Международные тенденции развития туризма и опыт Узбекистана

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Turizm rivojlanishining xalqaro tendensiyalari va O‘zbekiston tajribasi

Аннотация

В данной статье с научной точки зрения проанализированы роль и значение туризма в экономическом развитии Узбекистана на сегодняшний день, а также проводимые за последние годы реформы в сфере развития туризма в республике, стратегические программы, инфраструктурные проекты и их результаты. В частности, уделяется внимание богатому культурному наследию страны, историческим памятникам, возможностям различных отраслей туризма, включая экологический и паломнический туризм, а также процессу их приведения в соответствие с международными стандартами. В статье речь пойдет о двух основных категориях туристских продуктов – материальных и духовных. В то время как материальные туристические продукты состоят в основном из набора услуг, связанных с обслуживанием и размещением туристов, духовные продукты также относятся к предоставлению туристам культурного и исторического опыта. Расширение международных связей, модернизация туристической инфраструктуры, строительство новых гостиничных и туристических комплексов, а также технологическое развитие туризма будут способствовать укреплению будущего туристической отрасли Узбекистана. В то же время полное раскрытие туристического потенциала Узбекистана и его широкое продвижение по всему миру окажут большое влияние на экономический рост страны. Автор на основе международного опыта ставит целью выработку предложений и рекомендаций по повышению конкурентоспособности туризма Узбекистана.

Ключевые слова:

Экономическое развитие туризм ЮНЕСКО Самарканд Бухара Хива экологический туризм стратегия “Узбекистан – 2030”.

  Dolzarbligi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan bo‘lib, qadimiy tarixiy obidalar, boy madaniyat, betakror me’moriy yodgorliklar va tabiiy boyliklarga ega yurt sanaladi. Xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarda joylashgan tarixiy obidalar YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu esa mamlakatning xalqaro miqyosdagi turistik jozibadorligini yanada oshiradi. Shuningdek, O‘zbekiston turizmi faqatgina tarixiy yodgorliklar bilan cheklanmaydi. Farg‘ona vodiysining go‘zal tabiati, Surxondaryodagi boy flora va fauna, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik turizmi imkoniyatlari, cho‘l hududlarida sarguzasht turizmi kabi tarmoqlarni rivojlantirish orqali turistik yo‘nalishlarni yanada kengaytirish mumkin (Temirova, 2025).

O‘zbekistonda turizm sohasi rivojlanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ushbu soha yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari ko‘payishida muhim ahamiyatga ega (Alimov, 2023). Demak, turizm sohasi o’zining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, hatto, siyosiy sohadagi masalalarni ham samarali hal etish bilan birga, jamiyat hayotidagi muammoli masalalar yechimiga ham sezilarli ta’sir o’tkazadigan yangi, jozibali tomonlarini ko‘rsatmoqda. Shu bois, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning asosiy omillaridan hisoblangan turizmni rivojlantirish dolzarb vazifalardan bo‘lib qolayotgan ekan, bu sohani ilmiy nuqtai nazardan tahlil etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Metodlar va o‘rganilganlik darajasi

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Turizmning turli yo‘nalishlari, ayniqsa ichki va ziyorat turizmi salohiyatini yanada oshirish orqali turistik oqimni ko‘paytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 2023-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 58-bandi “O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish” deb belgilangan bo‘lib, undagi asosiy chora-tadbirlardan biri esa xorijiy turistlar sonini 15 mln.ga, ichki sayyohlar sonini 25 mln.ga, ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 3 mln. nafarga oshirishdan iborat (Astanakulov, 2023).

Turizm sohasini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab eng ko‘p turist jalb qiluvchi davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, xususiy sektorning faol ishtiroki, xorijiy kapital bilan amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari turizm infratuzilmasini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev turizmning iqtisodiyotdagi ulushini 7 foizga, eksportni 10 mlrd. dollarga yetkazish bo‘yicha 2040 yilgacha strategiya ishlab chiqilayotganini ta’kidladi. Zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi.

