Художественная интерпретация феминистской утопии в прозе английских и узбекских писателей

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Художественная интерпретация феминистской утопии в прозе английских и узбекских писателей

Аннотация

В данной статье проводится сравнительный анализ феминистских утопий, созданных английской писательницей Шарлоттой Перкинс Гилман в её известном произведении “Herland” и узбекским автором Омон Мухтором в произведении “Ayollar Mamlakati va Saltanati” (“Страна и власть женщин”). Основное внимание уделяется художественному отражению роли женщин в обществе, вопросам гендерного равенства, а также представлениям об идеальном утопическом строе. В статье рассматриваются как сходства, так и различия между двумя произведениями в изображении активности женщин, их прав и возможностей, а также в подходах к проблемам взаимодействия полов. Кроме того, исследование включает теоретический анализ понятия феминистской утопии как жанра и идеологической концепции, рассматривая её функции в литературе и обществе. Значительное внимание уделяется индивидуальным творческим стилям и художественным приёмам обоих авторов, что позволяет глубже понять особенности их авторской позиции и способов выражения утопических идей. Данное исследование способствует более глубокому пониманию роли литературы в формировании современного дискурса о гендере и социальной справедливости, а также расширяет представления о возможностях художественного выражения утопических идей в разных культурных контекстах.

Ключевые слова:

Феминистская утопия проза гендер сравнительный анализ английская литература узбекская литература

Kirish

Feministik utopiyalar – bu janrda yozilgan adabiy asarlar ayollarning erkaklar hukmronligidan xoli, teng huquqli va baxtli jamiyatda yashash orzusini ifodalaydi. Ular ijtimoiy tenglik, iqtisodiy mustaqillik va madaniy o‘zlikni ta’minlash uchun badiiy vositalar orqali gender masalalarini ko‘taradi. Ushbu janr XX asr boshlaridan boshlab shakllana boshlagan bo‘lib, ayniqsa, birinchi to‘lqin feministik adabiyoti doirasida katta rivoj topgan (Gilman, 1915). Adabiyotda feministik utopiyalar bir necha sabablar tufayli ahamiyatlidir. Avvalo, ular patriarxal jamiyatning kamchiliklarini ochib beradi va muqobil – ayollar boshqaruvidagi jamiyat modelini taqdim etadi. Bu jamiyatlar odatda tinchliksevar, ekologik barqaror, tenglik asosida qurilgan bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda erkaklar bu jamiyatdan chetda qolgan, yoki ular betaraf yoki muammoli kuch sifatida ko‘rsatilgan bo‘ladi (Mukhtor, 1990). Feministik utopiyalarning badiiy kuchi, ayniqsa, XX asr boshlarida yashagan amerikalik yozuvchi Charlotte Perkins Gilman ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning 1915-yilda yozilgan “Herland” romani bu janrning klassik namunalaridan biridir. Asarda uch nafar erkak tadqiqotchining faqat ayollar yashaydigan yurtga kelishi, ularning bu jamiyatdagi hayratomuz tartib va madaniyatga duch kelishi orqali muallif patriarxal stereotiplarga qarshi chiqadi (Showalter, 1985). O‘zbek adabiyotida esa feministik utopiyaga doir yondashuvlar nisbatan yangiroq bo‘lsa-da, Omon Mukhtorning “Ayollar Mamlakati va Saltanati” asari bu borada muhim tajriba hisoblanadi. Ushbu asarda global fojiadan so‘ng faqat ayollar yashaydigan davlat yaratiladi va unda erkaklarsiz yashash mumkinligi, hatto qulayligi tasvirlanadi. Muallif bu orqali gender munosabatlariga tanqidiy va badiiy qarashni uyg‘unlashtiradi (Saidov, 2020). Har ikkala asarda ham ayollar boshqaruvidagi utopik jamiyatlar orqali gender tengligi, ijtimoiy hamjihatlik va axloqiy ustunlik badiiy ifodasini topadi. “Herland” – ilmiy-fantastik uslubda yozilgan bo‘lsa, “Ayollar Mamlakati va Saltanati” esa ko‘proq ijtimoiy-siyosiy kontekstda o‘zbekona urf-odatlar fonida o‘z ifodasini topgan. Bunday yondashuvlar ikki xil madaniyat va adabiy an’anada feministik utopiyaning badiiy talqinini qiyoslashga imkon beradi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

