Этапы формирования избирательных процессов в Республике Узбекистан

Авторы

  • Наманганский государственный университет
Этапы формирования избирательных процессов в Республике Узбекистан

Аннотация

В годы независимости в стране были реализованы последовательные реформы, направленные на создание избирательной системы, основанной на демократических принципах, обеспечение политических прав и свобод граждан, а также расширение участия народа в управлении государством. В данной статье подробно освещаются процессы формирования избирательных процедур в Республике Узбекистан после обретения независимости, принятие законов, постановлений и указов, связанных с выборами, а также вопросы формирования политических партий. Кроме того, анализируется роль принципов открытости, прозрачности и справедливости в избирательных процессах и их значение в развитии гражданского общества.

Ключевые слова:

Избирательные кодексы организация свободных и демократических выборов избирательное законодательство избирательные кампании депутаты политические партии вопросы кандидатов на выборах предвыборные программы кандидатов

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el yuridik tajribasiga va milliy-tarixiy an’analariga va o‘z Konstitutsiyasiga mos saylov qonunchilik tizimi yaratildi.

Bugungi kunda dunyoda fuqarolarning saylov huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, erkin va demokratik saylovlarni tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ushbu hujjatlarning aksariyat qoidalari va tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining milliy saylov qonunchiligida to‘liq aks etgan (Rustamboyev, 2007).

O‘zbekiston saylov qonunchiligini chet davlatlar saylov qonunchiligidan farqli tomoni, bizning milliy qonunchiligimizda xorijdan ajralib turuvchi – xalqimiz an’anaviy qadriyatlari va mentalitetini ifoda etadigan bir qator xususiyatlar mavjudligidadir.

Saylov qonunchiligi va kampaniyalari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismidir. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgan kundan boshlab ma’muriy- buyruqbozlikka asoslangan totalitarizmdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati sari dadil qadamlar bilan oldinga intilmoqda. Saylov qonunchiligi va amaliyoti O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarda o‘z aksini topadi:

  • birinchidan, islohotlar davlatning milliy manfaatlariga mosligi, ya’ni mustaqillikni himoya qilishga qaratilganligi;
  • ikkinchidan, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi; uchinchidan, demokratik o‘zgarishlar darajasining xalq ruxiyatiga,
  • mentalitetiga mosligi;
  • to‘rtinchidan, tarixiy milliy tajribaga tayanish;
  • beshinchidan, xalqaro huquq andozalari va talablarini e’tiborga olish.

Bu saylov qonunchiligining asosiy maqsadi samarali, ishchan vakillik organlarini saylash va yuksak fuqarolik siyosiy va huquqiy madaniyatli saylovchilarni shakllantirishdir.

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng saylov qonunchiligi taraqqiyotida to‘rtta asosiy bosqichni ko‘rsatish mumkin.

Birinchi bosqich Konstitutsiya qabul qilinishidan (1992 yil dekabr) mustaqil O‘zbekistonning birinchi milliy parlamenti – ko‘p partiyaviylik asosida Oliy Majlisning amalda shakllangunicha (1995 yil yanvar) bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Ushbu bosqichda 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi (1994) birinchi qonunmamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, islohotlarning o‘sha bosqichida imkon qadar dunyoda mavjud umume’tirof etilgan ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylovlarni tashkil etish tajribasini o‘zida aks ettirdi. Aynan shu bosqichda – 1994 yil 5 mayda yana bir  muhim  hujjat  –  “Fuqarolar  saylov  huquqlarining  kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun (1994) qabul qilindi. Bu esa O‘zbekiston ixtiyoriy ravishda, hech qanday shart va istisnolarsiz qo‘shilgan jahon hamjamiyati oldida tegishli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan standartlarga mos ravishda saylovchilarning saylov huquqini asoslab berdi.

1994 yilda parlament saylovlari yakunlariga ko‘ra Birinchi chaqiriq Oliy              Majlis tarkibida ikkita siyosiy partiya o‘z fraksiyalari asosida faoliyat olib bordilar. Bu partiyalar vakillari parlamentda va davlat hokimiyatining mahalliy vakillik organlaridi ko‘pchilikni tashkil etdi.

Ikkinchi bosqich 1995-2000 yillarni o‘z ichiga olib, saylov tizimining demokratik asoslarini mustahkamlash va saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bir qancha amaliy ishlar            amalga oshirildi.

