Lexical-semantic study of Arabic loanwords
Abstract
This article discusses loanwords, mainly Arabic loanwords. Opinions are expressed about the semantics of Arabic loanwords and their semantic changes. Some Arabic lexemes found in the works of Ibrat, a representative of Jadid literature, are analyzed from a semantic and lexical perspective.
Keywords:
lexical-semantic loanwords Jadid literature Ibrat semanticKirish. Dunyodagi barcha tillar o‘zga tildan so‘zlarni qabul qilish jarayonida kengayadi. Shuning uchun ham dunyoda bironta ham sof til mavjud emas. Amaldagi til ikki xil usulda lug‘at tarkibini kengaytiradi. Bulardan birinchisi, o‘z qatlam, ya’ni o‘z ichki imkoniyatlaridan: masalan, shevalardan so‘z olish natijasida kengayishi mumkin. Ikkinchisi esa, tashqi manba hisoblanib, chetdan kirgan so‘zlar hisobiga lug‘at boyligini oshirishi mumkin.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Xalqaro munosabatlar, iqtisodiy-siyosiy va madaniy aloqalar natijadsida bir tildan ikkinchi tilga so‘zlar olinadi va lug‘at tarkibiga joylashib, ana shu tilning qonun-qoidalariga moslashadi. Bunday jarayonlarning ahamiyati haqida atriflicha bahs-munozaralar olib borilmoqda. Bunday hodisalar bir necha yuz yillardan beri tilshunoslarning diqqat markazida e’tirof etilmoqda. O‘zbek tili taraqqiyotida o‘zga millatlarning lisoniy ta’siri, xususan, lug‘at qatlamida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
O‘zbek tiliga tashqi manbalardan , asosan, arabcha, forscha-tojikcha va Ruscha- international so‘zlar kirib, o‘zlashib qolgan. Professor Fattoh Abdullayevning “Til qanday rivojlanadi?” risolasida ko‘rsatilishicha, o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida tuzilgan bir lug‘atdagi so‘zlarning 28,6%arabcha, 16,9% tojikcha, 4,7% ruscha-internatsional, 50,3% asli o‘zbek so‘zlaridan iborat bo‘lgan[4].
R.A.Budagov luga’viy o‘zlashmalarning o‘z tildagi shakli bilan so‘z qabul qilgan tildagi shakli 8 funksional qiymat bilan munosabatga kirishi haqida fikr bildiradi. Bu fikrni o‘zbek tilidagi arabcha so‘zlar tabiati ham to‘la tasdiqlaydi[1]:
- Arab tilida konkret ma’noda ishlatiladigan lug‘aviy birlik o‘zbek tilida mavhum ma’no bildiradi, sohib-ega, ayyom-kunlar, mavj-to‘lqin;
2.Arab tilida jins ma’nosida ishlatiluvchi so‘z o‘zbek tilida tur ma’nosida qo‘llanadi, muarbbo- marmalad, ayol- bola-chaqa, oila;
3.Arab tilida bir ma’noda ishlatilgan so‘z o‘zbek tilida polisemantik xarakter kasb etadi, masalan, bisot;
4.Arab tilidagi otdan o‘zlashgan ba’zi so‘zlar o‘zbek tilida uslubiy muqobiliga ega bo‘lmaydi. Masalan, anhor, anqo, ariza, aruz;
- Arab tilida noarxaik tavsifdagi lug‘aviy birlik o‘zbek tilida arxaiklashgan bo‘ladi. Masalan, qozi, firqa, xikmat;
6.Arab tilida lug‘aviy mustaqillikka ega bo‘lgan so‘z o‘zbek tilida lug‘aviy mustaqilligini inkor etadi. Masalan, almisoqdan beri;
- Arab tilida lug‘aviy birlik ba’zan o‘zbek tilida so‘z tavsifida bo‘ladi. Masalan, lisoniy, lug‘aviy, sifat, fe’l, taqriz;
8.Arab tilida so‘z holida ishlatiluvchi birlik o‘zbek tilida so‘z birikmasi tarkibida qo‘llaniladi. Masalan, nazar solmoq, avf etmoq, xayol surmoq, bahridan o‘tmoq.
