Ginekologiya va urologiya sohalaridagi omonimik hususiyatlarni tasniflash tamoyillari xususida
Аннотация
Oʻzbek va ingliz tillaridagi urologik va ginekologik terminlarni ilmiy oʻrganishlarimiz natijasida har ikki tilda ham omonimlik xususiyatlari mavjud ekanligini aniqladik. Shu sababli mazkur maqolada omonimiya hodisasini oʻrganishning doirasi ancha kengayganligini inobatga olib, ayrim terminlarni tahlilga tortdik.
Ключевые слова:
leksik birlik muloqot lingvistik universaliya semantika klassifikatsiya shakldoshlik soʻz shakliTildagi omonim va omonimiya hodisasi shu kungacha faqat tilning leksik va morfologik sathi obyekti sifatidagina oʻrganilib kelingani barchamizga ayon. Ma’lumki, omonim soʻzlar shakli bir xil, ammo semantikasi turfa xil boʻlgan leksik birliklardir. Soʻz omonimligi – shakldoshlik soʻz asosida boʻladi, ya’ni muayyan soʻz bir soʻz turkumi yoki bir necha turkumga mansub ma’no beradi.
Wikipediyada omonimlarga quyidagicha ta’rif berilgan: Omonimlar – umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. … Shakldoshlik soʻzlar aytilishi va eshitilishi bir xil, ammo ma’nolarining boshqa-
boshqa boʻlganligi tufayli jumlalar ichida aniqlanadi va uning xilma-xilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
L.V.Malaxovskiyning ta’kidlashicha, “...agar, mobodo, omonimlardan holi boʻlgan til aniqlanganda ham yoki qaysidir jamoa muloqot vositasi sifatida omonimlardan butkul holi boʻlgan qandaydir sun’iy til ishlab chiqqanda va undan foydalanganda ham, ushbu tilning tabiiy rivojlanishi natijasida oʻsha tilda ham soʻzsiz omonimlar yuzaga kelgan boʻlardi”, deya ta’kidlaydi. Shuningdek, olim “…omonimiya muayyan tilning asrlar davomidagi uzluksiz tadrijiy rivojlanish qonuniyatining natijasini oʻzida namoyon etuvchi, mutloq lingvistik universaliya”, deb hisoblaydi.
Ingliz tilidagi omonim va omonimlar klassifikatsiyalarini taniqli chet el tilshunoslari Arrakin, Kabanov, Arnold kabilar qolaversa, Lion, Smirnitskiylar ham aniqlashga harakat qilishgan. A.I.Smirnitskiy omonimlarni ikkita katta sinfga ajratdi: toʻliq omonimlar va qisman omonimlar.
N.Rasulovaning “Ingliz-oʻzbek tillaridagi tibbiyot terminlarining oʻquv lugʻatini tuzish tamoyillari” nomli nomzodlik dissertatsiyasida omonimik terminlar klassifikasiyasining muammolari hozirgi kungacha terminologiyaning muhim muammolaridan biri ekanligi, ingliz tilining tibbiy terminologiyasida toʻliq, toʻliq boʻlmagan va qisman omonimlar mavjud ekanligi, termin-omonimlar omofon va omograflarni oʻz ichiga qamrab olishi toʻgʻrisida ta’kidlagan.
Bir tilda mavjud omonimik xususiyatli terminlar bir tildan boshqa tilga tarjima qilinganda, oʻzining omonimik xususiyatini butunlay yoʻqotadi.
Oʻzbek va ingliz tillaridagi urologik va ginekologik terminlarni ilmiy oʻrganishlarimiz natijasida har ikki tilda ham omonimlik xususiyatlar mavjud ekanligini aniqladik. Shu sababli mazkur maqolada omonimiya hodisasini oʻrganishning doirasi ancha kengayganligini inobatga olib, ayrim terminlarni tahlilga tortdik.
