История и характеристика фразеологических единиц в лингвистике

Аннотация
В данной статье рассматривается фразеология — раздел языкознания, который со временем сформировался как самостоятельная область научного исследования. В ней анализируются исторические истоки фразеологии, её становление как отдельной дисциплины, а также учёные, проводившие исследования в этой области как в мировом, так и в узбекском языкознании. Согласно ряду источников, происхождение фразеологии восходит к русскому языкознанию, тогда как другие авторы связывают её возникновение с Женевской школой грамматики, в частности, с именем известного швейцарского лингвиста Шарля Балли, которого считают основоположником данного направления. В узбекском языкознании особенно значимыми являются вклад таких учёных, как Я. Пинхасов, М. Хусаинов, И. Кучкуртаев, Ш. Рахматуллаев и А. Маматов. Согласно теориям, разработанным этими исследователями, фразеологические единицы можно классифицировать по различным признакам, что наглядно демонстрируется на примерах. Учитывая, что узбекский язык относится к тюркской языковой семье, а английский – к индоевропейской (а именно к германской) языковой семье, можно наблюдать как сходства, так и различия в их фразеологических единицах. В целом, такие единицы условно делятся на три типа: В первом типе наблюдается чёткая и прочная связь между буквальным значением слов и их фразеологическим (идиоматическим) значением; Во втором типе эта связь частично прослеживается; В третьем типе связь между лексическим значением слов и общим значением фразеологизма полностью утрачивается.
Ключевые слова:
Идиомы фразеологические единицы фразеологические сочетания устойчивые выражения лексикография виды фразеологических единицKirish
Tilshunoslikning XX asrda shakllangan muhim ilmiy yo‘nalishlaridan biri bu Frazeologiya hisoblanadi. Ushbu yondashuvning shakllanishi Jeneva maktabi vakillaridan biri bo‘lgan shveysariyalik tilshunos Shark Ballining “locutions phraseologiques” (Frazeologik birikmalar) tushunchasi 1930-1940-yillarda rus leksikografiyasi va leksikologiyasiga kirib kelishi bilan boshlangan. Uning dastlabki ko‘rinishi nafaqat asarlarda, balki o‘quv adabiyotlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, rus olimlari A. A. Potebnya, I. I. Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida ko‘zga tashlansa, turg’un so‘z birikmalarining alohida tilshunoslik bo‘limi sifatida Ye. D. Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiylarning o‘quv-metodik adabiyotlarida namoyon bo‘lgan. 1960-yillarning oxiridan boshlab u (sharqiy) Germaniya tilshunosligida mustahkam o‘rin egalladi, shu bilan birga, ingliz tilshunosligida ham ayrim hollarda tadqiq etildi. Ingliz tilida frazeologiyaga oid dastlabki yondashuvlar mashhur tilshunos Uriyel Vaynrix tomonidan Transformatsion grammatika asosida olib borilgan. (Vaynrix, Uriyel, 1969). Ingliz leksikologiyasiga umumiy nazar Leonhard Lipka asarlarida davom ettirildi. Buyuk Britaniya va boshqa G‘arbiy Yevropa davlatlarida so‘ngi yigirma yil ichida frazeologiya izchil tarzda rivojlandi. Yevropa Frazeologiya Jamiyati va Yevropa Leksikografiya Assotsiatsiyasi tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan anjumanlar va nashrlar frazeologiyaga bo‘lgan katta qiziqishni namoyon etadi. Yevropada frazeologik tadqiqotlar Shimoliy Amerikaga qaraganda ancha faol olib borilmoqda. Ingliz tili va umumiy frazeologiyaga oid so‘ngi tadqiqotlarning bibliografiyasi V. Velt tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, eng to‘liq to‘plam A. P. Koui va P. Xovartlar tomonidan “Frazeologiya Tanlangan bibliografiya” (Koui, Xovart, 1996) Xalqaro Leksikografiya Jurnali nomi ostida yig’ilgan.
