Историческое развитие личных существительных в английском и узбекском языках (сравнительный анализ)

Авторы

  • Навоийский государственный университет
Историческое развитие личных существительных

Аннотация

В последние годы большое внимание уделяется системе обучения иностранным языкам в нашей стране. С этой точки зрения иностранный язык, в частности, обучение английскому языку выходит на новый уровень. Сегодня это требует сравнительных исследований. Исходя из этого, в данной статье дан анализ исторического развития личных существительных в английском и узбекском языках на основе сравнительного подхода. Научно-теоретически проанализированы содержательные, спорные данные о значении и развитии личных существительных в английском языкознании и современном узбекском литературном языке. 

Ключевые слова:

Язык лингвистика человек существительное слово общение среда Лингвистика морфема фонетика

Kirish

O‘zbek tilshunoslik tarixiga nazar tashlasak shaxs otlarining kelib chiqishi ancha uzoq davrlarga borib taqaladi. Shaxs otlari – bu til birliklari bo‘lib, ular muayyan yoki umumiy shaxsni, ya’ni insonni bildiradi. Ular otlar turkumiga kiradi va ko‘pincha ism, familiya, lavozim, ijtimoiy mavqe, jins kabi semantik maydonlarda namoyon bo‘ladi. Shaxs otlarining shakllanishi va rivojlanishida antroponimik tadqiqotlar olib borgran E.Begmatovning roli va ahamiyati kattadir. Antroponimika yunoncha anthropos-inson va onomo ism so‘zlaridan olingan bo‘lib, har bir shaxsning o‘ziga xos ismlari, shaxsiy nomlarini o‘rganadi. O‘zining antroponimik tadqiqotlarida kishi ismlari, laqab va taxalluslari, ota-onasining nomlari olimlarning tadqiqotlari va fikrlariga ko‘ra Islom dini odatlariga asosan joy nomlari sifatida belgilanmay kelingan va Sharq olim va ulamolarning nomlarini                 dunyo xaritasida berilmasligi ham buning yorqin dalili bo‘la oladi. Keyinchalik so‘lim go‘shaga aylantirilgan maskanlarni aziz kishilarning nomlari bilan atalishi, ziyoratchilar oqimini ko‘paytirish va iqtisodiy jihatdan naf ko‘rilishini nazarda tutish oqibatida hamda diniy-huquqiy himoya vositasi bo’lishi uchun kishi nomlari qo’yilishiga asos bo‘lgan (Begmatov, 1965).

Adabiyotlar tahlili

  1. Begmatov o‘zining tadqiqotlarida laqablarni ham atoqli ot deb aytadi. A. Madvaliyev antroponimlar kishi nomlari sifatida barcha hududlarda uchraydi. Ismlar-bu odamga yoshlik davrida beriluvchi atoqli ot deb hisoblaydi (Madvaliyev, 2018). Rossiyalik tadqiqotchi V. N. Podolskaya antroponim termini haqidas shunday so’z yuritadi. Uning tarkibi, ism, otasining ismi, laqab, taxallus, familiyakirishini ta’kidlaydilar (Podolskaya, 1988).

Tilshunoslikda shaxs otlari (propriativ birliklar) maxsus nomlash funksiyasiga ega bo‘lgan leksik birliklar sifatida qaraladi. Ular aniq bir individ yoki obyektga ishora qiladi va boshqa birliklar bilan almashtirib bo‘lmaydi.               Bu esa ularni umumiy otlardan farqlovchi          asosiy belgilardan biridir. O‘zbek tilida shaxs otlari orqali shaxsning ijtimoiy maqomi, milliy mansubligi, madaniy kelib chiqishi va tarixiy xotirasi ifodalanadi. Shu bois, ular leksik-semantik jihatdan tildagi eng qadimiy va izchil rivojlangan qatlamlardan biri hisoblanadi.

Tilshunoslik tarixida shaxs otlari masalasi antik davrlardan beri muhokama qilinib kelinmoqda. Masalan, Platonning “Kratil” dialogida nomlarning mohiyati, ularning tabiati va ijtimoiy funksiyasi muhokama qilingan. Yangi davr tilshunosligida esa onomastika mustaqil fan sifatida shakllanib, shaxs otlarini tizimli o‘rganish imkonini berdi.

