Культурное значение категории модальности в английских и узбекских сказках

Авторы

  • Бухарский государственный университет
Культурное значение категории модальности в английских и узбекских сказках

Аннотация

В мировой лингвистике проведено большое количество научных исследований в области изучения и исследования категории модальности. Большое значение имеет изучение психолингвистических и экстралингвистических причин возникновения этого лингвистического понятия, их специфики в различных аспектах, особенно в сопоставительном аспекте неродственных английского и узбекского языков. Cтатья содержит информацию о развитии категории модальности как универсальной категории и проливает свет на её место во взаимоотношениях культуры и языка, а также на способы выражения лингвокультуры в сказках.

Ключевые слова:

Модальность универсальная категория логика культура коммуникация склонность металингвистика лингвокультурология менталитет

Kirish

Modal mantiq muammosi uzoq qadimda vujudga kelgan. Modallik, yaʼni so‘zlayotgan shaxs nuqtai-nazaridan ularning nutqi voqelikka munosabati qanday bo‘lishi haqida Arastuga qadar birinchi bo‘lib “eng mashhur, balkim birinchi ham bo‘lgan” Abderalik Protagor fikr bildirgan. Uning “Munozara ilmi” asari saqlanib qolmagan, biroq yetti asrdan so‘ng Diogen Laertskiy o‘zining “Mashhur faylasuflarning hayoti, taʼlimi va hikmatlari” qomusiy to‘plamida (milodiy II va III asrlar) “Protagor nutqni to‘rtta tur – iltimos, savol, javob, buyruq”ga bo‘lgani va “ularni nutq tarmoqlari” deb ataganini eslatib o‘tgan (Freydenberg,1936). Zamonaviy lingvopragmatika nuqtai-nazaridan Protagor ko‘rsatgan “tarmoqlar” so‘zlayotgan shaxs u yoki bu iborani gapirayotgan shaxs xabar qiladigan maqsad bo‘yicha farqlanadigan nutq harakatlarining keng modal sinflariga muvofiq keladi. Bu Charlz Pirsning semiotikasidagi “pragmatika”atamasi paydo bo‘lganga va zamonaviy tarixda til muloqotlarini o‘rganish shiddatli rivojlanganga qadar ancha oldinroq lingvistik pragamatikaga asos solgan. Professor N.B.Mechkovskayaning taʼkidlashicha, “aloqa (kommunikatsiya) va tilni o‘rganish tarixida nutqning turli xilligi va variantligi, muloqotning turli maqsadlari, usullari va uslublarining mavjudlik g‘oyasining o‘zi juda muhim bo‘lib hisoblanadi” (Mechkovskaya,2017). Shu tarzda, inson tilning leksikasi va grammatikasiga eʼtibor qaratganga qadar, uni muloqot jarayonining o‘zi qiziqtirib qolgan, nutq yordamida turli muloqot maqsadlari (illokutsiyalar) ifodalanishi haqidagi savol paydo bo‘lgan.

