Изучение истории среднеазиатского каменного века в 30-40-е годы XX века

Авторы

  • Ферганский государственный университет
Изучение истории среднеазиатского каменного века в 30-40-е годы XX века

Аннотация

В статье проанализированы исследования по истории каменного века, проведенные в 30-40-х годах XX века на территории Центральной Азии, в том числе Узбекистана. В этот период научные исследования проводил Г.F.Дебеты, А.P.Окладников, И.V.Громова, П.V.Суслова, Д.G.Рохлин, Н.A.Снельников, М.A.Гремяцкий, Ф.Вайденрейха, Алеша Хрдлички и других ученых были рассмотрены результаты научного исследования.

Ключевые слова:

Средняя Азия каменный век дырчатый камень Г.F.Дебеты А.P.Окладников Ф.Вайденрейх Алеш Хрдличка палеолит каменные орудия труда.

KIRISH.

Markaziy Osiyoning tosh davri yodgorliklari tosh davri yodgorliklarini tadqiq etish, topilgam ashyolar hamda inson qoldiqlarini tahlil etish o‘tgan asrning30-40-yillarida boshlandi. XX asrning 30-40-yillari davomida mintaqaning bir necha hududlarida ko‘plab tosh davri yodgorliklari ochib o‘rganilgan. Topib o‘rganilgan yodgorliklar paleolitshunoslikdagi mavjud muammolar yechimi yuzasidan bir qator fikrlarni ilgari surish imkonini beradi.

ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Maqolada tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, tasniflash, muammoviy-xronologik kabi usullardan foydalangan holda, tadqiqot uchun qo‘yilgan asosiy maqsad hisoblangan ilmiy tadqiqotlarda keltirilgan ilmiy tahminlarning hozirgi arxeologik tadqiqotlarda asoslanganligi ochib berishga harakat qilingan.

XX asrning 30-40-yillarida xorijiy hamda sovet arxeolog olimlaridan G.F. Debets (1939, 1940, 1947), A.P. Okladnikov (1939), F. Vaidenraix (1945), Alesh Hrdlichka (1939), I.V. Gromova (1949), P.V. Suslova (1949), D.G. Roxlin, N.A. Snelnikov, M.A. Gremyaskiy (Gremyatskiy & Nesturkh, 1949) va boshqa olimlar tomonidan Markaziy Osiyoning tosh davri tarixi tadqiq etildi. Shuni qayd etish kerakki, aksariyat xorijiy olimlar sovet davrida Markaziy Osiyoga kelishga imkoniyat berilmaganligi sababli o‘zlarining tadqiqotlarini sovet olimlari e’lon qilgan ilmiy natijalari tahlili asosida tayyorlaganlar.

NATIJA VA MUHOKAMA.

Germaniyada boshlangan irqchilik g‘oyalari, nemis millati tarixini qadimiylashtirish, hozirgi zamonaviy tipdagi insonning eng qadimiysi Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilishi va boshqalar sabab, sobiq SSSR hududida ham o‘rta paleolitga oid yodgorliklarni izlab topish, tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazish sisosiy tus oladi. A.P.Okladnikovning kashfiyoti aynan shu sabablar oqibatida yuzaga chiqadi. Markaziy Osiyodagi tosh davri Rossiya imperiyasi davridan boshlab o‘ganilgan, bu haqida ilmiy jamoatchilikda o‘ziga xos tasavvur bo‘lishiga qaramay, faqatgina, XX asrning 30-yillariga kelgandagina bu masala dolzablasha boshladi. Ushbu siyosiy ambitsiyalar sabab dastlabki tadqiq etilgan eng mashhur yodgorlik Teshik-tosh g‘ori bo‘lib, u Boysun shahridan 18 km shimolda, Machaydaryoning chap qirg‘og‘idagi Zavtaloshsoyning o‘rta oqimida joylashgan. Machaydaryo Boysuntog‘ning shimoliy-g‘arbiy etaklaridan oqib o‘tadi va u Amudaryoga quyiladigan Sheroboddaryoning chap irmog‘i hisoblanadi. G‘or kelloveyoksford tipidagi ohaktoshda hosil bo‘lgan va hozirgi Machaydaryodan 500 m. chamasi yuqoriroqda joylashgan. Yodgorlikning dengiz sathidan balandligi 1800 m. ni tashkil qiladi. G‘orning kirish qismidagi balandligi 7 m., eni esa 20 m. dan iborat (Okladnikov, 1939).

