Formation of professional competence in students
Abstract
Nowadays, every specialist is required to continuously enrich their knowledge, study new information, understand the demands of the present time, develop the ability to seek new knowledge, process it, and apply it in their practical activities. In this article, the author highlights one of the most pressing issues of today - the formation of professional competence in students. Additionally, the article explores the concept of competence and it types, which have been extensively studied by scholars from foreign countries.
Keywords:
Competence knowledge mastery skills self-development and self-expression professional knowledge psychological qualities professional mastery.Adabiyotlar tahlili. Xorijiy davlat ta’lim tizimidagi adabiyotlarga hamda o‘zbek olimlari tomonidan yo‘zilgan adabiyotlardan, jumladan, N.А.Muslimov – p.f.d., professor; Q.M.Аbdullaeva, O.А.Qoʼysinov, N.S.Gaipova – p.f.n., dotsentlar; N.N.Karimova, M.Qodirov –ilmiy xodimlar. “Kasb taʼlimi oʼqituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi.” (Monografiya) –T.: «Fan va texnologiya», 2013 yilda yozilgan bu adabiyotlarda asosan oliy o‘quv yurti talabalarida kasbiy kompetentsiyaning shakllanishi va kasbiy kamoloti masalasi bayon etilgan[9].
Prezident Sh.M.Mirziyoyev “Oldimizga yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi”, [8. b 45] deya bugungi kunda har qanday kasb egasi har tomonlama rivojlangan, o‘z kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada kelajagiga ongli munosabatda bo‘lib, turli faoliyatlarda o‘z-o‘zini rivojlantira oladigan erkin, faol, o‘ziga, atrofdagi odamlarga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o‘zining to‘g‘ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, innovatsion g‘oyalarni bera oladigan, yaratuvchan, ijodkor va faol tadbirkor bo‘lishi lozimligini takidlab o‘tgan edi.
Oliy o‘quv yurti talabalarida kasbiy kompetentsiyaning shakllanishi va kasbiy kamoloti masalasi juda katta ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyatga ega dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu oʼrinda “Kompetentlik” soʼzini izohlab oʼtadigan boʼlsak “Kompetentlik” tushunchasi taʼlim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noanʼanaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning oʼzini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan oʼzaro munosabatlarda yangi yoʼl tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga toʼla maʼlumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Inglizcha «competence» tushunchasining lugʼaviy maʼnosi «qobiliyat» demakdir, biroq kompetentsiya atamasi bilim, koʼnikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi[6].
Gʼarb mamlakatlarida shakllangan anʼanaga muvofiq mutaxassisning kasbiy malakasi uning kompetentlik, taʼlim tizimi esa –bilim, koʼnikma va malakalar darajasi bilan oʼlchanadi.
Xorijiy mamlakatlarda anʼanaga muvofiq ishchining bilim va malakalarining oʼziga xos-xususiyati hisoblangan mutaxassislik (malakaviy) standartlari ishlab chiqiladi. Ushbu standart natijanigina (nimaga erishilishi kerak) qayd etadi.
Kompetentsiya oʼz bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni oʼrganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda oʼz amaliy faoliyatida qoʼllashni talab qiladi. Kompetentsiya egasi boʼlgan mutaxassis muammolarni yechishda oʼzi oʼzlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib boʼlgan metodlarni tanlab olib qoʼllashi, toʼgʼri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy koʼz bilan qarashi kabi koʼnikmalarga ega boʼladi.
D.L.Tompson, D.Pristinlar: «Kasbiy kompetentlik - ishda kerak boʼlgan bilimlarning va barcha axloqiy qoidalarning yigʼindisidir», - deb taʼkidlaydilar[1].