Adabiyotlar tahlili
O‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarni o’rganish 1950-yillarda boshlangan. Bu yo‘nalishdagi mashhur olimlar Ya. Pinkhasov, M. Xusainov, I. Kuchkurtayev, Sh. Raxmatullayev, A. Mamatovlar tadqiqot olib borganlar. Frazeologiya sohasida Sh. Raxmatullayevning xizmati beqiyosdir. U o‘zbek tilidagi idiomalarning grammatik xususiyatlarini keng miqyosda o‘rganib, frazeologik birliklarni leksik birlik sifatida tahlil qilishga birinchi bo‘lib asos solgan.
Frazeologiya (yunoncha phrasis – “ifoda” va -logia – “ta’limot”) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib “ifodalar haqidagi fan” degan ma’noni bildiradi. Nazariy izohlanishiga keladigan bo‘lsak, tilshunoslikda frazeologik birliklarni o‘rganadigan bo‘limdir. Frazeologik birliklar – bu leksik jihatdan butun bir birlik sifatida ishlatiladigan, ma’no va tuzilma jihatdan ajralmas bo‘lgan so‘z birikmalaridir. Ular o‘ziga xos semantik ya’ni ma’noviy va stilistik xususiyatlarga ega. Agar leksikologiya tilning so‘z boyligini o‘rganadigan bo‘lsa, frazeologiya frazeologik birliklar (ya’ni, idiomlar)ni o‘rganadi. Demak, leksikologiyaning asosiy birliklari – so‘zlar, frazeologiyaning esa – idiomalardir.
Har qanday tilning lug‘at boyligi so‘zlar va idiomalardan iborat. Frazeologiya xalqning qadimiy va betakror urf-odatlari, tarixiy yodgorliklari, ertaklari hamda qo‘shiqlari orqali aks etgan madaniy merosini o‘zida mujassam etgan go‘zal va rang-barang ifodalar galereyasiga o‘xshaydi.
Inson ongida yuzaga keladigan o‘z fikrini, taxmini va baholashlarini faqat alohida so‘zlar emas, balki keng qo‘llaniladigan kollokatsiyalar ya’ni odatda birga ishlatiladigan so‘z birikmalari ham muhim ta’sir ko‘rsatadi. Maykl Stabbs o‘zining qimmatli “So‘zlar va Iboralar” nomli asarida shunday qayd etadi: “Tilni bilish – bu faqat alohida so‘zlarni bilish emas, balki ularning kutilgan kombinatsiyalarini va ko‘pincha bu birikmalar o‘z ichiga oladigan madaniy bilimlarni ham bilishdir.”
Tilning lug‘at boyligi faqat so‘zlar bilan emas, balki frazeologik birikmalar bilan ham boyitiladi. Frazeologik birikmalar – bu nutq jarayonida o‘ylab topilmaydigan, tilning o‘zida tayyor holatda mavjud bo‘lgan so‘z birikmalaridir. Ular maxsus lug‘atlarda jamlangan bo‘ladi. So‘zlar kabi, frazeologik birikmalar ham bitta tushunchani ifodalaydi va gapda bir butun birlik sifatida qo‘llanadi. Ya’ni bunda siz frazeologik birliklarni o’z bilim va malakangizga tayanib so’zlardan yasamaysiz ular aslida tayyor bo‘ladi va ularni nutqqa tayyor holatda olib kirasiz. Bunda frazeologik birliklar nechta so’zdan iborat bo‘lishiga qaramasdan gapda bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
Frazeologik birliklarning rus tili uchun birinchi tasnifi mashhur rus tilshunosi Vinogradov tomonidan ishlab chiqilgan. U idiomatiklik darajasiga ko‘ra frazeologik birliklarni uchta katta guruhga bo‘ladi:
- Phraseological collocations (сочетания)
- Phraseological unities (единства)
- Phraseological fusions (сращения)
Endi bu frazeologik birliklarning har bir guruhiga alohida izoh berib, misollar orqali ko’rib chiqadigan bo‘lsak, quydagicha izohlar keltirilishi mumkin:
Phraseological Collocations: (Frazeologik qo‘shilmalar) – bu birikmalar tarkibidagi so‘zlar o‘z lug‘aviy ma'nosini saqlab qoladi, lekin ular an’anaviy tarzda birga ishlatiladi. Masalan, ingliz tilida “make a decision”, o‘zbekchada “qaror qabul qilmoq” – bu so‘zlar har biri o‘zining mustaqil ma'nosiga ega, lekin birgalikda ishlatilish an’anaviy hisoblanadi.
