Историография социальных последствий традиционного ремесленничества и искусственной индустриализации в Узбекистане в 1917-1941 годах

Аннотация
В данной статье на основе архивных документов и достоверных источников обсуждается захват большевиками местного ремесленничества и промышленности в период деспотического режима, его достижения и проблемы. Также на основе исторического подхода освещены социальные последствия традиционного ремесленничества и искусственной индустриализации в Узбекистане в 1917-1941 годах.
Ключевые слова:
Ремесленные артели кустарничество деятельность Промышленного народного комиссариата Туркестанской Республики речи Э. Рудзутака.Mavzuni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish shundan dalolat beradiki, hozirgi kunda mazkur muammoga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar kam uchraydi. Lekin Vatanimizning 1917 – 1941 yillardagi ijtimoiy – iqtisodiy, sanoat va madaniy taraqqiyotiga bag‘ishlangan adabiyotlarda boshqa umumiy masalalar bilan bir qatorda hunarmandchilik va kosibchilikning u yoki bu qirralari ham qisman yoritilgan.
O‘zbekistonda e’lon qilingan adabiyotlarni davriy jihatidan ikki guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruhga sobiq mustabid tuzum davrida yozilgan va nashr qilingan asarlarni, ikkinchisiga esa – O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin nashr qilingan ishlarni kiritish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, birinchi guruhga kiruvchi barcha asarlarda sobiq sho‘ro tuzumini ko‘klarga ko‘tarib maqtash yaqqol ko‘zga tashlanadi. Izchil marksizmning rasmiy aqidalari ruhida yozilgan bu asarlarda oktyabr’ to‘ntarishi insoniyat tarixida yangi sahifa ochib bergan muhim voqea sifatida, kommunistik ta’limot esa misli ko‘rilmagan ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga qodir bo‘lgan birdan – bir nazariya sifatida baholandi. Natijada ilmiy xulosalar, bir qator tarixiy voqeiyliklarga berilgan baholar noxolis bo‘ldi.
Biroq, o‘sha yillardagi ko‘p qirrali va xilma – xil mazmundagi adabiyotlarni yoppasiga rad qilish, bizning fikrimizcha to‘g‘ri emas. Chunki, ular aniq ko‘zga tashlanib turgan kamchiliklarga va kommunistik aqidalarga asoslangan bo‘lishiga qaramay, ularda katta miqdordagi qimmatli tarixiy hujjatlar va manbalar umumlashtirilgan bo‘lib, tarixiy voqeiyliklarni anglab yetishda, o‘sha davr ruhini qisman his etishda ma’lum darajada qimmatlidir.
Birinchi davr mualliflarining xizmati shundaki, ular tarixiy voqealarning jonli guvohi sifatida izma – iz borib to‘plangan daliliy materiallar asosida asarlar yaratdilar. Shuning uchun ham dastlabki nashr etilgan asarlar bu voqealarning bevosita ishtirokchilariga va sho‘ro hukumatining dastlabki yillaridagi siyosiy rahbarlar qalamiga mansub edi. Bular qatoriga Turar Risqulov, Sulton Segizboyev, Nazir To‘raqulov, Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov va boshqalarning asarlarini kiritish mumkin[1]. Garchi bu asarlarda Turkistonda va O‘zbekistonda ro‘y bergan murakkab jarayonlarni tarixiy tajriba sifatida tahlil qilish yetarli darajada ilmiy mushohada va boshqalar bilan aks ettirilmagan bo‘lsa-da, lekin o‘lka ijtimoiy hayotining barcha sohalaridagi o‘zgarishlar, jumladan hunarmand – kosibchilik ahvoli, ayniqsa oktyabr to‘ntarishidan keyingi hunarmand va kosiblarning ijtimoiy – siyosiy hayotdagi o‘rni, sohasidagi faoliyatini nihoyatda ko‘klarga ko‘tarishga harakat qilingan.
Tarix fanida kommunistik mafkurani chuqurroq singdirish va mustahkamlash asosiy vazifa bo‘lib qoldi. Natijada, o‘sha davr tarixshunosligi faqat sifat jihatdangina emas, balki miqdor jihatidan ham nochor ahvolda ekanligi ko‘zga tashlandi. Asosan, unchalik katta bo‘lmagan maqolalar va kitoblar bosilib chiqdi. Xususan, I.K. Dodonov, K.Ye. Jitov, V. Ya. Nepomninning tadqiqotlarini shular jumlasiga kiritish mumkin[2]. Bu mualliflar mintaqada oktyabr to‘ntarishining harakatlantiruvchi kuchlarini yanada “aniqroq” ta’riflab berishga, uning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlarini, ayniqsa hunarmand kosiblarning oktyabr to‘ntarishini ma’qullamaganligi uchun ularga nisbatan qattiqqo‘llik qilinganligi ijobiy voqea sifatida tahlil qilingan.
