Процессы укрепления материально-технической базы учреждений здравоохранения Ферганской долины в 1946-1991 гг.

Аннотация
В данном статье изложены сведения об укреплении материально-технической базы учреждений здравоохранения Ферганской долины в советский период после Второй мировой войны, обеспечении необходимыми кадрами, уделяемом им внимании, а также о дальнейших мерах по улучшению здравоохранения и развитию медицинской науки в стране.Ключевые слова:
Всемирная организация здравоохранения репродуктивное здоровье женщин здравоохранение врачебные амбулатории фельдшерско-акушерские пункты амбулаторно-поликлинические учреждения диспансерKirish
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash sohasidagi islohot natijalari jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston 2011-yili “Save the Children (Bolalarni asraylik)” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat jahon reytingida bolalar sog‘lig‘ini saqlash borasidagi natijalari hisobiga 9-o‘rinni egalladi(uzssgzt.uz). JSST Yevropa mintaqaviy byurosining 2017-yil 11-14 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan 67-sessiyasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltirish lozim: “Aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada yaxshilash, xalqimizni tibbiyot tizimi faoliyatidan rozi qilish-barchamizning eng muhim vazifamizdir” (Mirziyoyev, 2017). Bugungi kun talabi sog‘liqni saqlash sohasida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab qo‘yilgan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, soha moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish (Mirziyoyev, 2017) kabi muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi, xususan, ayollar reproduktiv salomatligi tarixshunosligi dastlab XX asrning 50-yillariga kelib yaratilgan tadqiqotlarda tahlil etildi va muammolarni o‘rganishni g‘oyaviy asoslari qanday bo‘lishi kerakligi belgilab berildi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash ishini tashkil etish va tibbiyot tarixi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy muassasalarda ayollar reproduktiv salomatligi tarixi, umuman sog‘liqni saqlash tarixi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar zimmasiga sovet mafkurasi asosida tibbiy qarashlar tarixini o‘rganish; sog‘liqni saqlash sohasi tarixining nazariy va amaliy ishlarini tanqidiy o‘rganish va umumlashtirish; tibbiy-tarixiy tadqiqotlarning o‘rganish usullarini mukammallashtirish kabi vazifalar belgilab berildi (Вопросы истории и имедицины, 1918). Respublika hududlarida shu turdagi ilmiy muassasa faoliyat yuritib, uning ilmiy xodimlari tomonidan tadqiqotlar olib borildi va natijalari to‘plamlar shaklida nashr etildi.
Adabiyotlar tahlili va metodlar
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi, xususan, ayollar reproduktiv salomatligi tarixshunosligi dastlab XX asrning 50-yillariga kelib yaratilgan tadqiqotlarda tahlil etildi va muammolarni o‘rganishni g‘oyaviy asoslari qanday bo‘lishi kerakligi belgilab berildi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash ishini tashkil etish va tibbiyot tarixi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy muassasalarda ayollar reproduktiv salomatligi tarixi, umuman sog‘liqni saqlash tarixi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar zimmasiga sovet mafkurasi asosida tibbiy qarashlar tarixini o‘rganish; sog‘liqni saqlash sohasi tarixining nazariy va amaliy ishlarini tanqidiy o‘rganish va umumlashtirish; tibbiy-tarixiy tadqiqotlarning o‘rganish usullarini mukammallashtirish kabi vazifalar belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida tarixshunoslik fanining vazifalari va mohiyati tubdan o‘zgarib, zamon talablariga muvofiq takomillashib bordi. O‘zbekistonda ijtimoiy sohaning, tibbiyotning ko‘p jihatlari muammoviy tarixshunoslik doirasida tadqiq etila boshlandi. Jumladan, D. A. Alimova (1991), K. X. Inoyatov (1994), D. H. Ziyayeva (1999), S. B. Shodmonova (2003), A. Doniyorov (2011)larning tadqiqotlarida zamonaviy tarixshunoslik muammolari o‘rganildi.
