda o‘z fikrimizni yetkazish uchun adabiy tildan, shevaga xos so‘zlardan, slenglardan, jargonlardan foydalanamiz. Bu esa nutqiy faoliyat bevosita insonning dunyoqarashi, yashash manzili, shaxs sifatida rivojlanishi bilan bog‘liqdir.

Uchinchi tamoyil – nutq faoliyatining to‘lqinligi bo‘lib, nutqiy jarayonlar va uni tavsiflovchi elementlar bilan bevosita bog‘liq.

To‘rtinchi tamoyil – o‘zida nutq semantikasini aks ettiradi, bunday holda til belgilari nutqdan ajratib olinadi, nutq ma’nosini belgilab, shakllantirib, uzatishga asoslanadi.

Beshinchi tamoyil – nutqiy faoliyatning bevosita shaxs (inson) bilan bog‘liqligi. Ushbu aloqa tamoyili turfa va ko‘p qirrali bo‘lib, insonning ham jismoniy, ham manaviy yetukligi bilan bog‘liq. Agar inson “oliy” darajada bo‘lsa  (dunyoqarashi, intellectual darajasi, ijtimoiy yo‘naltirilganligi) uning nutqiy faoliyati ham ushbu darajada bo‘ladi (bu til bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy nuqsoni bor bo‘lgan insonlardan tashqari). “O‘rta” darajada ruhiy jarayonlar va “quyi” – hissiyotlar, temperament va boshqalar bilan o‘zaro bog‘liqdir.

Oltinchi tamoyil – irsiy tomonlama axborotning o‘tishi. Bunda insonning turli yoshida nutq faoliyatining shakllanishi va uning rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, inson chaqaloqligida turli tovushlar yordamida, bolaligida og‘zaki keyinchalik yozma ravishda muloqotga kirishish imkoniga ega bo‘ladi. Shuning bilan birga, insonlarga o‘tgan irsiy axborot, uning intellectual darajasi shakllanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ushbu tamoyillar psixolingvistikaning fan sifatida bugungi kunda rivojlanib kelayotganligini ko‘rsatib beruvchi asosiy belgidir. Jamiyatda uning ahamiyati yuksak bo‘lib, muloqot jarayonining inson ruhiy kechinmalari va nutqiy faoliyati bilan bog‘liqligi psixolingvistika ko‘zgusida namoyon bo‘ladi. Shu sababli mazkur fan  doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

Xulosa. Shuni aytish joizki psixolingvistika barcha tilshunoslik ilmiga xos bo‘lgan bir qator yangi sohalar bo‘lmish kommunikativ tilshunoslik va matn lingvistikasi, diskurs, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, sotsiolingvistika, lingvomadaniyatshunoslik va boshqa sohalarga doir masalalarni tahlil qilishga oid tadqiqot ishlari bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birga psixolingvistika til va ongning o‘zaro aloqasini tushinishga yordam beradigan muhim soha hisoblanadi. Psixolingvistik tadqiqotlar ta’lim, logopediya, suniy intellect va boshqa ko ‘plab sohalarda amaliy ahamiyatga ega hisoblanib, inson tafakkurining murakkab tuzilishini tubdan anglashga yordam beradi.

Библиографические ссылки

Karimov, S. A. (2012). Nazariy tilshunoslik masalalari (pp. 60-68). Samarqand.

Levelt, W. J. (2013). Psycholinguistics: The Pre-Chomskyan Era. Oxford University Press.

Madjidova, R. U., Muxitdinova, X. S., & Sultonova, Sh. M. (2016). Umumiy tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni (p. 70). Toshkent.

Osgood, C. E. (1954). Psycholinguistics: A survey of theory and research problems (p. 212). Waverly Press.

Primov, A., & Qodirova, X. (n.d.). Tilshunoslikning dolzarb muammolari: O‘quv-uslubiy qo‘llanma.

Primov, A., & Qodirova, X. (n.d.). Tilshunoslikning dolzarb muammolari: O‘quv-uslubiy qo‘llanma (pp. 86-87).

Yuldashev, M. M. (2009). Badiiy matnning lingvopoetik tad i i: Filol. fan. d-ri ... dis. (pp. 49-70). Toshkent: O‘zR FA TAI.

Белянин, В. П. (2000). Основы психолингвистической диагностики (модели мира в литературе) (pp. 8-13). Тривола.

Белянин, В. П. (2000). Основы психолингвистической диагностики (модели мира в литературе) (pp. 8-9). Тривола.

Глухов, В., & Ковшиков, В. (2007). Психолингвистика: Теория речевой деятельности (p. 10). АСТ, Астрель.

Ковшиков, В. А., & Пухов, В. П. (2007). Психология: Теория речевой деятельности: Учебник для вузов (p. 318). Астрель, АСТ.

Леонтьев, А. А. (1969). Психолингвистические единицы и порождение речевого высказывания. Наука.

Леонтьев, А. А. (1969). Психолингвистические единицы и порождение речевого высказывания (pp. 16). Наука; переизд. (2010).

Новиков, А. И. (2003). Текст как объект исследования лингвопсихологии. In Методология современной психолингвистики: Сб. статей (p. 10). Москва; Барнаул: Изд-во Алт. ун-та.

Сорокин, Ю. А. (1982). Текст: цельность, связность, эмотивность. In Аспекты общей и частной теории текста (pp. 61-73). Москва.

Уланович, О.И. (2015). Психолингвистика: Электронный учебно-методический комплекс по учебной дисциплине для специальности. Белорусский государственный университет. (p. 4).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Окила Байжанова ,
Узбекский государственный университет мировых языков

Доктор философии (PhD) по филологическим наукам (PhD)

Как цитировать

Байжанова , О. (2025). История развития психолингвистики как науки. Лингвоспектр, 4(1), 27–31. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/622

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.