Theoretical foundations of studying phraseological and paremiological units with a numerical component

Authors

  • Namangan State University
паремиологических единиц с числовым компонентом

Abstract

This article explores the formation, development, and research directions of Uzbek phraseology. It examines the semantic, grammatical, and stylistic features of phraseological units and their role in the language system. Special attention is given to leading researchers in Uzbek phraseology and their scientific contributions. The study also focuses on borrowed phraseological units, author-specific phraseologisms, and historical phraseological expressions

Keywords:

frazeologiya frazeologizmlar semantika stilistika tilshunoslik turg‘un birikmalar o‘zlashma frazeologizmlar frazeologik istorizmlar individual-muallif frazeologizmlari.

Kirish. O‘zbek frazeologiyasining asosiy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari boshlanganiga oltmish yildan oshganligini manbalardan bilib olishimiz qiyin emas. Frazeologiya 50-yillargacha hali o‘zbek tilshunosligi tarkibida mustaqil soha sifatida shakllanmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar hamda turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar o‘zbek tilshunoslari ishlarida ko‘zga tashlanadi. Sh.Rahmatullaev[1], M.Husainov[2], M.I. Umarxo‘jayev[3], B.Yo‘ldoshev, G.Adashullayeva[4], H.Berdiyorov, R.Rasulov[5], G‘.Salomov[6], A.Mamatov[7] kabi olimlar frazeologizmlarni o‘rganish va tizimlashtirishga katta hissa qo‘shganlar. Birinchilardan bo‘lib, Sh.Rahmatullayev 1952-yilda Moskvada “Hozirgi zamon o‘zbek tilidagi obrazli fe’l frazeologik birliklarning asosiy grammatik xususiyatlari” nomli nomzodlik ishini himoya qildi. Shu bilan bir qatorda D.Pinxasovning “Hamid Olimjon asarlarida frazeologik birikmalar” (1953), A.Shomaqsudovning “Muqimiy satirasining tili” (leksika va frazeologiya, 1956), M.Xusainovning “Yozuvchi Oydin prozasining frazeologiyasi” (1959) mavzuidagi nomzodlik ishlari maydonga kela boshladi[8].

1960-yillarga kelib o‘zbek frazeologiyasida frazeologizmlarni semantik, struktural-grammatik va uslubiy-grammatik jihatdan tadqiq etishga bo‘lgan eʼtibor sezilarli darajada kuchaydi. Masalan, I.Qo‘chqorovning “Abdulla Qahhorning frazeologik novatorligi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (1965), ko‘plab ilmiy maqolalari hamda “Badiiy nutq stilistikasi” (1975) nomli qo‘llanmasida yozuvchi Abdulla Qahhorning umumtil frazeologizmlaridan foydalanish bilan birga, yangi, individual-muallif frazeologizmlarini yaratish va ularni mohirona qo‘llashdagi ijodiy mahorati atroflicha yoritib berilgan[9].   

Shuningdek, E. Qilichev yozuvchi Sadriddin Ayniy asarlarida qo‘llangan arxaik frazeologizmlarni tadqiq etib, madrsa tuprog‘ini yalamoq, issiq-sovuq qilmoq, pirga qo‘l bermoq, peshonasi sho‘r, oppoqho‘jam ursin, so‘fi qilmoq, piriga miri bo‘lmaydi kabi iboralarni frazeologik istorizmlar sifatida tavsiflaydi. U frazeologik istorizmlarga quyidagicha ta’rif beradi: “O‘zi ifodalagan narsa, voqea yoki hodisalarga bog‘liq ravishda eskirib, faol qo‘llanishdan chiqqan va zamonaviy ekvivalentlariga ega bo‘lmagan iboralar frazeologik istorizmlar deb ataladi”[10]. Olimlarning fikricha o‘zbek adabiy tilida frazelogizmlarning semantik, stilistik va uslubiy xususiyatlarini o‘rganish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. I.Qo‘chqorov va E.Qilichev tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, yozuvchilar frazeologizmlardan nafaqat til boyligini oshirish, balki o‘ziga xos uslub yaratish va tarixiy-badiiy muhitni aks ettirish uchun ham foydalanadilar. Ayniqsa, individual-muallif frazeologizmlari va frazeologik istorizmlar badiiy matnning ifoda vositalarini boyitib, uning ta’sirchanligini oshiradi. Shu bois, frazeologik birliklarning badiiy nutqdagi o‘rni va zamonaviy talqini bundan keyingi tadqiqotlar uchun ham dolzarb mavzu bo‘lib qoladi deb hisoblaymiz.