Turizm qo‘mitasi hokimliklar bilan birgalikda respublikadagi 36 ta tuman va shaharni etno, gastronomik, tibbiy, ekstremal, madaniy-tarixiy, ziyorat, qishki va agroturizm asosida rivojlantirish bo‘yicha katta dastur tasdiqlaydigan bo‘ldi. Mutasaddilar oldiga ruxsatnomani sayyohlik marshrutiga Yagona interaktiv portal orqali 10 kunda berishni joriy qilish vazifasi qo‘yildi (7).

Muhokama

Barchaga ma’lumki, bir necha yillar davomida butun dunyoda turizm sohasi rivojlanib kelmoqda. Har bir davlatning ichki va tashqi iqtisodiyotini mana shu turizm sohasi yuksak darajalarga olib chiqmoqda. Har bir davlat o‘z kelajagi va rivoji uchun ushbu sohaga sarmoya, ya’ni investisiya kiritmoqda. Sarmoya kiritilmagan ish hech qachon rivojlanmaydi, u ishda yuksaklik bo‘lmaydi (Mirzayev, 2011).

Turizmning tarixi va rivojlanish davrlari haqida gapiriladigan bo‘lsa, turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815), turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yo‘l sayyohligini tashkil qilgan. Shundan so‘ng u o‘zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruhlari AQSHga jo‘natildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatni boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi. Turizm sohasi O‘zbekistonda ham iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Bu sohaga kiritilgan sarmoya albatta, o‘z o‘rnini topadi va kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi (Madrimova & Saydullayeva, 2023).

O‘zbekistonda turizmning uchta asosiy turi mavjud: kirish, chiqish va ichki turizm. Kirish va ichki turizmga asosiy va maxsus turistik mahsulotlar kiradi: turistik diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar; mehmonxonalar, dam olish maskanlari, kurortlar, sanatoriylar, sayyohlik qishloqlari, uy-lagerlar, lagerlarda joylashtirish; milliy taomlar va vinolarni tatib ko‘rish; festivallar va bayram tadbirlarida ishtirok etish; mamlakat bo‘ylab qulay harakatlar.

O‘zbekistonda sayohat va dam olishning barcha turlarini sport, etnik, yoshlar, ekologik, gastronomik, tibbiy, madaniy tadbir, ziyorat, adabiy, qishki, velosport va boshqa turizm turlariga bo‘lish mumkin, Ularning ayrimlari uchun mavsumiylik xos bo‘lib, yo‘nalishni tanlashda mana shu jihatlar e’tiborga olinishi kerak. O‘zbekistonga kelgan sayyohlar o‘z maqsadlari va yil uchun rejalashtirilgan byudjetga muvofiq, yolg‘iz, do‘stlari yoki oilasi bilan yoki sayohatchilarni oldindan rejalashtirilgan marshrut bo‘ylab qiziqarli va hayajonli joylarga olib boradigan gid bilan sayohat qiladilar (8).

Yevroosiyo mintaqasida esa turizmning dastlabki ko‘rinishi Xitoydan O‘rta Yer dengizigacha cho‘zilgan Buyuk Ipak yo‘li Sharq va Gʻarb o‘rtasida tovarlar va madaniyatlar almashinuvini osonlashtiradigan savdo yo‘llari tarmog‘i sifatida namoyon bo‘ldi. U birinchi navbatda savdo yo‘li bo‘lsa-da, sayohatchilar, savdogarlar, olimlar, diplomatlar orqali bir necha davlatlar, xalqlar bilan muloqot o‘rnatishiga va sivilizasiyalarning yaqinlashuviga hissa qo‘shdi. O‘rta asrlar davrida jamiyatdagi dinning ustunligi xalqaro ziyorat turizmining rivojlanishiga asos bo‘ldi. Muqaddas amallarni bajarish, gunohlardan poklanish va boshqa maqsadlarda muqaddas ziyoratgohlarga borish odat tusiga aylangan. Bunga yaqin Sharq, Arabiston, Hindiston, Tibet hududlaridagi ziyoratgohlarni misol qilib keltirish mumkin. Buyuk geografik kashfiyotlar esa qit’alararo sayohatlarni amalga oshirish imkonini berdi (Alimov, 2023).

