Сравнительный анализ основных лексических единиц лексико-семантического поля “Стыд”: этимологические и семантические основы.

Аннотация
В современной лингвистике, наряду с традиционным направлением лексической семантики, развиваются и новые области, такие как структурная, психолингвистическая, генеративная, концептуальная и коммуникативная семантика. В то время как традиционная семантика в основном исследует употребление отдельных слов или словосочетаний и исторические изменения их значений, структурная семантика (разработанная М.М. Покровским, Ф. де Соссюром, Л. Ельмслевом, И. Триром, В. Порцигом, Д. Вайсгербером, Л. Теньером и их последователями) определяет своей главной задачей изучение значений в языковой системе, лексико-семантических парадигм и систематических отношений между различными семантическими полями. Исследуемое нами понятие "стыд" представляет собой сложное эмоциональное, социальное и моральное явление, имеющее большое значение в различных культурах и языках. В узбекской культуре понятие “стыд” часто тесно связано с такими понятиями, как честь, достоинство и рассудительность, вместе образующими определенную морально-этическую систему. Эта система основана на таких аспектах, как семейные ценности, уважение к старшим и соблюдение общественных норм. В английском языке понятие “shame” (стыд) больше ассоциируется с понятиями, основанными на индивидуализме,
Ключевые слова:
Лексико-семантическое поле стыд семантический анализ эквивалент компонент понятие.такими как личные ценности самоуважение и личностное развитие.Zamonaviy tilshunoslikda leksik-semantik maydon nazariyasi til birliklarini yaxlit tizim sifatida o‘rganishning muhim metodologik asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur nazariya nemis olimi Y. Trir tomonidan XX asrning 30-yillarida ilgari surilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ma’lum bir tildagi leksik birliklar semantik jihatdan tartiblashgan tizimni tashkil etadi va bu tizim doirasidagi har bir birlik o‘zaro aloqador ma’nolari bilan maydon hosil qiladi (Trir, 1934). Keyinchalik, L. Vaysgerber, G. Ipsen, V. Porzig, A. Yolles kabi olimlar bu nazariyani rivojlantirib, leksik-semantik maydon tushunchasini kengaytirishga hissa qo‘shganlar. (Weisgerber, 1953)
O‘zbek tilshunosligida ham leksik-semantik maydon nazariyasiga doir tadqiqotlar mavjud bo‘lib, ulardan ayniqsa, H. Ne’matov, R. Rasulov, Sh. Iskandarova, E. Begmatov, N. Mahmudov kabi olimlarning ishlari diqqatga sazovordir. Ular o‘zbek tilidagi turli leksik-semantik maydonlar, jumladan, “odam”, “faoliyat”, “hayvon”, “o‘simlik”, “tabiiy hodisalar” kabi maydonlarni tadqiq etganlar. Biroq, “uyat” leksik-semantik maydoni hozirga qadar qiyosiy aspektda o‘rganilmagan.
O‘zbek tilidagi “uyat” so‘zi qadimiy turkiy ildizlarga ega bo‘lib, “uyalmoq”, “uyat”, “uyatli” kabi so‘zlar turkiy tillarda keng tarqalgan. “Uyat” so‘zining etimologiyasi haqida turli qarashlar mavjud. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “uya” ildizli so‘zlar uchraydi va ular asosan “uyalish”, “xijolat bo‘lish”, “or qilish” ma’nolarini anglatgan.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da (Z. Ma’rufov, 1981) “uyat” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: “Axloq normalariga, jamiyatda qabul qilingan xulq-odob qoidalariga zid xatti-harakatlar, nomaqbul so‘zlar tufayli kishida tug‘iladigan noqulaylik, xijolat, or-nomus hissi”. Bu ta’rif “uyat” tushunchasining asosiy ma’nosini aks ettiradi, ammo uning barcha semantik qirralarini to‘liq qamrab ololmaydi.
