Интенсивные методы обучения иностранным языкам (на испанском примере)
Аннотация
В данной статье рассказывается о методике преподавания иностранных языков, истории и этапах их развития, современных методах и их видах, используемых сегодня в преподавании иностранных языков, и способах их использования. В сегодняшнюю развивающуюся эпоху изменения и значительный прогресс происходят во всех областях, особенно в области науки. После обретения нашей страной независимости возросло внимание к науке, особенно иностранным языкам. Преподавание каждого предмета с использованием современных инновационных технологий и методов является одним из важнейших требований современной эпохи. Эффективное использование современных педагогических технологий и методов на каждом уроке в процессе обучения помогает учащимся мыслить самостоятельно и свободно, искать, серьезно подходить к каждому вопросу, укреплять интерес к учебе, что позволяет добиться положительных результатов.
Ключевые слова:
методика инновация иностранный язык общение уменияHar qanday mamlakatning kuch – qudrati uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Bu esa bevosita ta’lim sifatiga bog‘liq. Ta’lim tizimida innovatsiya, integratsiya va o‘qitish sifati monitoringini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda o‘quv-tarbiya jarayoni natijaviyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday yo‘nalishdagi tadqiqotlarda o‘qitish sifati monitoringining nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini tatbiq etish, uzluksiz ta’lim tizimiga innovatsion g‘oyalarni, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishga oid ilmiy jihatdan asoslangan takliflarni,tavsiyalar tizimini ishlab chiqish, ta’lim va o‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, o‘qitish sifati monitoringini avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
- Butun jahonda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar kishilik jamiyatining oliy maqsadi bo‘lib kelgan – jismonan va axloqan barkamol, aqlan yetuk, ma’naviy boy insonni tarbiyalash muammosining yechimini topishga qaratilgan bo‘lib, bu demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatida muhim ahamiyat kasb etadi va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimining natijali samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifasini qo‘yadi (Abdullaeva, 1999).
Shu boisdan ham ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali samarali natijalarga erishish mumkin.
- Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib,avvalo “texnologiya” so‘zining, mohiyati, mazmunini aniqlab chiqish lozim. “Texnologiya” so‘zi 1872-yilda qo‘shma, yunoncha, ya’ni “texnos” – san’at, mahorat va “logos” – fan so‘zlaridan olinib, “mahorat fani” ma’nosini, “O‘zbek tilining” 1981-yilda nashr etilgan izohli lug‘atida esa “ishlab chiqarish protsesslari, metod va vositalari xaqidagi bilimlar majmui” degan ma’noni anglatadi.Buni pedagogika faniga ko‘chirib, “pedagogik texnologiya” deb izohlaydigan bo‘lsak, unda “ta’lim-tarbiya qoidalari, metodlari shakl va vositalari xaqidagi bilimlar majmui” degan ma’no kelib chiqadi. Chunki “Pedagogika” bu ta’lim - tarbiya demakdir. Shunday qilib, “pedagogik texnologiya” bu ta’lim – tarbiya jarayonining qoidalari, metodlari, shakllari,vositalarining mukammaligini anglatuvchi bilimlar yig‘indisi yoki san’atidir (Asadov, 1998).
Zero, har bir tarbiyach o‘qitish va tarbiyalashning qoida, shakl, metod, vositalarini mukammal, san’at darajasida bilsa, shunga qarab tarbiya jarayonini tashkil qilsa, tarbiyalanuvchini mustaqil fikrlashga, muloxaza qilishga o‘rgatadi va ko‘zlangan maqsadga erishadi.
Buni faqat ta’lim-tarbiya muassasalarining o‘qitish-tarbiyalash jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish orqali, bo‘lajak barkamol avlodga yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish mumkin (Bekmurodova, 2012). Shu bois mazkur muammo respublikamiz olimlarining diqqat markazida turibdi. Mazkur mavzu doirasida mamlakatimizda maqolalar, qo‘llanmalar, risolalar nashr etilmoqda.Tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi g‘oyasini ko‘tarib chiqqan rus pedagoglaridan biri M.Veronovich pedagogik texnologiyani ta’riflab shunday yozadi: “Pedagogik texnologiya – tarbiya jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad, mazmun, yo‘nalish, ko‘rsatgichlaridan kelib chiqib, tarbiya jarayonini loyihalash va tizimli yondashishdir”.