Frazeologik birliklar (birikmalar) – bular obrazli iboralar bo‘lib, ularning umumiy ma’nosi ko‘chma bo‘ladi, lekin alohida so‘zlarning asl ma’nosi bilan bog‘liqligini sezish mumkin. Misol uchun: spill the beans – bu yerda “beans” (loviya) va “spill” (to‘kmoq) degan so‘zlar bor, lekin iboraning ma'nosi “yashirin gapni fosh qilish” “sirrni aytib qo‘ymoq” degani ma’noni anglatadi.
Frazeologik uyg’unlashuv (bir butunlashgan iboralar) – bu doimiy iboralar bo‘lib, ularning ma’nosi tarkibidagi so‘zlar ma’nosidan butunlay farqlanadi. Ya’ni, ifoda umumiy holda mutlaqo yangi ma’no beradi. Misol: kick the bucket – bu iborani alohida tarjima qilsak, “chelakni tepmoq” degan ma’noni anglatadi, lekin bu iboraning asl ma’nosi – “olamdan o‘tmoq” yoki “vafot etmoq”.
Professor A. I. Smirnitskiy frazeologik birliklarni so‘z ekvivalentlari deb qaraydi va ularni ikki guruhga ajratadi:
Bir “cho‘qqili” birliklar (one-summit units) – bunday iboralarda faqat bitta semantik jihatdan muhim komponent mavjud.
Misollar:
- to be tied (bog‘langan holatda bo‘lmoq),
- to make out (tushunmoq, ajratib olmoq).
Ko‘p “cho‘qqili” birliklar (multi-summit units) – bu iboralarda ikki yoki undan ortiq muhim semantik komponent mavjud.
Misollar:
- black art (sehr-jodu),
- to fish in troubled waters (noaniq, notinch vaziyatdan foyda izlamoq).
Smirnitskiy bu guruhlar ichida frazeologik birliklarni asosiy komponentning so‘z turkumiga (part of speech) qarab ham tasniflaydi.
Shuningdek, u quyidagi ikki turdagi frazeologik birliklarni farqlaydi:
Haqiqiy frazeologik birliklar – ular ko‘chma ma’noga ega bo‘lmagan, lekin turg‘un va barqaror ma’noga ega.
Masalan: to fall in love (sevib qolmoq).
Idioma – metaforaga asoslangan ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan iboralar. Masalan: to wash one’s dirty linen in public (shaxsiy muammolarni hammaga oshkor qilish).
Tilshunos A. V. Koonin frazeologik birliklarni ular qanday yo‘l bilan hosil bo‘lishiga qarab tasniflagan. U bu jarayonni asosiy (birlamchi) va ikkinchi darajali (ikkilamchi) usullarga ajratgan.
Asosiy (birlamchi) hosil bo‘lish yo‘llari: Bu usullar shunday holatlardirki, frazeologik birliklar erkin so‘z birikmalari asosida hosil bo‘ladi:
- Terminologik so‘z birikmalari ma’nosining ko‘chirilishi orqali hosil bo‘lishdir. Zamonaviy ingliz tilida bu eng samarali usul hisoblanadi. Masalan, kosmik texnika sohasidagi terminlar:
- launching pad – to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosi: “start maydonchasi”, ko‘chma ma’nosi: “boshlang‘ich nuqta”.
- to link up – texnik ma’nosi: “kosmik kemalarni tutashtirish”, ko‘chma ma’noda: “tanishish, aloqaga kirishish”.
