Changes in society and language development

Authors

  • Tashkent State University of Economics
Изменения в обществе и развитие языка

Abstract

Economic, cultural, technological and political changes that occur in society affect language formation. This article reflects on the connection between social changes in society and language development, the Basic Laws of language development, the emergence of new words and phrases, vocabulary enrichment and grammar change. The article also outlines how language is changing as a result of modern technologies and globalization processes, the interaction of national and international cultures, the simultaneous development of language society, and the transformation of culture and identity into an important element.

Keywords:

Society language development culture and language globalization vocabulary enrichment language and technology social change new words and phrases language dynamics

Kirish

Til  –  bоy  tаriximiz,  hаyotbаxsh  qаdriyatlаrimiz,  dinimiz,  xаlqimizgа  xоs dunyoqаrаshni  ko‘rsаtuvchi  ko‘zgu,  аjdоdlаr  mеrоsini  аvlоdlаrgа  yеtkаzuvchi vоsitаdir. Shuning uchun hаm o‘z tilini yo‘qоtgаn millаt o‘zligidаn  mаhrum bo‘lаdi, mа’nаviy inqirоzgа uchrаydi.

Oʻzbekiston – koʻp millatlik davlat. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Oʻzbekiston aholisining 80 foizdan ortigʻini oʻzbeklar tashkil etib, ularning umumiy aholi sonidagi ulushi muntazam oshib bormoqda. Shuningdek, boshqa millatlarning katta jamoalari ham mavjud. 10 foizdan ortigʻi – Markaziy Osiyo xalqlarining boshqa vakillari (5 foizga yaqini – tojiklar, 3 foizga yaqini – qozoqlar, 2 foizi – qoraqalpoqlar, 1 foizi — qirgʻizlar, shuningdek turkmanlar va boshqalar).

Oʻzbekiston  Respublikasining  “Davlat  tili  toʻgʻrisida”gi  Qonuniga  (yangi tahrir) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning oʻz ona tilini qoʻllashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini oʻz xohishlariga koʻra tanlash huquqiga egadirlar. Shu bilan birga, Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat tillariga hurmat koʻrsatiladi va ularning rivoji uchun sharoitlar yaratadi. Ommaviy axborot vositalari Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi millat va elatlarning bir necha tillarida efirga uzatiladi va chop etiladi.

Metodologiya

Oʻzbek tilining asriy va azaliy maqom-martabasiga muhabbat-ehtiromini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali turli koʻrinishlarda namoyish qilinmoqda. Albatta, oʻzligini qadrlagan, oʻz millatiga daxldorligini his qilgan, milliy gʻurur va iftixorini yuqori tutgan har bir fuqaro bunday yoʻl tutishi tabiiy.

O‘zbek tili davlat tili sifatida ijtimoiy turmushimizning barcha sohalarida qonuniy ravishda qo‘llanmoqda, milliy ma’naviyatimizning betakror ko‘zgusi sifatida, xalqimizning borligi va birligi belgisi sifatida o‘rganilmoqda hamda o‘rgatilmoqda.

Tajribalardan ayonki, koʻp til bilish – rivojlanishning ilgʻor qonuniyati, muvaffaqiyat garovidir. Ammo oʻz milliy tilni unutish, oʻzga tillar bilan chogʻishtirish, qorishtirish evaziga emas! Oʻzga tillarni oʻrganish orqali taraqqiyotga erishishni yoqlab chiqqan ma‘rifatparvar jadidlar ham bu borada ehtiyotkor va mas‘uliyatli boʻlishgan.

Xususan, Abdulla Avloniy oʻz qaygʻusini “Milliy  tilni  yoʻqotmak  millat  ruhini  yoʻqotmakdur.  Hayhot!  Biz  turkistonlilar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursun, kundan-kun unutmak va yoʻqotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga arab, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz... Zigʻir yogʻi solub moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur”, - degan oʻtli fikrlarida ta‘sirchan oshkor qilgan. Bu fikrlar ayni kunda yana ham dolzarblashmoqda (Avloniy, 2022).