Adabiyotlar tahlili

Modallik haqidagi taʼlimot asoslari Arastu tomonidan uning “Analitiklar”, “Metafizika”, “Nomlarning sharhi” kabi asarlarida berilgan. Ushbu asarlarda “modallik” atamasi uchramaydi, Arastu uning o‘rniga ἔγκλισις ʼ mayllik so‘zidan foydalangan va uni so‘zlayotgan shaxs o‘zining fikrini (masalan, sillogizmdan chiqarish (xulosa)) ni naqadar ishonchli hisoblashi bilan bog‘lagan. Lotin-rus lug‘atida modus atamasi o‘zining 11-maʼnosida “mayl” deb taʼriflangan. Keyinchalik yunon aleksandriya grammatikalarida (eramizdan avvalgi II asr) va undan keyin rim lotin va o‘rta asr grammatikalarida modallikning Arastu belgilab bergan ἔγκλισις ʼ bilan atalishi nutqda xabar berilayotgan harakat “mayllari”ning voqelikka nisbatan munosabati bo‘yicha turlicha tushuniladigan feʼl mayllari haqida tasavvurlarga asos bo‘ldi. Feʼl mayliga birinchi bo‘lib nomaʼlum aleksandriya grammatikasida taʼrif berilgan: “Mayl deb, ko‘ngil intilishi (mayli, harakati) qandayligini ko‘rsatuvchi so‘z shakliga aytiladi” (shuningdek, taʼriflanayotgan atamaning ichki shakliga asoslangan shunga o‘xshash taʼrif: “Mayl – bu ko‘ngil (dil) ning mayli, istagi, xohishi”). Frakiyalik Dionisiyning hozirgacha saqlanib qolgan aleksandriya yunon tili grammatikasida (miloddan avvalgi II asr) feʼl mayli tushunchasiga taʼrif berilmagan, biroq zamonaviy terminologiya bilan bemalol taqqoslashimiz mumkin bo‘lgan mayllar ro‘yhati berilgan: “Mayllar beshta bo‘ladi: aniqlik mayli, buyruq mayli, istak mayli, ergashtirish mayli, noaniq mayl”. Arastu bunday modal maʼnolarni “zarur”, “ehtimol”, “imkoni yo‘q”, “tasodifiy” larga ajratgan. Arstu nuqtai-nazaridan “har qanday xabar biror istak yoki uning uchun zarur bo‘lgan harakat, yoki ehtimol bo‘lgan harakat haqidagi maʼlumotni anglatadi; va ushbu fikrlardan ularga biror-bir mayl berilgan yoki berilmaganidan kelib chiqib ayrimlari taʼkidlash, boshqalari inkor, uchinchilari noaniq bo‘lib tushuniladi (Aristotel,1952).

Aristotel apodiktik fikrlarni (yunon tilidan apodeikticos – isbotli, ishonchli) ajratib ko‘rsatgan – bu zarurlikka asoslangan ishonchli fikrlar va haqiqiyligi fikrlash orqali aniqlanadigan va ularda taʼkidlanayotgan fikrlarga zid bo‘lgan, ehtimollikni istisno qilmaydigan dialektik fikrlar. Zamonaviy bilish nazariyasida Arastuning ikkita mantiqiy “mayllari”ning bir biriga qarama-qarshi qo‘yilishi ishonchli (isbotlangan) bilim va taxmin (gipoteza)ning muxolifatiga, shuningdek zamonaviy modal mantiqning epistemik va aletik modalliklariga mos keladi. Shunday qilib, zamonaviy mantiqning ko‘pgina tushunchalari antik va o‘rta asr mantiqshunoslarining taʼlimotlaridan boshlangan: “Modal mantiq – bu “zarur” va “ehtimol” kabi so‘zli iboralar o‘rganiladigan zamonaviy noanʼanaviy mantiqning yo‘nalishlaridan biri”. Modallik tushunchasiga nisbatan kengroq yondashuv A.A.Ivinning asarlarida keltirilgan: “Modallik – bu u yoki bu nuqtai-nazardan aytilgan iborada belgilangan aloqaning baholanishi”. Modalli konkretlash (aniqlashtirish) ko‘p hollarda “zarur”, “ehtimol”, “isbotlanadigan”, inkor etiladigan”, majburiy”, “ruxsat etilgan”, “yaxshi”, “yomon”kabi tushunchalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi (Ivinn,2004). Hozirgi vaqtda XX asrning o‘rtalaridan universitetlarda fan qatoriga qo‘shilgan modal mantiq rivojlanishda va yangi modal tushunchalar va maʼnolar bilan boyishda davom etmoqda: “Oxirgi o‘n yillikda modal mantiq shiddat bilan rivojlanmoqda, shu jumladan yangidan-yangi modal tushunchalarni o‘z ichiga olmoqda. Uni asoslash usullari takomillashtirilgan bo‘lib, bu modal mantiqqa yangi kuch baxsh etdi va uni zamonaviy mantiqiy tadqiqotlar markaziga qo‘ydi”. Mantiqqa bag‘ishlangan turli asarlarda berilgan modallik turlarining tarkibi va guruhlari xilma-xil. “Mantiq lug‘ati” mualliflari taʼkidlaganidek, “modal baholarning turli xil mumkin bo‘lgan xillari ichidan u (yaʼni modal mantiq) kam sonni, eng qiziqlarini o‘z ichiga oladi”. Ushbu maqolada kundalik muloqotda muntazam ishtirok etadigan modallik turlari ko‘rib chiqiladi: bilish (aletik va epistemik), deontik, aksiologik, metatillik, teleologik modalliklar.

