Лингвистические особенности речевого жанра “пожелание” в узбекском языке

Аннотация
В языковой системе речевое предложение пожелания формируется на основе лингвистических и экстралингвистических факторов, таких как конкретное коммуникативное назначение, композиционная структура текста, стилистическое разнообразие, а также адресант, адресат, время, пространство, время, вербальные, невербальные средства, языковые атрибуты. Наличие этих факторов непосредственно обуславливает языковое положение пожелания как отдельного речевого жанра. Изучение речевых структур, связанных с пожеланиями людей в узбекском языке, прежде всего выявляет национальные особенности речевого поведения узбекского народа. Ведь в существующих в узбекском языке религиозных пожеланиях выражается молитвенность узбекского народа, основанная на выражении позитивных желаний и в то же время склонность к негативным желаниям, а через них выражаются его национальный характер и особенности. С этой точки зрения вопрос изучения лингвистических аспектов речевого жанра тилак, в котором проявляются национальные особенности узбекского языка, показывает актуальность исследования. В статье рассматриваются конкретная речевая цель, состав и стилистические особенности речевого жанра “пожелание”; обсуждаются вербальные, невербальные средства и языковые признаки, особенности функционального изменения в зависимости от речевой ситуации.
Ключевые слова:
позитивные пожелания негативные пожелания устные пожелания письменные пожелания. официальный стиль публицистический стиль научный стиль религиозный стиль разговорный стиль лингвистические признаки.O‘zbek tilida tilak nutqiy janri murakkab funksional tabiatga ega nutqiy janrlardandir. U rasmiy, publitsistik, so‘zlashuv uslubidagi boshqa yirik nutqiy janrlar tarkibida kelib, kichik mikromatn shaklida voqe’lanadi. Masalan, rasmiy-siyosiy, ijtimoiy-rasmiy va publitsistik, ilmiy nutqlarda nutqni boshlash va yakunlash qismlarida, so‘zlashuv nutqida esa duo, qadah so‘zi, qarg‘ish, qarg‘anish kabi boshqa nutqiy janrlar tarkibida ham keladi. Buni quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin:
duoibat |
qasam |
laʼnatlash |
soʻkish, soʻkinish |
qargʻish, qargʻanish |
salomlashish va xayrlashish |
qadah soʻzi |
duo |
taʼziya |
bagʻishlov
|
dastxat |
rasmiy yozishmalar |
Ijtimoiy-rasmiy nutq |
rasmiy nutq |
tabrik |
TILAK nutqiy janri |
Adresantning oʻzgaga tilak bildirishini ifodalovchi tilak nutqiy janrining barcha shakllari lingvistik jihatdan uslubiy xoslangan tarzda oʻziga xos matniy kompozitsion tuzilish asosida yuzaga kelib, matniy jihatdan monologik va dialogik, ichki va tashqi nutqqa oidligi bilan xarakterlanadi, ogʻzaki va yozma shaklda ifodalanadi. Tilak nutqiy janri monologik nutqda ifodalanganda, adresantning iltijosi, xitobi, qargʻishi kabilarni ifodalaydi. Aksariyat hollarda salbiy tilaklar monologik shaklda ichki nutqda ifodalanishi bilan ham xarakterlanadi. Masalan:
qargʻish+tilak: U taksining ketidan tikilgancha, sekin shivirladi: – Iloyim, balloning teshilsin...(Sh.Boshbekov. Charxpalak) Keltirilgan misoldagi jumla shakliy jihatdan kirish soʻz bilan murakkablashgan sodda gap orqali ifodalangan. U ikki qismdan iborat: kirish va asosiy qism. Jumlaning kirish qismi (Iloyim) orqali qargʻish mazmuni, asosiy qism (balloning teshilsin) orqali esa tilak mazmuni yuzaga chiqqan. Natijada mazkur jumla qargʻish+tilak mazmuniy modeliga ega boʻlgan.
shart+tilak: – Robi! Bir qoshiq suvminan yutadigan okang borde! – dedi oshni guvaladek dumaloqlab ogʻziga tiqarkan. – Sovchi qoʻysa, tegardim! – Voy koʻnglingga qoʻtir jomashov. Kimsan akam oʻzimgayam kerak! – dedim ichimda (Hoshimov, 2018).
