Роль модели 4С (критическое мышление, общение, сотрудничество, творчество) в развитии языковых навыков учащихся
Аннотация
В этой статье анализируется роль и значение модели 4С (критическое мышление, коммуникация, сотрудничество, творчество) в развитии языковых навыков учащихся. В процессе изучения языка основное внимание уделяется не только приобретению лингвистических знаний, но и развитию современных компетенций, таких как критическое мышление, коммуникация, сотрудничество и креативность. В рамках исследования был проведен педагогический эксперимент среди студентов высших учебных заведений, в ходе которого изучалась эффективность организованных учебных занятий по модели 4С в развитии языковых навыков. Полученные результаты показали, что уроки английского языка, организованные по модели 4С, более эффективны по сравнению с традиционными методами в развитии у учащихся навыков аудирования, говорения, чтения и письма. Также в статье проанализированы основные принципы и методы внедрения модели 4С в процесс обучения языку, возможные трудности в этом процессе и их решения. По результатам исследования разработаны научно-практические рекомендации по внедрению модели 4С в процесс обучения языку в высших учебных заведениях.
Ключевые слова:
Модель 4С языковые навыки критическое мышление коммуникация сотрудничество креативность методика преподавания языка.Kirish. Bugungi globallashuv va raqamlashtirish davrida til koʻnikmalarini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. XXI asr kadrlariga boʻlgan talablarning oʻzgarishi taʼlim tizimida ham yangicha yondashuvlarni joriy etish zaruratini belgilaydi. Shunday sharoitda 4C modeli (Critical thinking - tanqidiy fikrlash, Communication - kommunikatsiya, Collaboration - hamkorlik, Creativity - kreativlik) zamonaviy taʼlim paradigmasi sifatida koʻplab mamlakatlar taʼlim tizimida faol qoʻllanilmoqda (Abulkhanova, 2020).
4C modeli AQShning Partnership for 21st Century Learning (P21) tashkiloti tomonidan 2002-yilda ishlab chiqilgan boʻlib, u oʻquvchi va talabalarni XXI asrning global raqobatbardosh muhitiga tayyorlashga qaratilgan. Ushbu model oʻquvchilarning nafaqat fundmental bilimlarni egallashi, balki zamonaviy hayotda muvaffaqiyatli boʻlish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni ham shakllantirishi muhimligini taʼkidlaydi (Abdurazakov, 2019).
Til oʻqitish kontekstida 4C modeli alohida ahamiyat kasb etadi, chunki til oʻrganish jarayoni oʻz tabiati bilan kommunikativ, ijodiy va tanqidiy fikrlashni talab qiladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida koʻp tilli va koʻp madaniyatli muhitda samarali faoliyat koʻrsatish uchun hamkorlik koʻnikmalari ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Asosiy qism. Oʻzbekistonda ham xorijiy tillarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish, taʼlim jarayonida innovatsion metodlarni joriy etish masalalariga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida"gi PF-4947-sonli Farmonida ham taʼlim sifatini yaxshilash, zamonaviy metodologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish masalalari ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Shu bilan birga, respublikamizda 4C modelini taʼlim jarayoniga, xususan, til oʻqitish metodikasiga tatbiq etish boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmagan. Ushbu masala 4C modelini oʻzbek tilini xorijiy til sifatida, shuningdek, ingliz va boshqa xorijiy tillarni oʻqitish jarayoniga tatbiq etish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish zarurligini belgilaydi.
Tadqiqotning maqsadi talabalarning til koʻnikmalarini rivojlantirishda 4C modelining oʻrni va ahamiyatini aniqlash, shuningdek, 4C modelini oliy taʼlim muassasalarida til oʻqitish jarayoniga samarali tatbiq etish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
- 1.4C modelining nazariy asoslarini oʻrganish va uni til oʻqitish metodikasi kontekstida tahlil qilish;
- 2.4C modelini til oʻqitish jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlash;
- 3.4C modeli asosida tashkil etilgan darslarning talabalarning til koʻnikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligini eksperimental tadqiqotlar orqali oʻrganish;
- 4.4C modelini oliy taʼlim muassasalarida til oʻqitish jarayoniga tatbiq etish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari
Ushbu tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi:
- Nazariy tahlil metodi – 4C modeli haqidagi ilmiy adabiyotlar, tadqiqotlar va oʻquv-metodik materiallarni oʻrganish va tahlil qilish orqali mavzuning nazariy asoslarini oʻrganish(Demir, 2019). Bu metod yordamida 4C modelining mazmun-mohiyati, tarixiy rivojlanishi, zamonaviy taʼlim paradigmasidagi oʻrni va uning til oʻqitish metodikasiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilindi.