Tadqiqot metodologiyasi

Deskriptiv-tahliliy metod – ertaklarda modallik kategoriyasining ifoda vositalarini aniqlash va ularni struktura tuzilishi jihatdan tahlil qilish;

Lingvokulturologik tahlil – modallik vositalarining madaniyatni ifodalashda, ijtimoiy munosabatlarni ko‘rsatishda va mental holatni bildirishdagi rolini aniqlash maqsadida;

Taqqosloviy usul - ingliz va o‘zbek ertaklari matnida qo‘llanilgan modal so‘zlar, modal fe’llar va boshqa modallik vositalarini qiyosiy o‘rganish orqali farqlarni aniqlash va o‘xshashliklarni topish;

Tadqiqot manbasi sifatida “O‘zbek xalq ertaklari” to‘plami va “English fairytales” tanlab olindi va jami 20 ta o‘zbek ertagi hamda 20 ta ingliz ertaklari tahlilga tortildi.

Muhokama va Dalillar

Tadqiqot natijalariga ko‘ra ingliz va o‘zbek ertaklarida modallik kategoriyasi madaniyatni ifodalashning asosiy vositalaridan biri ekanligi aniqlandi.

Quyida modallik ifoda vositalari, ularning leksik ma’nolari hamda ingliz va o‘zbek ertaklarida ifodalaydigan madaniy ma’nolari keltirilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Modallik ifodasi

Modallik ma’nosi

Ingliz ertaklarida madaniy ma’no

O‘zbek ertaklarida madaniy ma’no

May, might/ mumkin, ehtimol, ehtimoli bor

Ehtimollik

 

I might jоin yоu if I finish my wоrk eаrly.

Ehtimоl, bо'rоn uchun hаm meni аybdоr qilаrsiz?

Can, could, certainly / qila oladi, aminmanki

Ishonch

 

I will certаinly cаll tо see my friend.

U chindаn hаm mendа chuqur tааssurоt qоldirdi

Must, have to/ shart, majbur, lozim

 

Majburiyat

 

 

Yоu оught tо be helping yоur mоther with yоur sаlаry.

Bаshаrti sir sаqlаshgа vа'dа bergаn bо'lsаng, аytmnаsliging kerаk.

Can, may/ mumkin, qila oladi

Ruhsat

 

I wаs аllоwed tо pick my pаrt

Mengа yаxshi jоyni egаllаshgа ruxsаt berdilаr.

Jadval 1. Modallik ifoda vositalari

 

 

Ingliz va oʻzbek ertaklarida bu modallik maʼnolari oʻziga xos usullarda namoyon boʻladi.

Ishоnchni (Certainty) bildiruvchi modal ifodalar

Ingliz ertaklarida: Ingliz ertaklarida ishonchni ifodalovchi modal vositalarga modal fe’llar hamda certainly, surely, of course kabi so‘zlar kiradi. Bunda biror voqeaning sodir bo‘lishi aniq ekanligi yoki biror qahramon qiyin ish-harakatni bajarishga qodir ekanligi ko‘rsatiladi.

  • “You shall go to the ball, Cinderella!” (Siz ballga borasiz, Zolushka!)
  • “This must be the house of the three bears.” (Bu albatta uchta ayiqning uyi boʻlishi kerak.)
  • “The prince will surely come to rescue her.” (Shahzoda albatta uni qutqarishga keladi.)

Oʻzbek ertaklarida: O‘zbek tilida modal ma’nolar har xil usullarda hosil qilinadi. Bularga yuklama, ko‘makchi fe’l, shaxs-son qo‘shimchalari hamda kirish so‘zlarni misol qilib olish mumkin.

  • “Albatta, bu ishning ustidan kelasiz.” (Kulupoy)
  • “Siz shoh boʻlasiz” (Zarbdor)
  • “Bu tilsimni faqat sen yecha olasan.” (Alpomish)

Ehtimol (Possibility) bildiruvchi modallar: Ingliz va o‘zbek tillarida ehtimol madaniy ma’nosi eng ko‘p qo‘llaniladigan modallik kategoriyasidan biri hisoblanadi. Bu ma’no asosan ertakning markaziy voqealar sodir bo‘lish jarayonida yakun haqidagi ehtimoliy taxminlarni aytish maqsadida qo‘llaniladi.

