Methodology of teaching English through creative writing
Abstract
This article examines the methodological foundations of using creative writing in English language teaching, analyzing its theoretical and practical aspects. The study explores the impact of creative writing on students' linguistic skills, independent and critical thinking. The effectiveness of innovative methods such as “Freewriting,” “Storytelling,” and “Collaborative Writing” is analyzed, along with their integration into the educational process. The research findings indicate that creative writing not only enhances the effectiveness and engagement of language learning but also boosts students’ motivation. Creative writing serves not only as a tool for strengthening grammar knowledge and vocabulary acquisition but also as a crucial method for developing communication skills. Students gain the ability to express their thoughts fluently, coherently, and aesthetically. Furthermore, creative writing introduces an interactive and practical approach to teaching, fostering critical thinking skills among learners.
Keywords:
creative writing English language teaching innovative methods language competence critical thinking applied linguistics academic writing pedagogical approach.Bugungi kunda ingliz tilini o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy tafakkur qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Til o‘rganish jarayonida ijodiy yozuvning o‘rni beqiyosdir, chunki u o‘quvchilarga nafaqat so‘z boyligini oshirish, balki fikrlarini mantiqiy va ifodali bayon qilish imkonini ham beradi. An’anaviy yozuv mashg‘ulotlaridan farqli o‘laroq, ijodiy yozuv o‘quvchilarga o‘z hissiyotlarini ifodalash, yangi g‘oyalar yaratish va tilni tabiiy muhitda qo‘llash imkoniyatini taqdim etadi. Ijodiy yozuv mashqlari orqali o‘quvchilar quyidagi kompetensiyalarni rivojlantiradilar: Lingvistik tafakkur: Ijodiy yozuv orqali so‘z boyligi kengayadi, grammatik strukturani mustahkamlashga yordam beradi va matn tuzish qobiliyatlarini shakllantiradi. Tanqidiy fikrlash: Yozma ifoda jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlarini tahlil qilish, dalillar keltirish va asoslantirishga o‘rganadilar. Mustaqil fikrlash: O‘quvchilarga o‘z nuqtayi nazarini ifodalash va yangilik yaratish imkoniyati beradi. Yozma nutq kompetensiyasi: Ijodiy yozuv orqali matn tarkibi, uslubiy xususiyatlar va stilistik muvozanatga e’tibor berish shakllanadi. (J.Harmer,2004) Bundan tashqari, ijodiy yozuv o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. Odatda, an’anaviy yozuv mashg‘ulotlari o‘quvchilarni zeriktirishi mumkin, biroq ijodiy yozuv interfaol usullarga asoslanganligi uchun ular bu jarayonda faol ishtirok etadilar. Masalan, “Freewriting” yoki “Collaborative Writing” usullari o‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin ifodalashga yordam beradi va yozish jarayonini qiziqarli qiladi.