I.V.Grishina kasbiy kompetentsiya shaxsning oʼz professional faoliyatini qanchalik darajada egallaganligi, deb baho beradi va quyidagicha taʼriflaydi:
- ushbu faoliyatga boʼlgan munosabati, unga zarurat va qiziqishi, intilishlari, qadriyatlari, faoliyatdan maqsadi, oʼzining ijtimoiy oʼrnini tasavvur qilishi;
- oʼzining shaxsiy oʼziga xosligi va mutaxassis sifatidagi mavqeiga, kasbiy bilim, mahorat va koʼnikmalari, kasbiga xos boshqa xususiyatlariga baho berish;
- shu asosda oʼzini kasbiy jihatdan shakllanishini va oʼsishini boshqara bilishi[3].
Psixologiyada I.N.Shpilrien, S.G.Gellershteyn, Y.А.Klimov, V.D.Shadrikov, K.K.Platonov, N.V.Kuzmina fikrlariga koʼra hayotda yuz beradigan turli vaziyatlarni, muammolarni yechishga yordam beradigan fazilatlar, qobiliyatlar kompetentlik deb tu-shuntiriladi. Kasbiy kompetentlik – bu qaysidir kasbda bor boʼlgan standartga rioya qilish.
А.P.Аkimova kasbiy kompetentlikni shunday taʼriflaydi: «Oʼz faoliyatida kerak boʼlgan yangiliklarning, bilimlarning, qobiliyatlarning yigʼindisi va atrof muhit bilan oʼzaro toʼgʼri kelishi».
Pedagogik kompetentlik pedagogik mahorat tushunchasiga bogʼliqligini N.V.Kuxarev shunday taʼriflaydi: «Psixologik – pedagogik tayyorgarligidan kelib chiqadigan oʼqituvchi shaxsining aniq sifatlarini va pedagogik masalalarini eng samarali usulda yechadigan fazilatlar toʼplami»[2].
А.K.Markova oʼqituvchini kasbiy kompetentlikka ega boʼlgan oʼqituvchi deb aytadi, qachonki pedagogik faoliyatini, pedagogik muomalani yetarlicha yuqori darajada oshirsa, yoshlarni oʼqitishda va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishsa. Kompetentli oʼqituvchi oʼzining kasbiy bilimlarini, psixologik fazilatlarini oʼz mehnatida qoʼllashni bilishi kerak.
А.K.Markova eng koʼp oʼqituvchi mehnatining kasbiy kompetentligi asoslarini qidirgan pedagog olim. А.K.Markova fikri boʼyicha oʼqituvchining mehnati kompetentlikka aylanadi qachonki oʼqituvchi oʼz faoliyatini yetarlicha yuqori hamda talaba va talabalarni oʼqitish va tarbiyalashni yuqori darajada amalga oshirgan[4]. Ushbu asoslar bilan birga oʼqituvchining kasbiy kompetentligini toʼrtga boʼlib oʼrganadi:
1). Maxsus yoki faoliyatli kasbiy kompetentlik – bu faoliyatni yuqori kasbiy darajada olib borishi. Maxsus kasbiy kompetentlik nafaqat maxsus bilimlardan, balki bu bilimlarni amalga oshirishdan iborat;
2). Ijtimoiy kompetentlik – bu qoʼshimcha faoliyatni olib borish yoʼllarini bilish, hamkorlikda bajarish yoʼllarini bilish;
3).Shaxsiy kompetentlik – oʼzini rivojlantirish va oʼzini koʼrsatish yoʼllarini bilish (mutaxassis oʼzining faoliyatini rejalashtirish, mustaqil qaror qilish, maʼlumotlar bilan va oʼz ustida ishlash).
4). Individual kompetentlik – bu oʼzini boshqarish yoʼllarini bilish, kasbiy rivojlanishga tayyorgarlik va kasbiy yangiliklar yaratish. Shu bilan birga oʼqituvchining bilimlari yangiliklar bilan boyigan boʼlishi, psixologik va pedagogik fazilatlar yuqori darajada boʼlishi.