Milliy tilga e‘tibor va ehtirom millatsevarlik, vatanparvarlik, oliyjanoblikning yorqin ifodasi. Milliy til – milliy urf-odat, qadriyatlarni, milliy ma‘naviy meros-manbalarni bilish, oʻzlashtirish, yetkazib berish, targʻib etishda, oʻzlikni anglash, anglatishda birlamchi vosita. Oʻz milliy tiliga muhabbati yoʻq, oʻzga tillarga ehtiromi yuksak insonni millat vakili, vatanparvar shaxs deb atash mumkinmi? Til millatga, jamiyatga, Vatanga daxldor oliy tushuncha. Shu boisdan bu borada ehtiyotkor boʻlish, ajdodlardan meros buyuk ne‘mat ildiziga bolta urmaslik talab qilinadi.

Har bir insonning oʻz ona tiliga boʻlgan mehr-muhabbati boʻlakchadir, u kishining qalbida, yurak toʻridadir. Shu boisdan ham har bir inson ona tilini qadrlamogʻi, uni sofligini saqlashga, rivojiga oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozimdir. Shuni ham unutmasligimiz joizki, insonning ona tiliga boʻlgan mehr- muhabbatini oshirishda, albatta, kitobxonlik madaniyatining ham oʻrni juda kattadir. Zotan, turli xildagi badiiy, publitsistik va ilmiy xarakterdagi asarlar mutolaasi jarayonida oʻquvchi ongida ona tiliga boʻlgan, uning sehru jozibasiga, tarovatiga boʻlgan mehri ham bosqichma-bosqich rivojlana boradi, oʻz ona tilida xatosiz yozish va gapirish koʻnikmasi shakllanadi.

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish jarayoni ham osonlikcha roʻy bergani yoʻq. XX asrning 80-yillarida boshlangan urinishlar natijasi oʻlaroq, 1988- yilga kelib qator olimlarimiz tilimiz haq-huquqini tiklash yoʻlidagi dadil fikrlari bilan  matbuotda  chiqishlar  qildilar.  Nihoyat,  1989-yil  21-oktabrda  “Davlat  tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. 1995-yil 21-dekabrda qayta tahrir qilingan mazkur tarixiy qonun mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati jihatidan dolzarbdir. Har bir fuqaroning davlat tili va u haqidagi muayyan bilimlarga ega boʻlmogʻi ham foydadan xoli emasdir.

“Davlat  tili  toʻgʻrisida”gi  Qonun  boshqa  millat  va  elatlarining  tillariga nisbatan ham hurmat va e‘tiborda boʻlishga, bagʻrikenglik tamoyillariga da‘vat etadi:   “Oʻzbek   tiliga   davlat   tili   maqomining   berilishi   respublika   hududida yashovchi millat va elatlarning oʻz ona tilini qoʻllashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga  monelik  qilmaydi” (2-modda) (“Davlat  tili toʻgʻrisida”gi Qonun, 2023). 

“Oʻzbekiston  Respublikasida  davlat tilini oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish ta‘minlanadi…” (4-modda). Ya‘ni, ona tili boshqa til boʻlgan, oʻzga tillarda soʻzlovchi odamlarga nisbatan muloqotni davlat tilida tashkil etish borasida taklif kiritish yoki bosim oʻtkazish qonunan ta‘qiqlanadi(“Davlat  tili toʻgʻrisida”gi Qonun, 2023). 

Inson oʻz ona tiliga qanday munosabatda boʻlsa, boshqa tillarga ham shunday munosabatda boʻlishga chaqiradi.

Tahlil va natijalar

Hozirgi globallashuv sharoitida adabiy til qoʻllanish doirasining kengayishi, til birliklarining badiiy, publitsistik matnlarda ijtimoiy xoslanish tamoyillarining chuqurlashuvi kabi masalalar haqida bakalavr talabalarga yetarli tushuncha berish, ularning turli funksional stillarga xos matnlarni ijtimoiy xoslanish nuqtai nazaridan mustaqil tahlil qila olish koʻnikmalarini shakllantirish, davlat tilining amaliy jihatdan talablarga mos tarzda qoʻllanilishi, ish yuritishda undan samarali foydalanish malakalarini takomillashtirishdan iboratdir.

