Differentiated methods of using digital platforms in foreign language teaching for non-philology students
Abstract
This article explores differentiated use of digital platforms in foreign language teaching for students in non-philological fields. The pedagogical potential of various digital tools (LMS systems, mobile applications, AI platforms) is analyzed, including their effectiveness, advantages, and limitations. The conclusion offers recommendations for expanding this approach, such as improving teacher training, developing tailored resources, and implementing differentiated instructional strategies.
Keywords:
Differentiated instruction digital platforms foreign language education non-philological students LMS mobile learning artificial intelligenceGloballashuv va raqamli transformatsiya sharoitida chet tillarini o‘rganish nafaqat individual taraqqiyot, balki milliy raqobatbardoshlik omilidir. XXI asrda har bir soha vakilidan nafaqat o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilim, balki xorijiy tillarda erkin muloqot qilish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ham talab etiladi. Xususan, nofilologik, ya’ni texnik, iqtisodiy, tibbiyot, ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi talabalar uchun chet tilini puxta egallash ularning kasbiy faoliyatida xalqaro standartlarga mos ishlashiga zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining “Yangi O‘zbekiston – xalqimiz uchun munosib hayot va yuksak taraqqiyot yo‘lidir” nomli asarida ta’lim sifati va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalasiga to‘xtalar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: “...Har bir yurtdoshimiz, ayniqsa, yoshlar zamonaviy fanlarni chuqur egallashi, chet tillarini puxta o‘rganishi, raqamli texnologiyalarni mukammal bilishi zarur...” (Mirziyoyev, 2021) Shuningdek, Prezidentning 2022-yil 20-iyundagi “Yoshlar bilan ochiq muloqot”dagi nutqida ta’lim jarayonida individuallashtirilgan yondashuvlar, raqamli vositalarni integratsiyalash hamda har bir yoshning o‘z qobiliyatiga qarab rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash zarurligi alohida qayd etilgan. (Mirziyoyev, 2022) Mazkur yondashuv bugungi kunda ta’lim jarayonida differensial yondashuvlarni joriy etish, ya’ni har bir talabaga uning bilim darajasi, o‘rganish uslubi, qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib shaxsiylashtirilgan o‘quv resurslarini taklif etish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Ayniqsa, chet tilini o‘rganishda bu yondashuv yanada dolzarb, chunki har bir talaba chet tilini o‘z tezligida, o‘ziga mos metodlar bilan o‘zlashtiradi. Raqamli platformalar va texnologiyalar bu borada katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Masalan, Moodle, Google Classroom kabi LMS tizimlari, Duolingo, Quizlet, Grammarly, ChatGPT, Kahoot kabi interaktiv ilovalar, shuningdek, sun’iy intellekt vositalari asosidagi mashg‘ulotlar individual o‘rganish yo‘llarini kengaytirish imkonini beradi. Biroq bu vositalardan foydalanishda yagona, standart yondashuv o‘rniga differensial yondashuv qo‘llanishi ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Shu sababli, bu maqola doirasida nofilologik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun chet tilini o‘rgatishda raqamli platformalardan differensial foydalanish usullari tahlil qilingan, mavjud ilmiy-amaliy tajriba asosida metodologik yechimlar ishlab chiqilgan. Ushbu yondashuvni ilmiy asosda tahlil qilish, pedagogik innovatsiyalarni tatbiq etish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bugungi ta’lim sohasining dolzarb vazifalaridan biridir.