Ingliz tilidagi “shame” so‘zi o‘zbek tilidagi “uyat” tushunchasining eng yaqin ekvivalenti hisoblanadi. “The Oxford English Dictionary” (2022) ga ko‘ra, “shame” so‘zi qadimiy nemis tilidagi “skam/scham” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, dastlab “sharm-hayo”, “or-nomus” ma’nolarini anglatgan. Proto-german tilida “skamma” ildizidan kelib chiqqan bu so‘z qadimgi ingliz tilida “scamu” shaklida qo‘llangan.
“Shame” so‘zining ma’nosi tarixiy rivojlanish jarayonida bir qator o‘zgarishlarga uchragan. Qadimgi ingliz tilida bu so‘z asosan “uyat”, “isnod” ma’nolarini anglatgan bo‘lsa, o‘rta asrlarda uning ma’nosi kengayib, “axloqiy buzilish”, “sharaf va or-nomusni yo‘qotish” kabi tushunchalarni ham o‘z ichiga ola boshlagan. Zamonaviy ingliz tilida esa “shame” so‘zi turli kontekstlarda qo‘llanilib, “uyat”, “or-nomus”, “sharmandalik”, “ayb”, “isnod” kabi ma’nolarni ifodalaydi.
Shuningdek, ingliz tilida “embarrassment”, “guilt”, “dishonor”, “humiliation” kabi tushunchalar ham “shame” tushunchasi bilan ma’lum darajada kesishadi, ammo ular o‘rtasida nozik semantik farqlar mavjud. Masalan, “embarrassment” ko‘proq vaziyatga bog‘liq vaqtinchalik noqulaylik hissini anglatsa, “guilt” esa axloqiy qoidalarni buzish natijasida kelib chiqadigan ichki aybdorlik hissi bilan bog‘liq. “Shame” esa bularga nisbatan chuqurroq ijtimoiy-axloqiy tushuncha hisoblanadi.
O‘zbek tilidagi “uyat” va ingliz tilidagi “shame” tushunchalarining semantik tahlilidan kelib chiqib, quyidagi o‘xshashliklarni qayd etish mumkin:
Ijtimoiy me’yorlarning buzilishi bilan bog‘liqligi: Har ikki tildagi tushunchalar ham ijtimoiy, axloqiy me’yorlarning buzilishi natijasida paydo bo‘ladigan ichki kechinmalarni ifodalaydi. “Odamlar oldida yolg‘on gapirgani uchun uyaldi.” ”He felt ashamed for lying in front of everyone.” Bundan tashqari jamiyat oldidagi mas’uliyat hissi: Har ikki tildagi tushunchalar ham jamiyat oldidagi mas’uliyat, boshqalar oldida yuz yo‘qotish kabi hissiyotlarni qamrab oladi. “Qilgan ishidan uyalganidan el ko‘ziga qaray olmasdi”. “The shame was so overwhelming that he couldn’t look people in the eye.”
Diniy kontekstning mavjudligi ham ushbu ikki tildagi bir tushunchaning umumiy xususiyati hisoblanadi. Garchi dinlarning o‘ziga xos jihatlari tufayli ularning diniy ma’nolari farqlansa ham, har ikki tildagi tushunchalar ma’lum darajada diniy kontekst bilan bog‘liq, masalan, o‘zbek tilida “Uyat – iymondandir” mazmunidagi hadis Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy”sida keltiriladi. (Al-Buxoriy, 1991)
Ingliz tilidagi manbalarda ham “A sense of shame before God keeps one from sinning” (Allohdan hayo qilish insonni gunoh qilishdan qaytaradi) mazmunidagi jumlalarni uchratishimiz mumkin. (Plain Bible Teaching, 2020)
Leksik-semantik maydon kengayib borishi ham ushbu ikki tildagi “uyat” konseptining o‘xshash jihatlaridandir: Har ikki tilda ham ushbu tushuncha keng leksik-semantik maydonning markazi hisoblanadi va bu maydon bir qator o‘zaro bog‘liq tushunchalarni o‘z ichiga oladi.Quyida esa ushbu tushunchaning ingliz va o‘zbek tilida ifodalanishidagi asosiy farqlariga to‘xtalamiz. Asosiy farq bu jamoaviylik va individualizm o‘rtasidagi farq hisoblanadi va o‘zbek tilidagi “uyat” tushunchasi ko‘proq jamoaviy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib, oila, jamoa, millat oldidagi mas’uliyat hissi bilan chambarchas bog‘langanligini ifodalasa, ingliz tilidagi “shame” esa ko‘proq individualistik madaniyat kontekstida, shaxsiy mas’uliyat, individual axloq doirasida talqin etiladi. (Apresyan, 1995; Safarov, 2008) Masalan, o‘zbek tilida “Uyating bormi, butun mahalla-ko‘y nima deydi!” qabilida ishlatilsa, ingliz tilida asosan “He felt personal shame for his actions, regardless of what others thought”(U boshqalar nima deb o‘ylashidan qat’i nazar, o‘z qilmishlaridan o‘zi uyaldi) mazmunida ishlatiladi.