Sharq mutafakkirlarining soʻzning ijtimoiy xoslanishi haqidagi qarashlari, adabiy tilning funksional stillari va ularni oʻrganish muammolari, tilning funksional stillarini tasniflashda ijtimoiy xoslanish tamoyillarining oʻrni, publitsistika va uning janrlari haqida, badiiy va publitsistik matnlarda soʻzning ijtimoiy xoslanishi hamda matnda soʻzning ijtimoiy xoslanishini aniqlash masalalari kabi mavzularni oʻz ichiga oladi. Ayniqsa, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlarida o‘zbek adabiy tilining qanchalik jozibali ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Navoiy adabiy tili, uning jonli so‘zlashuv tili va o‘zbek adabiy tiliga munosabati masalasi ancha murakkab bo‘lib, bu haqda olimlar tomonidan turlicha fikrlar bayon etilgan. Bu haqdagi dastlabki ma’lumotlar Boburning mashhur asari “Boburnoma”da keltirilgan. Bobur Andijon shahri aholisi va uning tili haqida ma’lumot berib, u Navoiyning asarlari tiliga juda yaqin ekanligini qayd qiladi: eli turkdur shahar va bozorisida turkiy bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim Xirida nash’u namo topibtur, bu til biladur (Bobur, 1989). Boburning bu fikri ma’lum tarixiy asosga ega. Chunki ikki madaniy markaz – sharqiy qarluq-chigil-uyg‘ur hamda g‘arbiy o‘g‘iz-qipchoq dialekt birliklari negizida shakllangan eski turkiy til asosida rivojlanib, XIII-XIV asrlarda to‘la tashkil topgan umumxalq o‘zbek adabiy tili juda katta hududda-Movarounnahr va Xurosonda keng qo‘llangan. Bu adabiy tilning lug‘at tarkibi, fonetik va morfologik qurilishi me’yorlari tarkib topan edi. Uning rivojlanishida, jonli so‘zlashuv tiliga yoqinlashuvida Navoiyga qadar yashab ijod etgan shoir-yozuvchilarning xizmati ham katta bo‘ldi. Mana shu adabiy til va uning ma’lum shevalarida so‘zlashgan xalq, turk-o‘zbek aholisi va XIY-XY asrlarda Farg‘ona vodiysida, Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va hozirgi Afg‘onistonning shimoliy qismida yashaganlar. Demak, Navoiy asarlari ham xuddi mana shu tilda – turk-o‘zbek tilida yozilgan edi.

  X.Vamberi, I.Berezin, I.Ilminskiy kabi kator sharqshunos olimlar Boburning bu fikrini quvvatlaydilar. Lekin I.Ilminskiy Navoiy adabiy tili Andijon aholisining tiliga yaqin bo‘lsa ham, aynan bir xil bo‘lgan emas, deb ta’kidlaydi. Chunki, xalq jonli tilida arab va fors-tojik tilga xos so‘zlar va iboralar Navoiy asarlarida bo‘lganidek ko‘p darajada bo‘lgan emas.

Darhaqiqat, yirik rus olimi R.Melioranskiy ta’kidlagandek, XIV-XV asrlarda Movarounnahrda, Xuroson va Xorazm vohasida iste’molda bo‘lgan o‘zbek adabiy tili o‘z tarkibi, til bilan mahalliy shevalarning o‘zaro munosabati jihatdan murakkab xususiyatga ega edi[]. Shu jihatdan Navoiyning adabiy tilini aniqlashda o‘sha davrda adabiy tilining fonetik tizimini, tovush tarkibini aniqlash, uni sheva xususiyatlari bilan qiyoslash muhim ahamiyatga egadir.