Ingliz ertaklarida:

  • “It might be a magic bean.” (Bu sehrli loviya boʻlishi mumkin.)
  • “She could be under a spell.” (U sehr ostida boʻlishi mumkin.)
  • “Perhaps the wolf will come.” (Ehtimol boʻri keladi.)
  • Oʻzbek ertaklarida: “Balki u yana qaytib kelsa.” (Chol va kampir)
  • “Ehtimol, bu yoʻlda bizga yordam beradigan kimdir bor.” (Tohir va Zuhra)
  • “Shoyad, bu daraxt tagida boylik yashiringan boʻlsa.” (Ajdaho va donishmand)

Ruxsat (Permission) bildiruvchi modallar: ruhsatni ifodalovchi modallik har ikki tilde ham ruhsat so‘rash va ruhsat berish ma’nolarida ertaklarda eng ko‘p ishlatiladigan ifoda birliklaridan biri hisoblanadi.

Ingliz ertaklarida:

  • “You may enter the castle.” (Siz qal’aga kirishingiz mumkin.)
  • “Can I take this rose?” (Men bu atirgulni olsam boʻladimi?)
  • “You are allowed to make three wishes.” (Sizga uchta tilak tilashga ruxsat beriladi.)

Oʻzbek ertaklarida:

  • Sizga bu yerda yashashga ruxsat.” (Qirq qiz)
  • “Olaming chetiga borishingiz mumkin.” (Xumorcha)
  • “Sen menga turmushga chiqishing mumkin.” (Yetti goʻzal)

Majburiyat (Obligation) bildiruvchi modallar: majburiyatni ifodalash ertak qahramoniga nisbatan uddalash qiyinroq bo‘lgan ish-harakatni bajarish va ushbu ishni amalga oshirish natijasida qandaydir mukofotga ega bo‘lish sahnasi bilan birga boradi.

Ingliz ertaklarida:

  • “You must return before midnight.” (Siz yarim kechgacha qaytishingiz kerak.)
  • “I have to find the golden key.” (Men oltin kalitni topishim kerak.)
  • “We should help those in need.” (Biz muhtojlarga yordam berishimiz kerak.)

Oʻzbek ertaklarida:

  • “Siz bu vazifani bajarishingiz kerak.” (Alpomish)
  • “Men buni qilishim lozim.” (Chol va amir)
  • “Biz uni qutqarishimiz shart.” (Tohir va Zuhra)

Qiyosiy tahlil

Oʻxshashliklar:

  1. Ikkala madaniyatda ham modallik maʼnolari shaxs, vaqt va holatga bogʻliq holda ifodalanadi.
  2. Ertak qahramonlarining vazifalari va majburiyatlari oʻxshash modallar orqali ifodalanadi.
  3. Sehrli elementlar ehtimollik modallari bilan bogʻliq holda keladi.

Farqlar:

  1. Ingliz ertaklarida modallik koʻproq grammatik shakllar (may, might, must) orqali, oʻzbek ertaklarida esa koʻproq soʻzlar (kerak, lozim, shart) orqali ifodalanadi.
  2. Oʻzbek ertaklarida maslahat va majburiyat bildiruvchi modallar koʻproq ishlatiladi.
  3. Ingliz ertaklarida ruxsat soʻrash va berish anʼanaviy “may” modaliga bogʻliq, oʻzbek ertaklarida esa “mumkin” soʻzi koʻproq qoʻllaniladi.

Ingliz va oʻzbek ertaklarida modallik maʼnolarining ifodalanishida madaniy va lingvistik farqlar mavjud boʻlsa-da, ertaklarning asosiy maqsadi - odob-axloq, vazifa va qadriyatlar haqida maʼlumot berish - ikkala madaniyatda ham modallik vositalari orqali amalga oshiriladi. Bu modallar ertak qahramonlarining harakatlarini izohlashda, ularning majburiyatlarini koʻrsatishda va sehrli elementlarni tasvirlashda muhim rol oʻynaydi.

