Источники по истории движения иностранцев в Хорасане и Мавараннахре, а также их анализ

Авторы

  • Ферганский государственный университет
Xuroson va Movarounnahrda xorijiylar harakati tarixiga oid manbalar hamda ularning tahlili

Аннотация

В статье анализируются арабоязычные и персоязычные источники, посвящённые истории религиозно-политического движения хариджитов, игравшего ключевую роль в политической борьбе в Хорасане и Мавераннахре в VIII–IX веках. В частности, рассматриваются такие источники, как «Тарих ар-Русуль ва аль-Мулюк» ат-Табари, «Футух аль-булдан» аль-Балазури, «Китаб аль-футух» Ибн Асама аль-Куфи, «Тарих» аль-Якуби и другие.

Ключевые слова:

хариджиты Хорасан и Мавераннахр Асад ибн Абдуллах аль-Кушайри Харис ибн Сурайдж «Тарих Систан» «Тарих ар-Русуль ва аль-Мулюк» «Футух аль-булдан» «Китаб аль-футух» «Тарих» Наср ибн Сайяр Хамза Хариджит.

KIRISH

Markaziy Osiyoni islomlashtirish siyosati davrida aholiga berilgan soliq imtiyozlarining to‘la bajarilmasligi, ijtimoiy jihatdan arab va noarab musulmonlar o‘rtasidagi muayyan farqlar, umaviylar va ularning joylardagi noiblarining aksariyat ko‘pchiligi islom meyorlari asosida ish ko‘rmasligi mintaqa xorijiylar harakatini avj oldirib yuborgan. Bu harakat Movarounnahrda ham o‘z tarmog‘iga ega bo‘lib, bu yerda uning yetakchisi Xoris ibn Surayj bo‘lgan. Xorijiylar harakati tarixiga oid manbalarga al-Balazuriyning (IX asr) «Futuh al-buldon» (Mamlakatlarning fath etilishi), At-Tabariyning (X asr) «Tarix al-umam va-l-muluk» (Xalqlar va hukmdorlar tarixi), Ibn al-Asirning (XIII asr) «Al-kamil fi-t-tarix» (Eng mukammal tarix) asarlarida mamlakatimizga islom dinining kirib kelishi va uning tarqalishi haqida talay ma’lumotlar uchraydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maqolada tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, tasniflash, muammoviy-xronologik kabi usullardan foydalangan holda, tadqiqot uchun qo‘yilgan asosiy maqsad hisoblangan ilmiy tadqiqotlarda keltirilgan ilmiy tahminlarning arab tilli manbalarga asoslanganligi ochib berishga harakat qilingan.

NATIJA VA MUHOKAMA

Arab tilida yaratilgan, xorijiylar harakati tarixiga oid tarixiy manbalardan biri Ibn A’sam al-Kufiyning «Kitob al-futuh» asari bo‘lib, unda arablarning O‘rta Osiyoda olib borgan harbiy harakatlari haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Ibn A’sam al-Kufiyning «Kitob al-futuh» asari manbashunoslik jihatidan olimlar tomonidan hali chuqur tadqiq etilmagan. Asarning xazarlar tarixiga oid qismi D.M.Danlop (Danlop, 1954), D.Lyudvig (Ludwig, 1982), M.I.Artamanov tomonidan o‘rganib chiqilgan. Z.M.Buniyatov ham Ozarbayjon tarixiga oid ayrim ma’lumotlarni rus tiliga o‘girgan. Asarning O‘rta Osiyo tarixiga oid qismlari esa ilmiy tadqiqotlarda jalb qilingan bo‘lsa-da, maxsus o‘rganilmagan. Asar muallifi va uning tarjimai holi haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Bizga ma’lum bo‘lgan arab tarixchilarining asarlarida uning nomi hech qayerda qayd etilmagan. Maxsus ilmiy adabiyotlarda ham muallifning hayoti haqida ma’lumotlar deyarli uchramaydi. Hatto uning yashagan davri haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra, u taxminan IX – X asrlarda yashagan va al-Ya’qubiy, al-Balazuriy, at-Tabariy kabi mashhur arab tarixchilari bilan zamondosh bo‘lgan.

