Использование Classroom Management в процессе обучения иностранным языкам и его преимущества

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
 Использование Classroom Management в процессе обучения иностранным языкам и его преимущества

Аннотация

В этом исследовании рассматривается важность управления классом при обучении иностранному языку и его преимущества в процессе обучения. В научной работе представлены различные педагогические стратегии и приемы, позволяющие поддерживать порядок в классе, контролировать активность учащихся и обеспечивать эффективное обучение. Управление классом заключается не только в управлении поведением учащихся, но и помогает учителю эффективно организовать урок, повысить мотивацию учащихся, улучшить качество урока. Исследования показывают, что наилучших результатов можно достичь, поощряя участие учащихся, решение проблем и командную работу, принимая во внимание индивидуальность учащихся в процессе обучения. Среди преимуществ классного менеджмента – повышение взаимного уважения учащихся, установление позитивных отношений между преподавателем и учениками, повышение эффективности образовательного процесса. Данная исследовательская работа включает в себя теоретические и практические подходы, необходимые учителям иностранного языка для более эффективного и систематического проведения уроков. Учителям рекомендуется правильно выбирать инструменты управления классом и адаптировать их к своей работе.

Ключевые слова:

Управление классом педагогическая стратегия индивидуальность интерактивность языковые аспекты

Chet tillarini oʻqitish zamonaviy taʼlim tizimining ajralmas qismiga aylangan. Bu jarayon nafaqat til o‘rgatish, balki til o‘rganuvchilarning madaniy va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Chet tilini oʻqitishda oʻqituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchilarni motivatsiya qilish, ularning faoliyatini boshqarish va o‘quv jarayonida ijobiy muhit yaratishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada chet tillarini o‘qitishda Classroom Management (sinfni boshqarish) ning roli va uning afzalliklari haqida so‘z boradi.

Classroom Management (sinfni boshqarish) bu o‘qituvchi tomonidan sinfdagi o‘quvchilarni samarali o‘qitish uchun turli pedagogik va psixologik usullarni qo‘llash jarayonidir. Bu jarayonning maqsadi o‘quvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning motivatsiyasini oshirish va taʼlim muhitini ijobiy, samarali qilishdir. Classroom Management sinfdagi tartibni saqlash, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish va ularga eng yaxshi o‘quv muhitini yaratish uchun zarur vositalar va usullarni o‘z ichiga oladi.

Chet tillarini o‘qitishda Classroom Managementning ahamiyati quyidagilardan iborat:

  1. O‘quvchilarning faol ishtirokini taʼminlash.

Chet tili o‘qitishida o‘quvchilarning faol ishtiroki juda muhimdir. Sinfda tartibni saqlash va har bir o‘quvchining darsga faol jalb qilish Classroom Managementning asosiy maqsadlaridan biridir. O‘quvchilarni bir-biri bilan muloqot qilishga, fikr almashishga va o‘z fikrlarini ifoda etishga undash uchun o‘qituvchi turli metodlardan foydalanishi kerak. Classroom Management orqali o‘qituvchi, o‘quvchilarning guruhlarda ishlashini, muammolarni hal qilishni va tilni erkin qo‘llashni rag‘batlantiradi.

  1. O‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish.

Sinfda yaxshi boshqaruv o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilar o‘zlarini qulay va xavfsiz muhitda his qilganda, ular chet tilida o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga, xatolardan qo‘rqmasdan o‘rganishga tayyor bo‘ladilar. Classroom Management yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlarini erkin ifoda etishlariga imkon yaratadi, bu esa tilni o‘rganish jarayonini sezilarli darajada samarali qiladi.

  1. Taʼlim muhitining ijobiyligini yaratish.

Sinfda yaxshi boshqaruv taʼlim muhitining ijobiyligini yaratish uchun zarurdir. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni hurmat qilish, ularning fikrlarini tinglash va ularni bir-biriga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga undashni o‘rganishi lozim. Chet tili o‘qitish jarayonida Classroom Management, o‘quvchilarni bir-biriga yordam berishga, guruhda ishlashga va o‘rganish jarayonida faol ishtirok etishga undaydi.

  1. O‘quvchilarni boshqarish va muammolarni hal qilish.

Chet tili darslari ko‘pincha o‘quvchilar o‘rtasida turli xatoliklar va noto‘g‘ri tushunishlar bilan kechadi. Bu holatlarda Classroom Management o‘qituvchiga muammolarni tezda hal qilishda yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga kerakli yordamni ko‘rsatish, noto‘g‘ri fikrlarni to‘g‘rilash va ularni darsga faolroq jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi pedagogik ko‘nikmalarini samarali ishlatishi, o‘quvchilarning ehtiyojlarini tushunishi va o‘quv jarayonini yaxshilash uchun mos yo‘llarni tanlashi kerak.

