Концептуальный анализ пословиц с соматическими компонентами в английском и узбекском языках

Аннотация
В данной статье проводится концептуальный анализ пословиц с соматическими компонентами в английском и узбекском языках. Соматические компоненты представляют собой лексические единицы, относящиеся к частям человеческого тела, и играют важную роль в фразеологической системе обоих языков. Поскольку пословицы отражают мировоззрение, традиции и культурные ценности народа, их соматические компоненты могут дать глубокое представление о менталитете и языковых особенностях конкретного общества. В исследовании рассматривается семантическая структура соматических пословиц, их национальные и культурные особенности, а также концептуальные аспекты. Сравнительный анализ английских и узбекских пословиц с соматическими компонентами раскрывает функции этих языковых единиц в различных культурных контекстах. Выявлены сходства и различия в употреблении соматических единиц в обоих языках, что позволяет определить их лингвистические и культурные особенности. Результаты данной статьи имеют важное значение для лингвистики и теории перевода, создавая методологическую основу для сравнительных исследований, а также способствуя лучшему пониманию межкультурной коммуникации.
Ключевые слова:
соматические компоненты пословицы концептуальный анализ английский язык узбекский язык лингвокультурология сравнительное языкознание семантические особенности“Konsept” tushunchasi kognitologiya va lingvokulturologiyaning asosini tashkil qiladi. Ammo, xorijiy va mahalliy tilshunoslikda «konsept» atamasi keng qo‘llanilishiga qaramay, hozirda uning yagona talqini mavjud emas. Konseptning mohiyati uning aqliy kognitiv tabiati bilan belgilanadi, bu haqiqatni ong bilan aks ettirish natijasidir. Konseptning mazmuni so‘zning leksik ma’nosiga qaraganda ancha kengroq va chuqurroqdir, chunki u nafaqat ongga tegishli semantik komponentlarni, balki insonning umumiy axborot bazasini, uning nutqida topilmasligi mumkin bo‘lgan mavzu yoki hodisa haqidagi ensiklopedik bilimlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi (SLibrary, n.d.). Somatik komponentli maqollarning semantik xususiyatlarini o‘rganish ularning lingvokulturologik tahlilini amalga oshirish uchun muhimdir. V. Maslova ta’kidlaganidek, lingvokulturologiyaning asosiy tahlil tamoyillaridan biri bo‘lgan olamning lisoniy manzarasi turli ma’no buyokdorligini namoyon etuvchi pragmatik semalar asosida tasvirlanadi. Har bir millat dunyoqarashi va olamni anglashi milliy-madaniy xususiyatlar zamiridagi olamning lisoniy manzarasi ta’sirida yuz beradi (Xudoyberganova, 2015; 25). “Konsept (lot. conceptus “tushuncha”. SA. Аскальдов-Алексеев termini): 1. Kognitiv tilshunoslikda: inson ongining mental va ruhiy imkoniyatlari, uning bilimi va tajribasini aks ettiruvchi axborot tizimi birligi. 2. Lingvokulturologiyada: mentallik xususiyatiga hamda lisoniy ifodaga ega bo‘lgan, etnomadaniy o‘ziga xoslik bilan ajralib turuvchi jamoa ongi birligi. 3. Psixolingvistikada: insonning bilish va muloqot faoliyatida yuzaga keladigan, uning ruhiyati qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi harakatchan perseptiv-kognitiv-affektiv tuzilma”. “Konsept” muammosi antroposentrik paradigmaning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Konseptning mohiyati, uning tiplari va til birliklariga munosabati tadqiqotlarda yoritilgan (Xudoyberganova, 2013; 42). Ma’lumki, tilshunoslikda konseptlar, asosan, leksik hamda leksik-frazeologik birliklar orqali ifodalanadi. So‘nggi yillarda sintaktik konseptlar xaqidagi nazariy qarashlar, tadqiqotlar yuzaga keldi. “...konsept – mavhum tushuncha. Uni bevosita kuzatish mumkin