|
Ingliz tilidagi shakldosh soʻz |
1-ma’nosi |
2-ma’nosi |
3-ma’nosi |
4-ma’nosi |
|
|
abortion |
koʻpincha homiladorlikning dastlabki 28 haftasida amalga oshiriladigan inson homiladorligini ataylab toʻxtatish |
yoqimsiz yoki yomon qilingan yoki amalga oshirilgan obyekt yoki ish |
|
|
|
|
agglutination test |
ayolning homiladorligini aniqlash uchun test |
bakteriyalarni aniqlash uchun test |
|
|
|
|
aftercare |
yangi tugʻilgan onaning gʻamxoʻrligi |
operatsiya qilingan odamga gʻamxoʻrlik qilish |
|
|
|
|
baby |
juda yosh bola, ayniqsa yangi yoki yaqinda tugʻilgan |
biror kishi, ayniqsa romantik sherik uchun mehr-muhabbat atamasi |
|
|
|
|
birth |
onasining tanasidan chaqaloqning paydo boʻlishi; jismonan alohida mavjudot sifatida hayotning boshlanishi |
biror narsaning kelib chiqishi yoki boshlanishi |
tugʻilish |
|
|
|
crowning |
toj kiydirish |
tugʻruq paytida chaqaloq kallasining koʻrinishi |
|
|
|
|
midwife
|
tugʻishda ayollarga yordam beradigan shaxs
|
biror narsani ishlab chiqarishga yoki keltirib chiqarishga yordam beradigan |
|
|
|
|
penis |
erkak jinsiy a’zosi |
zoologiyada ba’zi umurtqasiz hayvonlarda erkak kopulyatsiya organining bir turi |
|
|
|
|
probing |
biror narsani chuqur yoki izlanish yoʻli bilan tekshirish, tekshirish yoki oʻrganish harakati yoki amaliyoti |
zond yoki har xil asboblar, asboblar yordamida biror narsani tekshirish yoki tadqiq qilish harakati |
kompyuterlar tarmogʻini, ma’lumotlar bazasini, veb-sahifani, veb-ilovani va boshqalarni uning tuzilishi va hujumni boshlash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan har qanday xavfsizlik zaif tomonlari haqida ma’lumot olish uchun skanerlash jarayoni: dushman tomonlar tomonidan gʻarazli tarzda yoki diagnostik va profilaktika maqsadida amalga oshiriladi |
|
|
|
smear |
yopishqoq modda, mazok |
odatda shaxsga yoki tashkilotga qarshi asossiz ayblov |
iflos qilmoq, kir qilmoq |
Smear Lake Smeya koʻli (AQSh) |
|
|
vagina |
ayol jinsiy a’zosi |
botanikada bargning tagida poya atrofida hosil boʻlgan gʻilof |
|
|
|
|
venereal
|
jinsiy harakatlar yoki jinsiy istak bilan bogʻliq |
jinsiy a’zolar bilan bogʻliq |
jinsiy aloqa orqali yuqadigan infektsiya yoki kasallikni nazarda tutuvchi venerik sigillary |
|
|
|
womb |
bachadon |
biror narsa hosil boʻladigan joy |
|
|
|
Omonimlarga yaqin soʻzlar ma’nosi turlicha, yozilishi oʻxshash, talaffuzi qisman oʻxshash soʻzlardir.
|
effusion |
Suyuqlikning (masalan, qon, limfa, sarum) tanaga chiqishi, koʻpincha qon aylanishi va buyrak kasalliklari bilan bogʻliqligi |
|
affusion |
biror narsaga yoki kimgadir suyuqlik quyish |
|
staunch |
qon ketishini toʻxtatmoq |
|
stanch |
tik turish |
|
wound |
qonning chiqib ketishiga imkon beruvchi tashqi toʻqimalarning shikastlanishi |
|
wound |
wind fe’lining oʻtgan zamon shakli |
|
Oʻzbek tilidagi shakldosh soʻz |
1-ma’nosi |
2-ma’nosi |
3-ma’nosi |
4-ma’nosi |
|
parda |
qizlik pardasi |
xonani quyosh nuri, shamol, yot koʻzdan toʻsish yoki bezak uchun deraza va eshiklarga tutiladigan matolar |
dramatik asar, teatr spektaklining boʻlimi |
|
|
sunnat |
oʻgʻil bolalar ismi |
hadislarda targʻib etilgan, ibodatda ham, muomalada ham qoʻllaniladigan amal |
oʻgʻil bolani xatna qilish
|
|
|
saraton |
koʻkrak saratoni |
yozning saratoni |
|
|
|
urugʻ |
erkaklik jinsiy hujayra |
botanikada oʻsimlik urugʻi |
|
|
|
chilla |
bola tuqqan yoki tugʻilgandan, qiz turmushga chiqqandan, yigit uylangandan, marhum koʻmilgan kundan keyingi 40 kunlik davr: turmushdagi baʼzi hodisa-holatlarning eng mas’uliyatli davri |