Muallifi noma’lum “Ta’rixi Seiston” asari Markaziy Osiyodagi VIII-IX asrlarda faoliyat olib borgan xorijiylar tarixga oid manba hisoblanadi. Faqat “Ta’rix-i Seiston”ning mavjudligi tufayli professor Bosvortning ushbu mintaqaning arablar istilosidan to Safforiylar (651-864) yuksalishigacha bo‘lgan tarixiga bag‘ishlangan monografiyasi kabi kitob yozish mumkin bo‘ldi.

“Ta’rix-i Seiston” asarida biz faqat boshqa manbalarda (Tabariy, Ibn al-Asir, Bag‘dodiy) ham yaxshi ma’lum bo‘lgan VIII – IX asrlar chegarasida Seistonda sodir bo‘lgan dehqonlar va hunarmandlar qo‘zg‘oloni haqida emas, balki umuman xorijiylar harakati tarixi haqida ham batafsil ma’lumotlarni topamiz. Bu qo‘zg‘olon Xamza ibn Abdulloh boshchiligida, xorijiylik mafkurasi ostida yuzaga kelgan edi. Asar muallifi Xamza xorijiy, Abbosiylar zulmiga qarshi isyon ko‘targan birinchi xalq qahramoni sifatida unga xayrixohlik bildiradi. Xalq Xamza xotirasini yodda saqlab, u haqida tarixiy shaxs va afsonaviy qahramonni birlashtirgan “Rumuz-i Xamza” (“Xamza sirlari”) nomli qahramonlik dostoni yaratdi. “Ta’rix-i Seiston” asarining katta afzalligi shundaki, unda faqat shu manbada saqlanib qolgan Horun ar-Rashidning Xamzaga yozgan maktlublari va Xamzaning Horun ar-Rashidga javob maktubi mavjud. Bu maktublarning tarixiy ahamiyati professor Skarchi va professor Bosvort tomonidan tadqiq etilgan.

Xamza xorijiy va uning 796–807-yillarda Seiston hamda Xurosonda xalifa noibi bo‘lgan Ali ibn Isoning zulm va tartibsizliklarga qarshi olib borgan kurashiga bag‘ishlangan boblar ham xorijiylar harakatini qo‘llab-quvvatlash ruhi bilan yozilgan. Buni, shuningdek, Laysning o‘g‘illari bo‘lmish Safforiylar sulolasi asoschilari Ya’qub va Amr ibn Laysni ko‘klarga ko‘tarilib maqtalishida ham ko‘rish mumkin. 213/828-29 yilda Ahmad ibn [Abu] Xolid Sijiston voliysi etib tayinlandi. U Sijistonga kelganda, Hamza al-Xorijiy boshchiligidagi xorijiylar harakati unga qarshi chiqib, shaharga kiritmadilar. Ahmad ular bilan shiddatli janglar olib bordi va g‘alabaga erisha olmasdan Xurosonga qaytdi (Смирновa, 1974).

Asarning adabiy xususiyatlari orasida ko‘plab she’riy iqtiboslarning mavjudligini alohida ta’kidlash lozim. Asarda forsiy va arabiy she’rlar keltirilgan bo‘lib, ular asosan 1 dan 6 beytgacha bo‘lgan parchalar shaklida uchraydi. Ba’zan muallif butun boshli qasidalarga ham o‘rin beradi, masalan, Rudakiyning 94 baytli she’ri. Umuman olganda, asarda 49 bayt arabiy va 126 bayt forsiy she’r keltirilgan. Bu she’rlar taniqli shoirlarga — forsiy va arabiy adabiyot vakillariga, masalan, Rudakiy, Daqiqiy, Badi’ az-Zamon, Ibn Mufarriq, Abdulloh ibn Qays ar-Ruqayyat kabi mualliflarga, shuningdek, kam tanilgan shoirlarga — Bu-l-Husayn xorijiy, Bu-l-Asad kabilarga ham tegishlidir. Muallif ko‘plab mahalliy shoirlarning forsiy she’rlarini ham keltiradi, xususan, u forsiy adabiyotda yangi forsiy tilidagi ilk she’rlarning muallifi sifatida tilga olgan Vosif o‘g‘li Muhammad, shuningdek, Bassom-Kurd va Maxlad (yoki Muxallad) o‘g‘li Muhammadning asarlarini ham eslatadi. Ba’zi arabiy she’rlar esa shoir nomi ko‘rsatilmasdan berilgan.