emas. Insonning kognitiv faoliyati bilan bog‘liq bu tushunchani uning tildagi korrelyatlari orqali aniqlash mumkin”. Yana bir mashhur olim V.Z. Demyankov “Konsept” atamasining ma’nosi, etimologiyasi, turli tillardagi shakllari hamda ta’riflari haqida maqolalar e’lon qilgan. U oʻzining “Термин «концепт» как элемент терминологической культуры” maqolasida “konsept” va “tushuncha” soʻzlarini tarixiy dubletlar ekanligi, biroq, endilikda ilmiy va noilmiy foydalanishda ularning oʻzaro farqlanishi haqida fikr-mulohazalarini bayon etish barobarida ularga shunday ta’rif beradi: “Konsept - ogʻzaki belgining mazmun tomoni, tushuncha esa voqelik. Ular inson hayotining aqliy, ma’naviy yoki hayotiy muhim moddiy sohasiga tegishli boʻlgan, odamlarning ijtimoiy tajribasi bilan rivojlangan va mustahkamlangan, ularning hayotida tarixiy ildizlarga ega boʻlgan, ijtimoiy va subyektiv ravishda tushunilgan jarayonlardir (Dem’yankov, 2007; 606)”. “Tushuncha va konsept” munosabatlarini koʻrib chiqishda asosan ikkita yoʻnalish mavjud. Birinchi yoʻnalish vakillari tushuncha va konsept atamalarini ma’nosini tenglashtirishga va ularni bir-birini oʻrnini bosuvchi sinonim sifatida qarashgan. Muammoning bunday koʻrinishi tushuncha va tushunchani bir-biriga yaqin hodisalar deb da’vo qiluvchi G. Lakoff, V. Postovalova, N. Shvedova, M. Nikitin, A. Babushkin, A. Xudyakov va boshqalarning asarlarida keltirilgan; “Hozirda tilshunoslar “tushuncha” atamasini klassik ma’nosida deyarli qoʻllamaydilar va “konsept” deb ataladigan psixik tuzilmalar haqida gapirishni afzal koʻradilar (Mardiev, 2016; 36–44).
“Konsept” va “tushuncha” bir-biriga teng emas: birinchi atama oʻz mazmuniga koʻra ikkinchi atamaga qaraganda ancha kengroqdir, chunki butun har doim uning qismidan koʻproq hajmli boʻladi. Bunday tushunishni P.Abelard, M.Pimenova, I.Sternin, V.Karasik, G.Slyshkin, L.Cherneyko, V.Maslova va boshqalar asarlarida kuzatish mumkin. Konsept va gʻoyaning bir butun va bir qismi sifatidagi munosabati haqidagi fikrlarni konseptualizm asoschisi Per Abelard (1079-1142) asarlarida uchratish mumkin. Uning fikricha, konsept namoyon bo‘lish doirasi ancha xilma-xil bolib, unga his-tuyg`ular, sezgi, affektlar, hislar va boshqalar kiradi. Tushuncha ma’lum bir obyekt yoki hodisa haqidagi fikr boʻlsa, kontsept obyektning ichki xususiyatlarini koʻrsatadigan individual tuygʻudir (ular unchalik muhim boʻlmasligi mumkin): tasvirlar, belgilar, his-tuygʻular, baholashlar, boshqacha qilib aytganda, “gʻoya nafaqat mavhum, balki aniq-assotsiativ va hissiy-baholash xususiyatlarini oʻz ichiga oladi (Babushkin, 1996; 104)”.
Ingliz va o‘zbek tillarida turlicha somatik komponentli maqollar turli xildagi konseptlarni ifodalashi mumkin, Bosh toshga tegsa aql boshga kelar maqoli inson hayotidagi tajribalar, qiyinchiliklar va ularning natijasida paydo bo‘ladigan aql va idrokni ifodalaydi. Bu maqolda bosh somatik komponenti orqali jismoniy tajriba va hissiyotlarda hosil bo‘ladigan aqliy o‘zgarishlar va o‘sish tahlil qilinadi hamda u aql-idrok konseptini ifodalaydi. Boshda fikr bo‘lmasa, qo‘lda ish bo‘lmaydi maqoli insonning ongli fikrlash (donolik), rejalashtirish va maqsadga erishish uchun o‘ylashning ahamiyatini ta’kidlaydi. . Ingliz tilida esa You can’t put a wise head on young shoulders (“Qari bilganni pari bilmas”) maqoli yosh insonlarning tajriba va donolik yetishmasligi haqidagi haqiqatni ifodalaydi. Bu maqol inson rivojlanishining asosiy tamoyillaridan biriga asoslanadi: donolik va tajriba vaqt, xatolar va o‘rganish orqali hosil bo‘ladi. Ko‘z qasam ichsa, o‘ch oladi maqoli orqali esa O‘zbek xalqining adolat va qasosga bo‘lgan munosabatini, hamda insoniy his-tuyg‘ularning chuqur