- Pedagogik eksperiment metodi – 4C modeli asosida tashkil etilgan darslarning talabalarning til koʻnikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida pedagogik eksperiment oʻtkazildi. Eksperiment ikki bosqichda olib borildi:
- Konstatatsiyalovchi eksperiment – talabalarning til koʻnikmalari boshlangʻich darajasini aniqlash;
- Shakllantiruvchi eksperiment – eksperimental guruhda 4C modeliga asoslangan darslarni oʻtkazish, nazorat guruhida esa anʼanaviy metodlar asosida oʻqitish (Jimbo, 2019).
- Soʻrovnoma metodi – talabalarning 4C modeli asosida tashkil etilgan darslarga munosabati, ularning motivatsiyasi va oʻzlashtirish darajasi haqida maʼlumot olish maqsadida soʻrovnomalar oʻtkazildi. Soʻrovnomada 150 nafar talaba ishtirok etdi.
- Kuzatish metodi – 4C modeli asosida tashkil etilgan darslarda talabalarning faolligi, ishtirok darajasi va oʻzaro hamkorligini kuzatish orqali ushbu modelning samaradorligini baholash.
- Statistik tahlil metodi – olingan natijalarni statistik tahlil qilish orqali 4C modeli asosida tashkil etilgan darslarning talabalarning til koʻnikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligini miqdoriy koʻrsatkichlar asosida baholash.
Tadqiqotda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-2-kurs talabalari ishtirok etdi. Jami 300 nafar talaba tadqiqotda qatnashdi, ulardan 150 nafari eksperimental guruhda, 150 nafari esa nazorat guruhida qatnashdi. Tadqiqot 2022-yilning sentyabr oyidan 2023-yilning may oyiga qadar davom etdi.
Eksperimental guruhda ingliz tili darslari 4C modelining asosiy tamoyillariga asoslangan holda tashkil etildi. Bu guruhdagi darslarda talabalarning tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya, hamkorlik va kreativlik koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Nazorat guruhida esa darslar anʼanaviy metodlar asosida, asosan oʻqituvchi markazi tamoyiliga asoslangan holda oʻtkazildi.
Eksperiment davomida talabalarning tinglash, gapirish, oʻqish va yozish koʻnikmalari dastlab, eksperiment oʻrtasida va yakunida baholandi. Baholash uchun xalqaro standartlarga asoslangan test materiallari ishlab chiqildi.
Natijalar va munozaralar.
4C modelining til oʻqitish metodikasidagi oʻrni
4C modeli XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan boʻlib, u quyidagi toʻrt komponentni oʻz ichiga oladi:
1. Tanqidiy fikrlash (Critical thinking) – maʼlumotlarni tahlil qilish, baholash va sintetik xulosalar chiqarish qobiliyati. Til oʻrganish kontekstida tanqidiy fikrlash quyidagi koʻnikmalarni rivojlantirishni oʻz ichiga oladi:
- Matnlarni tahlil qilish va ularning mazmunini tanqidiy baholash;
- Turli manbalardan olingan maʼlumotlarni solishtirib, xulosalar chiqarish;
- Oʻz fikrini asoslash va boshqalarning argumentlarini baholash;
- Muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun lisoniy vositalardan samarali foydalanish.
