Эффективность важных реформ в сфере здравоохранения Джизакской области за годы независимости (на примере охраны материнства и детства)

Авторы

  • Каршинский государственный университет
 Mustaqillik yillarida Jizzax viloyatida sog‘liqni saqlash borasidagi muhim islohotlar samarasi  (Onalik va bolalikni muhofaza qilish misolida)

Аннотация

В реформах системы здравоохранения Узбекистана вопрос здоровья матерей и детей занимает одно из центральных мест. Узбекистан входит в число стран Центральной Азии с высоким уровнем рождаемости, значительную часть населения составляют дети. Это требует особого внимания к защите здоровья матери, чтобы обеспечить рождение здорового поколения. Наряду с этим укрепление материально-технической базы в этой сфере также является одним из важнейших вопросов.

Ключевые слова:

Узбекистан Джизакская область репродуктивное здоровье женщины здоровое поколение материнство и детство Международный благотворительный фонд Перинатальный Центр «Здоровая женщина» реконструкция.

Globallashuv davrida jahon mamlakatlarida aholi salomatligini muhofaza qilish bugungi ekologik muammolarning yanada kuchayishi fonida tibbiyot va sog‘liqni saqlash masalasini tobora kun tartibiga qo‘yib bormoqda. So‘nggi yillarda yuz bergan global epidemiyalar sog‘liqni saqlash tizimlarining zaif nuqtalarini ko‘rsatib berdi. Ushbu omillar natijasida bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash eng muhim masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Shularni hisobga olgan holda tibbiyot tarixini o‘rganish, uni tarixiy nuqtai nazardan ilmiy tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar tibbiyotning amaliyot bilan birligiga, sog‘liqni saqlash tarmog‘i faoliyatini muvofiqlashtirishga, fuqarolarning sohaga doir huquqlarining davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Barcha uchun sifatli va malakali tibbiyot tizimini yaratish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishi”dir[2].

Respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirilgan islohotlar aynan Jizzax viloyatida ham ko‘zga tashlanadi. Bunga misol qilib Mustaqillikning dastlabki yillarida viloyatda qizlarni balog‘atga yetmasdan turmushga berish va buning oqibatida nikoh yoshini qisqartirish holatlari 1998 yilga nisbatan Namangan (+15), Samarqand (+9), Farg‘ona (+7), Surxondaryo (+3), va Sirdaryo (+3) viloyatlarida oshib ketdi. Yolg‘iz onalar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasida (+259), Andijon (+121) ko‘rsatgichga ega bo‘lsa, Jizzax viloyatida esa (+52) martaga oshganligi aytib o‘tiladi.

Xotin qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Andijon viloyatlari kotibiyatlari tomonidan mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayapti. Shu sababdan ushbu xududlardagi tug‘ish yoshidagi ayollarning 70-80 % turli ekstragenital kasalliklar bilan xastalanganligi kuzatilmoqda. Onalar o‘limi ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (38,0/61,2), Jizzax (30,2/33,5), Qashqadaryo (30,1/45,6), Toshkent (20,9/31,5), Xorazm (16,1/21,3) viloyatlarida (Respublika bo‘yicha 28,6/31,0), abortlar soni esa Jizzax viloyati (+453) ortib ketgan[5].

2007-2009 yillarda birlamchi kasallanish ko‘rsatkichi 100000 aholiga nisbatan 672,31 gacha kamaygan bo‘lsada, Jizzaxda 8,0 foiz, Farg‘ona viloyatida esa 4,4 foiz ga o‘sdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga binoan, respublikada tug‘ilish ko‘rsatkichi 1000 ta aholi soniga nisbatan 2012 yil boshida 21,2 % ga teng bo‘lgan. Ikki yil oraliq muddatdagi tug‘ruqlar soni ham 2152 taga kamayib 25611 tani tashkil qilsa, uning 5400 tasi Samarqand, 3520 tasi andijon, 3428 tasi Qashqadaryo, 2082 tasi Toshkent, 1693 tasi Surxondaryo, 1495 tasi Namangan viliyatlari, 1490 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1259 tasi Xorazm, 1171 tasi Jizzax, 1125 tasi Buxoro, 1105 tasi Farg‘ona viloyatlari, 973 tasi Toshkent shahri, 568 tasi Sirdaryo va 302 tasi Navoiy viloyatlarida qayd qilindi[4].