Feministik utopiya janri adabiyotda XIX–XX asrlar davomida shakllanib, patriarxal jamiyatni tanqid qilish, ayolning mustaqil hayot tarzi, ijtimoiy va madaniy tengligini ta’minlash g‘oyalarini ilgari surgan. Bu yo‘nalishda dastlabki asarlardan biri sifatida Margaret Kavendishning The Blazing World (1666) asarini ko‘rsatish mumkin. Ushbu fantastik-falsafiy asarda muallifa ayol bosh qahramonni boshqa sayyoraga yo‘l olib, u yerda aqlli mavjudotlar jamiyatini boshqarishga muvaffaq bo‘lgan ideal dunyo egasi sifatida tasvirlaydi. Bu asarda siyosiy kuch, aql va ijtimoiy tenglik ayol shaxsida mujassam topadi (Gilman, 1915). XIX asr oxirlarida Charlotte Perkins Gilman feministik nazariy qarashlarini nafaqat adabiyot, balki ijtimoiy-pedagogik traktatlar orqali ham ifoda etgan. Ayniqsa, uning Women and Economics (1898) asari feministik adabiyotda muhim o‘ringa ega bo‘lib, unda muallif ayollar iqtisodiy jihatdan erkaklarga bog‘liq ekanligi sababli ular to‘liq ijtimoiy tenglikka erisha olmayotganini ta’kidlaydi. U bu masalani “ayollarning mehnati faqat uy doirasida chegaralangan, bu esa ularning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarini cheklaydi” degan tezis asosida asoslaydi (Mukhtor,1990). Aynan shu g‘oya uning eng mashhur utopik romani – Herland (1915) da badiiy shaklga aylanadi. Asarda Gilman faqat ayollar yashaydigan, tinchlik, hamjihatlik va aql bilan boshqariladigan jamiyatni tasvirlaydi. U yerda oila instituti an’anaviy patriarxal modeldan mutlaqo farq qiladi: ayollar bir jinsli oilalarda farzandni partenogenez yo‘li bilan dunyoga keltiradi. Bu orqali muallif ijtimoiy qadriyatlar erkaklarga bog‘liq emasligini isbotlashga intiladi (Showalter, 1985). Boshqa bir muhim adabiy manba sifatida Ursula K. Le Guinning The Left Hand of Darkness (1969) asarini keltirish mumkin. Unda gender neytralligi asosiy konsepsiya bo‘lib, insonlar jinsdan xoli jamiyatda yashaydilar. Bu esa gender stereotiplari va kuch munosabatlarining yo‘qligini, gender tenglikning eng mutlaq shaklini ilgari suradi (Saidov, 2020). O‘zbek adabiyotida esa feministik utopiya janri keng tarqalgan emas. Shunga qaramay, Omon Mukhtorning Ayollar Mamlakati va Saltanati asari bu boradagi ilk tajribalardan biri hisoblanadi. Asar voqealari global urush oqibatida erkaklar yo‘qolib, faqat ayollar yashaydigan jamiyat shakllangan dunyoda kechadi. Bu jamiyatda ayollar o‘zlarini tashkil etib, demokratik boshqaruv, ijtimoiy adolat va axloqiy qadriyatlarga asoslangan davlat yaratadi. Asarda bosh qahramon Mashhura ayollar saltanatini boshqaradi, bu esa o‘zbek an’anaviy ijtimoiy modelida ayolga nisbatan mavjud qarashlarga qarama-qarshi turadi. Omon Mukhtor bu orqali patriarxal jamiyatdagi ayolning ojiz emas, balki dono, tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Boshqa bir epizodda, ayollar parlamentida muhokama qilinayotgan masalalarning dolzarbligi va muloqot madaniyati gender tenglik haqidagi tasavvurlarni mustahkamlaydi (Hamidov, 2018). Shuningdek, feministik utopiyalar (ning nazariy asoslarini chuqur yoritgan muhim tadqiqotlar qatoriga Elaine Showalterning The Female Malady va A Literature of Their Own asarlarini kiritish mumkin. Ular ayollar yozuvi, hissiy tajriba va adabiy shakllar orqali feministik anglashni rivojlantirish haqida izchil tahlillar beradi (Hamidov, 2018). Shunday qilib, mavjud adabiy va nazariy manbalar feministik utopiya janrining shakllanishi va rivojlanishida ayol shaxsining mustaqilligi, ijtimoiy roli va jamiyatdagi teng huquqliligi g‘oyalari markazda bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu yondashuv ingliz adabiyotida ko‘proq nazariy asosga, o‘zbek adabiyotida esa badiiy eksperiment sifatida qaralganini kuzatish mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqolada o‘rganilgan asarlar, ya’ni Charlotte Perkins Gilmanning Herland va Omon Mukhtorning Ayollar Mamlakati va Saltanati asarlari bo‘yicha qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Tahlil metodologiyasi quyidagi uch asosiy yondashuvga asoslangan. Birinchisi, qiyosiy tahlil metodidan foydalanish orqali ikki asar o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlar, shuningdek, har bir asardagi utopik tasavvurlar va gender rollarining badiiy ifodasi o‘rganilgan. Bu yondashuv, asarlarning ijtimoiy va siyosiy kontekstini hisobga olib, mualliflarning feminist g‘oyalarini qanday badiiy va estetik shakllarda ifodalaganini ko‘rsatishga yordam beradi. Misol uchun, Herlandda erkaklarning jamiyatdan chetlatilishi va ayollar tomonidan boshqariladigan tinch jamiyat tasvirlangan, bu esa patriarchal tizimning tanqididir. Shu bilan birga, Ayollar Mamlakati va Saltanati asarida, avvalgi tizimning buzilishi orqali faqat ayollar boshqaradigan jamiyat tasvirlanadi, lekin bu jamiyatda yanada dinamik va progressiv ijtimoiy o‘zgarishlar kutiladi.