2. Kommunikatsiya (Communication) – oʻz fikrlarini ogʻzaki va yozma shaklda aniq va samarali ifodalash qobiliyati. Kommunikativ koʻnikmalar til oʻrganishning asosiy maqsadi boʻlib, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Turli kommunikativ vaziyatlarda tegishli til vositalaridan foydalanish;
- Ogʻzaki va yozma nutqni turli auditoriyaga moslashtirish;
- Verbal va noverbal kommunikatsiya vositalarini samarali qoʻllash;
- Raqamli muhitda kommunikatsiya qilish koʻnikmalari.
3. Hamkorlik (Collaboration) - jamoa boʻlib ishlash, umumiy maqsadlarga erishish uchun oʻzaro taʼsir koʻrsatish qobiliyati. Hamkorlik koʻnikmalari til oʻrganish jarayonida quyidagilarni shakllantiradi:
- Jamoaviy loyihalarda samarali ishtirok etish;
- Guruhdagi boshqa aʼzolarning fikrlari va hissalarini hurmat qilish;
- Muammolarni birgalikda hal qilish;
- Bilim va koʻnikmalarni boshqalar bilan boʻlishish.
4. Kreativlik (Creativity) - yangi gʻoyalarni yaratish, muammolarga innovatsion yechimlar topish qobiliyati. Til oʻrganishda kreativlik quyidagi jihatlarda namoyon boʻladi:
- Til vositalaridan noodatiy usullarda foydalanish;
- Oʻz matnlarini yaratishda ijodiy yondashuvlarni qoʻllash;
- Turli janrlarda kreativ matnlar yaratish;
- Lisoniy va madaniy muammolarni ijodiy hal qilish.
4C modelini til oʻqitish jarayoniga tatbiq etish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ushbu model talabalarning nafaqat lisoniy kompetensiyalarini, balki kognitiv, ijtimoiy-madaniy va pragmatik kompetensiyalarini ham rivojlantirishga yordam beradi. Jumladan, Huertas-Abril va Gomez Valencia (2020) tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, 4C modeliga asoslangan darslar talabalarning muloqot qilish motivatsiyasini oshiradi va lisoniy toʻsiqlarni yengishga yordam beradi.
Eksperimental tadqiqot natijalari
Eksperimental tadqiqot davomida talabalarning til koʻnikmalari dastlab, 3 oydan soʻng va eksperiment yakunida (8 oydan soʻng) baholandi. Baholash natijalarining tahlili quyidagi jadvalda keltirilgan (1-chi jadval).
|
Til koʻnikmalari |
Guruh |
Dastlabki koʻrsatkich (0-10 ball) |
3 oydan soʻng (0-10 ball) |
8 oydan soʻng (0-10 ball) |
Oʻsish foizi |
|
Tinglash |
Eksperimental |
5.4 |
6.9 |
8.2 |
51.9% |
|
|
Nazorat |
5.5 |
6.2 |
7.1 |
29.1% |
|
Gapirish |
Eksperimental |
4.9 |
6.5 |
7.8 |
59.2% |
|
|
Nazorat |
5.0 |
5.8 |
6.7 |
34% |
|
Oʻqish |
Eksperimental |
6.1 |
7.3 |
8.5 |
39.3% |
|
|
Nazorat |
6.0 |
6.8 |
7.6 |
26.7% |
|
Yozish |
Eksperimental |
4.7 |
6.0 |
7.4 |
57.4% |
|
|
Nazorat |
4.8 |
5.5 |
6.3 |
31.2% |
|
Oʻrtacha koʻrsatkich |
Eksperimental |
5.3 |
6.7 |
8.0 |
51.9% |
|
|
Nazorat |
5.3 |
6.1 |
6.9 |
30.2% |
Jadval 1. Talabalarning til koʻnikmalarini rivojlanish dinamikasi
Jadvaldan koʻrinib turibdiki, eksperiment yakunida eksperimental guruh talabalarining oʻrtacha koʻrsatkichi 8.0 ballni tashkil etgan boʻlsa, nazorat guruhida bu koʻrsatkich 6.9 ballga teng boʻlgan. Eksperimental guruhda talabalarning til koʻnikmalari 51.9% ga oshgan boʻlsa, nazorat guruhida bu koʻrsatkich 30.2% ni tashkil etgan. Bu natijalar 4C modeli asosida tashkil etilgan darslarning talabalarning til koʻnikmalarini rivojlantirishda anʼanaviy metodlarga nisbatan samaraliroq ekanligini koʻrsatadi.