mantiqiy tahlili aks ettiriladi. Ko‘pincha, ko‘z bilan bog‘liq tuyg‘ular (masalan, adolat talab qilish yoki zarar ko‘rganlik) odamni qasos olishga undashi mumkin. An eye for an eye, a tooth for a tooth maqoli adolat yoki tenglik prinsipiga asoslanadi: kimdir qasddan zarar yetkazsa, unga xuddi shunday zarar yetkazilishi adolatli deb hisoblanadi. Bu o‘ziga xos “teng javob (qasos)” g‘oyasini ifodalaydi. Maqol odatda jazoni jinoyatga mutanosib qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Bunda har qanday zarar ko‘rgan insonga yetkazilgan zarar uchun teng jazo talab qilish tamoyili ifodalanadi. Bundan tashqari, o‘zbek tilida Bilib o‘tir o‘rningni, har yerga suqma burningni maqoli insonlarning o‘z o‘rnini bilishi va boshqalarning ishlariga nojo‘ya aralashmasligi lozimligini ta’kidlaydi. U ijtimoiy muvozanat, axloqiy qadriyatlar va shaxsiy chegaralarni hurmat qilish tamoyillarini o‘zida aks ettiradi. Ushbu maqol o‘zbek xalqining jamiyatda tartib va hamjihatlikni qadrlashini, shuningdek, o‘zaro munosabatlarda chegaralarni buzmaslikni muhim deb bilishini yoritib beradi. Ingliz tilida esa, Keep your nose out of another’s mess ingliz maqoli insonlarning o‘zgalarning shaxsiy ishlariga aralashmaslik zarurligini, insonlarning shaxsiy chegaralari va ijtimoiy munosabatlarini hurmat qilish tamoyilini ifodalaydi. U har bir kishining o‘z hayoti va mas’uliyatiga e’tibor qaratishi, boshqalarning ishlariga aralashmaslik zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, Look not a gift horse in the mouth – Baxshish otning tishiga qaralmas ushbu maqollar har ikkala tilda bir xil ma’no aks ettirib, minnatdorlik konseptini ifodalaydi. Mazmuniy jihatdan ushbu maqollar “Bepul yoki sovg‘a sifatida olingan narsani tanqid qilmaslik” ma’nosini ifodalaydi. Buning sababi shundaki, qabul qilingan narsa sovg‘a sifatida qadrlanishi kerak va uning kamchiliklarini izlash odobsizlik sifatida qabul qilinadi. “Gift horse (Baxshish ot)” – ot qadimda qimmatbaho sovg‘a hisoblanib, u katta hurmat yoki saxiylik belgisi sanalgan. Otning og‘ziga (tishiga) qarash – bu otning yoshi yoki sog‘lig‘ini tekshirish usuli bo‘lgan. Bu harakat sovg‘ani qadrlamaslik yoki undan shubhalanishni anglatadi. Ushbu maqollar insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, hurmat, va sovg‘alarni qabul qilishning odob doirasida bo‘lishini targ‘ib qiladi. Tilini tishlagan tishini sug‘urib olmas maqoli insonning o‘zini tuta olish qobiliyatini, kerakli joyda sukut saqlashni yoki gapirmaslikni anglatadi va o‘z vaqtida tilni tiyish, kelgusida katta muammolardan qutulishga yordam berishini uqtiradi. Til – so‘zlash qobiliyatining ramzi, insonning his-tuyg‘ulari yoki fikrlarini ifodalash vositasi. Bu yerda “tilni tishlash” – gapirmaslik, o‘zini tiyish ma’nosida ishlatilgan. Tish – sabr-toqat va chidamning ramzi. Tish sug‘urish – og‘riqli jarayonni anglatib, bu qism mashaqqat va qiyinchiliklarga bardosh berishni ifodalaydi. Ushbu maqol insonlarni sabrli, ehtiyotkor va mulohazali bo‘lishga undaydi, ayniqsa, ortiqcha so‘zlar yoki g‘iybatdan saqlanishni targ‘ib qiladi. Keep your tongue between your teeth” maqoli sabr-toqat, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash, ehtiyotkorlik va so‘zlarning ta'sirini nazorat qilishni urg‘ulaydi. “Keep your tongue” – sukut saqlash yoki ehtiyotkor bilan gapirishni targ‘ib qilsa, “between your teeth” – tilni tishlar orasida ushlab turish orqali, so‘zlarni "cheklash" yoki nazorat qilishni bildiradi. Maqol o‘ylamasdan gapirishdan saqlanish, so‘zlarning oqibatini oldindan o‘ylash va ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi. Bir quloqqa kirib, ikkinchisidan chiqadi maqoli insonlarning biror narsani eshitib, uni