Ushbu ta’rifdan shu narsa ma’lumki, o‘quv maqsadlariga erishish va yaxshi natijani qo‘lga kiritishning muhim sharti tarbiyalash texnologiyasining mexanizmi bo‘lgan tarbiya jarayonini loyihalash va ta’lim-tarbiyaga tizimli yondoshishdir.
Respublikada pedagogik texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish va uni fan sifatida e’tirof etishni birinchilardan bo‘lib pedagog olimlardan B.L. Farberman, N.S. Sayidaxmedov, M. Ochilov, O. Roziqov, X. Abdukarimov, T. Nazarova, K. Zaripov, B. Ziyomuhammedov va boshqalar talqin qildilar. Bular tomonidan pedagogik texnologiyaning mazmun mohiyatini aniqlashtirish, uning xududga mos variantini yaratish, ta’lim-tarbiyani texnologiyalashtirish vositasida barkamol shaxsni shakllantirish va yuksaltirish masalalari ko‘tarilib chiqildi (Juraboyev, 2020).
Ta’limda turli texnologiyalar va ilmiy axborot vositalarining joriy etilishi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini berdi. Bu o‘quvchiga birinchi mashg’ulotdan boshlab qisqa vaqt ichida kerakli o‘quv materialini ko‘paytirish imkonini beradi. Ushbu maqsadni ko‘zlagan holda intensiv o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish o‘quv materialini ko‘paytirishning samarali usuli hisoblanadi (Салахова, 2020).
“Intensiv” atamasi birinchi marta XIX asrning birinchi yarmida rus pedagogik adabiyotida paydo bo‘lgan. Bu so‘z fransuzcha “issiq”, “kuchaygan”, lotincha –”baquvvat”, “jonli”, “tez”, “bo‘ronli”, ispan tilidan – “cho‘zish”, “kattalashtirish”, “kengaytirish” so‘zlaridan olingan.
Intensiv ta’lim pedagogik ensiklopediyada quyidagicha tavsiflanadi: (fransuzcha “intensiv”, lotincha “intension” - “ishtiyoq”, “intensivlik” “tezlashtirish”) tez o‘qitish jarayoni.
Uzluksiz ta’lim tizimi eskirgan bilim va sohalarni muntazam yangilab borishni talab qiladi. Yangi bilim olishga, o‘z bilimlarini amalda qo‘llashga va takomillashtirishga intilayotgan har bir yosh avlod mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi (Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, 2020). Hozir o‘qituvchilarga nafaqat bolani “o‘rgatish”, balki uni “o‘rganishga undash” vazifasi yuklangan. Endi o‘qituvchi, shu jumladan, o‘qituvchi ham bolani bilim olishga va yangilikka undashi kerak.
Ta’limning o‘zgarishi o‘qituvchi rolining o‘zgarishiga olib keladi. Endi o‘qituvchi nafaqat boshqaruvchi, balki o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lgan shaxsdir. O‘quvchining roli ham o‘zgaradi, u nafaqat bilim oladi, balki qidiruvda, ma’lum ko‘nikmalarni rivojlantirishda ham ishtirok etadi (Сабирова, 2022) Hozirgi ta’lim tizimi nafaqat o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga, balki ularning bilim salohiyatini rivojlantirishga ham qaratilishi kerak.
Zamonaviy ta’lim tizimi bolaning e’tiborini va harakatlarini boshqarishi va boshqarishi, ularni mustaqil o‘rganishga va hayotda qo‘llashga o‘rgatishi kerak. Bu muammolarni an’anaviy va intensiv mashg’ulotlarning oqilona kombinatsiyasi orqali hal qilish mumkin. Bolaning aqliy qobiliyatini rivojlantirishda intensiv mashg’ulot an’anaviy mashg’ulotlardan bir qator afzalliklarga ega. Bu imtiyozlar o‘quv jarayonining ishtirokchilarining faol o‘zaro ta’siriga asoslanadi.
G.K. Selevko o‘quvchilarni ilhomlantirish va faollashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalarni bir necha guruhlarga ajratdi: o‘yin texnologiyasi, muammolarni o‘rganish, o‘quv materialining sxematik va ikonik modellari asosida darslarni chuqurlashtirish texnologiyasi, darajalarni farqlash texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish texnologiyasi, o‘quv texnologiyasi, guruh texnologiyalari, kompyuter (yangi axborot) ta’lim texnologiyalari.