O‘qituvchilarning vazifasi – ijodiy yozuvni darslarga samarali integratsiya qilish va uni o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirishdir. Buning uchun quyidagi strategiyalarni qo‘llash mumkin: Mavzuni ochib beruvchi erkin yozuv mashqlari: O‘quvchilarga ma’lum bir mavzu asosida erkin fikr yuritish imkoniyatini berish. Vizual va audial stimuldan foydalanish: Rasmlar, musiqalar yoki hikoyalar asosida yozuv mashqlari tashkil etish. Muhokamalar va fikr almashish: Yozilgan matnlar ustida o‘zaro bahs olib borish va konstruktiv fikr bildirish imkonini yaratish. Ijodiy yozuvning ingliz tili o‘rganishdagi o‘rni Ijodiy yozuv o‘quvchilarga tilni faol o‘zlashtirish va uni amaliy qo‘llash imkonini beradi. Bu metodning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: Til ko‘nikmalarini rivojlantirish – O‘quvchilar yozuv jarayonida yangi so‘z va grammatik strukturalarni o‘rganishadi. Tafakkurni rivojlantirish – Ijodiy yozuv orqali talabalarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Tilga bo‘lgan qiziqishni oshirish – O‘quvchilar o‘z his-tuyg‘ulari, fikr va g‘oyalarini ingliz tilida ifodalash orqali til o‘rganishga ko‘proq qiziqadilar. Ijtimoiy va madaniy tushunchalarni shakllantirish – Hikoya va esse yozish jarayonida talabalar turli madaniyatlar haqida ma’lumot oladilar. (A.Xolmirzayev, 2021) Yozma nutq malakalarini rivojlantirish – O‘quvchilar aniq va mantiqiy ifoda qilishni o‘rganadilar. Ijodiy yozuvdan samarali foydalanish uchun quyidagi metodlarni qo‘llash mumkin: Tasviriy yozuv (Descriptive Writing) Bu metod orqali o‘quvchilar atrof-muhit, hissiyotlar va voqealarni batafsil tasvirlashni o‘rganishadi. Masalan, talabalarga quyidagi topshiriq berilishi mumkin: Sevimli joyingizni tasvirlab yozing. Ko‘zingizni yumib, atrof-muhitni tasavvur qiling va uni yozib tasvirlang. Erkin yozish (Free Writing) Bu metodda o‘quvchilar oldindan belgilangan vaqt davomida hech qanday cheklovlarsiz o‘z fikrlarini yozishadi. Masalan, 5 daqiqa ichida "Mening kelajakdagi kasbim" mavzusida hech to‘xtamasdan yozish. Hikoya tuzish (Storytelling) O‘quvchilar o‘z hayotlaridan yoki tasavvurlaridan kelib chiqib, qiziqarli hikoyalar yozadilar. Masalan, ularga quyidagi topshiriqlar berilishi mumkin: "Agar vaqt mashinasi bo‘lsa, qaysi davrga borishni xohlar edingiz?" "Bir kun hayotingizda super qahramon bo‘lsangiz, nimalarni o‘zgartirgan bo‘lardingiz?" Rolli yozuv (Role-based Writing Talabalarga ma’lum bir vaziyat yoki rolda yozish topshiriladi. Masalan: "Siz yirik gazeta jurnalistisiz va tarixiy voqea haqida reportaj yozishingiz kerak." "Siz mashhur shoirsiz va sevgi haqida she’r yozing." Jamoaviy yozuv (Collaborative Writing) - Bu usulda talabalar birgalikda hikoya yoki maqola yozishadi. Masalan, har bir talaba bir-ikki jumla yozib, keyingi o‘quvchi hikoyani davom ettiradi.
Ijodiy yozuvning ingliz tili darslarida samarali qo‘llanilishi Ingliz tili darslarida ijodiy yozuv usulini muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun quyidagi yondashuvlarni qo‘llash mumkin: Bosqichma-bosqich yondashuv va bunda yozish jarayoni uch bosqichda tashkil qilinishi kerak: Rejalashtirish – O‘quvchilar mavzu va asosiy g‘oyalar haqida fikr yuritishadi; Yozish – O‘quvchilar o‘z fikrlarini yozma shaklda ifodalashadi; Tahrirlash va baholash – Yozilgan matnni tekshirib, xatolarni tuzatish va fikr almashish; Interfaol yondashuv – O‘quvchilar yozgan matnlarini jamoadoshlariga o‘qib berishlari va o‘zaro fikr almashishlari kerak; Texnologiyalarni qo‘llash – O‘quvchilar Google Docs, Grammarly yoki boshqa onlayn platformalar orqali matnlarini tahrir qilishlari va yozish jarayonini yaxshilashlari mumkin; Baholash tizimini ishlab chiqish – Ijodiy yozuv bo‘yicha baholash mezonlari (Richards, J. Renandya, W.A. 2002) aniqlashtirilishi kerak. Masalan: tarkibning mantiqiyligi, grammatik to‘g‘riligi, ijodiy yondashuv, ijodiy yozuv metodikasi nafaqat til o‘rganish jarayonini osonlashtiradi, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Ushbu metodning o‘quv jarayoniga joriy etilishi til o‘rganuvchilar uchun samarali natijalar berishi mumkin. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijodiy yozuv o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutq kompetensiyalarini oshirish, muloqot qobiliyatlarini mustahkamlash, lingvistik bilimlarini boyitish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda juda samarali usul hisoblanadi.