Ayniqsa, gapirish (59.2%) va yozish (57.4%) koʻnikmalarining rivojlanishida sezilarli farq kuzatilgan. Bu natija 4C modelining kommunikativ va kreativ komponentlarining til oʻrganish jarayoniga taʼsiri bilan izohlanishi mumkin. Eksperimental guruhdagi talabalar koʻproq jamoaviy loyihalarda ishtirok etishgan, munozara va debatlarda qatnashishgan, kreativ yozma vazifalarni bajarishgan, bu esa ularning kommunikativ va ijodiy koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam bergan.
4C modelini til oʻqitish jarayoniga tatbiq etish tamoyillari
Tadqiqot davomida 4C modelini til oʻqitish jarayoniga samarali tatbiq etishning quyidagi asosiy tamoyillari aniqlandi:
1. Talaba markaziy tamoyili – oʻquv jarayonida talaba passiv tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi boʻlishi kerak. Oʻqituvchi bilimlarni taqdim etuvchi emas, balki talabalarning bilim olish jarayonini yoʻnaltiruvchi vazifasini bajarishi lozim.
2. Integrativ yondashuv tamoyili – 4C modelining barcha komponentlari (tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya, hamkorlik, kreativlik) til oʻqitish jarayonida kompleks tarzda rivojlantirilishi kerak.
3. Autentik materiallar tamoyili – til oʻqitish jarayonida haqiqiy hayotiy vaziyatlarga yaqin boʻlgan materiallardan foydalanish, talabalarni real kommunikativ vaziyatlarga tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
4. Muammoli taʼlim tamoyili – talabalarni muammoli vaziyatlar bilan tanishtirib, ularni hal qilish orqali ularning tanqidiy fikrlash va kreativlik koʻnikmalarini rivojlantirish lozim.
5. Koʻp madaniyatli yondashuv tamoyili – til oʻrganish jarayonida talabalarni turli madaniyatlar bilan tanishtirish, madaniyatlararo muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
4C modelini til oʻqitish jarayoniga tatbiq etish metodlari
Tadqiqot davomida 4C modelini til oʻqitish jarayoniga tatbiq etishning quyidagi samarali metodlari aniqlandi:
1. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlari:
- Matnlarni tahlil qilish va muhokama qilish;
- Munozara va debatlar tashkil etish;
- Case-study (vaziyatli oʻrganish) metodidan foydalanish;
- "Nima uchun?" (Why?) savollari orqali talabalarni chuqur fikrlashga undash;
- Tahliliy esse yozish.
2. Kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirish metodlari:
- Rolli oʻyinlar va simulyatsiyalar;
- Intervyu olish va berish amaliyoti;
- Prezentatsiyalar tayyorlash va taqdim etish;
- Muzokaralar oʻtkazish;
- Podkastlar yaratish.
3. Hamkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish metodlari:
- Guruhli loyihalar;
- Hamkorlikda oʻqish (Cooperative reading);
- Jigsaw metodi (talabalar turli guruhlar oʻrtasida harakatlanib, maʼlumotlarni oʻrtoqlashadi);
- Hammaga oʻrgat (Teach everyone) metodi;
- Hamkorlikda muammoni hal qilish vazifalari.
4. Kreativlikni rivojlantirish metodlari:
- Erkin yozish (freewriting);
- Hikoya yaratish;
- Rolli oʻyinlarni ishlab chiqish;
- Reklama va taqdimotlar yaratish;
- Multimediali loyihalar yaratish.
Tadqiqot davomida 4C modelini til oʻqitish jarayoniga tatbiq etishning quyidagi samarali usullari aniqlandi:
Til koʻnikmalari va 4C modelini kombinatsiyalash (2-chi jadval).