1950 – yillarda istiqlolchilik harakati tarixiga ham alohida e’tibor berildi. Masalan, A.X. Boboxo‘jayev, E.A.Voskoboynikov va A.I. Zevelev, M.X.Nazarov, S.P.Timoshkovlarning monografiyalarida milliy ozodlik uchun kurashayotgan vatanparvarlar “bosmachi,” sovet hokimiyatiga qarshi boylar, ruhoniylar, mehnatkash xalqni ezuvchi sinflar,” mulkidan ajragan hunarmand – kosiblar” dushman sifatida, O‘zbekiston hududida mustabid sovet hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida zo‘ravonlik va qatag‘on siyosatini olib borgan Turkkomissiya faoliyati esa ijobiy baholandi[3].
Biroq, bu adabiyotlarda o‘sha yillarda xalqni, milliy vatanparvarlarni tashvishga solgan dolzarb muammolar esa chetda qoldi, ular muhim masala sifatida o‘rganilmadi. Chunki, davrning og‘ir yuki ilmiy tadqiqotlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Shu sababli, 1930 yillarning oxiri 1950 yillarning boshlarida chop etilgan adabiyotlar bol’sheviklar jamiyatining faqat ijobiy tomonlarini ko‘rsatib, stalinizmni ko‘klarga ko‘tarib maqtash bilan cheklandi, xolos.
1950 yillar – 1980 yillarning birinchi yarmida yaratilgan asarlar asosan kommunistik partiyaning sosialistik qurilishni avj oldirishdagi “Buyuk vazifalarini” asoslab berishga, ishchilar sinfining inqilob g‘alabasidagi va sosializm qurishdagi “hal qiluvchi roli” ni, sho‘ro hokimiyatini mustahkamlovchi “gegemonlik” o‘rnini ochib berishga qaratildi. Turkistonda sho‘ro qurilishining dastlabki yillarini o‘rganishda M. Vahobov, I. Dodonov, K. Jitov, X. Inoyatov, X. Tursunov, V. Xarinning tadqiqotlari munosib hissa qo‘shdi[4]. Bu asarlar ko‘p qirrali bo‘lib, ularda o‘lkadagi “inqilobiy voqea”larning tafsilotlarini atroflicha ko‘rsatib berishga, mahalliy ishchilar va kambag‘al dehqonlarning siyosiy faolligini aks ettirishga, ularning o‘lkada sho‘ro hokimiyatini mustahkamlashdagi ishtirokini yoritib berishga harakat qilingan.
1960 - yillarning ikkinchi yarmida to‘rt jilddan iborat “O‘zbekiston SSR tarixi”2 kitobining nashr etilishi O‘zbekiston madaniy hayotida sezilarli voqea bo‘ldi. Mazkur nashrning 2 va 3 jildlarida oktyabr’ to‘ntarishi o‘lka xalqlari ijtimoiy hayotida “buyuk voqea” sifatida keng yoritilgan. “O‘zbekiston SSR tarixi”[5] fundamental nashri bilan bir qatorda tadqiq etilayotgan yillarda bir qatorda yirik umumlashtiruvchi asarlar ham e’lon qilindi[6]. Bu fundamental va umumlashtiruvchi asarlarda oktyabrdan keyingi O‘zbekiston tarixiy taraqqiyotining umumiy manzarasi bilan bir qatorda hunarmnd – kosibchilik masalalari, hunarmandlar hayotida sodir bo‘lgan “inqilobiy” o‘zgarishlar “hunarmandchilikni sanoat asosida qayta qurish,” deb talqin qilingan. Hunarmandlar hayotidagi “buyuk o‘zgarishlarni” kommunistik partiyaning “buyuk tashkilotchiligi” sifatida baholangan.