Natijalar va muhokama
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasi yillar davomida mustahkamlanib, takomillashtirib borildi. Davolash muassasalari namunaviy loyihalar asosida bunyod etilib, ularda tibbiy xizmatchilar va bemorlar uchun qulayliklar yaratildi hamda tibbiyotning ixtisosliklariga moslashtirilib, asbob-uskunalar, mebellar, yumshoq va qattiq inventarlar bilan jihozlandi. O‘zbekistonning deyarli barcha yirik shaharlarida ko‘pchilik davolash maskanlari yangi andozalarda bunyod etildi.
Ammo soha moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari chuqur tahlil etilsa, xato va kamchilliklar aniq ko‘rinadi. Sovet davrida sog‘liqni saqlash sohasida olib borilgan siyosat boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga tayangan bo‘lib, uning negizida Markaz manfaatlari turdi, shu bois soha istiqbolini belgilashda O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va iqlimi xususiyatlari hisobga olinmadi. Sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga ekstensiv yondashilib, tizim faoliyatini baholashning asosiy mezoni davolash o‘rinlari, tibbiy xizmat xodimlari sonining o‘sishi, shifoxonalar, poliklinikalar va ambulatoriya sonining ko‘payishi bilan o‘lchandi. Sifatga zarar bo‘lsa-da, miqdor ko‘rsatkichi ketidan quvishga berilib ketildi. Zo‘rma-zo‘raki ravishda davolash muassasalari sonini ko‘paytirishga harakat qilinishi tufayli shifoxona va boshqa davolash maskanlari qulaylikka ega bo‘lmagan, moslashtirilgan binolarda joylashtirildi. Davlat tomonidan belgilangan rejalarni oshirib bajarish uchun qo‘shib yozish yo‘lidan borib, yotoqxonalar, uy-joy binolarida kasalxonalar tashkil etildi. Shifoxonalarning moslashtirilgan binolarda joylashtirilganligi sababli ularda zamonaviy tibbiy texnika va apparatlar qo‘llash imkoniyati cheklandi.
Sog‘liqni saqlash ishiga ajratilgan mablag‘lar ko‘p hollarda to‘la o‘zlashtirilmay qolib ketdi. Masalan, O‘zbekistonda 1946-yili sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan mablag‘ning 13 million rubldan ko‘prog‘i foydalanmasdan qoldi. Bu ayniqsa, davolash muassasalari qurilishida yaqqol ko‘zga tashlandi. Respublika bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasi kapital qurilish rejalari doimiy ravishda bajarilmadi. 1949-yilning 8 oyida sog‘liqni saqlash muassasalari kapital qurilishi rejasi faqat 47 foizga bajarildi. Bu davrda jami 51 ta obyekt qurilishining boshlanishi rejalashtirilib, amalda faqat 32 ta obyektda ish boshlandi. Ushbu holat hisobga olinib, 1949-yil 23-sentabrda O‘zSSR Ministrlar Sovetining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash ministrligi kapital qurilish ishlarining borishidagi qoniqarsiz ahvol to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.
Aholining ambulatoriya-poliklinikalarga murojaati yildan-yilga ortib bordi. Masalan, 1975-yil respublika bo‘yicha ushbu davolash maskanlariga 96278,6 ming kishi murojaat etgan bo‘lsa, 1980-yil ular soni 131350,5 ming nafar bo‘lib, shundan faqat 51328,8 nafari qishloq aholisi edi. Demak, murojaat qilganlarning aksariyati shahar aholisi hisobiga to‘g‘ri keldi. Qishloqlarda ambulatoriya-poliklinika xizmati shaharga nisbatan 2 marta orqada edi (ЎзРМДА). Chunki qishloqlarda davolash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga e’tibor berilmadi. Masalan, 1978-yil Namangan viloyatida jami 114 ta feldsher-akusher punktlari (FAP) bo‘lib, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda qator muammolar mavjud edi. Viloyatdagi 80 foiz FAPlar moslashtirilgan binolarda faoliyat yuritib, ularda hech bir qulayliklar mavjud emas edi.
