Исследование слов, обозначающих измерение расстояния в английском и узбекском языках

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Исследование слов, обозначающих измерение расстояния в английском и узбекском языках

Аннотация

В статье представлен обзор слов, выражающих единицы измерения в английском и узбекском языках. Сравнительное изучение этих двух языков считается актуальным. Во-первых, в исследовании описаны мета-лексемы, связанные с пространством и расстоянием, в обоих языках. Затем, с использованием тезаурусов, тематических словарей и корпусов, применяются качественные подходы для определения и оценки количества, прагматики и коммуникативности слов-измерителей, а также контекста их произношения. Далее в исследовании выделяются несколько категорий, анализируются слова, обозначающие измерения, с учетом их этимологии, классифицируя их как традиционные единицы, единицы СИ и иностранные единицы, и рассматривается их употребление в различных контекстах. В статье подчеркиваются как различия, так и сходства. Подробный анализ контекстов позволяет сделать выводы о словосочетаниях. Кроме того, в исследовании рассматривается влияние этих выражений и подчеркивается, что понимание исторических и политических условий английского и узбекского языков может помочь преодолеть проблемы перевода в сфере переводоведения. На основе изученных данных исследование показывает, что все типы слов, обозначающих измерения, используются как в английском, так и в узбекском языках. Однако частота их употребления, контексты и речевые ситуации различаются. Некоторые категории, как правило, используются в ограниченном круге тем, тогда как другие не имеют ограничений в употреблении. Ожидается, что данное исследование внесет вклад в практическую деятельность.

Ключевые слова:

Единицы измерения расстояние единицы СИ контекстуальное значение традиционные единицы измерения количество

Kirish

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi masofa o‘lchovlariga oid so‘zlar va so‘z birikmalar tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillarining kelib chiqishi turlicha bo‘lib, ingliz tili roman-german tillar oilasiga, o‘zbek tili esa turkiy tillar oilasiga mansubdir. Hozirgi kunda ikki tilning shakllanishida ham boshqa tillarning ta’siri judayam katta. Ingliz tilida bevosita fransuz, nemis va lotin tillarining ta’siri o‘lchov birliklarida ham namoyon bo‘ladi. Vaholanki, tarix davomida O‘zbekiston Rossiya Imperiyasi tarkibida bo‘lganligi va buning ta’siri ikki xalqning til boyligida, madaniyatida o‘z aksini topgan. Xususan, O‘zbekistonning turli hududlarida bir mamlakat doirasida masofa tushunchasini ifodalash uchun turli o‘lchov tizimlarining qo‘llanilganini ko‘rish mumkin. Masalan, Buyuk Ipak Yo‘li xalqlarning turli tilli savdogarlar bilan savdo-sotiq qilishga sababchi bo‘lgan. Uzoq davom etgan aloqa natijasida o‘zaro almashinuv yuz bergan va bu jarayonda o‘lchov birliklari ham kirgan va  turli semantik guruhlarga mansub bo’lgan so‘zlarning kirib kelishiga olib kelgan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

David H. Krantz, R. Duncan Luce, Patrick Suppes va Amos Tversky hamkorligida “O‘lchov asoslari” (“Foundations of Measurement”) nomli uch jildli fundamental asar yaratildi. Tadqiqotchilar o‘z ishlarida o‘lchash jarayonini jism yoki hodisaning sifatini sonlar orqali ifodalash deb talqin qiladilar va barcha ilmiy sohalar, jumladan, ijtimoiy fanlar ham miqdoriy o‘lchashga muhtoj ekanini asoslab beradilar. Mualliflar o‘lchash nazariyasini faqat fizika va metrologiya kabi tabiiy fanlar bilan cheklab qo‘ymay, uni ijtimoiy sohalar bilan ham uzviy bog‘laydilar. Masalan, ular nafaqat fizikaviy ob’ektlarni, balki inson taxminlari va ehtimollik kabi subyektiv tushunchalarni ham o‘lchash mumkinligini ilgari suradilar.

