Депортация поляков (1939-1946)

Авторы

  • Музей памяти жертв репрессий Каршинского государственного университета
Депортация поляков (1939-1946)

Аннотация

В статье описываются ужасные события, выпавшие на долю польского народа в 1939-1946 годах, его насильственная депортация с Родины, ужасающее насилие сталинского тоталитарного режима, распространившегося на весь бывший Советский Союз, страдания ссыльных в далеких странах и помощь, которую они получили от мужественного узбекского народа во время этих испытаний

Ключевые слова:

Советский Союз Польша СССР НКВД депортация тоталитарная соль ссылка Красная Армия спецпереселенцы.

Kirish. 1937-1953 yillarda sobiq ittifoqda (SSSR) 100 mingdan ortiq kishi qatag‘onga uchradi hamda surgun qilindi. Ulardan 13 mingga yaqini otib tashlandi[1]. Bir necha xalqlar jabirlandilar va tazyiqga uchradilar. Stalincha totolitar tuzimning mudhish harakatlaridan biri xalqlarning o‘zlari yashab turgan vatanlaridan ommaviy ko‘chirish siyosati edi (keyingi so‘zlarda deportatsiya, maxsus ko‘chirilganlar iboralari ishlatiladi). Bu ayniqsa, butun bir xalqlarga nisbatan zo‘ravonlik va noqonuniy harakatlarning ko‘rinishi edi. Ushbu xalqlardan biri polyaklardir.

Asosiy qism. Polyak fuqarolarining surgun qilinishi 1939 yildagi Sovet va Polsha munosabatlarining keskinlashuvi bilan bog‘liqdir, 1939 yil 17 sentabrida Polshaning sharqiy hududlari bo‘lgan Sharqiy Ukraina va sharqiy Belorussiyaga Sovet armiya qo‘shinlari kiritildi. Buning sababi 1939 yil avgust oyida SSSR va Germaniya o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshirildi, bu kelushivni ikki davlat tashqi ishlar vazirlari “Ribbentrop-Molotov” imzolagan edi [2].

Polsha hukumati polyak armiyasi qo‘mondonligiga sovet harbiy qo‘shinlari tomonidan ularni majburan qurolsizlantirishga urinish holatlari bo‘lmasa, Qizil armiya qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatmaslik to‘g‘risida buyruq berildi. Shuning uchun ham harbiy harakatlar vaqtida ko‘plab polyak qo‘shinlari qarshiliksiz Qizil armiya qo‘shinlariga asir tushdilar. Ma’lumotlarga qaraganda ularning soni taxminan 200-250 ming kishini tashkil qilgan [3]. Keyinchalik ularning bir qismi qo‘yib yuborildi, bir qismi esa harbiy asirlar sifatida lagerlarda saqlandi. Afsuski 1940 yil aprel-iyun oylarida Smolenskning Katini o‘rmonida 15 mingga yaqin polyak harbiylari shaxsan Beriyaning ko‘rsatmasi bilan otib tashlandi [4]. Yuqoridagi «tadbirlar” dan keyin 1940 yil 2 noyabrida NKVDga qarashli lagerlarda 18297 nafar polyak asiri qolgan [5]. SSSR XKS farmoniga muvofiq 1939 yil 1-2 noyabrida bo‘lib olingan hududlar Ukraina va Belorussiya bilan “qayta qo‘shilganligi” e’lon qilindi. Farmonga binoan ikki kun ichida ushbu hududlarda yashagan barcha aholi, shu jumladan Polshaning boshqa hududlaridan fashistlar zulmidan qochib kelganlar ham “sovet ittifoqi aholisiga” aylandilar [6]. 1940 yildan boshlab esa g‘arbiy Ukraina va g‘arbiy Belorussiya hududlaridagi “Polyak burjua hukumatining tarafdorlari, xayrixoxlari” , “shubhali elementlar” kabi yorliqlar asosida ular o‘z yerlaridan Rossiyaning shimoliy-sharqiy va Qozog‘istonning shimoliy viloyatlariga surgun deportatsiya qilina boshlandilar. Bu kabi tadbirlarni sababini “ishonchsiz” va “sovet hokimiyatining sinfiy dushmanlarini” chegara hududlaridan tozalash deb ko‘rsatildi. Surgun qilinganlar tarkibida nafaqat polyaklar, ular orasida yahudiylar, ukrainlar, belaruslar va bir necha xalq vakillari ham bor edi. Polyak fuqarolarini surgun qilish 1940 yilning 10 apreldan boshlanib toki 1941 yilning sentabrigacha davom etdi[7].

