Особенности перевода реалий с арабского языка на узбекский

Аннотация
Реалии арабского языка представляют собой понятия, связанные с определённой культурой, которые не имеют точного эквивалента в других языках. Они могут быть историческими, религиозными, социальными или географическими. В статье рассматриваются типы арабских реалий (материальные, социальные, религиозные, топонимические и др.) и трудности, возникающие при их переводе на узбекский язык. Подробно анализируются такие переводческие трансформации, как транслитерация, описательный перевод, подбор эквивалента и использование пояснительного перевода. Отмечается важность сохранения культурной адекватности, учета контекста и уровня культурной осведомленности читателя. Статья содержит практический анализ художественных и публицистических текстов, что делает её ценной как с теоретической, так и с практической точки зрения.
Ключевые слова:
Реалии перевод арабский язык узбекский язык лингвокультурология культурная адекватность переводческая стратегия эквивалент описательный перевод транслитерацияKirish
Dunyoda bugungi kunda taxminan 7000 ga yaqin til mavjuddir. Har bir til esa o‘sha til egalarining madaniyati, ijtimoiy holati, qarashlari, tarixi va geologik joylashuviga ko‘ra o‘ziga xosdir, yanadan chuqurlashadigan bo‘lsak ba’zi bir tomonlardan olib qaraganda takrorlanmas nuqtalari borligiga ko‘zimiz tushadi. Yuqorida qayd etganimizdek realiyalari ana o‘sha nuqtalardan biri hisoblanib, ilm ahli tomonidan o‘rganish va izlanishlarni talab qilayotgan mavzulardan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 2010-yildan boshlab O‘zbekistonda tilshunoslik va tarjimashunoslik sohasidagi tadqiqotlar sezilarli rivojlanib, bu boradagi muammolar yanada chuqurroq o‘rganila boshlandi. (Abdullayev, 2012)
Tarjima sohasi jihatidan yondashadigan bo‘lsak, bu soha ichida ko‘p hollarda tarjima qilinishi yoki o‘rganishi kerak bo‘lgan so‘zlar yoki iboralar uchrab turadi. Ularning orasida xalqaro terminda “Realiya”lar deb nom olgan ifodalar ham uchrab turadi. Realiya ta’kidlaganimizdek ma’lum bir xalq yoki elatga mansub bo‘lgan, narsa-hodisalarni tasvirlab beradigan, milliy o‘ziga xoslikni o‘zida namoyon etadigan asosiy lisoniy birlik va vositalar hisoblanadi. Umumiy nuqtayi nazardan olib qaraganda, realiyalar milliy kolorit bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, aksariyat hollarda tarjima qilinmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinishini kuzatishimiz mumkin.
Quyidagi maqola realiyalar va ularning tarjimadagi ifoda usullariga bag‘ishlanadi
Realiyalarni tarjima qilishda quyidagi uch usuldan keng foydalaniladi:
Bir tildagi yozuv harflarini boshqa bir tildagi yozuv harflari yoki belgilari bilan almashtirib qo‘llanilishi yoki ko‘rsatilishidir. Bu usuldan asrlar mobaynida foydalanilgan. XIX-XX asrlarda tilshunoslikning rivojlanishi natijasida alohida usul sifatida ko‘rila boshlagan. 1850-yilda George Sale tomonidan ingliz tilidagi Quron tarjimasi chop etilganida, arab harflarini lotin harflariga o‘tkazish uchun turli belgilar ishlatilgan. Bu usulda turli xil so‘zlar yoki atamalar, atoqli otlar va joy nomalri qo‘llaniladi. Transliteratsiyaning qo‘llanilishi odatda uning muqobil variant yo‘qligi bilan baholandi. Tarjimon uchun tarjima qilish jaroyonida mos ekivalent topa olmagan holatda bu usulda foydalanish imkoni mavjuddir.
Quyidagi Najib Mahfuzning “Zabavali” hikoyasidagi parchadan realiyaning berish usuli ham shu jumlasidandir.
