Cognitive psycholinguistic study of listening comprehension competence

Authors

  • Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
Когнитивно-психолингвистическое исследование компетенции аудирования

Abstract

Listening comprehension competence is based on the process that occurs in the process of information assimilation, in this study, the scientific foundations of the formation and development of listening comprehension competence are directly analyzed, and their cognitive and psycholinguistic criteria are studied linguistically. Listening comprehension is the result of a complex functional mental process of thinking, and the occurrence of this competence is directly associated with the decoding process of phonetic units, the semantic codification of the transmitted information, as well as analytical methods such as contextual analysis, and occurs as a result of the integration of factors such as working memory and thinking. The cognitive psycholinguistic study of listening comprehension competence, as presented in the article, creates an integrative approach to the emergence of such stages in cognitive perception as speech perception, mental processing of content, and information storage, and helps to increase the effectiveness of the analysis inherent in metacognitive strategies of language acquisition. The stages of formation and development of listening comprehension competence arise as a result of the interrelation of the above-mentioned psycholinguistic and cognitive norms, and serve as a foundation for the development of effective research methods in the field of education.

Keywords:

Tinglab tushunish kognitiv psixolingvistik me’yoriy asoslar tahlil va talqin strategiya

Inson tafakkurida til o‘zlashtirish ko‘nikmalari bevosita quyidagi to‘rt omilga asoslanadi: eshitish, gapirish, o‘qish va yozish. Nomlari qayd etilgan ushbu to‘rt unsur bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bularnong barchasi tinglab tushunish kompetensiyasining tadrijiy voqelanishi natijasida yuzaga keladi. Nutqiy pragmatika jarayonida axborot uzatish jarayonining, asosan, og‘zaki ravishda uzatilishi sababli tinglab tushunish kompetensiyasi til o‘zlashtirish, shuningdek, inson kognitiv tafakkuri taraqqiyotining ham asosiy mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Ayni o‘rinda tinglash va tinglab tushunish kompetensiyalarining o‘zaro farqli xususiyatlarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Tinglash – so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayonida uzatilayotgan ma’lumotlarning fiziologik-akustik (nerv tizimi va quloq yordamida) o‘zlashtirilishi bo‘lsa, tinglab tushunish ushbu jarayondagi qabul qilinayotgan axborotning til va tafakkur omillari yordamida aqliy-kognitiv jihatdan qabul qilinishi hisoblanadi.

Tinglash – so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayonida uzatilayotgan ma’lumotlarning fiziologik-akustik (nerv tizimi va quloq yordamida) o‘zlashtirilishi bo‘lsa, tinglab tushunish ushbu jarayondagi qabul qilinayotgan axborotning til va tafakkur omillari yordamida aqliy-kognitiv jihatdan qabul qilinishi hisoblanadi. Tinglab tushunish – oddiy signallarning o‘zlashtirilishida olingan ma’lumotlarni miyaning qayta ishlash qismlariga yuboruvchi jarayon. Umuman olganda, tinglash axborot dekodifikatsiyasining boshlang‘ich nuqtasi, tinglab tushunish esa tinglash natijasida yuzaga keladigan holatdir (Qo‘yliyeva, 2024).

Tinglab tushunishning kognitiv-psixolingvistik omillari ko‘plab tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. Xususan, rus tilining Infopedia saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Tinglovchi tinglab tushunish vaqtida o‘zining mavjud tajribasi va yetarli darajada rivojlangan psixologik mexanizmlariga tayanadi. Fonologik (quyi daraja) ma’lumotlarni qabul qilib, uni konseptual (yuqori daraja) birliklariga aylantiradi, natijada nutqni idrok etish va tushunish funksiyasi hal bo‘ladi” (8). J. Yang esa ushbu kompetensiyaning kognitiv xususiyatlarini faqat tovushlarni qabul qilish bilangina cheklanmasligini, tinglovchilarning o‘zlashtirilayotgan axborot fragmentlarini qayta ishlash bilan bog‘liqligini qayd etadi (Yang, 2022). Shuningdek, J. Yang (Yang, 2022) tinglab tushunishning ushbu xususiyatlarining markaziy tushunchasi sifatida ongli idrok etish jarayonini qayd etib, tinglash jarayonida qabul qilingan axborotlar ongli idrok orqali konseptuallashishi hamda kategoriyalashishi orqali tushunilishini bayon qiladi, bu holatni ushbu chizma asosida tahlil qilish mumkin:

 

 

1-chizma. Tinglab tushunish jarayoni

 

 

  1. Yang bu jarayonning murakkab va har bir individning shaxsiy xususiyatlariga aloqador ekanligi hamda bu jarayonda ko‘plab omillar ishtirok etishini ta’kidlab o‘tadi:
    • shaxsning yoshi;
    • nutqiy ko‘nikmaning rivojlanganlik darajasi;
    • diqqat va xotiraning rivojlanishi;
    • tinglash qobiliyatining rivojlanishi.

Tinglab tushunish kompetensiyasining kognitiv psixolingvistik asoslari borasida olib borilgan har bir tadqiqotni birlashtirib turuvchi omil axborotni qayta ishlash mexanizmi hamda idrokda konseptuallashtirish bo‘lsa, farqlovchi omil esa tinglab tushunishdagi qaysi jarayonga nisbatan urg‘u berilganligida namoyon bo‘ladi (Мишатина, 2009).

Tinglab tushunishda tafakkurning murakkab funksiyalari o‘zaro ishga tushib, unda bevosita fonetik birliklarning dekodifikatsiyasi (axborot signallarining shakl planiga ko‘ra anglash, masalan, kitob leksemasining k-i-t-o-b shakllarida nomemalarga ajralgan holatda tafakkurda tushunilishi), semantik dekodifikatsiya (axborot signallarining ma’no planiga ko‘ra anglash bosqichi, jumladan, kitob so‘zining “o‘quv quroli”, “o‘quv vositasi” kabi sememalar holatida anglanishi), shuningdek, axborotning matn tarkibida, ya’ni boshqa so‘zlar bilan yonma-yon kontekstual holati kabi tahlil usullarini qamrab olishi asosida yuzaga keladi.

Tinglab tushunish kompetensiyasining til va tafakkur voqeliklari asosida ruhiy-kognitiv jihatdan qabul qilish jarayoni ushbu asoslarda murakkab modulga aylanadi. Bu modul nutqiy axborotning quyidagi jarayonlarini qamrab oladi:

 

 

2-chizma. Tinglab tushunish kompetensiyasining taraqqiyoti

 

 

Axborot sifatida uzatilgan nutqni idrok etishning psixolingvistik bosqichi kodlash va dekodlash asosida persepsiyalanadi:

 

 

T/r

Perseptiv asos

Tahlil

Kognitiv xususiyat

1

 

 

 

 

 

Fonetik anglash bosqichi

 

 

 

 

Eshitilgan fonetik tovushlar qismlarga segmentatsiya qilinadi. Bu jarayonning anglanishi tinglovchining nutqiy tezligi, intonatsiyasi va ritmi bilan belgilanadi.

Fonetik tovushlar asosida lisoniy baza shakllantiriladi.

 

 

 

 

2

 

 

 

 

 

 

 

 

Leksik-semantik anglash bosqichi

 

 

 

 

 

 

 

Ajratilgan har bir fonetik birlik asosida so‘zlar shakllantiriladi va ularning ma’nosi idrok orqali faollashtiriladi. Ayni shu jarayonda so‘zning kontekst bilan bog‘liq ma’nosini aniqlash jarayoni ishga tushadi.

 

 

Lug‘at zaxirasi ishga tushadi. Bunda foydalanuvchining yillar mobaynida to‘plagan ma’lumotlari foydalaniladi. Ishchi xotira gapning tushunarli qismini “ushlab turadi”, kognitsiya kontekstga mos ma’noni tanlaydi va natijada to‘liq ma’no anglashiladi.

3

 

 

 

 

 

 

Sintaktik-kontekstual tahlil

 

 

 

 

 

Jumla tarkibidagi so‘zlar orasidagi bog‘liqlik (sintaktik tuzilish) aniqlanadi. Nutqdan ko‘zlangan umumiy maqsad, nutqiy pragmatik jarayondan kelib chiqqan holda kontekstual tahlil amalga oshiriladi.