Tilak nutqiy janri dialogik nutqda ifodalanganda, adresant va adresatlarning bir-birlariga nutqiy taʼsiri va javob reaksiyasi kuzatiladi. Masalan,
– Oq yoʻl!
– Rahmat kabi.
Til tizimida tilakka javob juftligi diniy va diniy bo‘lmagan jumlalardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘zbek lingvomadaniyatida adresant va adresatlar nutqida salomlashuv vaqtida qo‘llaniluvchi Assalomu alaykum – Va alaykum assalom nutqiy juftligi adresant va adresatlarning bir-birlariga diniy shaklda tilak aytish va tilakni qabul qilish mazmunida shakllangan. Masalan,
Krasnoyardagi uchrashuvda otasining uydan maktubni orziqib kutganini eshitgandayoq chap qulog‘i yo‘q odam bilan gaplashib qo‘yishni niyat qilgan edi. Asadbek uning ismini bilmasdi. Yodida qolgani – onasi deyarli har kuni uning yo‘lini poylardi. Ko‘chada ko‘rinishi bilan Asadbekni chaqirardi. «Bolam, xatchi amaking kelyaptilar, yugura qol, «adamlardan xat bormi?» deb so‘ragin. Avval salom ber, xo‘pmi?» derdi. Asadbek har safar unga peshvoz chiqib «assalomu alaykum» derdi. U esa qovoq uyub qarab qo‘yardi, alik olmasdi. Asadbek onasiga «xatchi amaki salomimga alik olmayapti, endi salom bermayman» deganida, onasi «alik olmasa gunohi o‘ziga, sen salom beraver», deb yalingan edi. Bir kuni xatchi salom bergan Asadbekning qulog‘ini buradi: – Hoy, dushman bolasi, – dedi o‘dag‘aylab, – sen nega menga Xudoni gapirasan? Asadbek tushunmadi: – Qachon gapirdim? – dedi yig‘lamsirab. – «Assalomu alaykum» deysanmi? Bu nima degani, bilasanmi? Xudodan sog‘liq so‘rayman, degani. Men sening xudo-pudoyingga ishonmayman, bildingmi! Men ateistman! Men boevoy kommunistman! Ikkinchi shunaqa desang, tilingni sug‘urib olaman. Xat ham so‘rama. Men dushman xatini tashiydigan ahmoq emasman! Asadbek onasiga bularni aytmadi. Onasi yo‘lga chiqarganda itoat etaverdi, ammo xatchiga salom ham bermadi, «adamlardan xat bormi?» deb ham so‘ramadi. O‘sha damlarda u «nima uchun oyimning o‘zlari so‘ramaydilar», deb ko‘p o‘ylardi. Savoliga javobni keyinroq, ulg‘aygach topdi. «Xatchi oyimga sasigan bo‘lsa, so‘rashga cho‘chib qolgan ekanlar-da», degan ajrimga keldi. Chuvrindi ko‘p o‘tmay Soli ota bilan xatchini boshlab kirdi. Asadbek o‘rnidan turib Soli ota bilan ko‘rishdi. Xatchining uzatilgan qo‘li muallaq qoldi. Asadbek unga o‘tli nazarini qadadi (Malik, 2018).
Tilak nutqiy janrida tilak adresati javobida adresatlarning yoshi va mavqeyi inobatga olinadi. Masalan, keksalar nutqidagi tilakka javob tariqasida ularning tilak nutqlariga emas, xatti-harakatlariga qoʻshilish, xususan, duolarda fotihaga qoʻshilish qabul qilingan.
Tilak nutqiy janri, asosan, tashqi nutq orqali ifodalanishi bilan xarakterlanadi: Rahmat, qizim! Yuzimni yorugʻ qilding, – dedi ovozi titrab. – Qoʻshganing bilan qoʻsha qarigin, oʻzingdan koʻpaygin, bolam... (Hoshimov, 2018).
Tilak nutqiy janri ogʻzaki va yozma shaklda ifodalanadi. Ogʻzaki shakldagi tilaklar qamrovi keng boʻlib, u barcha uslubga xoslanganligi bilan ajralib turadi. Uning ogʻzaki rasmiy, ogʻzaki norasmiy turlari mavjud. Ogʻzaki rasmiy turlari rasmiy yozma tilaklarning soʻzlovchi nutqida ijro etilishidir. Ogʻzaki norasmiy turlari esa turli ijtimoiy-maishiy hayotda yuz beradigan muayyan ijtimoiy vaziyatlar bilan bogʻliq shakllanadi. Masalan, Xayrli tun! jumlasi tungi xayrlashuv mazmunida, Oq yoʻl! Safaringiz bexatar boʻlsin! kabi jumlalar esa safarga chiqish oldidan bildiriladigan tilak turlaridir.