“اقتنعتُ أخيرًا بأنَّ عليَّ أن أجدَ الشيخ زعبلاوي،
وكنتُ قد سمعتُ باسمه لأول مرة في أغنية”
“Zaabalawi Finally, I became persuaded that I have to find sheikh. I had first heard his name in a song”.
“Oxiri shunga ishondimki, men shayx Zabalavini topishim kerak.
Uning ismini birinchi marta qo‘shiqda eshitgan edim” .
Yuqoridagi parchada keltirilgan “شيخ” so‘zi ingliz tilida ham, o‘zbek tilida ham muqobil variantda emas , balki o‘z holini saqlagan holatda faqatgina shakl va belgilarini yozuv ko‘rinishida o‘zgartirdi. Bugungi kunda ham o‘zbek tilida “shayx” shaklini saqlab, o‘zgarishsiz iste’molda qo‘llaniladi.
Boshqa bir hikoyada esa:
"قالت لي أمي :
آن لك أن تكون نافعا .
و دست يدها في جيبها وهي تقول :
”خذ هذا القرش واذهب لتشترى الفول، لا تلعب في الطريق وابتعد عن العربات “
O‘zbek tiliga esa tarjimon tomonidan quyidagi ko‘rinishda tarjima qilingan:
“ Onam menga dedi:
-Endi foydang tegadigan vaqt bo‘ldi. Mana bu bir qirshni olginda, borib ful olib kelgin. Ko‘chada o‘ynab qolib ketmagin. Avtomobillardan nariroqda yurgin”.
Yuqoridagi misolda ham transliteratsiya usulidan foydalanilgan. Bunda arab tilidagi “القرش” va “الف” so‘zlari o‘zbek tilida mos kelgan varianti bo‘lmagani uchun o‘zbek tiliga tarjima qilishda ham o‘z holini saqlagan. Shunga qaramasdan tarjimon tomonidan asar tagida ilova qilinib uning asl ma’nosini quyidagi ko‘rinishda ifoda qilingan:
Qirsh-Misr va boshqa bir qator arab mamlakatlarida mayda pul birligi. Voqea sodir bo‘lgan paytlarda bir qirsh katta pul sanalgan (tarj).
Ful – dukkakli ekin mevasidan (nisbatan loviyaga yaqin turadi) tayyorlanib, misrliklar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan taom (tarj) (Fenenko, 2013).
Transliteratsiya usulidan foydalanilayotgan vaqtda realiyalarni ifoda etish uchun ularni izohli ko‘rinishlaridan keng foylaniladi. Bu o‘quvchi uchun asarning asl mazmuni va mohiyati, urf-odatlari, madaniyati, hayot tarzini saqlagan holda ham tushunarli, hamda qiziqarli bo‘lishi uchun xizmat ko‘rsatadi.
Boshqa bir parchaga yuzlanadigan bo‘lsak:
فسألتها بضيق:
- إلى أين؟
- إلى أم على الداية .
“Xafa bo‘lib so‘radim:
- Qayerga?
- Doya Umm Alining oldiga”.
Bu o‘rinda arab olamidagi madaniyatni yaqinda tanish va bilib olish imkoniyati yuzaga keladi. “Umm Ali” arablarda ayol kishiga birinchi farzandining ismini oldiga “ona” ya’ni “umm” so‘zi qo‘shib aytiladi. Bu boshqa tillarga tarjima qilish jaroyonida o‘z ko‘rinishini saqlagan holatda tarjima qilinadi.
Transliteratsiyaning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak ,eng avvalo, bu usul orqali tilning lug‘at boyligi yangi so‘zlar, tushunchalar va atamalar bilan birgalikda boyiydi. Transliteratsiya usuli orqali kirib kelgan so‘zlar o‘sha tilga singib ketib saqlanib qolish ehtimoli yuksakdir. Bu usuldan foydalanish uchun ham belgilan me’yordan foydalinish talab etiladi.