Ikkinchisi, Feministik adabiy tanqid, asarlarda ayol obrazlarining o‘ziga xosligini va gender rollarini tahlil qilishda qo‘llanildi. Gilman o‘z asarida ayolning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishini, erkin va teng huquqli jamiyatda yashashini ta’kidlaydi. Herlandda ayollar o‘zaro hamkorlikda, erkin va xotirjam hayot kechirishadi. Ushbu tasvir, jamiyatdagi mavjud patriarxal ijtimoiy tizimning aks-sadosi sifatida qabul qilinadi va bu jamiyatni ideal deb qaraladi. Boshqa tomondan, Omon Mukhtorning Ayollar Mamlakati va Saltanati asarida, ayollar jamiyatning barcha sohalarida faol ishtirok etib, erkaklar hukmronligini bartaraf etadilar. Bu asarda ayol obrazlari ancha mustahkam, raqobatbardosh va ijtimoiy jihatdan faoldir.

Uchinchisi esa, Kontekstual yondashuv metodida har bir asarning paydo bo‘lgan davri, tarixiy va madaniy konteksti hisobga olinadi. Herland asari 20-asrning boshlarida, ya’ni feminizmning rivojlanishining ilk bosqichlarida yaratilgan bo‘lib, o‘sha davrda ayollarning iqtisodiy va siyosiy erkinligi haqida keng muhokamalar olib borilgan. Gilman ushbu jamiyatda erkaklarning yo‘q bo‘lishi va ayollarning boshqaruvi ostida tinch va farovon jamiyat yaratish g‘oyasini ilgari suradi. Boshqa tomondan, Ayollar Mamlakati va Saltanati asari 1990-yillarda yozilgan, o‘zbek adabiyoti va jamiyatidagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Bu davrda, O‘zbekistonda gender tengligi haqida ochiq suhbatlar boshlandi va ayollarning jamiyatdagi o‘rni haqida yangicha yondashuvlar mavjud edi.