Ushbu asarda ular Stanley Stevens tomonidan taklif etilgan o‘lchash darajalarini qayta ko‘rib chiqib, ularni ikkita asosiy turga ajratadilar: sifat (nominal va tartibiy) va miqdor (interval va nisbat) o‘lchov darajalari. Shunday qilib, o‘lchov va o‘lchash bilan bog‘liq nazariy tamoyillarni nafaqat tabiiy fanlarda, balki ijtimoiy fanlar jumlasiga kiruvchi tilshunoslik sohasiga ham tatbiq etish mumkinligi ta’kidlanadi.

  1. N. Stepanenko ingliz tilidagi miqdor ifodalarining tarjimasi bilan shug‘ullangan tilshunoslardan biridir. U zamonaviy ingliz tilida miqdorni ifodalovchi leksik vositalarning tarjimasiga alohida e’tibor qaratadi. Tarjima jarayonida kognitiv hamda lingvistik mexanizmlarning roli muhim deb hisoblab bu jarayonda rus hamda jahon tilshunoslarining nazariy qarashlarini ham tahlil qiladi. Stepanenko ushbu mavzuni, asosan, kognitiv tilshunoslik doirasida ko‘rib chiqadi. U obyekt miqdorini ifodalashda ot so‘z turkumiga mansub birliklarning ahamiyatiga urg‘u berib, ayniqsa otlarning “ko‘plik” va “birlik” shakllariga e’tibor qaratadi. Tadqiqotlarida S.N. Stepanenko N.N. Boldirevning kognitiv tilshunoslikka oid asarlaridan keng foydalangan.

Bugungi kunda ingliz va o‘zbek tillarida miqdor tipologiyasi masalasiga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy maqolalar yaratilgan bo‘lib, ularning aksariyati Sh.H. Axmedov qalamiga mansubdir. O‘lchov tushunchasiga oid diskurslar F.K. Yusupjanova va Sh.K. Inamova tomonidan chuqur tadqiq etilgan. O‘zbekistonda o‘lchov birliklari masalasi faqat ingliz va o‘zbek tillari doirasida emas, balki rus, fransuz va nemis tillari bilan o‘zbek tilining qiyosiy o‘rganilishi orqali ham ilmiy asosda tahlil qilinmoqda. Jumladan, D.Sh. Ochilidiyeva o‘zbek va rus tillarida o‘lchov birliklarining nomlanishi masalasida izlanish olib borgan bo‘lsa, M.H. Hamidova o‘zbek va fransuz tillarida metrologik leksik tizim va uning tarkibi yuzasidan tadqiqotlar olib borgan yetuk olimalarimizdan biridir.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqolada qo‘llanilgan uslub ingliz va o‘zbek tillarida masofa o‘lchash uchun ishlatiladigan so‘zlarni tanlab olish va ularning qo‘llanilishini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda miqdoriy va sifatli yondashuvlarning kombinatsiyasi o‘lchov so‘zlarining pragmatikasi va kommunikativ kontekstini aniqlash va baholashda samaraliroq bo‘lishi mumkinligi taklif etiladi. Ma’lumotlarni yig‘ish uchun tematik lug‘atlar va korpuslardan foydalanildi. Korpuslar, shuningdek, ushbu so‘zlarning qo‘llanishi bo‘yicha misollarni tahlil qilishda ishlatildi.

Tarixiy kontekstda ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Xalqaro O‘lchovlar Tizimi (SI tizimi) - metrik tizimning zamonaviy shaklini – qabul qilgan. Biroq, ikkala madaniyatda ham o‘zlarining rivojlangan o‘lchov tizimlari mavjud bo‘lib, ular ona tildagi yoki keyinchalik o‘zlashtirilgan so‘zlar bilan ifodalangan. Bundan tashqari, har ikkala til boshqa madaniyatlar ta’siri natijasida ayrim xorijiy o‘lchov birliklarining nomlarini ham o‘zlashtirgan, bu ayniqsa O‘zbekistonda yaqqol sezilgan. Masalan, o‘zbek xalqi Rossiya Imperiyasi tarkibida bo‘lgan davrda Rossiya o‘lchov tizimidan keng foydalangan. Keyinchalik XX asrda Xalqaro O‘lchovlar Tizimni to‘liq qabul qilgan. Biroq, hozirgi kunga qadar o‘zbek tilida so‘zlashuv va badiiy uslublarida ham turli xil o‘lchov ma’nosini ifodalovchi til birliklarini uchratish mumkin. Biroq,  Angliya o‘zining madaniyatini saqlab qolish maqsadida hozirgi kunga qadar Xalqaro O‘lchovlar Tizimi (SI tizimi) ni to‘liq qabul qilishdan bosh tortmoqda.