Anologiya. Bu ikki va undan ortiq obyekt, hodisa va tushunchalar orasidagi o‘xshashlik yoki mos kelishini aniqlash natijasida muqobil tushuncha bilan berish. Anologiya usuli “Yaqin tarjima’’deb ham yuritiladi, lekin bu termin nomining o‘zidayoq asl nusxadagi milliy xos so‘zlarning barcha vazifalarini, ma’no qirralarini to‘liq aks etmaydi.
Quyidagi misolga to‘xtaladigan bo‘lsak:
“تناولت الطبق ولبست قبقابي وذهبت وأنا أترنم بأغنية. وجدت زحاما أمام بياع الفول فانتظرت حتى عثرت على منفذ إلى الطاولة الرخامية وهتفت بصوتي الرفيع”.
“Tovoqni oldim. Taxta kavushimni kiyib, qo‘shiq hirgoyi qilgan holda, yo‘lga chiqdim. Sotuvchining oldida odam ko‘p ekan. Marmar peshtaxta yonida bo‘sh joy ochilguniga qadar kutib turdim-da, muloyimlik bilan murojaat qildim”.
Parchada keltirilgan “قبقابي” so‘zi tarjimon tarafidan “taxta kovush’’ holatida tarjima qilingani analogiya usuliga, ya’ni muqobil proporsiyasini qo‘llanilishiga misol bo‘la oladi.
Yangi so‘z va so‘z birikmasi yaratish, ba’zi tarjimonlar miliy xos so‘zlar va iboralarni nomi va tushunchalarini shunday tarjima qilib oladilarki, bu vaziyat ko‘pincha o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun ham, har narsaning o‘z me’yori bo‘lgani maqul (Abdullayev, 2017). Analogiya qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lib, Platon tomonidan falsafaga kiritilgan va Aristotel tomonidan rivojlantirilgan. Keyinchalik bu tushuncha turli sohalarda keng qo‘llanila boshlandi. Tilshunoslikda ham muqobil variant atamasi o‘rnida ishlatiladi.
Arab tilidagi realiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Arab dunyosining boy madaniy merosi, uning diniy an’analari, ijtimoiy tuzumi va hayot tarzi arab tilidagi adabiy asarlarda turli realiyalar ko‘rinishida aks etadi. Bu realiyalar arab madaniyatining ming yillik tarixini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ularni boshqa tilga, jumladan o‘zbek tiliga tarjima qilish tarjimondan chuqur madaniy bilim va professional mahorat talab etadi.
Tarjima jarayonidagi asosiy muammolar
1. Madaniy ekvivalentsizlik muammosi
Arab realiyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda eng katta muammo – bu realiyalarning o‘zbek madaniyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalentining yo‘qligi. Masalan, arab adabiyotida tez-tez uchraydigan “wadi” (cho‘l daryosi) tushunchasi O‘zbekiston geografiyasida mavjud emas. Bunday hollarda tarjimon izohli tarjima, ta’rif berish yoki yaqin ma’noli o‘zbek so‘zlari bilan almashtirish kabi usullardan foydalanishga majbur bo‘ladi.
2. Diniy realiyalar tarjimasi muammosi
Arab tilida islomiy terminlar boy va aniq tarzda ifodalangan bo‘lsa-da, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishda ko‘pincha ma’no yo‘qolishi yoki buzilishi kuzatiladi. 2015-yildan keyin o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, diniy matnlar tarjimasida realiyalarni saqlab qolish uchun ko‘pincha transliteratsiya usulidan foydalaniladi, ammo bu usul oddiy o‘quvchi uchun matnni tushunish qiyinligini oshiradi (Kabakchi, 2011).