Navoiy «Muhokamat-ul lug‘atayn» asarida unli tovushlarning turlicha talaffuz qilinishi haqida gapirib, “ yoyi ma’rif – yoyi majhul orqali yozilishi bir xil aytilishi har xil so‘zlardan bir qanchasini keltiradi, ularga izoh beradi. Turkiy tilda bu harflarning har biri uch-to‘rttadan muqobilga ega ekanligini ko‘rsatadi “... turki domdur, yana turni andin dakikdokdurki, uyning turidur va turki barchadin arikdur”. Ko‘rinadiki, Navoiy tovushlarning qattiq yumshoqligiga e’tibor bergan, qattiq va yumshoq u, u (o) o, u (u), shuni ngdek e, i tovushlarini bir-biridan farqlay olgan. Yuqoridagi so‘zlar va tovushlarning xususiyatini aniqlashda Navoiy o‘zi uchun tayanch til negizi bo‘lib xizmat qilgan o‘zbek adabiy tiliga asoslanadi(Navoiy, 2014).

Shuningdek, -dagi (dagi-tag‘in, yana va dagi ma’nosida), nari, nariroq va o‘z ma’nolarida so‘zlarning so‘z o‘yini lyxom san’atida qo‘llanishi va aytilishi ham ochiq o unlisi xali alohida fonema darajasida ko‘tarilmaganligini ko‘rsatadi. Shuni ng uchun a fonemasining varianti, bir ko‘rinishi deb qarash maqsadga muvofiq ko‘rinadi.

XIV-XV asrlar o‘zbek adabiy tilida, Alisher Navoiyda ham unlilar ohangdoshligining qattiq yumshoqlik va lab ohangdoshligi hodisasi saqlanganligini ko‘rish mumkin: barduk (borduk) – kelduk (kelduk) yoga (uyga)-kezga (kuzga) tilim-kozum (ko‘zum) baim (borip)- korup (ko‘rup) kabi. Shu bilan birga singarmonizm hodisasinig ba’zi hollarda buzila boshlaganligi ham ko‘zga tashlanadi. Odamlig‘-odamlig‘ kabi. Navoiy tili uchun xos undoshlarning qo‘llanishida mustaqil lab-tish tovushi f ajralib turadi. Bu undosh aslida turkiy tillar jumlasidan, o‘zbek tili uchun xos tovush emas. U o‘zbek tiliga fors-tojik tili orqali arab tilidan kirib kelgan. Navoiy asarlarida f fonemasining qo‘llanashi, uning p tovushiga o‘tmasligi va p tovushi f undoshining kelishi kabilar o‘zbek tilining Samarqand-Buxoro tipidagi shevalarga yaqinlashib kelishini ko‘rsatadi: tuproq (tufroq, yaproq) yafroq).

Dedi: el ganju kuy ishkin nixoni?

Dedi: tufroqqa berman kimeni.

Zaif tanda g‘amingdin yuz eski bulg‘on dog‘,

Har eski dog‘bu shox uzra bir kuyuk yafroq.

Demak, Alisher Navoiy turkiy tilning fasohati va lugʻaviy boyligini dalillar bilan isbotlash vositasida turkiy tildagi adabiyot-she’riyatning yanada ravnaq topishi lozimligini ham nazarda tutgan.

  1. Navoiy oʻzbek tilining boy sinonimlaridan oʻz asarlarida ustalik bilan foydalangan. Oʻzbek tilida turli ma‘no nozikliklarini ifodalovchi sinonimik fe‘llardan 100 tasini “Muhokamatul lugʻatayn”da ham eslatib oʻtadi: “Bu 100 lafzdurki, gʻarib maqosid tayin qilibdurlarki, hech qaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlar”. A. Navoiy oʻzi keltirgan 100 fe‘lning har biri oʻzbek tilida oʻz sinonimlariga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Masalan, biror bir suyuqlikni ichish harakatini koʻrsatuvchi ichmoq fe‘li bor. Navoiy bu fe‘lning sipqarmoq, tomshimoq kabi sinonimlardan ham foydalangan:

Soqiyo, tut bodakim, bir lahza oʻzimdin boray,

Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sipqaray.

Soqiy, chu ichib, menga tutar qush,

Tomshiy-tomshiy oni qilay noʻsh.

Navoiy yuqoridagi misollarni keltirar ekan, ulardagi sinonimlarning poetik ustunligini, stilistik boʻyoqdorligini va poeziyadagi rolini koʻrsatadi. Bu bilan tildagi sinonimlarning rolini yaxshi tushunib yetganligini namoyish etadi.