Soʻrovnoma natijalari
Talabalarning 4C modeli asosida tashkil etilgan darslarga munosabatini oʻrganish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrovnomada 150 nafar eksperimental guruh talabasi ishtirok etdi (3-chi jadval).
|
Til koʻnikmalari |
Tanqidiy fikrlash |
Kommunikatsiya |
Hamkorlik |
Kreativlik |
|
Tinglash |
Audio/video materiallarni tinglash va tahlil qilish |
Tinglangan maʼlumotlarni boshqalarga yetkazish |
Guruhli tinglash va muhokama qilish |
Tinglangan maʼlumotlar asosida kreativ matnlar yaratish |
|
Gapirish |
Oʻz nuqtai nazarini asoslash va himoya qilish |
Prezentatsiyalar, munozaralar |
Guruhli rolli oʻyinlar, debatlar |
Improvizatsiya, hikoya aytish |
|
Oʻqish |
Matnlarni tahlil qilish, asosiy gʻoyani aniqlash |
Oʻqilgan maʼlumotni boshqalarga tushuntirish |
Hamkorlikda matnni oʻrganish |
Oʻqilgan matn asosida yangi matn yaratish |
|
Yozish |
Tahliliy esse, taqriz yozish |
Turli janrlarda maqsadli auditoriya uchun matnlar yaratish |
Hamkorlikda matn yaratish, peer-review |
Kreativ hikoyalar, sheʼrlar yozish |
Jadval 2. Til koʻnikmalari va 4C modelini kombinatsiyalash
|
Savollar |
Ijobiy javob (%) |
Neytral javob (%) |
Salbiy javob (%) |
|
4C modeli asosida oʻtkazilgan darslar sizning til koʻnikmalaringizni rivojlantirishga yordam berdimi? |
87% |
10% |
3% |
|
4C modeli asosidagi darslar anʼanaviy darslarga qaraganda qiziqarliroqmi? |
92% |
6% |
2% |
|
4C modeli asosidagi darslar sizning tanqidiy fikrlash koʻnikmalaringizni rivojlantirishga yordam berdimi? |
84% |
12% |
4% |
|
4C modeli asosidagi darslar sizning kommunikativ koʻnikmalaringizni yaxshilashga yordam berdimi? |
90% |
8% |
2% |
|
4C modeli asosidagi darslar sizning hamkorlik koʻnikmalaringizni rivojlantirishga yordam berdimi? |
88% |
9% |
3% |
|
4C modeli asosidagi darslar sizning kreativligingizni rivojlantirishga yordam berdimi? |
82% |
14% |
4% |
|
4C modeli asosidagi darslar sizning til oʻrganishga boʻlgan motivatsiyangizni oshirdimi? |
89% |
8% |
3% |
Jadval 3. Soʻrovnoma natijalari
Soʻrovnoma natijalaridan koʻrinib turibdiki, talabalarning aksariyati (87%) 4C modeli asosida oʻtkazilgan darslarning ularning til koʻnikmalarini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatganini taʼkidlashgan. Shuningdek, talabalarning 92% i 4C modeli asosidagi darslarni anʼanaviy darslarga qaraganda qiziqarliroq deb hisoblashgan. Bu natijalar 4C modelining talabalarning motivatsiyasini oshirishdagi ahamiyatini koʻrsatadi.
4C modelini tatbiq etishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar va ularning yechimlari
Tadqiqot davomida 4C modelini til oʻqitish jarayoniga tatbiq etishda quyidagi qiyinchiliklar aniqlandi:
1. Vaqt bilan bogʻliq qiyinchiliklar – 4C modeliga asoslangan darslarni rejalashtirish va oʻtkazish anʼanaviy darslarga nisbatan koʻproq vaqt talab qiladi. Yechim: Oʻquv rejasini qayta koʻrib chiqish, 4C modeliga mos boʻlgan mavzularni aniqlash va darslarni oldindan puxta rejalashtirish.
2. Resurslar bilan bogʻliq qiyinchiliklar – 4C modelini tatbiq etish uchun koʻpincha qoʻshimcha oʻquv materiallari va texnologik vositalar talab qilinadi. Yechim: Ochiq taʼlim resurslari (OER)dan foydalanish, mavjud resurslarni adaptatsiya qilish, oʻqituvchilar oʻrtasida resurslar bilan almashish.