3. Kontekstual ma’no berish muammosi
Arab realiyalari ko‘pincha ma’lum kontekstda ma’lum ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, “bayt” so‘zi kontekstga qarab “uy”, “she’r bayt”, “Kaaba” ma’nolarini berishi mumkin. Tarjimon kontekstni to‘g‘ri tushunib, realiyani mos tarjima qilish zarur. 2018-yildagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kontekstni noto‘g‘ri tushunish realiyalar tarjimasida 40% dan ortiq xatoliklarga olib keladi (Kamilova, 2015).
Zamonaviy texnologiyalar va tarjima muammolari
2020-yillardan boshlab sun’iy intellekt asosidagi tarjima dasturlari keng qo‘llanila boshlandi. Google Translate, DeepL va boshqa online tarjima tizimlari arab-o‘zbek yo‘nalishida ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Biroq, bu tizimlar realiyalarni tarjima qilishda jiddiy kamchiliklarga ega. 2022-yilgi tahlillar ko‘rsatishicha, avtomatik tarjima tizimlari arab realiyalarini faqat 60-65% aniqlik bilan tarjima qila oladi (Kamilova, & Isoqov, 2023).
Zamonaviy tarjima ilovalaridan, masalan, “O‘zbek-Arab Tarjimon ”mobil ilovasi kabi dasturlar ham realiyalar bilan ishlashda cheklangan imkoniyatlarga ega. Bu dasturlar oddiy so‘z va iboralarni tarjima qilishda samarali bo‘lsa-da, madaniy realiyalarning chuqur ma’nosini uzatishda qiynaladi.
Realiyalar tarjimasi strategiyalari
1. Saqlab qolish strategiyasi (Konservatsiya)
Bu strategiya bo‘yicha realiya asl ko‘rinishida saqlanib, zarur bo‘lganda izoh bilan beriladi. Masalan: “Hajj” realiyasi o‘zbek tiliga hajj (Makkaga ziyorat) tarzida beriladi.
2. Almashtirish strategiyasi
Arab realiyasi o‘zbek madaniyatidagi yaqin tushuncha bilan almashtiriladi. Masalan, “majlis” so‘zi “yig‘ilish” yoki “kengash” bilan almashtirilishi mumkin.
3. Moslash strategiyasi
Realiya o‘zbek madaniyatiga moslashtirib beriladi. Bu usul ayniqsa badiiy adabiyot tarjimasida qo‘llaniladi.
Arab tilidan o‘zbek tiliga realiyalarni tarjima qilishdagi ifoda usullari
Adabiy tarjima jarayonida eng murakkab masalalardan biri asl matnning milliy-madaniy xususiyatlarini, ya’ni realiyalarni maqsadli tilda to‘g‘ri va ta’sirli etkazishdir. Arab adabiyotining boy an’analari va o‘zbek tilining o‘ziga xos imkoniyatlari o‘rtasida ko‘prik o‘rnatish tarjimondan chuqur bilim va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Realiyalar – bu ma’lum bir xalqning hayot tarzini, madaniyatini, an’analarini, geografik muhitini aks ettiruvchi tilning leksik birliklari bo‘lib, ular tarjima jarayonida alohida e’tibor talab qiladigan unsurlardir.
Arab tilining semantik boyligi, uning diniy va falsafiy terminologiyasi, madaniy kodlari o‘zbek tiliga o‘tkazilayotganda nafaqat lug‘aviy, balki madaniy tarjima muammolarini ham keltirib chiqaradi. Bu jarayonda tarjimon ikki xil vazifani bajarishi kerak: birinchidan, asl matnning ma’nosini aniq yetkazish, ikkinchidan esa o‘quvchiga tushunarli va qabul qilinadigan shaklda taqdim etish.
Realiyalarning turlari va ularning tarjimadagi o‘rni
Arab adabiyotidagi realiyalar bir necha guruhga bo‘linadi: geografik realiyalar (صحراء - sahroi, واحة - vohа), etnografik realiyalar (عباءة - аboya, كفية - kufiya), ijtimoiy-siyosiy realiyalar (خليفة - xаlifa, وزير - vazir), diniy realiyalar (صلاة - namoz, زكاة - zakot) va tarixiy realiyalar (جاهلية - johillik davri).