Tinglab tushunish kompetensiyasining eng so‘nggi psixolingvistik-kognitiv tahlili amalga oshiriladi.

 

 

 

1-jadval.

 

 

Tinglab tushunish kompetensiyasini kognitiv psixolingvistik jihatdan o‘rganish uchun qator metodik tamoyillardan foydalanish ushbu jarayonning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xususan, metakognitiv yondashuv (Solodilova, 2020) o‘quvchilarning ushbu ko‘nikmasini rivojlantirishda ularning eshitilgan so‘zlarning ma’nosini tushunish jarayonida ularni baholash imkoniyatini ham taqdim etadi – bu bevosita uzatilayotgan axborotning mavjud kognitiv yukini kamaytirish imkoniyatini beradi. Axborotdan o‘rin olgan leksik va sintaktik ma’lumotlar dekodifikatsiyalanib, ulardagi mavjud murakkablik ishchi xotiraga tushadi. Metakognitiv yondashuvni quyidagi mashq namunasi asosida tahlil qilish tavsiya etiladi:

Mashq. O‘quvchilarga namuna sifatida audio eshittiriladi hamda audio yakunlangach, quyidagi savollarga javob berishlari lozim bo‘ladi (istalgan formatdagi 2 daqiqalik audio qo‘yib eshittirilishi mumkin, mavzu va yoshga mos format tanlanishi maqsadga muvofiq):

 

 

T/r

Savol

O‘quvchilarning javobi

1

Tushunish to‘xtagan joy

Masalan, audioning 1:10 soniyasi yoki 1:45 soniyasi

2

Tushunmaslik sabablari belgilanadi

 

 

 

A.     Men uchun notanish so‘z.

B.     Tez o‘qildi.

C.     Murakkab gap.

D.    Mavzu notanish.

E.     Boshqa masalani o‘ylayotgan edim.

3

Vaziyatni hal qilish uchun bajarilgan amal

 

A.     Kontekstga tayanib, ma’noni taxmin qildim.

B.     O‘tkazib yubordim.

C.     Kalit so‘zni eslab qoldim.

4

Yakuniy holat

 

 

A.     Vaziyat oydinlashdi, ma’noni tushundim.

B.     Strategiya ish bermadi.

C.     Ma’noni tushunmadim, lekin audio g‘oyasini tushundim.

5

Yechim

 

A.     Ko‘proq audio eshitish.

B.     Lug‘at boyligini oshirish.

2-jadval. Metakognitiv mashq namunasi

 

 

Yuqorida keltirilgan tartibda audio fayllarni tahlil qilish orqali nafaqat tinglab tushunish ko‘nikmasi shakllanadi, balki ishchi xotiraga tushayotgan yuk birmuncha kamayadi.

Prediktiv metod – tinglab tushunish kompetensiyasining kognitiv psixolingvistik asoslarini tadqiq etishning samarali usullaridan biri. Bunda tinglovchiga nutqni eshitishdan oldin yoki nutq jarayonining o‘zida keyingi kelishi mumkin bo‘lgan axborotni taxmin qilishga asoslanadi. Bu psixolingvistik jihatdan miyaning nutqni tushunishdagi gipotezalarni doimiy sinab ko‘rish imkonini beradi. Ushbu metod nutqni tushunishning ehtimollik holatini ifodalashga imkon beradi, jarayonda ishchi xotira taxmin qilinayotgan variantlarni tekshirishga tayyor turadi.

 

 

3-chizma. Prediktiv metod jarayoni

 

 

Mashq. O‘quvchilarga quyidagi vizual tasvir taqdim etilsin (surat internet tarmog‘idan olindi). So‘ngra surat bilan tanishish uchun bir daqiqa vaqt ajratilsin. Tanishuv jarayoni yakunlangach, audio qo‘yib eshittiriladi. Bu metoddan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning xarita bilan ishlashda tinglab tushunish kompetensiyasining kognitiv-psixolingvistik fundamentini rivojlantirish.

