Сравнительный анализ эффективности онлайн и традиционных методов обучения английскому языку

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Сравнительный анализ эффективности онлайн и традиционных методов обучения английскому языку

Аннотация

В данной статье проведена эффективность онлайн-образования, его сравнительный анализ с традиционными и дистанционными формами обучения. Если анализируется роль и значение непосредственного контакта ученика и преподавателя в традиционном образовательном процессе, то дистанционное обучение представлено с помощью современных технологий. в результате была подчеркнута гибкость и удобство образовательного процесса. Были изучены такие аспекты онлайн-образования, как навыки самостоятельной работы студентов, возможности экономии времени и ресурсов, а также технологические проблемы и ограничения общения. В исследовании представлены рекомендации по повышению эффективности.

Ключевые слова:

онлайн-образование традиционное образование дистанционное образование эффективность технологии образовательный процесс инновации сравнительный анализ образования самостоятельное исследование.

Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27- fevraldagi «Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida» gi PQ 4623-son Qarorida «Mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilgʻor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish, yuksak madaniyatli, amaliy, kasbiy koʻnikmalarga ega, tarbiya, oʻqitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagogik kadrlarni tayyorlash» kabi ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi. Tilshunoslikda zamonaviy axborot texnologiyalariga moslashish jarayonlari nihoyatda jadal ketmoqda. Xususan,ingliz tilini oʻqitishda online va an’anaviy metodikaning samaradorligini qiyosiy tahlil qilish oqituvchilar va oʻqituvchilar uchun muhim masala hisoblanib kelgan.

Zamonaviy ta’lim tizimida texnologik rivojlanishning ta’siri tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, masofaviy va onlayn ta’lim shakllarining keng qoʻllanilishi oʻquv jarayonini tashkil etishda yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda.An’anaviy ta’lim esa koʻp asrlik tajriba va qadriyatlar asosida shakllangan boʻlib, oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasidagi bevosita muloqotni oʻzining asosiy afzalligi sifatida namoyon etadi. Shu bilan birga, masofaviy ta’limning paydo boʻlishi va uning keng koʻlamda qoʻllanilishi zamonaviy ta’lim jarayonining moslashuvchan va global xarakterini yoritmoqda. Ta’lim tizimi doimiy ravishda rivojlanib  borayotgan jarayon boʻlib zamonaviy texnologiyalar ta’sirida yangi oʻqitish metodlari paydo boʻlmoqda.Pandemiya sharoitida yashash,ishlash,izlanish,ijod qilishga oʻrgandik.Koʻzga koʻrinmas virus bizni yanada faolroq boʻlishga,hushyorlikni yoʻqotmaslikka,yashash uchun kurashga undadi.Bu borada tajriba boʻlmasada,astoydil qilingan mehnat barchani oʻz ustida ishlashga,izlanishga,samarali faoliyat olib borishga majbur qildi.2020-2021-oʻquv yilining asosiy talablari:faolroq ishlash va oʻqitishga kreativ yondoshish,interaktiv usullardan foydalanish hamda oʻqitishda raqamli texnologiyalarni keng koʻlamda amaliyotda qoʻllashdan iboratdir.

Bu ikkala ta’lim shaklini samaradorlik nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki zamonaviy ta’lim jarayonida onlayn va an’anaviy ta’lim oʻrtasidagi optimal muvozanatni topish ta’lim sifatini oshirish va oʻquvchilarning bilim olish jarayonini samarali tashkil etishda hal qiluvchi omil boʻlib xizmat qiladi. Ushbu maqolada an’anaviy va masofaviy ta’limning afzalliklari hamda kamchiliklari tahlil qilinib, onlayn ta’limning samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

An’anaviy va masofaviy ta’limning qiyosiy tahlili

An’anaviy va masofaviy ta’lim shakllarini samaradorlik, oʻquv jarayoni tashkiloti, texnologiyadan foydalanish va kommunikatsiya imkoniyatlari nuqtai nazaridan qiyoslash ta’lim tizimining hozirgi ehtiyojlariga moslashishda muhim oʻrin tutadi.

Ta’lim jarayoni tashkiloti:

An’anaviy ta’lim:

Oʻquv jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi bevosita muloqot markaziy oʻrinda boʻlib, oʻquvchilar jamoaviy muhitda faoliyat yuritadi. Bu usulda oʻqituvchining individual nazorati kuchliroq, oʻquvchilarning tartib va intizomi yuqori darajada saqlanadi.