Teshik-tosh g‘ori haqidagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar A.P.Okladnikov va G.F.Debets tomonidan bir paytda boshlangan. SSSR Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining “Arxeologiya instituti qisqa xabarlari” (Краткие сообщения Института археологии) nashri o‘sha davrda sobiq sovet hududidagi barcha arxeologik tadqiqotlar haqida ma’lumot berib kelgan. Ushbu jurnalning 2-sonida A.P.Okladnikov (1939) va G.F.Debetsning (1939) maqolalari e’lon qilinadi. Shu jihatdan sovet davrida e’lon qilingan tadqiqotlarda G.F.Debets nomi kam uchrasa-da, xorijiy tadqiqotlarda ushbu olim ishlari yuqori baholangan. 1938-1939-yillarda A.P.Okladnikov tomonidan o‘rganilgan va ikki yil davomida uning madaniy qoldiqlardan iborat bo‘lgan 137 m^2 barcha maydon sathi to‘liq ochib o‘rganilgan. Yodgorlikda A.P.Okladnikov tomonidan sof yotqiziqlar bilan ajratilgan 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Bu qatlamlarning umumiy qalinligi 1,5 m madaniy qatlamlarning eng qalin joyi 40 sm. gacha yetadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, yodgorlikning deyarli yarmi g‘orga sizib tushgan qor-yomg‘ir suvlari yordamida yuvib ketilgan. 50 kv. m maydonni egallagan 1-madaniy qatlamdan taxminan 1 diametrlik gulxan aniqlanib, A.P.Okladnikovning ta’kidlashicha, olov bu yerda uzoq yonmagan, negaki, gulxan osti tuproqlari unchalik kuymagan. Neandertal bolaning qabri ham aftidan, 1-madaniy qatlam bilan bog‘liq. Ikkinchi madaniy qatlamdan (maydoni 12 kv. m.) uzun tuxumsimon shakldagi (hajmi 1,6x0,6 m.) o‘choq va uncha katta bo‘lmagan gulhan topilgan. 3-madaniy qatlam ham 50 kv. m. maydonni egallaydi, biroq u g‘orning kirish qismiga qarab cho‘zilgan. Bu qatlamdan uchta o‘choq topilgan bo‘lib, ularning hajmi 0,4x0,4; 1,5x0,8 va 1x0,4 m. ni tashkil qiladi. 4-madaniy qatlamning (uning maydoni 30 kv. m) katta qismi ko‘mir bo‘laklari bilan quyuq qoplangan, 3x3 m. lik yumaloq maydonchaga ega. Bu maydonchaning markazida katta o‘choq (2x1,3 m) joylashgan. Ikkinchi o‘choqning diametri 0,5 m. bo‘lib, birinchisidan 3 m masofada joylashadi. Quyi 5-madaniy qatlamdan (maydoni 15 kv. m) ikkita o‘choq izlari aniqlangan. Yodgorlikning barcha qatlamlaridan olingan topilmalar: tosh buyumlar va faunistik qoldiqlar ana shu o‘choqlar atrofida joylashgan.

