Educational Strategies for Developing Linguocultural Competence in Future Engineers
Abstract
The development of linguocultural competence in future engineers is a critical element in their professional training, as modern engineering increasingly involves cross-cultural communication and global collaboration. This article presents educational strategies that support the integration of language learning with cultural awareness in technical education. It emphasizes interactive teaching methods, interdisciplinary content, and real-life communication scenarios that help students better understand the cultural nuances relevant to their profession. Additionally, the article explores the role of project-based learning and technology-enhanced instruction in creating a more immersive and effective educational experience. The proposed strategies aim to foster globally competent engineers who can effectively communicate and collaborate across cultural boundaries. The integration of linguistic and cultural knowledge not only enhances communication skills but also contributes to personal growth, adaptability, and global awareness, all of which are essential for modern engineering professionals in an interconnected world.
Keywords:
linguocultural competence engineering education educational strategy intercultural communication language integration professional development interactive methods global competence“Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ingliz tilini kasbiy yo‘naltirilgan holda o‘qitishda bo‘lajak muhandislarni ingliz tilidan lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasini amaliyotda qo‘llash, eng avvalo, o‘qitish strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi. O‘qitish strategiyasi o‘qitishga bo‘lgan yondashuv bilan belgilanadi. Yondashuv deganda, o‘rgatilayotgan fan mohiyatiga bo‘lgan qarash (Azimov, Shchukin 2009; 216), ta’limiy faoliyatni ko‘rib chiqish, talqin qilish va loyihalashga asos bo‘ladigan nazariy-metodologik nuqtai nazar (Komarova 2008; 47) yoki bir nechta yondashuvlarning maqsadga muvofiq tanlanib, ilgari qo‘llanilmagan metodologik blokda yangi sifat darajasida integratsiyalashuvi tushuniladi.
Optimal yondashuv nuqtai nazaridan, “Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirishda bir nechta o‘qitish yondashuvlarining yagona tizimda uyg‘unlashuvi konseptual asos sifatida ko‘riladi. Ular quyidagilardan iborat:
Lingvomadaniy yondashuv – bu yondashuvning dolzarbligi, bo‘lajak muhandislar xalqaro kasbiy kommunikatsiyasining madaniy kontekstini o‘qitishda maksimal darajada hisobga olish zarurati bilan belgilanadi. Bunda til bilan sintetik uyg‘unlikda madaniy kontekstni o‘rganish orqali kommunikatsiya ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro tushunishni ta’minlovchi va ingliz tilidan neft-gaz muhandisligida to‘g‘ri foydalanishga imkon beruvchi tezaurusni aniqlash maqsad qilinadi.
Kognitiv yondashuv – bu yondashuv til kursiga kasbiy komponent integratsiyalashuvi natijasida o‘qitish jarayonining lingvokognitiv murakkabligi ortgani, o‘qitish vazifalarining bilish jarayoni bilan bog‘liqligi, talabalar tomonidan kasbiy tezaurusni egallash – bu esa nutqiy faoliyatning lingvokognitiv asosi bo‘lib xizmat qilishi – zarurligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari, ingliz tilini o‘zlashtirishda ong, bilish jarayonlari va tafakkur faoliyatining isbotlangan roli ham e’tiborga olinadi.
Madaniyatlararo yondashuv – ushbu yondashuvning ahamiyati, bo‘lajak bo‘lajak muhandislarda turli mintaqalarda ishlashga, turli davlatlar va madaniyatlar vakillari bilan hamkorlik qilishga, ko‘p millatli va polimadaniy tarkibga ega xalqaro muhandislar hamjamiyatida kasbiy muloqot olib borishga tayyorgarlik va qobiliyatni shakllantirish zarurati bilan belgilanadi.