Barcha o‘zgarishlarga qaramay, har ikkala madaniyat va til o‘ziga xos lug‘aviy birliklarning keng doirasini, jumladan, o‘lchovlarni ifodalovchi mahalliy so‘zlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi hamda shu maqsadda xorijiy leksik birliklarni ham o‘zlashtirdi.

Umuman olganda, ushbu so‘z boyligining maxsus sohasini o‘rganish til o‘qitish va tarjima amaliyotiga amaliy hissa qo‘shishi mumkin. Masalan, Aleksandra Livanova o‘zining an’anaviy o‘lchov so‘zlariga bag‘ishlangan maqolasida shunday deydi: o‘lchov birliklari muhim madaniy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin, biroq ayni paytda tarjimada qiyinchiliklar ham tug‘diradi (Livanova, 2018; 280).

Tahlil va natijalar

Masofa va o‘lchov so‘zlari qiyosiy tahlil uchun mos bo‘lgan tanlov hisoblanadi, chunki masofa tushunchasi fazo doirasiga kiradi – u qadimiy metatushunchalardan biri sanaladi.

Elena Kubryakovaning ta’kidlashicha, predmet (moddiy narsa) va fazo mavjudlikning asosiy kategoriyalarini tashkil etadi (Kubryakova, 2000; 85). Kubryakova dunyoqarashning ikki tizimini tasvirlaydi: “nima” tizimi va “qayerda” tizimi (Kubryakova, 2000; 88). Birinchi tizim ob’ektni ajratib ko‘rsatish orqali uni atrof-muhit fonidan farqlaydi, ikkinchisi esa ob’ektning fazodagi joylashuvini aniqlash, xususan, turli ob’ektlar orasidagi masofani belgilash uchun xizmat qiladi. Aynan ikkinchi tizim orqali yaqinlik va uzoqlik tushunchalari shakllanadi, shuningdek, kuzatuvchiga nisbatan ob’ektning masofasi o‘zgargan sari uning vizual ko‘rinishidagi o‘zgarishlar idrok qilinadi.

Johanna Viimaranta fazo til orqali bevosita aks ettirilmasligi sababli, odamzodda fazoga oid tajriba deyarli umumiy bo‘lishiga qaramay, turli tillarda fazo har xil ifodalanishini aynan shu holat bilan izohlaydi. U Herbert Clarkning fikrini keltirgan holda, fazoni jismoniy hodisa sifatida tavsiflovchi P-fazo (P-space) va til orqali ifodalanadigan L-fazo (L-space) tushunchalarini farqlashni taklif etganini eslatadi (Viimaranta, 2006; 24). Xulosa qilib aytganda, P-fazo universal deb qaraladi, L-fazo esa tilga xos bo‘lib, xalqning mentalitetini aks ettiradi.

Garchi masofa ko‘pincha ilmiy-fizik hodisa sifatida qaraladigan bo‘lsa-da, masofani idrok etish va o‘lchash  dunyoqarash uchun ham shunchalik muhim bo‘lib chiqadi. Yuriy Apresyanning fikricha (Apresyan, 1997; 272), dunyoqarashga murojaat qilish so‘z ma’nolari bilan reallik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, chunki ma’lum bir tilning dunyoqarashi o‘sha til egalarining atrof-muhitni qanday idrok etishini o‘ziga xos tarzda aks ettiradi.

Fazoni va uning tarkibiy qismlarini tasvirlash ham ilm-fan, ham dunyoqarashda inson ongining asosiy elementlaridan biri hisoblanganligi sababli, turli tillarda ushbu sohani ifodalovchi mos keluvchi metaleksemalar shakllanadi.