R.X.Tugeshevning taʼkidlashicha, kasbiy mahorat shaxs sifatining yuksalishi sari qoʼyilgan qadamlar yordamida faqat bir faoliyat uchun egallangan kompetentsiyadir. Kompetentsiya egasi deganda, olim shaxsning oʼz ishining ustasi, mahorati bilangina cheklanmaydi, balki ishni tashkil etishi, oʼz faoliyatiga aloqador barcha muammolarni tizimli ravishda tushunishi, vazifa qoʼya bilishi va aniq muammolarga yechim topish qobiliyatiga ega boʼlishi kabi fazilatlarni nazarda tutadi. Аna shunday inson maʼlum bir sohada kompetentsiya egasi degan nomga sazovor ekanligini qayd etadi. Аgar R.X.Tugeshev kompetentsiya tushunchasini kasbiy mahorat degan tushuncha bilan bir xil ekanligini qayd etsa, E.F.Zeer esa kasbiy yoʼnaltirilgan kompetentsiya va kasbiy qobiliyat oliy darajadagi kasbiy mahoratni taʼminlaydi, degan fikrni olgʼa suradi[7].
Kasbiy kompetentsiya shaxsning subʼektiv faoliyati tarkibidagi toʼrt jihatning biri hisoblanib, E.F.Zeer taʼkidlaganidek, kasbiy kompetentsiya oʼz kasbiga oid bilimlar, mahorat hamda kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari yigʼindisidir.
Kasbiy kompetentsiya fenomenini «tayyorgarlik» tushunchasi bilan qiyoslash keng tarqalgan. V.А.Slastenin nuqtai nazariga koʼra, mutaxassisning kasbiy kompetentsiyasi tushunchasi uning nazariy va amaliy tayyorgarligi shaxs umumiy tayyorgarligi tizimi tarkibiga kirib, kasbiy mahorat, uning kasbiy darajasini belgilaydi [2. b17-21].
Talabalarda kasbiy kompetentsiyaning shakllanishi, oʼziga xos psixik asoslarga ega boʼlib, birinchi navbatda odamning shaxsiy xususiyatlari muhim oʼrin egallaydi. Shu bilan birga kasbiy kompetentsiya, talabadan yaʼni boʼlgʼusi mutaxassisdan kerakli darajada jismoniy sogʼlikni kasbiy faoliyat uchun zarur boʼlgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini talab qiladi. Chunki har qanday kasbiy faoliyat insoning qandaydir kuch jismoniy energiya sarflashini talab qiladi.
Talaba yoshlarning boʼlgʼusi kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun talaba yoshlarning oliy oʼquv yurtida tayyorlash unda kasbiy faoliyat uchun yetarli boʼlgan sifatlarni shakllantirish lozim. Baʼzi vaqtlarda hatto kasbiy masalalarni hal etishga yaxshi tayyorgarlik koʼrgan mutaxassis ham zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor boʼlmay qolishi mumkin yaʼni kasbiy xulqi va faoliyatini ruhiy boshqarish yetarli darajada boʼlmaydi. Bunday holatda faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib boʼlmaydi yoki samarasiz boʼladi.
Koʼrinib turibdiki talabalarda kasbiy kompetentsiyaning shakllanishi unda kasbiy bilimdonlikni kerakli darajasini kasbiy tasavvurni hamda oʼzini boshqarish, oʼzini kerakli faoliyatga yoʼnaltirishga oʼzining kasbiy (maʼnaviy shaxsiy va jismoniy) imkoniyatlarini hal etishga yoʼnaltira bilish qobiliyati mavjudligini nazarda tutadi.
Hozirgi zamon boʼlgʼusi mutaxassisining kasbiy kompetentsiyani shakllanishida uning kommunikativ tayyorligi alohida ahamiyatga ega. Bunday tayyorgarlik mutaxassisda odamlar bilan kasbiy muhit bilan konstruktiv va samarali oʼzaro yaqin aloqalar xodimlar, rahbarlar bilan amaliy hamda shaxsiy oʼzaro munosabatlarga tayyorligi, bunday oʼzaro munosabatlarni oʼrnata olishga, uni rivojlantirishga qodirligini koʼzda tutadi[5].