Kommunikativ-faoliyatli yondashuvi – bu yondashuvning ahamiyati “Neft va gaz ishi” yo‘nalishi talabalari ingliz tilida real kommunikatsiyaga va kasbiy hamkorlik vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lishlari zarurligi bilan belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida talabalarni kasbiy jihatdan talab etiladigan nutqiy-va tafakkuriy faoliyatga jalb etgan holda keng kommunikativ amaliyotni tashkil etishni talab qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan har bir yondashuv o‘ziga xos funktsiyaga ega bo‘lib, o‘qitish jarayoniga o‘zining xos tamoyillarini olib kiradi. Bu tamoyillar bo‘lajak muhandislar uchun ingliz tilidan lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi doirasida ma’lum bir xususiyatga ega bo‘ladi. Tanlangan yondashuvlarning asosiy tamoyillarini ajratib ko‘rsatamiz, ularning majmuasi esa qo‘llanilayotgan o‘qitish metodini, o‘quv materiallari xarakterini, foydalaniladigan o‘qitish usullarini, o‘quv jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro aloqalari usullarini belgilaydi (Kolesnikova, Dolgina 2001; 21).
Bo‘lajak muhandislarni kasbiy lingvomadaniyat bilan tanishtirish va ular orasida tegishli lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirish maqsadida ingliz tilini kasbiy yo‘naltirilgan tarzda o‘qitishning mazmuniy asosini lingvomadaniy yondashuv tashkil etadi. Bu yondashuv xalqaro kasbiy kommunikatsiyaga tayyor muhandislar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli lingvomadaniy bilim, ko‘nikma, malaka, qobiliyatlar va shaxsiy sifatlarni hisobga olishni nazarda tutadi. Shunga muvofiq, kasbiy mavzularni, kasbiy muloqot vaziyatlarini hamda maxsus o‘quv materiallarini tanlash zarurati tug‘iladi. Ta’lim jarayoni quyidagi lingvomadaniy tamoyillarga tayanadi:
Kasbiy madaniy muvofiqlik tamoyili, ya’ni til darslari va o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tezaurusni neft va gaz muhandisligi sohasi kasbiy madaniyatining barcha kontekstlarini qamrab olgan holda yo‘naltirish.
Til va kasbiy madaniyatni teng va bir butun holda o‘qitish tamoyili (Met, 1999), bu tamoyil bir tomondan – neft-gaz sohasi kasbiy madaniyatining mazmuniy-mantqiy maydoni asosida tilni o‘zlashtirishni, boshqa tomondan – kasbiy madaniyatga ushbu madaniyatning tilini o‘rganish orqali kirib borishni nazarda tutadi. Bunda o‘qitish muloqotning mazmuniy tomoniga va og‘zaki hamda yozma nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratiladi, tilni o‘rgatishda alohida aspektlarga bo‘linmaydi. Natijada, talabalarning ongida til va madaniyat kognitiv, funksional, shaxsiy va axloqiy jihatlarda sintez holatida shakllanadi.
Kasbiy lingvomadaniyar dialogi tamoyili – ingliz tilidagi (xalqaro) va o‘zbek tilidagi (ona tili) kasbiy lingvomadaniyar o‘rtasidagi teng huquqli va teng mazmunli o‘zaro taqqoslashga asoslangan ta’limni nazarda tutadi. Bu tamoyil bo‘lajak muhandislar ingliz tilidagi lingvomadaniy kompetentligini tashkil etuvchi barcha kompetensiyalar komponentlarini intra- va intermadaniy jihatdan solishtirish asosida shakllantirishni ko‘zda tutadi:
a) Terminologik kompetensiyani shakllantirish – bu o‘zbek va ingliz tillaridagi neft-gaz atamalari hamda ular ortida turgan konseptlarni maqsadli taqqoslash asosida ikki tillilik (bilingvizm) asosida olib boriladi (2-ilovada ingliz va o‘zbek tillarida neft-gaz sohasi tilining lingvodidaktik xususiyatlari ko‘rsatilgan).
b) Maxsus tematik kompetensiyani shakllantirish – bu xorijiy va mahalliy neft-gaz texnologiyalariga oid materiallar asosida amalga oshiriladi.
c) Kasbiy mamlakatshunoslik kompetensiyasini shakllantirish – bu bir tomondan o‘z vatanimizni neft-gaz davlatlari qatorida o‘rganish, boshqa tomondan esa xorijiy mamlakatlar va mintaqalarning neft-gaz sohasi va milliy madaniyatlari haqida ma’lumot olish orqali amalga oshiriladi.
d) Ishbilarmonlik kompetensiyasini shakllantirish – bu xalqaro neft-gaz sohasida mamlakatimiz hamkorligi masalalarini o‘rganish, ingliz tilidagi manbalardan ishbilarmonlik axborotini tushunish va o‘zbek tilidagi ishbilarmonlik axborotini ingliz tilida ifodalashga qaratilgan ta’lim jarayoni orqali amalga oshiriladi.