Onalar o‘limi 2013 yilda 6 taga kamayib, 120 tani tashkil etdi. Jumladan, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida 11 tadan, Andijon, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida 4 ta Jizzax viloyatida 3 ta onalar o‘limi qayd qilindi.

Go‘daklar o‘limi 259 taga kamayib, 5365 tani tashkil qilgan bo‘lsada, Surxondaryo viloyatida 24 taga oshib 447 tani, Farg‘ona viloyatida 706 tani, Qashqadaryo viloyatida 532 tani, Andijon viloyatida 517 tani, Samarqand viloyatida 515 tani, Namangan viloyatida 476 tani, Toshkent viloyatida 455 tani, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 431 tani, Xorazm viloyatida 359 tani, Toshkent shaxrida 210 tani, Jizzax viloyatida esa bu ko‘satkich 165 tani tashkil etdi[4].

Yuqoridagi kamchilik va muammolarni bartaraf qilish maqsadida aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sog‘lom oilani shakllantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va jadallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha tug‘ish yoshidagi ayollarni 1997-1998 yillar oralig‘ida sog‘lomlashtirish yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar tug‘ruqlar dinamikasini 5,1% kamaytirdi, abortlar dinamikasi 16,9% kamaytirib, ular nisbatini 1:8 ga tushirdi.

Biroq Surxondaryo (30,4), Samarqand (25,8), Qashqadaryo (29,1), Jizzax (25,6), Namangan (25,6), Farg‘ona (25,4), Xorazm (25,1) viloyatlarining ko‘rsatkichi respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan hamon yuqoridir[3].

“Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2010 yil 27 iyunda qabul qilindi.

OIV infeksiyasining onadan bolaga o‘tishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Xorazm, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarining birlamchi bo‘g‘inda faoliyat ko‘rsatayotgan 567 nafar tibbiyot xodimlari va tug‘ruqqa tayyorlash muassasalrining mutaxassislari uchun seminarlar o‘tkazildi, 2156 ta suhbat, 654 ta savol-javob kechalari, 151 ta ma’ruza tashkil etildi. Ro‘znomalarda19 ta maqola chop etildi, radio orqali 80 dan ortiq eshittirish amalga oshirildi. Homilador ayollar bilan birlamchi tibbiyot bo‘limlarida ishlovchi 1325 nafar tibbiyot xodimlari testgacha konsultatsiya yo‘nalishlarida o‘qitildi[3].

SSV va Osiyo taraqqiyot Banki ishtirokidagi “Ayollar va bolalar salomatligini mustahkamlash” loyihasi doirasida onalik va bolalik muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (Andijon, Namangan, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari) va jihozlash uchun kiritilgan 94 ta tug‘ruq muassasalarining OTB talablari bo‘yicha tayyorligi (uzluksiz sovuq suv va issiq suv ta’minoti, uzluksiz elektr ta’minoti, isitish va oqava tizimi sozligi, bo‘limlarning sanitariya va gigiyena meyorlariga mosligi) monitoringi o‘tkazildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun tibbiy asbob-uskuna va sarq ashyolari harid qilish uchun 5,026 mln. AQSH doll. (115%) qiymatida shartnomalar tuzildi va TIAI va SVda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Asbob uskunalar va sarf ashyolari yetkazib beruvchilarga avans to‘lovlari to‘langan xozirgi kunda tovarlar yetkazib berilmoqda[5].

“Ona va bola salomatligini muhofaza etishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida 5741 nafar tibbiyot xodimlari va 315 nafar tibbiyot muassasalarini rahbarlari o‘qitildi.

Salomatlik va tibbiy statistika instituti xodimlari tomonidan oliy o‘quv yurtlarida, o‘rta mahsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida “Sog‘lom turmush tarzi”, “zararli odatlar va ularni oldini olish”, “Reproduktiv salomatlik”, “Giyohvandlikni oldini olish, chekishning organizmga ta’siri” mavzularida jami 85 ga yaqin tadbirlar tashkil etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida:

Respublikamizda 2009 yilning 9 oyida 467046 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqlar qayd etilgan bo‘lsa, 2010 yil davomida ushbu ko‘rsatkich 451947 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 15099 nafarga (3,2%) kamaydi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Namangan – 536 taga (1,4%ga), ko‘payganligi, Toshkent shahrida – 3157 taga (9,5%ga), Andijon viloyati – 2359 taga (5,3%ga), Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2180 taga (7,3%ga), Xorazm – 2170 taga (8,1%ga), Qashqadaryo viloyatida – 1327 taga (2,9%ga), Jizzax viloyatida – 1205 taga (6,0%ga), Toshkent – 995 taga (2,5%ga), Sirdaryo – 801 taga (6,7%ga), Samarqand – 548 taga (1,1%ga), Surxondaryo – 349 taga (0,9%ga), Buxoro – 237 taga (1,0%ga), Farg‘ona – 107 taga (0,2%ga), Navoiy viloyatlarida – 70 taga (0,5%ga), kamayganligi kuzatilmoqda[4].