Evgeniya Vorobyevaning ta’kidlashicha (Vorobyeva, 2011; 24-26), metaleksemalarning yetti xususiyati mavjud. Uning fikriga ko‘ra, metaleksemalar - bu odatda umumiy leksik birliklar bo‘lib, ularni tarkibiy qismlarga ajratib bo‘lmaydi. Metaleksema - bu tilshunoslikda (xususan, leksikografiya va semantika sohalarida) qo‘llaniladigan atama bo‘lib, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan so‘zlar yoki iboralar guruhini ifodalovchi yuqori darajadagi yoki mavhum leksik birlikni anglatadi. Bu kundalik tilda odatda ishlatilmaydigan, balki nazariy va tushunchaviy yorliq bo‘lib, o‘xshash leksik birliklarni bitta keng semantik doira ostida jamlashga yordam beradi.

Misol: Metaleksema “masofa” quyidagi aniqroq leksik birliklarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • metr;
  • kilometr;
  • mil;
  • fut;
  • qadam;
  •  

Shuningdek, “uzoqqa yurmoq”, “qisqa yo‘l”, yoki “uzoq masofa” kabi fe’llar yoki iboralar ham keng semantik tahlilda ushbu metaleksema doirasiga kirishi mumkin. Qisqacha aytganda, metaleksema bu: Har doim ham tilning haqiqiy so‘zi emas (ba’zan mavhum yorliq bo‘lishi mumkin); Semantik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan leksik birliklarni guruhlash uchun ishlatiladi; Semantik maydonlar nazariyasi va qiyosiy tilshunoslikda foydali tushuncha hisoblanadi.

Shunday qilib, quyidagi ingliz tilidagi metaleksemalar fazoga oid umumiy tushunchalarni aks ettiradi:

  • space (‘fazo, xona’)

Eng umumiy fazoviy tushuncha. Masalan: outer space (kosmos), living space (yashash joyi).

  • extent (‘fazoviy tarqalish, miqyos’)

Fazoviy hajm yoki cho‘zilish: to a large extent.

  • place (‘joy’)

Aniq yoki umumiy makonni bildiradi: a quiet place, a safe place.

Masofaga oid:

  • length (‘uzunlik’)

Biror narsa yoki masofa chizig‘i bo‘ylab cho‘zilgan o‘lcham. The length of the table is two meters.

  • distance (‘masofa’)

Eng asosiy va umumiy metaleleksema. The distance between the two cities is 120 km.

  • span (‘masofa, qamrov oralig‘i’)

Ko‘pincha vaqt yoki fazoni bildiradi, ammo uzunlikka ham tegishli bo‘ladi.
The bridge spans 300 meters.

Ushbu leksik birliklar fazoning turli xususiyatlarini ifodalashda qo‘llaniladi. O‘zbek tilida ham fazoviy metaleksemalar xuddi shu umumiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar bilan belgilanadi: ‘joy’, ‘fazo’, ‘makon’, ‘oraliq’, ‘o‘lcham’, ‘uzunlik’. Ingliz tilidagidek, bu so‘zlar ham ko‘pincha qo‘shma so‘zlar tarkibida uchraydi (masalan, ‘ish joyi’, ‘yukxona’) va aynan shunday maqsadlarda qo‘llaniladi (masalan, ‘ko‘prik uzunligi’).

Shuni ham ta’kidlash kerakki, fazoviy metaleksemalar vaqt ifodalari bilan yaqqol aloqador bo‘lib, ayniqsa fin tilida, fazoviy konseptlar vaqt tushunchalarini ifodalashda ham qo‘llanilishi mumkin (Viimaranta, 2006; 23-25).

Shu bilan birga, metaleksemalar eng universal tushuncha – ya’ni P-fazo (P-space) ni ifodalaydi. L-fazo (L-space) ning xususiyatlarini chuqurroq tushunish uchun esa o‘lchov so‘zlariga alohida e’tibor qaratish lozim.

O‘zbek tillaridagi leksik birliklarni tahlil qilishga kirishar ekanmiz, biz mavzuga oid lug‘atlardan to‘plangan ma’lumotlarga tayanamiz. Ushbu so‘zlarning barchasini etimologik kelib chiqishiga qarab bir necha guruhga ajratish mumkin:

  1. rus madaniyatidan olingan o‘lchov birliklari;
  2. an’anaviy o‘lchov birliklari;
  3. boshqa mamlakatlar va tillardan olingan o‘lchov birliklari;
  4. xalqaro birliklar tizimi (SI) ga oid o‘lchov birliklari.

