The contribution of Samarkand state university to the training of specialists in the field of history during the years of Uzbekistan’s independence

Authors

  • Karshi State University
Вклад Самаркандского государственного университета в подготовку специалистов в области истории в годы независимости Узбекистана

Abstract

This article analyzes the process of training historians at Samarkand State University during the years of independence and the transformations that have taken place in this field. It discusses the renewal of historical education at the university after independence, the introduction of new curricula, scientific methodologies, and pedagogical approaches. Particular attention is given to modern methods of historical research, archival studies, and the importance of international academic cooperation. The article emphasizes that the Faculty of History at Samarkand State University has focused on equipping students with practical skills in conducting research and working with historical sources. The study also explores the achievements in the training of historians as well as the prospects for future development.

Keywords:

Samarkand State University training historians historiography scientific research pedagogical methodologies national history international cooperation historical sources archival work curricula Faculty of History educational reforms

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng ta’lim tizimida, xususan, tarix sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash jarayonida tub islohotlar amalga oshirildi. Milliy ta’lim paradigmasining yangilanishi, tarixiy bilimlarni shakllantirishda zamonaviy metodologik yondashuvlarning joriy qilinishi hamda xalqaro akademik hamkorlikning kengayishi bu jarayonning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘ldi.

Samarqand davlat universiteti mazkur o‘zgarishlarning markazida turib, tarix sohasi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda yetakchi ilmiy-ma’rifiy markazlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Universitetning tarix fakultetida o‘quv dasturlarining modernizatsiyasi, tarixiy manbalarni tanqidiy tahlil qilish, arxivshunoslik va tarixshunoslik metodlarini chuqur o‘rganish, shuningdek, interdisiplinar yondashuvlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali talabalarning ilmiy va amaliy salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, mustaqillik yillarida Samarqand davlat universitetida tarixiy tadqiqotlarning metodologik asoslari, milliy tarix konsepsiyalarining shakllanishi, xalqaro ilmiy hamkorlikning rivojlanishi hamda tarixchi kadrlar tayyorlashdagi samaradorlik davlat ta’lim siyosati va milliy taraqqiyot strategiyasi bilan uyg‘un holda shakllandi.

Demak, mustaqillik davrida Samarqand davlat universitetining tarix sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash jarayoniga qo‘shgan hissasini o‘rganish nafaqat oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni, balki O‘zbekiston tarixshunosligining taraqqiyot dinamikasini ham ochib beradi.

Samarqand davlat universiteti O‘zbekistonning eng qadimiy va yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida, mustaqillik yillarida o‘z ta’lim tizimini rivojlantirishda, ayniqsa tarixchilarni tayyorlash jarayonida katta yutuqlarga erishdi. Mustaqillikdan so‘ng, O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosini chuqur o‘rganish, xalqning tarixiy o‘zligini saqlash va rivojlantirish maqsadida, Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti milliy tarixni o‘rganish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish bo‘yicha katta tashabbuslarni amalga oshirdi(Tursunov, 2024).

Tadqiqot metodologiyasi

Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida bugungi kunda tarix, arxeologiya, tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, tarix, arxeologiya, etnogenez mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura, O‘zbekiston tarixi, Arxeologiya, Jahon tarixi, Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari tayanch doktorantura (PhD) ixtisosliklari bo‘yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda jami 57 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda(Istiqlol va SamDU).

Tarix fakultetida Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12. 2019. Tar.02.10 raqamli Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatadi. Fakultetning 9 nafar olimi ushbu Kengash a’zosidir.

Fakultetda 5120300 – “Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha)”, 5120400 – “Arxeologiya”, 5110600 – “Tarix o‘qitish metodikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, 5A120401 – Arxeologiya, 5A 120301 – O‘zbekiston tarixi, 5A 120302 – Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha), 5A120304 – Tarixshunoslik, manbashunoslik tarixi tadqiqotlar metodlari, 5A120402 –  Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar hamda 4 ta ixtisoslik bo‘yicha 07.00.01 –  O‘zbekiston tarixi, 07.00.05 –  Arxeologiya, 07.00.03 –  Jahon tarixi, 07.00.08 –  Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari tayanch doktorantura (PhD) ixtisosliklari bo‘yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda(Samarqand davlat universiteti joriy arxivi ma’lumotlari).

Tarix fakultetida O‘zbekiston tarixi, Arxeologiya, Jahon tarixi, Tarixshunoslik va Manbashunoslik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 8 ta fan doktori, professor, 18 ta fan nomzodi, dotsent, 42 ta katta o‘qituvchi va assistentlardan iborat bo‘lgan tajribali professor o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 1173 nafar bakalavr, magistr tahsil olishmoqda. 2020-2021-o‘quv yilida 196 ta bakalavr o‘qishni tugatib, ulardan 130 nafari xalq ta’limida, 14 nafari KHK da, 6 nafari litseyda, 8 nafari fermer xo‘jaligida, 14 nafari xizmat ko‘rsatish sohasida, 8 nafari ishlab chiqarish yo‘nalishida, 6 nafari mahalla fuqoralar yig‘inida, 4 nafari ijro boshqaruv tashkilotlarida, 6 nafari Viloyat IIB da ishlamoqda, 5 nafari magistratura ta’limida tahsil olmaqda, 3 nafari onalik ta’tilida hisoblanadi(Samarqand davlat universiteti joriy arxivi ma’lumotlari).

