Выражение концепта в немецком и узбекском языках

Авторы

  • Бухарский государственный университет
Выражение концепта в немецком и узбекском языках

Аннотация

Статья посвящена комплексному исследованию понятия «концепт» как одной из центральных категорий современной лингвистики, психолингвистики и когнитивных наук. В работе рассматриваются семантические, прагматические и культурные особенности концептов, а также их роль в формировании языковой картины мира и когнитивных процессов. Особое внимание уделяется значимости теории концептуальных метафор (Лакофф и Джонсон, 1980), фреймовой семантики (Филлмор, 1982), а также лингвокультурного подхода, который позволяет раскрыть взаимосвязь языка и культуры при описании ментальных структур. В статье проводится сопоставительный анализ немецкого и узбекского языков, в ходе которого выявляются различия в интерпретации ключевых концептов, таких как Heimat (родина), Freiheit (свобода) и Arbeit (труд). Показано, что указанные концепты отражают не только универсальные когнитивные механизмы, но и специфические исторические, социальные и культурные ценности народов. Кроме того, результаты исследования подчёркивают междисциплинарный характер концептуальных исследований, связывая лингвистические теории с философией, антропологией и социологией, тем самым демонстрируя важнейшую роль концептов в объединении языка, мышления и культуры.

Ключевые слова:

Концепт лингвистика когнитивная лингвистика психолингвистика концептуальная метафора фреймовая семантика

Kirish

Tilshunoslikning ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli mental tuzilmasi hisoblangan               konsept lingvistika psixolingvistika va kognitiv fanlarda asosiy tushunchalardan biri bo‘lib, u inson tafakkuri va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega. Kognitiv lingvistika asoschilaridan biri             N.D. Arutyunova konseptni til vositasida shakllangan va ongda aks etgan tushunchaviy birlik sifatida ta’riflaydi (Арутюнова, 1999). Shuningdek, konsept individual va kollektiv ong mahsuli sifatida milliy madaniyat bilan bog‘liq bo‘ladi.

Konsept lingvistik birlik sifatida an’anaviy ma’no tushunchasidan farq qiladi va kengroq semantik maydonga ega. U faqat lug‘aviy yoki frazeologik birlik bo‘libgina qolmay, balki metaforalar, ramzlar va boshqa lingvistik vositalar orqali ham shakllanadi. G. Lakoff va           M. Jonson o‘zlarining (Lakoff & Johnson, 1980) asarida konseptual metaforalarning ahamiyatini ta’kidlab, ularning inson tafakkurini shakllantirishdagi rolini asoslab bergan.

O‘zbek tilshunosligida konseptlar lingvokulturologiya, etnolingvistika va semasiologiya nuqtai nazaridan o‘rganilmoqda. Jumladan, Sh. Safarov o‘zining tadqiqotlarida konseptning semantik, pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini atroflicha tahlil qiladi.( Safarov, 2006). Olima                          M.M. Jo‘rayeva kognitiv tilshunoslik yo‘nalishida “konsept” va “freym” masalasi, “ertak konsepti” hamda “ertak freymi” ning mohiyatini o‘rgangan (Жўраева, 2017). Tilshunos O‘.Q. Yusupov konseptni ongdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va             unga bo‘lgan ijobiy, salbiy yoki neytral munosabat, ya’ni baholashni tadqiq etgan (Fillmore,1982).

  1. Ashurovaning konsept xalqaro xarakterga ham ega bo‘lib, har bir tilda o‘ziga xos birliklar orqali verballashish xususiyatlarini tahlil qilgan. Olima D.S. Xudoyberganovaning fikricha, konsept ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli mental tuzilma sifatida izohlanadi. S. Muhamedova esa konseptni ontologik, pragmatik, aprior, lingvokreativ, konsept-universaliya va konsept-unikaliya kabi oltita turga ajratib o‘rganadi. Nemis tilshunosligida konsept tadqiqi uzoq yillik tarixga ega bo‘lib, ayniqsa kognitiv lingvistika rivoji bilan bog‘liq. Nemis tilida “Heimat”(vatan) tushunchasi juda keng ta’riflanadi va faqat tug‘ilib o‘sgan joy emas, balki shaxsiy, hissiy, madaniy bog‘liqlik his qilinadigan joy sifatida ham talqin qilingan. Heimat geografik tushuncha emas, balki insonga ichki tinchlik beradigan joy deb ham qaralgan. Nemis madaniyatida “Heimat” so‘zi bilan aloqador hissiyotlar nostalgiya, xavfsizlik, osoyishtalik va shaxsiy identifikatsiya bilan ham uyg‘un bo‘lgan. Bu tushuncha ayniqsa migratsiya va globalizatsiya davrida muhim bo‘lib, nemis madaniyatida vatanga intilish kuchli ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi.
  2. Fillmore tomonidan ishlab chiqilgan “Frame Semantics” nazariyasi konseptlarning semantik va sintaktik xususiyatlarini tushunishga asos bo‘ldi. Nemis tilida “Freiheit” (Erkinlik), “Arbeit” (Mehnat) kabi konseptlar jamiyatning ijtimoiy qadriyatlari bilan bog‘liq ravishda tafsirlanadi.