Tadqiq etilayotgan davr tarixshunosligining muhim xususiyatlaridan yana biri “harbiy kommunizm” sharoitida bol’sheviklar partiyasi ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy siyosatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga intilishi bo‘ldi. Bu o‘rinda birinchi navbatda R. A Nurullin, V.A. Suvorov tadqiqotlarida1 sho‘ro hokimiyatining dastlabki yillarida amalga oshirilgan o‘zgartiruvchilik tadbirlarida yo‘l qo‘yilgan, ayniqsa hunarmand – kosiblarning mayda – chuyda ustaxonalarigacha davlat hisobiga musodara qilinishi yoritilgan.
Shuningdek, muammoning tarixshunosligiga R.X. Aminova, G. R. Rizayev, A. O‘lmasov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari[7] sezilarli hissa bo‘lib qo‘shildi. Masalan, R.X.Aminova va G.R. Rizayev sho‘ro hokimiyatining dastlabki yillaridagi agrar islohotlar va shu jumladan qishloq hunarmand – kosibchiligidagi ba’zi islohotlarni umumiy tarzda ko‘rsatgan bo‘lsalar, A. O‘lmasov esa o‘z asarida Turkiston sanoatining “sosialistik asosda” tashkil qilish jarayonlarini o‘rganish bilan bir qatorda milliy hunarmandchilikni ham “sosialistik asosda” qayta qurish masalasini qisman bo‘lsa - da yoritgan.
Bu yillarda umumiy va xususiy adabiyotlar bilan bir qatorda mavzuga oid maxsus adabiyotlar ham chop etildi. Bular jumlasiga B. Desyatchikov, Ya. qurish,” deb talqin qilingan. Hunarmandlar hayotidagi “buyuk o‘zgarishlarni” kommunistik partiyaning “buyuk tashkilotchiligi” sifatida baholangan.
Tadqiq etilayotgan davr tarixshunosligining muhim xususiyatlaridan yana biri “harbiy kommunizm” sharoitida bol’sheviklar partiyasi ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy siyosatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga intilishi bo‘ldi. Bu o‘rinda birinchi navbatda R. A Nurullin, V.A. Suvorov tadqiqotlarida[8] sho‘ro hokimiyatining dastlabki yillarida amalga oshirilgan o‘zgartiruvchilik tadbirlarida yo‘l qo‘yilgan, ayniqsa hunarmand – kosiblarning mayda – chuyda ustaxonalarigacha davlat hisobiga musodara qilinishi yoritilgan. qurish,” deb talqin qilingan. Hunarmandlar hayotidagi “buyuk o‘zgarishlarni” kommunistik partiyaning “buyuk tashkilotchiligi” sifatida baholangan.
Tadqiq etilayotgan davr tarixshunosligining muhim xususiyatlaridan yana biri “harbiy kommunizm” sharoitida bol’sheviklar partiyasi ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy siyosatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga intilishi bo‘ldi. Bu o‘rinda birinchi navbatda R. A Nurullin, V.A. Suvorov tadqiqotlarida1 sho‘ro hokimiyatining dastlabki yillarida amalga oshirilgan o‘zgartiruvchilik tadbirlarida yo‘l qo‘yilgan, ayniqsa hunarmand – kosiblarning mayda – chuyda ustaxonalarigacha davlat hisobiga musodara qilinishi yoritilgan.
S.N.Shokirova sovet Turkistonida hunarmand – kosibchilik ishlab chiqarishini [9] sotsialistik asosda qayta qurish jarayonini marksistik pozisiyadan turib ochib berishga harakat qilgan. Shuningdek, XIX – XX asr kosibchiligi haqida mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan asarda[10] O‘zbekiston xalqlari turmush tarzida kosibchilik ishlab chiqarishining iqtisodiy va ma’naviy ahamiyati kommunistik mafkura andozasi asosida tahlil qilingan.
Umuman, 1980 yillarning birinchi yarmiga kelib, tarixchi, iqtisodchi, faylasuf olimlar kuch g‘ayratlari tufayli sovet davlatining dastlabki yillarida ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy qurilishning xilma – xil tomonlarini aks ettirgan juda ko‘p manbalar to‘plandi.
Lekin bu tadqiqotlarni mustaqillik nuqtai nazaridan baholaydigan bo‘lsak, shuni aytish kerakki, ularning aksariyatida bir qator muhim muammolar jumladan hunarmandchilik va hunarmandlar masalasi yetarli darajada yoritilmagan yoki yoritilgan taqdirda ham bir tomonlama va noxolis yoritilgan hamda O‘zbekistonning barcha hududlari teng qamrab olinmagan. Shuningdek, bu ishlarning aksariyatida butun sho‘ro jamiyatshunosligiga xos bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular markscha – lenincha ta’limot, kommunistik mafkura ruhida yozilgan edi.
