Повышение компетенции в области иностранных языков в военном образовании посредством медиаконтент-технологий

Авторы

  • Университет военной безопасности и обороны
Повышение компетенции в области иностранных языков в военном образовании посредством медиаконтент-технологий

Аннотация

В статье анализируется значимость применения медиаконтент-технологий в процессе преподавания иностранных языков в высших военных учебных заведениях. Использование современных информационно-коммуникационных средств способствует не только развитию языковой компетенции слушателей, но и созданию реалистичных коммуникативных ситуаций, усвоению военной терминологии в контексте и формированию навыков работы с актуальной информацией. Особое внимание уделено влиянию видеоматериалов, подкастов, аутентичных военных ресурсов, симулятивных медиа-сред и интерактивных платформ на повышение эффективности обучения. В статье представлены методические принципы использования медиаконтента, показатели его результативности, а также данные наблюдений, связанных с мотивационными аспектами обучения. Результаты исследования демонстрируют, что медиаконтент-технологии значительно повышают качество преподавания иностранных языков, усиливают коммуникативную подготовку будущих военных специалистов и расширяют возможности цифровизации учебного процесса. Расширенная часть исследования уделяет внимание роли медиаконтента в подготовке к выполнению военно-профессиональных задач, его потенциалу в дистанционных и гибридных форматах обучения, а также значению для формирования медиаграмотности. Результаты исследования показывают, что медиаконтент-технологии повышают качество обучения иностранным языкам, укрепляют коммуникативную подготовку военных специалистов, позволяют моделировать ситуации, основанные на требованиях безопасности, и расширяют возможности цифровизации учебного процесса. Подход способствует развитию у слушателей навыков быстрого принятия решений, анализа информации и профессиональной коммуникации.

Ключевые слова:

Медиаконтент-технологии обучение иностранным языкам высшее военное образование цифровая образовательная среда военная терминология интерактивные платформы информационно-коммуникационные технологии учебная мотивация

Globallashuv davrida xorijiy tillarni mukammal bilish harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro miqyosda harbiy hamkorlik, qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarda samarali ishtirok etish uchun xorijiy tilni bilish darajasi hal qiluvchi omilga aylanmoqda. Shu sababli harbiy ta’lim tizimida til o‘qitish metodlarini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb masalalardan biridir. Zamonaviy ta’lim tizimi inson kapitalini shakllantirish va global axborot makonida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish nafaqat muloqot vositasi, balki ilmiy, texnik va harbiy sohalarda axborot almashinuvining ajralmas qismi sifatida e’tirof etiladi. Shu bois oliy harbiy ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish jarayonini raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish – dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biridir.

Zamonaviy ta’lim jarayonida mediakontent texnologiyalari – ya’ni raqamli, audiovizual, interaktiv va onlayn platformalardan foydalanish – xorijiy tilni o‘qitishda yangi bosqichni boshlab berdi. Mediakontent dars jarayonini jonlantiradi, kursantlarni faol muloqotga undaydi, hamda real hayotiy vaziyatlarga yaqin kommunikativ muhitni yaratadi (Mustafoyev, 2022). Shu jihatdan, mediakontentning o‘quv motivatsiyasiga va o‘zlashtirish samaradorligiga ta’siri ilmiy jihatdan o‘rganishga arziydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PQ-4851-sonli qarorida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini keng joriy etish, innovatsion metodlarni rivojlantirish belgilangan (2020). Harbiy sohada esa bu masala yanada dolzarbdir. chunki bu sohada o‘qitiladigan xorijiy til nafaqat kommunikatsiya, balki strategik tafakkur, tezkor tahlil va texnik hujjatlarni o‘qish vositasi sifatida ahamiyat kasb etadi. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida xorijiy tildagi mediakontentdan foydalanish nafaqat dars jarayonini jonlantiradi, balki kursantlarning o‘zlashtirish sur’atini oshiradi, ularni mustaqil o‘rganishga undaydi va raqamli savodxonlikni kengaytiradi. Shu sababli mediakontent texnologiyalarini o‘qitish jarayoniga tizimli kiritish dolzarb ilmiy va amaliy muammo sifatida qaralmoqda.