Metodologiya va muammoni o‘rganish

Konsept faqat tilshunoslik bilan cheklanmay, balki falsafa, psixologiya va madaniyatshunoslik fanlari bilan ham uzviy bog‘liq. Shu sababli, konseptlarni o‘rganish nafaqat lingvistik birliklarni tahlil qilish, balki inson tafakkuri va madaniyati haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lish imkonini beradi.

Nemis va o‘zbek tillarida konseptlarning o‘rganilishi turli metodologik yondashuvlarga asoslangan. Nemis tilshunosligida kognitiv lingvistika asoslari keng qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik va etnolingvistik tahlillar ko‘proq qo‘llaniladi. Masalan, H. Duden o‘zining “Das Konzept der Sprache” (Duden, 2006.) asarida konseptlarning semantik va sintaktik tuzilishini tahlil qilgan. Nemis tilida konseptlarning o‘rganilishiga kelsak, bu borada I. Apresyan va L. Weisgerber singari olimlarning ishlari katta ahamiyatga ega (Weisgerber, 1962). Masalan, Weisgerber nemis tilidagi konseptlarning milliy tafakkurdagi o‘rnini o‘rganib, ularni ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘laydi.

Nemis va o‘zbek tillarida konseptlarning lingvistik va madaniy talqini ko‘p jihatdan farqlanadi. Masalan, “Erkinlik” (Freiheit) konsepti nemis tilida asosan shaxsiy huquqlar va qonuniy me’yorlar asosida tushunilsa,       o‘zbek tilida bu konsept ko‘proq ijtimoiy birdamlik va mustaqillik tushunchalari bilan bog‘liq.

Konsept tushunchasi zamonaviy lingvistika, falsafa va madaniyatshunoslikning muhim tadqiqot obyekti hisoblanadi. U til vositasida ifodalanadigan, lekin bevosita tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan ma’no tizimidir. Kognitiv lingvistika doirasida konseptni inson ongida shakllanadigan mental birlik sifatida tushunish keng tarqalgan (Lakoff & Johnson, 1980). Bu yondashuvga ko‘ra, konseptlar inson tajribasi, madaniyati va dunyoqarashi bilan uzviy mosdir.

Konseptning nazariy asoslari N. Chomsky, Yu.S. Stepanov, A. Vezhbitskaya kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ular til va tafakkur o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlab, konseptlarni semantik makon doirasida o‘rganishgan.                    A. Vezhbitskaya konseptlarni universal va milliy xususiyatlarga ega bo‘lgan tarkibiy birliklar sifatida talqin qiladi.

Shuningdek, Yu.S. Stepanov konseptlarni uch qismga ajratadi: asosiy ma’no, qo‘shimcha semantik qatlamlar va madaniy konnotatsiyalar. Bu yondashuv konseptlarni faqat til birliklari emas, balki madaniy kontekst bilan bog‘liq semantik tuzilmalar sifatida tushunish imkonini beradi.

Tilshunoslar, jumladan, Sh. Safarov va              U. Nurmonov, konseptni lingvistik birlik              sifatida o‘rganib, uning madaniyat va tarix        bilan aloqasini ko‘rsatib berganlar.                   O‘zbek tilshunosligida konseptlarning milliy xususiyatlari keng tadqiq etilmoqda.

Konsept lug‘aviy jihatdan lotincha “conceptus” so‘zidan olingan bo‘lib, “g‘oya”, “tushuncha”, “ma’no” kabi mazmunlarni anglatadi. Ingliz tilida “concept”, nemis tilida esa “Begriff” termini bilan ifodalanadi. Biroq, lingvistika va kognitiv fanlarda konsept oddiy lug‘aviy tushuncha emas, balki kengroq semantik va mantiqiy tarkibga ega bo‘lgan mental birlik sifatida qaraladi.

Termin sifatida konsept kognitiv lingvistika, semantika va psixolingvistikaning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi.                    G. Lakoff va M. Johnson konseptlarni             metaforik tafakkur orqali tushuntirib, ular       orqali insonlar dunyoni qanday idrok qilishini tahlil qilgan. Ularning fikricha, konseptlar metaforik jihatdan shakllanib, madaniy va lingvistik o‘ziga xosliklarga bog‘liq holda rivojlanadi.

O‘zbek tilshunosligida konseptga berilgan ta’riflar turlicha. Sh. Safarov konseptni tilning kognitiv modelida asosiy birlik              sifatida belgilaydi. Uning fikricha, konsept tafakkurdagi lingvistik model sifatida tahlil qilinishi lozim.