Intensiv mashg’ulotlarni yuqori aqlli, faol, ijodiy va shaxsiy salohiyatini to‘liq namoyon qila oladigan o‘qituvchi tashkil qilishi mumkin.
Zamonaviy o‘qitish metodlarini darslarda to‘g‘ri tadbiq etish – yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda fikriy teranlik, mantiqiy saviyaning yuqoriligi, ziyraklik, etuk mushohada layoqatini ta’minlashga xizmat qiladi (Sabirova, 2024). Jumladan zamonaviy an’anaviy metodga aylanib borayotgan “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Charxpalak” Ushbu texnologiya talaba (yoki o‘quvchi)larni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha talaba (yoki o‘quvchi)larni baholay olishga qaratilgan. Kartochka Ushbu mashg‘ulot talabalarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka holda fikrlash hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish qobiliyatini aniqlaydi
Xotira texnikasi. Ushbu texnologiya talaba (yoki o‘quvchi)larni o‘tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga va o‘z – o‘zini baholashga o‘rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha talaba (yoki o‘quvchi)larning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan. Bu yangi pedagogik texnologiyalar o‘qitish sifatini oshirishni ta’minlaydi. Hozirgi kunda bir qator metodlar ham kirib kelmoqdaki, ulardan qay birini tanlab foydalanish o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni talab qiladi. Masalan “bevosita metod” orqali o‘quvchi biror chet tilini vositachi tilsiz, ya’ni ona tili yordamisiz o‘rganadi. Bunga poydevor assosiativ metoddir.Ma’lum tushuncha va tovushlar ma’lum mazmun bilan mustahkam bog‘lanadi (Tashpulatova, 2024).
Til keng qamrovli hodisa bo‘lganrligi tufayli chet tili jarayonida turli didaktik o‘yinlardan foydalanishga imkoniyat katta. Ularning turlarini quyidagicha ajratamiz: o‘yin maqsadlarga ko‘ra:
- til materiallarini o‘zlashtirish va uni nutqda qo‘llash uchun ko‘nikmalarni shakllantirish: leksik o‘yinrlar, grammatik o‘yinlar va fonetik o‘yinlar;
- nutqiy malakalarni shakllantiruvchi o‘yinlar: tinglab tushunish, dialog va monolog nutqmalakalarini shakllantiruvchi o‘yinlar, o‘qish turlari (ovoz chiqarib o‘qish, matnning asosiy va to‘liq mazmunini tushunib o‘qish) bo‘yicha nutqiy malakalarni taqomillashtiruvchi o‘yinlar, yozuv malakalarini shakllantiruvchi o‘yinlar;
- nutqiy ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlashga mo‘ljallangan o‘yinlar;
- o‘quvchilarning umumiy dunyoqarashini kengaytiruvchi, xususan, mamlakatshunoslikka oid bilimlarni boyitishga qaratilgan bilimlar. Bundan tashqari, grammatik o‘yin turlaridan foydalanish ham talabalarning bilim saviyasini yanada oshiradi. Masalan:
- gaplarning bir zamon shaklidan boshqa zaman shakliga o‘tkazish;
- berilgan nutq namunasi yoki ma’lum bir grammatik hodisani iloji bo‘richa ko‘proq qo‘llab rasm chizish;
- ma’lum grammatik material asosida savol-javob shaklidagi o‘yin;
- gaplarda ataylab yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash;
- berilgan so‘zlardan gap tuzish;
- nuqtalar o‘rniga muvofiq predloglarni qo‘yish
- ma’lum grammatik materialga asoslangan “davra” o‘yini.
Ispan tilidagi o‘quv dasturini o‘rnatgan holda lingvistikka oid va til o‘qitishga asoslanmagan universitetlarda chet tillarni o‘qitishda asosiy qadam - uning maqsadlariga qanday erishish mumkinligini aniqlashdir (Хамракулова, 2023). Bu maqsad chet tillarni o‘qitishning metodologiyasi nuqtai nazaridan quyidagi usullar bilan birlashtiradi; lingvistika bo‘limlari (fonetika, leksika, grammatika) va til ko‘nikmalari (o‘qish, gapirish, tinglash, yozish). Bu jihatlarni o‘rgatish turli ta’lim metodlarini nazarda tutadi va bu muhokama uchun alohida mavzu hisoblanadi. Chet tili metodikasida maxsuslingvistik kompetentsiyaga asos sifatida e’tibor beriladi.