AQSh Qurolli Kuchlarida xorijiy tillarni o‘qitish tizimi milliy xavfsizlik strategiyasining ajralmas qismi sifatida shakllangan. 2000-yillardan boshlab AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy tarjimonlar va lingvistlar yetishmovchiligi muammosiga qarshi keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Bu jarayon doirasida DLIFLC (Defense Language Institute Foreign Languages Center) Mudofaa Tillar Instituti – Chet Tillar Markazi asosiy o‘quv markaz sifatida tan olingan bo‘lib, u 30 dan ortiq tillar bo‘yicha intensiv kurslarni olib boradi. O‘qitish uslublari amaliy muloqotga, immersiv muhitda o‘rganishga va “drill” mashqlariga asoslangan. Harbiy xizmatchilarning motivatsiyasini oshirish maqsadida til bilganlar uchun 300–1000 dollar mukofot belgilanib, murakkab tillar (masalan, xitoy, fors) uchun alohida rag‘batlar joriy etilgan.

Shuningdek, Language Enabled Soldier (LES) dasturi, English Language Center (DLIELC) va boshqa tashabbuslar orqali xorijiy tillarni o‘rgatish tizimi harbiy xizmatchilar, chet ellik ofitserlar hamda ularning oilalarini qamrab olgan. Harbiy ta’limda asosiy e’tibor tezkor muloqot, harbiy terminologiyani to‘g‘ri qo‘llash va madaniy farqlarni tushunishga qaratilgan. AQSh tajribasi shuni ko‘rsatadiki, harbiy til tayyorgarligi – bu nafaqat aloqa vositasi, balki operativ boshqaruv, diplomatik aloqalar va razvedka faoliyatining muhim tarkibiy qismidir. Shu boisdan bu model boshqa mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun ham qurolli kuchlarda samarali lingvistik tayyorgarlik tizimini yaratishda o‘rnak bo‘lishi mumkin.

Turkiya tajribasini oladigan bo‘lsak, globallashuv sharoitida harbiy operatsiyalarning muvaffaqiyatini ta’minlashda chet tillar, ayniqsa ingliz tilining kommunikativ va strategik ahamiyatini ilmiy asosda tahlil qilinib, ingliz tilini bugungi kunda nafaqat xalqaro diplomatiya, savdo yoki siyosiy muloqot vositasi, balki ko‘p millatli harbiy hamkorlik va qo‘shma operatsiyalarni samarali boshqarish uchun zarur global resurs sifatida baholaganlar. Ingliz tilining NATO kabi xalqaro harbiy tuzilmalar doirasida keng qo‘llanilishi uni “global lingua franca”, ya’ni xalqaro harbiy muloqotning yagona funksional tili sifatida mustahkamladi. Bugungi kunda harbiy kuchlarning integratsiyalashuv jarayonida til omili o‘zaro anglashuv, axborot almashinuvi va muvofiqlashtirish samaradorligini ta’minlovchi mezon sifatida ko‘rsatilib, bu omilning dolzarbligi zamonaviy harbiy diplomatiya va operativ boshqaruvning markaziy komponentiga aylangani ta’kidlanmoqda. Shu nuqtai nazardan, ingliz tilini mukammal bilish hamda madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyaga ega bo‘lish harbiy xizmatchilarning global missiyalar doirasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining ajralmas sharti sifatida talqin etiladi.