Bundan tashqari, ushbu tushunchaning o‘zbek va ingliz tillaridagi psixologik talqinida ham farq yaqqol seziladi: Ingliz tilidagi “shame” tushunchasi zamonaviy psixologiyada ko‘pincha salbiy, destruktiv hissiyot sifatida talqin etiladi va undan “ozod bo‘lish” tavsiya etiladi. O‘zbek madaniyatida esa “uyat” ko‘pincha ijobiy, konstruktiv hissiyot, axloqiy kompas sifatida qaraladi. Masalan, o‘zbek mentalitetida“Uyat bilmaydigan odamdan yaxshilik kutma”, ingliz tilida esa “Toxic shame can lead to depression and other mental health issues” mazmunida ushbu so‘zning mutlaqo qarama-qarshi ikki kontekstda ishlatilishini ko‘rishimiz mumkin.
Ushbu tushunchaning leksik-stilistik belgilanishi ham asosiy farqlaridan biridir. O‘zbek tilida “uyat” so‘zi neytral stilistik bo‘yoq kasb etadi va kundalik so‘zlashuvda keng qo‘llaniladi. Ingliz tilida esa “shame” so‘zi ba’zan badiiy uslubga mansub hisoblanib, kundalik so‘zlashuvda ko‘pincha “embarrassment”, “awkward” kabi so‘zlar bilan almashtiriladi. Masalan, o‘zbek tilida kundalik so‘zlashuvda “Bunaqa gaplarni aytish uyat-ku!” deya ishlatilsa, ingliz tilida “That’s so embarrassing!” deb “That’s so shameful!” o‘rniga ishlatilish o‘rinlarini ko‘rishimiz mumkin.
“Uyat”/”shame” leksik-semantik maydonining asosiy komponentlarini aniqlash uchun har ikki tilda ham komponent tahlil metodidan foydalanildi. Bu metod orqali asosiy semalar (ma’no komponentlari) aniqlanib, ularning o‘zaro munosabatlari tahlil etildi. Shunday qilib, o‘zbek tilida “uyat” leksik-semantik maydonining asosiy komponentlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- Yadro (markaz) komponentlar:
- “uyat” – asosiy, neytral so‘z, maydonning markaziy tushunchasi;
- “nomus” – o‘z qadr-qimmati va obrosi bilan bog‘liq uyat hissi;
- “or” – erkaklik g‘ururi, qadr-qimmat bilan bog‘liq uyat.
Masalan: “Or-nomusli yigit hech qachon o‘z so‘zidan qaytmaydi.”
- Yadro atrofi komponentlari:
- “hayo” – uyat hissi bilan oʻxshash boʻlsa-da, aslida andisha va iboga yaqin fazilat tarzida namoyon boʻladi, u nafosat bilan uygʻunlashib ketadi;
- “andisha” – boshqalarning fikri va hissiyotlariga hurmat;
- “ibo” – ayollarga xos bo‘lgan uyat, tortinchoqlik;
- “xijolat” – noqulay vaziyatda his qilinadigan uyat.