3. Oʻqituvchilarning tayyorgarligi bilan bogʻliq qiyinchiliklar – koʻpgina oʻqituvchilar 4C modelini qoʻllash boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmalarga ega emaslar. Yechim: Oʻqituvchilar uchun maxsus treninglar va seminarlar oʻtkazish, amaliy qoʻllanmalar yaratish, tajriba almashish platformalarini yaratish.
4. Talabalarning psixologik toʻsiqlari – baʼzi talabalar anʼanaviy taʼlim metodlariga oʻrganib qolgan boʻlib, 4C modeliga asoslangan darslarda faol ishtirok etishdan qoʻrqadilar. Yechim: 4C modeliga bosqichma-bosqich oʻtish, talabalarni qoʻllab-quvvatlash, ijobiy muhitni yaratish, muvaffaqiyatlarni nishonlash.
5. Baholash bilan bogʻliq qiyinchiliklar – 4C modeliga asoslangan darslarda talabalarning yutuqlarini anʼanaviy baholash usullari bilan baholash qiyin. Yechim: Alternative baholash usullarini joriy etish, rubrikalar ishlab chiqish, oʻz-oʻzini baholash va hamkorlikda baholash usullarini qoʻllash.
Xulosa
Ushbu tadqiqot natijalariga koʻra, quyidagi xulosalarga kelindi:
- 4C modeli (Critical thinking, Communication, Collaboration, Creativity) talabalarning til koʻnikmalarini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Eksperimental tadqiqot natijalari 4C modeli asosida tashkil etilgan darslarning talabalarning tinglash, gapirish, oʻqish va yozish koʻnikmalarini rivojlantirishda anʼanaviy usullarga nisbatan samaraliroq ekanligini koʻrsatdi. Eksperimental guruhda talabalarning til koʻnikmalari 51.9% ga oshgan boʻlsa, nazorat guruhida bu koʻrsatkich 30.2% ni tashkil etgan.
- 4C modelini til oʻqitish jarayoniga tatbiq etishning asosiy tamoyillari sifatida talaba markaziy tamoyili, integrativ yondashuv tamoyili, autentik materiallar tamoyili, muammoli taʼlim tamoyili va koʻp madaniyatli yondashuv tamoyillari aniqlandi. Bu tamoyillarga rioya qilish 4C modelini til oʻqitish jarayoniga samarali tatbiq etishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
- Til oʻqitish jarayonida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun matnlarni tahlil qilish va muhokama qilish, munozara va debatlar tashkil etish, case-study metodidan foydalanish; kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirish uchun rolli oʻyinlar va simulyatsiyalar, intervyu olish va berish amaliyoti, prezentatsiyalar tayyorlash; hamkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish uchun guruhli loyihalar, hamkorlikda oʻqish, jigsaw metodi; kreativlikni rivojlantirish uchun erkin yozish, hikoya yaratish, multimediali loyihalar yaratish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
- Soʻrovnoma natijalari talabalarning 4C modeli asosida tashkil etilgan darslarga munosabati ijobiy ekanligini koʻrsatdi. Talabalarning 87% i 4C modeli asosida oʻtkazilgan darslarning ularning til koʻnikmalarini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatganini taʼkidlashgan. Shuningdek, talabalarning 92% i 4C modeli asosidagi darslarni anʼanaviy darslarga qaraganda qiziqarliroq deb hisoblashgan.
- 4C modelini til oʻqitish jarayoniga tatbiq etishda vaqt bilan bogʻliq, resurslar bilan bogʻliq, oʻqituvchilarning tayyorgarligi bilan bogʻliq, talabalarning psixologik toʻsiqlari va baholash bilan bogʻliq qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu qiyinchiliklar oʻquv rejasini qayta koʻrib chiqish, ochiq taʼlim resurslaridan foydalanish, oʻqituvchilar uchun maxsus treninglar oʻtkazish, 4C modeliga bosqichma-bosqich oʻtish va alternative baholash usullarini joriy etish orqali hal qilinishi mumkin.
