Содержание и сущность афоризмов великого казахского оратора Айтеке би

Авторы

  • Навоийский государственный университет
Содержание и сущность афоризмов великого казахского оратора Айтеке би

Аннотация

Айтеке би - великая личность, уделявшая особое внимание судьбе казахского народа. Айтеке би - харизматичный оратор, руководитель, умевший управлять людьми, и мудрец, привлекавший к себе народ и общество. Айтеке би был известен своей мудростью, справедливостью и ораторским мастерством. Его афоризмы, мудрые слова передавались из уст в уста на протяжении веков, став частью духовного наследия казахского народа. Данная статья посвящена анализу содержания и сущности афоризмов Айтеке би.

Ключевые слова:

красноречивый-оратор общественный деятель герой красноречивые слова афоризмы.

Kirish. Notiqlik nodir fazilat va iste’doddir. Notiq nutqi-teran fikrga, tez qarorga,aqlli mantiqqa asoslanadi. Notiqlik –qazilarning aytgan samimiy va halol so‘zlarga asoslangan ijodiy tabiati bilan ajralib turadigan yuksak san’atdir. Notiqlik san’ati tarixiga kelsak, uning ildizlarini terangdan izlash mumkin. Notiqlik tarixi ikki yarim ming yillikni qamrab oladi. Insoniyat chiroyli, jozibali va mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimda notiqlik Misr, Vavilon, Assiriya, Xitoy, Hindiston yurtlarida rivojlangan.Masalan, tarixiy ma’lumotlarga asoslanib,notiqlik san’atanti qadimgi Yunonistonda (miloddan avvalgi III-II asrlarda), III-II asrlarda shakllanib tizimlashtirildi va miloddan avvalgi. I asrda Rimga tarqaldi. Haqiqiy notiq saltanatli majlisda yaxshilik va yomonlikni, adolatlilik va adolatsizlikni,xalq kengashida  foydali va foydasizlikni asos qilib oladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Notiqlikning ilk namunasi qadimgi Yunonistonda shakllanganligi haqida yetarlicha dalillar mavjud. Bu yesa notiqlik san’ati tarixiy yekanligidan dalolatdir. M. N. Pryahinning fikricha, “U, qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan va o‘sha davr jamiyatining har qanday a’zosi uchun hayotiy ahamiyatga yega bo‘lgan san’at.[6;113] Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi, notiqlikni san’at darajasiga ko‘tardi. Xalqning ana shunday taraqqiy yetishi tufayli notiqlik nazariyasi yaratildi. Uning Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqdi. Eramizning 335 -yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratildi.

Har bir tilda notiqlik san’atining o‘z o‘rni va o‘ziga xos tarixi bor. Notiqlik- qozoq mamlakatining an’anaviy til san’atidir. Ko‘pgina tadqiqotchilar qozoq xalqining notiqlik san’atini yuksak baholaganlar.Yer nizosi, beva nizosi, qadr-qimmat tortishuvi kabi og‘ir vaziyatlarda,  notiqlar   muzokara olib, sulh tuzgan. Qozoq  xalqi notiqlik san’ati Түгел сөздің түбі бір, түп атасы Майқы би- deya  notiqlikni Mayqi bi bilan Ayaz bidan boshlanishini aytgan. Ulardan keyin  Jirenshe chechan, Asan qayg‘i meroslari bilan kengaydi.Notiqliq san’ati rivojlanishini bahsilar asarlaridan ajratib o‘rgana olmaymiz. Masalan:Buxar baxsining dostonlariga ko‘z yugurtsak chiroyli, jozibali aytilgan.Buxar baxsining kerey urug‘i Abilayxonnan bo‘linib, sharxga qarab ko‘chgan paytida aytgan notiqlik  so‘zi:

Керей қайда барасың,

Сырдың бойын көбелеп?

Сен қашсаң да,мен қойман,

Арғымағым жебелеп.

Енді алдыңнан шығайын,

Жауған күндей себелеп.

Ақмырзамды өлтірдің,

Ақ сойылмен төпелеп.[3;46] deb  ularni  xalqdan ajralib ketmaslikka, inoqlikka chorlaydi.