O‘zbek tilida bu realiyalarni ifodalashda turli usullar qo‘llaniladi. Masalan, Najib Mahfuzning “Bayn al-qasrayn” asaridan olingan quyidagi parcha:
“خرج من البيت في الفجر متوجهاً إلى المسجد لأداء صلاة الفجر”
Bu jumlani o‘zbek tiliga tarjima qilishda “صلاة الفجر” (bomdod namozi) realiyasi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalent mavjud, chunki islom madaniyati o‘zbek xalqiga ham xosdir. Ammo boshqa hollarda vaziyat murakkablashadi.
Realiyalarni tarjima qilishning asosiy usullari
1. Transkripsiya va transliteratsiya usuli
Bu usul asosan o‘zbek tilida ekvivalenti mavjud bo‘lmagan realiyalar uchun qo‘llaniladi. Arab hikoyalarida tez-tez uchraydigan “مقهى” (maqhо – qahvaxona) so‘zi o‘zbek tiliga “maqha” shaklida o‘tkazilishi mumkin, lekin ko‘proq “qahvaxona” ekvivalenti ishlatiladi.
Yusuf Idrisning “Аl-haram” hikoyasidan misol: “جلس في المقهى الشعبي يحتسي الشاي ”
Tarjima: “U xalq qahvaxonasida o‘tirib choy ichardi ” – bu yerda “مقهى الشعبي” realiyasi “xalq qahvaxonasi ” shaklida berilgan.
2. Izohli tarjima usuli
Arab adabiyotida keng tarqalgan diniy va madaniy atamalar uchun izohli tarjima muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, “الكعبة” (Ka’ba) so‘zini tarjima qilishda shunchaki “Ka’ba” deb berish yetarli bo‘lmaydi, balki “Ka’ba – musulmonlarning qibla yo‘nalishi bo‘lgan mukaddas bino” kabi izoh berish zarur (Mahmudov, 2018).
Taha Husaynning “Al-ayyam” asaridan: “اتجه نحو القبلة وبدأ يصلي”
Tarjima: “U qibla – Ka’ba tomon yo‘nalishga qarab namozga turdi” – bu yerda qibla tushunchasi izoh bilan berilgan.
3. Funksional ekvivalent usuli
Ba’zi realiyalar uchun o‘zbek tilida funksional jihatdan yaqin tushunchalar mavjud. Arab hikoyalarida “عقال” (iqol – arablarning bosh kiyimi uchun halqa) o‘rniga o‘zbek o‘quvchisi uchun tushunarli bo‘lgan “salla” yoki boshqa milliy bosh kiyimi nomlari ishlatilishi mumkin.
4. Deskriptiv tarjima usuli
Murakkab madaniy realiyalar uchun tavsifiy tarjima eng samarali usul hisoblanadi. Abd al-Rahman Munifning "Mudun al-milh" romanidan:
“جلس على الديوانية مع الرجال”
“الديوانية” – arablarning maxsus mehmon xonasi bo‘lib, u yerda erkaklar yig'ilib, muhim masalalarni muhokama qiladilar. Buni o‘zbek tiliga “erkaklar mehmon xonasi” yoki “katta xona”da yig‘ilish shaklida tarjima qilish mumkin.
Arab hikoyalaridan konkret misollar
Naguib Mahfuzning “Zuqaq al-midaqq” hikoyasidan
Asl matn: “خرجت حميدة من الحارة وهي ترتدي الملاية اللف والبرقع”
Tarjima muammosi: “الملاية اللف” va “البرقع” - bu ikki kiyim turi arab ayollarining an'anaviy liboslari bo‘lib, o‘zbek madaniyatida ekvivalenti yo‘q.