Xususan, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi mustaqil organ “Markaziy saylov komissiyasini tuzish haqida” qonun (1994) qabul qilindi va O‘zbekiston tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi.

Shu bilan bir qatorda bu davrning o‘ziga xos tomonlaridan, deputatlikka mustaqil nomzodlarni ilgari surishning aniq mexanizmi ishlab chiqildi va saylovlar to‘g‘risidagi qonunlardan rasman “besh foizlik to‘siq” haqidagi qoida chiqarib tashlandi.

1999 yil 19 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga bir qator jiddiy o‘zgartirishlar, xususan umume’tirof etilgan tamoyillar          kiritildi.

1999 yilga parlament saylovlari uchun 1996 yilning 26 dekabrida qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni(1996) yangi huquqiy maydon yaratdi. Buning natijasida siyosiy partiyalarda Oliy Majlisda o‘z siyosatini uyushgan holda o‘tkazish uchun parlament fraksiyalarini tuzishdek qonuniy aniq tus olgan maqsadlari paydo bo‘ldi. Davlatga qarashli OAV dan foydalanishda teng huquqlilikni ta’minlash darajasi ortdi. Bu “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni, “Xalq duputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunlarining “Saylovoldi tashviqoti” nomli boblarida o‘z aksini topdi.

1999 yilgi parlament saylovlaridan oldin beshta partiya ro‘yxatdan o‘tdi. Ko‘pchilik ekspertlarning fikriga ko‘ra, siyosiy partiyalar tomonida ilgari surilgan nomzodlar sonining ko‘pligi mamlakat parlamentida ham           partiyalar vakillarining umumiy soni shunga mos ravishda ortadi deb tahmin qilingandi. Biroq siyosiy partiyalarninng saylovlarga tayyorgarliklarining bo‘shligi, saylovoldi dasturlaridagi ko‘pgina bandlar hayotdan uzoqligi, ular o‘rtasidagi tafovutninng kamligi hamda nomzodlar o‘z partiyalari nuqtai nazarini yetarlicha asoslay olmasliklari Oliy Majlis tarkibida partiyalar vakillarining kamayishiga olib keldi (Saidov, 2005). Natijada bu o‘rinlarga fuqarolar tashabbuskor guruhlarining vakillari kelishdi.

Uchinchi bosqich ikki palatali Oliy             Majlis tizimining joriy etilishi bilan bog‘liqdir. 2002 yil 27 yanvar kuni o‘tkazilgan           referendum yakunlariga ko‘ra Oliy Majlis o‘rnida ikki palatali (bikemeral) parlament               o‘z ishini boshladi. Bu davrning o‘ziga                      xos jihati shundan iboratki, ko‘pchilik demokratiya keng tarqalgan  davlatlardagidek              O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti ham professionallashib, qonun ijodkorligi va            boshqa vazifalarni bajarishi yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan 120 deputatdan iboratligi belgilandi (O’z.Res.Konstitutsiyasi, 2008). Oliy Majlis yuqori palatasi – Senat, hududiy vakillik palatasi bo‘lib, senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman va shaharlar           davlat xokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma madlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan 6 kishidan saylanadi. Senatning 16 nafar a’zosi esa fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish soxasida faoliyat yuritayotgan eng obro‘li odamlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanishi2 ham aksini topdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ilk bor ikki palatali parlamentga bo‘lib o‘tgan saylovlar O‘zbekistonning yangi tarixida alohida, g‘oyat muhim o‘rin egalladi” (O’z.Res.Konstitutsiyasi, 2008).

Qolaversa, aynan bu davrda kuchga kirgan, ya’ni 2007 yil 11 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan       imzolangan “Davlat boshqaruvini yangilash             va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun katta o‘rin egallaydi. Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadiga            davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lib, bunda davlat hokimiyati organlarining shakllantirilishi, joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyat yuritishi, qonun chiqaruvchi organlarda hujjatlarning qabul qilinishi, joylarda ijtimoiy, siyosiy, huquqiy masalalarni hal etishda siyosiy partiyalarning ta’sirchanligini kuchaytirish va ular faoliyatining samaradorligini oshirishni tushunish mumkin. Yana bir ahamiyatli jihat, bu siyosiy partiyalar faoliyatida muxolifat tushunchasining kiritilishi bilan bog‘liqdir.