An’anaviy ta’lim- oʻqituvchi va oʻquvchilar bir joyda,odatda sinfxona va auditoriyada yuzma-yuz muloqot orqali oʻqitiladigan shaklidir.Bu tizim asosan ma’ruza,seminar,amaliy mashgʻulotlar va baholash jarayonlarini oʻz ichiga oladi.Bu quyidagicha amalga oshiriladi:

-talabalar va oʻqiyuvchilar  oʻzaro bevosita muloqot qiladi;

-darslarbelgilanganjadvalasosidaberibboriladi;

-oʻquv materiali dars davomida tushuntiriladi va muhokama qilinadi;

-sinf yoki auditoriya muhitida oʻrganish imkoniyati mavjud;

-ijtimoiy va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Masofaviy ta’lim:

Oʻquv jarayoni koʻproq mustaqil oʻqishga asoslangan boʻlib, talabalar oʻz vaqtini oʻzlari boshqaradilar. Bu usulda texnologiyalardan foydalanish zaruriy boʻlib, ta’lim jarayoni moslashuvchan va joylashuvga bogʻliq emas. Texnologiyalardan foydalanish: An’anaviy ta’lim: Texnologiyalardan cheklangan foydalanish kuzatiladi. Asosiy e’tibor an’anaviy materiallar – darsliklar va yozma topshiriqlarga qaratilgan. Masofaviy ta’lim: Zamonaviy texnologiyalar – videokonferensiyalar, virtual sinflar va onlayn platformalar yordamida ta’lim jarayoni tashkil etiladi. Onlayn ta’lim an’anaviy ta’limga nisbatan koʻproq imkoniyatlar yaratib,oʻquvchilarni til oʻrganish tajribasini boyitib,ularni globallashuv jarayonida raqqobatbardosh boʻlishga tayyorlaydi.Zamonaviy texnologiyada til oʻrganish jarayonini samarali oshirishda quyidagilar muhim oʻrin tutadi:

  1. Interaktiv oʻqitish va motivasiya.Bularga yuqorida keltirilgan mobil ilovalar (duolingo, Memrize, Anki) soʻz boyligini mustahkamlash va talaffuzni rivojlantirishga yordam beradi.Gamifikatsiya(oʻyin elementlari)orqali oʻquvchilarni qiziqtirish va ularning ragʻbatini oshirish;
  2. Sun’iy intellekt va shaxsiylashtirilgan ta’lim.AI yordamida adaptive oʻqitish tizimlari oʻquvchining darajasiga moslashtirilgan mashqlarni taqdim etadi. Chatbotlar va virtual suhbatdoshlar real hayotiy muloqot tajribasini taqdim etadi.
  3. Onlayn darslar va masofaviy ta’lim Zoom,Google Meet,Microsoft Teams kabi platformalar orqali masofaviy ta’lim olish imkoniyati kengaydi.

Coursera, Udemy,edX kabi platformalar sifatli til kurslarini taklif qiladi.

  1. Virtual va kengaytirilgan haqiqat(VR/AR)VR texnologiyalari orqali immersive muhit yaratilib,oʻquvchilar chet tilde muloqot qilishni real sharoitga yaqin holda oʻrganish mumkin.AR dasturlari orqali vizualizatsiya va interaktiv mashgʻulotlar oʻtkazish imkoni mavjud.
  2. Avtomatlashtirilgan tarjima va yozma til koʻnikmalarini rivojlantirish Google translate,DeepL kabi tarjima tizimlari oʻrganayotgan tilni tushunish va tarjima qilishda yordam beradi.Grammarly,QuillBot kabi AI vositalari yozma nutqni Grammatik va uslubiy jihatdan toʻgʻri shakllantirishda foydalidir.

Biroq, texnologik infratuzilmaning yetishmasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. An’anaviy ta’lim ijtimoiy va bevosita muloqotga asoslangan boʻlsa, masofaviy ta’lim moslashuvchanlik va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Samaradorlikka erishish uchun ushbu ikki shaklning afzalliklarini birlashtiruvchi yondashuvlar (gibrid ta’lim) amaliyotga joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. 

Adabiyotlar tahlili

 Onlayn va an’anaviy ta’limning qiyosiy tahliliga bagʻishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili mazkur mavzuning dolzarbligi va keng qamrovini tasdiqlaydi. Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar muhim oʻrin tutganligi sababli, koʻplab tadqiqotlar masofaviy ta’limning afzalliklari, kamchiliklari va samaradorligini oshirish yoʻllarini oʻrganishga qaratilgan.Koʻpgina tadqiqotlarda onlayn ta’limning qulayligi va moslashuvchanligi asosiy afzallik sifatida koʻrsatilgan.