Tahlil natijasida ilgari surilgan ilmiy g‘oya va amaliy takliflar xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini, harbiy ta’lim tizimida strategik darajada o‘qitish zarurligini asoslaydi. An’anaviy o‘qitish usullaridan interfaol, kommunikativ va kompetensiya-yo‘naltirilgan yondashuvlarga asoslangan o‘qitish tizimiga o‘tish zarurligini ilgari suradilar. Harbiy akademiyalarda til ta’limini global masalalar, madaniyatlararo tahlil va real muloqot vaziyatlari bilan boyitish taklif etiladi, bu esa kursantlarning tahliliy fikrlash, diplomatik moslashuvchanlik va tezkor muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Yangi davrning “global jangchilari” uchun ingliz tilini egallash sine qua non – ya’ni harbiy muvaffaqiyat va xalqaro hamkorlikda ishtirok etish uchun zaruriy shart deb hisoblanadi. Shu asosda ingliz tilini puxta o‘zlashtirish va madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirishni harbiy ta’limning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tashkil etish tavsiya etiladi.

Bugungi kunda ko‘plab xorijiy tadqiqotlarda (Buckingham, 2019, Chapelle, 2020, Krashen, 1982, Krug, 2018, Long, 2015) mediakontent va raqamli o‘quv vositalarining til o‘zlashtirishga ta’siri isbotlangan. Ammo harbiy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan maxsus mediakontent platformalari yetarlicha ishlab chiqilmagan. Shu sababli ushbu tadqiqot milliy kontekstda mediakontent texnologiyalarining qo‘llanishini empirik asosda o‘rganishni ko‘zlaydi.

Empirik kuzatuvlar davomida mediakontent vositalarining kursantlarning faol ishtirokiga ta’siri tahlil qilindi. “BBC Learning English”, “VOA Learning English” va “TED-Ed Military Topics” platformalaridan 12 ta mavzuli video tanlab o‘rganildi. Kuzatuv natijasida mediakontent orqali o‘tilgan darslarda kursantlarning ishtirok faolligi 64% dan 89% gacha oshganligi aniqlandi.

Eksperiment ikki guruhda o‘tkazildi:

Nazorat guruhi (24 kursant): an’anaviy dars uslubi asosida.

Tajriba guruhi (24 kursant): mediakontent asosida o‘qitildi.

Eksperiment yakunida ingliz tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. Quyidagi jadvalda natijalar keltirilgan:

 

 

Ko‘rsatkich

Tajriba guruhi

Nazorat guruhi (yakuniy)

Boshlang‘ich ball

Yakuniy ball

O‘sish (%)

Tinglab tushunish

72.1

88.4

+22.6%

75.3

Talaffuz aniqligi

70.5

86.9

+23.2%

74.1

So‘z boyligi

73.0

89.1

+22.1%

77.4

Nutq tezligi

68.9

85.7

+24.4%

72.0

 

49,67

 

 

 

1-jadval.

 

 

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhi o‘rtacha 23,2% yuqori natijani qayd etdi.

O‘qitish jarayonida qo‘llanilgan 40 dan ortiq video, 25 ta audio va 10 ta interaktiv mashq tahlil qilindi. Tahlil davomida aniqlanishicha, kursantlarning eng samarali o‘zlashtiradigan mediakontent turlari – qisqa real dialogli videolar (42%) va interaktiv topshiriqlar (31%) bo‘lgan.

STATISTICA dasturi yordamida o‘tkazilgan statistik tahlil natijalari ko‘rsatdiki, mediakontent vositalarining qo‘llanilishi o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. O‘rtacha qiymat 74,7 dan 87,5 gacha o‘sdi, bu esa 18,3%lik statistik jihatdan ishonchli farqni anglatadi.

Olingan natijalar xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlar bilan qiyoslab tahlil qilindi. Krashenning “Input Hypothesis” nazariyasida ta’kidlanishicha, til o‘rganish samaradorligi tabiiy kontekstli muhitda eng yuqori darajaga erishadi (Krashen, 1982). Mediakontent vositalari, ayniqsa video va interaktiv mashg‘ulotlar, kursantlarga shunday “autentik muhit”ni yaratib beradi.