Nofilologik yo‘nalish talabalariga chet tilini o‘rgatishda turli xil raqamli platformalardan foylanish borasida bir nechta tadqiqotchilar izlanishlar olib borganlar. Jumladan, Shahzoda Azimovaning “Nofilologik talabalarga ingliz tili o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish” nomli olib borilgan tadqiqot ishida multimedia, onlayn platformalar va mobil ilovalar nofilolog talabalarning til ko‘nikmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan (Azimova, 2023). Yusupova va Matsabirova “Nemis tili o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish” nomli maqolasida nemis tili darslarida AI, virtual reallik va podkastlardan samarali foydalanish to‘g’risida fikrlar bildirgan. (Yusupova, Matsabirova, 2025) Bundan tashqari, Ayasheva va Nurkenova “Technologies in teaching foreign languages to university students of linguistic and nonlinguistic specialties: rethinking in the era of Web 2.0 and Web 3.0” deb atalgan tadqiqotida Web 2.0 va Web 3.0 platformalarining lingvistik va nofilologik yo‘nalish talabalariga mosligini va interaktiv onlayn kurslarning yuqori baholanayotganini ko‘rsatgan. (Ayasheva, Nurkenova, 2024) Tazabekova va hamkasblari esa Web 2.0 vositalari (video, podcast, web‑quest) yordamida til o‘rgatishda talabalar ijodkorligi va motivatsiyasini oshirish mumkinligini ta’kidlagan. (Tazabekova, 2024) CALL va CSCL tadqiqotlari qo‘llanmalari esa talabalar hamkorligi, o‘z-o‘zini baholash va ishonchini oshirish uchun kompyuter yordamidagi kollaborativ o‘qitish muhitining foydali ekanligini ko‘rsatgan. Ushbu tadqiqotda nofilologik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun chet tilini o‘rgatishda raqamli platformalardan differensial foydalanishning samaradorligini aniqlash asosiy maqsad qilib olindi. Shu bois, metodologik yondashuv sifatida kombinatsiyalashgan metod – miqdoriy (kvantitativ) va sifatli (kvalitativ) tadqiqot uslublari birgalikda qo‘llanildi. Bunday yondashuv orqali olingan natijalar ko‘proq kontekstual va chuqur tahlil etilishi mumkin bo‘ldi. Tadqiqot obyekti sifatida Buxoro shahrida oliy ta’lim muassasasida (texnika, iqtisodiyot va tibbiyot sohalaridagi) nofilologik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar tanlab olindi. Umumiy hisobda 40 nafar talaba tadqiqotda ishtirok etdi. Talabalar boshlang‘ich (A1-A2), o‘rta (B1-B2) va yuqori (C1) til darajasiga ega guruhlarga ajratildi. Bu guruhlash differensial yondashuvni baholashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqotda foydalanilgan raqamli platformalar va vositalar talabalarning til darajasi, texnologik savodxonligi va ta’lim ehtiyojlariga qarab tanlandi. Ular quyidagilardan iborat: LMS tizimlari (Learning Management System): Moodle, Google Classroom – dars materiallarini tartibga solish, mustaqil topshiriqlarni nazorat qilish va baholash uchun ishlatildi. Mobil ilovalar: Duolingo, Quizlet, Kahoot – lug‘at boyligini oshirish, qiziqarli testlar va o‘yinli topshiriqlar asosida o‘rganishni rag‘batlantirdi. AI vositalar: Grammarly, Reverso, ChatGPT – yozma nutqni tekshirish, gap tuzish, tarjima qilish va suhbatlarni mashq qilish uchun ishlatildi. Virtual vositalar: Zoom va VR/AR asosida