Xususan,Skinner “Sun’iy aql va tillarni oʻrganish” maqolasida tilni osonlik bilan oʻrganishda kompyuterning roli muhimligini koʻrsatadi.Kompyuterda ishlash oʻz ustida ustida ishlash uchun qulay hisoblanib,internetdan oʻziga kerakli resurslarni topishga xizmat qiladi.Unda katta miqdorda tasdiqlangan hujjatlar mavjud.

A.Anderson oʻz ishida onlayn ta’lim platformalarining oʻquv jarayoniga ijobiy ta’sirini oʻrganib, talabalar uchun moslashuvchan jadval yaratish samaradorlikni oshiruvchi omil ekanligini ta’kidlagan. Ammo, texnologik infratuzilmaning yetishmovchiligi ba’zi mintaqalarda bu usulning qoʻllanilishini cheklashini qayd etgan. J. Brown tomonidan olib borilgan tadqiqotda an’anaviy ta’limning ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirishda hal qiluvchi oʻrni tahlil qilingan.Uning xulosalariga koʻra, bevosita muloqotning mavjudligi talabalar oʻrtasida ijtimoiy bogʻlanish va oʻzaro yordamni kuchaytiradi. Shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasidagi jamoaviy faoliyatning oʻrni yuqori baholangan. Gibrid ta’lim modelini rivojlantirish masalasi bir qator ilmiy ishlarda batafsil yoritilgan. M. Richards ta’limning bu shakli oʻquv jarayonida turli pedagogik yondashuvlarni muvaffaqiyatli birlashtirish imkonini berishini ta’kidlagan. U, xususan, onlayn va an’anaviy usullarning oʻzaro integratsiyasi orqali samaradorlikni oshirish yoʻllarini koʻrsatgan.

  1. Clark onlayn ta’limda foydalanilayotgan zamonaviy platformalar va virtual sinflarning oʻqituvchilar va talabalar uchun qulayligi, shuningdek, ularning texnik koʻnikmalariga bogʻliqligi haqida fikr bildirgan. Ammo, u texnologik vositalarning texnik nosozliklari ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkinligini ta’kidlagan.

Onlayn ta’limning psixologik va ijtimoiy jihatlari: Talabalarning motivatsiyasi va psixologik barqarorligi boʻyicha tadqiqotlarda onlayn ta’lim jarayonida ijtimoiy aloqaning yetishmasligi koʻpincha stress va qiziqishning pasayishiga olib kelishi qayd etilgan (Lee , 2000).

Shunga qaramasdan, texnologiyalardan oqilona foydalanish bu muammolarni kamaytirishi mumkin. Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, onlayn va an’anaviy ta’limning har biri oʻziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Tadqiqotchilar bu ikki shaklni integratsiyalash orqali samaradorlikni oshirish yoʻllarini izlamoqdalar. Shuning uchun, ta’lim jarayonida texnologiyalardan oqilona foydalanish va individual yondashuvni ta’minlash boʻyicha izchil strategiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

Muhokama

 Mazkur tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, onlayn va an’anaviy ta’limning har biri turli ehtiyojlarni qondiruvchi va oʻziga xos afzalliklar hamda kamchiliklarga ega boʻlgan ta’lim shakllaridir. An’anaviy ta’lim jarayoni bevosita oʻzaro aloqani ta’minlagan holda oʻquvchilarni ijtimoiylashuvga va guruhiy hamkorlikka oʻrgatishda yuqori samaradorlikka ega. Shu bilan birga, masofaviy ta’lim zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash orqali talabalar uchun qulaylik va moslashuvchanlik yaratib, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Onlayn ta’lim samaradorligiga bir qator omillar ta’sir koʻrsatadi. Ular orasida texnologik vositalarning mavjudligi, oʻquvchilarning mustaqil ishlash qobiliyati va vaqtni samarali boshqarish koʻnikmalari muhim ahamiyatga ega.

 Biroq, onlayn ta’limda yuzaga keluvchi muammolar, masalan, texnik nosozliklar, internetga kirish imkoniyatining cheklanganligi va kommunikatsiyaning yetarli darajada boʻlmasligi samaradorlikka salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Shu bilan birga, an’anaviy ta’lim shakli ta’lim jarayonida nazorat va intizomni yuqori darajada ta’minlash imkonini beradi. Ammo, bu shaklning asosiy kamchiligi oʻquvchilarning jadvalga qat’iy bogʻlanishi va ta’lim jarayonining moslashuvchan emasligida namoyon boʻladi. Muhokamalardan kelib chiqib, gibrid ta’lim modelini qoʻllash bugungi kunda eng maqbul yondashuv hisoblanadi.