Chet tillarini oʻqitish jarayonida Classroom Managementdan foydalanishda bir qancha afzalliklarini ko‘rib chiqamiz: 

  1. Sinfdagi tartib va ijobiy muhit o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘qituvchi turli o‘yinlar, muammolar va kreativ faoliyatlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning diqqatini ushlab turishi va darsga bo‘lgan qiziqishlarini saqlab qolishi mumkin. Shuningdek, bu usullar o‘quvchilarning tilni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini ham oshiradi.
  2. Chet tilini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini mustaqil ravishda o‘rganishga, yangi mavzularni mustaqil o‘zlashtirishga undaladi. Classroom Management orqali o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganishning turli usullarini, o‘zaro yordam va guruh ishlarini taqdim etishi, shuningdek, mustaqil fikrlash va o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
  3. Chet tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilar nafaqat til o‘rganadilar, balki o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish, muloqot qilish, jamoa ishlari va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Classroom Management bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zaro hurmat, yordam va muloqot qilishga undash orqali ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi (Allwright & Bailey, 1991).

Classroom Management metodlari o‘qituvchining o‘ziga xos pedagogik yondashuviga, shuningdek, o‘quvchilarning ehtiyojlari va xulq-atvoriga mos bo‘lishi kerak. Har bir metodning samaradorligi sinfdagi atmosfera, o‘quvchilarning motivatsiyasi va ularning o‘zaro munosabatlariga bevosita bog‘liq. O‘qituvchilar har doim o‘z metodlarini sinab ko‘rib, zarur bo‘lganda ularga o‘zgartirishlar kiritishlari lozim (Хамракулова, 2024).

Og‘zaki nutqda (verbal kommunikatsiya) Classroom Management darsni boshqarishning o‘zi alohida o‘rin tutadi, chunki bu o‘qituvchining o‘z fikrlarini aniq, samarali va hurmatli tarzda ifodalashiga yordam beradi. O‘qituvchining og‘zaki nutq darsini tartibga solish, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va xulq-atvorni nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Og‘zaki nutqda ishlatiladigan asosiy strategiyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Aniq va to‘g‘ri buyruqlar berish – o‘qituvchi og‘zaki nutq orqali aniq va tushunarli buyruqlar berishi kerak. Misol uchun:

- Iltimos, barcha o‘quvchilar o‘z joylaringizga o‘tiring.

- Darsni boshlashdan oldin, telefonlaringizni o‘chiring.

  Bunday buyruqlar o‘quvchilarga nima qilish kerakligini aniq tushunishga yordam beradi.

  1. Samarali savollar berish - savollar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan faol muloqotini ta‘minlashga yordam beradi. Ular o‘quvchilarning fikrini o‘rganish, darsni qiziqarli va interaktiv qilish uchun ishlatiladi. Misol uchun:

- Pido a todos los estudiantes que tomen asiento. – Sizningcha, bu masala qanday yechiladi?

- Apagad vuestros teléfonos antes de empezar la clase. – Kim bu misolni yechishda yordam bera oladi?

Savollarni o‘qituvchi turli shakllarda, masalan, ochiq, yopiq yoki yordamchi savollar ko‘rinishida ishlatishi mumkin.

  1. Sabr-toqat va xotirjamlikni namoyish etish – o‘qituvchining og‘zaki nutqi o‘quvchilarni tinchlantirish va ularning xulq-atvorini tartibga solish uchun juda muhim. Masalan:

- Por favor cálmate. Empecemos a compartir otras ideas. – Iltimos, biroz tinchlaning. Boshqa fikrlar bilan bo‘lishishni boshlaymiz.

- Es muy interesante escuchar tu opinión. Espera un minuto. - Sizning fikringizni eshitish juda qiziq. Biroz kutib turing.

O‘qituvchi sabrli bo‘lishi va o‘quvchilarni tinchlantirish uchun xotirjam va do‘stona tonda gapirish zarur.

  1. Qattiq va qat’iy bo‘lish – ba’zida o‘qituvchi qat’iy bo‘lishi kerak, lekin bu jarayon ham xushmuomalalik bilan amalga oshirilishi kerak. Masalan:

- Está prohibido continuar con tales acciones. - Bunday xatti-harakatlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi. (Tashpulatova, F. S., 2024).

- No podemos pasar a otras actividades hasta que este trabajo esté terminado. - Bu ishni to‘liq tugatmaguncha, boshqa faoliyatga o‘tolmaymiz.

Bu xabarlar o‘quvchilarga darsdagi qoidalarni hurmat qilish zarurligini eslatadi.

  1. Positiv va rag‘batlantiruvchi nutq – o‘qituvchi o‘quvchilarni maqtash va motivatsiya qilish uchun ham og‘zaki nutqni ishlatadi. Bu o‘quvchilarning ishtiyoqini oshiradi va ijobiy xulq-atvorni rivojlantiradi. Masalan:

- Me gustaron mucho tus acciones, continúa! - Sizning harakatlaringizni juda yaxshi ko‘rdim, davom eting!