Shuningdek, ijodiy yozuvning ta’lim jarayonida keng qo‘llanilishi o‘quvchilarning yozma nutq sifatini oshirish mustaqil tahlil qilish va fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirish; o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ularni interfaol o‘qitish jarayoniga jalb qilish; til o‘rganish jarayonida turli lingvistik va madaniy kompetensiyalarni shakllantirish kabi natijalarga olib kelishi mumkin: Shu sababli, ingliz tilini o‘qitishda ijodiy yozuv metodikasini kengroq joriy etish tavsiya etiladi. O‘qituvchilar dars jarayonida ijodiy yozuv mashqlaridan keng foydalanishlari, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashiga rag‘batlantiruvchi muhit yaratishlari lozim. Ijodiy yozuv orqali o‘quvchilar tilni nafaqat texnik jihatdan, balki muloqot va ekspressiv ifoda vositasi sifatida ham o‘rganadilar.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilini o‘qitishda ijodiy yozuvdan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishga, balki ularning ijodiy tafakkurini, mantiqiy fikrlashini va o‘z fikrlarini ravon ifodalash qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ingliz tilini o‘qitish jarayonida an’anaviy metodlardan ko‘ra interfaol, ijodiy va innovatsion yondashuvlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Shunday usullardan biri – ijodiy yozuv metodikasi bo‘lib, u o‘quvchilarga tilni tabiiy yo‘l bilan o‘zlashtirish, shaxsiy tajribalarini yozma nutq orqali ifodalash imkoniyatini beradi. Ijodiy yozuvga asoslangan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytiradi, jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish ko‘nikmasini mustahkamlaydi va matn tarkibiy tuzilishini yaxshiroq tushunishiga yordam beradi. Bundan tashqari, bunday mashg‘ulotlar tanqidiy fikrlash va mustaqil ijod qilishga undaydi. Tadqiqot jarayonida aniqlanganidek, ijodiy yozuv metodikasi o‘quvchilarni tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatish hamda lingvistik qobiliyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ijodiy yozuv metodikasining ta’lim jarayonidagi o‘rni bir necha jihatdan tahlil qilindi: O‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin ifodalashiga imkon yaratadi. Lingvistik va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tanqidiy va analitik fikrlash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. O‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlariga asoslangan mashg‘ulotlar orqali ularning tilga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. Matn tahlili va yozma ifoda jarayonida mantiqiy izchillik va grammatik to‘g‘rilikka e’tibor berishni shakllantiradi. Tajribaviy sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijodiy yozuvga asoslangan yondashuv o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirishda an’anaviy metodlardan ko‘ra samaraliroq bo‘lib, ularning muloqot madaniyatini shakllantirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Barcha ushbu jihatlar ijodiy yozuv metodikasini ingliz tilini o‘qitish jarayonida samarali va muhim vosita sifatida baholashga asos bo‘ladi. Shuning uchun ham mazkur metodikaning ta’lim tizimiga yanada kengroq joriy etilishi tavsiya etiladi.
References
Harmer, J.. How to Teach Writing. Pearson Education. (2004)
Xolmirzayev, A. Oʻquvchilarning yozma nutqini rivojlantirish metodlari. Buxoro: BuxDU Ilmiy nashriyoti. (2021).
Nation, I. S. P. Teaching ESL/EFL Reading and Writing. Routledge. (2009).
Hedge, T. Writing. Oxford University Press. (2005).
Richards, J. Renandya, W. A. (2002). Methodology in Language Teaching: An Anthology of Current Practice. Cambridge University Press.
Qodirova, M. Chet tillarini oʻqitishda ijodiy yozuv usullarining ahamiyati. Oʻzbekiston pedagogik tadqiqotlari jurnali, , 45-58. (2021).
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Фаёза Эргашева

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