Bu model an’anaviy va masofaviy ta’limning afzalliklarini birlashtirgan holda, oʻquv jarayonida moslashuvchanlikni ta’minlaydi. Gibrid ta’lim nafaqat texnologiyalardan samarali foydalanishni, balki oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida jonli muloqotni saqlab qolishni ham ta’minlaydi.Shunday qilib, ta’lim samaradorligini oshirish uchun texnologiyalardan oqilona foydalanish, oʻquvchilarni mustaqil ishlashga ragʻbatlantirish va ta’lim jarayonida individual yondashuvni ta’minlash zarurligi aniqlanadi. Bu esa ta’lim tizimining zamonaviy ehtiyojlarga moslashishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa

 Onlayn va an’anaviy ta’lim shakllarining qiyosiy tahlili shuni koʻrsatadiki, har ikki yondashuvning ta’lim jarayonida oʻziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. An’anaviy ta’limning ijtimoiylashuv, bevosita muloqot va jamoaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi oʻrni katta boʻlsa, masofaviy ta’lim zamonaviy texnologiyalar yordamida ta’lim olish jarayonini moslashuvchan va qulay shaklda tashkil etish imkonini beradi.

Onlayn ta’limning samaradorligi koʻproq texnologik infratuzilma, oʻquvchilarning mustaqil ishlash koʻnikmalari va vaqtni boshqarish qobiliyatlariga bogʻliq.Biroq,kommunikatsiya va texnologik cheklovlar bu shaklning ayrim kamchiliklarini yuzaga keltiradi. An’anaviy ta’lim esa an’anaviy nazorat usullari va jamoaviy oʻquv muhitini saqlab qolishda yuqori samaradorlikka ega, ammo vaqt va joyga bogʻliq cheklovlar uning moslashuvchanligini pasaytiradi.Tahlillardan kelib chiqib, ta’lim tizimining samaradorligini oshirishda gibrid ta’lim modeli eng maqbul yondashuv ekanligi aniqlanadi. Bu model an’anaviy va masofaviy ta’limning eng yaxshi jihatlarini birlashtirgan holda oʻquv jarayonini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.

Ushbu tadqiqot asosida quyidagi tavsiyalar ilgari suriladi:Ingliz tilini oʻqitishda an’anaviy va onlayn metodlarning har biri oʻziga xos afzallik va kamchiliklarga ega.Eng samarali natijalarga erishish uchun ularni kombinatsiyalash maqsadga muvofiqdir.Gibrid ta’lim modeli(onlayn va an’anaviy usullarni birlashtirish)oʻquvchilarga yanada samarali va moslashuvchan ta’lim olish imkonini beradi.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining. (2020, February 27). Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida PQ 4623-son qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining. (2018, December 8). Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 997-sonli qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining. (2019, April 29). Xalq ta’limi tizimini 2023-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini toʻgʻrisidagi PF5712-sonli farmoni. https://www.lex.uz

4-sinf oʻqishsavodxonligi kitobi: Toshbagʻir hikoyasi. (2021). PIRLS 2021 International results.

Abdullayeva, M. (2019). Chet tillarini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish. Xalq ta’limi, 3, 68-72.

Chappelle, C. A. (2020). Computer-assisted language learning. In The Concise Encyclopedia of Applied Linguistics (pp. 217-223).

Reinhardt, J. (2019). Social media in second and foreign language teaching and learning: Blogs, wikis, and social networking. Language Teaching, 52(1), 1-39.

Toshpulatova, F. (n.d.). Onlaynta’limning samaradorligi: An’anaviy va masofaviy ta’limning qiyosiy tahlili. Toshkent amaliy fanlar universiteti katta oʻqituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.14738773

Xalqaro tadqiqotlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining o‘qish savodxonligini baholash: Boshlangʻich sinf o‘qituvchilar, metodistlar va sohaga mutaxassislar uchun metodik qoʻllanma. (2019). Ta’lim instituti huzuridagi Ta’lim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi, Toshkent.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Шахноза Шералиева,
Узбекский государственный университет мировых языков

Преподаватель

Как цитировать

Шералиева, Ш. (2025). Сравнительный анализ эффективности онлайн и традиционных методов обучения английскому языку. Лингвоспектр, 2(1), 401–405. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/442

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.