Arab tilidan so‘z o‘zlashtirish VIII asrdan boshlab, IX-X asrlargacha faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga olib kelgan sabablar ichida quyidagilari muhim ahamiyat kasb etadi:
- Arablar istilosi;
- Islom dinining keng tarqalishi;
- Arab yozuvining qo‘llanila boshlanganligi;
- Madrasalarda arab tilining o‘qitilishi;
- Turkiy arab tilining tarkib topganligi;
- Olimlarning arab tilida ijod qilganligi[1] .
Arab tilidan so‘z o‘zlashish jarayonida so‘zlar semasi turlicha o‘zgarishlarga uchragan . Masalan arab tilida zamir ﻀﻣﻴﺭ so‘zi vijdon, aql, niyat, o‘y, xayol, fikr kabi ma’nolarni anglatadi, shuningdek, arab tili grammatikasida ushbu so‘z olmosh ma’nosini ham anglatadi, o‘zbek tilining izohli lug‘atida esa tub mohiyat, ma’no, mag‘iz ma’nolarini anglatishi, eskirgan so‘z sifatida olmosh ma’nosida ham qo‘llangani ko‘rsatib o‘tilgan.
Zamzama so‘zi arab tilida ming‘illash, g‘o‘ldirash, to‘ng‘illash, guldirash, qaldirash ma’nolarini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda musiqiy asarning kirish qismi, sekin ovoz bilan boshlangan qo‘shiq, xirgoyi, imo, ishora, shama ma’nolarini anglatadi[2]:
Zebo pari yengil xalq qo‘shiqlarini zamzama qilar edi...
Bisot so‘zi arab tilida gilam ma’nosini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda shaxsning, ko‘pincha xotinlarning o‘ziga tegishli bo‘lgan, to‘plab qo‘ygan mol-dunyosi, kimsada bor bo‘lgan har qanday narsa ma’nolarini anglatadi:
Haykal so‘zi arab tilida juda katta, ulkan; ibodatxona, ulkan bino ma’nolarini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda esa, kishi yoki hayvon gavdasining gips, tosh, metall, yog‘och va shu kabi qattiq materiallardan yo‘nib, o‘yib yasalgan tasviriga nisbatan qo‘llaniladi.
Fitna suzi arab tilida maftun etish, yuldan ozdirish; isyon, g‘alayon ma’nolarini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda g‘arazli maqsadga erishish yulida birovni qoralash uchun qilinadigan yashirin xatti-harakat ma’nosini anglatadi.
Almisoq suzi arab tilida ahd, kasam; shartnoma, bitim ma’nolarini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda ma’nosi biroz o‘zgargan. Hozirgi o‘zbek tilida qadim zamondan qolgan, juda eski ma’nolarida qo‘llaniladi. Misol uchun almisoqdan qolgan narsa—eski, juda qadimdan qolgan buyum
Hasham so‘zi arab tilida hurmat, ehtirom, xizmatkorlar, navkarlar ma’nosini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘tib o‘zlashganda bezash uchun ishlatiladigan narsa, buyum, bezak ma’nolarini anglatadi[2].
Arab tilidan o‘zlashgan farrosh so‘zining o‘zagi farasha, ya’ni yoymoq, degan ma’noni anglatadi. Qadimda farrosh so‘zi podshoxlar saroyida gilam yoyuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, vaqtlar o‘tishi bilan bu tushuncha o‘zgarib borgan va hozirgi kunga kelib biz ko‘cha-ko‘yda hovli, bog‘larni supurib yuruvchi, idora va muassasalarda xonalarni tozalovchi xodimlarga nisbatan farrosh so‘zini qo‘llaymiz.