Tahlil va natijalar

Fakultetda oxirgi 10 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va 10 nafar talaba Alisher Navoiy, Amir Temur va Yahyo G‘ulomov davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan va ulardan 3 nafari hozirgi kunda fakultetda faoliyat olib bormoqda(Istiqlol va SamDU).

Professor M.Abramov (1994) – “Do‘stlik” va “Shuhrat” davlat ordeni, professor M.Jo‘raqulov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» , «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» unvonlari, PhD Hamroqulova Shohista “Shuhrat” medali sohibi hisoblanadi(Samarqand davlat universiteti joriy arxivi ma’lumotlari).

Fakultetda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham salmoqli. Jumladan, hozirgi kunda imzolangan shartnomalar doirasida Moskva, Sankt-Peterburg, Tomsk, Samara (Rossiya Federasiyasi), Insubriya, Bolonya (Italiya), Bamberg, Olmon arxeologiya instituti (Germaniya), Leyden (Gollandiya), Nagoya (Yaponiya) va boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik qilib kelishmoqda: o‘tgan davr mobaynida almashinuv dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi va malaka kurslarida o‘qish, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha tahsilni davom ettirishmoqda: Xitoy Xalq respublikasidan            7 nafar talaba, Janubiy Koreya davlatidan                    1 nafar talaba tahsil olishayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreyalik magistrant va doktorant arxeologiya, hindistonlik doktorant manbashunoslik va tarixshunoslik             ixtisosligida, Turkmaniston Respublikasidan            2 nafar bakalavr talaba tarix yo‘nalishida              tahsil olishmoqda. Shuningdek, “Arxeologiya” kafedrasi Germaniyaning Yevrosiyo bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘zbek-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasini tashkil etish va Zarafshon vohasida razvedka ishlarini olib borish” bo‘yicha imzolangan shartnoma doirasida Qo‘shrabot tumanining Toz, Jonbuloq, Urganji qishloqlari atroflarida arxeologik qidiruv ishlari olib borildi(Istiqlol va SamDU).

Fakultet professor-o‘qituvchilari Niderlandiya, Ispaniya, Rossiya kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlarida ma’ro‘zalar bilan qatnashib kelishmoqda.

Fakultetda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD. 31.01.2019.Tar.02.10 raqamli 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.

2017-yili fakultetning “Ulug‘bek vorislari” jamoasi tafakkur sinovlari respublika tanlovining mintaqaviy g‘olibi bo‘lishdi.

5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), 5120400 – Arxeologiya, 5110600 – Tarix o‘qitish metodikasi bakalavriat yo'nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlarlanadi.

5A120301 – O‘zbekiston tarixi, 5A120302 – Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha), 5A120304 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo‘yicha), 5A120401 – Arxeologiya, 5A120402 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi(Samarqand davlat universiteti joriy arxivi ma’lumotlari).

Samarqand davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi 1994-2005 yillarda esa «Vatan tarixi» kafedrasi nomi bilan yuritildi. 2005-yildan “Vatan tarixi” kafedrasiga fakultetlararo «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi qo‘shilgach, hozirgi nomini olib faoliyat ko‘rsatmoqda. 2021 yildan t.f.d., dots. G.B. Normurodova boshqarib kelmoqda.

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi universitet va fakultetda  yetakchi ilmiy-pedagogik  jamoalardan hisoblanadi. Hozirgi  paytda kafedrada  4 nafar fan  doktoridan  2 ta professor va 2 ta dotsent, 4 nafar fan nomzodi, dotsent, 4 ta PhD, 1 nafar katta o‘qituvchi,             6 nafar o‘qituvchilar samarali mehnat qilishmoqda.  Professor, tarix fanlari doktorlari  Sh.S. G‘afforov, F.H. Nabiyevlar, tarix fanlari doktorlari, dotsent G.B. Normurodova,                     B.S. G‘oyibovlar,  tarix fanlari nomzodlari, dotsentlar: R.SH Xoliqulov, M.I Nasrullayev,                 K. G‘aniyev, J.B. Vafayeva, PhD lar:                               S.A. Djumanov, F.A. Narmonov, Z.J. Akbayeva, D. Haydarovlar, katta o‘qituvchi: B.E. Raximov, Assistentlar: Mamarasulov D.T, Hasanova Sh.H, Yakubjonov N.Q., Qo‘shbaqov H.A.,                       J.R. Turdialiyev, A. Xoliqulov kabi pedagoglar universitetning barcha fakultetlarida xizmat ko‘rsatishib, ma’ruzalar o‘qib, seminar mashg‘ulotlar o‘tkazib kelishmoqda               (Tursunov, 2024).