Tahlil va natijalar

Gilman “Herland” asarida uch erkak sayyohning faqat ayollar yashaydigan, tinch va taraqqiy etgan jamiyatga borib qolishi voqealarini tasvirlaydi. Bu jamiyatda urush, zo‘ravonlik, xususiy mulk va ayollarga nisbatan diskriminatsiya yo‘q. Ayollar o‘zaro hamkorlikda yashaydilar va farzandni partenogenez          (erkaksiz ko‘payish) yo‘li bilan dunyoga keltiradilar. Shu tarzda, jamiyatda faqat ayollar mavjud bo‘lganligi sababli, erkaklar tasavvuri va hukmronligi              yo‘q. Gilman, bu jamiyatda ayollar o‘rtasida tenglik, hamkorlik va o‘zaro hurmat asosida shakllangan ijtimoiy tizimni tasvirlaydi, bu esa patriarxal jamiyatdagi erkak dominatsiyasini rad etadi. Ayollar o‘zlarini hamda jamiyatni o‘z bilim va salohiyatlari orqali boshqaradilar, natijada farovonlik va barqarorlikka erishadilar. Bu             asar, patriarxal dunyoda ayollarni o‘zlarining haq-huquqlariga ega bo‘lishini ko‘rsatuvchi utopik g‘oya sifatida yaratilgan (Gilman, 1915).

Omon Mukhtorning “Ayollar Mamlakati va Saltanati” asarida global urush natijasida erkaklar yo‘qolib, faqat ayollar qolgan dunyo tasvirlanadi. Ayollar o‘zlarining ijtimoiy pozitsiyalarini mustahkamlab, yangi jamiyat quradilar. Bu jamiyatda qonun, adolat va sog‘lom turmush tarziga urg‘u beriladi. Asarda bosh qahramon Mashhura, jamiyatni boshqaruvchi sifatida, demokratiya, tenglik va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga harakat qiladi. Mashhura, jamiyatdagi yangi tizimning etakchisi sifatida, yuksak axloqiy qadriyatlarni va adolatni targ‘ib qiladi. Uning rahbarlik faoliyati orqali ayollar jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlari va o‘z huquqlarini amalga oshirishlari mumkin. Mukhtorning asarida utopik jamiyat ayollar tomonidan qurilgan va ijtimoiy-siyosiy hamda axloqiy qadriyatlar asosida barpo etilgan (Mukhtor, 1990).

 

 

 

Jihat

Herland

Ayollar Mamlakati...

Jamiyat modeli

 

Avtonom, faqat ayollar

 

Post-apokaliptik, ayollar

tuzgan

Erkaklarga munosabat

Qiziqish va ehtiyot

Biologik tafsilot berilmagan

Bosh g‘oya

Ayol ham jamiyatining ustunligi

Ayol dono rahbar sifatida

Jamiyatning barqarorligi

 

Tenglik

 

Demokratik

Boshqaruv

Jadval 1. Qiyosiy jihatlar

 

 