 

 

1-rasm. Prediktiv metod uchun tanlangan surat (Internet tarmog‘idan olindi)

 

 

Prediktiv metodning bajarilish tartibi:

  1. Audioning kim tomonidan gapirilishi mumkinligini taxmin qilish.
  2. Audioda harakatlar qaysi nuqtadan boshlanishini taxmin qilish (masalan, sharq, g‘arb…).
  3. Qaysi hudud bo‘ylab harakatlanish mumkinligini taxmin qilish – o‘zgarishlarni bashorat qilish (qaysi hudud haqida ko‘p gapirilmoqda?)
  4. Joylashuvga oid so‘zlarni taxmin qilish (masalan, o‘ng tomonda, chap tomonda, to‘g‘risida, orqasida, shimoli-g‘arbida, tepada…).
  5. Grammatik shakllarni bashorat qilish – qaysi zamon ko‘proq ishlatilyapti, nisbat shakllari, bog‘lamalar…

Amaliy mashqqa tatbiqi:

  1. O‘quvchilarning audioning dastlabki 20 soniyasi qo‘yib eshittiriladi – audio ular taxmin qilgani kabi kirish qismidan boshlanyaptimi yoki yo‘qligi tek
  2. O‘quvchilar audioda aytilayotgan joy nomini tinglab, sxemada barmoqlari bilan kuzatib borishadi. Audio so‘zlovchisi xaritadagi biror hudud (masalan, sport zali) haqida gapirganda, o‘sha hududga ishora qilishadi.
  3. Agar so‘zlovchi kutilmagan joyni tilga olsa, o‘quvchining dastlabki taxminlari buziladi va ayni jarayonda yangi taxminlar amalga oshirilishi kerak.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, tinglab tushunish kompetensiyasini kognitiv psixologik jihatdan o‘rganish faqatgina akustik jarayongina bo‘lib qolmasdan, balki murakkab psixolingvistik-kognitiv jarayondir. Tinglab tushunish holati dastlab uzatilgan axborotni tinglashdan boshlanib, tushunish jarayoniga neyronlar asosida o‘tiladi. Tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun yuqorida metodik tamoyillar amalga tatbiq etish o‘quvchilarni axborot tuzilmalarini faol ravishda dekodifikatsiya qilishga imkon beradi. Shuningdek, o‘quvchining til o‘zlashtirish qobiliyatida nutqni idrok etish va tushunish ko‘nikmalarini integrativ ravishda mustahkamlaydi.

References

Зимняя, И. А. (1991). Психология обучения иностранному языку в школе. Просвещение.

Кобрина, Н. А., Корнийчук Н. Ф., & Разумова Т. С. (1999). Грамматика английского языка: Морфология. Синтаксис. Союз.

Кубрякова, Е. С. (1996). Проблемы представления знаний в языке. В Структуры представления знаний в языке. 5-31. Москва.

Кубрякова, Е. С., Демьянков В. З., Панкрац Ю. Г., & Лузина Л. Г. (1996). Краткий словарь когнитивных терминов. Москва.

Мишатина, Н. Л. (2009). Методика и технология речевого развития школьников: лингвоконцептоцентрический подход. Сага – Наука.

Qo‘yliyeva, S. (2024). O‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarining tarkibi: tuzilishi va mazmuni. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27987

Solodilova, I. (2020). Linguo-Cognitive Approach In Foreign Language Teaching. European Proceedings of Social and Behavioural Sciences, 77, 627-634. https://doi.org/10.15405/epsbs.2020.04.02.73

Yan, J. (2022). Linguo-cognitive approach to teaching listening. Theory and methods of teaching (by ranges and levels of education), 64(44), 305-311. https://doi.org/10.34670/AR.2022.64.44.038

https://infopedia.su/5x3094.html?ysclid=mibkzb76jx959509443

Published

Downloads

Author Biography

Nilufar Odiljonova,
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi

Basic doctoral student

How to Cite

Odiljonova, N. (2025). Cognitive psycholinguistic study of listening comprehension competence. The Lingua Spectrum, 11(1), 367–373. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1188