Navoiy leksik me’yorlarni belgilashda hayotning turli sohalariga tegishli bir qancha turkiy so‘zlarni o‘z asarlariga singdirdi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Oziq-ovqat nomlari: qaymoq, qatlama, bulamo‘q, qurut, ulaba, mantu, quymoq, o‘rkamach, qo‘mo‘z, suzma, boza, tatmach, umach, qumaq kabi.
  2. Chorvachilikka oid so‘zlar: tubuchaq, arg‘umaq, yaqa, yabu, taju; tay, g‘unan, dunan, tulan, cho‘rg‘a, lang‘a, jabildir, xana, toqum, chilvir kabi.
  3. Kiyim-bosh nomlari: dastar, qalpaq, navro‘zi, to‘ppo‘, sho‘rdaq, jalak, dakla,  qur, terlik kabi.
  4. Ov hayvonlari nomlari: kiyik, to‘ng‘uz, xuna, qo‘lpaqcho‘, suyqun, bug‘u, maral, oxu, gavazi, xuk, guraz kabilar.

Navoiy faqat leksik me’yorlarnigina emas, balki grammatik me’yorlarni belgilashda ham samarali ish qildi. U o‘z asarlari grammatik shakllarining ixchamligiga va so‘z yasash texnikasiga mas’uliyat bilan qaradi. Alisher Navoiy o‘z asarlarida o‘zbek tilining leksik boyliklaridan, sinonimlari va omonimlaridan, xalq maqollari va matallaridan, frazeologik, idiomatik birikmalaridan, jumla tuzilishidan keng foydalangan. Natijada, leksik va grammatik me’yorlarni ma’lum qolipga, tartibga solishga intilgan.

Muhokama

Tildagi o‘zgarishlar birdaniga bir-ikki yil orasida emas, balki asta- sekinlik bilan uzoq davr davomida sodir bo‘ladi. Dastlab onda-sonda uchraydigan hodisalar, fonetik variantlar, yonma-yon qo‘llanishlar asta-sekin qonuniyatlarga aylanadi. Shuning uchun har bir davrdagi til shu tilda so‘zlovchilar uchun o‘zgarmaydi, barqaror tuyuladi. Vaholanki, tilda taraqqiyot va o‘zgarishlar  hech qachon to‘xtamaydi.. Har bir taraqqiyot davri uchun xos bo‘lgan fonetik sistemani tiklash, tasvirlash kabi masalalar ham o‘zbek tili tarixiy fonetikasida o‘rganiladi.

O‘zbek tilining turli taraqqiyot davrlarida yaratilgan yozma yodgorliklar, ilmiy va badiiy asarlar tarixiy  fonetik tadqiqot uchun eng asosiy manba vazifasini o‘taydi, chunki yaratilgan yodgorlikda davr tili o‘z aksini topgan.

Bizningcha, o‘zbek tilini o‘qitishda fonetika va uning grammatikasi muhim ahamiyatga ega, negaki, nutq tovushlari, tovushlarning hosil bo‘lishini to‘g`ri egallagan har bir o‘quvchi tovushlarning talaffuzini yaxshi anglaydi.

Fonetika (grekcha pohne – tovush) nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, talaffuzi, imlosi, tasnifi, harf va yozuvning o‘zaro munosabati, bo‘g‘in va bo‘g‘in ko‘chirish, so‘z urg‘usi xususiyatlari kabi hodisalar haqidagi fan. Unda nutq tovushlari – so‘zlarning, qo‘shimchalarning eng kichik bo‘lagi va talaffuzi o‘rganiladi (Muhitdinova, 2022).

Aynan umumta’lim maktab ona tili darsliklarida fonetika bo‘yicha o‘rganish boshlang`ich va beshinchi sinfdan boshlanadi. Bunda berilgan so‘zlardagi tovushlar talaffuzi qiyoslanadi, unli va undoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Tovushlar talaffuzida ishtirok etadigan nutq a’zolari belgilanadi. Berilgan so‘zlarga tovushdosh (tosh, tish, tush, to‘sh kabi), shakldosh (tosh – suvda erimaydigan qattiq tog‘ jismi, ot; sakkiz chaqirimga teng masofa, ot; bir toshdan ortiq yo‘l bosdi kabi), fe’l – toshmoq, qirg‘oqdan chiqib ketmoq; zid ma’noli (toshbag‘ir – ko‘ngilchan, ko‘ngli bo‘sh) so‘zlar topib, ma’nolarini izohlashi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bizningcha, o‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanini o‘qitishda mashqlar tahlili va matnlarning tartibiga ahamiyat berilsa, talabalar so‘z, so‘z birikma va gaplarning ifodalanish tartibini yaxshi o‘zlashtira oladi.