Muxokama va natija

Shaxs otlari morfologik jihatdan otlar toifasiga mansub bo‘lsa-da, ular grammatik jihatdan ba’zi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

Aniqlik: shaxs otlari aniq bir narsa yoki shaxsni bildiradi (masalan: Alisher Navoiy, Samarqand).

Tushunchaviy nomlanish emas: umumiy otlar tushunchalarni bildirsa, shaxs otlari aniq mavjudot yoki joyni anglatadi.

Bosh harf bilan yoziladi: imloviy jihatdan ajralib turadi.

O‘zlashtirish: boshqa tillardan o‘zlashtirilgan shaxs otlari (masalan: Aleksandr, Parij) o‘zbek tiliga moslashgan holda talaffuz va yozuv jihatidan o‘zgaradi.

Ko‘plik shaklining cheklanganligi: ko‘plab shaxs otlar ko‘plikda ishlatilmaydi, agar ishlatilsa, bu umumlashtirish yoki ironiya maqsadida bo‘ladi (Navoiylar, Boburlar).

Onomastika – bu tilshunoslikning maxsus yo‘nalishi bo‘lib, unda insonlar, joylar, muassasalar, tarixiy voqealar, yodgorliklar va boshqa obyektlarga berilgan nomlar o‘rganiladi. Onomastika ikki asosiy yo‘nalishga bo‘linadi:

Antroponimika – insonlarga tegishli otlarni (ism, familiya, taxallus) o‘rganadi.

Toponimika – geografik obyektlar nomlarini o‘rganadi.

Shaxs otlari onomastik tadqiqotlarning markazida turadi, chunki ular jamiyat tarixiy xotirasi, madaniy qadriyatlari va mintaqaviy identifikatsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, Buxoro, Toshkent kabi shahar nomlari o‘zida ming yillik tarixni aks ettiradi. O‘zbek tilshunosligida toponimika bo‘yicha tadqiqot olib borgan Z. Do‘simov toponomik indikatorlar haqida ilk bor maqola e’lon qildirlar. Ammo antroponim indikatorlari bo’yicha tadqiqotga duch kelganimiz yo‘q. antroponimlar qo’shilish xususiyatiga ko’ra indikatorlari quyidagilar:

  1. Erkaklar ismiga xos: jon, bek, sher, arslon.
  2. Ayollar ismiga xos: oy, oyim, beka, gul, pari va boshqalar.

Shaxs otlari oddiy otlardan nafaqat referensial funksiyasi bilan, balki semantik va morfologik xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Shaxs otlari o‘zbek tili leksik tizimining qadimiy va barqaror qatlamlaridan biri bo‘lib, ular jamiyat tarixiy xotirasi, milliy-madaniy qadriyatlari, ijtimoiy tuzilmasi bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu bobda shaxs otlari quyidagi asosiy shakllarda tahlil qilinadi: antroponimlar, zooponimlar, toponimlar, ergonimlar, xrononimlar, fitonimlar va faunonimlar.

Antroponimlar (inson ismlari). Antroponimlar insonlarga berilgan nomlarni o‘z ichiga oladi: ismlar, familiyalar, laqablar, taxalluslar. Ularning shakllanishida quyidagi manbalar asosiy rol o‘ynaydi:

Leksik manbalar: sifat, ot, fe’l, son va olmoshlardan (masalan: To‘xtasin, Gulbahor, Yettiboy, Kimsan, Sotiboldi).

Diniy manbalar: Islomiy (arabcha, forscha) kelib chiqishdagi ismlar: Abdulloh, Zaynab, Fayzulloh, Muhammadali.

Tarixiy-madaniy manbalar: buyuk shaxslar sharafiga qo‘yilgan ismlar: Temurbek, Navro‘z, Bobur.

O‘xshatish va metaforik asos: Qaldirg‘och, Sherzod, Yulduz, Xosiyat

Antroponimlar o‘zbek madaniyati, oilaviy an’ana va e’tiqodlarining aksidir. Ularning lingvistik tahlili nafaqat semantik jihatdan, balki fonetik va stilistik jihatdan ham muhim ahamiyatga ega.

Zooponimlar – bu odamlar tomonidan hayvonlarga berilgan nomlar bo‘lib, ular ko‘pincha antropomorfik (inson sifatlari bilan) yondashuv asosida shakllanadi.