Jahon tarixi kafedrasi Samarqand davlat universitetining to‘ng‘ich kafedralaridan biri.                 U 1927 yilda tashkil etilgan Oliy pedagogika instituti tarkibidagi dastlabki 12 kafedraning biri, universitet tengdoshi hisoblanadi. 2018 yildan hozirgacha PhD. Sh.SH. Hamroqulova kafedra mudiri sifatida faoliyat oli bormoqda (Tursunov, 2024).

Xulosa

Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanib, tarixchi mutaxassislar tayyorlashda oldingi o‘rinlarda turadi.

Mustaqillik yillarida Samarqand davlat universiteti tarixchi kadrlar tayyorlashda katta yutuqlarga erishdi. Universitetda joriy etilgan yangi ilmiy metodologiyalar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va xalqaro aloqalar, talabalar va o‘qituvchilar uchun tarixshunoslikda yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratdi. Tarixni ilmiy asosda o‘rganish va zamonaviy metodologiyalarni qo‘llash, shuningdek, tarixiy tadqiqotlar olib borish, arxiv ishlari bilan shug‘ullanish kabi ko‘nikmalar talabalarga berildi. Samarqand davlat universiteti, kelajakda ham tarixshunoslikni yanada rivojlantirish va xalqaro ilmiy aloqalar orqali tarixchi kadrlarni tayyorlashda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng tarix sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tizimi tubdan yangilandi va bu jarayonda Samarqand davlat universiteti muhim ilmiy-ma’rifiy markaz sifatida alohida o‘rin egalladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, universitetda amalga oshirilgan ta’lim islohotlari o‘quv dasturlarining modernizatsiyasi, yangi pedagogik metodologiyalarni joriy etish va tarixiy manbalar bilan ishlashda tanqidiy yondashuvni shakllantirish orqali ijobiy natijalar berdi.

Ilmiy tadqiqotlarda arxiv materiallari, tarixshunoslik nazariyalari hamda zamonaviy metodologik asoslarning qo‘llanilishi talabalar va yosh olimlarning ilmiy salohiyatini sezilarli darajada oshirdi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikning kengayishi natijasida talabalarning global ilmiy jarayonlarga integratsiyalashuvi ta’minlandi.

Samarqand davlat universitetining tarix sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi faoliyati milliy tarix konsepsiyasini rivojlantirish, tarixiy xotirani mustahkamlash va ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni ilmiy asosda talqin etishda muhim ilmiy-amaliy baza yaratdi. Bu jarayon, bir tomondan, milliy tarixshunoslikning nazariy-metodologik rivojlanishiga, ikkinchi tomondan esa, ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligining yuksalishiga xizmat qildi.

Umuman olganda, mustaqillik yillarida Samarqand davlat universiteti tarix sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga qo‘shgan hissasi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi taraqqiyotining yorqin namunasi bo‘lib, kelajakda tarixshunoslik fanining ilmiy-innovatsion salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

References

Samarkand State University. (2017). Istiqlol va SamDU [Independence and SamSU]. Samarkand: SamDU Publishing.

Samarkand State University. (n.d.). Current archive data. Samarkand State University.

Samarkand State University. (n.d.). Current archive data. Samarkand State University.

Samarkand State University. (2017). Istiqlol va SamDU [Independence and SamSU]. Samarkand: SamDU Publishing.

Samarkand State University. (n.d.). Current archive data. Samarkand State University.

Samarkand State University. (2017). Istiqlol va SamDU [Independence and SamSU]. Samarkand: SamDU Publishing.

Samarkand State University. (n.d.). Current archive data. Samarkand State University.

Tursunov, K. N. (2023). O‘zbekistonda tarixchi mutaxassislarni tayyorlash jarayoni tendensiyalari [Trends in the process of training historians in Uzbekistan]. Ekonomika i sotsium, 4(107), 283–286.

Tursunov, K. (2024). Voha sanoat tarixi bunyodkori, Qashqadaryo tarixchilarining zabardast vakili professor Obod Jo‘raqulovning ilmiy merosi [The founder of the history of oasis industry and a prominent representative of Kashkadarya historians, Professor Obod Jo‘raqulov’s scientific heritage]. UzMU khabarlari, 1(1.3), 4043–4043.

Published

Downloads

Author Biography

Xurshid Tursunov,
Karshi State University

PhD researcher

How to Cite

Tursunov, X. (2025). The contribution of Samarkand state university to the training of specialists in the field of history during the years of Uzbekistan’s independence. The Lingua Spectrum, 8(1), 113–118. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1014

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.