Garchi Teshik-tosh g‘orini A.P.Okladnikov ochgan bo‘lsa-da, undan topilgan inson suyaklari tahlilini, asosan, G.F.Debets amalga oshirgan (Debets, 1939, 1940, 1947). Aynan G.F.Debets tadqiqotlari hamda ilmiy xulosalari asosida xorijiy olimlar ham qayta tadqiqot olib borishgan.
Teshik-tosh O‘rta Osiyoning faunistik materiallar saqlanib qolgan noyob yodgorliklaridan biridir (Gromova, 1949). Bu yerda sibir tog‘ echkisi suyak qoldiqlari ko‘pchilikni tashkil qiladi (83%). Shuningdek, ot, qo‘ng‘ir ayiq, qoplon va taxminan, g‘or shoqolining qoldiqlari aniqlangan. Kemiruvchilardan quyon, kurka, sug‘ur, ko‘rsichqon, dala sichqon, turkiston kalamushi suyak qoldiqlari ham topilgan. Qatlamlar faunasi orasida deyarli farq sezilmaydi (Okladnikov, 1949a). Bundan tashqari, Teshik-tosh qatlamlaridan 20 ga yaqin qushlarning suyak qoldiqlari aniqlangan (Suslova, 1949). Teshik-Toshning madaniy qatlamlaridan 2228 ta tosh buyumlar topib o‘rganilgan. Ular asosan chaqmoqtoshlashgan ohaktoshdan ishlangan bo‘lib, tarkibida nukleuslar, qirg‘ichlar, paykonlar, kesgichlar, retushlangan uchirindilar va plastinalar mavjud. Umuman, har beshala qatlamning industriyasi bir xil va o‘zgarishsiz taraqqiy etgan.

Bugungi kunda yangi tadqiqotlar Teshik-Toshning madaniy qatlamlaridan topib o‘rganilgan tosh buyumlarni qayta tahlil qilish va O‘zbekiston hududida tosh xomashyosidan foydalanish strategiyasini alohida mavzu sifatida o‘rganib chiqishni ta’qazo qilmoqda.

Xomashyodan foydalanish borasidagi dastlabki xulosalar 1938-1939-yillarda A.P.Okladnikov tomonidan Teshik-tosh g‘or-makonini o‘rganishda bildirilgan. Teshik-tosh g‘or-makonida asosiy xomashyo sifatida to‘q kulrang chaqmoqlashgan ohaktosh ishlatilgan. Undan sifatlilik jihatidan farq qiluvchi, sarg‘ish-jigarrang chaqmoqlashgan ohaktosh ham mavjud bo‘lgan. Shuningdek manzilgohda och yashil rangdagi yashma, yashil rangdagi kvarsit, hamda kvarsdan foydalanilgan. A.P.Okladnikov fikricha barcha xomashyo turlari mahalliy bo‘lib, uning manbai Boysuntog‘ tizmasi va daryo o‘zani yotqiziqlarida joylashgan bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotchi sifatli xomashyodan foydalanish borasida juda qiziqarli fikrlarni ilgari suradi. Sifatli xomashyo bo‘lgan “haqiqiy” chaqmoqtoshdan bir dona qurol, sarg‘ish-jigarrang chaqmoqlashgan ohaktoshdan esa bir dona nukleus topilgan. Manzilgohda sifatli va kam uchrovchi xomashyoni tejashga harakat qilingan. Yashma va kvarsitdan yasalgan uchrindilardan doimiy ravishda qurollar yasalgan, hamda ular o‘zining kichik xajmi bilan ajralib turgan. Ushbu xomashyodan tayyorlangan tanovarlarga kamdan-kam hollarda ikkilamchi ishlov berilmagan. Aftidan ularning barchasi qurol tayyorlashda ishlatilgan va yaxshi qurollar yasalgan. Kvarsit va asosan yashil yashmadan eng yaxshi paykonlar, hamda kichik, lekin shakliga ko‘ra chiroyli qirg‘ichlar yasalgan. Singan qurollar, masalan paykonlar tashlab yuborilmagan balki qayta retushlanib, odatda qirg‘ichlarga aylantirilgan. Yashil tusli yashmadan nukleuslar uchramasligi, ular to‘liq holda foydalanilgan bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tiladi (Okladnikov, 1949).

