Политическая обстановка во времена жизни Бадруддинна Мухаммада Кардари

Авторы

  • Каракалпакский научно-исследовательский институт естественных наук Отделения Академии наук Республики Узбекистан
Badruddin Muhammad Kardariy yashagan davrda siyosiy holat

Аннотация

В данной статье анализируется политическая обстановка во времена жизни Бадр ад-Дина Мухаммада Кардари и актуальные проблемы, стоявшие перед обществом в этот период. Также рассмотрены возвышение Государства Хорезмшахов, монгольское нашествие и их влияние на Мавераннахр. Изучена научная деятельность Бадр ад-Дина Кардари и ее связь с эпохой, ее особенности.

Ключевые слова:

Бадр ад-Дин Кардари Хорезмшахи монгольское нашествие Мавераннахр ханафизм юриспруденция политическая история.

Imom Badriddin Muhammad ibn Mahmud ibn Abdulkarim Kardariy hijriy 651 yildan oldingi davrda yashagan. Bu davrda Abbosiylar davlati Bag‘dodda hukmronlik qilgan va uning hududi Iroqning bir qismini o‘z ichiga olgan bo‘lib, u Tikritdan[1] Fovgacha[2] va Hulvondan Onagacha cho‘zilgan. Xalifaning hokimiyati mazkur kichik hududdan tashqarida faqat diniy ko‘rinishda cheklangan. Shu davrda islom olami ko‘plab kichik davlatlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning hukmdorlari bir-birlariga qarshi hududni kengaytirish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Sharqdagi yurtlarda esa, Xorazmning buyuk imperiyasi mavjud edi. U dastlab o‘zining qudratli qo‘shinlari va katta boyliklari bilan Abbosiy xalifaligini sharq va shimoli-sharq tomondan himoya qilar edi. Ammo Alouddin Muhammad Xorazmshoh Bag‘dodni egallab, Abbosiy xalifasidan hokimiyatni tortib olishni orzu qilar edi. Biroq u qor bo‘roni va mug‘ullarning yurtiga qaratgan hujumlari sababli o‘z yurtiga chekinishga majbur bo‘ldi. Mo‘g‘ullar uning qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratganidan keyin, u Qozon dengizi tomon qochdi va u yerdagi orollardan birida hijriy 620 yilda vafot etdi.

Jazira, Misr va Shomning katta qismi esa Salohiddin Ayyubiy vorislari hukmronligida edi. Ular o‘zaro nizo va urushlar bilan band bo‘lib, Suriya va Falastindagi salbchi davlatlar tahdidlariga qarshi kurashayotgan edi. Buning natijasida mug‘ullarga islom yurtlariga hujum qilish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Ularning hujumlari hijriy 607 yilda boshlangan edi[3].

Chingizxon – mo‘g‘ullar imperatori – Xitoy imperiyasiga qarshi kurash bilan band bo‘lgan vaqtda, Xorazmshoh uning elchilarini o‘ldirdi. Shundan so‘ng, mo‘g‘ullar imperatori hijriy 616 yilda o‘z yo‘nalishini islomiy Xorazm yurtlariga qaratishga qaror qildi[4]. Ular Xitoyning chegaralaridan, Tomg‘ash tog‘laridan chiqib yo‘lga tushishdi. Bu tog‘lardan islom yurtlariga yetgununigacha olti oylik masofa bor edi. Ular Turkistonga kirib, u yerdan Movarounnahr yurtlariga o‘tishdi. Masalan, Buxoro shahri, u yerda zamonasining mashhur olimi Badruddin Xovaharzoda yashagan. Manbalarga ko‘ra, u shu yerda o‘z tog‘asi bilan birga umr kechirgan. Mo‘g‘ullar esa minbarlar va Qur’on sahifalarini xandaqqa uloqtirib, ularni yoqib yuborishgan. Shuningdek, maktablar, masjidlar va boshqa binolarni ham yoqib yuborgan.

Mo‘g‘ullar Samarqand, Balx[5] va Osiyoning boshqa shaharlarida ham xuddi shu harakatlarni sodir etdi. Bu shaharlar ilgari avliyolar diyori va ilmlar qiblasi bo‘lgan edi.

Shundan so‘ng, ular g‘arb tomon yurish qilib, Iroq chegaralarigacha yetib bordi. Bu tatar hujumlari orqali musulmonlar hech qaysi xalq boshidan kechirmagan kulfatlarga duchor bo‘ldi. Ular qaysi yurtga kirmasin, u yerdagi barcha erkaklar, ayollar va bolalarni qatl etdi. Hatto, homilador ayollarning qornini yorishdi va ularni o‘ldirdi, o‘zlariga kerak bo‘lgan narsalarni talon-taroj qilib olib ketdi, muhtoj bo‘lmaganlarini esa yoqib yubordi. Ular, asosan, masjidlarni yoqib yuborishardi, musulmonlarni asirga olishardi va ularni qamoqda saqlashardi. Agar asirlar qochib qutula olmasa, ularni o‘ldirishardi[6].