Turli manbalarda surgun qilingan polyak fuqarolari soni turlicha keltiriladi. Polyak tarixchilarining asarlarida 1mln 500 ming dan – 1mln 600 ming atrofida deb keltirilgan bo‘lsa, rus tarixchilarining asarlarida 1173170 kishi yoki 312800 oila deb keltiriladi[8]. 1939-1941 yillar maboynida stalincha totolitar tuzumning siyosati natijasida 1 millondan ortiq polyak fuqarolari eshelonlarga joylashtirilib, o‘zlari yashab turgan uy - joylaridan (g‘arbiy Ukraina va g‘arbiy Belarusiya hududlaridan) ko‘chirilib (massiviy deportatsiya) Rossiyaning sharqiy va Qozog‘istonning shimoliy hududlaridagi NKVDga qarashli maxsus manzillarga joylashtrildi. Yashash tarzining sharoiti yo‘qligi va qattiq sovuqlar natijasida maxsus ko‘chirilganlar orasida talofatlar juda ko‘p edi[9].

Ushbu yerlarda sharoit og‘irlgi va ularni bartaraf qilish qiyinligi sababli, urushdan oldin va urush yillarida 80 mingdan ortiq polyak fuqarolari O‘zbekistonga ko‘chirib (surgun qilidi) keltirildi. 1941 yil 1 oktabrdagi hukumat rahbariyati qaroriga ko‘ra O‘zbekiston hududiga dastlab 100 ming polyak fuqarolarini joylashtirish ko‘zda tutildi[10]. Markazdan maxsus ko‘rsatmani kutmasdan respublikaning barcha viloyatlarida maxsus ko‘chirib keltirilayotgan polyak fuqarolarini kutib olish ishlari boshlab yuborildi. Misol uchun Samarqand viloyati ijroiya qo‘mitasining 1941 yil 3 oktabrdagi 30-raqamli “mutlaqo maxfiy” qarorida, viloyat tumanlarida 25000 “evakuatsiya qilingan polyak fuqarolarini” joylashtirish haqida qat’iy ko‘rsatma berildi. Tuman rahbarlariga ko‘chirib keltirilayotgan polyak fuqarolarini moddiy va turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ish bilan ta’minlash majburiyatlari yuklandi.