Termin sifatida konsept tilshunoslik, falsafa va madaniyatshunoslikda har xil yondashuvlarga ega. Tilshunoslikda u mental birlik bo‘lsa, falsafada konseptni dunyoni anglash usuli sifatida tushunish mumkin.

Psixolingvistika nuqtai nazaridan, konseptlar ong osti va ong usti jarayonlarida shakllanadi. Bu jarayon tafakkurdagi dinamik jarayonlar orqali amalga oshadi. Bunday yondashuv konseptlarning avloddan-avlodga o‘tish mexanizmlarini tushuntirishga yordam beradi.

Konseptlar nafaqat lingvistik hodisa,           balki madaniy va kognitiv birlik hamdir.                           Yu.S. Stepanov konseptlarni madaniy kod sifatida ko‘rib, ularning jamiyat tafakkuriga ta’sirini o‘rgangan.

Xulosa va diskurs

Tilshunoslikning ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli mental tuzilmasi hisoblangan            konsept lingvistika, psixolingvistika va kognitiv fanlarda asosiy tushunchalardan biri bo‘lib,                 u inson tafakkuri va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, konsept lingvistik birlik sifatida an’anaviy “ma’no” tushunchasidan farq qiladi va kengroq semantik maydonga ega.                          U faqatgina lug‘aviy yoki frazeologik birlik bo‘libgina qolmay, balki metaforalar, ramzlar va boshqa lingvistik vositalar orqali ham shakllanishi aniqlangan.

 O‘zbek tilshunosligida konseptlar lingvokulturologiya, etnolingvistika va semasiologiya nuqtai nazaridan o‘rganilmoqda. Konseptning semantik, pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini atroflicha tahlil qilish, bundan tashqari konseptni         ongdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi            obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy yoki neytral munosabat (ya’ni baholash) bilan birga tadqiq etish, shuningdek, konseptni ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli mental tuzilma sifatida asoslash, uni ontologik, pragmatik, aprior, lingvokreativ, konsept-universaliyalar, konsept-unikaliyalar kabi tiplarga ajratib o‘rganish tilshunoslik ilmini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Arutyunova, N. D. (1999). Yazyk i mir cheloveka (pp. 44–60). Moskva: Yazyki russkoy kul’tury.

Bozorova, R. (2023). Gidroopoetonimlarning onomastik birliklar tizimidagi o‘rni. Farg‘ona davlat universiteti, (4), 126–126.

Duden, H. (2006). Das Konzept der Sprache (pp. 102–127). Berlin: Springer.

Fillmore, C. (1982). Frame semantics. Linguistics Society of America, 111–137.

Hayotova, D. (2020). National-cultural linguoculturological features of the concept of Heimat (homeland) in German and Uzbek languages. Tsentr nauchnykh publikatsiy (buxdu.uz), 1(1).

Hayotova, D. (2022). Nemis va o‘zbek tillarida “Vatan” konseptining lingvokulturologik talqini va tadqiqi. Tsentr nauchnykh publikatsiy (buxdu.uz), 9(9).

Johnson, M., & Lakoff, G. (1980). Metaphors we live by (pp. 3–34). Chicago: University of Chicago Press.

Safarov, Sh. (2006). Kognitiv tilshunoslik (p. 91). Jizzax: Sangzor.

Weisgerber, L. (1962). Muttersprache und Weltbild (pp. 45–89). Düsseldorf: Schwann.

Jo‘rayeva, M. M. (2017). Frantsuz va o‘zbek ertaklarida modallik kategoriyasining lingvokognitiv, milliy-madaniy xususiyatlari [Doctoral dissertation]. Toshkent.

Zoyirovna, H. D. (2022). Linguculturological interpretation and study of the concept Vatan (homeland) in German and Uzbek languages. Indonesian Journal of Innovation Studies, 18.

Zoyirovna, H. D. (2022). Studies on the concept of “Motherland” (“Heimat”) in cognitive linguistics. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(11), 155–158.

Zoyirovna, H. (2024). Illumination of the concept of homeland in I. Troyanov’s work. The collector of worlds (Using the example of the life of Richard Burton, the hero of the work). Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 5(6), 213–217.

Zoyirovna, H. D. (2024). The concept of “Fatherland” is analyzed in the novel Makon istab by Jenny Erpenbeck. International Multidisciplinary Journal for Research & Development, 11(4).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Дилафруз Хаётова,
Бухарский государственный университет

Старший преподаватель Кафедры германской филологии

Как цитировать

Хаётова, Д. (2025). Выражение концепта в немецком и узбекском языках. Лингвоспектр, 9(1), 83–87. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1027

Похожие статьи

<< < 24 25 26 27 28 29 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.