Maxluq so‘zi arab tilida yaratilgan narsa ma’nosini bildirsa, o‘zbek tiliga o‘zlashish jarayonida o‘xshovsiz, jirkanch, xunuk jonivorga nisbatli haqoratni ifodalash semasi kuchaygan.
Fuqaro so‘zi arab tilida faqir so‘zining ko‘pligi hisoblanib, ya’ni faqirlar ma’nosini bildirsa , o‘zbek tiliga o‘zlashganda biror mamlakatning doimiy (muayyan yuridik huquqlarga ega bo‘lgan) aholisi sifatida o‘zlashgan, masalan Rossiya fuqarosi, Angliya fuqarosi kabi, bunda faqirlik semasi yo‘qolgan.
Avlod so‘zini ham misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Sababi bu so‘z ham arab tilida o‘g‘il bolaning ko‘plik formasi ya’ni bolalar (o‘g‘il bolalar) semasini ifodalasa, o‘zlashish natijasida otabobodan qolgan naslga nisbatan qo‘llanila boshlangan. Misol uchun O‘TIL da bunday misol keltiriladi[5]:
Ajdodlar bo‘lmaydi avlodsiz,
Avlodlar ko‘rkidir, ajdodlar.
Misol tariqasida ustoz so‘zini ham keltiradigan bo‘lsak, bu so‘z o‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan arabiy so‘z hisoblanadi , aslida bu so‘z arabiy o‘zlashma emas, ya’ni أُسْتَاذ=ustoz “أستاذ” so‘zining etimologiyasi fors tiliga borib taqaladi. Bu so‘z aslida “ustod” bo‘lib, fors tilida “ustoz, mahoratli o‘qituvchi yoki hunarmand” ma’nosini bildiradi.
So‘zning rivojlanishi:
- Ushbu so‘z islom davri boshida arab tiliga fors tili orqali kirib kelgan.
- So‘z arab tilida “ustoz” shaklida talaffuz va yozuvga moslashtirilgan.
- Arab tilida bu so‘z o‘qituvchi, universitet professori yoki o‘z sohasida mutaxassis bo‘lgan odam ma’nosida qo‘llanila boshlagan.
Hozirgi zamonda ishlatilishi:
- So‘z hozirda quyidagi kontekstlarda ishlatiladi:
- Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchisi (Professor).
- Maktab o‘qituvchisi (Ustoz).
- San’at yoki adabiyot sohasida mahoratli mutaxassis (Usta).
Fors tilidagi ildizi:
- “Ustod” so‘zi fors tilida “ust” ildizidan kelib chiqqan bo‘lib, bu ildiz “asos” yoki “baza” ma’nosini bildiradi[6]. Bu esa o‘qituvchi yoki mutaxassisning o‘z sohasidagi asosiy va muhim rolini ta’kidlaydi. Bu degani o‘zbek tilidagi usta va ustoz so‘zlari o‘rtasida bog‘liqlik ham bor degani. Bu so‘z arab tilidagi ko‘plab boshqa forscha so‘zlar qatorida o‘zlashgan va hozirgi kunda ham keng qo‘llaniladi. Bu so‘z asl arab so‘zi emasligiga yana bir dalil shuki, asl arab tili so‘zlarida odatda"س" va "ذ" harflari bitta so‘zda jamlanmaydi[6].