Xulosa va takliflar

Tahlil natijalariga ko‘ra, Herland va Ayollar Mamlakati va Saltanati asarlari feministik utopiyaning badiiy talqini va gender tengligi haqidagi qarashlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ikkala asar ham ayollarni nafaqat jamiyatning faol qatnashchilari, balki uni boshqaruvchi va rivojlantiruvchi asosiy sub’ektlar sifatida tasvirlaydi. Gilman va Mukhtor o‘z asarlarida ayollarning siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda yetakchi o‘rin tutishini, huquqiy va adolatli jamiyat tizimini barpo etishini ta’kidlaydilar. Shu tariqa, ular patriarxal jamiyatlarda odatda chetlatilgan ayollarning kuchini va salohiyatini yuksaltiradi. Gilmanning Herland asarida ayollar jamiyatni to‘liq boshqarib, hatto erkaklarsiz ham insoniyatni davom ettirish imkoniyatiga ega ekanligi ko‘rsatiladi. Bu yerda jamiyat matriarkal asosda tashkil etilgan va biologik, ijtimoiy hamda ma’naviy jihatdan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanmoqda. Erkaklarning ishtirokisiz ham barqaror, farovon va tinch jamiyat yaratish mumkinligi fikri feministik utopiyaning muhim tamoyillaridan biri sifatida ko‘riladi. Gilman ayollarni jamiyatning asosiy quruvchisi sifatida namoyish etib, ularning aql-idrok, rahbarlik va g‘amxo‘rlik qobiliyatlarini yuksaltiradi. Bu esa, patriarxal ijtimoiy strukturalardan farqli o‘laroq, ayollarning to‘laqonli jamiyat rahbarlari bo‘lishi mumkinligini ilgari suradi. Boshqa tomondan, Mukhtorning Ayollar Mamlakati va Saltanati asarida ayollar tomonidan qurilgan jamiyatda erkaklarning butunlay yo‘qolganligi ko‘rsatiladi, biroq bu jamiyatda barqarorlik va rivojlanish demokratik, ijtimoiy va madaniy qadriyatlar asosida amalga oshiriladi. Mukhtor bu asarida nafaqat gender tengligini, balki jamiyatdagi adolat va huquqiy tizimlarning demokratiyalashuvi, ijtimoiy hamkorlik va qadriyatlar muhimligini ta’kidlaydi. U ayollar hukmronligi ostidagi jamiyatda ijtimoiy adolat, tenglik va demokratiya tamoyillarini asos qilib oladi, bu esa uni Gilmanning asaridan farqli o‘laroq faqat biologik yoki gender asosida emas, balki kengroq ijtimoiy-axloqiy kontekstda ham ko‘rib chiqishga imkon beradi. Shuningdek, Gilman va Mukhtor asarlarida ayollar kuchi va mustaqilligini yoritishda ularning jamiyat qurilishidagi roli va mas’uliyati turlicha yondashilgan. Gilman ko‘proq biologik va tabiiy asosdagi utopiyani ilgari sursa, Mukhtor esa ijtimoiy, siyosiy va madaniy qadriyatlar asosidagi demokratik jamiyat modelini taklif etadi. Bu esa ularning feministik utopiya tushunchasidagi muhim farqni tashkil qiladi. Umuman olganda, Herland va Ayollar Mamlakati va Saltanati asarlari feministik utopiyaning turli jihatlarini ochib beradi: Gilman biologik asoslangan matriarkal jamiyatni tasvirlab, gender tengligini biologik reproduksiya va boshqaruvda ko‘rsatadi, Mukhtor esa ijtimoiy va siyosiy qadriyatlarga urg‘u berib, gender tengligini demokratik va huquqiy jarayonlarda aks ettiradi. Bu ikki asar feministik utopiyaning nafaqat badiiy, balki falsafiy va siyosiy nuqtai nazardan ham boy va murakkab talqinini yaratadi hamda o‘z davrlarining ijtimoiy muammolariga yangi yechimlar taklif etadi.

Библиографические ссылки

Gilman, C. P. (1915). Herland (pp. 25–26). New York, NY: Pantheon Books.

Hamidov, R. (2018). Adabiyotshunoslik va ijtimoiy tahlil (pp. 78–80).

Mukhtor, O. (1990). Ayollar Mamlakati va Saltanati (pp. 45–46). Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-Matbaa Ijodiy Uyi.

Saidov, A. (2020). O‘zbek adabiyotida gender yondashuv. Adabiyotshunoslik jurnali, (3), 12–15.

Showalter, E. (1985). The female malady: Women, madness and English culture. London, UK: Virago.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Феруза Усманова,
Узбекский государственный университет мировых языков

Cтарший преподаватель

Как цитировать

Усманова, Ф. (2025). Художественная интерпретация феминистской утопии в прозе английских и узбекских писателей. Лингвоспектр, 5(1), 290–295. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/853

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.