  • Misollar: Olapar, Boychibor, Topiboy, Bo‘ribek.
  • Maqsad: hayvonga individual xususiyatlar, kuch, sadoqat, go‘zallik yoki o‘ynoqilik kabi belgilar berish.
  • Ko‘pincha xalq og‘zaki ijodida ishlatiladi: ertaklar, maqollar (Olapar uydan chiqmas ekan, bo‘ri tinmas ekan).

Toponimlar – bu shahar, qishloq, ko‘cha, daryo, tog‘, mintaqa kabi geografik obyektlarning nomlaridir. Ular xalq tarixiy xotirasi va joyga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi.

Toponimlar ko‘pincha birikmali shaklda bo‘ladi: Qo‘shtepa tumani, Guliston shahridagi Alpomish ko‘chasi.

Ergonimlar zamonaviy til tizimida juda muhim o‘rin tutadi. Ular davlat idoralari, ta’lim muassasalari, kutubxonalar, korxonalar, kasb-hunar markazlari nomlarini bildiradi:

Misollar: O‘zbekiston Milliy universiteti, Markaziy bank, Toshkent irrigatsiya instituti, Alisher Navoiy nomidagi kutubxona.

Ergonimlarning semantikati ko‘pincha joylashgan hudud, faoliyat turi va homiy shaxs nomiga bog‘liq bo‘ladi. Stilistik jihatdan esa ular rasmiy nutq uslubiga mansub.

Xrononimlar – bu muayyan vaqt oralig‘i yoki tarixiy-huquqiy voqeani bildiruvchi shaxs otlaridir: Misollar: Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, Temuriylar davri, Oltin davr. Ko‘p hollarda ularda katta semantik yuk bor: madaniy, diniy, siyosiy ahamiyatga ega. Ular til orqali tarixiy tafakkurni uzluksiz tarzda avloddan-avlodga yetkazishda muhim vosita hisoblanadi. O’zbek tilida shaxs otlarining mana shunday turlari mavjuddir.

Shaxs otlarining o‘rganilishi onomastika fanining markaziy yo‘nalishlari-dan biri hisoblanadi. Onomastika – bu ismlar haqidagi fandir. A.V.Superanskaya fikricha, onomastik birliklar orqali xalqning tarixiy tafakkur darajasi, ijtimoiy iyerarxiyasi va madaniy qadriyatlari ifodalanadi. (Superanskaya, 1973).

Tilshunoslikdagi klassik yondashuvlarga ko‘ra, shaxs otlari referensial birliklar sifatida aniq obyektga ishora qiladi, leksik ma’noga emas, balki mavjudlikka tayanadi. John Stuart Mill shaxs otlarini “nomsiz ta’rif” deb atagan bo‘lsa (Mill, 1843), Kripke esa ularning rigid designator (barqaror ko‘rsatkich) sifatidagi rolini asoslab bergan (Kripke, 1980).

Shaxs otlari tahlilini ikki til – ingliz va o‘zbek tilida solishtirish orqali ularning qiyosiy semantikasi, fonetik moslashuvi, madaniy tafovutlari va tarixiy shakllanish jarayoni aniqlanadi. Bu tahlil orqali turli ijtimoiy-tarixiy tizimlar tilga qanday ta’sir qilgani, qanday nomlash tendensiyalari ustun bo‘lganligi, va bu tendensiyalar zamonaviy global til muhitida qanday saqlanayotganini ko‘rish mumkin.

Shaxs otlari tilshunoslikda o‘ziga xos mavqeega ega bo‘lib, ularni izohlash va tushuntirish borasida ko‘plab nazariy qarashlar mavjud. Garchi ko‘plab faylasuflar va tilshunoslar bu masalaga turlicha yondashgan bo‘lsalar-da, ularning barchasi shaxs otlarining tildagi alohida vazifasini e’tirof etadi.

Angliyalik faylasuf Jon Styuart Mill (1843) o‘zining “A System of Logic” asarida shaxs otlarini “no-konnotativ atamalar”, ya’ni ular ma’noni emas, balki mavjudlikni bildiruvchi birliklar sifatida tavsiflagan. Millga ko‘ra, “London” yoki “Temur” kabi shaxs otlari bu nom ortidagi shaxs yoki joyga ishora qiladi, ammo bu nomlar o‘zida tavsifiy ma’no tashimaydi.