- Ma’no o‘zgarishi orqali hosil bo‘lgan frazeologik birliklar. Erkin so‘z birikmalari ma’nosi o‘zgartirilgan:
- granny farm – “qarilar uyi, pensionat”,
- Troyan horse – dastlab tarixiy tushuncha, keyinchalik: “kompyuterni zararli ravishda ishdan chiqaruvchi dastur”.
- Alliteratsiya orqali hosil bo‘lish: So‘zlardagi bosh tovushlarning takrorlanishi orqali yaratiladi:
- a sad sack – “bechora, omadsiz odam”,
- culture vulture – “san’atga haddan tashqari qiziqadigan odam”,
- fudge and nudge – “noaniqlik, chalg‘itish”.
- Ifodaviylik (ekspressivlik) orqali, ayniqsa undovlar orqali.
Masalan:
- My aunt! –hayrat ifodasi,
- Hear, hear! – ma’qullash bildiruvchi undov.
- So‘z birikmasining buzilgan (o‘zgartirilgan) shakllari orqali
Masalan:
- odds and ends – “mayda-chuyda narsalar”, bu odd ends (“g‘alati uchlar”) dan o‘zgargan shakldir.
- Arxaizmlardan foydalanish orqali
Masalan:
- in brown study – “chuqur o‘yga botgan holda”, bu yerda ikkala so‘z ham eski ma’nolarni saqlab qolgan.
- Bir soha atamasining boshqa kontekstda ishlatilishi
Masalan:
- that cock won’t fight – janggohda ishlatilganda erkin birikma, kundalik hayotda ishlatilganda metaforik, ya’ni “bu ish yurishmaydi” ma’nosidagi frazeologik birlik.
- Tasavvurga asoslangan (haqiqatda mavjud bo‘lmagan) obrazlar orqali.
Masalan:
- to have butterflies in the stomach – “hayajonlanmoq”,
- to have green fingers – “bog‘dorchilikda qobiliyatli bo‘lish”.
- Yozuvchilar yoki siyosatchilar nutqlaridan olingan iboralar orqali. Bunday iboralar kundalik tilga o‘tib, frazeologik birlikka aylanadi:
- Top brass – “yuqori lavozimli amaldorlar”,
- The power behind the throne – “asl hokimiyat egasi”,
- locust years (Churchill) – “yo‘qchilik yillari”,
- the winds of change (Macmillan) – “o‘zgarishlar davri / shabadasi”.
Xulosa
Demak, xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, frazeologik birliklar nafaqal leksik, grammatik va semantic jihatdan tahlilga tortiladi, balki shu bilan birga so‘zlarning ibora sifatida qo’llanilishida qay darajada ma’noni to‘liq, qisman saqlagani yoki ma’nosidan butkil uzoqlashib birgalikda yangi ma’noni ifodalishini qayd etish lozim.
Библиографические ссылки
Arnold, I. V. (1973) Inglizcha so‘z. (The English Word) Moskva: Oliy maktab nashriyoti.
Koui A. P. va P. Xovart. (1996). “Frazeologiya – Tanlangan bibliografiya”. Xalqaro Leksikografiya Jurnali, 9(1): 38–51.
Beknazarova, I. Y., & Jo‘rayeva, D. U. (2024). Bilvosita nomlashning umumnazariy muammolari (ingliz tili misolida). Samarqand davlat universiteti ilmiy axborotnomasi, (6) [148/2], 76–84.
Beknazarova, I. Y., & Jo‘rayeva, D. U. (2024). Ingliz tilida bilvosita nomlashning metonimiya bilan bog‘liq muammolari. Fan, ta’lim, madaniyat va innovatsiya jurnali, 4(2), 61–64.
Lipka, L. (1992). An outline of English lexicology. Tübingen: Max Niemeyer Verlag.
Weinreich, U. (1969). Problems in the analysis of idioms. In J. Puhvel (Ed.), Substance and structure of language (pp. 23–81). Berkeley/Los Angeles: University of California Press.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Зарина Муртозаева

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.