Mumkin bo‘lgan tarjima variantlari:
- “Hamida mahalladan chiqdi, tanasiga uzun ro‘mol o‘rab, yuzini paranja bilan berkitgan holda”
- “Hamida mahalladan arab ayollarining an’anaviy libosi – malaya va burqu’da chiqdi”.
Muhammad Abd al-Halimning hikoyasidan
Asl matn: “جلس الرجال في المضافة يشربون القهوة المرة ويتناقشون في أمور القبيلة”
Bu yerda “المضافة” (mazafa) – beduinlarning mehmon qabul qilish uchun maxsus chodirlari yoki xonasi, “القهوة المرة” – achchiq qahva, qabila an’analarining bir qismi.
Tarjima: “Erkaklar mexmon xonasida achchiq qahva ichib, qabila ishlarini muhokama qilishdi” – bu yerda realiyalar kontekst orqali tushuntirilgan (Mahmudov, 2018).
Diniy realiyalarning tarjimasi
Arab adabiyotida diniy realiyalar alohida o‘rin tutadi. Masalan, “الوضوء” (tahorat), “الصيام” (ro‘za), “الحج” (haj) kabi atamalar o‘zbek tilida to‘g'ridan-to‘g'ri ekvivalentga ega. Ammo ba’zi diniy amaliyotlar ancha murakkab:
Ahmad Amin al-Zayatning hikoyasidan: “بعد صلاة المغرب جلس يتلو القرآن حتى وقت العشاء”
Bu yerda “صلاة المغرب” va “صلاة العشاء” (shom va xufton namozlari) o‘zbek o‘quvchisiga tushunarli, ammo arab kunlik hayotining bu jihatlari qo‘shimcha tushuntirish talab qilishi mumkin (Rashidova, 2017).
Geografik realiyalarning tarjimasi
Arab adabiyotidagi geografik realiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
“الصحراء الكبرى” (Katta Sahroi), “النيل” (Nil), “الحجاز” (Hijoz) kabi atamlar tarixiy-geografik ma’lumot talab qiladi.
Abu al-Ma’arif hikoyasidan: “عبر القافلة الصحراء الكبرى في رحلة شاقة استمرت شهوراً”
Tarjima: “Karbon Katta Sahroi – Afrika qit’asidagi eng katta cho‘l hududini aylab o‘tdi, bu og'ir sayohat bir necha oy davom etdi.”
Ijtimoiy-madaniy realiyalarning tarjimasi
Arab jamiyatining ijtimoiy tuzilishi va madaniy an'analari o‘zbek o‘quvchisi uchun chuqur tushuntirish talab qiladi:
Yahya Haqqining hikoyasidan: “تزوج الشيخ امرأة ثانية حسب الشريعة الإسلامية”
Bu yerda “الشيخ” (shayx – diniy yetakchi yoki keksa, hurmatli kishi) va ko‘p ayolli nikoh masalasi islom huquqi kontekstida tushuntirilishi kerak (Raxmonova, 2021).
Zamonaviy tarjima tajribasi va muammolar
O‘zbek tarjima adabiyotida arab asarlarini tarjima qilish tajribasi ko‘rsatadiki, eng katta qiyinchiliklar quyidagi sohalarda yuzaga keladi:
- Diniy-falsafiy terminologiya: Sufizm atamalar, islom huquqi tushunchalari
- Kundalik turmush realiyalari: Milliy taomlar, kiyim-kechak, uy-joy jihozlari
- Ijtimoiy munosabatlar: Oila, qabila, jamiyat tuzilishi
- Tarixiy realiyalar: O‘rta asr arab davlatlari, harbiy atamalar
Tarjimadagi ijodiy yechimlar
Muvaffaqiyatli realiyalar tarjimasi uchun tarjimon quyidagi strategiyalarni qo‘llashi mumkin:
Kombinatsiyalangan usul
Bir nechta usulni birlashtirish orqali optimal natijaga erishish mumkin. Masalan:
“وضع الكوفية على رأسه وخرج إلى السوق”
Tarjima: “Boshiga kufiya (arablarning an’anaviy bosh ro‘moli)ni qo‘yib, bozorga chiqdi” – bu yerda transliteratsiya va izoh birlashtirilgan.