Longning (Long, 2015) “Task-Based Learning” konsepsiyasi ham mediakontentdan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki real kommunikativ topshiriqlar (masalan, harbiy briefing, radiomuloqot, amaliy mashqlar) orqali kursantlar tilni faol muloqotda o‘zlashtiradi.

Buckinghamning “Media Education in Digital Age” asarida mediakontent nafaqat ma’lumot manbai, balki o‘quvchini mustaqil fikrlashga undovchi motivatsion omil sifatida ko‘rsatilgan. Bizning tajriba natijalari ham bu fikrni tasdiqlaydi (Buckingham, 2019).

O‘zbekistonlik olima N.T. Khamidova harbiy ta’limda mediakontentning o‘quvchi motivatsiyasi va madaniyatlararo muloqotni shakllantirishdagi o‘rnini tadqiq qilgan (Khamidova, 2023). U o‘z ishida mediakontent texnologiyalarining milliy ta’lim modeliga mos metodikasini ishlab chiqqan bo‘lib, harbiy ta’limda mediakontent vositalarining madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rnini ko‘rsatgan. Shuningdek, R.Mustafoyev (2022) va B.Karimov (2021) mediapedagogika elementlarini o‘qituvchining kasbiy salohiyatini oshirishda muhim omil sifatida baholaganlar.

Cambridge Assessment ma’lumotlariga ko‘ra, raqamli mediakontentdan foydalangan talabalarda o‘zlashtirish samaradorligi o‘rtacha 21–25% gacha ortadi (Cambridge Assessment, 2022). Ilmiy izlanishlarda dastlabki o’tkazilgan tajriba natijasi ushbu xalqaro mezonlarga yaqin ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Xalqaro tadqiqotlar (UNESCO, NATO Defense College) shuni ko‘rsatadiki, harbiy ta’limda mediata’lim elementlarini joriy etish o‘quv intizomini, diqqatni va strategik tafakkurni rivojlantiradi. Shu bilan birga, milliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, texnik infratuzilma va o‘qituvchilarning raqamli savodxonligi yetarli bo‘lmasa, mediakontentning samarasi kamayadi.

Shunday qilib, mediakontent texnologiyalarini o‘qitish tizimiga integratsiya qilish uchun ikki asosiy shart mavjud:

  • birinchisi, didaktik jihatdan to‘g‘ri tanlangan mediakontent;
  • ikkinchisi, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini muntazam rivojlantirish.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mediakontent texnologiyalari faqat axborot manbai sifatida emas, balki interaktiv ta’lim muhiti va kommunikativ kompetensiyani rivojlantiruvchi didaktik platforma sifatida qaralishi zarur.

Harbiy ta’limda mediakontentdan foydalanishning afzalliklari:

  • real kommunikativ vaziyatni modellashtiradi;
  • o‘quvchini faol muloqotga jalb qiladi;
  • psixologik qulaylik va vizual yodda saqlashni ta’minlaydi;
  • o‘qituvchi uchun darsni diversifikatsiya qilish imkonini yaratadi;
  • raqamli savodxonlikni oshiradi.

Biroq, mediakontentni samarali joriy etish uchun o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi, texnik ta’minot va kontent sifati muhim omillar sifatida e’tiborga olinishi kerak.

Qurolli Kuchlarda kursantlarning chet tili bo‘yicha kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda mediokontent texnologiyalari, shuningdek, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanadi. Sun’iy intellekt tizimlariga asoslangan mediakontent vositalari kursantlarga xorijiy tillarni o‘zlashtirish jarayonini individual yondashgan holda nutqni avtomatik tahlil qilish, talaffuzni tuzatish hamda real vaqtli tarjima imkoniyatlarini yaratadi. Bunday yondashuv kursantlarning mustaqil ishlash salohiyatini oshirib, o‘z bilimini tahlil qilish, xatolarni aniqlash va ularni avtomatik ravishda to‘g‘rilash imkonini beradi. Kompyuter dasturlari, interaktiv multimedia, onlayn platformalar, virtual sinflar hamda SI-chatbotlar orqali til o‘rganish jarayoni yanada interaktiv va samarali tus oladi.