Respublika viloyatlarida tibbiyot muassasalari moslashtirilgan binolarga joylashtirilib, shifoxonalarning kirxonasi, oziq-ovqat omborlari va boshqa qo‘shimcha binolarning holati talabga javob bermadi. Sog‘liqni saqlash muassasalari uchun ajratilayotgan qurilish materiallari sifatsizligi tufayli foydalanilmadi. Mavjud davolash muassasalari binolarini namunaviy loyihalar asosida bunyod etish ishiga bir oz sust ahamiyat berilgan. O‘zbekistonda davolash muassasalarini ochish rejasini oshirib bajarishga harakat qilinsa-da, davolash o‘rinlarini aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi Ittifoq ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda o‘rtada juda katta farq borligi ma’lum bo‘ldi. Masalan, 1940-yil Ittifoqda har 10 000 aholiga 41 ta davolash o‘rin to‘g‘ri kelsa, 1990 yil bu 132, 9 ta bo‘ldi. O‘zbekistonda bu 32 tadan 123, 1 taga ortdi [11:114]. Ittifoqda shifoxona muassasalari soni ham yildan-yilga ko‘paytirildi. Masalan, 1940-yili mamlakatda 13472 ta shifoxona faoliyat olib borgan bo‘lsa, 1956-yilga kelib ularning soni 24 105 ta bo‘ldi. O‘zbekistonda shu yillarga taalluqli ravishda bu turdagi davolash maskanlari soni 368 tadan 773 taga ko‘paydi (Umarov, 2021).
XX asrning 60-yillaridan e’tiboran sog‘liqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishi bir qadar jonlantirildi. Masalan, davlat budjetidan sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan mablag‘ 1966-yil 16,5 mln. rubldan 1970-yil 24, 1 mln. rublga ko‘paydi. Aholi jon boshiga bu 17 rubl va 22 rubl 50 tiyinga to‘g‘ri keldi.
1968-yil 5-iyulda sovet hukumati tomonidan «Mamlakatda sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirishni yaxshilashning kelgusi chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi. Qaror ijrosini ta’minlash borasida ba’zi ishlar amalga oshirildi. Xususan, davolash o‘rinlari ham ko‘paytirildi. O‘zbekistonda bu davrda 139 ming davolash o‘rni, 1770 ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi, 272 ta ixtisoslashtirilgan dispanser, 1176 ta dorixona faoliyat yuritdi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash ministrligi, respublika kasaba uyushmasi va Davlat reja komiteti birgalikda 1986–1990 yillarga mo‘ljallangan “Zdorovya” nomli kompleks dasturni ishlab chiqdi. Ushbu dasturga soha moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini yaxshilash, tibbiy xizmatning ixtisoslashgan yo‘nalishlari faoliyatini kengaytirish, tashxis xizmatiga e’tiborni kuchaytirish, kasalliklarning oldini olish va davolash ishining ilmiy bazasini mustahkamlash, aholi orasida sanitariya maorifini kuchaytirish va gigiyena tarbiyasini faollashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, atrof-muhit havosi tozaligini saqlash, aholi dam olishini yaxshilash, sanatoriyalar tarmog‘ini kengaytirish va boshqa tadbirlar kiritildi. Dasturga 300 ga yaqin turli tadbirlar kiritilib, ularni amalga oshirish uchun mas’ul tashkilotlar tomonidan yetarli e’tibor, ko‘p mablag‘ talab etildi. Dasturni amalga oshirishda 40 ta ministrlik va boshqa davlat tashkilotlari jalb etildi. “Zdorovya dasturining birinchi bo‘limi “Sog‘liqni saqlash sohasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning kelgusi rejalari” deb nomlanib, unda tibbiyot va dorixona muassasalari kapital qurilish ko‘lamini kengaytirish, tibbiyot sohasidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quv-moddiy bazasini rivojlantirish, talabalarning maishiy turmush sharoitini yaxshilash kabilar kiritildi. Ammo bu kabi tadbirlar ham sog‘liqni saqlash sohasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi muammolarni to‘la bartaraf eta olmadi.