Gap tilning eng yuqori pog‘onasini tashkil etuvchi birlik hisoblanadi, shu sababli, gapni matnning qurilish materiali tarzida talqin etish, matnni shakllantiruvchi asosiy til birligi deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Nemis tilshunosi M.Pfyutse aytganidek, har bir matn biror maqsad ifodasi uchun o‘zaro munosabatga kirishayotgan fraza (gap)larning mazmuniga ko‘ra birikishidan hosil bo‘ladi. Ammo gap matnning qurilish materiali singari talqin etilganda  mustaqil so‘z va so‘z birikmasining matn tarzida maxsus qo‘llanishi e’tibordan chetda qoladi. Shunisi aniqki,  yakka, alohida olingan gap bog‘lanishli nutq materiali sifatida matn tarkibida so‘z va so‘z birikmalarining o‘zaro munosabati asosida aniqlashadi. Olimning yuqorida keltirilgan mulohazalarida ham asosiy e’tibor masalaning aynan shu tomoniga qaratilgani ma’lum bo‘ladi.

“O‘zbek ilmiy matnining sintagmatik talqini”da M. Hakimov matn va uning birliklari o‘rtasidagi mazmuniy munosabatni ifodalovchi bog‘lovchilar ekanligi hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari va vazifalariga aniqlik kiritgan. Ushbu ilmiy matnda muallifning munosabati bildirilgan bo‘lib, uning turlari, o‘zbekcha ilmiy matnlarning sintagmatik va pragmatik xususiyatlari keng tahlil  qilib yoritilgan. O‘zbek tilida berilgan ilmiy uslub matn kategoriyasi aspektida o‘rganilgan va gumanitar fanlarga tegishli bo‘lgan ilmiy matn namunalari faktik material sifatida xizmat qilgan (Shermuhamedova, 2023).

Xulosa

Jamiyatdagi oʻzgarishlar va til rivoji o‘rtasidagi bog‘liqlik muhim va uzviy bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi va shakllantiradi. Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va texnologik o‘zgarishlar tilni yangi so‘zlar, iboralar va ifoda usullari bilan boyitadi. Zamonaviy dunyoda globalizatsiya va texnologik rivojlanish tilning dinamik o‘zgarishiga sabab bo‘lib, milliy tillarning mustahkamligiga ta’sir qilmoqda. Shu bilan birga, til insonlarning madaniyat va identitetining muhim unsuridir. Shuning uchun, jamiyatdagi oʻzgarishlarni tushunish va ularga mos ravishda tilni rivojlantirish, milliy madaniyatni asrab-avaylash va rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlar, shuningdek, til va jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash, madaniyatlarni boyitish va insonlar o‘rtasida muloqotni rivojlantirish imkonini beradi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023). O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi” Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida (P.Q.-4479-son Qaror).

Bobur, Z. M. (1989). Boburnoma (Shams Porso, Trans.).

Husanov, N., Dilmurodova, N., & Xo‘jaqulova, R. (2022). O‘zbek tili (Elektron darslik). Toshkent: TDIU.

Muxitdinova, M. (2022). O‘zbek tilini o‘rganamiz (Darslik). Toshkent: TDIU.

Navoiy, A. (2014). Muhokamat ul-lugʻatayn. Toshkent: Tafakkur.

Shermuhamedova, S. (2023). O‘zbek tili (Darslik). Toshkent: Iqtisod-moliya.

Published

Downloads

Author Biography

Nafisa Igamnazarova,
Tashkent State University of Economics

PhD, associate professor

How to Cite

Igamnazarova, N. (2025). Changes in society and language development. The Lingua Spectrum, 5(1), 168–174. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/832

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.