The importance of technologies in organizing educational activities in pedagogical educational institutions

Authors

  • Urgench Ranch University of Technology
 Значение технологий в организации образовательной деятельности в педагогических образовательных учреждениях

Abstract

This article discusses the importance of the technology of organizing educational activities in pedagogical higher educational institutions, the need to properly organize pedagogical activities and deeply illuminate their educational significance, to conduct the educational process in a systematic and coordinated manner, to socialize the goals and objectives of educational activity technologies among students, to help develop their culture, legal awareness, and moral qualities, and, in turn, to preserve and develop high legal, spiritual, and cultural values ​​in society.

Keywords:

tarbiya ta’lim metodologiya konsepsiya demokratik tarbiya uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi ta’lim va tarbiya mazmuni STEAM Service-learning PBIS texnologiya pedagogik texnologiya tarbiya texnologiyasi innovatsion ta’lim texnologiyalari interaktiv ta’lim texnologiyalari hamkorlik pedagogikasi.

Kirish.  O‘zbekistоո Resрublikаsi Рrezideոtiոiոg 2018-уil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son qarori hamda 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi РQ-4623-sоոli qarorlarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.

Jahon ta’lim tizimidan ma’lumki, har bir davlat va jamiyat o‘zining milliy qadriyatlari, tarixiy an’analari, diniy e’tiqodlari hamda ijtimoiy tuzilishiga asoslangan tarbiya tizimini shakllantiradi. Shu bilan birga, globallashuv jarayonida jahon tajribasidan o‘rganish va umumiy tarbiya tamoyillarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. 

Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi tarbiyaviy jarayonning samarali bo‘lishini ta’minlash, shaxsning turli tomonlarini rivojlantirish va ijtimoiy integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan tizimli yondashuvdir. U pedagogik texnologiyalarning asosida turgan ilg‘or metodlarni qo‘llashni, o‘quvchilarning ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, huquqiy va boshqa tarbiyaviy qadriyatlar asosida tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.

Tarbiyaviy texnologiyaning samaradorligi asosan maqsad va faoliyat mazmunining o‘zaro bog‘liqligiga bog‘liq.

Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasining samarali qo‘llanishi tarbiyaviy jarayonni tizimli va muvofiqlashtirilgan tarzda olib borishga imkon yaratadi. Texnologiyaning maqsadi va vazifalari o‘quvchilarning ijtimoiylashuvini, madaniyatini, huquqiy ongini, axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu jarayon, o‘z navbatida, jamiyatda yuksak huquqiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasini to‘g‘ri va samarali qo‘llash orqali o‘quvchilarning hayotdagi muvaffaqiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatish mumkin.

Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish pedagogikaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilar shaxsining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan tamoyillar, metodlar va jarayonlarni o‘rganadi. Uning asosiy kategoriyalari quyidagicha:

 

Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning asosiy kategoriyalari

Tarbiya metodlari

Tarbiya

Tarbiyaviy muhit

Tarbiya prinsiplari

Tarbiyaviy faoliyatni baholash

Tarbiya vositalari

Tarbiyaviy faoliyat

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning bir qancha zamonaviy konsepsiyalari mavjud bo‘lib, ularda turli xil nazariy asoslar va tamoyillar mavjud. Ushbu tushunchalarga ta’riflarni keltirib o‘tishni lozim topdik.

Tarbiya-shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogic jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi.

Konsepsiya-(lotincha conceptio-majmua, tizim)- 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2) badiiy adabiyotlarda biror asarning asosiy g‘oyasi ma’nolarida tushuniladi.

Demokratik tarbiya-bu bolalar va o‘smirlarni erkin, mustaqil fikrlaydigan, huquq va burchlarini tushunadigan, ijtimoiy mas’uliyatga ega fuqarolar sifatida shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiya yondashuvi.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi-insonning butun hayoti davomida axloqiy, ruhiy, ma’naviy va madaniy jihatdan rivojlanishini ta’minlovchi tizimli va uzluksiz jarayondir.

Ta’lim va tarbiya mazmuni-shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati

STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Math) va kreativ ta’lim – fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika integratsiyasi orqali innovatsion fikrlash shakllantiriladi

Service-learning (xizmat orqali o‘rganish) – o‘quvchilar jamiyatga foyda keltiradigan loyihalarda qatnashib, ijtimoiy mas’uliyatni anglaydilar

PBIS (Positive Behavioral Interventions and Supports) – ijobiy xulq-atvorni rag‘batlantirish tizimi

Texnologiya-(yunoncha techne-san’at, mohirlik, uquv ma’nosini bildirib) sanoat, qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan fan.

Pedagogik texnologiya- bu o‘qituvchi(tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularga oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir.

Tarbiya texnologiyasi-bolaning ijtimoiylashuvi, axloqiy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlovchi pedagogik texnologiyalarning bir qismi hisoblanadi.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari-bu zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim metodlari va yondashuvlari tizimidir. Ushbu texnologiyalar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish maqsadini ko‘zlaydi.

Interaktiv ta’lim texnologiyalari esa o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida faol muloqot va hamkorlik asosida tashkil etiladigan ta’lim uslublarini o‘z ichiga oladi. Interaktiv usullar o‘quvchilarni faol jalb qilish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan.

Hamkorlik pedagogikasi- bu o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, hurmat va ishonch asosida ta’lim jarayonini tashkil etish tamoyiliga asoslangan pedagogik texnologiyadir.

Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida ta’lim jarayoni e’tirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida ta’lim hamda tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u beramiz.  Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish uchun ishlatiladigan metodik va texnik vositalarning yig‘indisi sifatida qaraladi.  

Xulosa qilib aytganda, tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o‘zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat. Rivojlantiruvchi ta’lim o‘qishda va maktabda anomal bolalarga o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatishni ta’minlovchi differensial ta’lim tizimi bo‘lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o‘qishidagi kamchiliklarni yo‘qotish, yetarlicha shakllanmagan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.08.2018 yildagi PQ-3907-sonli qarori. https://lex.uz/docs/-3864155

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.02.2020-yildagi PQ-4623-sonli qarori. https://lex.uz/docs/-4749364

X.T.Siddikov “Oliy ta’limda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning pedagogik-profilaktik tizimini takomillashtirish” Diss. Nukus-2024, 164-b.

N.Quchqarova, X.Siddikov “Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi”-Darslik. 2022

X.T.Siddikov “Oliy ta’limda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning pedagogik-profilaktik tizimini takomillashtirish” Monografiya Urganch-2025, -136 b.

X.T.Siddikov “Oliy ta;limda tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishning innovatsion shakllari” Pedagogik mahorat. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 5-son, 2022-yil, oktabr) Buxoro-2022. 58-62-b.

Published

Downloads

Author Biography

Xasan Siddikov ,
Urgench Ranch University of Technology

Acting Associate Professor, (PhD)

How to Cite

Siddikov , X. (2025). The importance of technologies in organizing educational activities in pedagogical educational institutions. The Lingua Spectrum, 3(1), 574–577. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/580