“Tarixiy Seiston” asari xorijiylarning iqtisodiy harakatlari va harajatlarini yoritishda noyob tarixiy manba hisoblanadi. Asarda keltirilgan ma’lumotlar nafaqat iqtisodiy tarix, balki siyosiy va madaniy aloqalarni ham yoritishda muhimdir.

O‘rta Osiyoning V-VIII asrlar tarixi bo‘yicha muhim manbalardan biri “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” asaridir. Asar umumiy tarix yo‘nalishida yozilgan bo‘lsa-da, keltirilgan faktik materiallarning boyligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Unda olamning yaratilishidan 912-913-yillagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Arabiston, Kichik Osiyo, Arab xalifaligi, O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risida muhim ma’lumotlar mavjud (1998).

“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” asari XIX asrda eski o‘zbek va uyg‘ur tillariga tarjima qilingan. 1989-yilda asarning qisqartirilgan tarjimasi V.I.Belyayev va O.G.Bolshakovlar tomonidan rus tilida nashr etildi(1987).

Asarning bizgacha yetib kelgan to‘liq nusxasining ingliz tiliga qilingan tarjimasi Nyu-York shahrida 40 jildda nashr etilgan [8]. Ushbu nashr asarning eng mukammal tarjimasidir. Asarda Xurosondagi eng yirik xorijiylar isyonlaridan biri Hamza Xorijiy harakati haqida ma’lumotlar keltirilgan. “Shu yili 179-hijriyda (27-mart 795 – 15-mart 796) Hamza ibn Atrak as-Sijistoniy Xurosonda xorijiylar qo‘zg‘oloniga boshchilik qildi [9]. Shu yili 185-hijriyda (20-yanvar 801 – 5-yanvar 802) Abdulrahmon al-Abnavi Marj al-Qal‘a joyida isyonchi (xorijiy) Aban ibn Qatobani o‘ldirdi. Shu yili xorijiy 185-hijriyda [al-Shariy] Hamza Xurosonga qarashli Bodg‘is viloyatida fitna chiqardi. So‘ngra Iso ibn Ali ibn Iso Hamzaning o‘n ming tarafdorlariga hujum qilib ularni qirib tashladi va hatto Qobul, Zabuliston va al-Qandahorgacha yetib bordi. Abu al-‘Uzofir bu voqealar haqida shunday degan: “Iso go‘yoki Iskandar Zulqarnayn bo‘lib qoldi; u ikki Sharq va ikki G‘arbga yetdi. U na Qobulni, na Zabulistonni, va So‘ngra atrofdagi hududlarni ham ikki al-Ruxxajgacha zabt etdi” (Al Tabari).

Xalifa bin Xayyotning “Ta’rix” asarida xorijiylar tarixiga oid ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, 117/ 735-36 yilda yana Xuroson voliysi etib tayinlangan Asad ibn ‘Abdulloh uni al-Kufa va ash-Shom qo‘shinlari bilan Marv ar-Rudga Umaviylarga qarshi bosh ko‘targan xorijiylar harakatining boshlig‘i al-Horis ibn Surayjga qarshi yubordi(Xalifa ibn Hayot). ‘Osim ibn ‘Abdulloh ibn Yazid al-Hiloliy – 115 – 116/733 – 735 yillarda 7 oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida Xuroson voliysi bo‘lgan. U Xurosonga kelganda, al-Horis ibn Surayj boshchiligida Umaviylarga qar- shi bosh ko‘targan xorijiylar Xurosonning ko‘p qismini, shu jumladan, Balx, Marv ar-Rud, at-Tolaqon, al-Foryob shaharlari, al-Juzjon viloya- tini qo‘lga olgan edilar va Marvga tahdid qilayotgan edilar. ‘Osimga esa faqat Marv va Abarshahr shaharlari bo‘ysunar edi. ‘Osim al-Horis ibn Surayjga qarshi janglar olib bordi va Marv yaqinida uni mag‘lubiyatga uchratdi. Lekin uni ta’qib qilmasdan, Marvda qoldi. 