Tarbiyalovchi ta’lim tamoyili – bu talabalarda bo‘lajak muhandis uchun ingliz tilidagi lingvomadaniy kompetentlikning axloqiy komponentini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, uning asosiy komponentlari quyidagilardan iborat: a) Gumanistik kasbiy qadriyatlar va dunyoqarash tamoyillar tizimi, ijtimoiy mas’uliyat va vatanparvarlik hissi, ekologik va ishbilarmonlik madaniyati; b) Ikkilik kasbiy identifikatsiya – bir tomondan neft-gaz sohasi vakili sifatida, boshqa tomondan esa xalqaro bo‘lajak muhandislar hamjamiyati a’zosi sifatida; c) Boshqa davlatlardagi bo‘lajak muhandislarning innovatsiyalariga va yutuqlariga qiziqish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganishga qobiliyat va tayyorgarlik, eng yaxshi xalqaro amaliyotlar va texnologiyalarni egallash asosida kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish.
O‘qituvchining maxsus lingvomadaniy kompetentlikni ta’minlash tamoyili – bu tamoyil o‘qituvchining bo‘lajak muhandislar uchun xalqaro kasbiy kommunikatsiyada zarur bo‘lgan ikki tilli (bilingval) tezaurusga egaligini, maxsus matnlarning mazmunini tushunish va ularni to‘g‘ri talqin qila olish malakasini, o‘rganilayotgan lingvokulturani uzatuvchi sifatida faoliyat yurita olish qobiliyatini; sun’iy lingvomadaniy muhit yaratish, kasbiy mavzularda muloqotni tashkil eta olish, kasbiy madaniyatlar dialogi va milliy madaniyatlar polilogini ta’lim jarayonida yo‘lga qo‘ya olishni nazarda tutadi.
Autentiklik tamoyili – bu yerda autentiklik sotsiomadaniy pozitsiyadan talqin qilinadi: ya’ni, autentik deb til jamoasi tomonidan uning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaratilgan matnlar tushuniladi (Little, Devitt, Singleton 1988; 27). Ushbu tamoyil bo‘yicha o‘qitishda, asosan, ingliz tilidagi neft-gaz kasbiy lingvokulturasining namunasi bo‘lgan asl (moslashtirilmagan) materiallardan hamda ular uchun ishlab chiqilgan autentik topshiriqlardan foydalanish nazarda tutiladi (Douglas 2000; 2; Guariento, Morley 2001; Nosonovich, Milrud 1999; Savinova & Mikhaleva, 2014).
Shuni hisobga olib, muhandislik yo‘nalishi talabalarining ingliz tiligan lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirishning metodik modelini qurish zaruratini taqozo qiladi. Biz bo‘lajak ingliz tiligan lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirishning metodik modelini ishlab chiqishda mehnat bozori tomonidan bitiruvchiga yuklatilgan malaka talablarini va Davlat ta’lim standartlariga asoslanamiz. Bunday tuzilmaning komponentlari maqsadli va mazmun-mohiyatiy jihatdan amalda bajarilishi lozim.
Mazkur talqinga ko‘ra, kasbiy autentik materiallarga quyidagilar kiradi: neft-gaz muhandislik madaniyati mahsuloti bo‘lgan istalgan materiallar, xususan: darsliklar, maxsus ilmiy-texnik va ommabop ilmiy adabiyotlar, gazeta-jurnal va internet nashrlari; kompaniyalar, ishlab chiqarish korxonalari, kasbiy uyushmalar veb-saytlari; tegishli ishlab chiqarish faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro me’yorlar va qoidalar; ishlab chiqarish hujjatlari, reklama bukletlari va broshyuralar; ishbilarmonlik yozishmalar namunasi va boshqalar.