Odamlar ularning yovuzliklaridan juda ham qo‘rqishgan. Hatto, bir mo‘g‘ul bir ko‘chaga kirganida, o‘sha yerda yuz kishi bo‘lsa ham, hech bir odam unga qarshi chiqolmasdi. U o‘sha yuz kishini birin-ketin o‘ldirardi va hech kim unga qo‘lini ko‘tara olmasdi. Bir ko‘chani bir mo‘g‘ulning o‘zi talon-taroj qilgan holatlar ham bo‘lgan[7].

656 hijriy yilda Bag‘dod Huloku qo‘mondonligidagi tatarlar qo‘liga tushib, mo‘g‘ullar uning aholisini qatl qildi, masjidlarini buzib, qubbalarining oltinlarini olishdi, saroylarning noyob buyumlarini talon-taroj qildi, kutubxonalardagi qimmatli kitoblarni vayron qilishdi va u yerdagi ilm egalarining ko‘pini o‘ldirishdi. Abbosiy xalifalar Abu Ja’far al-Mansurdan boshlab Bag‘dodni davlat poytaxti qilib qurishganidan keyin yig‘ilgan adabiy va badiiy boyliklar yo‘qotildi.

Ushbu voqealar xalifa Mu’ta’simning o‘ldirilishi[8] va islom olamini taxminan besh asr davomida himoya qilgan Abbosiylar davlati tanazzuli bilan yakun topdi[9].

658 hijriy yili tatarlar Damashqqa kirib, keyin Gʻazoga yetib kelishdi va Misrga yurish qilishni niyat qilishdi[10]. O‘sha vaqtda Misr va Shomda Ayyubiylar sulolasi a’zolari o‘rtasida urushlar davom etayotgan edi. Ayyubiylar qo‘shni mamlakatlardan kelgan mamluklardan yordam so‘rashdi. Bu esa mamluklar ta’sirining ortishiga va ularning hokimiyat va boshqaruvni qo‘lga kiritishiga olib keldi.

Sulton Solih Ayyub[11] vafot etganidan keyin uning hukmronligiga rafiqasi Shajarat ad-Dur rahbarlik qila boshladi. U aslida Solih Ayyubning cho‘risi bo‘lgan. U mamlakatning sultonligiga ko‘tarildi, lekin Abbosiy xalifasining rad javobi sababli o‘zini lavozimidan chetlatdi va mamluklardan biri Oybekka turmushga chiqdi. Oybek mamluklar sulolasining birinchi sultoni bo‘ldi.

Mamluklarning uchinchi sultoni Qutuz tatarlar Damashqni egallab, Gʻazoga yetib kelganini eshitgach, ularga qarshi tezkorlik bilan harakat qildi. U aynan shu yili ular bilan Ayn Jolut jang maydonida uchrashdi va ularni o‘zlari kabi yovuzlik va qonho‘rlik ko‘rsatib mag‘lub etdi. Shu tariqa, tatarlarning musulmon mamlakatlaridagi yurishi to‘xtatildi.

Sulton Qutuz xalifalikni Bag‘dodga qaytarishga harakat qildi, lekin bu amalga oshmay o‘ldirildi. Qohirada hokimiyatga Zohir Beybars keldi va Abbosiy sulolasidan bo‘lgan Abu Qosimni Qohiraga chaqirdi. Unga Musta’simdan keyin xalifalik bay’ati qilindi va “Mustansir” unvoni berildi.

Bu yangi xalifa Bag‘dodni tatarlardan qaytarib olish uchun yo‘lga chiqqanda, 660 hijriy yili Bag‘dodga yetib bormastan tatarlar tomonidan o‘ldirildi. Undan keyin xalifalikka Hokim Biamrillah tayinlandi va uning xalifaligi 660–701 hijriy yillargacha davom etdi[12].