1980 - yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan “qayta qurish”ning “Erkin shabadasi” natijasida, fikrlar xilma – xilligi uchun muayyan shart – sharoit yaratildi. Qayta qurish yillarida o‘tkazilgan munozaralar, davra suhbatlari, ilmiy anjumanlar tarix fanini sog‘lomlashtirishning muhim omillaridan biri bo‘ldi. Ular tarixiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlarini qamrab oldi[10].
Xususan, 1988 yil yanvarda bo‘lib o‘tgan ilmiy – nazariy simpozium va 1989 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan respublikalararo ilmiy konferensiya qatnashchilarining nutqlarida biz o‘rganayotgan muammoning ayrim qirralari umumiy masalaga bog‘langan holda o‘z ifodasini topdi.[11]
Jumladan, R.A. Nurullin ma’ruzasida Turkistonda hunarmand – kosibchilik masalasi yangicha qarashlar, yangicha yondashuv asosida talqin qilindi. Qayta qurishning “iliq shabadasi” milliy ongning o‘sishi, mustabid tuzum zanjirining asta – sekin zaiflashib borish jarayonlarini tezlashtirdi. Bundan ilhomlangan tarixchi olimlar tariximizning dolzarb masalalarini, mustabid tuzum davrida ataylab “chetlab o‘tilgan” muammolarini ko‘tara boshladilar.
Tanqidiy tahlil qilish doirasidan chetda qolgan voqeiyliklarni o‘rganishga kirishdilar. Masalan. F.B.Ishoqov o‘z asarida o‘lka hayotidagi sho‘ro tarixining boshlang‘ich bosqichlariga oid bir qator noma’lum sahifalarni yoritdi.[12] F.X. Nabiyev turkistondagi sosialistik qurilishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishda yangicha yondashuvga harakat qildi.[13] R.X.Karimov esa yangi iqtisodiy siyosatning joriy qilinishida O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlarini ochishga harakat qildi va unnng bekor qilinish sabablarini yangicha qarashlar asosida tahlil qildi.[14] Shuningdek, bizning mavzuga yaqin bo‘lgan bir qator materiallar ham O‘zbekiston matbuotida chop etildi – ki,[15] ularda voqeiylikni xolis yoritishga bo‘lgan intilish sezilib turar edi.
Lekin, shuni alohida ta’kidlash kerakki, sho‘ro mustabid tuzumi tabiatini bu xilda tanqidiy tahlil qilish, faqat dastlabi qadamlar edi. Shu bilan birga qayta qurish yillarida marksizm – leninizmning nazariy qoidalarini tanqid qilish shunchaki ko‘r – ko‘rona tarzda bo‘ldi. U asosan, “stalincha davrning xatoliklari”ni ko‘rsatish bilan cheklandi. Shu asnoda jamiyatshunoslar, ayniqsa tarixchi olimlarning asarlarida ijtimoiy jarayonlarni haqqoniy aks ettirishga, “oq dog‘larni” yoritishga intilishlar ko‘zga tashlandi. Afsuski, ulardan eng ilg‘or fikr yuritganlari ham (ayrimlarini hisobga olmaganda) oktyabrdan keyingi taraqqiyot jarayonini tahlil qilishda “buyuk oktyabr’” g‘oyalariga sadoqat ruhidan chiqib keta olmadilar.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyingina, tarixiy taraqqiyot jarayoni haqida haqqoniy fikr yuritish uchun qulay sharoit vujudga keldi. Kommunistik mafkura hukmronligidan xalos bo‘lish, markazga tobelikdan qutulish, ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning yangi tizimiga o‘tish O‘zbekiston tarixini haqqoniy tahlil qilish uchun tayanch sifatida xizmat qildi.
Binobarin, mustaqillik yillarida sifat jihatidan yangi uslubiy asosda yaratilgan dastlabki tarixiy asarlar va tadqiqotlar vujudga kela boshladi. Ular qatoriga Sh. Gʻoyibnazarovning tadqiqotini,[16] B Farmonova va F. Nabiyev, J. Ergasheva va boshqalarning dissertatsiya ishlarini,[17] A. To‘qsonov, I. Sulaymonov va boshqalarning ilmiy maqolalarini[18] kiritish mumkin.