Turizm davlatlarning ijtimoiy, madaniy va ta’lim sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro aloqalarga hamda alohida shaxslar va butun jamiyatning orzu-umidlarini hurmat qilish va adolatga asoslangan tinchlikparvarlik doirasida, turizm insonlarning bir-birini o‘rganishi va tushunishining ijobiy va doimiy omili, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi hurmat va ishonchning yanada yuqori darajasiga erishishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (Temirova, 2025).

Tadqiqot natijalari

Turist moddiy va ma’naviy turistik mahsulotlarning iste’molchisidir. Moddiy turistik mahsulotlar deyilganda – turistlarni joylashtirish, tashish, ovqatlantirish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish shoxobchalari, tarixiy va madaniy yodgorliklar va ularda ko‘rsatiladigan barcha moddiy xizmatlar majmui tushuniladi. Ma’naviy turistik mahsulotlar deyilganda esa (masalan, tarixiy turizm bo‘yicha) turistlarni tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan tanishtirish maqsadida gid-ekskursovodlar tomonidan ularga berilgan tarixiy ma’lumotlar va axborotlar, (madaniy turizm bo‘yicha) turistlarga festivallar, karnavallar, tomoshalar, konsyertlar, teatrlar, darbozlar, sirklarda berilgan madaniy ozuqalar, ruhiy kechinmalar tushuniladi. Demak, turistlar mana shunday turistik mahsulotlarning iste’molchisidir (Mirzayev, 2011).

Turli mamlakatlar turizmning qaysi turi ko‘proq rivojlanganiga qarab u yoki bu toifaga kiritiladi, ular statistikada ko‘rsatiladi yoki ko‘rsatilmaydi. Masalan, Sankt-Peterburgda yirik port shahri sifatida dengiz safari turizmi muhim o‘rin tutadi (dengiz turistlarining soni mavsum va mintaqadagi vaziyatga qarab 150-250 ming atrofida). Xalqaro turizmning barcha qonunlariga ko‘ra, dengiz turistlari ekskursantlar toifasiga kiritilsa-da, ular turist sifatida hisobga olinadi va statistik hisobotda alohida bo‘limga ajratiladi. Bir kunda 21 % rossiyalik turistlar Finlyandiyaga tovar xarid qilgani chegara yaqinidagi savdo markazlariga tashrif buyuradilar. Vaqt ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular mamlakatga bir necha soatga xaridor sifatida kirib kelgan ekskursantlardir (Mirzayev, 2011).

Oʻzbekistonda ham turizm milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻiga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda milliy turizm modeli rivojlanish bosqichida boʻlib, unda oʻzbek xalqining mentaliteti – sharqona mehmondoʻstlik va gʻarb xizmat standartlarining uygʻunlashuviga erishishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda. Turizm sohasida yuz berayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar mazkur sohada bozor munosabatlariga asoslangan turizm modelini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Shunga qaramasdan hozirgi kunda mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi ancha past. Respublikamizda mavjud 8 mingdan ortiq madaniy va tabiiy meros obyektlaridan atigi 5-8 foizidan turistik maqsadlarda foydalaniladi, xolos. Oʻzbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish, turistik salohiyatdan oqilona foydalanish mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga, valyuta tushumining oʻsishiga, eksport tarkibining takomillashuvi va diversifikatsiyalashuviga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu sohada Saudiya Arabistoni tajribasini umumlashtirish xalqaro turizmni quyidagi yoʻnalishlarda rivojlantirish maqsadga muvofiq ekanligini koʻrsatadi: - turizm sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xalqaro turistik tashkilotlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlarni jalb qilish boʻyicha keng chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; - yangi mehmonxonalar, kempinglar, turbazalar, otellar, motellar qurish va mavjudlarini taʼmirlash hamda zamonaviylashtirish hisobiga turizmning xalqaro talablarga javob bera oladigan moddiy-texnika bazasi va zamonaviy xalqaro turizm infratuzilmasini barpo etish va ulardan samarali foydalanish; - aeroportlarda, temiryoʻl vokzallarida, avtobus stansiyalarida xalqaro terminallar qurish, ularni taʼmirlash va kengaytirish, shuningdek, barcha turistlarni qabul qilish markazlarida zamonaviy kommunikatsiya tizimlarini barpo etish, - xalq amaliy sanʼati, hunarmandchilik, ustaxonalar, anʼanaviy milliy buyumlar, suvenirlar va turistlar tomonidan talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash; - respublikamizning tabiiy, iqtisodiy va tarixiy salohiyatidan kelib chiqqan holda turizmning turli shakllari – ekskursiya va oʻrganish turizmi, arxeologik turizm, rekreatsion turizm, sarguzasht turizmi, ekzotik turizm, ekologik turizm, konferens-turlar, diniy turizm, etnik va nostalgiya turizmini rivojlantirish; - turizm sohasini axborot bilan taʼminlash va turistik biznesda eng yangi texnologiyalardan foydalanish asosida respublikamizning turistik imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni internet saytlari orqali xorijiy mamlakatlarga tarqatishdir va boshqalar (Shovdirov, 2022).