Sh. Rahmatullayevning “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi va ushbu ish asosida yaratilgan monografiyasida frazeologizmlarda uchraydigan ko‘p maʼnolilik, maʼnodoshlik, variatsiya, antonimiya va shakldoshlik hodisalari har tomonlama o‘rganilib, o‘ttiz mingdan ortiq materiallar tahlili asosida yoritib berilgan. Umuman olganda, Sh. Rahmatullayev to‘g‘ri taʼkidlaganidek, “variantlashish natijasida bir ibora boshqa bir iboraga aylanmaydi; iboraga xos bo‘lgan obraz birligi va maʼno birligi saqlanib qoladi. Variantlashish jarayonida yuzaga keladigan o‘zgarishlar iboralarning yaxlitligini buzmaydi va ushbu yaxlitlik doirasida ro‘y beradi. Aks holda, ibora yo butunlay yo‘qoladi yoki boshqa bir yangi ibora shakllanadi”[11].

Frazemadan tashqari, nutqda unga o‘xshash birikmalar ham tuziladi va qo‘llaniladi. Nutq davomida shakllanuvchi bunday birikmalar erkin birikmalar deb ataladi, ularga qarama-qarshi holda frazemalar esa turg‘un birikmalar (turg‘un bog‘lanmalar) sifatida izohlanadi. Turg‘un bog‘lanma kengroq tushuncha bo‘lib, ular to‘g‘ri maʼnoli va ko‘chma maʼnoli turg‘un bog‘lanmalarga bo‘linadi. Ko‘chma maʼnoli turg‘un bog‘lanmalar frazema deb yuritilsa, to‘g‘ri maʼnoli turg‘un bog‘lanmalar tarkibli terminlarga (masalan, olmoshlab ekish) va takror qolipi asosida tuziladigan birliklarga (masalan, kuchiga kuch qo‘shiladi, husniga husn qo‘shib turibdi, kundan kunga) nisbatan qo‘llaniladi[12]. Sh. Rahmatullayev frazemaga quyidagicha taʼrif beradi: “Frazema til qurilishining lug‘at bosqichiga mansub ikkinchi lisoniy birlik bo‘lib, bir nechta leksik birlikning o‘zaro semantik va sintaktik birlashuvi natijasida yuzaga keladi. Shu sababli, u tuzma segment birlik hisoblanadi. Sintaktik tuzilishi jihatidan frazema birikmaga yoki gap shakliga teng keladi va odatda nominativ va signifikativ vazifalarni bajaradi. Lekin frazema leksik birliklardan nafaqat ifoda jihatidan, balki mazmun jihatidan ham farq qiladi”[13].

Professor Sh. Rahmatullayevning tadqiqotlari haqida yana davom ettirish mumkin, ammo mavjud manbalardan kelib chiqib aytish mumkinki, uning izlanishlari o‘zbek frazeologiyasining shakllanishi va rivojlanishida alohida ahamiyatga ega ekanligini inkor etish imkonsizdir. Shu sababli, olim haqli ravishda o‘zbek frazeologiyasining asoschisi sifatida e’tirof etilgan[14]. Fikrimizcha, Sh. Rahmatullayevning tadqiqotlarida frazeologizmning struktural va semantik tuzilishi, shuningdek, ularning tilshunoslik va madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinishi juda muhim ahamiyatga ega. Olimning frazeologizmni o‘rganishga oid nazariy qarashlari, bu birliklarning til va madaniyatdagi o‘rni hamda ularning kommunikativ va stilistik funksiyalarini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Shuningdek, Sh. Rahmatullayevning frazeologizmni o‘rganishga doir tadqiqotlari, frazeologik birliklarning shakllanishi va semantik o‘zgarishlarini chuqur ilmiy asosda tushunishimizga yordam bera oladi.