Kasbiy autentik materiallar umumiy adabiy ingliz tilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan lingvostranovedik autentik materiallar bilan bir xil funksiyani bajaradi. Ya’ni:
1. sun’iy kasbiy lingvomadaniy muhitni yaratishga va talabalarning kasbiy madaniyat kontekstiga sho‘ng‘ishiga xizmat qiladi; bu jarayon ta’lim auditoriyasidan “haqiqiy hayot”ga o‘tishning ko‘prigi bo‘lib xizmat qiladi (Guariento & Morley, 2001);
2. o‘rganilayotgan tilda og‘zaki va yozma nutqni samarali qabul qilish ko‘nikmalari va strategiyalarini shakllantiradi; tabiiy kasbiy kommunikatsiyaga va uning barcha leksik-grammatik xususiyatlariga yaqinlashtiradi; kompensator ko‘nikmalarni rivojlantiradi (Brinton, Snow & Wesche, 1989; 93);
3. tilni real, jonli qo‘llanilishida his qilish imkonini beradi va shu orqali uni o‘rganishga motivatsiyani saqlab turadi (Guariento & Morley, 2001);
4. xorijiy madaniyat bilan tanishtirishning eng maqbul vositasi hisoblanadi (Nosonovich, 1999);
5. darslardagi kommunikativ jarayonlarni faollashtiradi, kasbiy mavzular bo‘yicha muloqotga undaydi (o‘sha manba).
Kognitiv yondashuv tamoyillari
Zamonaviy psixolingvistika tamoyillarini ta’limiy faoliyatda hisobga olish kognitiv yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday yondashuv ingliz tilini faqat o‘rganish obyekti sifatida emas, balki muloqot, idrok va tafakkur vositasi sifatida qo‘llashni nazarda tutadi (Benediktov 1974: 254–264; Cloud, Genesee, Hamayan 2000: 3; Brown 1994; Ellis, Johnson 2008; Dalton-Puffer 2007: 2–3; Stryker, Leaver 2007).
Bu holatda bilimlarni egallash mavjud kognitiv tuzilmalar asosida yangi konseptlarni ongda faol tarzda qurish va modellashtirish jarayoni sifatida qaraladi. Bu tuzilmalar yangi ma’lumotni shaxsning bilimlar tizimiga tartibli ravishda kognitiv sxemalar va mental modellar shaklida integratsiya qiladi (Dalton-Puffer, 2007; 8).
“Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bo‘lajak muhandislar xorijiy lingvomadaniy kompetentligini shakllantirishda qo‘llaniladigan kognitiv yondashuvning asosiy tamoyillarini keltirib o‘tamiz:
Onglilik tamoyili, texnika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan “Neft va gaz ishi” yo‘nalishi talabalari fikrlashining tahliliy xarakteriga asoslanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) o‘quv jarayoniga ongli munosabat – ya’ni, uning maqsad va vazifalarini tushunishga asoslangan yondashuv; b) o‘quv kursining mazmuni va til hodisalarini, nutq birliklaridan foydalanish usullarini tushunishga tayangan holda, konseptual hamda lingvistik materiallarni ongli ravishda o‘zlashtirish, bu esa tilni amaliy muloqot vositasi sifatida egallashga zamin yaratadi (Krashen, 1982; 58–73); v) o‘zlashtirilayotgan materialning kasbiy ahamiyatini anglab, unga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirish.
Tizimlilik va izchillik tamoyili, quyidagilarni ta’minlaydi: a) didaktik tizimning barcha komponentlari o‘zaro bog‘liqligi; b) o‘quv faoliyatining mantiqiyligi, tizimliligi va izchilligi, o‘quv jarayonining muayyan algoritm asosida tashkil etilishi, uning barcha qismlarining uyg‘un ishlashi; v) o‘qitilayotgan mazmunning tartibliligi: ya’ni, kasbiy jihatdan dolzarb bo‘lgan konseptual bilimlarni til kursiga integratsiya qilish hamda neft-gaz sohasi kasbiy madaniyatining maxsus mazmunini ifodalovchi til vositalaridan foydalanish; g) o‘quv vositalari, metodlari va natijalarni nazorat qilish usullarining tizimli va izchil qo‘llanilishi.