Jizzax viloyatida 2015 yil yakuni bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, o‘rganilgan QVP larga dori-darmon, bog‘lov materiallari va reaktivlarga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar QVP smetalarida ko‘rsatilmagan, QVP larga dori-darmon 80 % markazlashtirilgan xolda berilishi bo‘yicha tenderlar o‘tkazilgan, lekin 23 iyulga qadar viloyat moliyasi tomonidan ushbu yo‘nalish moliyalashtirilmagan, QVP larning dori-darmon uchun ajratilgan va o‘zida qoldirilishi ko‘zda tutilgan 20% mablag‘ ham Bahmal tuman QVP lari smetalariga kiritilmagan. Buning natijasida bugungi kunda QVP larda o‘tkazilayotgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar laboratoriya taxlilisiz amlga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, RIA va GIATM Jizzax filiali bo‘limlarini kapital ta’mirlash uchun 100,0 mln. so‘m Jizzax shaxar akusherlik kompleksi binosini kapital ta’mirlash, oshxona va korxona binolarini qurilishi uchun 100.0 mln. so‘m mablag‘ rejalashtirilgan, biroq ishlar boshlanmagan, faqat loyiha-smeta hujjatlari tenderga taqdim etilgan.

Ko‘p tarmoqli shahar (tuman) poliklinikalaridagi bolalar stomatologiya xonalarini yangi stomatologiya asbob-uskunalari bilan jihozlash ishlari boshlanmagan. “Salomatlik-3” dasturi asosida Zomin, Forish, Jizzax va Yangiobod tumanlariga keltirilgan rentgen apparatlari montaj ishlari xaligacha boshlanmagan.

Viloyat bo‘yicha 6-12 yoshli bolalarni tarkibida yod saqlovchi dori vositalari (antistrumin, mikroyodid) bilan ta’minlash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar bajarilmagan[5].

“Bolalikdan nogironlikni oldini olish, nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun “Ona va bola skriningi” markazida irsiy kasalliklarni erta aniqlash uchun o‘tkazilgan tahlillarga kerakli reaktivlar tugaganligi sababli skrening tekshiruvlari 2014 yil 7 maydan buyon o‘tkazilmay kelingani aniqlangan va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida viloyatda sog‘liqni saqlash borasida bir necha tub islohotlar amalga oshirildi.

Tibbiyotda olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kasalliklarni davolashdan ko‘ra, oldini olish davlat uchun ham, oila uchun ham samaralidir. Shu jihatlar e’tiborga olinib, keyingi yillarda O‘zbekistonda profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga e’tibor tobora kuchaytirildi. Bu yo‘nalishda 2020 yili 1793 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 817 ta qishloq vrachlik punktlari, 798 ta qishloq oilaviy poliklinikalar xizmat ko‘rsatdi .

 

2020 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4891-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosi sog‘liqni saqlash borasidagi muhim islohotlarning asosi bo‘lib xizmat qildi.

Библиографические ссылки

Adabiyotlar ro‘yxati:

Allamurodov A. (2018). Har bir inson e’tiborda // O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash. 30 noyabr.

Mirziyoyev, Sh. (2022). Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti. 211.

Nafaqat shifokor, har bir fuqaro oldidagi doimiy mas’uliyat // O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, 2018 yil 21 sentabr .

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi, 37-fond, 1-ro‘yxat (davomi), 5374-ish, 51-varaq.

Tolipov N. (2018). Tibbiyot islohotlaridan odamlar rozimi? // O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash. 13 iyun.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Анвар Джураев ,
Каршинский государственный университет

Независимый исследователь

Как цитировать

Джураев , А. (2025). Эффективность важных реформ в сфере здравоохранения Джизакской области за годы независимости (на примере охраны материнства и детства). Лингвоспектр, 4(1), 1130–1133. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/747

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.