Hozirgi bosqichda chet tili ta’limi ko‘p o‘lchovli hodisadir. Chet tili ta’limi ko‘p madaniyatli va ko‘p tilli odamlar jamoasida yosh mutaxassisning muvaffaqiyatli kasbiy faoliyati uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Chet tili ta’limi ham shaxs ongini, uning ijtimoiy harakatchanlik va ochiq axborot makonida erkin faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirishning muhim vositasidir (Galskova va Gezning, 2006) so‘zlariga ko‘ra, chet tili ta’limi jarayon sifatida talabalarni ular uchun yangi aloqa vositasi bilan tanishtirishga, boshqalarning madaniyatini bilishga va o‘rganilayotgan til mamlakat madaniyati prizmasi orqali o‘z madaniyatini tushunishga, talabalarga singdirishga qaratilgan boshqa tillar va madaniyatlarga nisbatan muloqot va bag’rikenglikka tayyorlik. Antropotsentrik printsipga ko‘ra, talabalar bir vaqtning o‘zida o‘quv faoliyati subyektlari va madaniyatlararo aloqa subyektlariga aylanadilar, bu esa ushbu tamoyil chet tili ta’limi tizimining asosiy tarkibiy qismiga aylanishini ko‘rsatadi. Zamonaviy chet tili ta’limi jarayon sifatida talabaning shaxsini, uning intellektual va hissiy-ixtiyoriy qobiliyatlarini va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi, bu birinchi navbatda tilda namoyon bo‘ladi. Chet tilini o‘zlashtirish natijasi talabalarning kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirishdir, bu o‘rganilayotgan til mamlakatining ijtimoiy-madaniy kontekstini hisobga olgan holda turli xil aloqa vaziyatlarida chet tilidagi bayonotlarni tushunish va yaratish qobiliyati sifatida tavsiflanadi (Baxronova & Turamuratova, 2024).
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, chet tilini o‘rganish o‘zga dunyo bilan tanishish imkoniyatini tuhfa etar ekan, bu imkoniyatdan o‘z vaqtida oqilona foydalanishning eng samarali uslublarini qo‘llash hamda ulardan maqsadimiz yo‘lida oqilona foydalana olishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Didaktik o‘yinlardan foydalanish: chet tili o‘qitishning amaliy tarbiyaviy vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Talabalarning chet tilida muloqot qilishiga nisbatan psixologik salbiy kechinmalari, his-hayajonlarini yo‘qotishga imkon beradi va mustaqil fikrlashga, nutq faoliyatlarini tezlashtirishga undaydi. Umuman olganda chet tilini intinsivo‘qitish tilni tezroq o‘rganishiga imkon beradi va dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Библиографические ссылки
Abdullaeva K. (1999). Yangi pedagogik texnologiyalar.//«Boshlang‘ich. ta’lim». №4.
Asadov I. (1998). Yangi pedagogik texnologiyalarning tarkibiy mohiyati haqida mushohda. «Til va adabiyot ta’limi» jurnali №4.
Baxronova, D., & Turamuratova, I. (2024). Xorijiy tillarni o ‘qitishning inson shaxsiy va ijtimoiy kamolotidagi ahamiyati. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 208-212).
Bekmurodova. U.B. (2012). “Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida referat., Toshkent.
Juraboyev, B. B. (2020). Nemis tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuv. Science va Ta'lim, 7(7), 215-220.
Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O‘zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o‘rni va ularnig turli jihatdan tasniflanishi. Science and Education, I(Special Issue 3).
Сабирова, Н. А. (2022). Лингвистические и универсальные типологии на уроках E/LE. Universum: психология и образование, (2 (92)), 7-9.
Sabirova Nilufar Kamiljonovna. (2024). European Scholar Journal, 5(2), 47-48. Retrieved from https://www.scholarzest.com/index.php/esj/article/view/4309
Салахова, Д. С. (2020). Использование изобразительной наглядности для обучения письменной речи на уроке иностранного языка. Интернаука, (37-1), 34-36.
Tashpulatova, F. S. (2024). Turizmga oid oʻzlashgan terminlarning leksik-semantik xususiyatlari (ispan va oʻzbek tillari misolida). Oбразование наука и инновационные идеи в мире, 43(3), 104-107.
Хамракулова, Б. А. (2023). Развитие коммуникативно-прагматической компетенции будущих преподавателей испанского языка с использованием технологии. Журнал гуманитарных и естественных наук, 81-88.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2024 Нилюфар Сабирова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