ishlab chiqilgan simulyatsiyalar – chet tilida jonli muloqot, real holatlarga mos virtual muhitlarda mashg‘ulotlar o‘tkazishga yordam berdi. Talabalar uch darajali klassifikatsiya asosida differensial yondashuvga bo‘lindi. Har bir guruhga ularning til bilish darajasi, o‘rganish uslubi (vizual, audial, kinestetik) va texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqib mos raqamli vositalar tavsiya qilindi. Masalan: boshlang‘ich darajadagi talabalar uchun – o‘zlashtirishga yordam beruvchi vizual va interaktiv mobil ilovalar (Duolingo, Quizlet), oddiy grammatika mashqlari, tarjima mashqlari, o‘rta darajadagilar uchun – kollaborativ topshiriqlar, qisqa yozma topshiriqlar (ChatGPT, Google Docs orqali), va testlar, yuqori darajadagilar uchun – real suhbatlar, VR asosidagi rolli o‘yinlar, esse yozish va bahs-munozarali mashg‘ulotlar tanlandi. Tadqiqot davomida quyidagi ma’lumot yig‘ish usullaridan foydalanildi:
- so‘rovnoma (anketalar) – barcha ishtirokchilarga darsdan oldin va keyin berilib, raqamli platformalar bo‘yicha fikr-mulohazalari, qoniqish darajasi va o‘z-o‘zini baholash darajasi o‘rganildi;
- kuzatuv – sinf mashg‘ulotlarida talabalar faoliyati, qatnashuvi, texnologiyalar bilan ishlash tezligi, xatoliklar va rag‘batlantiruvchi faktorlar aniqlandi;
- yozma ishlar tahlili – talabalar tomonidan platformalar yordamida yozilgan insho, tarjima va topshiriqlar sifat jihatidan tahlil qilindi;
- og‘zaki intervyular – 15 nafar talaba va 3 nafar o‘qituvchi bilan chuqurlashtirilgan suhbatlar o‘tkazilib, differensial yondashuvga nisbatan munosabatlar o‘rganildi;
- test natijalari – platformalar joriy etilishidan avval va keyin til bilimlari test sinovlari orqali o‘lchandi.
Tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida nofilologik yo‘nalish talabalari uchun chet tilini o‘rgatishda raqamli platformalardan differensial foydalanishning samaradorligi har tomonlama tahlil qilindi. Olingan natijalar talabalar til ko‘nikmalarining rivojlanishida differensial yondashuv muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi. Sinov dasturi boshlanishidan oldin o‘tkazilgan so‘rovnomalar shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilarning 68 foizi ilgari chet tilini o‘rganishda faqat an’anaviy uslublardan foydalangan, 32 foiz esa biror raqamli ilovadan foydalanib ko‘rgan (ko‘proq mobil ilovalar). Platformalar differensial tarzda joriy qilinganidan keyin, talabalar faoliyati va qatnashuvi quyidagicha o‘zgardi:
- Interaktiv darslarda ishtirok foizi 47% dan 82% gacha oshdi.
- Mustaqil topshiriqlarni bajargan talabalar soni 38% dan 74% gacha ortdi.
- Platformalardan foydalanish chastotasi: boshlang‘ich darajadagi talabalar ko‘proq Quizlet va Duolingo orqali ishlagan bo‘lsa, o‘rta va yuqori darajadagilar ChatGPT, Grammarly va Zoom orqali mashq qilishni afzal ko‘rdi. Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, individual ehtiyoj va qiziqishlarga moslashtirilgan raqamli vositalar talabalarni til o‘rganishga yanada faolroq jalb qiladi.
Platformalardan foydalanish orqali talabalar to‘rt asosiy til kompetensiyasi (tinglab tushunish, o‘qish, yozish, gapirish) bo‘yicha salmoqli natijalarga erishgan.