1941 yil 8 dekabrda SSSR Davlat Mudofaa qo‘mitasining 35 ming polyak fuqarosini O‘zbekiston hududida joylashtirish va ish bilan ta’minlash to‘g‘risida qarori qabul qilindi [11]. Imkoniyatni hisobga olmasdan ko‘plab polyak fuqarolarini yuborilishi joylarda ularni kutib olib joylashtirish va ish bilan ta’minlash yuzasidan ko‘plab muammolarni keltirib chiqardi. Kelganlarni uy - joy bilan ta’minlash, oziq - ovqat yetkazib berish va ularga meditsina yordami bilan ta’minlash qiyinlashdi, chunki respublikaning viloyatlari va tumanlarida meditsinaning ahvoli juda ayanchli holatda edi. Tajribali meditsina xodimlari yetishmasdi. Ko‘chirib keltirilganlar O‘zbekiston iqlimiga moslashmagan va bu polyak fuqarolari o‘rtasida talofatlar kuchaydi. 1941 yilning oxirida polyak fuqarolarining bir qismi Janubiy Qozog‘iston hududlariga ko‘chirildi [12]. Ayni vaqtda bu sohada Polsha elchixonasi va sobiq ittifoq hududida tashkil etilgan Polsha armiyasi (ayrim tarixiy manbalarda “Anders armiyasi” deb yuritiladi) shtabi tomonidan bir muncha ishlar olib borildi. 1942 yilning boshida Anders armiyasi tarkibiga yozilish uchun kelganlarning hisobiga O‘zbekiston hududiga ko‘chib kelayotgan fuqarolarning soni ko‘paydi. 1942 yilda birgina Buxoro viloyatining o‘zida 12 mingdan ziyod polyak fuqarolari kelib joylashgan, respublika bo‘yicha bu raqam 100 ming kishiga yaqinlashgan[13]. Sobiq ittifoq davriga oid hujjatlarda O‘zbekiston hududiga ko‘chirib kelingan polyak fuqarolariga nisbatan “evokuatsiya qilib kelingan aholi” yoki “polyak qochoqlari” iborlari qo‘llanilgan. Aksincha, ushbu polyak fuqarolari ma’lum bir xavf tug‘ilgan joydan ko‘chirilmagan balki ularga nisbatan siyosiy ayb qo‘yilib, o‘zlari yashab turgan hududlaridan majburan ko‘chirilib, ya’ni deportatsiya qilingan edilar.

Urush yillarining og‘ir damlarini o‘z boshidan kechirayotgan o‘zbek xalqi ushbu maxsus ko‘chirib keltirilgan polyak xalqiga katta yordam berib, ularga o‘z uylaridan joy berib so‘nggi nonlarini ham baham ko‘rdilar.

Yuk tashish vagonlarining 20-25 kun yo‘l yurishi ko‘chirib keltirilayotgan polyak fuqarolarining boshiga tushgan kulfatini yanada kuchaytirdi. O‘zbekistonga ko‘chirib keltirish chog‘ida faqat yo‘ldayoq 300 dan ortiq polyak fuqarosi nobud bo‘lgan [14]. 1941 oktabr oyida Rossiyaning Kirov viloyatidan 1700 nafar polyak avval Toshkentga, so‘ngra Samarqandga keltirildi. Bu yerda joylashtirishning imkoni yo‘qligi sababli ular Qorqalpog‘istonga jo‘natilgan. Nukusga bir qancha mashaqqat bilan yetib kelgan polyak fuqarolari Orolbo‘yi kolxozlariga joylashtiriladi. Bu yerda ular yana bir mudhish vaziyatga duch keladilar. 1941 yil noyabr oyining oxirida Qo‘ng‘irot shahridagi pristanda (kemalar to‘xtash joyi) 2700 polyak o‘zlarini Qoraqalpog‘istoning boshqa tumanlariga olib ketadigan teploxodlarning kelishini kutib, ochiq havoda sovuqdan saqlanish maqsadida Rossiyadan keltirib qo‘yilgan pristandagi 133 kub.m. yog‘ochni o‘tin qilib yoqib, isinishga majbur bo‘ldilar bu esa mahalliy hokimyatning juda katta noroziligiga sabab bo‘ldi [15].