116/734-35 yoki 117/ 735-36 yilda xalifa Hishom ibn ‘Abd al-Malik Xolid ibn ‘Abdullohni al-‘Iroq voliysi etib tayinladi, u esa Xuroson voliysi etib Asad ibn ‘Abdullohni tayinladi. O‘sha yilda al-Horis yana Marvga hujum qilgan edi va ‘Osim u bilan jang qilishga tayyorgarlik qilayotgan edi. ‘Osim Xu- rosonga voliy bo‘lib Asad ibn ‘Abdullohning kelayotganini eshitib, avval al-Horis ibn Surayj bilan bitim tuzdi va u bilan birga Hishom ibn ‘Abd al-Malikga qarshi chiqishga kelishdi. Ularning bitimiga boshqa ba’zi lashkarboshilar ham qo‘shildilar. Lekin keyin ‘Osim bu niyatidan qaytib, al-Horisga qarshi jangga kirishdi va yana uni mag‘lubiyatga uchrat- di. Asad ibn ‘Abdulloh Marvga kelib, ‘Osimni hibsga oldi va undan xiroj yig‘imidan tushgan 100 ming dirham pulni talab qilib oldi. Keyin u Marv ar-Rudga al-Horis ibn Surayjga qarshi qo‘shin yubordi, o‘zi esa Omulga, undan keyin Balxga yo‘l oldi.

Yirik arab tarixchisi Izaddin ibn al-Asir al-Jazariy (1160-1234) bir necha tarixiy asarlar yozib qoldirgan. Biz uchun uning “Al komil fi-t-tarix” (“Mukammal tarix”) nomli 12 jildlik asari muhimdir. Asarning 1-6-jildlari kompilyatsiya bo‘lib, muallif Tabariy, ibn Miskavayx, as-Sulamiy va boshqalarning asarlaridan keng foydalangan. Asarning 7-12-jildlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, 924-1231-yillar orasida Sharq mamlakatlari, jumladan Markaziy Osiyoda bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Bu qism asosan qo‘lyozma manbalar, Shuningdek, tarixni yaxshi bilgan kishilar bergan axborotlar hamda muallifning shaxsiy kuzatishlari bilan to‘plangan faktik materiallar asosida yozilgan. Asarning alohida mamlakatlar va xalqlar tarixiga bag‘ishlangan ayrim qismlari turli davrlarda rus, fransuz, daniya tillarida (Sankt Peterburg, Jazoir, Kopengagen, Istanbul, Moskva, Boku, Dushanbe va Toshkent (Ibn al Asir, 1985) nashr qilindi. Asar to‘liq holatda faqat turk tiliga tarjima qilingan (Ibn al Asir, 1985). 

1851-1876-yillar oralig‘ida S.J.Tornberg tomonidan 14 jilddan iborat matni nashr etilgan. (Tornberg, 1851) “Al komil fi-t-tarix”ning O‘rta Osiyoga tegishli qismlari P.G.Bulgakov va uning shogirdi Sh.Kamoliddinlar tomonidan rus tiliga o‘girilib, Toshkentda 2006-yilda nashr etildi (Ibn alAsir, 2006). Ibn al-Asir qalamiga mansub ushbu asarning Xiva xonligida Muhammad Rahimxon II zamonida o‘zbek tiliga qilingan tarjimalari ham mavjud (Domulla Otajon, ). O‘rta Osiyoning eftaliylar, turklar va arablar istilosidan boshlab to Somoniylar davlatining tugatilishigacha bo‘lgan davrga oid ma’lumotlar qayd etilgan.