A.P.Okladnikov tomonidan xomashyo turlaridan foydalanish hamda madaniy qatlamlardagi o‘zgarish holati bo‘yicha statistik tahlil yuritilmagan. Shu bilan birga foydalanilgan qurollarga qayta ishlov berish va ularni qayta ishlatish yuzasidan qayd etilgan holatlar ham tadqiq etilmagan. A.G‘.Muhammadiyevning xulosasiga ko‘ra, bu holatlarning qanchalik darajada izchilligi va an’anaga aylanganligini aniqlash, xomashyodan foydalanish masalasida hududga xos xususiyatlarni tushunish imkonini berishi mumkin (Muhammadiev, 2022).

Boysuntog‘dagi o‘rta paleolit davriga oid ikkinchi yodgorlik bu Amir Temur g‘oridir (Okladnikov, 1940). U uncha katta bo‘lmagan shu nomli soyda, Teshik-Toshdan 1,5 km. shimolroqda joylashgan. Yodgorlik V.F. Lomayev tomonidan ochilgan va 1938-1939-yillarda A.P.Okladnikov tomonidan o‘rganilgan. G‘orda uchta madaniy qatlam aniqlangan bo‘lib, chuqurligi 1 m. gacha yetadigan 3-qatlamdan kam sonli tosh buyumlar yig‘ib olingan. Ular orasida prizmasimon nukleus va yirik qirg‘ich mavjud. Ushbu qatlamdan archaga taalluqli ko‘mir qoldiqlari topilgan. A.P.Okladnikovning fikricha, Amir-Temir g‘orining 3-qatlami Teshiktoshning ayrim qatlamlari bilan tengdosh hisoblanadi. Biroq bunday deyish uchun asosli isbotlar haligacha yo‘q.

O‘rta paleolitga oid deb topilgan Boysuntog‘dagi yana bir yodgorlik Kattaqo‘rg‘on bo‘lib, u Teshiktoshning qarama-qarshisida, Machaydaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Bu yerda dastlabki qazishmalar 1930-yillarda G.V. Parfyonov tomonidan amalga oshirilgan. Qazishmadan olingan materiallar bilan tanishib chiqqan A.P.Okladnikov, ularni Teshik-toshdagi materiallarga o‘xshash, deb topgan (Beregovaya, 1960). Muzeydagi yodgorlik materiallari bilan tanishib chiqqan V.A. Ranov esa, qarama-qarshi fikrga keladi va u ushbu tosh ayvonda o‘rta paleolitga oid qatlamlar yo‘q, deb hisoblaydi (Ranov & Nesmyanov, 1973).

O‘rta paleolit davrida xomashyodan foydalanish muammosiga 1947-57 yillarda D.N. Lev Omonqo‘ton manzilgohlarini o‘rganish davomida to‘xtalib o‘tgan (Lev, 1964, 1960, 1949). Yodgorlikda tosh qurollar yasashda ohaktosh, kvars va dioritdan foydalanilgan. Foydalanilgan kvars xomashyosi manbalari g‘or-makon yaqinida mavjudligi, chaqmoqtosh hududida uchramasligi, faqat Taxti-Qoracha dovonida, g‘ordan 3-4 km. janubda chaqmoqtosh manbalari uchrashi qayd etilgan. Tadqiqotchi g‘or-makon sohiblari faqat ohaktosh, kvars va diorit kabi mahalliy xomashyo turlari bilan cheklanib qolmaganligini, balki chaqmoqtosh kabi sifatli xomashyo manbalarini topish va ulardan foydalanishga harakat qilganligini ta’kidlab o‘tadi.