Ko‘chirib keltirilgan polyak fuqarolarini temir yo‘l vokzallari va shahar avtobus bekatlaridan tuman markazlari va kolxozlarga tashishda ham katta qiyinchiliklarga duch kelindi. Markazdan yuborilgan ko‘rsatmada ko‘chirib keltirilgan polyak fuqarolari asosan kolxoz va sovxozlarga joylashtirilishi ko‘zga tutilgandi. Bu qarorlarda respublika Ichki Ishlar Xalq Komissariyati (NKVD),viloyat va tuman militsiya boshqarmalarga o‘z hududlaridagi polyak fuqarolari hisobga olish va hisobga olingan polyak fuqarolarini kolxoz va sovxozlarga teng taqsimlash hamda ularni ish va turar joylar bilan ta’minlashni amalga oshirish va ularni nazorat qilish vazifalari yuklatildi [16]. 1942-1945 yillar ma’lumotiga ko‘ra Namangan va Xorazm viloyatlarining 7 tumanida, Qashqadaryoning - 9, Andijoning – 10, Buxoro va Farg‘onaning – 11, Toshkentning – 13, Samarqadning - 20 tumanida yashaganlar [17]. Birinchidan ikkinchi jahon urushi davrida, urush borayotgan hududning Yevropa qismi ozod qilingan sari ko‘chirib kelingan fuqarolarning vatanlariga qaytishi munosabati bilan shaharlarda polyak fuqarolarining soni ko‘paya bordi. Ma’lumotlarga ko‘ra 1945 yil oxiriga kelib Andijon viloyatidagi 2800 kishidan 1600 nafari, Buxoro vilotidagi 5431 kishidan 3415 nafari, Namangan vilotidagi 1922 kishidan 1264 nafari, Samarqand viloyatidagi 12945 kishidan 6000 nafari, Toshkentdagi 5510 kishidan 3035 nafari, Qashqadaryo vilotidagi 799 kishidan 110 nafari, Farg‘ona viloyatidagi 5379 kishidan 3759 nafari shaharlarda yashashgan. 1944-1945 yilarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha polyak fuqarolaridan 21592 kishi shaharlarda yashagan[18]. Ikkinchidan, tezda Polshaning ozod etilishi, polyak fuqarolarining vatanlariga jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘lgan markaz tomon intila boshladilar.

Uchinchidan, shaharga kelib ishga joylashish polyak fuqarolarining faqat moddiy ahvolini birmuncha yaxshilanishiga olib kelmasdan, balki ularni polyak diasporosi ichida Polsha xalqi va madaniyatiga daxildor ekanligini xis qilishiga ham imkon tug‘dirardi. Bu esa ular uchun ma’lum ma’noda ma’naviy ozuqa ham edi.

Polyak fuqarolarining kattagina qismini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etgan. 1942 yil Anders armiyasi Eronga chiqib ketish arafasida G‘uzor tumandagi polyak aholisining, harbiylardan tashqari 38,8 foizini bolalar va o‘smirlar tashkil qilgan[19].

Manbalarga ko‘ra O‘zbekistonning 7 viloyatida 16 yoshgacha bo‘lgan polyak bolalarining soni 5389 ta bo‘lganligi ko‘rsatiladi. Shundan kelib chiqib, Andijon viloyatida - 431ta, Buxoro viloyatidan - 1063ta, Namangan viloyatida - 417ta, Samarqand viloyatida - 1985ta, Toshkentda - 826ta, Qashqadaryo viloyatida - 190ta, Farg‘ona viloyatida - 477ta bola bo‘lgan[20]. O‘zbekiston hududidan polyak fuqarolari tashkiliy ravishda vatanlariga jo‘natish 1946 yil aprel oyidan boshlandi. Birinchi bo‘lib bolalar uylaridagi polyak bolalari o‘z yurtlariga qaytdilar. 1946 yil 1 may kuni Toshkentdan maxsus yumshoq o‘rindiqli vagonlari bo‘lgan birinchi eshelon bilan Andijon, Namangan, Qo‘qon bolalar uylari tarbiyalanuvchilari (280 bola) va xizmatchilar (27 kishi) jo‘nab ketdilar.