Tadqiqot metodologiyasi. Maqola mazmunini yoritishda nazariy, ilmiy pedagogik adabiyotlarni qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar.  Notiqlar xalq oldiga chiqib, erkin va ravon, oqilona gapirgan.Ular ilhom bilan gapirib, barqaror fikr bildirib,  xalqni o‘ziga qaratib mulohaza yuritgan.Xalqimiz notiqlar so‘zini aql-zakovat manbayi sifatida e’tirof  etgan va hurmat qilgan. Hahiyqiy chechan-yorqin inson.Uning oylash, nutq madaniyati, keskin-hiyofasi, ruhi,tajribasi, ichki madaniyati,bilim doirasi,dunyoqarashi, iste’dod tabiati, tovush ritmi kishining e’tiborni jalb qiladi. Mana shunday yuksak san’at sohibi el-yurt  xotirasida o‘chmas iz qoldirgan  mashhur qozoq xalqining notiqlaridan biri-Ayteke Baybek o‘g‘li (1644 – 1700) U qozoq xalqi birligini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan buyuk  notiq , davlat arbobi. Aytekening- jozibali, betakror naql so‘zlari  bepoyon qozoq dalasining musaffo havosidek kishini o‘ylantiradi.

Aytekening qudrati, ta’sirli so‘zlari, kurashlari, marhamatili xalq og‘zida saqlanib qolgan. Xalq qazini “ayir tіldі Ayteke” deb atagan.Amir Temirning bosh maslahatchisi Oraz hojining beshinchi avlodi. Butun fors,o‘zbek,qirg‘iz,qozoq xalqlari “Sinesof bua” (pokqalb) deb atagan Seyitqul avliyoning uchinchi avlodi. Abulxayrxongacha Kishi yuz urug‘in so‘ziga ergashtirgan qozoq qazisi.Uning notiqlik mahoratining rivojlanishiga otasi va Qosuak Biyning ta’siri katta. Yetti yoshidan boshlab Ayteke Jalangto‘s bobosi Aqchaxonning tarbiyasida  bo‘ldi. DastlabUlug‘bek madrasasida, so‘ngra Jalangto‘s qurdirgan mashhur “Tilla-kori” va “Sherdor” madrasalarida  tahsil oldi. Natijada u din, huquq, samoviydunyo,tarix, matematika, arab, fors, chag‘atoy,o‘zbek tillarini o‘rgandi. Taukexonning boshchiligida To‘le bi va Qozibek bilan birga “ Jetі Jarg‘i ” qonunini yaratgan bi.[2;26.]Qizg‘in tortishuvlar avj olgan bir paytda Ayteke to‘qson og‘iz so‘zning  tugunini aytib, odamlarni bahs-u munozaralarda tinichlantirgan ekan.

Endi bir rivoyatga ko‘ra, o‘z qishlog‘iga kelgan Ayteke biyga To‘le bi  bilan Qozibek  bi savol qoyibdi : “Жігіттің жақсысы қандай болады?” -deb sorabdi.

Ayteke “Дұрыс сөзге тоқтай білген, басқаны сөзіне тоқтата білген”,-deya javob qaytaribdi. Yana bir rivoyatda shunday delingan ekan:

O‘lu yuzlik yigitga unashtirilgan o‘rta-yuzlik bir qiz o‘z yurtining bir yigiti bilan qochib ketadi.So‘ng o‘lu yuzning qazisi  Tole bilan o‘rta yuzning qazisi Qozibek tortishib qolishibdi.Qazibek bi:

 Аға болып алдымен туасың,

Алдымнан жылқымды неге қуасың?-deydi.

Артымнан ерген еркемсің,

Ағаңның көзі тірісінде

Жеңгеңді неге ертесің?-debdi.To‘le bi.

Shunda ikki tomonning gapiga quloq tutgan –Ayteke:

Ашу бар жерде ақылтұрмайды.

Ашу деген - ағын су,

Алдынашсаң, арқырар.

Ақылдеген - дария,

Алдын тоссаң, тоқырар.

Кісі бірге туыспау керек,

Туысқан соң сөз қуыспау керек.

Сөз қуған пәлеге жолығады.