yilning eng issiq yoki eng sovuq 40 kuni. qish chillasi yoki qishki chilla 25-dekabrdan 5-fevralgacha boʻlgan eng sovuq qirq kun. Yoz chillasi yoki yozgi chilla 25-iyundan 5-avgustgacha boʻlgan eng issiq 40 kun |
soʻfiy yoki muridning yakka oʻzi alohida xona(xujra)da, odamlardan yashirinib, 40 kun davomida toat-ibodat qilishi |
chilla suvi - yoz chillasida ekinlarga beriladigan suv |
|
chala |
muddatiga yetmay chala tugʻilgan chaqaloq |
oʻzbek kurashiga oid atama |
qoʻshma soʻzlar tarkibiga kiradi: chalabosh, chalasavod |
|
|
yetilgan |
yetilgan homila |
yetilgan meva
|
|
|
|
nasl |
bir avlod-ajdodga mansub kishilar urugʻi, ularning kelib chiqishi, zoti, nasabi, tagi-taxti |
kelajak avlod, zurriyot |
biol. ma’lum belgi-xususiyatlarga ega, bir turga mansub oʻsimliklar, bir zotga mansub hayvonlar guruhi; urugʻ, zot |
|
|
soʻrgʻich |
emizikli bolalar soʻradigan rezina buyum |
anat. teri va shilliqparda sirtidagi sezgir doʻmboqchalar |
bot. chirmashib oʻsadigan parazit oʻsimlikning tuksimon oʻsimtalari |
|
|
tugʻma |
kishida tugʻilishdanoq paydo boʻlgan, aslida bor boʻlgan. tugʻma soqov. tugʻma oqsoq |
tabiiy holda mavjud boʻlgan. tugʻma minerallar |
tugʻilishdan biror ish-faoliyat uchun yaratilgan, shunday xususiyatga ega boʻlgan: tugʻma qobiliyat |
|
|
taloq |
nikohni buzish, bekor qilish haqidagi er tomonidan aytiladigan soʻz |
qiz xotin kabi soʻzlar bilan qoʻllanib (odatda qoʻshma soʻz sifatida), shu soʻzga nisbatli soʻkishni, haqoratni bildiradi |
organ nomi, qon yaratuvchi a’zo |
|
|
yoʻldosh |
hamroh |
biror planeta yoki yulduz atrofida harakat qiluvchi osmon jismi |
homiladorlik paytida homilani ona tanasi bilan bogʻlab turadigan, bola tugʻilgach undan keyin tushadigan, homila pardalari va kindik tizimchasidan iborat tuzilma |
erkaklar ismi |
Omonimik terminlarning tahlillari shuni koʻrsatadiki, ular turlicha bir-biriga bogʻliq boʻlmagan tushunchalar orqali farq qiladi.
Xulosa qilib aytganda, har ikki tilda ham omonimlik xususiyatlari mavjud, terminning asl ma’nosini faqat kontekstdangina aniqlash mumkin.
Библиографические ссылки
Большакова Е.И. Автоматическая обработка текстов на естественном языке и компьютерная лингвистика. Учебное пособие / Большакова Е.И., Клышинский Э.С., Ландэ Д.В., Носков А.А., Пескова О.В., Ягунова Е.В. – Москва: МИЭМ, 2011. – 272 с.
Порохнин А.А. Анализ статистических методов снятия омонимии в текстах на русском языке. Вестник АГТУ. Сер.: Управление, вычеслительная техника и информатика. – 2013. № 2. – С. 168-174. 3. Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tili omonimlarining izohli lugʻati. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1984. – B.5.
Abjalova M. Tahrir va tahlil dasturlarining lingvistik modullari: Monografiya. – Toshkent, 2020. – B. 25-27.
N.Rasulova Ingliz-oʻzbek tillaridagi tibbiyot terminlarining oʻquv lugʻatini tuzish tamoyillari, diss. avt.– Andijon, 2022. – B. 140-147.
Rizayev S. Oʻzbek tilshunosligida lingvostatistika asoslari. – Toshkent: Fan, 2006. – B . 18.
Малаховский Л. В. Теория лексической и грамматической омонимии. — Л.: Наука, 1990. — 240 с.
Маслов Ю. С. Омонимы в словарях и омонимия в языке (к постановке вопроса) // Вопросы теории и истории языка: сб. в честь проф. Б. А. Ларина. — Л.: Изд-во Ленинград. ун-та, 1963. — С. 128–202.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2024 Нилуфар Расулова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