Yozma tilaklar rasmiy-siyosiy, ilmiy, badiiy, publitsistik, soʻzlashuv kabi turli uslublardagi nutqlar, tabrik, dastxat, taʼziyanoma, tashakkurnoma, rasmiy-siyosiy maʼruzaning ayrim turlaridan tortib rasmiy tashkillashtirilgan turli siyosiy, ijtimoiy tadbir, konferensiya, seminar-treninglardagi yozishmalarda, jumladan, tashakkurnoma, murojaatnoma kabilarda, turli ijtimoiy-maishiy xat yozishmalari, internet tarmogʻi bilan bogʻliq saytlar, kanallarda tashkil qilinadigan suhbatlarda, xususan, kommentariyalarda ham oʻz aksini topadi. Masalan:
1) xat + tilak: «Hurmatli Humoyun Doʻstmuhamedov! Salom! Yozgan xatingizni oldim, bizlarni eslaganingiz uchun katta rahmat! Akamlarga koʻrsatgan yaxshiligingiz va, umuman, uning holidan xabar olganingiz uchun ham hammamiz nomimizdan, buvamlar nomidan tashakkur! Sizga doimo sihat-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilab... (Mirmuhsin. Ildizlar va yaproqlar)
2) dastxat+tilak: Inim Rayimjonning ishlariga ulkan zafarlar doimo yor boʻlishini tilab (imzo) (Nurmonov, 2006).
3) bagʻishlov+tilak: Ushbu risolani volidalik mehridan meni bahramand qila olmasdan, oʻtgan onam – Mussarbegim va mehribonlik timsoli boʻlgan qaynonam – Mussarxonlar xotirasiga bagʻishlayman. Yaratgan ularni jannatda Oʻzining vasliga yetkazgani rost boʻlsin.. (Sh.Safarov, 2013)
4) oʻquv adabiyotlarining soʻz boshi qismida minnatdorchilik bildirish mazmunidagi tilak: Ushbu risolani yozishda beminnat yordam bergan ustozlarimizga Alloh Taolodan ajr-u mukofotlar tilaymiz. Alloh Taolo hammamizni oqibatimizni xayrli qilsin. Omin! (Ҳазрат Баҳовиддин Нақшбанд, 2013) va hokazo.
Til tizimida tilak nutqiy janri leksik-grammatik, sintaktik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanuvchi uslubiy shakllarga ega. Rasmiy-siyosiy, publitsistik, ilmiy, diniy, so‘zlashuv uslubiga xoslangan tilaklarda leksik jihatdan rasmiy va norasmiy so‘zlardan foydalanish, grammatik jihatdan rasmiy uslubda to‘liq tugallangan gap shaklida, so‘zlashuv uslubida esa qisqartirilgan gaplardan foydalanish kabilar kuzatiladi. Masalan,
Rasmiy uslubdagi tilak:
Hurmatli prokuratura xodimlari! Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka, qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman (Sh.Mirziyoyev, Xalq so‘zi (8628)).
Ilmiy uslubdagi tilak: Himoyadan muvaffaqiyatli oʻtib olishingizga va yuqori baholanib, kelgusida malakali mutaxassis boʻlib yetishishingizda, ilmiy faoliyatning keyingi bosqichlarini ham davom ettirib, kelajakda PhD, fan doktori ilmiy darajalarini olib, kuchli olim va olimalar boʻlib yetishishingizga tilakdoshman. Hamisha sogʻ boʻlinglar! (Magistrantlarga tabrik nutqidan).
Diniy uslubdagi tilak: a) diniy ilmiy uslub: Ushbu risolani yozishda beminnat yordam bergan ustozlarimizga Alloh Taolodan ajr-u mukofotlar tilaymiz. Alloh Taolo hammamizni oqibatimizni hayrli qilsin. Omin. (So‘zboshidan) (Ҳазрат Баҳовиддин Нақшбанд, 2013); b) rasmiy diniy uslub: Inna lillahi va inna ilayhi roji’yun (Internetdan) ta’ziya tilagi, norasmiy diniy uslub: Sher akani joylari jannatda bo‘lsin! (Internetdan) kabi diniy uslubiy shakllarga tasnif qilish mumkin.