 Asarda xorijiylar haqida quyidagi ma’lumotlarni o‘qishimiz mumkin: “Bu yil Horun ar-Rashid Xuroson voliysi bo‘lgan Mansur ibn Yazidni ishdan oldi, o‘rniga esa Ali ibn Iso ibn Mohonni tayinladi va Ali ibn Iso Xurosonda o‘n yil voliylik qildi. Ali ibn Isoning voliyligi davrida isyon ko‘targan va ayni paytda xorijiy bo‘lgan Hamza ibn Atruk Bushenjga keldi va unga Hirotda bo‘lgan Amravayh ibn Yazid al-Azdiy olti ming kishilik bir kuch bilan qarshilik ko‘rsatdi. Hamza Amravayhni jangda yengdi va uning bir guruh askarini o‘ldirdi. Shu orada Amravayh ham izdihomda siqilib o‘ldi. Shundan so‘ng Ali ibn Iso o‘g‘li Husaynni o‘n ming kishilik bir kuch bilan Hamza ustiga yubordi; lekin Husayn Hamza bilan jang qilmagani uchun Ali ibn Iso o‘g‘li Husaynni ishdan oldi va o‘rniga boshqa o‘g‘li Isoni yubordi. Iso Hamza bilan jang qildi, lekin natijada Hamza uni yengdi. Ali ibn Iso o‘g‘li Isoni yana Hamza ustiga yubordi. Iso Boharzda jangga kirishgan paytda Hamza Nishopurda edi. Hamza bu jangda yengildi va ancha tarafdori o‘ldirildi. O‘zi esa yonida qolgan qirq kishi bilan birga Kuhiston tarafga ketdi”.

Shundan so‘ng Iso askarlarini Avq va Juvayn taraflarga yubordi. Isoning askarlari bu yerlardagi xorijiylarni o‘ldirishdi. Iso keyinchalik Hamzaga yordam bergan xorijiylarning qishloqlariga hujum qildi, bu qishloqlarni yoqib yubordi, aholisini ham o‘ldirdi. Zaranjga kelguncha Isoning o‘ldirgan odamlari soni o‘ttiz mingga yetdi. Iso Zaranjda Abdulloh ibn Abbos an-Nasafiyni qoldirdi, o‘zi esa qaytib ketdi. Zaranjdan yig‘ib olgan mol-mulklari bilan u yerdan ketgan Abdulloh Isfizorda Hamza bilan uchrashdi.

Janga kirishgan Abdulloh yonida bo‘lgan so‘g‘dliklar bilan mudhish darajada qarshilik ko‘rsatdi. Natijada Hamza mag‘lubiyatga uchradi va ko‘p tarafdorlari o‘ldirildi, shu orada o‘zi ham yuzidan yaralandi. Bu holat qarshisida Hamza bilan birga qutulib qolgan bir qism askarlar uzum bog‘lariga kirib yashirinishga majbur bo‘lishdi. Shundan so‘ng Abdulloh ko‘p qishloqlar ustiga hujum qilib aholisini shafqatsizlik bilan o‘ldirdi.

Tohir ibn Husayn Ali ibn Iso tomonidan Bushenjga voliy etib tayinlanganida Hamza Bushenjdagi bir maktabga keldi va ustozi bilan birga maktabdagi o‘ttiz talabani o‘ldirdi. Vaziyatdan xabar topgan Tohir xorijiylarning «Qa’ad (hakamlikni qabul qilgan va jangga qatnashmagan firqa)» firqasi bo‘lgan bir qishloqqa keldi, ularni o‘ldirdi va mol-mulklarini oldi. Ularni o‘ldirayotganda shunday qiynoq usulini qo‘lladi: o‘ldirmoqchi bo‘lgan xorijiyni ikki daraxtga bog‘lab, bu daraxtlarni dumalatib tanasini ikkiga ajratar edi. Qa’adlardan birining Hamzaga yozgan maktubi ustiga Hamza jang qilishni to‘xtatdi va ularga jang qilmaslikka va’da berdi. Shunday qilib xalq bir muddat xavfsizlikda yashadi. Hamza bilan Ali ibn Isoning askarlari o‘rtasida yana ko‘p janglar bo‘lib o‘tdi(Ibn al Asir, 1985).

Hijriy 185 (milodiy 801) yil voqealari

Yana bu yil xorijiylardan bo‘lgan Hamza Bozegisda tartibsizlik chiqardi. Shundan so‘ng Iso ibn Ali ibn Iso Hamzaning o‘n mingga yaqin tarafdorini o‘ldirgach Kobul va Zobulistongacha ilgariladi.