Yuqoridagi misollar qatoriga ko‘prik so‘zini ham qo‘shish mumkin. Köpri yoki arab tilida "كوبري" (o‘qilishi: kūbrī) so‘zi Misr va Sudan arab lahjalarida “ko‘prik” ma’nosini anglatadi. Bu so‘zning tarixi turk tilidagi "köprü" so‘ziga borib taqaladi va u ham "ko‘prik" degan ma’noni bildiradi. Ushbu so‘z 16-asrdan 20-asrgacha davom etgan Usmoniylar imperiyasi davrida arab tiliga kirib kelgan.Qisqacha tarixi:Usmoniylar imperiyasi Misr va boshqa arab mamlakatlarini boshqargan davrda ko‘plab turkcha so‘zlar arab tiliga kirib kelgan. Ayniqsa, infratuzilma va boshqaruvga oid so‘zlar arabcha shevalarda keng qo‘llana boshlagan. “Köpri” so‘zi ham shular jumlasidan. Arab tiliga moslashuvi: Aslida, arab tilida “ko‘prik” ma’nosini bildiruvchi “جسر” (jisr) so‘zi bor edi. Lekin, Misr arab shevasida “كوبري” keng tarqalib ketgan va xalq tilida qo‘llanadigan asosiy so‘zga aylangan. Boshqa arab davlatlarida esa “جسر” ko‘proq qo‘llaniladi.
Hozirgi kundagi qo‘llanilishi: Bugungi kunda “كوبري” so‘zi Misrda va Sudanda “ko‘prik” deganda ishlatiladigan asosiy so‘z bo‘lib, yo‘l belgilari va kunlik suhbatlarda keng qo‘llaniladi[5]. Xulosa qilib aytganda, “كوبري” so‘zi turk tilidan olingan bo‘lib, u arab tilida o‘ziga xos o‘rin tutadi va Misr hamda Sudan lahjalarida “ko‘prik” ma’nosida keng ishlatiladi. Bu esa arab tili ham turk tillaridan so‘z o‘zlashtirganining yorqin misoli hisoblanadi.
Natijalar va Muhokama. Arabcha o‘zlashmalar o‘zbek tilining leksik boyligini shakllantirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, arab tili bilan til aloqalari Islom dini qabul qilinganidan so‘ng yanada faollashgan va natijada yuzlab so‘zlar turli bosqichlarda o‘zbek tiliga kirib kelgan[8]. Bu so‘zlarning aksariyati diniy, ilmiy, ma’muriy, huquqiy va madaniy kontekstlarda qo‘llanilgan bo‘lib, ular semantik jihatdan sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. Ushbu o‘zgarishlar tilning tabiiy taraqqiyoti, ijtimoiy-siyosiy omillar, diniy ta’sirlar va madaniy muhit bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, semantik o‘zgarishlar leksik birliklarning kommunikativ ehtiyojga moslashuvi natijasidir.
Tahlil davomida aniqlanishicha, arabcha o‘zlashmalarning aksariyati fonetik va morfologik jihatdan o‘zlashtirilgan bo‘lsa-da, semantik jihatdan ular yangi kontekstga moslashtirilgan, ko‘p hollarda esa sinonimlar tarmog‘ida o‘z o‘rnini topgan[3]. Bu esa tilimizda arabcha o‘zlashmalarning faqat passiv qatlam emas, balki faol ishlatiluvchi qatlamga aylanganini ko‘rsatadi.
Arab tili va adabiyotining sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi orasida keng yoyilishining o‘zi muhim omillardan biridir. Islom mazhabi, arab tili va adabiyoti o‘sha paytda ar arab so‘zlarining o‘zbek tiliga kirib kelishi xilma-xil bo‘lganligi kabi, uning semantik tuzilishidagi o‘zgarishlar ham turlicha hisoblanadi. T.I.Rahmonov o‘zining ilmiy ishida o‘zlashma so‘z semantik tuzilishi 3 xil ekanligini aytib o‘tgan:
1.So‘z ma’nolarining kengayishi.
2.So‘z ma’nolarining torayishi.
- So‘z ma’nolarining ko‘chishi.
Etib ko‘b xalqni majruhu ma’dum,
Qo‘lida tasbehu oqi hamoyil.