  • yilda Samarqand shahrida frazeologiya masalalariga bag‘ishlangan birinchi butunittifoq ilmiy anjumani o‘tkazilgan bo‘lib, uning tashkilotchilaridan biri taniqli tilshunos olim, professor U. Tursunov edi. Ushbu anjumanda U. Tursunov o‘z ma’ruzasida o‘zbek frazeologiyasining umumnazariy masalalarini muhokama markaziga qo‘ygan. Olim ta’kidlaganidek, frazeologiya sohasidagi umumnazariy muammolarni chuqur tadqiq etmasdan turib, o‘zbek tili frazeologiyasini keng qamrovli va har tomonlama o‘rganish imkoniyati cheklangan bo‘ladi. Jumladan, o‘zbek frazeologiyasining muhim nazariy masalalaridan biri sifatida frazeologizmlarni ularga yondosh bo‘lgan qo‘shma so‘zlar, so‘z birikmalari va sodda gaplardan farqlash muammosi alohida e’tirof etiladi[15].

Tilshunoslik sohasida frazeologizmlarning tahlilida komponent tahlil metodi keng qo‘llanilib kelingan. Bu borada, xususan, I. Qo‘chqortoevning “O‘zbek tilida nutq fe’llarining semantikasi” mavzusidagi doktorlik dissetatsiyasi (1978) diqqatga sazovordir. Ushbu tadqiqotda fe’llar bilan bir qatorda, o‘xshash semantik ma’nolarni ifoda etuvchi frazeologizmlarning semantik tuzilishi atroflicha tahlil qilingan[16].

  1. Rafiyev oʻzining “Iboralar – nutqimiz koʻrki” (1985) nomli risolasida voqea, harakat va holat haqida maʼlumot beruvchi suvdan quruq chiqmoq, hafsalasi pir boʻlmoq kabi frazeologizmlarni kommunikativ iboralar sifatida talqin qilgan. Shuningdek, predmet va holatning atamasi hisoblangan otning qashqasi, ko‘ngli qora kabi frazeologizmlarni nominativ iboralar sifatida izohlaydi. Asarda taʼkidlanishicha, nominatsiya birligini tashkil etuvchi iboralar asosan ega va aniqlovchi vazifasida qo‘llansa, kommunikativ iboralar odatda kesim yoki hol vazifasida keladi[17].

  O‘zbek frazeologiyasining dolzarb masalalaridan biri frazeologik birliklarning kelib chiqishi va etimologiyasini ilmiy asosda tadqiq etishdir. Ushbu sohada S. Mutallibov, E. Umarov, A. Jo‘raboyev, F. Isoqov kabi olimlarning ayrim ilmiy maqolalari nashr etilgan. Masalan, 1997-yilda Fan va turmush jurnalida “Tilimiz durdonalari” rubrikasi ostida tilshunos olim F. Isoqovning “Daqqiyunus” nomli maqolasi chop etilgan. Mazkur maqolada, tilimizda keng qo‘llaniladigan “daqqiyunusdan qolgan”, “qitmirlik qilmoq”, “echkining oti Mulla Abdukarim”, “do‘ppi tor kelganda” kabi frazeologizmlarning etimologiyasiga doir aniq va ishonarli ma’lumotlar keltirilgan[18]. Frazeologizmlarning semantik va grammatik tahlili o‘zbek tilshunosligida muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu borada komponent tahlil metodi keng qo‘llanilgan. I.Qo‘chqortoevning tadqiqotlari frazeologizmlarning semantik tuzilishini chuqur o‘rganishga xizmat qilgan bo‘lsa, A.Rafiyev ularni kommunikativ va nominativ iboralar sifatida tavsiflab, ularning sintaktik funksiyalariga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, frazeologizmlarning kelib chiqishini ilmiy asosda o‘rganish ham dolzarb bo‘lib, bu borada F.Isoqov kabi olimlarning izlanishlari diqqatga sazovordir. Bizningcha, bu kabi tadqiqotlar frazeologizmlarning lug‘aviy boylik sifatida shakllanishi, rivojlanishi va uslubiy xususiyatlarini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