Bo‘sh qoldirilgan Xurosonga bu safar bir xorijiy bo‘lgan Hamza kirdi. Hamza bir qism odamlarni o‘ldirdi va anchagina mol-mulkni qo‘lga kiritdi. Aslida bu mollarni unga Hirot va Sijiston amaldorlari keltirayotgan edi. Abdurrahmon an-Nisoburiy yigirma ming kishilik qo‘shin bilan Hamzaning ustiga yurish qildi. Qattiq jang qilishdi. Abdurrahmon Hamzaning tarafdorlaridan bir qismini o‘ldirdi va Hirotgacha uni ta’qib qildi, lekin Ma’mun Abdurrahmonga bir maktub yuborib uni qaytardi. Bu jang 194 (809) yilda yuz berdi. Harsama esa Samarqandni qamal qilishda davom etdi va keyinroq bayon qiladiganimizdek Samarqandni fath qilganidan so‘ng Rofi’ ibn al-Laysni va uning yaqinlaridan bir guruh kishini o‘ldirdi, Movarounnahrga Ibn Yahyoni tayinlaganidan so‘ng qaytib ketdi(Ibn al Asir, 1851).

Shu yili amir Abu Nasr Ahmad ibn Ismoil as-Samoniy Sijistonga ikkinchi marotaba yurish qilish uchun lashkar yubordi, chunki Sijiston itoatidan chiqib, aholisi isyon ko‘targan edi. Bunga sabab shuki, Muhammad ibn Xurmuz, al-Mavlo as-Sandaliy nomi bilan mashhur bo‘lgan kishi, xorijiylar ta’limotiga mansub bo‘lib, Buxoroda yashay boshlagan edi. Aslida u Sijistonlik bo‘lib, chuqur yoshi ulg‘aygan bir chol edi.

Bir kuni u al-Husayn ibn Ali ibn Muhammad al-‘Arid huzuriga rizq (yordam) so‘rab keldi. Al-Husayn unga shunday dedi: “Menimcha, sen kabi chol kimsalar umrining oxirigacha hujrada qolib, ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishi kerak”. Bu gap as-Sandalini g‘azablantirdi va u Sijistonga qaytib ketdi. O‘sha paytda Sijiston hokimi Mansur ibn Ishoq edi (Ibn al Asir, 1851).

As-Sandaliy o‘ziga xorijiylarni jalb qildi, ularni as-Safforlar sulolasini qo‘llab-quvvatlashga da’vat eta boshladi va yashirin ravishda ‘Amr ibn Ya’qub ibn Muhammad ibn ‘Amr ibn al-Laysga bay’at berdi. Unga qo‘shilgan xorijiylarning boshlig‘i Muhammad ibn al-Abbos bo‘lib, u Ibn al-Xaffor nomi bilan mashhur edi va katta kuchga ega edi.

Ular yurishga chiqib, Sijiston amiri Mansur ibn Ishoqni asir oldilar va uni Zaranj qal’asidagi qasrda qamoqqa qamashdi. Ular juma xutbalarini ‘Amr ibn Ya’qub nomiga o‘qiy boshladilar va unga Sijistonni topshirdilar.

Bu voqealar haqida xabar amir Ahmad ibn Ismoilga yetgach, u 300-hijriy yilda (912–913 milodiy) Zaranjga yana lashkar yubordi. Lashkarga al-Husayn ibn Ali boshchilik qilardi. U Zaranjni to‘qqiz oy qamal qildi. Shu vaqt ichida Muhammad ibn Xurmuz as-Sandaliy qal’a devoriga chiqib: “Mana, endi sizlarga hujrada ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishi kerak bo‘lgan chol nima qilibdi?” dedi. Bu bilan u Buxoroda al-‘Arid aytgan gapni eslatdi.

Ko‘p o‘tmay as-Sandaliy vafot etdi va ‘Amr ibn Ya’qub as-Saffor Ibn al-Xaffor bilan birga al-Husayn ibn Aliga taslim bo‘ldi hamda Mansur ibn Ishoqni ozod qildi. Al-Husayn ibn Ali Ibn al-Xafforga mehribonlik ko‘rsatdi va uni o‘ziga yaqin qildi.