Tadqiqot natijalarini hisobga olgan holda, quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:
- Oliy taʼlim muassasalarida til oʻqitish uchun moʻljallangan oʻquv dasturlarini 4C modelining asosiy tamoyillari asosida qayta koʻrib chiqish, unda nazarda tutilgan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar va faoliyat turlarini kiritish.
- Oliy taʼlim muassasalarida 4C modeli asosida darslarni samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv-metodik materiallar, qoʻllanmalar va elektron resurslarni yaratish.
- Oʻqituvchilar uchun 4C modelini qoʻllash boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ularni zamonaviy oʻqitish metodlari va texnologiyalari bilan tanishtirish.
- 4C modeli asosida talabalarning yutuqlarini baholash uchun alternative baholash tizimini ishlab chiqish, rubrikalar va portfolio kabi baholash vositalarini joriy etish.
- 4C modelining samaradorligini yana ham oshirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan, mobil ilovalar, veb-resurslar va virtual taʼlim muhitlaridan foydalanish.
Ushbu tadqiqot natijalarini keng joriy etish oliy taʼlim muassasalarida til oʻqitish samaradorligini oshirishga, talabalarning nafaqat lisoniy, balki umumkasbiy kompetensiyalarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Abulkhanova D.S. (2020). Rivojlangan davlatlarda til oʻqitish tajribasi va undan foydalanish imkoniyatlari. Zamonaviy taʼlim, 5(90), 9-15.
Abdurazakov M.A. (2019). Xorijiy tillarni oʻqitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar. Toshkent: "Fan va texnologiya".
Brown H.D. (2014). Principles of language learning and teaching (6th ed.). White Plains, NY: Pearson Education.
Binkley M., Erstad O., Herman J., Raizen S., Ripley M., Miller-Ricci M., et al. (2012). Defining twenty-first century skills. In P. Griffin, B. McGaw, & E. Care (Eds.), Assessment and teaching of 21st century skills (pp. 17-66). Dordrecht: Springer.
Council of Europe. (2001). Common European framework of reference for languages: Learning, teaching, assessment. Cambridge: Cambridge University Press.
Demir S. (2019). 4C Model in EFL Classes. International Journal of Language Academy, 7(3), 274-284.
Egamberdiyeva D.U. (2021). Xorijiy tillarni oʻqitishda kompetensiyaviy yondashuv. Zamonaviy taʼlim, 6(103), 10-17.
Fadel C., Bialik M., & Trilling B. (2015). Four-dimensional education: The competencies learners need to succeed. Boston, MA: Center for Curriculum Redesign.
Fandiño Y.J. (2013). 21st Century Skills and the English Foreign Language Classroom: A Call for More Awareness in Colombia. Gist Education and Learning Research Journal, 7, 190-208.
Huertas-Abril C.A., & Gómez Valencia D. (2020). 4C Model for Learning a Foreign Language. In D. Gómez Valencia (Ed.), Innovative Strategies for Heritage Language Teaching (pp. 89-108). Madrid: Routledge.
Jimbo H. (2019). English Education and 21st Century Skills. The Language Teacher, 43(1), 23-26.
Karimov N.R. (2020). 4C modelini ingliz tili darslarida qoʻllash imkoniyatlari. Zamonaviy taʼlim, 11(96), 30-36.
Khalilova S.M. (2021). Development of Communicative Competence in Language Teaching. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 9(3), 155-159.
Muradova D.A. (2019). Using 4C model in fostering critical thinking skills of learners. Modern Education, 10, 54-60.
Nunan D. (2013). Learner-centered English language education: The selected works of David Nunan. New York: Routledge.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida"gi PF-4947-sonli Farmoni. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 70-modda.
Yuldasheva T.A. (2020). Xorijiy tillarni oʻqitishda 4C modelini qoʻllash: amaliyot va istiqbollar. Fan va jamiyat, 2, 87-91.
Zhumanova S.A. (2021). 4C modelini ingliz tili oʻqitishda qoʻllash tajribasi. Ilm-fan va innovatsion rivojlanish, 3, 120-126.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Вазира Очилова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