Chunonchi, Sh. Gʻoyibnazarov 20 – yillarda O‘zbekistonda zo‘rlik bilan amalga oshirilgan ijtimoiy o‘zgarishlarning salbiy oqibatlarini ochib bergan bo‘lsa, B.Farmonova oktyabr’ to‘ntarishi arafasida hunarmand – kosibchilik mahsulotlarini mahalliy aholi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini, shuningdek, hunarmandlar va kosiblarning ijtimoiy ahvolini yoritgan F. Nabiyev boshqa asosiy masalalar bilan bir qatorda mustabid sovet davlatining hunarmand – kosiblarga nisbatan o‘tkazgan siyosatini ham tahlil qilgan, J. Ergasheva esa O‘zbekistonning janubiy viloyatlaridan bo‘lgan Qashqadaryo misolida sanoatning rivojlanish tendensiyalarini ochib berishga harakat qilgan. A. To‘qsonov o‘z maqolasida O‘zbekiston sanoatiga milliy ishchi kadrlarning kam jalb qilinganligi sabablarini ochib bergan bo‘lsa, I. Sulaymonov esa 20 – yillarda O‘zbekiston hunarmandlari, ularning soni va kasb mahorati, hunarmandlarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni haqida fikr yuritadi. Afsuski, mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston hunarmandchiligi, hunarmandchilik mahsulotlarining mahalliy aholi hayotida tutgan o‘rni, hunarmand – kosiblar tayyorlash kabi masalalar milliy mustaqillik g‘oyasi nuqtai nazaridan haligacha o‘rganilmagan. Mavjud adabiyotlar esa istiqlol g‘oyasi talablariga javob bermaydi.
Muammoning alohida ilmiy – nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini, uning mustaqillik tafakkuri nuqtai nazaridan ishlab chiqilmaganligini hisobga olib, tadqiqotimiz ob’yekti sifatida “O‘zbekiston milliy hunarmandchiligi “sun’iy sanoatlashtirish davrida 1917 – 1941 yillar)” mavzusini tanladik.
Библиографические ссылки
Рискулов, Т. (1923). Новый Туркестан. Т.; Рискулов, Т. (1925). Революсия и коренное население Туркестана. Т.; Сегизбаев, С. (1930). За ленинское понимание характера Октября в Средней Азии. Т.; Тюракулов, Н. (1921). Ферганская проблема. Т.; Ходжаев, Ф. (1926). К истории революсии в Бухаре. Т., "Узгосиздат"; Рискулов, Т. (1927). Басмачество. Т.; Икрамов, А. (1935). Итоги земелъной реформы и перспективы ее закрепления.
Додонов, И.K. (1947). Насионалъно – освободителъное движение в Узбекистане после свержения саризма.; Житов, К.Е. (1949). Победа Великой Октябрской сосиалистической революсии в Узбекистане. Т., "АН Узсср"; Непомнин, В.Я. (1939). От колониалъного рабства к сосиализму. Т., "Узпартиздат".
Бабаходжаев, А.X. (1955). Провал агрессивной политики английского империализма в Средней Азии в 1917 – 1920 гг. Т., "АН Узсср"; Воскобойников, Е.A., & Зевелев, А.I. (1951). Турккомиссия ВСИК и Совнарком РСФСР и Туркбюро СК ВКП(б) в боръбе за укрепление Совецкой власти в Туркестане. Т.; Назаров, А.X. (n.d.). Из истории Узбекистана.
Вахабов, М. (1957). Tashkent в period трех революции. Т., "Госиздат"; Додонов, И.K. (1958). Победа октябрской революции в Туркестане. Т., "Госиздат"; Житов, К.Е. (1957). Победа Великой Октябрской сосиалистической революсии в Узбекистане. Т., "АН Узсср"; Житов, К.Е. (1949). Победа Великой Октябрской сосиалистической революсии в Узбекистане. Т., "АН Узсср"; Иноятов, Х.Ш. (1984). Народы Средней Азии в борбе против интервентов и внутренней контрреволюсии. М., "Мысл Ъ"; Турсунов, Х.T. (1967). Болъшевики Туркестана в Октябре. Т.; Харин, В.P. (1967). Великая Октябрская сосиалистическая революсия в Узьекистане. Т.; Харин, В.P. (1958). Великая Октябрская сосиалистическая революсия в Узбекистане. Т., "САГУ".