1946 yil 9 may kuni Toshkentdan Buxoro, Samarqand, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridagi 11 ta bolalar uyi tarbiyalanuvchilari (667 bola) xizmatchi va ularning oila a’zolari (332 kishi) ikkinchi eshelon bilan jo‘nab ketdi. [21] 1946 yil iyun oyida yurtmizdagi polyak fuqarolarini o‘z yurtlariga qaytarilishi tugatildi (27159 kishi) [22]. Minglab mahalliy vakillari tomonidan ko‘chirib keltirilgan polyak fuqarolariga boshpana berilishi, o‘zi kichikroq xonaga ko‘chib o‘tib, kattaroq va issiqrog‘ini ularga bo‘shatib berishi tasodifiy bo‘lmasdan, balki ommaviy tus olganligining o‘ziyoq xalqimizning polyak fuqarolariga bo‘lgan munosabati samimiy bo‘lganligini ko‘rsatadi. Vatanlariga qaytishdan oldin polyak fuqarolari yashagan joylarida xayrlashuv kechalari o‘tkazdilar. Jo‘nab ketayotgan polyaklar o‘zbek xalqiga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, XX asrning 30-40-yillarida aholining 60 dan ko‘proq milliy guruhlariga ana shunday repressiya choralari ko‘rilgan bo‘lsa, ularning 15 tasi to‘la-to‘kis deportatsiya qilingan edi. O‘sha yillarda hammasi bo‘lib 3,5 million kishi deportatsiya qilindi. Ular orasida polyaklar ham bor edi.

Библиографические ссылки

Wielhorski W.Los Polakow w niewoli soieekiej(1939-1956)Londyn 1956

Katinskaya drama. M. 1991. S.34

Jurnal “Novaya i noveyshaya istoriya”№2.1993.S.60.

Polyan Pavel. Ne svoiy vole . Istoriya i geografiya prinudetilnix migratsiy v SSSR. M. 2001. S.90-91

Deportacje i przemieszczenia ludnosci polskiej w glqb ZSRR 1939-1945/ Warszawa.1989.S24;Wlelhorski W. Loc Polakow...S.12-17

Jurnal “Novaya i noveyshaya istoriya”№2.1993.S.67

Dokumenti i materiali … T. VII.1973.S.264

Zaron P .Ludnosc Polska w Zwiqzku Radzieckim...S 185

O‘zbekiston MDA.F.314.R.1.YJ.122,V52

O‘zbekiston Prezidenti devoni arxivi. F .74,R.18,YJ.272,V.138

AAN.ZPP.Sugn.1731.K.36; Sugn.36.K.2

Bugaj T.Dzieci polskie w ZSRR i ich repatriacja 1939-1952,Jelenia. Gora.1982.S.14

Alimova.D.A.,Golavanova.A.A.Uzbekistan v 1917-1990 godi: protivoborstva idey i ideologiy.- Toshkent,2002 .S.59

Jurnal “Novaya i noveyshaya istoriya”№2.1993.S.63.

W.Los Polakow w niewoli soieekiej(1939-1956)Londyn 1956

Katinskaya drama. M. 1991. S.34.

Jurnal “Novaya i noveyshaya istoriya”№2.1993.S.60.

Jurnal “Novaya i noveyshaya istoriya”№2.1993.S.65.

Polyan Pavel. Ne svoiy vole ... Istoriya i geografiya prinudetilnix migratsiy v SSSR. M. 2001. S.90-91.

Deportacje i przemieszczenia ludnosci polskiej w glqb ZSRR 1939-1945 / Warszawa.1989.S24;Wlelhorski W. Loc Polakow...S.12-17.

Parasadanova V.A. Deportatsiya naselini iz Zapadnoy Ukraini i Zapadnoy Belorussii v 1939-1941 gg // “Novaya i novishaya istoriya”. №2.1989.S 36-41.

Jurnal “Novaya i noveyshaya istoriya”№2.1993.S.67.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Улугбек Аширов ,
Музей памяти жертв репрессий Каршинского государственного университета

Научный сотрудник

Как цитировать

Аширов , У. (2025). Депортация поляков (1939-1946). Лингвоспектр, 3(1), 680–684. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/598

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.