To‘rtinchi bosqich 2008 yil 4 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar          kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullanib, 2009 yilgi parlament saylovlarida amalda foydalaniladi. Ushbu Qonunga muvofiq, Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari soni 120 tadan 150 taga oshdi. Shu bilan birga 135 nafar depugat xududiy bir mandatli saylov okruglaridan ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadi. Shu               tariqa respublikadagi saylov okruglar soni               120 tadan 135 tagacha ko‘paytirilishi         belgilandi. 15 nafar deputat esa atrof-muhitni asrash, tabiatni muhofaza qilish, buni huquqiy jihatdan ustuvor bilib, O‘zbekiston ekologik harakatidan saylanadi.

Mazkur Qonunga kiritilgan o‘zgartishlar saylovchilar imzosini to‘plash haqidagi talablarni ellik ming imzodan qirq ming imzoga tushirish yo‘li bilan siyosiy partiyalarning Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etish imkoniyati kengaytirilishini ta’minlaydi. Siyosiy partiyalar saylovda faol ishtirok etishi uchun ko‘proq imkoniyat yaratish maqsadida saylovda ishtirok etishni mo‘ljallayotgan partiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan muddat qisqartirilib, u saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida olti oy o‘rniga kamida to‘rt oy deb belgilandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunlarga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy         Qonunga va boshqa qonunlarga kiritilgan o‘zgartishlarda saylovchilar tashabbuskor guruhlarining saylovda ishtirok etishi, shu jumladan, bunday tashabbuskor guruhlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi depugatligiga, shu- ningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari depugatligiga nomzodlar kursatish instituti tugatildi            (Karimov, 2005). Saylov tizimini va saylov to‘g‘risidagi qonunlarini yanada      liberallashtirish va demokratlashtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunga            “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili” deb nomlangan alohida 17-modda kiritildi. Bu vakolatli vakillar saylov  chastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish,                imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirilishi jarayonida qatnashishi mumkin. Saylovchilarning yig‘ilishlari uchastka saylov komissiyalari tomonidan tashkil etiladi, degan qoida yangi tahrirda “Saylovchilarning yig‘ilishlari siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Saylovchilarning  yig‘ilishlari  o‘tkaziladigan  joy  va  vaqti,  qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi”, degan norma bilan almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonlarining shakllanish bosqichlari mamlakatning mustaqillik yillarida olib borilgan siyosiy, huquqiy va institutsional islohotlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Mustaqillikdan so‘ng saylov tizimi demokratik tamoyillarga asoslangan holda bosqichma-bosqich rivojlantirildi, bunda xalqaro standartlarga mos ravishda saylov kodekslari va qonunchilik bazasi shakllantirildi. Ushbu jarayonlarda siyosiy partiyalarning faoliyati kengayib, fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy kafolatlari yaratildi. Saylov jarayonida oshkoralik, adolat va ochiqlik prinsiplari mustahkamlandi, bu esa fuqarolik jamiyatining shakllanishi va demokratik davlat qurilishi uchun muhim shart-sharoitlarni yaratdi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda saylov tizimining shakllanishi mamlakat siyosiy tarixida muhim davrni tashkil etib, demokratik boshqaruvning barqaror mexanizmlarini shakllantirishda, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishda va huquqiy davlat asoslarini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Библиографические ссылки

Karimov, D., & Hamidova, K. (2009, January 17). Мутахассис минбари. Ўзбекистон овози.

Karimov, I. A. (2005). Бизнинг бош мақсадимиз – Жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. Тошкент: Ўзбекистон.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2008). Тошкент: Ўзбекистон.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida Qonun. (1994). Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Ахборотномаси, 5–6, 95-модда.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida Qonun. (1994). Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Ахборотномаси, 1, 6-модда.

O‘zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalar to‘g‘risida Qonun. (1996). Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Ахборотномаси, 5, 36-модда.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida Qonun. (1994). Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Ахборотномаси, 5, 127-модда.

Rustamboyev, M. (2007). Сайлов тизими: демократлаштиришнинг муҳим босқичи. Фуқаролик жамияти, 4(12), 18.

Saidov, A. (2005). Ўзбекистон Республикасининг конституцияси ва сайлов тизими. Тошкент: ТДЮИ.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Бахтиёр Болтабаев,
Наманганский государственный университет

PhD, преподаватель

Как цитировать

Болтабаев, Б. (2025). Этапы формирования избирательных процессов в Республике Узбекистан. Лингвоспектр, 8(1), 107–112. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1013

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.