Teshiktosh g‘oridan topilgan tosh davri topilmalari va inson qoldiqlari haqida ma’lumot bergan dastlabki xorijiy olimlardan biri Alesh Hrdlichka hisoblanadi. U o‘zining 1939-yildagi ma’ruzasida Markaziy Osiyo paleolitidagi muhim topilma haqida ma’lumot beradi (Hrdlicka, 1939).

Yuqoridagi Alesh Hrdlichkaning 1939-yildagi ma’ruzasi asosida F. Vaindenraix ham Markaziy Osiyo tosh davri haqida o‘z maqolalarini e’lon qilib boradi (Weidenreich, 1945). F. Vaindenraix “American Journal of Physical Anthropology” jurnalida nashr etilgan maqolasi kirish qismida Alesh Hrdlichka haqida alohida to‘xtalib o‘tgan.

XULOSA.

Tosh davri arxeologik materiallarining guvohlik berishicha, O‘zbekiston Yevrosiyoning eng qadimgi antropogen jarayonlari sodir bo‘lgan hududlaridan biri hisoblanadi. Mintaqamizdagi Selungur kabi eng qadimgi tosh davri yodgorliklaridan hisoblangan Teshik-tosh, Selungur, Obirahmat, Ko‘lbuloq va boshqalar noyob hisoblanadi. Unga tengdosh yodgorliklar Yaqin Sharqda (Ubaydiya) Fransiya (Voloney), Italiya (Izerniya), Ispaniya (Atapurka), va Gruziya (Dmanissi) hududlaridagina yakka tartibda mavjud xolos. Xorijiy va sovet olimlari tomonidan amalaga oshirilgan tadqiqotlar garchi eng soda uslublarda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, hozirgi tadqiqotlar uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Окладников А.П. Мустьерская стоянка в гроте Тешик-Таш в Узбекистане // КСИИМК. Вып. 2. 1939. – С. 36. Окладников А.П. Находка неандертальца в Узбекистане // ВДИ. № 1. 1939а. – С. 78; Окладников А.П. Исследование палеолитической пещеры Тешик-Таш (предварительное сообщение) // Труды Узб. Филиала АН СССР, вып. 1. 1940. – С. 180; Окладников А.П. Неандертальский человек и следы его культуры в Средней Азии (предварительные данные и выводы о раскопках в гроте Тешик-Таш) // СА. Вып. 6. 1940а. – С. 56; Окладников А.П. Первобытный человек Узбекистана // Наука и жизнь. № 1. 1940б. – С. 55; Окладников А.П. Исследование мустьерской стоянки и погребения неандертальца в гроте Тешик-Таш, Южный Узбекистан (Средняя Азия) // Тешик-Таш. Палеолитический человек. М. 1949а. – С. 7; Там же. – С. 9; Movius H. L. Paleolithic and Mesolithic sites in Soviet Central Asia // Proceeding of the American Philisophical Society. vol. 57. 1953. – Р. 24; Bordes F. L ‘Industrie мousterienne de Teshic-Tash Affinites et age probable L’Anthropologie. t. 59 № 34, 1955. – Р. 46; Ранов В.А., Несмеянов С.А. Палеолит и стратиграфия антропогена Средней Азии // Душанбе. 1973. – С. 74; Абрамова З.А. Грот Тешик-Таш – памятник мирового значения // Проблемы взаимосвязи природы и общества в каменном веке Средней Азии. Ташкент. 1988. – С. 23; Григорьев Г.П. Тешик-Таш и мустье Средней Азии 1988 // Проблемы взаимосвязи природы и общества в каменном веке Средней Азии. Ташкент. 1988. – С. 34.

Громова В.И. Плейстоценовая фауна млекопытающих из грота Тешик-Таш, Южный Узбекистан // Тешик-Таш. Палеолитический человек. М. 1949. – Р. 44.

Окладников А.П. Исследование мустьерской стоянки и погребения неандертальца в гроте Тешик-Таш, Южный Узбекистан (Средняя Азия) // Тешик-Таш. Палеолитический человек. М. 1949 а. – С. 67.