Umuman olganda, mediakontent vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish chet tillarni o‘qitish tizimini innovatsion, adaptiv va individual yondashuvga asoslangan yangi bosqichga olib chiqadi. SI yordamida tuzilgan tahliliy platformalar o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlab, ularga mos mashqlarni avtomatik ravishda taklif etadi, bu esa dars jarayonining samaradorligini oshiradi. Elektron lug‘atlar, virtual suhbatdoshlar, videokonferensiyalar va “flipped classroom” (teskari sinf) kabi yondashuvlar orqali kursantlar haqiqiy kommunikativ muhitda muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Natijada, AKT va SI asosida tashkil etilgan o‘quv tizimi nafaqat til o‘rganish sifatini yaxshilaydi, balki bo‘lajak ofitserlarning xalqaro hamkorlikda samarali muloqot olib borish va raqobatbardosh bo‘lish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.

Mediakontent texnologiyalarining xorijiy til o‘qitishdagi ahamiyati ularning kursantlarni real muloqot muhiti bilan tanishtirishi, fikrlash va so‘zlashuv tezligini oshirishi hamda raqamli kompetensiyani rivojlantirishidadir. Oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun bu yo‘nalish kelgusida raqamli pedagogika va mediata’lim sohasidagi innovatsion tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishiga aylanishi kutiladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mediakontent texnologiyalarining oliy harbiy ta’lim tizimida xorijiy tilni o‘qitishdagi ahamiyati quyidagicha namoyon bo‘ladi:

  • kursantlarda tinglab tushunish va so‘zlashuv kompetensiyasi 20–25% gacha yaxshilandi;
  • mediakontent motivatsiyani oshirdi va o‘qitish jarayonini real kommunikativ vaziyatlarga yaqinlashtirdi;
  • o‘qituvchilar mediakontent vositalaridan foydalanish orqali dars jarayonini diversifikatsiya qila oldilar;
  • mediakontent asosida yaratilgan mashg‘ulotlar madaniyatlararo muloqotni rivojlantiruvchi samarali vosita sifatida o‘zini oqladi;

harbiy kontekstda mediakontent texnologiyalari strategik fikrlash, tezkor tahlil va til refleksiyasini rivojlantirishga yordam beradi.

Библиографические ссылки

Buckingham, D. (2019). Teaching media in a digital age. Polity Press.

Cambridge Assessment. (2022). Digital learning impact report. University of Cambridge.

Chapelle, C. A. (2020). Technology and the future of language teaching. Routledge.

Karimov, B. (2021). Xorijiy tillarni o‘qitishda mediapedagogika. O‘zbekiston Pedagogika jurnali.

Khamidova, N. T. (2023). Language teaching to military students in Uzbekistan. World Bulletin of Social Sciences, 22(5).

Krashen, S. D. (1982). Principles and practice in second language acquisition. Pergamon Press.

Krug, D. (2018). Media literacy in military education. NATO Defense College.

Long, M. H. (2015). Second language acquisition and task-based language teaching. Wiley Blackwell.

Mustafoyev, R. (2022). Raqamli ta’lim texnologiyalari va ularning samaradorligi. Toshkent.

Nurmatov, A. (2023). Innovatsion ta’lim muhitida mediakontentdan foydalanish. Pedagogika va Psixologiya.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK. (2022). Nizom.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020). “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi (PQ–4851).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Нигора Тураева,
Университет военной безопасности и обороны

Доцент

Как цитировать

Тураева, Н. (2025). Повышение компетенции в области иностранных языков в военном образовании посредством медиаконтент-технологий. Лингвоспектр, 11(1), 333–339. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1183

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.