(Ibrat)
Ushbu baytda bir nechta arabcha so‘zlar ishtirok etgan. Masalan, majruh- bu arabcha macruh(un) shakliga ega; o‘zbek tiliga cho‘ziq u unlisi y unlisiga, xoyu xutti undoshini x undoshiga almashtirib qabul qilingan; Macruh-majruh, asli “jismoniy shikast yetkazdi” ma’nosini anglatuvchi caraha fe’lining I bob majhul nisbat sifatdoshi bo‘lib, “jarohatlangan”, “nogiron”, “mayib” ma’nolarini anglatadi. Hozirgi zamon o‘zbek tilida ham bu so‘z xuddi mana shu semalari bilan ifodalanib kelinmoqda. Tasbeh- bu arabcha so‘z tasbih(un) shakliga ega; o‘zbek tiliga cho‘ziq I unlisi e unlisiga, xoyi xutti undoshi x undoshiga almashtirib qabul qilingan: tasbix- tasbeh; ko‘pma’noli sabaha fe’lining “maqtadi” ma’nosi bilan hosil qilingan II mastari bo‘lib, asli “maqtov” ma’nosini anglatadi. Subxon ollo! Maqtov so‘zlari maxsus miqdorda ipga tizilgan munchoqlarni birma-bir ayirib aytilagni uchun bu so‘z keyinchalik “maxsus miqdorda ipga tizilgan munchoqlar” ma’nosini anglatish uchun ishlatiladigan bo‘lgan[11].
O‘zbek tilida ham tasbeh so‘zi duolar va ibodat so‘zlarini hisoblab boorish maqsadida ishlatiladigan munchoqlar shodasi hisoblanadi. Tasbeh so‘zining kelib chiqish tarixi uzoqqa borib taqaladi. “Rasululloh solallallohu alayhi vasallam bir ayolning oldiga kirdilar, u paytda ayol danak yoki mayda toshlarni sifatida ishlatib ollohu duo, zikr keltirayotgan ekan, shunda U zot “Men senga undan oson yoki Afzal narsaning xabarini beraman deb, zikrni ko‘p takrorlash va uni qo‘ldan boshqa narsa bilan ham sanash mumkinligini aytganlar”. Mana shu ma’noni anglatish maqsadida mashhur muhaddis imom Abu Dovud o‘z kitobida “mayda tosh bilan tasbeh aytish” bobini yaratgan. Mana shu voqealardan keyin bizda “tasbeh” nomini olgan, arabcha “ subha” deb nomlanadigan danak yoki dumaloq narsalarni ipga tizib yaratiladigan narsa paydo bo‘lgan.
Boshqa bir hadis kitoblarida, tasbeh namozdan tashqari holatlarda ollohga ko‘p martalab zikr aytish jarayonida ishlatilishi kerakligi haqida ham ma’lumotlar uchraydi, shunday qilib musulmon xalqi mana shunday tasbehlarni yasab foydalanganlar.
Bizdan odob usul etmang umid,
Odami qishloqidurmiz uch kishi.
(Ibrat. Hikoyati uch kishi)
Ushbu parchadagi odam so‘ziga diqqat qarataylik. Odam so‘zi lug ‘atimizga arabchada kirib kelgan. O‘TILda ushbu so‘zga shunday ta’rif beriladi: ar-Odamato; inson. Fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shu tufayli boshqa hamma maxluqotdan ustun turuvchi jonli zot; kishi, inson. Odam leksemasini semalarga ajratamiz:
- Kishilik jamiyatining bir vakili.
- Tarbiya ko‘rgan, yaxshi xislatlarga ega insonga el orasida “odam bo‘lgan” iborasi qo‘llaniladi.
- Oila a’zolarning har biriga nisbatan. Masalan: Odam boshiga uch so‘mdan.