Xulosa

Modallik kategoriyasini qiyoslashda tillararo lingvomadaniy farqlar yorqin ifodalanadi, zero modallik milliy obrazlar, yaʼni turli xalqlarning madaniy konseptlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bu borada lingvomadaniyatshunos-likda har bir madaniyatning milliy qadriyatlari asosida o‘ziga xos “konseptini” tadqiq etish imkoniyatlarini tadqiq etish konseptual tahlil haqida to‘liq maʼlumot olish, modallik kategoriyasini kognitiv va lingvomadaniy yondashuvlar asosida qiyosiy tadqiqi maʼlum bir jamiyatga xos milliy mentallikni lingvistik jihatdan tahlil etish imkoniyatini beradi. B.V.Panfilovning taʼkidlashicha, «tilda modallik kategoriyasi kabi turli-tuman, qarama-qarshi fikr bildirilgan va uning tildagi alohida maʼnolarining rang-barang tabiatichalik ko‘p talqin qilingan kategoriya yo‘q” (Panfilov,1977).

Modallik kategoriyasi adabiyotning barcha sohalari: badiiy matnlarda, gazeta matnlarida, sheʼriy matnlarda, dialogik nutqda, ayniqsa, ertaklar matnida modallik kategoriyasining lingvokognitiv va lingvomadaniy qolaversa, modallikning turli-tuman, rang-barang semantikasi tilning tipologik xususiyatlarni ochib berishga, shuningdek, ularni ifodalashda lisoniy vositalar ichki lisoniy dunyo manzarasining milliy xususiyatini aniq aks ettirishga, bir so‘z bilan aytganda til va madaniyatning o‘zaro munosabatlari natijasi anglashga imkon beradi.

Shunday qilib, til va madaniyatning o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi, modallik kategoriyasining rivojlanishida til va madaniyatning roli masalasi haqida fikr yuritar ekanmiz, bu muammolar ham muloqotning shakl va mahsuldorligini o‘stirishda, ham chet tillarni o‘qitishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini taʼkidlash joizdir.

Demak, maʼlum bir tilda so‘zlashuvchi kishi nafaqat til tashuvchisi, balki shu tilda so‘zlashuvchi millat madaniyatining ham tashuvchisi vazifasini bajaradi. Shu sababdan til millat vakilining milliy-madaniy mentalitetini namoyon etish xususiyatiga egadir. Zero, lingvokulturologiya lisoniy faktlarni maʼnaviy-madaniy xususiyatlari orqali tadqiq etiladi.

 

Библиографические ссылки

Freidenberg, O. M. (Ed.). (1936). Античные теории языка и стиля. Соцэкгиз.

Mechkovskaya, N. B. (2017). Философия языка и коммуникации. Флинта; Наука.

Аристотель. (1952). Аналитики первая и вторая. Госполитиздат.

Ивин, А. А. (Ed.). (2004). Философия: энциклопедический словарь. Гардарики.

Панфилов, В. В. (1977). Категория модальности и её роль в конструировании предложения и суждения.

Sattorova, S. S. (2022). Modallik ma’nolarining lingvistik asoslari. Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes. http://www.conferenceseries.info/index.php/online/article/view/127

Sattorova, S. S. (2022). Importance of modality in learning process. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 7. http://sjii.indexedresearch.org

Sattorova, S. S. (2024). Study and importance of modality category in world linguistics. International Journal of Language Learning and Applied Linguistics, 3(4), 82–85.

Sattorova, S. (2024). Initial theories on modality and development history of modality. Современные подходы и новые исследования в современной науке, 3(10), 10–12.

Sattorova, S. S., & Jalolova, R. A. (2023). Loneliness, friendship, love and loss in The Little Prince as the main ideas. Лучшие интеллектуальные исследования, 9(3), 71–77.

Sattorova, S. Sh. (2023). Lexic analysis of modality in English and Uzbek languages.

Shavkatovna, S. S. (2025). Description and interpretation of the category of “wish-desire” in English and Uzbek fairy tales. American Journal of Multidisciplinary Bulletin, 3(6), 530–535.

Sattorova, M. (2024). Analytical approaches to the Rudyard Kipling’s poetry. Современные подходы и новые исследования в современной науке, 3(10), 22–25. https://inlibrary.uz/index.php/canrms/article/view/53767

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Шахло Сатторова,
Бухарский государственный университет

Базовый докторант

Как цитировать

Сатторова, Ш. (2025). Культурное значение категории модальности в английских и узбекских сказках. Лингвоспектр, 11(1), 106–111. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1149

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.