Ammo Ibn al-Xaffor bir guruh kishilarni al-Husaynga qarshi isyon ko‘tarishga undadi. Al-Husayn bu fitna haqida xabar topdi. Ibn al-Xaffor odatda hech qanday to‘siqlarsiz al-Husayn huzuriga kirar edi. Bir kuni u huzuriga qilich bilan kirdi. Al-Husayn uni darhol qo‘lga olishni buyurdi va uni o‘zi bilan Buxoroga olib ketdi(Kamoliddin, 2006).

XULOSA

Xuroson va Movarounnahrda xorijiylar harakati tarixiga oid arab tilida yaratilgan asarlar ushbu mintaqaning VII–VIII asrlardagi siyosiy, harbiy va madaniy hayotini chuqur anglash uchun muhim manba hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, xorijiylar harakati tarixiga oid manbalarni tizimli tahlil qilish, Markaziy Osiyo tarixining murakkab va ko‘p tomonlama jihatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Булгаков, П. Г. (Пер.). (2006). Ал-Камил фи-т-Таърих (стр. 116). Ташкент: Ўзбекистан.

Гардизи. (20, 36). [Manba].

Hillenbrand, C. (Trans.). (1985–1999). The history of al-Tabari (Vols. 1–40). New York: State University of New York Press.

Hillenbrand, C. (Trans.). (1999). The history of al-Tabari (Vol. 30, p. 152). New York: State University of New York Press.

Ибн ал-Асир. (1988). Ал-Камил фи-т-Таърих (Б. Вахабова, Пер.). Ташкент: Фан.

Ибн ал-Асир. (2006). Ал-Камил фи-т-Таърих (Полный свод истории) (П.Г. Булгаков, Пер., Ш.С. Камолиддин, Введение и комментарии). Ташкент: Ўзбекистан.

Ибн ал-Асир. (1851–1876). Ibn el-Athiri Chronicon quod perfectissimum inscribitur (C. J. Tornberg, Ed., Vols. I–XIV). Upsala: Upsaliae et Lugduni Batavorum.

Ибн ал-Асир. (1851–1876). Ibn el-Athiri Chronicon quod perfectissimum inscribitur (C. J. Tornberg, Ed., Vols. I–XIV). Upsala: Upsaliae et Lugduni Batavorum. (takrorlangan)

Ибн ал-Асир. (2006). Ал-Камил фи-т-Таърих (Полный свод истории) (П.Г. Булгаков, Пер., Ш.С. Камолиддин, Введение и комментарии, pp. 86–87). Ташкент: Ўзбекистан.

Ибн ал-Асир. (н.д.). Тарихи Камил (Домулла Отажон Бакчали, Перев.). ЎзР ФА ШИ.

Ибн А‘там VIII. (282–283, 306–308). [Manba].

Ибн Халдун III. (114). [Manba].

История ат-Табари. (1987). В.И. Беляев (Пер. с арабского), с дополнениями О.Г. Большакова и А.Б. Халидова. Ташкент: Фан.

История. (1998). Академия наук Республики Узбекистан. (Д. Ю. Юсупова & Р. П. Джалилова, Сост.). Ташкент: Фан.

Лудвиг, D. (1982). Struktur und gesselchaft des Chasaren-Reiches: Licht den schritflichen Quellen. Münster.

Мусатфо Нуротой. (2015). Нурота зиёратгоҳлари. Тошкент.

Собрание восточных рукописей академии Наук республики Узбекистан. (1998). (Д. Ю. Юсупова & Р. П. Джалилова, Сост.). Ташкент: Фан.

Смирнова, Л. П. (Ред.). (1974). Та'рихи Систан (Истории Систана). Москва: Наука.

Dunlop, D. M. (1954). The history of the Jewish Khazars. Princeton University Press.

Ludwig, D. (1982). Struktur und gesselchaft des Chasaren-Reiches: Licht den schritflichen Quellen. Münster.

Та'рихи Систан (Истории Систана). (1974). Перевод, введение и комментарий Л. П. Смирновой. Москва: Наука.

Халифа ибн Хаййот. (87). [Manba].

Халифа ибн Хаййот. (95, 99). [Manba].

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Ирода Азимова,
Ферганский государственный университет

базовый докторант 

Как цитировать

Азимова, И. (2025). Источники по истории движения иностранцев в Хорасане и Мавараннахре, а также их анализ. Лингвоспектр, 5(1), 590–596. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/881

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1 2 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.