XX-asr tilshunosligining yirik vakili Gottlob Frege esa shaxs otlarini sense (ma’no) va reference (ishora) farqi orqali tushuntirdi. Unga ko‘ra, shaxs otlari ishora (ya’ni kim yoki nima ekanini) bildirsa-da, ularning mazmuni (sense) ham mavjud bo‘lishi mumkin. Bu yondashuv semantik tahlil uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Frege qarashlarini yanada rivojlantirgan amerikalik faylasuf S. Kripke (1980) shaxs otlarini “rigid designator” – ya’ni har qanday kontekstda o‘z referentiga sodiq qoluvchi birliklar sifatida izohlagan. U nomning vaqt va makonga bog‘liq bo‘lmasdan, aynan bir shaxs yoki obyektga doimiy ravishda bog‘langanligini ta’kidlagan.

Tilshunos olim Van Langendonck esa shaxs otlarini referensial birliklar sifatida nazariy tasniflab, ularni individual, universal, va qisqargan semantik birliklar nuqtai nazaridan o‘rganishni taklif qiladi. U, shuningdek, shaxs otlarining grammatika bilan o‘zaro munosabatini tahlil qilib, ularni leksik tizimdagi maxsus birlik deb hisoblaydi (Van Langendonck, 2007).

O‘zbek tilshunosligida shaxs otlari asosan onomastika fanining doirasida o‘rganiladi. Bu sohada A. Mamatov, A. Sharipov, T. Shukurov kabi olimlar o‘zlarining tadqiqotlari bilan tanilgan.

  1. Mamatov (1998) shaxs otlarini semantik-funksional jihatdan o‘rganib, ularning leksik turlari, strukturalari, semantik xususiyatlarini tizimlashtirgan. U shaxs otlarini o‘zbek tilining asosiy qatlamlaridan biri sifatida e’tirof etgan. Uning fikricha, shaxs otlari tilning eng qadimiy va barqaror leksik qatlamlaridan biri bo‘lib, ularning semantikasi va funksional faoliyati xalq mentaliteti, ijtimoiy hayot, madaniyat va tarix bilan chambarchas bog‘liq. A.Mamatov shaxs otlari faqatgina nomlash vositasi emas, balki ijtimoiy qadriyatlar, milliy ong va madaniyatni aks ettiruvchi kognitiv birlik ekanini isbotlaydi. A. Mamatov o‘zbek onomastikasi terminologiyasiga aniqlik va ilmiy asos kiritishga harakat qilgan: antroponim, toponim, zoonim, ergonim, xrononim kabi atamalar birinchi bor o‘zbek tilida tizimli qo‘llanadi.

Shaxs otlari semantik turlarga ajratilgan: diniy ismlar, tarixiy ismlar, tabiat hodisalari bilan bog‘liq ismlar, ijtimoiy-maqom belgili ismlar. Ismlarning semantik maydoni ularning etimologiyasi, qo‘llanish doirasi va zamonaviy konnotatsiyasi asosida ochib berilgan.

  1. Mamatov (1988) shaxs otlarining nutqdagi vazifalarini o‘rganadi: ular ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi kabi sintaktik rollarda qatnashadi. Shaxs otlarining stilistik qiymati ham yoritilgan. Masalan: Zulfiyaxon, Temurbek kabi ismlar adabiy nutqda ijtimoiy maqom va madaniy motivatsiyaga ega. Murojaat, kinoya, iroda, baholash vositasi sifatida ishlatilish ko‘rsatilgan.

Morfologik struktura:  Shaxs otlarining morfologik shakllanishi, sufikslar vositasida hosil bo‘lishi (-bek, -xon, -oy, -gul) tahlil qilingan. Kompozit ismlar (birikma ismlar)ning strukturasi misollar bilan ko‘rsatilgan: To‘lqinbek, Gulbahor, Diyora.