Lug‘atlardan olingan ma’lumotlar yuqoridagi guruhlarga ajratilgach, biz bu birliklarning ikki korpusdagi qo‘llanish kontekstlarini yig‘ib, sifat jihatdan tahlil qildik. Ushbu tadqiqot natijalari quyida keltiriladi.

Birinchi guruhga kiruvchi o‘lchov birliklariga ‘arshin’ so‘zi kiradi. “Arshin” aksariyat lug‘atlarda ruscha o‘lchov birligi sifatida ko‘rsatilgan (Vahros, Shcherbakov, 1975; 40). Ushbu til birliklari uchraydigan kontekstlar mavzusi bo‘yicha hech qanday cheklov yoki aniqlashtirish mavjud emas.

Ingliz tilidagi o‘lchov ma’nosini ifodalovchi til birliklari quyidagi guruhlarni tashkil etadi:

  1. imperial o‘lchov birliklari;
  2. xalqaro o‘lchov birliklari;
  3. boshqa mamlakatlar va tillardan olingan o‘lchov birliklari.

Yuqoridagi barcha ma’lumotlarga asoslanib, shuni xulosa qilish mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilida va ingliz tilida o‘lchovga oid barcha turdagi so‘zlar ishlatiladi. Biroq, ularning qo‘llanish kontekstlari va nutqiy vaziyatlari farq qiladi. O‘zbek tilida eng ko‘p qo‘llaniladigan guruh bu - xalqaro o‘lchov tizimiga oid o‘lchov birliklari bo‘lib, qolganlarining qo‘llanishi nafaqat mavzu, balki diskurs va nutq shakli bilan ham cheklanadi. Ingliz tilida esa rasmiy va ilmiy doiralarda – metrik tizim, kundalik hayotda esa – imperial tizim afzal ko‘riladi.

Xulosa va takliflar

Xulosa qilib aytganda, biz ingliz va o‘zbek tillarida masofa o‘lchashga oid so‘zlarga doir umumiy tahlilni amalga oshirdik, bu so‘zlarni bir nechta toifalarga ajratdik va ularning turli kontekstlarda qanday qo‘llanilishiga misollar keltirdik. Shuningdek, xalqaro metrik tizimiga oid, tarixiy o‘lchov tizimlariga tegishli va xorijiy o‘lchov birliklariga oid leksik birliklardan foydalanish jihatidan ushbu tillar orasidagi o‘xshashliklar va farqlarni yoritib berdik. Ushbu tadqiqot natijalari til o‘qitish va tarjima kabi amaliy faoliyatlarga foydali hissa qo‘sha oladi, deb hisoblaymiz.

Библиографические ссылки

Apresyan, Y. (1997). Deixis in lexis and grammar and naive world model. Semiotika i informatika, 35, 272–298. (In Russian)

Dodd, Mead & Co. (1902). The New International Encyclopedia.

Kubryakova, E.S. (2000). On the concepts of locality, object and space. In Logicheskii analiz iazyka. Iazyki prostranstv (pp. 84–92). Moscow: Iazyki russkoi kul’tury Publ. (In Russian)

Livanova, A.N. (2018). Traditional units of measurement as a source of linguistic and cultural information. In Proceedings of Voprosy sovremennoy filologii i problemy metodiki obucheniia iazykam (pp. 271–281). Briansk: Brianskii gosudarstvennyi inzhenerno-tekhnologicheskii universitet Publ. (In Russian)

Merriam-Webster. (n.d.). https://www.merriam-webster.com (accessed February 13, 2022).

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. (2022).

Petrushevskii, F.I. (1849). General metrology. St. Petersburg. (In Russian)

To‘rayev, Q. (2007). O‘lchovlar terminologiyasining izohli lug‘ati.

Viimaranta, J. (2006). Talking about time in Russian and Finnish. Helsinki: Helsinki University Printing House.

Vorobyeva, E.V. (2011). Temporal metalexemes in Norwegian and time-related semantic component. Scandinavian Philology, 11, 24–31. (In Russian)

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Муборак Шамуратоова,
Узбекский государственный университет мировых языков

Аспирант

Как цитировать

Шамуратоова, М. (2025). Исследование слов, обозначающих измерение расстояния в английском и узбекском языках. Лингвоспектр, 5(1), 79–85. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/814

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.