Xulosa. Ushbu tadqiqot orqali o‘zbek tilidagi arabcha o‘zlashmalar ko‘p asrlik tarixiy, madaniy va diniy aloqalar natijasida shakllanganligi, ularning nafaqat fonetik va morfologik, balki semantik jihatdan ham chuqur o‘zgarishlarga uchraganligi aniqlandi. Tadqiqotda aniqlanganidek, arabcha so‘zlar o‘zbek tiliga kirib kelgach, o‘z ma’nolarini butunlay saqlab qolmagan, balki torayish, kengayish, salbiylashuv, ijobiylashuv, neytrallashuv kabi semantik o‘zgarishlarga duch kelgan. Bu jarayon til taraqqiyotining tabiiy qonuniyatlariga asoslanadi va leksik birliklarning yangi ijtimoiy-madaniy kontekstlarga moslashuvi bilan bog‘liqdir[9].
Arabcha o‘zlashmalarning hozirgi o‘zbek tilidagi faol qatlamga aylanishi ularning semantik rivojlanishini doimiy jarayon sifatida кўрсатади.Тадқиқот natijalari shuni ko‘rsatdiki, arabcha o‘zlashmalar tilimizda nafaqat tarixiy yodgorlik sifatida, balki amaldagi lingvistik vosita sifatida ham muhim o‘rin egallaydi. Shu sababli, bunday leksik birliklarning o‘zgarishlarini chuqur ilmiy asosda o‘rganish, ularni zamonaviy til tizimida to‘g‘ri talqin qilish va tahlil etish bugungi tilshunoslik uchun dolzarb masaladir. Kelgusida bu yo‘nalishda yanada kengroq korpusga asoslangan tadqiqotlar olib borish, ayniqsa, matn lingvistikasi va kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan yondashuvlar orqali arabcha o‘zlashmalarning semantik evolyutsiyasini chuqurroq ochib berish мумкин.Биз yuqorida semantik jihatdan o‘zgarishga yuz tutgan ayrim arabcha o‘zlashmalarga to‘xtaldik xolos, o‘zbek tilida bunday arabcha o‘zlashmalar ko‘plab uchraydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, olib borilgan kichik tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, o‘zlashma so‘zlar o‘zbek tili lug‘at tarkibining ajralmas bir qismi hisoblanadi.
Tilimizda ishlatilayotgan faol so‘zlarning kelib chiqishini o‘rganish va tadqiq etish jarayoni o‘tgan asrdan buyon tilshunos olimlarning diqqatini tortib kelmoqda. Bu mavzu yuzasidan ko‘plab ilmiy ishlar yaratilgan. Shunday ekan, millatimizning ulkan va bebaho boyligi hisoblangan ona tilimizning so‘z boyligini oshirishda qaysi tillar o‘z ta’sirini o‘tkazganligini aniqlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
References
Абдурахмонов, Ғ. (1995). Ўзбек тилида арабча сўзлар. Фан.
Абдуллаева, М. (2014). Ўзбек тилида ўзлашмаларнинг семантик ўзгариши. Фан.
Қаюмов, А. (1983). Луғавий сўзлар тарихи. Ўқитувчи.
Мирзаева, Д. (2019). Ўзбек тилидаги нейтраллашган ўзлашмалар. Фан.
Маҳмудов, Н. ва бошқалар [and others]. (2006). Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқитувчи.
Хидоятов, А. (2009). Ўзбек тилидаги ўзлашма сўзларнинг шаклланиш жараёнлари. Самарқанд.
Лингвистический энциклопедический словарь [Linguistic Encyclopedic Dictionary]. (1990). Советская энциклопедия.
Versteegh, K. (2001). The Arabic language. Edinburgh University Press.
Kaye, A. S. (Ed.). (1987). Semitic studies in honor of Wolf Leslau. Otto Harrassowitz.
Ali, A.Y. (1991). Arabic loanwords in Central Asian languages. Al-Azhar University Press.
Rahmatullayev, Sh. (2003). O‘zbek tilining etimologik lug‘ati [Etymological dictionary of the Uzbek language] (2-tom) Toshkent.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Шарифахон Искандарова , Мухторжон Амонов , Одина Ахмадалиева , Хуршидахон Зикиряева

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