qabul qilmasliklari yoki ahamiyat bermasliklarini ifodalaydi. Maqolda eshitilgan ma’lumotlar ongda uzoq saqlanmasligi haqida gap boradi. Bu insonning ma’lum bir mavzuga e’tiborsizlik yoki qiziqmaslik holatlarini aks ettiradi. Ingliz tilida esa, In at one ear and Out at the other (Bir qulog‘idan kirib, ikkinchisidan chiqib ketadi) maqolining mazmuni asosan insonning gapni eshitib, unga e'tibor bermaslik yoki uni yodda saqlamaslikni ifodalaydi. Maqol boshqalarning gaplariga diqqatli bo‘lish kerakligi, berilayotgan ma’lumotga e’tiborli bo‘lish va yodda saqlashni ta’kidlaydi. Yuzing qoraligi emas, yuziqoralik uyat maqoli shaxsning tashqi ko‘rinishiga emas, balki uning ichki dunyosi va xatti-harakatlariga asosiy urg‘u beradi. Maqol shaxsiy mas’uliyat va insoniy fazilatlarning muhimligini ta’kidlaydi. Unda tashqi ko‘rinish insonning obro‘sini belgilovchi omil emasligi, balki uning axloqi va jamiyatdagi xulq-atvori asosiy mezon ekanligi ko‘rsatiladi. Ingliz tilida esa, A good face is a letter of recommendation (Yaxshi yuz – tavsiyanoma) yoki Your face is your fortune (Yuzingiz – bu sizning boyligingiz) maqollarini yuqoridagi maqolga ekvivalent sifatida olishimiz mumkin. “Look not a gift horse in the mouth” – “Baxshish otning tishiga qaralmas” ushbu maqollar har ikkala tilda bir xil ma’no aks ettirib, minnatdorlik konseptini ifodalaydi. Mazmuniy jihatdan ushbu maqollar “Bepul yoki sovg‘a sifatida olingan narsani tanqid qilmaslik” ma’nosini ifodalaydi. Buning sababi shundaki, qabul qilingan narsa sovg‘a sifatida qadrlanishi kerak va uning kamchiliklarini izlash odobsizlik sifatida qabul qilinadi. "Gift horse (Baxshish ot)" – ot qadimda qimmatbaho sovg‘a hisoblanib, u katta hurmat yoki saxiylik belgisi sanalgan. Ingliz tilida esa “Keep your tongue between your teeth” maqoli sabr-toqat, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash, ehtiyotkorlik va so‘zlarning ta'sirini nazorat qilishni urg‘ulaydi. “Keep your tongue” – sukut saqlash yoki ehtiyotkor bilan gapirishni targ‘ib qilsa, “between your teeth” – tilni tishlar orasida ushlab turish orqali, so‘zlarni "cheklash" yoki nazorat qilishni bildiradi. Maqol o‘ylamasdan gapirishdan saqlanish, so‘zlarning oqibatini oldindan o‘ylash va ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi. Maqolning ta’kidlashicha, inson so‘zlarini boshqarishni bilishi, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beradi. “Mard yigitning labi yog‘lik, Dangasaning boshi qonlik” maqoli dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, unda ikki qarama-qarshi xulq-atvor: mehnatkashlik va dangasalik taqqoslanadi. Maqol o‘zbek xalqining mehnatni qadrlash va dangasalikni qoralash kabi qadriyatlarini aks ettiradi. Mehnatkashlikni ijobiy baholab, mardlik bilan bog‘laydi, dangasalik esa yomon xulq-atvor sifatida tasvirlanadi. Maqolning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, harakat va mehnat insonni to‘kinlik va baxtga yetaklaydi, dangasalik esa qiyinchilik va omadsizlik sababchisidir. Shu bois, maqol o‘zbek xalqining mehnatkashlikka bo‘lgan intilishlarini yaqqol namoyon etadi. “Loose lips may sink ships” – bu ingliz tilidagi mashhur maqol bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi ehtiyotkorlik, maxfiylik va ma’lumotni noto‘g‘ri joyda, noo‘rin oshkor qilish xavfidan ogohlantirishdir. Maqol ma’suliyat va axborot xavfsizligini qadrlashni targ‘ib qiladi, ehtiyotsizlik sabab insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yish mumkinligini ko‘rsatadi hamda sir saqlash va boshqalarning ishonchini hurmat qilish zaruriyatini ta’kidlaydi. Maqol o‘ylamasdan gapirish odati insonning obro‘siga putur yetkazishi, munosabatlarni buzishi yoki boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida eslatma beradi. “The tongue of the wise is health (Donolar tili (so‘zi) – shifobaxshdir)” ingliz maqoli donolik va nutqdagi ehtiyotkorlikning inson hayotidagi ahamiyatini ifodalaydi. Maqolda tilning ma’naviy va ijtimoiy jihatdagi ta’siri “sog‘lik” metaforasi orqali ifodalanadi, bu esa donishmand insonlarning nutqi shifobaxsh va ijobiy ta’sirga ega ekanini ko‘rsatadi. Maqol donolik va ehtiyotkor nutqning ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi. Til insonning boshqalarga nisbatan ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatish qudratiga ega bo‘lgan vosita sifatida qaraladi. Donishmandlarning nutqi esa shifobaxsh ta’sir ko‘rsatib, odamlar o‘rtasidagi totuvlik va barqarorlikni ta’minlaydi. Ushbu maqol har bir kishiga o‘z tilini donolik va samimiyat bilan boshqarishni, so‘zlari orqali boshqalarga foyda keltirishni o‘rgatadi. Til-tafakkurning libosi; Til – aql tarozusi; Til-aql bezagi o‘zbek maqollari o‘zbek xalq falsafasida til va tafakkur (aql) o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalaydi. Tafakkur insonning ichki dunyosi bo‘lsa, til uning tashqi ko‘rinishini yaratadi. Chiroyli va boy til tafakkurning boyligini ko‘rsatadi. Aql insonning ichki sifati bo‘lsa, til uning o‘lchov vositasi. Til orqali insonning aqliy darajasi aniqlanadi. Har uchala maqolda til insonning ichki olamini – tafakkur va aqlni – tashqi dunyoga yetkazuvchi vosita sifatida tasvirlanadi. Maqollar tilning insonning ichki olamini ifodalash va baholashdagi o‘rni va ahamiyatini ochib beradi. Bu maqollar nafaqat o‘zbek xalqining dunyoqarashini, balki madaniy-ma’naviy qadriyatlarni ham aks ettiradi. Tilning boyligi va chiroyi insonning tafakkur va aqlini to‘liq ochib berishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida somatik komponentli maqollarning konseptual tahlili amalga oshiriladi. Somatik komponentlar – inson tanasi qismlarini ifodalovchi leksik birliklar bo‘lib, ular har ikkala til maqollarida keng qo‘llaniladi va milliy-madaniy xususiyatlarni aks ettiradi. Tadqiqot davomida somatik maqollarning semantik, pragmatik va lingvokulturologik jihatlari tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek maqollari taqqoslanib, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, har ikkala tilning maqollarida somatik komponentlar nafaqat aniq ma’noda, balki ramziy va metaforik ma’nolarda ham qo‘llanib, xalqning dunyoqarashi va mentalitetini aks ettiradi.
Библиографические ссылки
Babushkin, A.P. (Ed.). (1996). Types of concepts in language lexical-phraseological semantics. Publishing House of Voronezh State University.
Mardiev, T. (2016). “Baxt” konseptining lingvomadaniy va semantik talqini (ingliz va o‘zbek tillari qiyosida) [Linguocultural and semantic interpretation of the concept "happiness" (comparison of English and Uzbek languages)]. Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim (Ilmiy axborotnoma jurnali), 10, 36–44.
SLIBRARY. (n.d.). Online article database. Retrieved from https://www.slibrary.uz/ru/article/view?id=21739
Xudoyberganova, D. (2013). Matnning antroposentrik tadqiqi [Anthropocentric study of the text]. Fan.
Xudoyberganova, D. (2015). Lingvokulturologik terminlarning qisqacha izohli lug‘ati [A brief explanatory dictionary of linguocultural terms]. Turon Zamin Ziyo.
Демьянков, В.З. (2007). Термин «концепт» как элемент терминологической культуры. В M.V. Lyapon (Ред.), Язык как материя смысла: Сборник статей в честь академика Н. Ю. Шведовой (сс. 606–622). Издательский центр «Азбуковник».
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Нилуфар Бобокулова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.