- ¡Esta es una gran solución! Todos los demás deberían intentar hacer lo mismo. – Bu juda ajoyib yechim! Boshqa hamma ham shunday ishlashga harakat qilishi kerak.

  1. Darsni tushuntirish va xulosalash – dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilarga tushuntirishlar berishi, savollarga javoblar berishi va darsning asosiy xulosalarini chiqarishi kerak. Og‘zaki nutq yordamida o‘qituvchi darsda o‘rgatilayotgan materialni to‘liq tushunishga yordam beradi. Masalan:

- Usando este ejemplo, llegamos a las siguientes conclusiones. – Mana shu misol orqali biz quyidagi xulosalarga keldik.

- ¿Qué aprendimos en la lección de hoy? - Bugungi darsda biz nimani o‘rgandik?

  1. O‘quvchilarning xulq-atvorini boshqarish – o‘qituvchi o‘quvchilarning xulq-atvorini nazorat qilish uchun og‘zaki nutqdan foydalanadi. Bu, ayniqsa, dars davomida tartibni saqlashda foydalidir. Masalan:

- Por favor guarde silencio y preste atención cuando otro estudiante hable. – Iltimos, jim bo‘ling, boshqa o‘quvchi gapirayotganda e’tibor bering.

- Estas acciones son inaceptables. Respeta a los demás estudiantes. – Bu xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshqa o‘quvchilarni hurmat qiling.

  1. Tushuntirish va qisqa so‘zlar bilan ifodalash - barcha o‘quvchilar nutqni turlicha qabul qilishi mumkin, shuning uchun o‘qituvchining gaplari oddiy va aniq bo‘lishi kerak. Shuningdek, darsni samarali tushuntirish uchun ko‘proq tasviriy misollar keltirilishi mumkin. Masalan:

Si comparamos 3 monedas con 10 monedas, 3 monedas son 1/3 de 10 monedas. – Agar biz 3 tanga 10 tanga bilan solishtirsak, 3 tanga 10 tanganing 3-da biri bo‘ladi. (Carolyn M. Evertson, Carol S. Weinstein., 2024).

Demak, o‘qituvchining og‘zaki nutqi dars jarayonining samaradorligini oshiradi. O‘qituvchi o‘z nutqini to‘g‘ri va muvozanatli ishlatib, o‘quvchilarni rag’batlantirish, xulq-atvorini boshqarish va darsni muvaffaqiyatli o‘tkazishda yordam beradi. Nutqning to‘g‘ri ishlatilishi, o‘qituvchining autoritetini mustahkamlashga, o‘quvchilarni e’tiborli va faol qilishga yordam beradi (Сабирова, 2024).

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, chet tilini o‘qitish jarayonida Classroom Management ning o‘rni juda katta. Sinfdagi tartib va ijobiy muhit, o‘quvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va samarali o‘rganish jarayonini yaratish uchun zarur vosita hisoblanadi. Chet tili o‘qituvchisi Classroom Management yordamida nafaqat o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki ularning ijtimoiy, emotsional va kommunikativ qobiliyatlarini ham mustahkamlashga erishadi. Bunda o‘qituvchining pedagogik ko‘nikmalari va psixologik yondashuvlari muhim rol o‘ynaydi. Classroom Management ni samarali qo‘llash o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini ancha osonlashtiradi va muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini oshiradi.

Библиографические ссылки

Allwright, D., & Bailey, K. M. (1991). Focus on the Language Classroom. Cambridge University Press.

Carolyn M. Evertson, Carol S. Weinstein. (2006). Handbook of classroom management. Routledge.

Сабирова Нилуфар Камилжановна. (2024). Coвременная мoдeль прoфессиoнальнoй кoмпетенции перевoдчика в кoнтeксте систeмы пoдготoвки пeревoдчикoв в вузаx. Журнал "O‘zbekiston til va madaniyat" Uzbekistan Language and Culture.

Sabirova N.A. (2024). Talabalarning yozma nutqini o‘stirishda yozma ishlarning ahamiyati. Journal of Research and Innovation, (2(3)).

Tashpulatova, F. S. (2024). Ispan tili leksikasini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rgatishning maqsad va vazifalari. образование наука и инновационные идеи в мире, 43(3).

Хамракулова, Б. А. (2024). Формирование глобального восприятия механизмов разработки педагогических технологий у будущих учителей. Журнал гуманитарных и естественных наук, (7).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Нилуфар Сабирова,
Узбекский государственный университет мировых языков

Ассистент

Как цитировать

Сабирова, Н. (2024). Использование Classroom Management в процессе обучения иностранным языкам и его преимущества. Лингвоспектр, 3(1), 143–147. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/173

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.