Жолқуған олжаға жолығады

Төле, сен жылқыны қайыр,

Қазыбек,сен жесірін қайыр[7;49]-deb oqilona so‘zini aytib bahsning yechimini aytgan ekan.Ayteke qazi-sultonlarning faqat kelib chiqishiga qarab sud va davlat boshqaruviga yuborilishini keskin tanqid qildi va bu jamiyat taraqqiyotiga, mamlakatni adolatli boshqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ochiq aytdi. U davlat rahbarini  el-yurtni izidan yetaklaydigan qahramonlar orasidan, so‘z kuchi bilan xalqning boshini birlashtirib biladigan notiqlar orasidan,taniqli  shaxslar ortasidan, uzoqni ko‘rgan siyosatchilar orasidan saylanishi lozimligini qo‘llab-quvvatladi. Ayteke bi qazaq xalqini hamjihatlikka chaqirgan. U Kultepada bo‘ladigan yig‘inlarning birida Біз қазақ -бір биенің құлыны едік,тұлпар болып оза шабайық.Біз бүкіл қазақ бір ұяның балапаны едік,қанаттанып сұңқар болып  самғайық. Біз бүкіл қазақ бір тоғайдың ағашы едік,бір орман болып жасылданайық,жайқалайық.Біз бүкіл қазақ бір шаңырақ бір қазан, бір төрлік кілем болып ата-мекенді түгел қамтиық”-deb xalqni inoqlikka chaqiradi.[5;12]

Xalqning ichida  Ali degan sulton bo‘libdi.Ali sultonning aqilsiz erkatoy o‘g‘li bir kambag‘alning go‘zal, shoir, qo‘shiqchi, nog‘orachi qizni yoqtirib qolibdi.Lekin qiz uning iltimosiga rozi bo‘lmabdi.Shuning  uchun  sultonning o‘g‘lining jahli chiqib,qizning boshiga burgut uchiribdi, burgut esa qizning boshini jarohatlab halok qiladi. G‘azablangan birodarlar hakamdan qizning qunini so‘rashadi. Shunga qaramay, sulton ularning yaqinlashishiga ruxsat bermay, notiqlarni itlar bilan quvib yubordi.Nihoyat, qun surovchilar Ayteke biyning oldiga kelib, iltimos qiladi.Ayni vaqtda yosh qahramon Jabayni yergashtirib Ayteke bi Alining uyiga boradi.Shunda Ali sulton: “Әйтеке ештеңе айтпай-ақ қой.Ымыңа түсіндім.Не сөзіме тоқта,не мына Жабай секілді күшіме тоқта дегенің ғой”-Mana ol,bir kambag‘alning qizining qununi to‘lab davlatim kamayib qolmas –deydi.Shunda Ayteke:"Қыз құнын төлерсің-ау,төрем,-дейді.Бірақ қыздың сүйек құны -жарты құн .Сосын бұл  жай қыз емес,өнерлі қыз Өнер құны жарты құн Осыны түгелдеп әкесінің алдына салсаң ел де тыныш, сен де тыныш.Ел тыныш болса Жабай мен мен де тыныш.”–deydi.[6;42]