Publitsistik uslubdagi tilak: “Ma’rifatning tinim bilmas ijodiy jamoasi bu yil “Mening tajribam” tanlovini e’lon qilgani nur ustiga nur bo‘ldi. Tanlov doirasida darsga ijodiy yondashib kelayotgan ijodkor o‘quvchilarimizni tanib oldik. Ularning noan’anaviy, innovatsion metodlari boshqa o‘quvchilarga ham asqotyapti. Buning uchun gazeta ijodkorlaridan minnatdor bo‘lgan holda, tanlovga kelgan yuzlab maqolalarni ko‘rib, saralab chiqishda ularga kuch-quvvat tilayman.
So‘zim yakunida, respublikamizdagi barcha ta’lim ahlini kirib kelgan yangi 2024-yil bilan qutlayman! Yangi yilda ham oilaviy baxt-u saodat barchamizga hamroh bo‘lsin! “Ma’rifat”ning ziyosi barchamizning qalbimiz-u xonadonlarimizni nurafshon etaversin (R. Karimov. Ma’rifat (9482)).
So‘zlashuv uslubidagi tilak: – Men nima ham deyman.... – Zalga qarab oldi-da, past vazmin tovushda qo‘shib qo‘ydi. – Urush tezroq bitsin. Jumla mo‘min qatori Ochilim ham eson-omon kelsin! Yaxshi to‘ylar qilaylik! (Hoshimov, 2018) va hokazo.
Tilak nutqiy janrining lingvistik jihatdan tildagi ifodasi verbal, noverbal va lingvistik atributlar yordamida ifodalanadi. Tilak nutqiy janrining verbal vositalari tilakning soʻzlar, soʻz birikmalari, gaplar va matn shaklida namoyon boʻlishidir. Masalan:
Soʻz shaklida: Omad!
Gap shaklida: Omad yor boʻlsin!
Matn shaklida: Qadrli ustozlar! Sizlarga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat va olib borayotgan sharafli ishlaringizda ulkan omadlar tilayman!
Til birliklarining noverbal vositalar orqali ifodalanishi masalasida oʻzbek tilshunosligida qator ishlar amalga oshirilgan (A.Nurmonov, 2006). Til tizimida tilak nutqiy janri tilak maʼnosini anglatuvchi xatti-harakat va imo-ishoralar orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan, oʻzbek lingvomadaniyatida ikki qoʻlni yuqoriga qaratgan holda kaftlarni yozib, jipslashtirib, tilak aytish duo shaklidagi tilak mazmunini ifodalaydi. Masalan:
– Omin, Yaratgan egam barcha bandai moʻmin qatori bizgayam tinchlik, xotirjamlik ato etsin, omin, Ollohu akbar! – Kampir yuziga fotiha tortib, ayolga yuzlandi (Hoshimov, 2018). Xuddi shu mazmundagi stikerlar ham tilak nutqiy janrining lingvistik atributlariga kiradi. Shuni aytish kerakki, til tizimida tilakning turli noverbal xatti-harakatlar yoki lingvistik atributlar vositasida bajarilishi tilak nutqiy janri modusining oʻzgarishiga, yaʼni boshqa nutqiy janr shakliga oʻtishini bildiradi. Masalan, ikki kaftini birlashtirgan holda qoʻlini yuqoriga koʻtarib, tilak soʻzlarini aytish “duo” nutqiy janrini, qadah lingvistik atributi vositasida tilak aytish esa “qadah soʻzi” nutqiy janrini hosil qiladi. Shuni aytish kerakki, ijtimoiy-maishiy hayotda “non” lingvistik atributi vositasida tilak aytish odati jamoaviy (kollektiv) tilak aytishning lingvistik atributiga aylangan. Masalan, Oqsoqol patirni boshi ustida baland koʻtardi. – Xaloyiq! – dedi ovozi titrab. – Dunyoda nondan tabarruk narsa yoʻq! Nondan yuz oʻgirgan imondan yuz oʻgiradi. Ke, oʻgʻlim, tishla! – U patirning ikki chetidan tutib turdi. Kimsan akam xiyol egilib bir chekkasini tishladi. – Barakalla, – dedi Oqsoqol. – Tuz nasibang uzilmasin! Ilohi omin! (Oʻ.Hoshimov. Ikki eshik orasi) Ushbu misoldan koʻrinadiki, tuz-nasibang uzilmasin tilagi non vositasida ilohiy marosimning bir koʻrinishini tashkil qilib, ijtimoiy-maishiy hayotda maishiy urf-odat sifatida shakllanmoqda.