Xulosa
Xullas, sog‘liqni saqlash tizimi ishini yaxshilashning engmuhim shartlaridan biri bu moddiy-texnika bazaning mustahkamlanishiga bog‘liq bo‘ldi. Sohaga mablag‘ ajratish, davolash muassasalari uchun binolar bunyod etish, davolash o‘rinlarini ko‘paytirish, ayniqsa, tibbiyotning ba’zi ixtisosliklari bo‘yicha davolash o‘rinlarini ochish muhim ahamiyat kasb etdi.
Библиографические ссылки
Agzamkhodjaev, S. A. (1964). Institut i ego zadachi. In Voprosy organizatsii zdravookhraneniya i istorii meditsiny UzSSR: Sbornik trudov (s. 5–94). Toshkent.
Alimova, D. (1991). Zhenskiy vopros v sovetskoy istoriografii Sredney Azii (20–80-e gody) (Diss. dokt. ist. nauk). Toshkent.
Barsukov, M. I. (Red.). (1958). Voprosy istorii i meditsiny. Moskva.
Barsukov, M. I. (Red.). (1965). Ocherki istoriografii sovetskogo zdravookhraneniya. Moskva.
Doniyorov, A. (2003). Etnograficheskie issledovaniya v Uzbekistane v XX veke: osnovnye etapy, problemy, perspektivy razvitiya (Diss. dokt. ist. nauk). Toshkent.
Inoyatov, K. H. (1994). Istoriograficheskiye issledovaniya v Uzbekistane: itogi, problemy, perspektivy (1961–1980) (Diss. dokt. ist. nauk). Toshkent.
Konstantinov, G. F. (Red.). (1957). Zdravookhraneniye v SSSR: Statisticheskiy spravochnik. Moskva: Medgiz.
Mirziyoyev, Sh. M. (2017, 13-dekabr). Tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutq. Xalq so‘zi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi (O‘zRMDA), R-837-fond, 41-rўyxat, 5627-yig‘ma jild.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2017, 7-fevral). 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (Farmon № 4947, 1-ilova). http://strategy.regulation.gov.uz
Qizil O‘zbekiston. (1947, 23-iyul). Sog‘liqni saqlash muassasalari ishini yaxshilashga jiddiy e’tibor beraylik.
Shadmanova, S. B. (2011). Davriy matbuotda Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli masalalari (1870–1917 yillar) (Diss. dokt. tarix fanlari). Toshkent.
Umarov, M. (2021). The beginning of religious reforms in independent Uzbekistan and the changes being implemented. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(11), 477–481.
Umarov, M. (2023). Turkiston va Turkiya jadidlari munosabatlari mohiyati. Fan jurnali Ta’lim va Madaniyat, 1(1), 135–141.
Umarov, M. (2024). Sovet hokimiyatining XX asrning 20-yillarida O‘zbekiston SSRda amalga oshirgan diniy va “sinfiy kurash” siyosati. Fan jurnali Ta’lim va Madaniyat, 2(1).
Zdravookhraneniye v SSSR (Statisticheskiy spravochnik). (n.d.). Moskva: Medgiz.
Ziyaeva, D. Kh. (1999). Turkistonda milliy ozodlik harakati XX asr tarixshunosligida (1916 yil qo‘zg‘oloni va 1918–1924 yillar istiqlolchilik harakatini o‘rganish muammolari) (Diss. dokt. tarix fanlari). Toshkent.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Мухаммадазиз Умаров

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.