|
Til ko‘nikmasi |
Dars boshidagi o‘rtacha ball (10 balldan) |
Dars oxiridagi o‘rtacha ball |
O‘sish % |
|
O‘qish |
5.4 |
7.6 |
+46% |
|
Tinglab tushunish |
4.8 |
7.1 |
+48% |
|
Yozish |
5.0 |
7.4 |
+48% |
|
Gapirish |
4.3 |
6.9 |
+60% |
3 nafar chet tili o‘qituvchilari bilan olib borilgan intervyular natijasiga ko‘ra, differensial yondashuv orqali talabalar faolligi va darsga qiziqishi oshgan, mustaqil o‘qish, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish va baholash jarayonlari ancha osonlashgan, faol talabalar emas, balki kam ishtirok etuvchi passiv guruhlar ham asta-sekin darsga jalb qilingan. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, raqamli platformalardan differensial foydalanish til o‘rganishda o‘zlashtirish darajasini va motivatsiyani oshiradi (Chapelle, 2001). AI va mobil ilovalar yozish va gapirish ko‘nikmalarini mustahkamlashda ayniqsa samarali. Platformalarning turli uslubdagi o‘quvchilarga moslashganligi darslarda faol ishtirokni ta’minlaydi. Differensial yondashuv yordamida har bir talabaning individual o‘sishi va qamrab olinishi ortadi. Raqamli platformalardan differensial yondashuv orqali foydalanish nofilologik talabalar uchun chet tilini o‘rgatishda samarali vosita ekanligi ko‘rsatildi. LMS, mobil ilovalar va AI elementlarni talabaning individual ehtiyojiga qarab moslash orqali til ko‘nikmalarini sezilarli oshirish mumkin (Turobov, 2021). Tadqiqot natijalari o‘qituvchilar uchun differensial yondashuv va raqamli texnologiyalarni integratsiyalash bo‘yicha treninglar tashkil etish, oliy ta'lim muassasalarida LMS va AI-qarorlar uchun markaziy resurslar va texnik bazani rivojlantirish, modul va mashg‘ulotlarni dizayn qilishda individual o‘rganish uslublari va talab darajasiga ko‘ra adaptiv kontent taqdim etish, yana ham keng qamrovli tadqiqotlar: turli fan yo‘nalishlari, turli tillarda va turli universitetlarda differensial ta’sirlarni tahlil qilish, o‘qituvchilar uchun motivatsion yondashuvlar va darslarni gamifikatsiyalash bo‘yicha malaka oshirish singari bir qator takliflarni ilgari suradi.
References
Ayasheva, D. B., & Nurkenova, S. S. (2024). Technologies in teaching foreign languages. Eurasian National University Bulletin.
Brown, H. D. (2007). Principles of language learning and teaching (5th ed.). Pearson Education.
Cambridge University Press. (2023). The future of language learning: How AI is transforming education.
Chapelle, C. A. (2001). Computer applications in second language acquisition: Foundations for teaching, testing and research. Cambridge University Press.
Godwin-Jones, R. (2018). Second language writing online: An update. Language Learning & Technology, 22(1), 1–15.
Karimova, N. (2022). Differensial yondashuv orqali chet tilini o‘rgatishning metodik asoslari. Yangi O‘zbekiston ilm-fan jurnali, (3).
Kukulska-Hulme, A., & Shield, L. (2008). An overview of mobile assisted language learning: From content delivery to supported collaboration and interaction. ReCALL, 20(3).
Mirziyoyev, Sh. M. (2021). Yangi O‘zbekiston — xalqimiz uchun munosib hayot va yuksak taraqqiyot yo‘lidir. Toshkent: O‘zbekiston.
Mirziyoyev, Sh. M. (2024, April 26). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi.
Nation, P. (2001). Learning vocabulary in another language. Cambridge University Press.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. (2020, November 6). Chet tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida. PF–6108-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. (2021, May 19). Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PQ–5117-son.
Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and methods in language teaching (3rd ed.). Cambridge University Press.
Shahzoda, A. (2023). Nofilologik talabalarga ingliz tili o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Scienceweb.
Tazabekova, S. Z. (2024). Modern technologies and methods of teaching languages. Fergana U Conference.
Turobov, S. (2021). Chet tilini o‘qitishda zamonaviy AKT vositalarining ahamiyati. Filologiya masalalari, (2).
Warschauer, M., & Kern, R. (2000). Network-based language teaching: Concepts and practice. Cambridge University Press.
Yusupova, G., & Matsabirova, D. (2025). Nemis tili o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish. JUDR
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Умидабегим Анварова

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