- Periferik komponentlar:
sharmandalik – ommaviy uyat, obro‘sizlik;
isnod – yomon ish tufayli keladigan uyat;
sharmisor – kuchli uyat hissi, uyatga qolish;
uyatsizlik – uyat hissining yo‘qligi (antonim).
Misol: “Bu ish butun oilani sharmanda qildi.”
Ingliz tilida esa “shame” leksik-semantik maydonining asosiy komponentlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- Yadro (markaz) komponentlar:
Shame - asosiy, neytral so‘z, maydonning markaziy tushunchasi;
guilt - aybdorlik hissi, ko‘pincha "shame" bilan birga keladi;
embarrassment - vaziyatga bog‘liq qisqa muddatli uyat hissi.
Misol: “The shame and guilt he felt after betraying his friend was overwhelming.” (Do‘stiga qilgan xiyonati unga cheksiz uyat va pushaymon keltirdi)
- Yadro atrofi komponentlari:
Humiliation - boshqalar tomonidan kamsitilish natijasidagi uyat;
disgrace - obro‘ni yo‘qotish bilan bog‘liq uyat;
dishonor - sha’n va qadr-qimmatga putur yetishi;
mortification - chuqur uyat hissi.
Masalan: “The public humiliation left him feeling completely broken.”( Omma ko‘z o‘ngida sharmanda bo‘lish uning ruhini sindirdi.)
- Periferik komponentlar:
ignominy - ommaviy sharmandalik (badiiy uslubga tegishli);
opprobrium - jamiyat tomonidan qoralanish (badiiy uslubga tegishli);
chagrin - muvaffaqiyatsizlik tufayli his qilinadigan uyat;
shamelessness - uyat hissining yo‘qligi (antonim).
Misol: “The politician resigned in ignominy after the scandal”.(Mojaro tufayli siyosatchi sharmanda bo‘lib, iste’fo berishga majbur bo‘ldi.)
Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘zbek va ingliz tillaridagi “uyat/shame” leksik-semantik maydoni o‘zining tarkibiy tuzilishi, semantik komponentlari va madaniy asoslari jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar til va madaniyatning chambarchas bog‘liqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ushbu tadqiqot natijalaridan qiyosiy tilshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya, tarjima nazariyasi va amaliyoti sohalarida foydalanish mumkin.
Библиографические ссылки
Al-Buxoriy, M. ibn Ismoil. (1991). Al-Jomi’ as-Sahih (Z. Ismoil, Tarj., 1-jild). Qomuslar Bosh tahririyati.
Begmatov, E. (2013). O‘zbek tilining leksik qatlamlari. Toshkent: Fan.
Iskandarova, Sh. (2007). O‘zbek tili leksikasining mazmuniy maydon sifatida o‘rganilishi. Toshkent: Fan.
Koshg‘ariy, M. (2017). Devonu lug‘otit turk (Z. Sodiqov tarjimasi). Toshkent: Mumtoz so‘z.
Ma’rufov, Z. (1981). O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Moskva: Rus tili nashriyoti.
Mahmudov, N. (2017). Til tilsimi tadqiqi. Toshkent: Mumtoz so‘z.
Ne’matov, H., Rasulov, R. (1995). O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent: O‘qituvchi.
Porzig, W. (1934). “Wesenhafte Bedeutungsbeziehungen”. Beiträge zur Geschichte der deutschen Sprache und Literatur, 58, 70-97.
Trier, J. (1934). Das sprachliche Feld: Eine Auseinandersetzung. Neue Jahrbücher für Wissenschaft und Jugendbildung, 10, 428-449.
Weisgerber, L. (1953). Vom Weltbild der deutschen Sprache. Düsseldorf: Schwann.
Oxford English Dictionary. (2022). "Shame". Oxford University Press.
Apresyan, Yu.D. (1995). Izbrannyye trudy: Integral’noye opisaniye yazyka i sistemnaya
Safarov, Sh. (2008). Pragmalingvistika. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.
https://plainbibleteaching.com/2020/07/01/shame-a-biblical-perspective/
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Гулхаё Холмуродова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.