A.Mamatov keyinchalik o‘zbek frazeologiyasi uchun eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan frazeologik shakllanish masalalarini tadqiq etishga kirishdi. Ushbu mavzu bo‘yicha u “O‘zbek tilida frazeologik shakllanish masalalari” (1994), “Frazeologizmlarning leksik qayta shakllanishiga doir” (1995), “Frazeologizmlarning shakllanish doirasi” (1995), “O‘zbek tilida frazemalarning shakllanishi haqida” (1996), “Leksemalar asosida frazeologizmlarning shakllanishi masalalari” (1996) kabi bir qator maqolalar e’lon qildi va 2000-yilda “O‘zbek tilida frazeologizmlarning shakllanishi masalalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[19].

B.Yo‘ldoshev va G.Adashullayevalar 2012 yilda o‘z monografiyalarda o‘zbek tilida o‘zlashma frazeologizmlarning semantik-uslubiy xusiyatlarini ko‘rib chiqib bir qator izlanishlar olib borishgan. Tadqiqotda o‘zbek-tojik tilshunosligida frazeologizmlarning o‘rganilish tarixi, o‘zbek tilida o‘zlashma frazeologizmlarning ilmiy-nazariy tavsifi, uning shakllanishi va semantik  hamda o‘zlashma frazeologizmlarning ayrim uslubiy xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan[20]. O‘zbek tilshunosligida frazeologizmlarning shakllanishi va o‘zlashma frazeologizmlarning ilmiy tahlili muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, A.Mamatov frazeologik shakllanish jarayonini har tomonlama o‘rganib, ularning leksik qayta shakllanishi va tuzilish xususiyatlarini tahlil qilgan. B.Yo‘ldoshev va G.Adashullayevalar esa o‘zlashma frazeologizmlarning semantik-uslubiy xususiyatlarini o‘rganib, ularning o‘zbek tilida shakllanish va rivojlanish jarayonini yoritib bergan. Ushbu tadqiqotlar frazeologizmlarning til tizimidagi o‘rnini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi deb e’tirof etamiz.

Xulosa. Frazeologik va paremiologik birliklar har qanday tilning ifoda vositalari tizimida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, son komponentli frazeologizmlar va maqollarning mazmuniy va funksional xususiyatlarini o‘rganish tilshunoslik uchun dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, son komponentli frazeologik va paremiologik birliklar tilning boyligi va ifoda imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, xalq dunyoqarashi va milliy tafakkurining ifodachisi sifatida ham muhim ahamiyatga ega.

Son komponentli frazeologik birliklar sonlarning semantik, stilistik va lingvokulturologik jihatlarini o‘zida aks ettiradi. Bunday birliklarning shakllanishi va qo‘llanilishi milliy urf-odatlar, e’tiqodlar va tarixiy an’analar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning ko‘pchiligi metaforik va obrazli xarakterga ega bo‘lib, badiiy nutq uslubida, publitsistik va og‘zaki nutqda keng ishlatiladi.

Paremiologik birliklar – maqol va matallar esa o‘ziga xos didaktik vazifani bajarib, insonlarni ibrat va o‘gitga chorlaydi. Tadqiqot davomida ushbu birliklarning shakllanish manbalari, tildagi o‘rni va semantik xususiyatlari tahlil qilindi. Son komponentlarining o‘ziga xosliklarini chuqur o‘rganish orqali biz tilning strukturaviy va semantik qonuniyatlarini yaxshiroq tushunishimiz mumkin.