Kontekstual tushuntirish
Realiyani alohida izohlamasdan, kontekst orqali ma'nosini ochib berish:
“اجتمع أهل الحي في الجامع بعد صلاة الجمعة”
Tarjima: “Juma namozidan keyin mahalla ahlini masjidda yig‘ildi” – bu yerda juma namozi realiyasi kontekst orqali tushuntirilgan (Vinogradov, 2011).
Xulosa
Arab realiyalarini o‘zbek tiliga sifatli tarjima qilish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi:
Birinchidan, tarjimonlar arab madaniyati, tarixi va diniy an’analari bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishlari zarur. 2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, professional tarjimonlarning 80% dan ortig‘i qo‘shimcha madaniy ta’lim olishgan.
Ikkinchidan, realiyalar tarjimasi uchun maxsus lug‘atlar va ma’lumotnomalar yaratish kerak. Hozirgi kunda bunday lug‘atlar yetishmovchiligi sezilmoqda.
Uchinchidan, tarjima jarayonida maqsadli auditoriyani hisobga olish muhim. Ilmiy matnlar uchun aniq terminologiya, badiiy adabiyot uchun esa moslashtirilgan variantlar ishlatish maqsadga muvofiq.
To‘rtinchidan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bilan birga, inson omilini e'tibordan chiqarmaslik kerak. Sun’iy intellekt realiyalarning formal tomonini tarjima qilishi mumkin, ammo ularning madaniy-ruhiy mazmunini faqat malakali tarjimon uzata oladi.
Xulosa qilib aytganda, arab tilidan o‘zbek tiliga realiyalar tarjimasi murakkab va ko‘p qirrali jarayon hisoblanadi. Bu sohadagi muammolarni hal qilish uchun tarjimonlarning malakasini oshirish, qo‘shimcha o‘quv materiallarini yaratish va zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanish zarur. 2010-yildan buyon amalga oshirilgan tadqiqotlar bu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, hali ham ko‘plab masalalar hal qilinishni kutmoqda.
Библиографические ссылки
Abdullayev, D. M. (2017). O‘zbek va turk tillaridagi realiyalarning lingvomadaniy xususiyatlari. Toshkent: Fan.
Fenenko, N. A. (2013). Fransuz va rus realiyalarining tarjimadagi ekvivalentligi. Voronej: VGU.
Kabakchi, V. V. (2011). Madaniyatlararo kommunikatsiya lingvistikasi. Sankt-Peterburg: SPGU.
Kamilova, N. (2015). O‘zbek tilida realiyalarning lingvistik tavsifi. O‘zbek tilshunosligi masalalari, (2015), 76–82.
Kamilova, N., & Isoqov, A. (2023). Zamonaviy o‘zbek tilida neorealiyalar. O‘zbek tili va adabiyoti, (2), 51–58.
Mahmudov, N. (2018). Madaniy realiyalar va ularning tarjimada aks ettirilishi. In Tarjima nazariyasi va amaliyoti (pp. 45–52). Toshkent: Fan.
Rashidova, D. (2017). O‘zbek milliy realiyalari: lingvokulturologik aspekt. O‘zbek tilshunosligi masalalari, (3), 118–126.
Raxmonova, Z. (2021). Badiiy asarlarda realiyalarning tarjima transformatsiyalari. Tarjimashunoslik masalalari, (2), 82–91.
Vinogradov, V. S. (2011). Vvedenie v perevodovedenie. Moskva: Izdatel'stvo instituta obshchego srednego obrazovaniya RAO.
Vlakhov, S., & Florin, S. (1980). Tarjima qilinmaydigan tarjimada [Neperovodimoe v perevode]. Moskva: Mezhdunarodnye otnosheniya.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Замира Тоджиева, Азиза Кадырова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.