Ўзбекистон ССР тарихи. (1967 – 1968). 4.
Очерки истории коммунистической партии Туркестана. (1980). Т., Госиздат. 196.
Нурулин, Р.A. (1965). Советы Туркестанской АССР в period иностранной военной интервенсии и гражданской войны. Т., "Наука"; Нурулин, Р.A. (1975). Боръба компартии Туркестана за осуществление политики "военного коммунизма". Т., "Uzbekistan"; Суворов, В.A. (1966). Туркестанская АССР накануне восстановителъного периода.
Аминова, Р.X. (1963). Аграрная политика совецкой власти в Узбекистане (1917 – 1920 гг). Т., "АН Узсср"; Ризаев, Г.R. (1967). Аграрная политика совецкой власти в Узбекистане (1917 – 1965 гг). Т., "Uzbekistan"; Улъмасов, А. (1960). Национализация промышленности в совецком Туркестане. Т., "АН Узсср".
Десятчиков, Б., & Понамарев, Я. (1940). Сосиалистическая реконструксия ремесленно – кустарной промышленности Узсср. Т., "Гостехиздат Узсср"; Литвак, L.Ye., & Сыпкина, М.A. (1957). Развитие местной и кооперативной промышленности Узбекистана. Т., "Госиздат Узсср"; Фахрутдинова, Т.A. (1972). Декоративно прикладное искусство Узбекистана. Т.; Абдуллаев, Т.A. (1976). Ремесло Узбекистана на ХIХ - ХХ вв. Т., "Фан"; Шокирова, С.N. (1978). Сосиалистическое преобразование ремесленно – кустарного производства в Совецком Туркестане.
Кустарные промыслы в быту народов Узбекистана ХIХ - ХХ вв. (1986). Т., Фан.
Историография, источниковедение истории Компартии Туркестана. (1989). Материалы научно – теоритическая симпозиума. Т. Нуруллин, Р.A. (1991). Некоторые вопросы сосиалистического преобразования промышленного производства в совецком Туркестане (новые аспекты). В: Октябрская революсия в Средней Азии и Казахстане: теория, проблемы, перспективы изучения. Материалы: межреспубликанской научной конференции, 15 – 16 ноября. Т.
Исхаков, Ф.B. (1990). Прошлое глазами историка. Т., Uzbekistan.
Набиев, Ф.X. (1989). Сосиалистическое строителъство в Узбекистане в годы гражданской войны (1918 – 1920 гг). Тошкент, Фан.
Каримов, Р.X. (1988). Новая экономическая политика в Узбекистане: общее и особенное. Материалы к симпозиуму. Тошкент. Фан.
Набиев Ф.X.(1989). Сосиалистическое строителъство в Узбекистане в годы гражданской войны (1918 – 1920 гг). Тошкент.Фан.
Каримов Р.X. (1988). Новая экономическая политика в Узбекистане: общее и особенное. // Материалы к симпозиуму. Тошкент.Фан.
Каримов, Р.X. (1988). НЕП в Узбекистане: закономерности и спесифика [The NEP in Uzbekistan: patterns and specifics]. Общественные науки в Узбекистане, (3), 15–26; Раззаков, А. (1989, February 2). Боръба за хлопковую независимост ъ была боръбой за сосиализм [The struggle for cotton independence was a struggle for socialism]. Совет Ўзбекистони.
Ғойибназаров, Ш. (1994). Ижтимоий ривожланиш сабоқлари. 20 – йиллар таҳлили [Lessons of social development. Analysis of the 20s]. Ўзбекистон.
Фармонов, Б.A. (1995). Ремесленное производства в Ферганской долине во второй половине ХIХ - начале ХХ вв (candidate dissertation abstract); Набиев, Ф.X. (1995). Проблемы и противоречие сосиалъной политики в Туркестане (1917 – 1924 гг) (candidate dissertation abstract); Ергашева, Ж. (1998). История создания и развития промышленности Кашкадаръи: новое осмысление и выводы (1920 – 1990 гг) (candidate dissertation abstract).
Тўқсонов, А. (1993). Нега ўзбекдан ишчи кам? Иқтисод ва ҳисобот, (4); Сулейманов, И.K. (1998). О кадровом потенсиале ремесленников Узбекистана 20 – х годов. Общественные науки в Узбекистане, (6).
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Мухайё Абдиева

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.