Ushbu tadqiqotning natijalari tilshunoslik, lingvokulturologiya va tarjimashunoslik sohalari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, frazeologik birliklarning qo‘llanilishi va tarjima masalalariga oid ilmiy izlanishlarga yangi yo‘nalishlar ochib beradi.

References

Рахматуллаев Ш.У. Основные грамматические особенности образных глагольных фразеологических единиц современного узбекского языка. АКД. – М.: 1952. – С 160/ Раҳматуллаев Ш. Нутқимиз кўрки. – Тошкент: Фан, 1970. – б. 56./ Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent. “O‘qituvchi” 2006.– B. 476

Хусаинов М. Фразеология прозы писательницы Айдын. АКД. – Самарканд, 1959. – С.180

Умарходжаев М.И.Принципы составления многоязычного фразеологического словаря: Автореф. дисс.канд.филол.наук.- Москва, 1972. – С.280

Yo‘ldoshev B, Adashullayeva G. o‘zbek tilida o‘zlashma frazeologizmlarning semantik-uslubiy xusiyatlari. – Samarqand. 2012. – B. 104

Бердиёров Ҳ., Расулов Р., Йўлдошев Б. Ўзбек фразеологиясидан материаллар (биринчи қисм). Самарқанд, 1976.

Саломов Ғ. Тил ва таржима.- Тошкент: Фан,1966.-145 б.; Саломов Ғ. Бадиий таржимада услубий ўзига хосликни қайта яратиш проблемаси // Таржима санъати (мақолалар тўплами).- Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980.-Б

Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек тилида лексик ва фразеологик норма муаммолари.- Тошкент: Фан, 1991.-276

Yo‘ldoshev B, Adashullayeva G. O‘zbek tilida o‘zlashma frazeologizmlarning semantik-uslubiy xusiyatlari. – Samarqand. 2012. – B. 6.

Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. - Тошкент, ТошДУ нашри, 1975. – 82 б.

Қиличев Э. Эскирган фразеологик ибораларнинг стилистик хусусиятлари // Ўзбек тили ва адабиѐти. 1972. № 4. – Б. 66.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари. – Тошкент: Фан, 1966. – Б. 145.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent. “O‘qituvchi” 2006.– B. 421

Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent. “O‘qituvchi” 2006.– B. 418

Мирзаев И. Профессор Шавкат Раҳматуллаев – фразеологизмларнинг илк тадқиқотчиси // Шавкат Раҳматуллаев – атоқли тилшунос. – Тошкент: Университет, 2006. – Б. 29-34; Қаҳҳорова Ҳ. Ўзбфразеологияси асосчиси // Шавкат Раҳматуллаев – атоқли тилшунос. – Тошкент: Университет, 2006. – Б. 51- 54.

Турсунов У.Т. Состояние и задачи изучения фразеологии узбекского языка // Вопросы фразеологии. Труды СамГУ, новая серия, выпуск 106. – Самарканд, 1961. – С. 10-11

Қўчқортоев И. Сўз маъноси ва унинг валентлиги. – Тошкент: Фан, 1977. – Б. 105.

Рафиев А. Иборалар – нутқимиз кўрки. – Тошкент: Ўзбекистон, 1985. – Б. 11-12.

Рафиев А. Иборалар – нутқимиз кўрки. – Тошкент: Ўзбекистон, 1985. – Б. 11-12.

Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек тилида лексик ва фразеологик норма муаммолари.- Тошкент: Фан, 1991.-Б. 276

Yo‘ldoshev B, Adashullayeva G. o‘zbek tilida o‘zlashma frazeologizmlarning semantik-uslubiy xusiyatlari. – Samarqand. 2012. – B. 10

Published

Downloads

Author Biography

Dilafruz Nematjanova ,
Namangan State University

trainee teacher

How to Cite

Nematjanova , D. (2025). Theoretical foundations of studying phraseological and paremiological units with a numerical component. The Lingua Spectrum, 3(1), 131–135. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/505