Talabalarning nutq-va-tafakkur faolligi tamoyili (Passov, 2008; 99–100), bu talabalarni o‘quv jarayonining faol ishtirokchilari sifatida ko‘rishni nazarda tutadi. Bu quyidagilarni qo‘llab-quvvatlaydigan o‘qitish usullarini qo‘llashni talab etadi:
a) ichki (aqliy) faollik – o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatini anglashga qaratilgan tafakkur faoliyati, bunda kelajak kasbiga bo‘lgan qiziqish asosida kasbiy madaniyat va uning tilini chuqur o‘zlashtirish, bilimni faol o‘zlashtirish, shuningdek, bilish va kommunikativ tafakkurning faollashtirilishi; b) tashqi (nutqiy) faollik – nutqiy xulq-atvor ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat; v) ijodiy mustaqillik – darslarda talabalar tomonidan faol ishtirok etish, kichik guruhlarda yoki katta auditoriyalarda mustaqil izlanish olib borish va ma’lumot taqdim etish, muammolarni hal qilish, o‘z nuqtai nazarini shakllantirish va asoslash, ovoz chiqarib fikr yuritish. Bu jarayonda o‘quv faoliyatining evristik xarakteri bilimlarning muvaffaqiyatli esda qolishiga xizmat qiladi.
Talabalarning nutqiy-va-tafakkuriy faolligini rag‘batlantirish quyidagilar orqali ta’minlanishi mumkin:
1. ta’lim jarayonining barcha komponentlari doimo o‘zgaruvchan bo‘lishi, o‘quv faoliyatining yangiligi (Passov, 2008; 99–100);
2. maxsus matnlar mazmunining yangiligi, bu esa kasbiy eruditsiya darajasining oshishiga xizmat qiladi (Obraztsov & Ivanova, 2005; 9);
audiovizual va vizual vositalardan foydalanish, jumladan: a) ishlab chiqarish sohasiga oid haqiqiy artefaktlar va ularning kichik modellari (masalan, muzey yoki ko‘rgazma eksponatlari, uskuna, material namunalar va h.k.); b) ishlab chiqarish obyektlari, mashinalar va uskunalar tasvirlari; v) kompaniya logotiplari va sohaga oid boshqa ramzlar tasvirlari; g) audiovizual materiallar: ishlab chiqarish jarayonlari tasvirlangan videoyozuvlar va animatsiyalar; sohaga oid mutaxassislar bilan suhbatlar va intervyular yozuvlari, ularning konferensiyalardagi chiqishlari; sohaga oid hujjatli va badiiy filmlar; yangiliklar va informatsion radio va teleko‘rsatuvlar va boshqalar.
References
Azimov, E.G., & Shchukin, A.N. (2009). Dictionary of methodological terms. IKAR.
Benediktov, A.A. (1974). Problemy lingvodidaktiki (pp. 254–264). Prosveshchenie.
Dalton-Puffer, C. (2007). Discourse in content and language integrated learning (CLIL) classrooms. John Benjamins.
Douglas, D. (2000). Assessing language for specific purposes. Cambridge University Press.
Guariento, W., & Morley, J. (2001). Text and task authenticity in the EFL classroom. ELT Journal, 55(4), 347–353.
Kolesnikova, I. K., & Dolgina, O. A. (2001). Didakticheskie osnovy obucheniya inostrannym yazykam. Academia.
Komarova, T.V. (2008). Metodika obucheniya angliyskomu yazyku. VLADOS.
Krashen, S.D. (1982). Principles and practice in second language acquisition. Pergamon.
Little, D., Devitt, S., & Singleton, D. (1988). Learning foreign languages from authentic texts: Theory and practice. Authentik.
Obraztsov, P.I., & Ivanova, T. A. (2005). Lingvodidaktika i sovremennye podhody k obucheniyu inostrannym yazykam. Flinta.
Passov, E.I. (2008). Kommunikativnaya metodika obucheniya inoyazychnoy rechi. Prosveshchenie.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Феруза Уринбоева

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