Xulosa shuki, Badruddin Kardariy yashagan davr siyosiy tomondan o‘ta og‘ir davr edi. Mo‘g‘ullar bosqini islom olamini larzaga solgan edi. Shunday qilib, Badriddin Kardariy, “Xovaharzoda” nomi bilan tanilgan imom, musulmonlarga yetgan mana bu buyuk fojia va ulkan musibatga guvoh bo‘ldi. Ibn Asir buni shunday tasvirlaydi:

“Bu hodisa katta fojia va ulkan musibatdir, bu kabi musibatni kunlar va tunlar takrorlay olmagan. U barcha odamzotga, ayniqsa, musulmonlarga yetgan. Agar kimdir dunyo yaralganidan buyon shunday fojia bo‘lmagan deb aytsa, rost bo‘ladi. Chunki tarixlarda bunaqa hodisa ham, unga yaqin keladigani ham qayd etilmagan”[13].

Angliyalik sharqshunos Sir Tomas Arnold tatarlarning hujumlari davomida sodir etgan vahshiyliklarini shunday tasvirlagan:

“Islom tarixida tatar hujumlaridan ko‘ra dahshatliroq musibat bo‘lmagan. Chingizxon qo‘shinlari tog‘ cho‘qqilaridan tushayotgan qor singari sharqqa yoyildi va yo‘lidagi islom shaharlarini vayron qildi. Ular islom madaniyati va shahar sivilizatsiyasini yer bilan yakson qildi. Bu qo‘shinlar o‘tgan joylarda faqat xarobalar va vayronalar qoldi. Bu yerlarda esa avval zalvorli saroylar, atrofida esa bog‘lar va yashil maydonlar mavjud edi”[14].

 

Библиографические ссылки

Ёқут ал-Ҳамавий. Муъжам ал-Булдан.(1990). Таҳқиқ: Фарид ал-Жундий. Қоҳира: Дор ал-Кутуб ал-Илмия, 2. 45.

Бустаний, Карим ва бошқа олимлар. (2008). Ал-Мунжид фи ал-Луғати ва ал-Аълом. Байрут: Дор ал-Машриқ. 519.

Ҳасан Иброҳим Ҳасан.(1996). Тарих ал-ислам ас-сиясий вад-диний вас-сақофий вал-ижтимаъий. Байрут: Дар ал-жайл нашриёти. 4. 130.

Ибн Асир Иззуддин Али ибн Муҳаммад. Ал-Комил фит-Тарих(2006). Байрут: Байт ал-авкар ад-дувалия, 12. 360. Муҳаммад ибн Аҳмад Заҳабий. (2006). Тарихул ислом. Қоҳира: Мактаба ат-тавфиқия. 4. 129-134.

Ёқут ал-Ҳамавий.(1990). Муъжам ал-Булдан. Байрут: Дар Содир. 4. 568.

Ибн Асир Иззуддин Али ибн Муҳаммад. (2012) Ал-Комил фит-Тарих. Байрут: Байт ал-авкар ад-дувалия. 12. 359-360.

Ҳофиз Абу ал-Фидо Исмоил ибн Умар ибн Касир ал-Қураший ад-Димашқий. (2009). Ал-Бидоя ван-Ниҳоя. Байрут: Дор Ибн Касир. 13. 90.

Хойруддин аз-Зириклий. (2002). Ал-Аълом. Байрут: Дор ал-Мулайин. 4. 140.

Муҳаммад ибн Аҳмад Заҳабий. (2006). Тарихул ислом. Қоҳира: Мактаба ат-тавфиқия. 4. 152, 153, 308.

Ҳофиз Абу ал-Фидо Исмоил ибн Умар ибн Касир ал-Қураший ад-Димашқий. (2009). Ал-Бидоя ван-Ниҳоя. Байрут: Дор Ибн Касир. 13. 219-222.

Хойруддин аз-Зириклий. (2002). Ал-Аълом. Байрут: Дор ал-Мулайин. 2. 38.

Ҳофиз Абу ал-Фидо Исмоил ибн Умар ибн Касир ал-Қураший ад-Димашқий. (2009). Ал-Бидоя ван-Ниҳоя. Байрут: Дор Ибн Касир. 13. 219-222.

Ибн Асир Иззуддин Али ибн Муҳаммад. Ал-Комил фит-Тарих(2006). Байрут: Байт ал-авкар ад-дувалия, 12. 358.

Ҳасан ибн Муҳаммад ибн Шарафшоҳ ал-Ҳусайний Рукнуддин Астрабозий.(2003). Шарҳ шофияту Ибн Ҳожиб. Маданият ва диний адабиёт кутубхонаси. 1.13.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Есенгельди Низамитдинов ,
Каракалпакский научно-исследовательский институт естественных наук Отделения Академии наук Республики Узбекистан

докторант

Как цитировать

Низамитдинов , Е. (2025). Политическая обстановка во времена жизни Бадруддинна Мухаммада Кардари. Лингвоспектр, 4(1), 1134–1137. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/749

Похожие статьи

1 2 3 4 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.