Aytekening so‘zlariga gap topa olmagan Ali sulton majburan to‘lashga rozi bo‘ladi. Biroq, qizning bahosidan tashqari, qizni hunarli deb ta’kidlab, “san’at bahosi” va suyak singan “suyak narxi”ni to‘lashni talab qiladi. Bundan ko‘rinib turibdikey Ayteke bi xalqimizning ajdodlar an’analarini bilishi bilan birga unga alohida hurmat-e’htirom ko‘rsatish kerakligini ham namuna qiladi.Ayteke bi o‘zining aqilligi bilan notiqligi bilan   mag‘rur zodoganlarni dala qonuni oldida ko‘p marta boysundirgan ekan.Ayteke biyning  ilmiy qirralari ko‘p bo‘lgan. Qozoq xalqi yolida  tartib-intizom, sog‘lom fikr,ma’naviy yuksalish uchun kurashgan olijanob shaxsdir.Faqat Ayteke bi kabi ulug‘ zodlar  o‘z oldiga shunday ezgu maqsad qo‘yishi mumkin. Diplomatik qobiliyati ham bining davlat arbobi ekanligini  ko‘rsatadigan yana bir xususiyatdir. U qirg‘iz va qoraqalpoqlar bilan qozoq xalqlari o‘rtasida savdo-sottiq shakllanishi va rivojlantirish yolida, rus-qozoq savdo va diplomatik do‘stona munosabatlarda faol ishtirok etgan. Notiqlar qishloqlar va viloyatlar o‘rtasidagi nizolarga mas’ul bo‘libgina qolmay, xorijiy davlatlar bilan bo‘lgan yirik nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilganlar.Ayteke biyning shaxsini yuksaltiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u qozoq jamiyatini bo‘ysundirishga to‘sqinlik qiluvchi cheklovchi oqimlarga dadil qarshilik qiladi. Insonni, fuqaroni nasl-nasabiga qarab emas, balki uning qobiliyatiga qarab baholashni  tavsiya etadi. Shuning uchun ham xalqiga g‘amxo‘rlik qiladigan, yurtiga panoh bo‘ladigan haqiqiy chechanlik so‘zlarini  ko‘p yozgan. Ayteke bi  Ormanbet  bilan yer nizosi haqida bahslashganida:Ayteke Bining notiq so‘zlarida Vatanga bo‘lgan  muhabbati jo‘shqin aks etganini anglaymiz.

Masalan. «....Бай болсаң халқыңа пайда тисің, батыр болсаң жауға найзаң тисің.Бай болып елге пайдаң тимесең, батыр болып жауға найзаң тимесе,Елден бөлек үйің күйсін.»[1;35]

Aytekening qudratli va ta’sirchann so‘zlari yurt xotirasida saqlanib qolgan. Masalan, “Birovga yaxshilik qilsang, yashir, senga birov yaxshilik qilsa, ko‘rsat” yoki “O‘zgalardan o‘zingga yaxshilik tilasang, boshqalarga yomonlik qilma”, deyishgan. Qolaversa, Ayteke biy haqida xalq ertaklari, qo‘shiqlari yetarli. Ulardan biri muallifi noma’lum “Ayteke bi” nomli uzun doston.

Xulosa va takliflar. Avvalo, bi  xalqga adolatni ro‘yobga chiqarishda o‘zining adolatli vakolati tomonidan e’tirof etilgan sudyalik vazifasini samimiy va to‘g‘ri bajaruvchi davlat xizmatchisidir. Aytekening notiq so‘zlari qozoq xalqining ma’naviy hayotiga singib ketgan, o‘z yurtining obro‘- e’tiborini yuksak darajaga ko‘targan  donishmandlik, insonparvarlik,hamjihatlik, mehribonlik , adolat va vatanparvarlik tuyg‘ularda yozilgan naql so‘zlari avlodlari qalbida abadiy iz qoldirdi. U qozoq xonligidagi jamoalarning siyosiy birligini mustahkamlashga harakat qilgan buyuk muttafakirdir.

Библиографические ссылки

Дайрабай, Т., & Ахметов, М. (2012). БИЛЕР СӨЗІ КИЕЛІ. Алматы, 207.

Ислам. Энциклопедиялық анықтамалық [Islam. Encyclopedic reference]. (2010). Аруна Ltd.

Зәкіраддин Байдосұлы (1997). Үш ғасыр перзенттері. Ақтөбе, 363.

Пряхин, М. Н. (2013). Риторика и гомилетика: буква и дух. Aлма Матер, (2), 107-113.

Абдувалито, С., Досымбетова, Д., Дүйсебайева, Д., & Бектаев, А. (2005). ӘдебиетЕю 6-сынып. Шарқ, 208.

Есламғалиұлы, М. (1998). Әйтеке би (шежіренама). Жеті жарығы, 108.

Адамбаев, Б., & Жарқымбекова, Т. (1989). Эл аузынан. Жазушы, 374.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Макпал Уркинбаева ,
Навоийский государственный университет

Преподаватель

Как цитировать

Уркинбаева , М. (2025). Содержание и сущность афоризмов великого казахского оратора Айтеке би. Лингвоспектр, 4(1), 714–717. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/790

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.