Bundan tashqari avliyolar mozoridan niyat qilib, kokil olish, muqaddas buloqqa tanga tashlash, daraxtlarga roʻmolcha tugish, jonliq soʻyib, ehson qilish, turli diniy marosimlarda (mushkulkushod kabi) niyat va tilak aytib, paxtani suvga oqizish kabilar tilak nutqiy janrining diniy irimlar bilan bogʻliq lingvistik atributlarini yuzaga keltiradi. Tilak nutqiy janrining lingvistik atributlari murakkab ijtimoiy tuzilma sifatida pragmasemiotik xususiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, tilak lingvistik atributlarining semiotik-pragmatik jihatdan kimgadir yoki nimagadir yoʻnaltirilganligi masalasi alohida tadqiqotlar obyektidir. Masalan, kokil olish ijtimoiy-maishiy odatida kokil farzand tilash belgisidir.
Demak, tilak nutqiy janrining verbal va noverbal vositalari hamda lingvistik atributlari masalasida alohida lingvistik va ekstralingvistik omillar tadqiqi zaruriyati mavjud.
Библиографические ссылки
Boshbekov, Sh. (2017). Charxpalak. Toshkent: O‘zbekiston.
Hazrat Bahoviddin Naqshband. (2013). Tarixiy va ma’rifiy risola. Toshkent: Sano-standart Nashriyoti.
Hoshimov, O.’. (2018). Ikki eshik orasi. Toshkent: Yangi Asr Avlodi.
Malik, T. (2018). Shaytanat (Vol. 2). Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat Ilmiy Nashriyoti.
Mirziyoyev, S.M. (2024, January 9). Prokuratura hodimlariga Prezident tabrigi. Xalk so‘zi, 5(8628).
Nabieva, D., & Nurmanova, D. (2022). Manifestation of the generality-specificity dialectic in the vowel system of the Uzbek language. Journal of Positive School Psychology, 6(8), 1765-1771.
Nabieva, D.A., & Nurmanova, D. A. (2022). Neutralization of phonological oppositions in Uzbek. Journal Name, Volume(Issue), pages.
Nurmanova, D.A. (2019). Text as a universal form of representation of "part from the whole". ISJ Theoretical & Applied Science, 04(72), 582-585.
Nurmanova, D.A. (2019). Текст, как универсальная форма репрезентации "части от целого". Theoretical & Applied Science, (4), 582-585.
Nurmanova, D.A. (2021). Neutralization of consonant opposition in Anlaut of the Uzbek language. Academicia Globe, 2(6), 347-354.
Nurmanova, D.A. (2023). Neutralization of oppositions in the paradigm of cases in the Uzbek language. Global Scientific Review, 21, 83-89.
Nurmonov, A. (2006). Struktur tilshunoslik: Ildizlari va yo‘nalishlari. Andijon.
Pulatjonovna, S.D. (2024). Lingvosemiotic content of linguistic features of the speech genre “Wish”. Global Scientific Review, 26, 96-99.
Pulatjonovna, S.D. (2024). Positive and negative wishes as a social ritual. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(7), 159–162. Retrieved from https://journals.academiczone.net/index.php/jiphr/article/view/3231
Qodiriy, A. (2017). O‘tgan Kunlar. Toshkent: Info Capital Group.
Safarov, Sh. (2013). Semantika. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat Ilmiy Nashriyoti.
Sayfutdinova, D. (2024). Ijobiy tilaklarning funksional semantik tabiatiga oid ayrim mulohazalar. Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 1(3), 155-158.
Sayfutdinova, D. (2024). Ijobiy va salbiy tilaklarning funksional xususiyatlari. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(1/S), 504-508.
Sayfutdinova, D. (2024). Linguistic features of the speech genre “Wish” in the official political style. Builders of the Future, 4(04), 160-164.
Sayfutdinova, D.P. (2024). Tilak nutqiy janrida adresat nutqining verbal va noverbal vositalar orqali ifodalanishi. ББК 74+81я431 П78, 43.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Дурдона Сайфутдинова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.