Xulosa

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng turizm sohasini milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda chuqur islohotlar amalga oshirildi: turistik vizalar soddalashtirildi, yangi turizm yo‘nalishlari (ziyorat, ekologik, gastronomik va agro-turizm) rivojlantirildi, infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirildi, xorijiy investisiyalar jalb qilindi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati kuchaytirildi, hududiy turizm klasterlari tashkil etildi va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish orqali mamlakat turistik brendining targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi.

Kelajakda esa, turizm sohasini raqamlashtirish, xizmatlar sifatini xalqaro standartlar asosida oshirish, ichki turizmni rivojlantirish va mahalliy aholining turizm jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Shuningdek, turizm orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni sohaga jalb qilish va barqaror turizm tamoyillarini joriy etish O‘zbekiston turizm sohasining istiqbolli yo‘nalishlaridandir. Bu islohot va rejalar mamlakatning xalqaro turistik maydondagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Turizm xizmatlari sohasining rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, siyosiy va boshqa munosabatlarni qamrab oluvchi tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Turizm respublika va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishiga imkon yaratar ekan, turistik guruh rahbarlari, ekskursiya yetakchilari, sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash xizmati xodimlari, turistlar huquqlarini himoya qiluvchi idoralar, tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri shakllantirish mazkur sohani yanada rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Библиографические ссылки

Ababaxriyeva, O. (2024). Turizm sohasining paydo bo‘lish tarixi va mamlakat iqtisodiy rivojlanishida turizm industriyasining o‘rni. International Islamic Academy of Uzbekistan, IIAU Conference, 5, 420.

Alimov, Sh. (2023, February 1). Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishning jahon tajribasi: muammo va istiqbollar. Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 142. https://doi.org/ISSN2835-3196

Astanakulov, O. (2023, December). O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda xalqaro tajribadan foydalanish: Malayziya misolida. International Finance & Accounting, (6). https://journal.tsue.uz/index.php/ifa

Government of Uzbekistan. (n.d.). Turizm turlari. https://gov.uz/oz/pages/tourism_type

Madrimova, A., & Saydullayeva, O. (2023). Turizm sohasining tarixi va uning rivojlanish davrlari. Yurtimizning Tarixiy Manzilgohlari. Research Focus, 2, 43.

Mirzayev, M., & Aliyeva, M. T. (2011). Turizm asoslari: bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma (A. Sh. Bekmurodov, Ed.). O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi. (n.d.). Turizm rivoji – taraqqiyotning muhim omili. https://parliament.gov.uz/en/news/turizm-rivoji-taraqqiyotning-muhim-omili

Shovdirov, T. N. (2022, June). Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishning jahon tajribasi: muammo va istiqbollar. Builders of the Future, 110.

Temirova, G. (2025, April). O'zbekistonda sayohat turizmini rivojlantirish. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(4), 225.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Наргиза Чориева,
Узбекский государственный университет мировых языков

базовый докторант

Как цитировать

Чориева, Н. (2025). Международные тенденции развития туризма и опыт Узбекистана. Лингвоспектр, 5(1), 605–611. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/883

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.