Суслова В.П. Плейстоценовая орнитофауна из грота Тешик-Таш, Южный Узбекистан // Тешик-Таш. Палеолитичекий человек. М. 1949. – С. 34.

Окладников А.П. Исследование мустьерской стоянки и погребения неандертальца в гроте Тешик-Таш, Южный Узбекистан (Средняя Азия) // Тешик-Таш. Палеолитический человек. – М.: Изд-во МГУ, 1949. – С. 49-61.

Muhammadiev A.G‘. “O‘rta paleolit davri xomashyodan foydalanish strategiyalari (Muzbel, Xatak va Angillak yodgorliklari materiallari asosida)” // Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. – Toshkent. 2022. – B. 18.

Окладников А.П. Амир-Темир новый памятник каменного века в горах Байсун-Тау (Узбекистан) // КСИИМК. Вып. 28. 1940 в. – С. 67; Окладников А.П. Амир-Темир новый памятник каменного века в горах Байсун-Тау (Узбекистан) // КСИИМК. Вып. 28. 1940 в. – С. 68.

Береговая Н.А. Палеолитические местонахождения СССР. МИА. № 81. 1960. – С. 42; Окладников А.П. Исследование мустьерской стоянки и погребения неандертальца в гроте Тешик-Таш, Южный Узбекистан (Средняя Азия) // Тешик-Таш. Палеолитический человек. М. 1949 а. – С. 70.

Ранов В.А., Несмеянов С.А. Палеолит и стратиграфия антропогена Средней Азии // Душанбе. 1973. – С. 64-66.

Лев Д.Н. Поселение древнекаменного века в Самарканде. Исследования 1958-1960 гг. // Труды самаркандского государственного университета. Новая серия. – Самарканд, 1964. – Вып. 135; Д. Н. Лев Археологические исследования Самаркандского государственного университета в 1955-1956 гг. //Труды Самаркандского Государственного университета им. Алишера Навои. Вып. 101. Самарканд, 1960. – С. 10; Лев Д. Н. Дреаный палеолит в Аман-Кутане (предварительное сообщение) //Труды Самаркандского Государственного университета им. Алишера Навои. Вып. 39. Самарканд, 1949. – С. 42.

Aleš Hrdlička. 1939. Important paleolithic find in Central Asia. Science, vol. 90, no. 2335, pp. 996-998.

Weidenreich, F. (1945). The paleolithic child from the Teshik-Tash Cave in Southern Uzbekistan (Central Asia). American Journal of Physical Anthropology, 3(2), 151–163. doi:10.1002/ajpa.1330030211

Дебец Г. Ф. Об антропологических особенностях скелета из пещеры Тешик-Таш, «Труды Узб. ФАН СССР», Ташкент, 1940, вып. I, стр. 46-71.

Дебец Г. О положении палеолитического ребенка из пещеры Тешик-Таш в системе ископаемых форм человека [Текст]: (Доклад на заседании Учен. совета Ин-та антропологии МГУ от 12-го июля 1946 г.) / проф. Г. Ф. Дебец; Моск. ордена Ленина гос. ун-т им. М. В. Ломоносова. – Москва: тип. МГУ, 1947. – 21 с.

Дебец Г. Ф. О черепа из Тешикташской пещеры // КСИА. Вып. 2. – Ленинград: Наук, 1939. – С. 9-10.

Гремяцкий М.А., Нестурх М.Ф. (ред.) Тешик-Таш. Палеолитический человек. – М.: МГУ, 1949. – 185 с.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Нозимахан Абдувалиева ,
Ферганский государственный университет

Базовый докторант кафедры Всемирной истории

Как цитировать

Абдувалиева , Н. (2025). Изучение истории среднеазиатского каменного века в 30-40-е годы XX века. Лингвоспектр, 2(1), 617–622. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/477

Похожие статьи

1 2 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.