Madaniy-kommunikativ ahamiyat: A. Mamatov ismlarning madaniy belgilarini tadqiq qiladi: ular orqali jamiyatning tarixiy bosqichlari, mafkurasi, qadriyatlari ifodalangan. Shaxs otlari xalq og‘zaki ijodi, rivoyatlar, tarixiy shaxslar bilan bog‘lanib ketgani izohlanadi. A.Mamatovning ilmiy tadqiqotlari onomastikasining rivojlanishida muhim            qadam bo‘ldi. Tilshunoslikda shaxs otlarini faqat formal birlik sifatida emas, balki              semantik va madaniy-tarixiy kategoriya sifatida o‘rganishga zamin yaratdi. Mazkur tadqiqot o‘zbek tilining madaniy semantikasi,              mentalitet tafakkuri, va xalq ongi tarixiy qatlamlarini ochib berishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

  1. Sharipov esa o‘zining “Onomastika va madaniyat” nomli asarida shaxs otlari orqali milliy mentalitet, tarixiy tafakkur va madaniy xotirani ifodalash yo‘llarini izohlagan. Uning fikricha, har bir ism tarixiy-madaniy kontekstda shakllanadi va u orqali xalqning o‘z-o‘zini anglash darajasi ifodalanadi.
  2. Shukurov esa shaxs otlarini fonetik, morfologik va semantik jihatdan tahlil qilib, ularni to‘g‘ri yozish, talaffuz qilish va qabul qilishdagi me’yorlarni ishlab chiqqan. Bu tadqiqotlar o‘zbek tilida shaxs otlarini faqat leksik birlik sifatida emas, balki kognitiv, madaniy va tarixiy birlik sifatida ham o‘rganish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Xulosa

Ingliz va o‘zbek tillarida shaxs otlarining tarixiy rivojini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda shaxs otlari                    tilning ijtimoiy, madaniy va tarixiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq holda shakllangan va rivojlangan. Ingliz tilidagi shaxs otlari, ayniqsa, qadimgi ingliz tili davridan boshlab germanik ildizlarga tayanib, keyinchalik lotin, fransuz va boshqa tillar ta’sirida boyib                borgan. O‘zbek tilidagi shaxs otlari esa turkiy ildizlarga ega bo‘lib, islom sivilizatsiyasi, arab va fors tillarining ta’siri natijasida semantik va morfologik jihatdan kengaygan.

Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda shaxs otlarining shakllanishida madaniyat, din, urf-odatlar va jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi muhim rol o‘ynagan. Ingliz tilida familiya tizimi 12–13-asrlarda barqarorlashgan bo‘lsa, o‘zbek tilida familiya tizimi sovet            davrida umumlashgan. Ingliz tilida shaxs                 otlari ko‘pincha kasb-hunar, yashash joyi                yoki otaning ismidan kelib chiqqan bo‘lsa, o‘zbek tilida ham bunday hodisalarga duch kelish mumkin, ammo ular milliy qadriyatlar va an’anaviy tuzum doirasida shakllangan.

Shuningdek, morfologik va semantik rivojlanish jihatidan ingliz tilida shaxs                otlarining grammatik moslashuvi kamroq ko‘zga tashlansa-da, o‘zbek tilida ular ko‘plik, egalik, kelishik qo‘shimchalari orqali faol               tarzda o‘zgaradi. Bu holat o‘zbek tilining agglutinativ tuzilmasi bilan izohlanadi. Shaxs otlari har ikki tilda nafaqat lingvistik birlik sifatida, balki tarixiy-madaniy merosning ajralmas qismi sifatida ham o‘rganilishi lozim. Ularning tahlili tilshunoslik, madaniyatshunoslik, tarix va antropologiya kabi fanlar kesishmasida muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Begmatov, E. (1965). Antroponimika uzbekskogo yazyka [Abstract of the candidate of philological sciences dissertation]. Tashkent.

Kripke, S. (1980). Naming and Necessity. Harvard University Press.

Madvaliyev, A. (2018). Onomastika. Sharq, bet 3–7.

Mill, J. S. (1843). A System of Logic.

Podolskaya, N. V. (1988). Slovar russkoy onomasticheskoy terminologii. Moskva: Nauka.

Superanskaya, A. V. (1973). Obshchaya teoriya imeni sobstvennogo. Moskva.

Van Langendonck, W. (2007). Theory and Typology of Proper Names.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Икбол Бабажанова,
Навоийский государственный университет

Независимый исследователь

Как цитировать

Бабажанова, И. (2025). Историческое развитие личных существительных в английском и узбекском языках (сравнительный анализ). Лингвоспектр, 6(1), 172–177. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/934

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.