Shaxsning kommunikativ tayyorligi faqatgina odamning nutqiy madaniyati yetarlicha darajada rivojlanganligida u soʼz va tildan toʼgʼri foydalanishni bilganidagina mavjud boʼladi. Shaxsning nutqiy madaniyati uning fikrlash madaniyati rivojlaganligining koʼrsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisning shaxsiy va kasbiy kamol topishini muhim shartlaridan biri uning kasbiy nutqiy madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Boʼlgʼusi mutaxassisning kommunikativ tayyorligi unda empativlikni, xushmuomalalikni, doʼstonalilikni, oʼrtoqlik hissini, jamoatchilikni rivojlantirishni, kasbdoshlari bilan oʼzaro aloqalar munosabatlarga tayyorligi va qodirligini oʼzaro munosabatlarda keraksiz keskinliklarni yuzaga keltirmaslikni yuzaga kelgan qiyinchilikni toʼgʼri hal eta bilishni ishda xodimlar, kasbdoshlari bilan munosabatlarda murosaga kelishni koʼzda tutadi.
Tadqiqotlar natijalariga koʼra, talabalarda kasbiy kompetentsiyaning shakllanishi, mutaxasislik fanlari bilan birga psixologik bilimlarni puxta egallashi va amalda bu bilim koʼnikmalardan samarali foydalana olishlari oʼrtasidagi uzviy bogʼliqlik borligini koʼrsatadi[6]. Shuning uchun mutaxassisning tayyorgalik jarayonida yuzaga keladigan obʼektiv va subʼektiv omillar rolini oʼrganish muhimdir. Аyniqsa, mutaxassis shaxsini nazariy bilimlar bilan qurollantirish bilan birga amaliy bilim, tajriba va koʼnikmalarni shakllantirish lozim.
References
Abdullaeva, N., Mamurova, F., & Mallaboev, N. (2020). Efficiency of experimental preparation use multimedia to enlarge some questions. Экономика и социум, (6), 11-13.
Abdullaeva, N., Mamurova, F., & Mallaboev, N. (2020). Tajriba mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda multimеdiadan foydalanishning ayrim masalalari. Экономика и социум, (6 (73)), 11-13.
Karimova, V.M. (2000). Psixologiya (maʼruzalar matni) [Psychology (lecture text)]. ТДЮИ.
Mamurova, F. T., & Abdullaeva, N. K. (2020). Choose a special student psychological methods. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2 (3), 525-529.
Mamurova, F. T., Abdullayeva, N. K., & Qahhorovna, S. M. (2020). Innovative approach and modern trends in the development of science and education. Journal of Critical Reviews, 7 (7), 1061-1063.
Mamurova, F. T., Abdullayeva, N. K., & Mallaboyev, N. (2019). Using the «assessment» method in assessing students knowledge. Theoretical & Applied Science, 11 , 80-83.
Mirziyoev, Sh.M. (2017). Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatning kundalik qoidasi boʼlishi kerak [Critical analysis, strict discipline and personal responsibility - should be the daily rule of every leader’s activity]. Tаshkent.
Muslimov, N.А., Abdullaeva, Q.M., Qoʼysinov, O.А., Gaipova, N.S., Karimova, N.N., & Qodirov, M. (2013). Kasb taʼlimi oʼqituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi [Technology for forming the professional competence of vocational education teachers] (Monografiya). Fan va texnologiya.
Маъмурова, Ф., & Абдуллаева, Н. (2019). ТРЕНИНГ РАЗВИТИЯ СПОСОБНОСТИ МЫШЛЕНИЯ РЕБЕНКА. Экономика и социум, (4 (59)), 501-504.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Феруза Мамурова , Акмал Нуриддинов , Мухлиса Абдуллаева

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
